Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
SA'DULLA SIYOYEVNING "DASHTI QIPCHOQ LOCHINI YOXUD SHAYBONIYXON" ASARIDA SHAYBONIYXON OBRAZINING O'ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Yo'lchiyev Qahhor Vahobovich,
Professor, filologiya fanlar doktori(PhD),
Farg'ona davlat universiteti Soliyev Shoxrux Xolmuxammatovich,
FаrDU 2-bоsqich mаgistranti Еmаil: shоhruhsоliyеv725@gmаil.cоm
ANNOTATSIYA
Maqolada о'zbek adabiyotshunosligida Sa 'dulla Siyoyevning "Dashti qipchoq lochini yoxudMuhammad Shayboniyxon"qissasida Shayboniyxon obrazining tasviri va uning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritiladi. Tarixiy asarlarning adabiyotdagi va shaxs ma'naviyatini yuksaltirishdagi o'rni haqida fikrlar ham yoritilgan.
Kalit so'z va iboralar: Obraz, tarixiy shaxs, badiy to'qima, "Dashti qipchoq lochini Shayboniyxon", "Shayboniynoma", estetik tamoyil.
ABSTRACT
The article talks about the image of Shaibani Khan and his characteristics in the story "Dashti Kipchak Falcon or Muhammad Shaibani Khan" by Sadulla Siyoyev in Uzbek literary studies. Thoughts on the role of historical works in literature and in raising the spirituality of a person are also discussed.
Key words and expressions: Image, historical figure, artistic fabric, "Dashti Kipchak falcon Shaybaniykhan", "Shaybaniynoma", aesthetic principle.
АННОТАЦИЯ
В cmambe гoвoрится o6 o6pa3e Шaйбaни-хaнa и ezo xapaKmepucmuKax в paccKa3e Cadynnu Crneea «Дaшти RunnaK Cokor или MyxaMMad Шaйбaни-хaн» Cadynnu Crneea в узбекс^м Rumepamypoeedenuu. Тaкжe oбсуждaюmся мысли o poru uсmopuчeскuх npouзвeдeнuй в лumepamype и в шднятии дyхoвнoсmu neRoeeKa.
Ключевые слова и выражения: 06pa3, uсmopuчeскaя Rmnocmb, хyдoжeсmвeннaя тшнь, «дaшmu KumaKCKrn cokor Шaйбaнuйхaн», «Шaйбaнuйнoмa», эсmemuчeскuй принцип.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KIRISH
Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko'rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo'l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Yozuvchi tasavvuri muayyan g'oyaga asoslanib, hayotdagi alohida narsalarni buzadi, saralaydi, to'qiydi va yangidan tasirli va jonli, tabiiy va go'zal, tipik va yaxlit narsa yaratadi. Bu jarayon xarakter va epizodlarni yaratishda ham, qahramon va voqelikning ayrim xususiyatlarini ko'rsatishda ham, yaxlit sujetni yuzaga keltirishda ham sodir bo'ladi. [Umurov H. 3:69] Binobarin, tasvir va taassurot orasidagi bog'lam voqelik ikkilanganligiga yo'l ochadi. Mavjud holatda janr barqarorligi va sujet halqasi o'zaro uyg'unlashadi. Unda ijodiy tanlov, umumlashma va hayotiy muqoyasa tasvir ruhiyatini shakllantiradigan omilga aylanadi. Boshqacha aytganda, hayot haqiqati va badiiy to'qima bir-biriga tutash nuqtalari ham janr tadriji, ham poetik tarhga tasir o'tkazadi. Qahramon va voqelik muallif konseptsiyasi tasvir orasidagi aloqa hamda tafovut obyektini tubdan yangilaydi. Hayotiy mantiqdan keyin o'zbek adabiyoti ijodkor fitratida maromiga yetadi. Mustaqillikka yetishganimizdan keyin o'zbek adabiyoti mezonlari qaror topdi, bir qancha adabiy manbalar kashf etildi, yangi nomlar ro'yobga chiqdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
XX asrning 80-yillari oxirlarigacha chop etilgan va o'zbek adadbiyoti tarixini yoritishga bag'ishlangan tadqiqotlar, ilmiy-ijodiy ishlardagi fikr-qarashlarni qayta nazardan o'tkazish, ayrim masala va ijodkorlar haqidagi adabiy portretlarga aniqlik kiritish, to'ldirish ehtiyoji paydo bo'ldi. Ilgari juda ko'plab tarixiy shaxslar va ijodkorlarimiz hayoti va faoliyati asossiz ravishda kamsitilib, biryoqlama baholanib kelingan. Hozirgi kunda ularga to'g'ri yondashishimiz va ular haqidagi ma'lumotlarni boyitishimiz zarur.. Afsuski, ko'plab ijodkorlarimiz haqida ma'lumot beruvchi hujjatlar hali to'liq yig'ilgan emas. S.Siyoyev qariyb 20 yil davomida o'zbek adabiyoti tarixiga oid adabiyot va adabiy manbalarni o'rganar ekan Movaraunnahr va Xurosondagi adabiy hayot, Ahmad Yassaviy, A.Navoiy, Z.M.Bobur, shoir Muhammad Solih, Shayboniyxon, Ubaydullaxon haqida, ularning asarlari to'g'risida o'z qarashlari va xulosalarini bayon etadi.
S.Siyoyevning "Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon" asarida Shayboniyxon Temuriylar birlashtira olmagan Markaziy Osiyoni qo'l ostida birlashtirgan, lashkarboshilik jihatlarini, shuningdek shoir, islohotchi, olim va mutaffakkir sifatlarini namoyon etgan shaxs ekanligi ko'rsatilgan. Asar voqealari Shayboniyxonni tanishtirishdan boshlanadi, asl ismi Abdulfatx Muhammad ota-
804
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
onasidan erta yetim qolganligi, unga va ukasi-Sulton Mahmudga Mazid tarxon homiylik qila boshlaganligi aks etgan. Shayboniyxonning diniy ta'lim olishida Mazid tarxonning hamda ustozi Shayx Mansurning xizmatlari katta bo'lgan.
Shayboniyxon Samarqandni Bobur Mirzodan tortib olgach, Toshkent sari yurish boshlaydi. Toshkent egallangach Shayboniyxonning xalqqa adolati ochib beriladi: "Shayboniyxonning azaliy bir odati bor. U qaysi shahar yo viloyatni zabt etsa, avvalambor o'sha yerning bozorini borib ko'radi. Zero, bozor mamlakatning yuz-ko'zi degan aqidaga ishonadi.Shayboniyxon ham shohona libosda emas, odmiroq kiyingan. Oyog'ida qo'nji qizil etik, egnida ko'k shoyi yaktak, boshida bejirim o'ralgan simobiy salla. Qorin tekis, ko'zlar qiyiq, kalta kuzalgan soqol-murt o'ziga yarashgan. Yelkalari keng. Turish-turmushidan navjuvonlarga xos o'ktamlik shijoat va quvvat yog'iladi. Magar sallaga qo'ndirilgan yong'oqdek yoqut jig'a bo'lmasa, ro'parada Dashti qipchoq lochini, deya sharaf tojini kiygan Shayboniyxon emas, biror viloyat yo muzofotning sarkori o'tiribdi, deb o'ylash mumkin edi".[Siyoyev S. 2:35,36]. Shayboniyxonning fe'l-atvori, xarakteri, oddiy inson ekanligi ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, Shayboniyxonning oddiy kiyim kiyganligi uning kibrga berilmagan, hamma uchun o'rnak bo'la olishi matnda ochib berilgan.
MUHOKAMA
Muallif Shayboniyxonning savdo-sotiq, qishloq xo'jaligi, ta'lim sohasiga qo'shgan hissasiga alohida to'xtalib o'tadi:"Biz, Turkiston elining sultoni, Samarqand podshosi Muhammad Budog' o'g'li Shayboniyxon ushmundoq qaror qilduk: Shahar bozori buzib tashlansin, o'rnida keng, obod, sarishta dehqon bozori bunyod etilsun. Toshkentda to'qqizta yangi hovuz qazilsinki, xalq ichkilik suvig'a zor bo'lmag'ay. Bo'zsuv anhoridan shahar ichkarisiga kichik-kichik ariqlar o'tkazilsin. Madrasalar ta'mirlansin, mudarrislarning maoshi ikki barobar oshirilsin, tolibi ilmlarga beriladigan nafaqa ham ikki hissa ko'paytirilsin. Ularga Ramazon va Qurbon hayiti bosh-oyoq libos berilsin. Bozorda o'z molini sotib o'tirgan dehqon ahlidan soliq oz olinsin. Harajatlar baytul-mol hisobidan qoplansun. Muhrimizni bosdik. Imom uz-zamon, xalifat ur rahmon Shayboniyxondirmiz. Hijriy 907 sana, shavvol.[Siyoyev S. 2:39.] Bu yerda Shayboniyxonning fuqaro ravnaqi uchun juda ko'plab ariqlar, hovuzlar, masjid va madrasalar bunyod etganligiga guvoh bo'lamiz.
S.Siyoyevning "Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon" asarida Shayboniyxon Markaziy Osiyoni yagona bir markaz - Samarqand qo'l ostida birlashtira olgan, mamlakatda tukiy til va adabiyoti rivojiga hissa qo'shgan, tarixiy imorat va madrasalar qurdirgan tarixiy shaxs, hukmdor va shoir sifatida, O'zbekiston tarixida tutgan o'rni, oddiy inson sifatida aks ettirishda o'ziga xos yondashuvi
805
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
seziladi. Yozuvchining mahorati, bir tomondan, real hayotdagi yangilikni ko'ra olishi va uni adabiy vositalar bilan tahlil eta olish san'ati bo'lsa, ikkinchi tomondan san'atning sirlarini chuqur egallay olganligida ko'rinadi. Shayboniyxon tarixni sevgan va tarixiy asarlar yaratilishida o'zi shaxsan ishtirok etgan. So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Shayboniyxon o'zbek (turk) tilida bitilgan o'ziga xos manba — "Tavorixi guzidayi nusratnoma" asarining yozilishida bevosita ishtirok etgan. [Xayrullayev M. 4:26]
Shayboniyxon Qur'onni yaxshi bilgan va diniy ulamolar, shoirlar bilan suhbat qurishni xush ko'rgan. Hukmdorning siyosiy raqibi bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham uning musulmon dini borasida yaxshi bilimga ega ekanligini ko'rsatib o'tadi.[Z.M.Bobur 6:128] Muhammad Shayboniyga hamroh va maslakdosh bo'lgan shaxslar ichida shayxlar, sayyidlar va xojalardan chiqqan bilimdon kishilar eslatib o'tiladi. Ularning ba'zilari xonga nisbatan "buyuk muhabbat va sadoqat"larini ko'rsatgan bo'lib (Xondamir), keyinchalik ham hukmdorning yaqinlaridan bo'lib qolganlar. Ularning ichida Muhammad Solih tomonidan "olim kishi" deb atalgan Abdurahim sadr alohida imtiyozli o'rin egallagan edi.
Asarda Shayboniyxon Xonzodabegimga ikki yildan beri oshiq ekanligi aks etgan. Shayboniyxon Samarqandni qamal qilganda so'ng Xonzodabegimga xat yozadi. Xonzodabegimga atalgan bu izhori dilda mashuqaning vasfi ham, xonning shahar ahliga qo'ygan sharti ham mujassam edi: Ey mango orzuyi jon vasling, Bedavo dardima darmon vasling Sifotingni eshitib zor o'ldum, Ishqing ilkiga giriftor o'ldum... [Siyoyev S. 2:19]
Shayboniyxon o'zini Alisher Navoiyning ma'naviy shogirdi hisoblar, o'nlab g'azallarini yod bilar va o'z qo'li bilan ilk devonini ko'chirgan edi. Shayboniyxon turkiy tilni nihoyatda qadrlagan. U Hiroda bundan boshlab devon ishlari turkiy tilda yurgizilsin [ Siyoyev S. 2:92] deb buyruq beradi. Shuningdek, asarda Shaybonixon turkiy til haqida kuyunib shunday deydi: " - Ajab maxluq erkan bu odamzod deganlari. Bir burda non umidida tuvg'on tilidan kechib, begona alfozda chuldiramakni afzal ko'radir. Olloh, olloh! Iftixor qani? Mir Alisher "Muhokamatul-lug'atayn"da bizlarga ne deb vasiyat qilmishlar"[Siyoyev S. 2:92] Afsuski Shayboniyxon vafot etishi bilan devon ishlari turkiy tildan forsiy tilga o'tkaziladi.
Shayboniyxonning o'zining shaxsiy kutubxonasi bo'lgan. U janglarga o'zining aravasida shaxsiy uy kutubxonasi bilan chiqar edi. Shayboniyxon saroyda ko'plab mushoiralar o'tkazib turgan va o'zi ham mushoiralarda ishtirok etgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Xulosa qilib aytganda Sa'dulla Siyoyevning "Dashti qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon" qissasida tarixiy shaxs tasviri vaqt, makon hamda tuyg'u o'rin almashinuvlarini zaruriy shart qilib qo'yadi. Shu o'rinda "Badiiy makon va unda kechadigan vaqt asosan kechinmaning harakatida namoyon bo'lib, bu holat kichik hajmli she'riyatda ham lirik syujet izlari borligini ko'rsatadi, badiiy asardagi shakl va mazmun birligi aniq makon va zamon doirasida namoyon bo'ladi"[Yo'lchiyev Q. 5:152] Nafaqat badiiy asar, balki she'riy asarlarda ham makon va zamon tushunchasi mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Qahramon shaxsini ochib berishga yo'naltirilgan har bir chizgi, timsol va obrazda ifoda davomiyligini ta'minlashga intilish qabarib ko'rinadi. Tasvir ruhiyati botinida ham muallif qiyofasi yorqin namoyon bo'ladi. Badiiy dunyoqarash talqinida kuzatiladigan mahorat shundaki, u yaratgan obrazlar hammasi har xil, biri ikkinchisini takrorlamaydi, individual, o'ziga xos. Bugungi globallashuv jarayonida, sharqona hayotimizga g'arb madaniyati bostirib kirib kelaytgan bir davrda tarixga qaytish, undan saboq olish har qachongidan muhimoq ahamiyat kasb etmoqda. So'nggi yillardagi tarixiy asarlardagi tarixiy shaxslar haqida yozishdan maqsad o'tmishni qumsash, sog'inish emas, bugungi kun odamlarining ma'naviy yuksalishiga hissa qo'shish, ko'ngillarga ezgulik urug'ini ekish, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, ajdodlar xotirasiga hurmat, milliy an'analarga sadoqat bilan tarbiyalashdir. Biz ko'rib o'tgan asar ham yoshlarni tarbiyalashda, tarixni, adabiyotni teran anglashda muhim manba hisoblanadi.
REFERENCES
1. Umurov H. Badiiy psixologizm va hozirgi o'zbek romanchiligi. - Toshkent: Fan, 1983.-B.69
2. Sa'dulla Siyoyev. Dashti Qipchoq lochini yoxud Muhammad Shayboniyxon qissasi. - Toshkent:Navro'z, 2021. - B.144
3. Xayrullayev M.M. Ma'naviyat yulduzlari. - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashryoti, 1999.
4. Zahiriddin Muhammad Bobur Boburnoma. - Toshkent: Yulduzcha nashriyoti, 1989. - B.386
5. Yo'lchiyev Q.V. Lirik she'rda badiiy makon muammosi. So'z san'ati xalqaro jurnali, 2020-yil, 5-son
6. Muhammad Solih. Shayboniynoma. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989 - B.336
7. Qodirov P. Yulduzli tunlar.-Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018. - B.560