Научная статья на тему 'AMERKALIK RASSOM MORGAN VISTLING HAYOTI VA IJODI'

AMERKALIK RASSOM MORGAN VISTLING HAYOTI VA IJODI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
206
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Morgan Vistling / Amerikalik rassom kompazitsiya / maishiy / portret / kinomatografiya / illustrator / realizm / Fixler / Andrey Zorn / Nikolai Feshin / Joaquen Sorollo. / Morgan Weistling / American painter / composition / household / portrait / cinematography / illustrator / realism / Fixler / Andrey Zorn / Nikolai Feshin / Joaquen Sorollo.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zilola Nazarova

Ushbu maqolada Morgan Vistling hayoti va ijodi,kino sanoatida tutgan o'rni, uning ishlash texnikasi va uning ijodoga tasir qilgan ustoz rassomlar ahamiyati jumladan, Morgan Vistling ijodidan ilhomlangan o'zbek rassomlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LIFE AND THE ARTS OF AMERICAN ARTIST MORGAN WIESTLING

In this article you can read about Morgan Weistling, his biography, arts, his contribution to a movie industry, the painters who influenced his way of drawing and Uzbek artists inspired by him.

Текст научной работы на тему «AMERKALIK RASSOM MORGAN VISTLING HAYOTI VA IJODI»

AMERKALIK RASSOM MORGAN VISTLING HAYOTI VA IJODI

Zilola Nazarova

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn inistituti "Rangtasvir (dastgohli)" magistratura mutahassisligi 1-kurs

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Morgan Vistling hayoti va ijodi,kino sanoatida tutgan o'rni, uning ishlash texnikasi va uning ijodoga tasir qilgan ustoz rassomlar ahamiyati jumladan, Morgan Vistling ijodidan ilhomlangan o'zbek rassomlari.

Kalit so'zlar : Morgan Vistling, Amerikalik rassom kompazitsiya, maishiy, portret, kinomatografiya, illustrator, realizm, Fixler, Andrey Zorn, Nikolai Feshin, Joaquen Sorollo.

LIFE AND THE ARTS OF AMERICAN ARTIST MORGAN WIESTLING

ABSTRACT

In this article you can read about Morgan Weistling, his biography, arts, his contribution to a movie industry, the painters who influenced his way of drawing and Uzbek artists inspired by him.

Keywords : Morgan Weistling, American painter, composition, household, portrait, cinematography, illustrator, realism, Fixler, Andrey Zorn, Nikolai Feshin, Joaquen Sorollo.

Tasviriy san'at san'atning eng go'zal va nafis turlaridan biridir .Bu san'at turi butun dunyoda ommalashib ilgarilab kelmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. Ana shunday san'at turiga mehr qo'ygan hayotini bag'ishlagan ko'plab rassomlarni bilamiz, ulardan biri Morgan Vistlingdir .U oddiy rassom emas balki, Gollivud kino sanoatida ham o'zini o'rniga ega bo'lgan illustrator rassomdir. Bu ijodkor bugungi kunda jahon tan olgan mashhur Amrikalik rassomi hisoblanadi. U 1964-yil Kaliforniyada tug'ilgan . Uning otasi ham rassom bo'lgan va bu narsa uni rassom bo'lib shakillanishiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Morgan birinchi rasimini bir yoshu yetti oyligida chiza boshlagan. U o'n besh yoshida, Los Anjilisdagi Fred Fixler tomonidan boshqarilayotgan Brandes san'at inistitutida rangtasvir bilan jiddiy shug'ullana boshlaydi. Morgan o'zining bazi bir asarlarini san'at inistitutidagi mashhur va mohir bo'lgan rassomlarga tez-tez ko'rsatib turar edi. Ulardan biri mashhur kino afisha rassomi bo'lib, u kichik rassomning ijodiga qiziqib qoladi va natijada yosh rassomga keng imkoniyatlar eshigi ochiladi. O'zini ustida tinmay

izlangan, mehnat qilgan Morgan va nihoyat o'n to'qqiz yoshida illustrator sifatida o'zining ajoyib karyeriasini boshladi. U Gollivudning yuqori reklama agentligiga ishga qabul qilinadi va kino olamida saviyasi yuqori bo'lgan studiyalar bilan birgalikda kino afishalar ishlay boshlaydi .Vistling kino sanoatida mashhur bo'lgan sifat darajasi yuqori bo'lgan , o'sha hayratomus ''Anastasia'' '' Qor bobo,'' '' so'ngi harakatdagi qahramon'' ''Yo'qolgan dunyo'' va shu kabi ko'plab hisobsiz kamedik kinolarga ishlangan illustratsiyalari bilan shuhrat qozongan Vistling Golivud xiyobonlarining yo'lkalarida sayr qilib yuradigan kino yulduzlari ro'yxatidagi san'atkorlarning yuz ifodasini bekamiko'st ishlab, ifodalab berar edi va shu sababli ham uning mijozlarining ko'pchiligi eng yaxshi studialardan bo'lar edi. Biz buni aynan Morginning '' Tynd le House '' Publishers'' Gospel light'' ''Maronatha Music va ''Wycliff Bible'' ''Translations'' bundan tashqari '' ''Lenox'' ,''Focus on the Disney'' MGM ''Para mount'' ''20th Century Fox'' ''Warner Brother'' ''Columbia Pictures'' ''Tristar'' and '' Arnold'' kabi ko'plab hamkorlikda ishlagan mijozlarida ko'rishimiz mumkin. Vistling xuddi tajribali kinomotografiyachilarga o'xshab fikrlab, o'zini sahnaning bir chetida rasm chizayotganini oldindan ko'rar va kino ekranida qanday ko'rinishini tasavvur qilar edi. U moy bo'yoqdan mohirlik bilan foydalangan va butun tassavurini, hayolat olamini matoga tushirgan ,buni esa biz aynan tomoshabinlarning his hayojonini va ta'surotlarni to'laqonli jalb qilib va ta'sirchan yoritilgan hodisalarini hayotga olib kirgan asarlarda ko'rishimiz mumkin. Ilustratorlikdan keyin Morgan ko'p o'tmay o'zining tengsiz va misilsiz moy bo'yoqdagi asarlari bilan xalq orasida tanilib bo'ldi. Chunki uning kuchli chizish mahorati yuksak cho'qilar sari olib chiqdi, lekin Morgan ana shu yuksak cho'qqida turib ham o'z ijodiga to'g'iri baho bera oldi va shon-u shuhratga berilmadi. Kamtarlik esa uni kamolga eltdi. U 14 yil davomida illustrator bo'lib ishladi va bir figurali va ko'p figurali kompazitsiyalarni mohirlik bilan ishlay oldi. Uning bazi bir kompazitsiyalarida tarixning chuqur ruhiyatini sezishimiz mumkin. Sababi u o'sha davirni eslatuvchi liboslar ustida mahsus izlangan va tarix ruhiyatini eslatuvchi holatlarni topa olgan. Morgan aytadiki '' tarixning tagida mening ishlarimni tarixi bor va men uni qanday texnikada ishlaganimni yashirmayman'' deb qo'shimcha qiladi. Haqiqatdan ham uning moy bo'yoqdagi asarlarida, uyg'unlashgan ranglarni murakkabligini va o'ziga xos ishlash texnikasini ko'rishimiz mumkin .Morgan ''Garb san'ati'' jurnalidagi maqolaga bergan interviyusida, u erishgan yutug'lariga klassika yo'nalishida ishlagan ustozi Fixlerni o'z vaqtida unga nisbatan talabchan va qattiq qo'l bo'lganligida deb biladi. Bundan tashqari u Andrey Zorn , Nicolai Feshin va Joaquen Sorollo kabi buyuk rassomlar ijodiga qiziqqanligi va ulardan ko'p,

tasviriy san'at sirlarini o'rganganligini aytib o'tadi. Morgan o'z asarlaridagi ilhomlanib his qilgan narsani, tomashabin qalbiga yetib borishini va tomashabin ham xuddi o'sha narsani his qilishini xoxlashini ko'p marta ta'kidlab o'tgan. Bu bejiz emas chunki rassom o'z asariga mehr qo'yib, o'sha asar ichida yashay olarkan, u hech qachon tomashabin nazaridan chetda qolmaydi va aksincha tomashabin olqishiga sazovor bo'ladi. Biz esa Morgani ana shunday rassomlardan deb bilamiz. Sababi uning asarlari bir qancha mukofatlarga sazovor bo'lgan va katta-katta muzeylardagi doimiy ko'rgazmalardan sotib olingan. Uning eng asosiy mukofatlaridan biri bu Oklohoma shahridagi milliy Kabboy va g'arb merosi muzeyining Prixde West award mukofatidir .Morgan realism uslubida turli xil janrlarda ijod qilib kelmoqda. Lekin uning ijodiga xos bo'lgan deb , biz aynan maishiy va portret janrlarni ko'rsatishimiz mumkin. Ayniqsa u portret janirida samarali ijod qilgan rassom hisoblanadi. Masalan ''Tristan portreti'' ''Sara isimli qiz'' '' Somon shlaypali qizcha'' ''Temirchi'' va shu kabi ko'plab portretlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Uning portretlariga nazar tashlasangiz undagi obrizlarni nihoyatda haqqoniy tasvirlanganligi, issiq sovuq ranglardan o'ta mohirlik bilan foydalanganlgini ko'rishimiz mumkin. U asosan yosh bolalarni tasvirlagan va biz unda bolalarga xos xususiyatlarni beg'uborlikni bolalarga hos bo'lgan hati-harakatlarni ko'rishimiz mumkin. Morgan portretlarini asosan ko'z qismidan boshlab keyin boshqa detallarga o'ta boshlagan va ko'pincha bir etapning o'zidayoq ishni yakunlagan.

Morgan Vistling ijodi realistik insonni hayratlanturuvchi ijodga mansub bo'lganligi uchun O'zbekistonimizda uning muhlislari juda ko'p. Sababi ayni paytda uning ijodi O'zbekiston badiiy ongiga har tomonlama to'g'iri keladi va yurtimizda ham bazi bir rassomlarimiz bu rassomning ijodiga qiziqib ishlash tehnikasini o'rganib uning ishlaridan nusxalar ko'chirishib kelmoqda .O'zbekistonda ham Morganning ishlash tehnikasiga yaqin shu kabi issiq sovuq ranglardan mohirlik bilan foydalana oladigan o'zining ishlash manerasiga ega bo'lgan rassomlarimizning bir qanchasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu hislatlarni biz aynan hozirgi yosh zamonaviy rassomlarimiz bo'lmish, Umar Rajabov, Sardor Ollaberganov, Alisher Hamdamov va Erkin Bozorovlarni asarlarida ko'rishimiz mumkin. Ularning orasida ayniqsa Umar Rajabovning ishlash tehnikasi Morganing uslubiga juda yaqin va o'xshashdir. Inustitutimiz talabalar o'rtasida ham ko'pchiligi Morganning asarlariga ishqiboz bo'lib uning asarlaridan o'rganish uchun nusxalar qilishadi .Shu o'rinda aytish joizki har doim mashhur shaxslarni hayot va ijodi ularning muhlislari uchun qiziq bo'lib kelgan Bu ijodkor ham ana shunday shaxslardan biri bo'lib uning hayot yo'li, ijodi to'g'irisida qancha o'rgansak shuncha oz. Uning bosib o'tgan yo'li, erishgan yutug'lari,

yaratgan asarlari biz yoshlar uchun ibrat bo'la oladi deb bemallol ayta olaman. Bu rassomning asarlariga chuqur nazar solsak, xilma-xillikni, rang baranglikni va o'ziga xoslikni ko'rishimiz mumkin. Uning asarlarida akademizning ruhiyati sezilb turadi. U ijodida hozirgi ijtimoiy hayotga murojat qiladi. Insonlarning ish jarayoni, yosh bolalarning bolalarga hos his tuyg'ulari uning asarlariga joziba bag'ishlaydi. Bunday ijod namunalari odamlarga hayotga bo'lgan muhabbatni oshiradi. Bunday ijod namunalari zamonaviy san'atdan butkul farq qilib oddiy xalq tup aholi uchun zavqli va qiziqarli bo'lib kelgan. Bunga sabab esa rassomning relizm cho'qisiga chiqanligidadir. Zamonaviy san'atda esa ko'piroq g'oya birlamchi bo'ladi va ishlash tehnikasi ham relizmdan mutloqa farq qiladi. Ayniqsa bu san'at turi yevropada rivojlangan bo"lib, bizda ham uning ta'siri sezilib turadi. Morgan Vlistling ijodining dolzarbligi ham uning asarlarida realism uslubining o'ziga hosligi, akademizmning to'liq yo"qolmaganligidadir. Men o'zim ham rassomman tasviriy san'at yo'nalishida faoliyat korsataman va shu mavzuni ko'tarish men uchun qiziq bo'ldi. Men bu rassomning ijodiga o'n besh yoshimdan buyon qiziqqanman o'rganganman. Morgan Vistlingni realistik san'ati ortida ayniqsa menga yoqqan jihati undagi yosh bolalar tasviri bo'lib ulardagi beg'uborlikni, tabassumni hech narsaga qiyoslab bo'lmaydi. Valentin Cerov aytgan ekan: ''Ko'pincha rassomlar og'ir yozishadi men o'ta samimiy, erkin yozib butun borliqni unutgan holda asar ichida yashashni xohlayman''1 Morgan ham xuddi Serov kabi samimiy va erkin yoza oladigan rassomlardan hisoblanadi. Faqat ularning yozish manerasi turlicha bo'lib, Morgan bir bosqichning o'zidayoq ishni yakunlashga harakat qilgan Qolaversa uning kompazitsiyalari ham kompazitsion tomondan juda qiziqreal hayotdan olinganini ko'rishimiz mumkin. Kuzma Petrov Vodkin aytishicha; ''Tabiat buyumlarining rang-barangligini o'rganadigan rassom, shu bilan ularning o'zoro munosabatlarini tushinib, dunyodagi narsalarning joylashishini aniqlaydi. Ranglar bezovta qiluvchi va tinchlantiruvchi ravshan bir biri bilan bahislashadi va bir birlari bilan yonma yon yashashadi. Ularning kurashida yoki uyg'unligida odamning rangni ko'rish hissi orqali ta'sir qiladi''2

Darhaqiqat rassom hayotni, borliqni o'zini ichki dunyosidan kelib chiqqan holda o'zini chizgilari orqali go'zallikni, nafosatni ommaga yetkazib beradi. Rassom hayotni, obrazlarni hamisha badiiy talqin qiladi. Morgan Vistling ham ana shunday hayot go'zalligini, o'zini ichki dunyosi mahorati orqali tomoshabinga yetkazib bera olgan rassomlardan bridir.

1 Yuriy Kalyuta ''KpacHoe и черное'' , Rossiya , ''Palace Editions, 2012, 78-b.

2 Yuriy Kalyuta ''Красное и черное'' , Rossiya , ''Palace Editions, 2012, 190 -b.

REFERENCES

1. Yuriy Kalyuta "Красное и черное"

2. Kulturologiya. Ru.

3. Liveinternet. Ru.

4. Instagram. Com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.