Научная статья на тему 'ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA XOTIN-QIZLAR OBRAZI'

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA XOTIN-QIZLAR OBRAZI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1418
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikoya / epik tur / proza / personaj / nosirlar / badiiy unsur. / story / epic type / chorocter / didactic / prose / artistic / element.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dehqonova, Maxsuma, Mirzagaliyeva, Umidaxon Baxtiyor Qizi

Abdulla Qahhor hikoyalarida xotin-qizlar obraziga alohida e’tibor qaratgan mahoratli yozuvchilardandir. Uning hikoyalarida bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Ming bir jon”, “Mayiz yemagan xotin” hikoyasi o‘ziga xos mahorat bilan tasvirlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMAGE OF WOMEN AND GIRLS IN THE STORIES OF ABDULLA QAHHOR

Abdulla Qahhor was a professional writer who had a special attention to the topic of women’s role in society. It can be obviously seen in his works. In this aricle, stories called “Ming bir jon” and “Mayiz yemagan xotin” written by Abdulla Qahhor are described professionally.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA XOTIN-QIZLAR OBRAZI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA XOTIN-QIZLAR OBRAZI

Dehqonova Maxsuma

FarDU katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Mirzagaliyeva Umidaxon Baxtiyor qizi

Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti

Abdulla Qahhor hikoyalarida xotin-qizlar obraziga alohida e'tibor qaratgan mahoratli yozuvchilardandir. Uning hikoyalarida bu yaqqol ko'zga tashlanadi. Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning "Ming bir jon", "Mayiz yemagan xotin" hikoyasi o 'ziga xos mahorat bilan tasvirlangan.

Kalit so 'zlar: hikoya, epik tur, proza, personaj, nosirlar, badiiy unsur.

Abdulla Qahhor was a professional writer who had a special attention to the topic of women's role in society. It can be obviously seen in his works. In this aricle, stories called "Ming bir jon" and "Mayiz yemagan xotin" written by Abdulla Qahhor are described professionally.

Keywords: story, epic type, chorocter, didactic, prose, artistic, element.

Barcha xalqlar adabiyotini kuzatadigan bo'lsak, qadimdan ayol obrazi kulminatsion darajaga ko'tarilganligining guvohi bo'lamiz. Ertaklardan tortib to zamonaviy adabiyotimizdagi Kumushbibiyu Zaynab , Zebi-yu Zabarjadlar qaysidir jihatlari bilan adabiyotimizda milliy o'zligimizni anglatadigan asosiy obrazlar sifatida yashab kelmoqda .

"Insonshunoslik bo'lmish adabiyot birinchi navbatda ayolshunoslik, ya'ni ayolni o'rganish, uni kashf etish ilmidir. Kuzatsak eng qadimgi asarlar ham ayolga bag'ishlangan, ular konfliktini ayol va unga aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol mavzusining badiiy tadqiqi, uning teranlasha borishi bilan chambarchas bog'liq" 1 ekanligi barcha davrlar adabiyoti uchun xosdir. Darhaqiqat, badiiy adabiyotda ayol obrazining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish adabiy jarayonning umumiy qonuniyatlarini, ayniqsa milliy adabiyotlarni o'zaro qiyosiy-tipologik aspektda o'rganishda yordam beradi.

Ayol obrazi dunyo adabiyotida, aks etishi alohida mavqega egadir. Uning jamiyatdagi mavqei , u yashagan tarixiy davr bilan alohida bevosita bog'liqdir.

1 HcoMHggHHOB 3. HKKH aën. Ta^aKKyp - 2007, N4 -476

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

XX asrning dastlabki yillarida ham o'zbek adabiyotida ayollar obraziga murojaat qilish, ayol obrazlarining turfa qiyofalarini yaratish nasriy asarlarimizda ham ko'rina boshladi. Masalan: "Kecha va kunduz" romanidagi Zebi obrazi, "Qutlug' qon " romanidagi Gulnor va boshqa obrazlarini ham keltirishimiz mumkin. Yana bundan tashqari Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasidagi Unsin, "Ming bir jon " hikoyasidagi Mastura, "Xotinlar", "Maston" kabi hikoyalari turli xil harakterdagi xotin-qizlar obrazlarining talqinini ko'rishimiz mumkin. Garchi bu asarlarning barchasida ayollar obrazi yetakchi qahramon darajsiga chiqmagan bo'lmasa-da, asarda ko'zlangan maqsadni u yoki bu darajada ochish uchun xizmat qilgan. Ayollar obrzani yaratishda uning to'laqonli chiqishi yozuvchining iste'dodi va hayotiy tajribasi bilan bog'liq. Rus olimi E.Shore ayollar obrazlarini tasnif qilishni quyidagicha taklif qiladi: malikalar, jodugarlar, farishtalar, yoqimli va jozibalilar mehribon ona xislatli ayollar. Ammo u o'z qarashlarini rus adabiyoti misolida

dalillab "..... rus madaniyati va adabiyoti ayol eng yuqori insoniy qadriyatlarni

o'zida mujassamlashtiradi", deydi.

Ma'lumki, har qanday adabiyot o'z g'oya va personajlari bilan ajralib turadi. Shunga ko'ra, barcha zamonlarda ayol siymosiga, ayol xarakterini ochib berishga bag'ishlangan asar yaratilgan. Bu esa ayolning jamiyat va insoniyat hayotidagi o'rni, ayol timsolining dolzarbligidan dalolat beradi. Jamiyatda xotin-qizlarning tengligi, ozodligi uchun erlari bilan tengma -teng ishlashi mavzusi yorqin badiiy shaklda ochiladigan hikoyalardan biri bu. Abdulla Qahhorning "Mayiz yemagan xotin " hikoyasidir. Shu g'oyaga tish- tirnog'i bilan qarshi turgan mulla Norqo'zi paranjisini ochgan xotin-qizlar sha'niga kecha-yu kunduz bo'hton to'qiydi.

MUHOKAMA

"Sotiboldining xotini dorixonada ishlaydi, har kuni mingta odam bilan javob muomala qiladi: axir , bittasi bo'lmasa bittasi ko'z qisadi-da . Meliqo'zining xotini avtobusda konduktor, ba'zan yarim kechada keladi, ishi erta tugagan kuni ham yarim kechgacha yursa, ayshini qilsa, eri bilib o'tiribdimi ? Abdulhakimning qiziga usta Mavlononing o'g'li bir hovuch mayiz berganini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Hayo bormi shularda ? "2

Mulla Norqo'zining xotini o'zi uchun uyda o'tiradigan Farishtali ayol bo'lib ko'rinadi. Lekin hikoya davomida bu farishtaning o'taketgan buzuq ayol ekanligi o'z jufti haloliga sodiq emasligi fosh bo'ladi. Bugungi jamiyatimizda ham bunday bevafo ayollar ham uchrab turadi. Xalqimizda "Sholi kulmaksiz bo'lmaydi" degan naql bejizga aytilmagan.

2 Abdulla Qahhor . Yoshlar nashriyot uyi T-2018, 203-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023

Abdulla Qahhor hikoyalarining yana bir fazilatlarini ta'kidlab o'tish kerakki, yozuvchi hikoyalarda shaxs taqdiri, muhit sharoit bilan, xalq hayoti bilan mustahkam bog'liq holda beriladi. Shaxs taqdirining shakllanishi va yo'nalishini belgilashda bu omillar ham hal qiluvchi ro'l o'ynaydi. Mana shunday shaxs taqdirining shakllanishi va yo'nalishini asoslab beradigan obrzalardan biri bu "Ming bir jon" hikoyasidagi Mastura obrazi matonatli ayol sha'niga madhiyalar bitadi. Hikoya qahramoni Mastura Aliyeva o'n yildan beri og'ir dard chekadi. "Bechora turmush qurganiga bir yil bo'lar -bo'lmas shu dardga yo'liqqan ekan. Tomog'idan hech narsa o'tmaydi,

ovqatni qorniga quyishadi...... Teshib qo'yilgan .... Ba'zan o'zi quyadi, ba'zan

eri...." " Bechoraning tomog'idan hech narsa o'tmasligi ustiga qorniga tez-tez suv to'planar ekan " Uning ko'rinishi murdani eslatadi. Hikoyachi deydi : "Masturani barilla ko'rdik.... Ko'z o'ngimizda xasta emas, o'lik, haqiqiy o'lik, sap-sariq teri-yu, suyakdan iborat bo'lgan murda ichiga botib ketgan ko'zlarini katta ochib yotar edi... Tobutda yotgan o'likning qo'limi, oyog'imi, biron sabab orqasida bexosdan qimirlab ketsa kishi qay ahvolga tushadi? Uning o'lim pardasi qoplagan yuzida chaqnab turgan ko'zlarini ko'rgan kishi xuddi shu ahvolga tushar edi" Ba'zi birovlar uni saab bo'lgan, uch kunligi bormi, yo'qmi deyishadi....."3

Hikoyada Mastura ana shunday og'ir vaziyatga tushib qolgan obraz sifatida gavdalanadi. Uning bu dardddan qutulib ketishiga sira ham aql bovar qilmaydi . Kitobxon uning o'zi ham hayotdan qo'l siltab qo'ya qolgan bo'lsa kerak deb o'ylaydi.Lekin ahvol boshqacha bo'lib chiqadi. Shu og'ir vaziyat tasviridan keyin yozuvchi kitobxonni bu ayolning ajoyib tabiati bilan batafsilroq tanishtirishga o'tadi. Bora-bora uning shu og'ir vaziyatga tamoman zid bo'lgan ko'tarinki kayfiyati, ma'naviy dunyosi ma'lum bo'la boshlaydi. Mastura palatada ytoganida boshqa xonadagi kasallar ham undan ko'ngil so'rash uchun oldiga kirishadi. Shu payt hijolatli ish yuz beradi. Uning hol-ahvolini so'rab kirganlar Mastruani ko'rishi bilanoq sarosimaga tushib qoladi, ular orasidagi Hoji aka degan kishi tamoman o'zini yo'qotib qo'yadi. Mastura esa bu voqeani hech ham o'ziga olmadi.

"Mastura piqirlab kulib yubordi: yana kuldi, yosh boladay o'zini, tutolmay qiqirlar edi. Bu hazil va ayniqsa kulgi avval xunuk, odamning etini jimirlatagidan darajada xunuk eshitildi, kyin, nechukdirMasturaning yuzidan o'lim pardasi ko'tarilganday, hayot to'la ko'zlari o'lik yuziga jon kirgizganday bo'ldi". " Bunaqa narsa menga ta'sir qilmaydi",-deydi u. So'ng tobut voqeasini so'zlab shu xilda yotaverdi.

"Bunga besh yildan oshdi. Ko'z oldimdan ketmaydi.... Qalin qor yoqqan kun edi. Men derazaning ro'parasida shu xilda yotibman. Akramjon paypog'ini

1 Abdulla Qahhor. "Yoshlar nashriyot uyi" T-2018.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

yamayotgan edi shekilli... Birdan ko'cha eshigimiz ochildi-yu, qizil bir narsa kirdi, nima ekan deb qarasam -tobut! Akramjonning ikkita o'rtog'i hovlimizga tobut ko'tarib kirdi. Yuragim jig' etib ketdi, voy sho'rim, nahot o'lgan bo'lsam ... To es-hushimni o'nglab, Akramjonga bir nima degunimcha boyagi ikkovi tobutni devorga suyab qo'yib, uyga kirib keldi: uyga kirdi-yu, meni ko'rib ikkovi ham boyagi Hoji akangizday shaytonlab qolayozdi".

Mastura so'zida davom etadi: "Menga shu ham ta'sir qilgani yo'q. Bunaqa narsalar o'lim kutib yotgan kasalga yomon ta'sir qilishi mumkin, men hech qachon o'lim kutgan emasman, kutmayman ham ! U yog'ini surishtirsangiz men odam bolasining o'lim kutishiga, ya'ni dunyodan umid uzishiga, ishonmayman. Hatto tildan qolgan kasalning rozilik tilashib qaragani ham dunyodan, umid uzgani emas, balki "rozilik tilashgani hali erta" dermikan deya umid bilan dunyoda tenggi yo'q, timsoli yo'q, zo'r umid bilan qaragani deb bilaman"

Hikoyada Masturaning qalbi, irodasi kuchli tasvirlangan. Uning hayotga bo'lgan muhabbati g'oyat zo'r. Shu muhabbat unga matonatli iroda tug'dirgan. Kitobxon ayolning boyagi so'zlarini eshitgandan va uning ajoyib qalbi bilan yaqindan tanishgandan keyin, undan jirkanmay qo'ya qoladi, unga mehr va hurmat bilan qaray boshlaydi. Hikoyada obrazlardan biri "Bu xotinnning Joni bitta emas, ming bitta ! Hozir tugab qolgan shamolday lipillab yonayotgan joni basharti so'ngan taqdirda ham qolgan mingtasini yoqib keyin so'nadi degan xulosaga kitobxon ham qo'shiladi.

Abdulla Qahhorning "Nurli cho'qqilar" hikoyasida Fotima va Zuhraning tarbiyasi va shu tarbiya muhitida shakllangan qizning xarakteri va taqdiri yotadi. Asar qahramonlari Fotima va Zuhra nurli cho'qqilar tomon intilgan, orzulari biro lam edi. Lekin ularning xarakteri, dunyoqarashi va intilishlari bir-birinikidan umuman farq qiladi. Yozuvchi hikoya davomida kitobxon e'tiborini ana shu tafovutlarga jalb etadi. Yozuvchi qahramonlar hayotida ro'y bergan keskin bir voqeani oladi-da, shu voqea asosida obrazlar xarakterini ochib berishga harakat qilgan.

"To'qqizinchi sinf a'lochilaridan, temir-tersakni hammadan ko'p yig'ib, oti radiodan aytilgan va maktab ma'muriyatidan rahmat eshitgan Zuhraxon degan qiz yo'qolib qoldi"4. Hikoya shu tarzda boshlanadi. Hikoyaning boshidayoq yozuvchi muhim bir voqea haqida xabar beryapti, shu bilan birga qahramonni ham xarakterlab olyapti. Hikoya davomida yozuvchi voqealar aybdori Zuhrani bevosita kitobxonga aybdor sifatida ko'rsatmaydi, gunohkor qiz ustiga tuhmat toshlarini yog'dirmaydi. Balki voqea -hodisalarni ko'rsatib odamlarning gap-so'zlari orqali, munosabatlari

orqali u haqida ma'lumotlar beradi. "...... sinfda a'lochi to'rt qiz bo'lsa - Zuhra

uning yigirma besh foizini tashkil qilar edi.", .... Zuhra qoqvosh ta'bi nozik,

4 Abdulla Qahhor. Anor. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent-2018, 144—bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

dimog'dor qiz bo'lib maktabdoshlariga qo'shilmas edi", " Zuhra nihoyatda ko'zga yaqin, bir qaragan kishi ko'zi xira tortib yana qaragisi kelar, xususan, xonatlas ko'ylak kiyib sochini " laylak uya" qilganida maqtoviga "chiroyli" degan so'z goh kamlik, goh eskilik qilib qolar edi"5.

Zuhra to'g'risida kitobxon ma'lum tasavvurlar uyg'otib, Fotimaga yuzlanadi. Fotima xarakteri Zuhra xarakterining aksidir. Fotima biroz bo'shroq Zuhraga nisbatan uning istarasi so'niqroq ko'rinardi. Ota-onasi Fotimani "noshu-notavon", "anqov-lakalov" ligi uchun koyigani koyigan. Qilg'iliqni doim Zuhra boshlaydi-yu, lekin hamma ta'na-dashnom gaplarni Fotima eshitadi. Fotimani yozuvchi sabr-toqatli obraz sifatida gavdalantirib beradi. Chunki oilada ota-ona farzandlarini teng ko'rmaganligi oqibatida Fotima bilan Zuhra ikki xil xarakterda namoyon bo'ladi. Ona Zuhra qo'lini sovuq suvga urdirmaydi. Hattoki uydagi hamma uy ishlarini qizi Fotimaga qildirganda ham uni hech suymasdi. Onaning bolalarga noto'g'ri tarbiya berish oqibatida Zuhra hech kimga indamasdan uydan chiqib ketadi. Zuhra obrazini yozuvchi o'ta qaysar, kalandimog', qo'lidan hech ish kelmaydigan, hattoki onasi ham unga so'zini o'tkaza olmaydigan darajada ko'rsatib bergan. Zuhra voqeasiga to'xtaaldigan bo'lsak, oradan uch kun o'tgacha Fotima maktabidan yig'lab keladi. Zuhra 3 kundan buyon maktabga bormaganligi uchun uni sinf daftaridan o'chirmoqchi bo'lishadi. Lekin bu xabar chol-kampir uchun xuddi Zuhraning o'lim xabari kelgandek gap bo'ldi. Shu gaplardan keyin Fotima yana ta'na -dashnomlarga qolib ketadi. Xuddi Zuhraning yo'qolib qolishiga Fotima aybdordek Fotima uydagi bo'lar-bo'lmas ta'na -dashnomlarni ko'p eshitdi, oxiri joni halqumiga kelib, zor-zor yig'lab shunday deydi: "- Ayajon hamma aybni menga to'nkayvermang, axir Zuhraga mening so'zim emas, o'zingizning so'zingiz ham o'tmas edi-ku! Hu, ana unda, ozib -yozib bir ish buyurib, "Qizim, to'rttagina piyoz archib ber", deganingizda teskari qarab, men sizga malay emasman", degani esingizfdan chiqdimi ! Shunda ham indamadingiz ! Men esimni taniganimdan beri sizga qarashaman, ro'zg'or ishini butkul qo'limga olsam-u sizni yeti qavat ko'rpachaga o'tqazib qo'ysam deyman! ..Hamma ayb o'zingizda, yaxshi o'qisin deb Zuhrani juda erkalatib yuborgan edingiz! Qizimning qo'li qavardi deb, o'smasini ham o'zingiz siqib berardingiz!"6 . Onasi Fotimaning bu gaplaridan so'ng lol-mim deyolmay qoldi. Haqiqatdanda Zuhraning maktabdagi arzimas yutug'i oldida uyda qilgan filday gunohlarini ona payqamagan edi. Mana shu gaplardan keyin Fotima ham zixnovlardan qutuldi, biroq onaning ichiga g'am to'lib borardi. Zuhradan xat kelguncha, biro y mobaynida Fotimaning onasi mushtdakkina bo'lib qoladi.

5 Abdulla Qahhor . Anor, Yoshlar nashriyot uyi . Toshkent-2008, 145-bet.

6 Abdulla Qahhor. Anor. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent-2019, 146-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Zuhradan ham shu vaqt oralig'ida xat keladi. U xatida turmush o'rtog'I bilan baxtli oilalar safida ekanligini, ular nurli cho'qqilar tomon ergashayotganligini aytadi. Zuhra aytadiki, sizlar muhabbat nima ekanligini bilmaysizlar, shuning uchun mendan xafa bo'lmaysizlar, xursandchilik kunlar ham yaqinlashib kelayotganini aytadi. "Fotima xatning "aziz dadajonim , mehribon onajonim", oxiriga "sizlarga sihat-salomatlik tilaymiz" degan so'zlarini qo'shib o'qiydi"7 Zuhraning oila a'zolari uchun yozilgan maktub orqali ham uning qanday ayol ekanligini bilib olish qiyin emas. U maktubida unga mehribon bo'lgan, qo'lini sovuq suvga ham urdirmagan mehribon onasidan hol-ahvol ham so'ramadi. Fotima bo'lsa, ota-onasiga Zuhrani xuddi ularga mehribondek qilib ko'rsatadi. Uning ayblarini yana bir bor yashiradi. Zuhra yozgan maktubdan uning balandparvoz, o'y-andishasiz yozilgan gaplariga e'tibor bering. Maktub salom-aliksiz, kibr-havo bilan yozilganligi ham Zuhraning ma'naviy qiyofasini ochib bergan. Zuhra haqidagi mish-mishlar, xunuk gaplar onasini tamom qiladi. Ona vafotidan keyin Zuhra uyiga qaytadi.

" Zuhra kattakon qizil ro'mol o'rab olgan, katak ro'molchasini lunjiga bosib soldatchasiga g'oz turar, aftidan, onasining xotirasini o'zicha hurmatlar edi. Uning kelganini eshitib, qo'ni - qo'shni ko'ngil so'ragani chiqishdi. Zuhra xotinlariga qarab orqasini o'girib turaverdi. Fotima, bechoraning yuzi shuvut, deb o'yladi-da, uni sekin turtib:

—Bunaqa vaqtda hech kim o'tgan gapni o'ylamaydi. Uyalma, bularga bir nima degin .... - dedi.

Ammo ahvol Fotima kutgandan boshqacha bo'lib chiqadi.

"Zuhraning yuzi shuvut emas, xotinlarning ko'ngil so'rashini ham, bunga javoban " ko'nglimni ko'targanlaring uchun rahmat" degan ma'nodagi gapni eskilik deb bilgani uchun shunaqa qilib turgan ekan, Fotimaga yalt etib qaradi;

—Nimada uyalaman, erkin muhabbat masalasini Navoiy, Tolstoylar ko'targan! - dedi-yu; burilib uyiga kirdi-ketdi"8. Ushbu holat orqali Zuhraning xatti-harakati orqali unga berilgan ta'rif orqali kitobxon uni yanada yaxshiroq bilshga yordam beradi. Zuhra o'zining bu xatti-harakatlarini haq deb biladi. Biroq u o'zining asl qiyofasini namoyon qila boshlaydi. Hali bu hayotda odob -axloq nimaligini o'rganmagan bu ayol holati, harakatlari va qismati ham ayanchli ham kulgili edi. Yozuvchi Zuhra obrazini kitobxonga yaqinlashtirgani sari, u obrazga nisbatan qahr, g'azab, ayanch hissi ortaveradi. Voqealar davomida opa-singil o'zaro tortishib ketishadi. Zuhraning turmushi buzilishi oqibatida u asabiy, cho'rtkesar, sal narsaga qizishib ketadigan bo'lib qoladi. Biz bilamizki, har bir xonadonda turmushning

7 Abdulla Qahhor. Anor. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent-2019, 147-bet.

8 Abdulla Qahhor. An or. Yoshlar nashriyot uyi. Toshkent-2019, 149-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

o'ziga yarasha qiyinchiliklari bo'ladi. Lekin Zuhra bu qiyinchiliklarga sabri yetmaydi. Turmushini buzilishiga sabab ham o'zi aybdor edi. U na uyni saranjom qilishni, na ovqat pishirishni bilar edi. Hattoki reining ota-onasi katta boshini kichik qilib Zuhrani uyiga olib ketishmoqchi bo'lganda ham kalandimog'lik, qilib uyiga qaytmaydi. Zuhra eriga shart qo'yadi. Yo meni tanglang, yo ota-onangizni. Lekin turmush o'rtog'i ota-onadan voz kechmaydi, Zuhradan noiloj voz kechishga majbur bo'ladi. Zuhra bu xatti-harakatlarini o'zicha haq deb bilardi. Ammo u bu xatti-harakatlari orqali o'zining asl qiyofasini namoyon qiladi. Odob-axloq ko'rmagan, odamlar bilan shirin suhbatlar qurmagan bu ayol hayotdan ajralib qoladi. Zuhraning xatti-harakati va taqdir qismati ham kulgili, ham ayanchlidir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, kitobxonlar uchun , albatta, tabiiy bir savol tug'iladi. Masturani bunchalik dadil qilgan, narsa nima bo'lishi mumkin ? U shuncha iroda, kuch-quvvatni qayerdan olgan. Bizning fikrimizcha Masturani shunchalik dadil qilgan, narsa uni o'rab olgan muhit, odamlarning olijanobligi, unga bo'lgan mehrva g'amxo'rlikdir. Shifokorlar uni erinmay davolaydi, yaqin insonlari hol-ahvol so'rab, dalda berib turishadi. Eri Akramjonning unga bo'lgan munosabati haqiqiy olijanob ekanligidir. Akramjonning oliyjanobligini ko'rsatadigan narsa u o'z mehrini berib, kasalxonada kecha-yu kunduz unga g'amxo'rlik qiladi. Ikromjonday oliyjanob yigit " Masturaning bir minutlik, oromi uchun o'ng ko'zini o'yib berishga ham tayyor". Agar Masturaning bardoshi, zo'r irodasi uni "ming bir jon" deb atash uchun asos bo'lgan bo'lsa, bu yigit o'z ayoliga bo'lgan munosabatidagi bardosh va irodasini ko'rib turib" uni ham "uning bir jon" deb yuborging keladi.

Mana shu muhit Masturani dadil qiladi, kuchiga kuch, mehriga mehr qo'shadi. Odamlarning unga bo'lgan daldasidan, mehr-muhabbatidan quvvat olgan bu ayol o'limni yengadi, sog'ayib ketadi.

Abdulla Qahhor "Nurli cho'qqilar" hikoyasida Zuhrani kitobxonga yanada yaqinroq tanishtirara ekan, kitobxonda bu ayolga nisbatan ayanch va qahr hissi yanada kuchayaveradi. Bu ayolning ustidan zaharhandali kulgi tus olaveradi. Bo'lib o'tgan voqe-hodisalarni eshitgan Fotima bu gaplarni hazm qilolmaydi. Ikki opa-singil o'rtasida o'zaro janjal yuzaga keladi. Zuhra o'zining bu gaplarini shu darajada to'g'ri deb hisoblaydiki, u uchun har qanday gap ortiqcha edi. U tabiatiga mos kelmaydigan har qanday gapni tan olmaydi. Buni tushunib yetgan Fotima Zuhra bilan ortiqcha bahslashmaydi, uning zaharli gaplariga ham ortiqcha e'tibor bermaydi. Opa -singillarning o'zaro tortishuvi oxiriga yetmay turib, Fotima "mushukday xurrak otib" uxlaydi-qoladi. Mana shu holatning o'zi ham Zuhraga nisbatan Fotimaning odilona qarori uning aqlli fikr yuritganidan dalolatdir. Abdulla Qahhor "Nurli cho'qqilar"

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

hikoyasida bir onadan tug'ilgan opa-singillarning ikki xil dunyoqarashga egaligini ko'rishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 1(2).

3. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

4. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

5. Shoxruxbek, M., Qosimov, A., Abdurashidovich, Q. A., Murodilovna, O. G., & Umurzakov, R. (2022). THE INWARD WORLD OF AN ARTISTIC DEPICTION OF THE CONTRADICTIONS.

6. Qosimov, A., Hamroqulov, A., & Xo'jayev, S. (2019). Qiyosiy adabiyotshunoslik. Toshkent: Akademnashr.

7. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

8. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

9. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

10. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

11. Mukhammadjonova Guzalkhan. The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Volume : 10, Issue : 11, November. - India, 2020.

12. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

13. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

556-559.

111-112.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

14. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

15. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

16. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

17. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

18. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

19. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

20. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

21. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

22. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

23. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

24. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

25. Rahimov Z., Gulomov D. Retrospective plot features. EPRA International Journal of MULTIDISCIPLINARY RESEARCH(IJMR), 2020, november, No6, page510-513.

26. Oripova, Gulnoza Murodilovna, Akhmadjonova, Okila Abdumalikovna, Kholmatov, Oybek Umarjon Ugli, & Muminova, Tabassum Siddigovna (2022).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1 (2), 304-309.

27. Xo'jayev, S., & qizi Tuychiboyeva, N. K. (2022). BOLA RUHIYATI TASVIRI (CH. AYTMATOV VA O '. HOSHIMOV ASARLARI MISOLIDA). RESEARCH AND EDUCATION,, 7(3), 125-129.

28. Xo'Jayev, S., & Abdumalikova, D. R. Q. (2022). BADIIY ADABIYOTDA OPA-SINGILLAR OBRAZI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 734-740.

29. Mo'Minova, T. S. (2022). BADIIY ASARDA NUQTAI NAZAR VA XARAKTER IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 768-774.

30. Rustamova, I. I. (2021). Rhythm Views on the Plot of the Work. Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari.//International Journal of Innovative Research.-India, 8355-8357.

31. Rustamova, I., & Mamayusupov, S. (2022). AUTHOR'S POSITION AND STORY FUNCTION IN ABDULLAH QAHHOR'S STORY" HEADLESS MAN". Oriental Journal of Social Sciences, 2(03), 120-127.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.