Научная статья на тему 'XVI-XVII ASRLARDA BUXORO XONLIGIDА YUZ BERGАN DEMOGRАFIK O’ZGАRISHLАR VА UNGА TА’SIR KO’RSАTGАN OMILLАRNING MАNBАLАRDАGI TАLQINI'

XVI-XVII ASRLARDA BUXORO XONLIGIDА YUZ BERGАN DEMOGRАFIK O’ZGАRISHLАR VА UNGА TА’SIR KO’RSАTGАN OMILLАRNING MАNBАLАRDАGI TАLQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1320
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ichki va tashqi migratsiya / Dashti Qipchoq / A.Asqarov / K.Shoniyozov / “Abdullanoma” / “Shajarai turk” / internal and external migration / Dashti Kipchak / A.Askarov / K.Shoniyazov / “Abdullanoma” / “Shajarai turk”

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sattorov, Amin

Ushbu maqola “Uch xonlik” davrida aholining demografik o’zgarishlariga bag’ishlangan. Bunda XVI-XVII asrda xonliklardagi aholining demografik holatiga tasir etgan omillar, aholining migratsiyasiga xonliklardagi iqtisodiy, siyosiy, geografik holatlarning tasiri, ularning oqibatlari haqida manbalarda qanday aks etganligi yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEMOGRAPHIC CHANGES THAT OCCURRED IN THE KHANATE OF BUKHARA IN THE XVI-XVII CENTURIES AND THE INTERPRETATION OF THE FACTORS AFFECTING IT IN THE SOURCES

This article is devoted to the demographic changes of the population during the "Three Khanates". It describes the factors influencing the demographic situation of the population in the khanates in the XVI-XVII centuries, the impact of economic, political, geographical conditions on the migration of the population in the khanates, how they are reflected in the sources.

Текст научной работы на тему «XVI-XVII ASRLARDA BUXORO XONLIGIDА YUZ BERGАN DEMOGRАFIK O’ZGАRISHLАR VА UNGА TА’SIR KO’RSАTGАN OMILLАRNING MАNBАLАRDАGI TАLQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XVI-XVII ASRLARDA BUXORO XONLIGIDA YUZ BERGAN DEMOGRAFIK O'ZGARISHLAR VA UNGA TA'SIR KO'RSATGAN OMILLARNING MANBALARDAGI TALQINI

Sattorov Amin

SamDU Tarix fakulteti 2-bosqich magistranti

Ushbu maqola "Uch xonlik" davrida aholining demografik o'zgarishlariga bag 'ishlangan. Bunda XVI-XVII asrda xonliklardagi aholining demografik holatiga tasir etgan omillar, aholining migratsiyasiga xonliklardagi iqtisodiy, siyosiy, geografik holatlarning tasiri, ularning oqibatlari haqida manbalarda qanday aks etganligi yoritilgan

Kalit so'zlar: ichki va tashqi migratsiya, Dashti Qipchoq, A.Asqarov, K.Shoniyozov, "Abdullanoma", "Shajarai turk"

This article is devoted to the demographic changes of the population during the "Three Khanates". It describes the factors influencing the demographic situation of the population in the khanates in the XVI-XVII centuries, the impact of economic, political, geographical conditions on the migration of the population in the khanates, how they are reflected in the sources.

Keywords: internal and external migration, Dashti Kipchak, A.Askarov, K.Shoniyazov, "Abdullanoma", "Shajarai turk"

XVI asrgacha va undan keyingi davrlarda nafaqat Buxoro xonligi, balki, Markaziy Osiyoda yuz bergan migratsion jarayonlar natijasida xonlik aholisi tarkibiga turfa xil madaniyat va urf-odatga еga turli еtnik guruhlarning kelib qo'shilishi uzluksiz davom еtgan. Bu o'z o'rnida xonlik aholisi tarkibida ayrim o'zgarishlarni sodir bo'lishiga olib kelgan. Bu holatni yuzaga keltirgan o'ziga xos omillar mavjud bo'lib, hududda sodir bo'lgan tabiiy hodisalar, mamlakatda kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar shular jumlasidandir. Dastlab migratsion jarayonlar aks еtgan ma'lumotlarni tahlil qilar еkanmiz, ularni mohiyatiga ko'ra ikki guruhga ajratish mumkin:

Birinchi guruhga, xonlik hududiga chetdan kelgan aholi hisobiga sodir bo'lgan migratsiyani yorituvchi ma'lumotlar kirib, ularda boshqa davlat hududi aholisining turli sabablar tufayli Buxoro xonligiga kelib o'rnashish jarayoni aks еtgan. Bu holat aholi tarkibini son jihatdan oshishiga va ma'lum darajada еtnik tarkibini boyishiga

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

olib kelgan. Ikkinchi guruh ma'lumotlari esa xonlik hududida kechgan ichki migratsion jarayonlar haqida tassavvur hosil qilish imkoniyatini beradi. Ularda xonlik hududida Yashayotgan biror bir urug' yoki qabilaning mamlakat ichki hayotida sodir bo'lgan turli ko'rinishdagi hodisalar oqibatida xonlikning boshqa bir eriga borib joylashishi bayon qilingan. Bu jarayon, garchi xonlik aholisi demografiyasini son yoki tarkibiy jihatdan o'zgartirmagan bo'lsa-da, turli turmush tarzga ega xalqlar madaniyatining mamlakat hududi bo'ylab o'zaro integratsiyalashuviga sabab bo'lgan.

Avval ta'kidlanganidek, turli aholi qatlami va etnik guruhlarning xonlik hududiga kirib kelishi uzluksiz davom etgan jarayon hisoblanadi. Shu sababli ham bu borada manbalarda ko'plab ma'lumotlar uchraydi. Jumladan, XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xorazm hududlariga Dashti Qipchokdan kirib kelgan ko'chmanchi o'zbeklar to'g'risida tadqiqot doirasiga tortilgan asarlarning aksariyatida so'z yuritilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asarlardagi ushbu ma'lumotlar bugungacha bir qator olimlarning ishlarida tahlil qilinish bilan birga ular turli munozaralarga ham sabab bo'lgan. Xususan, o'sha davrda dasht hududidan Movarounnahrga kirib kelgan aholi miqdori va etnik tarkibi xususida turli fikrlar mavjud. Jumladan, T.I. Sultonov o'rta asr muarrixlari Muhammad Solih, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirza Muhammad Haydar va Fazlulloh ibn Ruzbehon bergan ma'lumotlarga asoslanib, XV asr oxiri XVI asr boshlarida Dashti Qipchoq hududidan Movarounnahrga 1 mln. 240 - 1 mln. 360 mingga Yaqin aholi ko'chgan, deya ta'kidlaydi1. K. Shoniyozov uning soni aniq emas, lekin mahalliy aholidan kam bo'lgan, deb yozadi2. A. Asqarov esa K. Shoniyozovning fikrini tasdiqlagan holda, garchi ular katta mikdorda ko'chib kelgan bo'lsada, ammo mahalliy aholining etnik asosini o'zgartirib yubora olmaganligini qayd etgan3. Boshqa bir o'rinda olim Movarounnahr va Xorazmga kelgan Dashti Qipchoq o'zbeklari sonini matematik hisobda hisoblab, ular kamida 500-600 ming bo'lgan, degan fikrni ham ilgari surgan4.

Shuningdek, amalga oshirilgan tadqiqotlarda Dashti Qipchokdan kirib kelgan ko'chmanchilarning etnik tarkibi borasida ham ayrim qarashlar mavjud. Masalan, T.I. Sultonovning "Shayboniynoma" asari muallifi Muhammad Solih keltirgan ma'lumotiga tayanib bildirgan fikriga ko'ra, Shayboniyxon qo'shini tarkibida 19 ta

1 Султонов. Т.И. Кочевые племена Приаралья в XV-XVII вв. - Москва: Наука, 1982. 11, 21-стр.

2 Shoniyozov K. O'zbek хаЦЫ^ Shakllanish jаrаyoni. 390-bet.

3 Аsqаrov А. O'zbek x^ining еtnogenezi vа еМк tarixi (o'quv qo'llаnmа). 68-bet.

4 Аsqаrov А. O'zbek ха^т^ еtnogenezi vа еtnik trnxi (o'quv qo'llаnmа). 271-bet.

1168

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

urug'-qabila vаkiПаri bo'lib, u bilan birgа Movаrounnаhrgа 13 tа urug'-qabila аholisi kirib kelgan5. Manbalardagi ma'lumotlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi aholi Movarounnahr hududiga o'rnashib olgach, o'z hududlarini kengaytirish maqsadida qo'shni davlatlarga harbiy yurishlarni amalga oshirgan. Buning oqibatida ham Buxoro xonligiga boshqa davlatlar aholisining kelib o'rnashish holatlari yuz bergan. Jumladan, "Shajarai turk" asari muallifi XVI asr boshlarida Shayboniyxonning Xorazmga qilgan yurishi vaqtida Qiyot va Bo'ldimsoz aholisini Movarounnahrga ko'chirib keltirganligi haqida yozgan6.

Asarlarda yana ikki davlat hukmdorlari o'rtasida tuzilgan harbiy ittifoq chilik aloqalari ham ana shunday jarayonlarga sabab bo'lganligini tasdiqlovchi ma'lumotlar mavjud. Xususan, Badriddin Kashmiriyning asarida ana shunday ma'lumotni uchratish mumkin. Uning yozishicha, Abdullaxon II bilan harbiy ittifoqchilik tuzgan Qozoq xoni Shig'oyxon o'g'li Tavakkal, o'z xizmatida bo'lgan o'n bir qozoq sultoni hamda qirg'iz amirlari bilan birga Buxoro hukmdori huzuriga tashrif buyurib, uning harbiy harakatlarida ishtirok etgan. Kashmiriyning guvohlik berishicha, Abdullaxon II unga Xo'jand viloyatini xiroj sifatida bergan va 1583 yilda qozoq xoni Movarounnahr hududida vafot etgan7.

Buxoro xonligida kechgan migratsiyaning ikkinchi guruhi Ya'ni, ichki migratsion jarayonlar to'g'risida ham ko'plab ma'lumotlar mavjud. Jumladan, "Abdullanoma" asarida XVI asrning ikkinchi Yarmida Abdullaxon II ning dastlab taxt uchun, keyinchalik, markazlashgan davlat tuzish uchun olib borgan kurashi oqibatida ana shunday jarayonlar sodir bo'lganligini tasdiqlovchi ma'lumotlar uchraydi. Masalan, asar muallifining yozishicha, 1550 yilda Shayboniy sultonlar o'rtasidagi o'zaro kurashlar oqibatida Abdullaxon II Miyonkol atrofidagi aholini qal'a ichiga ko'chirtirgan8. Bundan tashqari asarda Abdullaxon II Hirotga yurish qilib, unga qarshi turgan Buryobod qal'asi ahlini uning qarshisidagi qo'rg'onga butunlay ko'chirganligi haqida ham so'z yuritilgan9. Demak, shahar aholisi sonining o'zgarishi nafaqat shahardagi tabiiy tug'ilish, u erdagi turmush Sharoitining Yaxshiligi va qulayligi bilangina bog'liq bo'lmay, balki unga hukmdorlar tomonidan amalga oshirilgan majburiy ko'chirish siyosati ham sabab bo'lgan. Bunday jarayonlar keyinchalik ham davom etganligini asardagi Bobo sultonning 1569 yilda Buxoroga

5 Султонов. Т.И. Кочевые племена Приаралья в XV-XVII вв. 18-стр.

6 Abulg'oziy. Shajarai turk. - Toshkent., 1992. 134-стр.

7 Badriddin KaShmiriy. Ravzat ar-rizon va hadiqat al-g'ilmon. V. 233 -bet.

8HofizTanish. Abdullanoma. l-kitob. 95-6et.

9HofizTanish.A6dullanoma. l-kito6. 189-6et.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qilgan navbatdagi hujumi natijasida Miyonkol aholisining yarmini Dobusiy qal'asiga, Yarmi Karmina viloyatiga olib o'tilganligi10 yoki turkiston va toshkentliklarning Abdullaxon II ga qarshi bosh ko'tarishi oqibatida ularning boshqa hududlarga ko'chirilganligi borasidagi ma'lumotlar tasdiqlaydi11.

Ashtarxoniylar davri tarixiga oid asarlarda ham xonlikda kechgan ichki migratsion jarayonlar aks etgan ma'lumotlar mavjud. Xususan, "Tarixi Muqimxoniy" asarida ashtarxoniy Boqimuhammadxon kasal bo'lganligini eshitgan qozoq, qoraqalpoq kabi qabilalar mamlakatni talon-taroj qilganligi va buning natijasida Toshkent, Sirdaryo bo'yi tumanlarining aholisi o'z joylarini tashlab turli tomonlarga qochib ketganligi haqida ma'lumot berilgan12.

Hukmdorlar o'rtasidagi urushlar va harbiy yurishlardan tashqari bu davrlarda mamlakatlarda yuz bergan turli ofatlar xususan, turli yuqumli kasalliklar ham xonlikdagi aholi sonini kamayishiga olib kelgan. Masalan, Badriddin Kashmiriy o'z asarida Buxoroda XVI asr ikkinchi yarmida vabo tarqalib, unda 70000 kishi halok bo'lganligi haqida yozgan13.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Buxoro xonligidagi bunday demografik o'zgarishlar yurtimizdagi o'sha paytdagi boshqa xonliklarga ham taluqli jarayon hisoblanadi. Ya'ni bu paytda aholining ko'payishi, kamayishi, aholi tarkibining o'zgarishi tashqi va ishchki omillarga bog'liq bo'lib, bunda tashqi omilda: bir hududning ikkinchi hududga bosqini oqibatida aholining tarkibining o'zgarishi; bir hududdagi siyosiy vaziyatning o'zgarishi u yerdagi aholining boshqa davlat hududiga ko'chishi; ikki davlat hukmdorlari o'rtasida harbiy ittifoq(Abdullaxon II va qozoq xoni Tavkkal o'rtasidagi shartnoma) qibatida migratsion jarayonlar kuzatilishi mumkin. Ichki omillar esa: mamlakatdagi ichki nizolar natijasida aholining mamlakat ichida boshqa hududga ko'chishi; qo'zg'olon ko'targan aholining majburan boshqa hududga ko'chirilishi(turkiston va toshkentliklarning Abdullaxon II ga qarshi bosh ko'tarishi) kabilardir. Yana shuningdek turli iqtisodiy omillar va turli yuqumli kasalliklar oqibatida ham bu davrda aholining soni, etnik tarkibi o'zgarib turgan.

10НоЙ7 ТатБИ. Аб^11апота. 1-кИоб. 221-бе1

11 Bаdriddm KаShmiriy. Rаvzаt аr-rizvon vа hаdiqаt аl-g'ilmon. У.223 а.

12 Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история. / Перевод с таджикского, предисловие, примечания и указатели проф. А.Л. Семенова. - Ташкент, 1956.,163-стр.

13 Bаdriddin KаShmiriy. Rаvzаt аr-rizvon vа hаdiqаt аl-g'ilmon ... V. 185-Ъе1

1170

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Султонов. Т.И. Кочевые племена Приаралья в XV-XVII вв. - Москва: Наука, 1982. 11, 21-стр.

2. Shoniyozov K. O'zbek xelqining Shakllanish jаrаyoni. 390-bet.

3. Аsqаrov А. O'zbek xаlqining еtnogenezi vа еtnik trnixi (o'quv qo'llаnmа). 68-bet.

4. Abulg'oziy. Shаjаrаi turk. - Toshkent., 1992. 134-стр.

5. Bаdriddin KаShmiriy. Rаvzаt аг-rizon vа hаdiqаt ^-g^lmon. V. 233 -bet.

6. Hofiz Tanish Buxoriy.Аbdullаnomа. l-kitob. 95-6et.

7. Мухаммед Юсуф Мунши. Муким-ханская история. / Перевод с таджикского, предисловие, примечания и указатели проф. А.Л. Семенова. - Ташкент, 1956.,163-стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.