Научная статья на тему 'NABI JALOLIDDIN NASRIDA URUSH QATNASHCHILARI RUHIYATI TASVIRI'

NABI JALOLIDDIN NASRIDA URUSH QATNASHCHILARI RUHIYATI TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
90
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afgʻon urushi / adabiyot / front / qahramon / mintaqa / kitobxon / harbiy muvaffaqiyatsizlik / ruhiyat / mislsiz qurbonlar / tanazzul / siyosat / davlat / urush. / Afghan war / literature / front / hero / region / reader / military failure / mentality / unprecedented casualties / decline / politics / state / war.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oripova, Gulnoza, Abdurasulova, Nafisa Abdumannob Qizi

Maqolada o’zbek nasrida urush mavzusi va “Yo’qotilgan avlod” muammosi va uning yetkazgan zahmatlari haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF THE SPIRIT OF WAR PARTICIPANTS IN PROSE OF NABI JALALIDDIN

This article talks about the theme of war in Uzbek prose and the problem of the "Lost Generation" and its sufferings.

Текст научной работы на тему «NABI JALOLIDDIN NASRIDA URUSH QATNASHCHILARI RUHIYATI TASVIRI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

NABI JALOLIDDIN NASRIDA URUSH QATNASHCHILARI RUHIYATI

TASVIRI

Maqolada o 'zbek nasrida urush mavzusi va "Yo 'qotilgan avlod" muammosi va uning yetkazgan zahmatlari haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar - Afg'on urushi, adabiyot, front, qahramon, mintaqa, kitobxon, harbiy muvaffaqiyatsizlik, ruhiyat, mislsiz qurbonlar, tanazzul, siyosat, davlat, urush.

This article talks about the theme of war in Uzbek prose and the problem of the "Lost Generation" and its sufferings.

Key words - Afghan war, literature, front, hero, region, reader, military failure, mentality, unprecedented casualties, decline, politics, state, war.

В данной статье говорится о теме войны в узбекской прозе и проблеме «потерянного поколения» и его страданиях.

Ключевые слова - Афганская война, литература, фронт, герой, регион, читатель, военная неудача, менталитет, беспрецедентные потери, упадок, политика, государство, война.

XX asr o'zbek nasrida urush mavzusi salmoqli o'ringa ega. Jahon urushlari va ulaming xalq hayotiga ta'siri, afg'on urushining fojiali oqibatlari bir qator o'zbek yozuvchilarining nasriy asarlarida o'z ifodasini topdi. Zamonaviy o'zbek prozasida urush mavzusida eng sermahsul va muvaffaqyatli ijod qilayotgan yozuvchilardan biri Nabi Jaloliddindir.Yozuvchi afg'on urushida bevosita ishtirok etganligi uchun ham ushbu mavzudagi asarlar real va ta'sirli tarzda ifodalangan. Urush nafaqat milionlab odamlarning hayotini, balki g'oyalarni, tushunchalarni ham yo'q qildi .Urush va inson munosabati aks ettirilgan asarlar g'oyaviy jihatdan urushni qoralash hamda tinchlikning qadrini teranroq anglashga xizmat qiladi. Bu esa insonning kamolotiga kata yordam beradi

Urush va u bilan bog'liq obrazlar ishtirok etgan asarlar juda qadimiy tarixga va o'ziga xos taraqqiyot bosqichiga ega. Bunday asarlardagi g'oya va qahramonlarning

Oripova Gulnoza,

FarDU, katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Abdurasulova Nafisa Abdumannob qizi,

FarDU, 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

xususiyatlari davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari ta'sirida o'zgarib borgan. Badiiy adabiyotda urush tasvirlari dastlab qahramonlik va jasorat vositasi sifatida tasvirlangan. Bu barcha xalqlar adabiyotiga taalluqli bo'lib, "Alpomish", "Go'ro'g'li", "Manas", "Ramayana", "Mahabhorat", "Gilgamish" kabi xalq eposi namunalari, Gomerning "Iliada", Firdavsiyning "Shohnoma" dostonlarida bu xususiyat aniq ko'rinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XX asrda yuz bergan ko'plab urushlar, shu jumladan I va II jahon urushlari jahon siyosati va madaniyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Bu urushlar ta'sirida bir qator oqim, ta'limot va g'oyalar paydo bo'ldi. Ular orasida urushning barcha ko'rinishini rad etuvchi patsifizm alohida o'ringa ega.

Urushda shaxsan ishtirok etgan va bu urushni chetdan kuzatgan ko'plab yozuvchi va shoirlar kelajak avlodga bu voqealar haqida o'z asarlari orqali ro'y-rost xabarlar berishdi. U o'zining bir qancha asarlarida Afg'on urushi va u yerda ko'rgan turli voqealarni jonli tarzda tasvirlab bergan.

Nabi Jaloliddin ijodida urush mavzusi yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. "O'limning rangi" qissasi, "Urush", "Urushning davomi", "Seni yaxshi ko'raman, hayot", "Ayriliq" hikoyalari afg'on urushi yillari o'zbek xalqi boshiga tushgan sinovlar, kulfatlar: urush frontlaridagi fojiali manzaralar, urushning vayronkor va zararli oqibatlari tasvirlangan. Urush qahramonlarining hayoti, murakkab taqdirlari vositasida urushni qoralash, tinchliksevarlik ruhi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Yozuvchining "Urush" hikoyasi urush va uning fojiali oqibatlari haqida. Insoniyat tarixidagi eng katta talafot keltirgan afg'on urushi millionlab kishilarning halokatiga sabab bo'lish bilan birga, uning oqibatlari odamlar ongida ham salbiy o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi.Hayotdagi odamlardan zada,urush tufayli ko'p narsalarini, qaytarib bo'lmas kishilarini yo'qotgan hayotdan umidsiz insonlar taqdiri yoritiladi. Asarda urush oqibatlari qahramonlar hayotiga ko'rsatgan zarbasi shunday tasvirlanadi.

"- Ichishni urushda o'rganganman, - dedi chol og'zidagini yamlarkan. - Qaytib kelsam, buvim ham o'tib ketganakan. Otam prontda o'lgan. Shu-shu ichaverdim!.. Yigitning nazdida hammayoq jimib qolganday edi, hattoki, atrofdagi odamlarning ovozi ham eshitilmayotgandek hammayoq jimjit. Faqat cholu u bor, xolos. Chol odamlardan tortinib, sumkasiga yashirgai shishani yana olib, ikki piyolaga lim-lim qilib quydi. Bu safar ikkisi ham indamay olishdi. Yigit gazak qildi-da, o'rnidan turib, qayoqqadir ketdi. Bir ozdan so'ng bir shisha vino olib kelib, og'zini ochdi-da, stolning ostiga qo'ydi.

- Shuni chakki qilding, - dedi chol endi yigitni «sen»lashga o'tib.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

- Ha, endi... - deb qo'ydi yigit odatga ko'ra. Yana ikki piyolaga to'latib quyishdi.

- Endi yosh bir joyga bordi, u dunyoniyam o'ylash kerak - chol shoshilmay, dona-dona qilib, o'ktam gapirardi. - Namozniyam o'qish kerak... Machitga-ku chiqaman... - U ko'plarga o'xshab o'zini oqlamasdi, shunchaki gapirardi, xolos. -Ammo ba'zan odamlarni yomon ko'rib ketaman. Shunaqa mahallari bugungiga o'xshab shaharga tushaman-da, bir shishani urvolaman. Ko'nglim xiyla yumshaydi. Bu savilni qishloqda ichgani bo'lmaydi - o'g'il-qizlar bor. Ham desang, namozxon birodarlar bor...

Qani!...

Ichishdi. Chol birpas jim turdi-da, yana gap boshladi:

- Azaldan shunaqaman-da, bolam... Meni ichimda mehr bilan qahr hamisha billa. Gohida qahr ustun kelib, odamlarni yomon ko'rib ketaman. Bilmiyman, nimaga bunaqaman?.. Shunda mashi savildan ichaman... Yo'-o'q, ko'p emas... Lekin baribir hurmat-izzat bizi qonimizda bor. U yo'qolmaydi, - chol shu gapdan keyin yana qandaydir fikr aytmoqchi edi, lekin jim qoldi. Yigitga tikildi. «Seniyam bir darding bor-ov!» - dedi ko'zlari. Yigitning ko'zlari hamisha yoshlanganday yiltirab ko'rinardi.

- Ikki oy burun buvim (onam)dan ayrildim! ... - Yigit ham juda sekin, ammo ta'sirli ovozda gapirardi. - Afg'ondaligimda davlenasi chiqadigan bo'p qoganakan. Yolg'iz o'g'ilidim-da... Axiyri o'sha dard obketdi. Hali yoshiydi!.. - yigitning nigohi qaylargadir tikilib, jim qoldi.

Yana ichishdi.

- Ikki oydan beri toat-ibodat qilib, onamga bag'ishlayapman. Lekin hech o'zimga kelolmayapman. Avval ham shunaqaydim. Miyamning ichida bir narsa na'ra qilayotganday, yuragimni birov mijg'ilayotganday!.. Hammani yomon ko'ra boshlayman, hatto, bola-chaqamni ham... Bariga men aybdorman!... Agar men Afg'onga bormaganimda, buvim hali uzoq yashardi!.. - yigitning barmoqlari musht bo'lib tugildi".

Yigit onasining o'limida o'zini va shu urushni ayblamoqda. Yakka o'g'il bo'lib onasiga nima beroldi? Faqat azob. Shuning uchun uning dardi to'la.

Ko'rib turganimizdek, ushbu ijodkorlar ilgari surayotgan "yo'qotilgan avlod", "Urushning insoniyat boshiga solgan buyuk fojiasi, begunoh insonlarning qoni to'kilishi-yu, yuzlab shaharlarning vayron etilishidangina iborat emas, ma'naviyat, ulug' insoniy tuyg'ularga solgan bemisl talofatlari ham bor", degan buyuk g'oyani ilgari surgan. Ular ko'tarib chiqqan g'oya shuning uchun ham mushtaraklik hosil qilganki, asarda tasvirlangan urush orasida qariyb yetmish yillik farq, boshqa-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

boshqa makon va mutloq o'zgacha fikrlovchi kishilar obraz qilib olinganiga qaramay, ularning fikrlashi, urushga munosabati, o'y-u xayollari, bir so'z bilan aytganda, ruhiy dunyosida yakdillik bor. Ya'ni, urush qaysi millat yoki qavm uchun bo'lmasin, qachon va qayerda olib borilmasin insoniyatni hech qachon baxt-saodatga eltmaydi! Shaxs ruhiy dunyosiga ulkan zarar yetkazadi. Insoniyatni tubanlikka mahkum qiladi.

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin: Urush mavzusi azaldan adabiyotni qiziqtirib kelgan bo'lib, urushlar insoniyat hayotiga qanchalik ta'sir o'tkazgan bo'lsa, badiiy adabiyotda ham shunchalik o'z izini qoldirgan. Urush mavzusida bitilgan asarlarda shaxs ruhiyati tasviri orqali insonning asl o'zligi namoyon bo'lishi kuzatiladi. Nabi Jaloliddin asaralarining mavzu va g'oyasini tahlil qilinganda, bu asarlar turli xil g'oya vositasida ochib berilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Yozuvchi urush ko'rgan inson sifatida uning bor dahshatlarini, yovuzliklarini shafqatsiz reallik bilan tasvirlaydi. Asarlarida asosan, urushning insonlar ko'nglida qolgan mislsiz jarohatlarini tasvirlaydi.

O'zbek onalari harakteriga mos kelmaydigan tasvirlar orqali urush fojealarini ochib berish Nabi Jaloliddin ijodida ko'zga tashlanadi. Xususan, „Seni yaxshi ko'raman, hayot" hikoyasida ham ona o'g'liga araq ichishni taklif qiladi. Bu kabi hodisa, ayniqsa, o'zbeklarda mingtadan bitta bo'lsa - bordir, bo'lmasa - yo'q. Biroq yozuvchining mahorati shundaki, asar davomida kitobxon butunlay boshqacha manzaraga duch keladi:

-Bir kech buvim ovqatdan avval oldimga araq qo'ydi. - Yaxshi uxlaysan, bolam, ozgina ichvol, - dedi. Hayratda qotib qoldim.

- Bu nima qilganiyiz, buvi! - O'zimni qo'lga olishim kerakligini bilib tursam-da, sir boy bergim kelmasdi.- Endi siz minan o'tirib, araq ichishim qoluvdi!..

Buvim o'zgarganimni, ahvolimdan hijolat bo'la boshlaganimni ham sezmay, nuqul ichishga undaydi:

- Ozgina ichgin, bolam! O-zzgina!..".

Ona Afg'on urushi azoblari - dahshatli xotiralar, qo'rqinchli tushlar, ruhiy tushkunlik qiynayotgan o'g'liga qanday qilib bo'lsa ham, yordam bermoqchi bo'ladi. Kimdandir eshitgan "araq ichsa yaxshi uxlaydi", degan fikr uning ongiga o'rnashib qolganligi va asosiysi urushning asorati afg'on qabristoni panasida joylashgan dushmanni yengish uchun tank bilan bostirib kirish buyuriladi. Askarning dunyoqarashida mozorga nisbatan shakllangan muqaddas qadriyatlar mavjudligi sababli buyruqni bajarmaydi. Xalqimizda mozorlarni muqaddas deb bilish tushunchasi qat'iy shakllangan. Ushbu manzaralr yigitning hayolidan ketmaydi va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

kechalari tinchlik bermaydi. Uyqusida ham ingrab chiqadi farzandining bunday xolatiga chiday olmagan ona esa ichsa ham mayli shu daxshatlarni biroz unutar degan umidda ichishini aytadi.

"O'limning rangi" asari Afg'on urushiga bag'ishlangan, real voqealarga asoslangan asar hissoblanadi. Bu asarni yozishda kitobxon u yerdagi tog'liklarni tunda naqadar sovib chidab bo'lmas darajaga kelishi, har lahzada dushman xujumining havfini ko'rsatib o'tadi .O'limning rangi qanday bo'lishi haqidagi fikrlari esa insonni o'ylashga mushoxada yuritishga undaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Avg'on urushining salbiy asoratlari tasvirlangan "yo'qotilgan avlod" mavzusi yetakchi o'rinni egallaydi. Bu asarlardagi obrazlarni quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq: frontda jang qilayotgan askarlar, urushdan qaytgan, lekin bu urushning salbiy asoratlari ostida yashayotgan sobiq jangchilar, urushda ishtirok etmagan bo'lsa ham shu urushning salbiy oqibatlari tufayli hayoti izdan chiqqan turli toifadagi insonlar tasvirlangan. Ushbu qahramonlarning barchasini urushning salbiy asoratidan jabrlanganlik xususiyati birlashtirib turadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

2. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.

4. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

5. Shoxruxbek, M., Qosimov, A., Abdurashidovich, Q. A., Murodilovna, O. G., & Umurzakov, R. (2022). THE INWARD WORLD OF AN ARTISTIC DEPICTION OF THE CONTRADICTIONS.

6. Qosimov, A., Hamroqulov, A., & Xo'jayev, S. (2019). Qiyosiy adabiyotshunoslik. Toshkent: Akademnashr.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

7. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

8. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

9. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

10. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

11. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

12. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

13. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

14. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

15. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

16. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

17. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

18. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

19. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

20. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

21. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

22. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

23. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 1(4), 104-105.

24. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

25. Rahimov Z., Gulomov D. Retrospective plot features. EPRA International Journal of MULTIDISCIPLINARY RESEARCH(IJMR), 2020, november, No6, page510-513.

26. Oripova, Gulnoza Murodilovna, Akhmadjonova, Okila Abdumalikovna, Kholmatov, Oybek Umarjon Ugli, & Muminova, Tabassum Siddigovna (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1 (2), 304-309.

27. Xo'jayev, S., & qizi Tuychiboyeva, N. K. (2022). BOLA RUHIYATI TASVIRI (CH. AYTMATOV VA О '. HOSHIMOV ASARLARI MISOLIDA). RESEARCH AND EDUCATION,, 1(3), 125-129.

28. Xo'Jayev, S., & Abdumalikova, D. R. Q. (2022). BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 734-740.

29. Mo'Minova, T. S. (2022). BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 768-774.

30. Rustamova, I. I. (2021). Rhythm Views on the Plot of the Work. Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari.//International Journal of Innovative Research.-India, 8355-8357.

31. Rustamova, I., & Mamayusupov, S. (2022). AUTHOR'S POSITION AND STORY FUNCTION IN ABDULLAH QAHHOR'S STORY" HEADLESS MAN". Oriental Journal of Social Sciences, 2(03), 120-127.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.