Научная статья на тему 'IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN O`ZBEKISTON RANGTASVIR SAN`ATIDA MAVZU VA TALQIN'

IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN O`ZBEKISTON RANGTASVIR SAN`ATIDA MAVZU VA TALQIN Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
751
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
portret janri / natyurmort / kompozitsiya / rangtasvir / sotsrealizm / “Iliqlik davri” / kolorit / realizm

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rohila Usmonxonova Akrom Qizi

O`zbekiston tasviriy san`atida XX asrda sodir bo`lgan o`zgarishlar katta ahamiyatga ega hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib san`atda ijodkorlarga erkinlik berila boshlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin rassomlar urush mavzulari bilan bir qatorda oddiy xalq hayotini tasvirlashga ham harakat qiladilar. Mazkur maqolada bu davrga kelib bir qancha janrlarda yaratilgan asarlar qamrovi va unda samarali ijod qilgan rassomlar faoliyati haqida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN O`ZBEKISTON RANGTASVIR SAN`ATIDA MAVZU VA TALQIN»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17

IKKINCHIJAHON URUSHIDAN KEYIN O ZBEKISTON RANGTASVIR

SAN ATIDA MAVZU VA TALQIN

Rohila Usmonxonova Akrom qizi

Kamoliddin Behzod nomidagiMilliy Rassomlik va dizayn instituti San'at nazariyasi va tarixi (tasviriy va amaliy san'at) mutahassisligi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7546771

Annotatsiya: O"zbekiston tasviriy san'atida XX asrda sodir bo'lgan o'zgarishlar katta ahamiyatga ega hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib san'atda ijodkorlarga erkinlik berila boshlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin rassomlar urush mavzulari bilan bir qatorda oddiy xalq hayotini tasvirlashga ham harakat qiladilar. Mazkur maqolada bu davrga kelib bir qancha janrlarda yaratilgan asarlar qamrovi va unda samarali ijod qilgan rassomlar faoliyati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: portret janri, natyurmort, kompozitsiya, rangtasvir, sotsrealizm, "Iliqlik davri", kolorit, realizm.

XX asr butun jahon xalqlari uchun o'ta og'ir va murakkab kechgan. Ikkita jahon urushining ro'y berishi, dunyo mamlakatlarida sodir bo'layotgan ijtimoiy va siyosiy qiyinchiliklar insonlar ongi va turmush tarzini keskin o'zgartirib yubordi. Va bu vaziyat barcha sohalarda, shuningdek san'atda ham o'zining ta'sirini ko'rsatdi. Urushdan keyin ijodkorlarning dunyoqarashlari butunlay o'zgardi. Go'zallik tushunchasi, san'atda uning talqin etilishi ham yo'qola bordi. Ijodkorlar bunday murakkab vaziyatda o'z his-tuyg'ularini, insoniyatga bo'lgan chaqiriqlarini asarlarida namoyish etishga intildilar. Jahonda sodir bo'layotgan hodisalar shubhasiz CTzbekiston san'atida ham o'zining ta'sirini ko'rsatmay qolmadi.

1941-1945-yillardagi urush CTzbekiston san'ati taqdirida ham namoyon bo'ldi. Bu va urushdan keying dastlabki yillarda rassomlar ijodi harbiy mavzular bilan uzviy bog'liq bo'ldi, ularning san'ati hujjatlilik xusussiyatlarini o'z ichiga oigan. 1950-yillar - sotsrealizm uslubining gullagan davri bo'lib, CTzbekistonda tasviriy san'atning yangi ko'rinishlari shakllandi: mahobatli rangtasvir, dastgohli va landshaft haykaltaroshligi, grafikaning turli ko'rinishlari. Lekin, avvalgidek yetakchi o'rinni rangtasvir egallaydi va bunda ham muhim o'zgarishlar ko'zga tashlanadi. San'atda yangi rassomlar avlodi kirib keladi. Ularning orasida R.Ahmedov, N.Qo'ziboyev, V.Zelikov, M.Saidov, T.Oganesov va Yu.Yelizarovlar I.E.Repin nomidagi Leningrad san'at oliy ta'lim maskanida bilim oigan rassomlarni e'tirof etish mumkin. Aynan shu guruh rassomlari milliy rangtasvir maktabi shakllanishining yangi va muhim bosqichini amalga oshiradilar. Bu rassomlar ijodida realizmning badiiy va ifodali

oggo-- O • o.-oggo

xP ^^T^C Qy ^^ • Cy

<T6ÍT> LJAH

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17

tizimi yetakchi o'rinni egalladi. Uning asosida mustaqil va tashqi ta'sirlarni rad etish haqiqatlari chuqurroq aks eta boshladi. Mazmun mohiyati kengayib, unda mintaqaga xos xususiyatlar va milliy an'analar ko'zga tashlanadi. Bu yillardagi yangiliklar -cho'lni bo'ston qilish g'oyasi bilan bog'liq bo'lgan, tarixiy qahramolar portretlarini yaratishda izlanishlar olib borilgan. Jumladan ilk cTzbek musawirasi hisoblangan Shamsiroy Hasanova ijodida tarixiy siymolar, xususan ayol shoiralari obrazlarini yaratish ustivorlik qiladi. Ijodida sharq miniatyura maktabi an"analarini, shuningdek g'arb realizmini uyg'unlashtirgan holda o'zining asarlarini yarata boshlaydi. 1944-1945-yillarda yaratgan shoira Nodirabegim portreti, 1947-yilda yaratilgan Mutriba va Uvaysiy portretlari rassomning tarixiy ayol shoiralarimiz ijodiga bo'lgan qiziqish va ular ijodi bilan yaqindan tanishganligidan dalolat beradi. Musavvira mazkur ayol obrazlarini nozik chizgilar, nafis ranglar bilan ifodalaydiki, unda she'riyat malikalari yanada jozibali va maftunkor ko'rinadi. Ularning nigohlari orqali portretlanuvchilarning ichki olami, tafakkurini ifodalashga intiladi. Rassom obrazlarni yaratishda tarixga tayanib, shoiralarning liboslariga ham alohida ahamiyat qaratadi. Shamsiroy Hasanova ijodida nafaqat tarixiy siymolar, balki o'zi yashagan zamon talablariga xos tarzda zamondoshlar obrazlarini ham ko'rishimiz mumkin. Buyuk ajdodlarimiz va zamondoshlarimizning beqiyos portretlarini yaratgan ijodkorlarimizdan biri Malik Nabiyev hisoblanadi va rassom ijodiga nazar tashlasak, uning Beruniy siymosini yaratishga bo'lgan mehnatlarini e'tirof etish joizdir. 1949-yida Abu Rayhon Beruniy portretini ishlaydi. Portretda allomani o'rta yoshlarda, ilm bilan band holatda ko'rishimiz mumkin. Ijodkor portretni yaratish mobaynida u yashagan davr, ijtimoiy hayot, allomaning yaratgan asarlari bilan yaqindan tanishib chiqqan. Beruniyning liboslari, xona interyeri bizga o'rta asrlar tarixini namoyon etib turadi. Portretlanuvchi shaxsning nigohlari, o'tirish holati, qo'l va qaddi-qomatining tasvirlanishi uning donishmandligi, ilmga bo'lgan muhabbatini ko'rsatib beradi.

1950-yillarda san'atda hamon sotsrealizm an'analari davom etayotgan bo'lishiga qaramay, uning talablari kamayib ijodkorlarga erkinlik berila boshlaydi. Va bu davr "Iliqlik davri" deya san'atga kiradi. Urushdan keying yillarda O'zbekiston tasviriy san'atida portert janri jadal rivojlandi. Bu vaqatda xalq qahramonlari, oddiy mehnatkash xalq obrazlarini yaratish ustivorlik qiladi. Shuningdek, yosh milliy ziyolilar portretlarini tasvirlash prinsiplari shakllana boshlagan. Awalgi davrdagi qolipga solingan dabdababozlikdan voz kechilib, qishloq hayotini tasvirlovchi yangi janr pay do bo'ldi, unda oddiy mehnatkashlarning ichki dunyosi tasvirlangan. CTzbek milliy rangtasvir maktabi uchun o'zining ulkan hissasini qo'shgan, bugungi milliy san'atimizga poydevor qo'ygan, ko'plab buyuk rassomlar uchun ustoz hisoblangan ijodkor Rahim Ahmedov ijodiga nazar tashlasak urushdan keyin va "Iliqlik davri"da ko'plab portretlar yaratdi va bu kelgusida milliy o'ziga xos milliy maktabimizning pay do bo'lishiga zamin bo'ladi. Rahim Ahmedovning 1948-yilda yaratilgan

oggo-- o . ---oggo

rfi^sji

<f627>

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17

"Qahramon ona" portreti, "Kolxozchi ayol"(1951), "Cho>pon"(1952), "Salima portreti"(1955) kabilarda ijodkor oddiy o'zbek xalqini tasvirlaydi. Portretlanuvchi shaxslarning qaddi-qomati, ularning nigohlari orqali ichki dunyosini ochib berishga intiladi. Sodda, samimiy o'zbeklarning xarakterini, milliyligimizni o'z asarlarida namoyon etadi. Barchamizga ma'lum va mashhur bo'lgan "Ona o'ylari" kartinasini ham 1956-yilda yaratgan bo'lib, unda o'zbek ayolini tasvirlaydi. CTychan nigohlarini bir nuqtaga tikkancha, qaddi egilgan, yuzlariga ajin tushgan onaxon obrazi kelgusida urushda farzandlarini yo'qotib, farzand dog'idagi onalar timsoli bo'lgan "Motamsaro ona" haykali uchun asos bo'ldi. Rassom ona obrazini yaratishda har bir detallarga alohida ahamiyat qaratadi. Ayolning liboslari- harir ko'ylak va ustida kalta nimcha, boshida esa ro'mol o'sha davrdagi o'zbek ayollariga xos bo'lgan va orqa fonda oddiy o'zbekona, oddiy paxsa uylar, daraxt va maysalar, O'zbekiston tabiatiga xos nur va yorug'likni mahorat bilan tasvirlangan. 1957-yilda yaratilgan yana bir milliy portretchiligimizda o'ziga xos o'ringa ega kartinasidan biri "Xalq musiqachisi A.Umurzoqov portreti" hisoblanadi. Kartina tomoshabinga bir qarashdayoq o'zbek milliyligini yaqqol ko'rsatadi. Kompozitsiya markazida cholg'uchi milliy beqasam chopon, belda qiyiqcha, boshda milliy do'ppida, qo'lida esa milliy musiqa cholg'u asbobimiz bo'lmish qo'shnay bilan tasvirlangan. Orqa fonda esa o'zbek hovlisi, unga xos ravishda o'zbekona landshafit berilgan.

Portret janrida o'zini namoyon etgan ijodkorlardan biri Yusuf Yelizarov hisoblanadi. Rassom oddiy xalq portretlaridan tashqari o'zbek ziyolilari portretlarini ham mahorat bilan yaratadi. Ko'plab ijodkorlar: rassom R.Timurov portreti, aktyor Sh.Burxonov, bastakor M.Burxonov portretlari shular jumlasidandir. Rassomning eng mashhur va betakror kartinasi 1957-yilda yaratilgan "CTzbek ziyolilarining guruhli portreti" hisoblanadi va unda o'zbek san'atida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'lgan ko'plab ijodkorlar tasvirlanadi. Unda san'atning barcha turlarida ijod qilgan mashhur siymolarni ko'rishimiz mumkin va bu asar Yelizarov ijodidagi noyob durdona kartinaga aylangan.

Urushdan keying yillarda yana bir mavzulardan biri o'zbek ayollarini savodxonlikka undov bo'lgan. Buni biz feminizmni targ'ib qiluvchi ayol rassomlardan biri Nadejda Kashina ijodida ko'rishimiz mumkin. Urush yillarida Kashina ijodida plakat san'ati ustivorlik qilgan bo'lsa, 50-yillarga kelib xotin-qizlarning ilmga bo'lgan munosabati aks etgan bir qancha kartinalari yaratiladi. Jumladan, 1950-yilda yaratilgan "Qiz gazeta bilan", "Hovlida" 1951-yilda yaratilgan "Ishdan so'ng. kechki maktab" kabi asarlarini keltirishimiz mumkin. Mazkur asarlarda ijodkor o'zbek ayollarini mehnat jarayonida ham ilm olishga bo'lgan intilishlarini, jamoa bo'lib mutolaa qilayotganlarini, kitob, gazeta, jurnallarga zavq va qiziqishlarini tasvirlaydi. Bu yillarda Nadejda Kashina ijodida natyurmort janri ham alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Natyurmortlarida meva va sabzavotlar yorqin,

pggo o . ---oggc

Qy Y Y ¿¿^ Cj

rf^âsji

<f63T>

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

№17

rangbarang, dekorativ qilib ishlangan. Kompozitsiyalarda ijodkor contrast ranglar uyg'unligini, yorug'lik va ranglarning garmoniyasini O'zbekistonning boy va serunum hosillarini mohirona ishlaydi.

1950-yillar san'ati o'zbek rangtasviri uchun yangi bosqichga o'tishiga zamin yaratdi. Bu yillarda ijod olamiga kirib kelgan rassomlar professional akademik ta'lim olib kelganliklari va olib brogan izlanishlari orqali milliy san'atimiz darg'alari sifatida bugungi kunga qadar e'tirof etiladilar. Ularning yaratgan asarlari o'zbek rangtasvirining shoh asarlari hisoblanadi. Bu davr san'atida nafaqat mavzular, balki shakllar ham o'zgara bordi. Yorqin, dekorativ ranglar sotsrealizm talablaridn chekinish yangi bosqichga o'tishdan darak bo'ldi. Va o'zbek rangtasvirining yangi davrini boshlab berdi.

Fovdalanilgan adabiyotlar:

1. "Искусство Советского Узбекистана 1917-1972". M.: 1976

2. Ахмедова Н. "Живопись Центральной Азии XX века: традиции, самобытность, диалог". Т.:2004

3. D.R.Alimkulovaning "CTzbekiston san'ati tarixi"(XIX-XX asrlar) o'quv qo'llanma.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.