Научная статья на тему 'ADABIYOTSHUNOSLIKNI FAN SIFATIDA O’RGANISH'

ADABIYOTSHUNOSLIKNI FAN SIFATIDA O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1709
164
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Adabiyotshunoslik / obyekt / subyekt / konflikt / kompozitsiya / epik / lirik / dramatik / poetika / janr / syujet / qofiya / vazn / drama. / literary / object / plot / conflict / composition / epic / lyrics / drama / poetics / genre / plot / rhyme / weight / drama.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilnoza Erdoshevna Sadullayeva, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqolada adabiyotshunoslik nazariyasi fanining mohiyati, rivojlanish omillari va qonunyatlari, jamiyat hayotidagi o’rni va vazifalari, unda badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, adabiy turlar va janrlar kabi masalalarni umumiy tarzda o’rganilishi va qonuniyatlarni ochib berilishi tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDYING LITERATURE AS A SCIENCE

The article examines the essence of science theory of literature, factors and patterns of development, its place and tasks in society, the nature and structure of a work of art, features of the literary language, literary types and genres.

Текст научной работы на тему «ADABIYOTSHUNOSLIKNI FAN SIFATIDA O’RGANISH»

ADABIYOTSHUNOSLIKNI FAN SIFATIDA O'RGANISH

Dilnoza Erdoshevna Sadullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti

yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqolada adabiyotshunoslik nazariyasi fanining mohiyati, rivojlanish omillari va qonunyatlari, jamiyat hayotidagi o'rni va vazifalari, unda badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, adabiy turlar va janrlar kabi masalalarni umumiy tarzda o'rganilishi va qonuniyatlarni ochib berilishi tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: Adabiyotshunoslik, obyekt, subyekt, konflikt, kompozitsiya, epik, lirik, dramatik, poetika, janr, syujet, qofiya, vazn, drama.

The article examines the essence of science theory of literature, factors and patterns of development, its place and tasks in society, the nature and structure of a work of art, features of the literary language, literary types and genres.

Keywords: literary, object, plot, conflict, composition, epic, lyrics, drama, poetics, genre, plot, rhyme, weight, drama.

Adabiyotshunoslik (arabcha- adab, forscha- tanish, o'rganish) fanning nomidan uning o'rganish sohasi - obyekti adabiyot ekanligi ochiq- oshkor ko'rinib turibdi. "Adabiyot" so'zi arabcha "adab" so'zining ko'plik shakli bo'lib, "chiroyli xulqlar" ma'nosini ifodalaydi. Ko'rinib turibdiki, so'zning etimologiyasi, ya'ni lug'aviy kelib chiqishi bilan uning hozirda biz qo'llayotgan ma'nosidan tamom farqlanadi. Hozirgi o'zbek tilida ushbu so'z keng va tor ma'nolarda qo'llanadi. Keng ma'noda qo'llanganida, "adabiyot" so'zi o'qishga mo'ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlar ni o'z ichiga oladi. Nutqiy muloqatda esa biz "adabiyot" so'zining ko'proq tor ma'nosini faol ishlatamiz va bunda so'z san'ati- badiiy adabiyotni nazarda tutamiz. E'tiborli jihati shuki, istilohning ayni shu tarzda (tor va keng ma'nolarda) qo'llanishi rus va boshqa bir qator xorij tillarida ishlatuvchi "literature" so'ziga ham xosdir.

ANNOTATSIYA

STUDYING LITERATURE AS A SCIENCE

ABSTRACT

KIRISH

ASOSIY QISM

Mavzuning qo'yilishi gapni "Adabiyot nadir?" savoliga javobdan boshlashni taqozo etadi. Bir qarasak javobi u qadar qiyinmasdek-u, kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida negadir bot-bot qalqib chiqaveradi shu savol. Fransuz adabiyotshunosi R.Bartning bundan oltmish yil avval "bizning asrimiz (oxirgi yuz yil), ehtimol, adabiyot nadir masalasini muhokama qilish asri deb atajak" degani ham bejiz emas. Bunga amin bo'lmoq uchun xotiramizni bir qismini varaqlasak kifoya: 1914- yil -Cho'lponning "Adabiyot nadir?" maqolasi e'lon qilindi; 1949-yil- fransuz adibi va faylasufi Jon Pol Startr "Adabiyot nadir?" nomli maqola billan chiqdi;

Mumtoz Sharq adabiyotshunosligi an'analariga muvofiq tarzda o'zbek mumtoz adabiyotshunosligida ilmi aruz (Navoiy, Bobur), ilmi qofiya va ilmi badi' (Xudoydod Taroziy) doirasidagi na'zariy masalalar ancha keng o'rganilgan. Biroq, mazkur masalalar adabiyot nazariyasining birgina qismi- poetika doirasi bilangina cheklanadi. To'g'ri, Sharqda "muallimi soniy" deya ulug'lanuvchi Farobiy o'z davrida yunon faylasufi Arastu ta'sirida va bevosita uning asarlarini sharhlash asnosi badiiy adabiyot spetsifikasi (mohiyati), adabiy tur va janrlar, syujet, kompazitsiya kabi nazariy masalalarga ham e'tibor qaratgan. Farobiydan keyin ushbu masalalar mumtoz adabiyotshunosligimiz e'tibor idan butkul chetda qoldi. Sababi, asosiy diqqat e'tibor tatbiqiy masalalarni yoritishga qaratildi. Xususan, mumtoz adabiyotimizda she'riyatning yetakchiligi bois she'rshunoslik sohasiga taalluqli: vazn, qofiya, she'riy san'atlar, she'riy shakllar kabi masalalar keng yoritilib, yo'riqnoma xarakteridagi ko'plab risolalar yaratildi. Boshqacha aytganda, mumtoz adabiyotshunosligimizda adabiy nazariyasi tugal bir tizim holiga kelmadi, aksincha, ushbu fan tizimining bitta uzviy doirasida cheklanib, tatbiqiy xarakterdagi hodisa sifatida qoldi. Taqriban o'n yillar ichida vaqtli nashrlarda e'lon qilingan. Cho'lponning "Adabiyot nadur?", Fitratning "She'r va shoirlik", "San'tning manshai", Abdulla Avloniyning "Sanoyi nafisa", A. Sadiyning "Go'zal san'at dunyosida" kabi bir qator maqolalar ayni shu ehtiyojni qondirish yo'lidagi urinishlar natijasidir. A. Sadiyning "Amaliy ham nazariy adabiyot darslari" (1924) hamda Fitratning "Adabiyot qoidalari" kitoblarida yangi adabiyotning nazariy asoslari muxtasar bayon qilingan.

O'tgan asrning so'ngi o'n yilligi - mustaqillikning ilk yillarida, bir tomondan, o'tish davri murakkabliklari, ikkinchi tomondan, ilmiy-nazariy va badiiy- estetik asoslarni qayta ko'rib chiqish jarayoni bilan bog'liq holda o'zbek tanqidchiligida ham biroz oqsash kuzatildi. Tanqidchilik qarshisida mafkuraviy qoliblardan to'la forig' bo'lish, badiiy asarga yondashuv, uni tahlil qilish va baholash prinsiplarini tubdan yangilash ko'ndalang bo'lgan edi. Mustaqillikdan "ikkinchi nafas"i ochilgan O.Sharafiddinov, U. Normatov, N. Karimov, I. G'ofurov, A. Rasulov kabi katta avlod munaqqidlari hamda ularning yoniga kirgan keying bo'g'inlarning Q. Yo'ldoshov,

S.Meli, A.Otaboyev, Sh.Rizayev, R. Qo'chqorov, A. Ulug'ov, I.Yoqubov, R. Rahmat, U. Hamdam singari o'nlab vakillaring sa'y-harakatlari bilan bu vazifa uddalandi. Hozirda mazkur yangilanishning ilk samaralari nish berdiki, bu o'zbek adabiy tanqidchiligining istiqbolidagi nishonadir.

Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati, rivojlanish omillari va qonuniyatlari, jamiyat hayotidagi o'rni va vazifalari, badiiy asar tabiati va uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, adabiy turlar va janrlar kabi masalalarini umumiy tarzda o'rganadi va shu asosda umumiy qonunyatlarini ochib beradi. Shuningdek, adabiyot nazariyasi badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va real munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijod jarayonlari, badiiy ijoddan iborat. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari, baholash mezonlari, tahlil metodlarini ishlab chiqadi, adabiyotshunoslik uchun zarur adabiy-nazariy tushunchalar tizimini yaratadi. Ko'rib turganimizdek, adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslik ilmining yadrosini tashkil qiladi. Agar adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi va adabiy tanqid yutuqlarini umumlashtirsa, bu ikkisi o'z faoliyatida adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar tizimiga tayanadi. Shu tariqa adabiyotshunoslikning har uchala asosiy sohalari bir- biri bilan bog'lanadi, yaxlit bir tizim- adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.

XX asr boshlarida o'zbek adabiyotini o'rganish masalasi g'oyat dolzarb bo'lgan mustaqillik yillarida mazkur ijodkorlarning hayoti va adabiy faoliyati ko'plab tadqiqotlarning obyektiga aylangani bilan izohlanadi. Adabiyot tarixchisi sifatida konkret badiiy asar tahlil qilinganida ham o'sha asar yaratilgan davr sharoiti, davr adabiy jarayoni xususiyatlarini ko'zda tutish shart qilinadi. Zero, har qanday asar, en g avvalo, o'zi yaratilgan davrning ijtimoiy-ma'naviy ehtiyojlariga javob sifatida dunyoga keladi. Demak, uning mazmun-mohiyatida, poetik tizimida bu hol aks etadi. Shunga ko'ra, masalan, "Qutadg'u biligda" davlat tuzilishi, uni oqilona boshqarish masalalari markaziy o'rin tutgani, har bir ijtimoiy toifaning vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushuntirishga ayricha ahamiyat berilganining sababi asar yaratilgan davr tarixiy sharoitidan kelib chiqibgina aniqlash mumkin.

Epik turdagi spetsifik xususiyatlar haqida gap ketganda eng avval voqeabandlik tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarlarda zamon va makonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so'z vositasida o'quvchi tasavvurida reallik kartinalarga monand jonlana oladigan to'laqonli badiiy voqealiklar yaratiladi. Tasavvurda realligiga monand, o'zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun epik asardagi badiiy voqealik "Plastik tasvirlangan" deya tavsiflanadi. Epik asarda plastik elementlar bilan bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo'lib, ular muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallif mushohadalari, o'y-fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi.

Epik asarlarning janrlarga ajratish prinsiplari masalasida adabiyotshunoslikda hanuz yakdil to'xtamga kelgan emas. Shu bois ham bunda bir qator xususiyatlarni e'tiborga olish zarur bo'ladi. Eposni janrlarga ajratishda, odatda, eng avval epik asarlarda hayot(voqea)likni badiiy qamrov ko'lami turlicha bo'lishidan kelib chiqadi. Masalan, muayyan epik asar hayotdan (yoki qahramonlar hayotidan) birgina epizodni (hikoyani), qahramon hayotidan butun bir etapni (qissa) yoxud qahramon hayotining katta bir davrini qalamga oladi. Shunga ko'ra, adabiyotshunoslikda katta, o'rta, kichik epik shakl (janr)larga ajratiladi. Bir qarashda mazkur belgi masalasida hech bir munozaraga o'rin yo'qday ko'rinishi mumkin. Biroq badiiy adabiyot taraqqiyotining keying davrlarida, eposga dramaning kirib kelishi va syujet vaqtining qisqaraborishi barobari bu xil tamoyilning ojiz tomonlari topora ko'proq ayon bo'lib qolayotir.

Dramada tasvir predmetining - harakat (sodir bo'layotgan voqea) unda obyektning plastik obrazi yaratiladi. Shu ma'noda, "dramada subyekt ham obyektga singdirilib yuboriladi" qabilidagi keng ommalashgan qarashni izohlashga zarurat bor. Gap shundaki, agar subyektning ham obyektga singishini, masalan, "muallif persanojlarga o'zidan nimadir qo'shgan, ya'ni talqinda avtobiografiklik bor" tarzida tushunilsa, badiiy ijod tabiati bilan belgilanuvchi bu jihatni aslo inkor qilib bo'lmaydi, bunga qo'shilish lozim. Biroq dramada muallif har qanday holda ham "sahna"da sodir bo'layotgan voqeani tashqaridan kuzatib turuvchi maqomida qolish, ya'ni, epik turdagidan farqli o'laroq, subyekt hech qachon obyektga qorishib ketmasligini unutmaslik kerak.

Mazkur ikki jihat dramaning turga xos belgilovchi xususiyatlari bo'lsa, dramatik asarning qurilishi, poetik o'ziga xosligini belgilovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun yaratilishidir. Zero, sahnaga mo'ljallab yozilgan asar ijroni ham ko'zda tutishi zarur bo'ladi. Ayni talabga muvofiq holda, avvalo, dramatik harakat - syujet voqealari makon va zamonda cheklangan bo'ladi. bu esa ijro vaqtiga sig'ish uchun asarning keskin konflikt asosida shiddat bilan rivojlanuvchi syujetga qurilishini taqozo qiladi. Rafshanki, bu xil syujetning rivojlanish vaqtida ham chegaralangan, shu bois dramatik syujet voqealari sabab- natija munosabatlari asosida konsentratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab- natija munosabatlari esa ularning makoniy va zamoniy jihatlarida yaqin bo'lishni taqozo qiladi.

Lirika (yunoncha, cholg'u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo'lib, o'zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikani belgilovchi xususiyati si fatida uning tuyg'u kechinmalarini tasvirlanishi olinadi. Ya'ni epos va dramadan farqli o'laroq, lirika voqealikni tasvirlmaydi, uning uchun voqealik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatida ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqealik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham

aniqrog'i, link asarda voqealikdan kechinmani tasvirlash uchun yetarli darajadagi "parchalar" detallargina aks etishi mumkin.

Link asar ham, tabiiyki, boshqa adabiy turlarga xos xususiyatlarni ma'lum darajada o'zida namoyon etadi. Jumladan, lirik asarda voqealikka oid tafsilotlar (epik element) juda kam bo'lib, ular kechinmalarni ifodalash, uni yuzaga keltirgan, harakatlantirayotgan omillarni ko'rsatishga yetarli miqdordagina olinadi. Ya'ni, bu o'rinda asosiy me'yor- fragment tarzida olingan epik elementlarning lirik qahramon hol- kayfiyatini tasavvur qilish uchun yetarli ekan. Shuningdek, lirik asarda yana epik asarga xos voqeabandlik, dramatik asarga xos dialogloglar, o'ziga xos "sahna" epizodini yaratish hollari ham uchraydi. Biroq har ikki holda ham bu elementlar kechinmani tasvirlash va ifodalashga xizmat qiladi, ya'ni, lirik asar uchun voqeani yoki "sahna"ni tasvirlash maqsad bo'lolmaydi, ular vosita bo'ladi xolos. Xususan, keskin g'oyaviy kurashlar tafti sezilarli pasaygan 60- yillardan boshlab adabiy tanqid o'zining asosiy vazifalari- yaratilayotgan asarlarning mazmun- mohiyati badiiy jozibasini ochib berish, ulardagi yutuq va kamchiliklarni xolis ko'rsatib, ijtimoiy-estetik qimmatini baholash orqali ijodkorlar bilan o'quvchi omma orasiga ko'prik solish kabilarni amalga oshirishga kirishdi. O'zbek tanqidchiligining shu davrda maydonga kirgan M.Qo'shjonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, S.Mirvaliyev, N. Xudoyberganov, I.G'ofurov, A. Rasulov kabi qator namoyandalarning chiqishlarida, garchi ular ham mafkura tazyiqidan hali to'la forig' bo'lmasa-da, adabiyotimizning dolzarb muommolari ko'tarildi, ko'plab asarlarning badiiy jozibasi ochib berildi va imkon qadar xolis baholandi. Muhim jihati, adabiy tanqidiy materiallarni o'quvchilar o'quvchilar doirasi kengaydi, talab oshganidan respublikaning markaziy va mahaliy nashrlari ayni xarakterdagi materiallarni muntazam chop etishni yo'lga qo'ydi. O'zbek adabiyoti tarixini o'rganish borasidagi izlanishlar hozirda ham davom etyapti. Mustaqil o'tmish adabiy merosiga munosabatni o'zgartirishni, qator adabiy hodisalar, faktlar, ijodkor shaxslar taqdiri va faoliyatini yangicha ilmiy talqin qilish zaruratini ham kun tartibiga qo'ydi. Bu yo'nalishda bir qator ishlar ishlar amalga oshirildi ham. Biroq ta'kidlash kerakki, bu boradagi vazifalarning yangicha sharoitda yetishgan adabiyotshunoslar zimmasiga tushadi. Demak, bugundan saboq olayotgan talabalarni ham milliy adabiyotimiz tarixini ilmiy xolis o'rganish, ya'ni "O'zbek adabiyoti tarixi" ni yaratishdek ulkan va mashaqqatli, sharafli bir vazifa kutadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. Quronov, D. (2019). Adabiyot nazariyasi asoslari, Toshkent: Noshir.

2. Rahmanov, N. (2017). O'zbekiston adabiyoti tarixi, Toshkent: Sano standart

XULOSA

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

3. Toshmuxammedov, L. (2019). Adabiyot tarixi va nazariyasi, Toshkent: Noshir.

4. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

5. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.

6. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

7. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

8. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.

122

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.