Научная статья на тему '“INDAMAS” BOLALIKDAN LAKONIZMGACHA (YOXUD “O’TMISHDAN ERTAKLAR”GA BIR NAZAR)'

“INDAMAS” BOLALIKDAN LAKONIZMGACHA (YOXUD “O’TMISHDAN ERTAKLAR”GA BIR NAZAR) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
374
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lakonizm / bola obrazi / avtobiografik asar / mungli novellalar / “indamas” bola / xotiralar. / laconism / the image of a child / an autobiographical work / sad short stories / "silent" child / memories.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zaripov, Abduvahob

Mazkur maqola Abdulla Qahhorning “O’tmishdan ertaklar” qissasi va asarda tasvirlangan voqeliklarning yozuvchi ruhiy-psixologik evolutsiyasining shakllanishidagi o’rni, asardagi Qahhorni o’ychan, kamgap, “fikrga boy so’zga xasis” – umuman olganda, o’zigagina xos lakonizm egasi bo’lgan yozuvchiga aylanish sabablari aytilgan o’rinlar haqidagi mulohazalar bayon qilingani bilan xarakterlidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"INDAMAS" FROM CHILDHOOD TO LACONISM (OR LOOK AT TALES FROM THE PAST)

This article examines Abdulla Qahhor's short story "Tales from the Past" and the role of the writer's spiritual and psychological evolution of the realities described in the work, Qahhor in the work is thoughtful, tight-lipped, "rich in thought stingy with words" in general, unique The reasons for becoming a writer with laconism are characterized by the statement of comments about the mentioned places.

Текст научной работы на тему «“INDAMAS” BOLALIKDAN LAKONIZMGACHA (YOXUD “O’TMISHDAN ERTAKLAR”GA BIR NAZAR)»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

"INDAMAS" BOLALIKDAN LAKONIZMGACHA (YOXUD "O'TMISHDAN ERTAKLAR" GA BIR NAZAR)

Abduvahob Zaripov

SamDU, filologiya fakulteti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Abdulla Qahhorning "O'tmishdan ertaklar" qissasi va asarda tasvirlangan voqeliklarning yozuvchi ruhiy-psixologik evolutsiyasining shakllanishidagi o'rni, asardagi Qahhorni o'ychan, kamgap, "fikrga boy - so'zga xasis" - umuman olganda, o'zigagina xos lakonizm egasi bo'lgan yozuvchiga aylanish sabablari aytilgan o'rinlar haqidagi mulohazalar bayon qilingani bilan xarakterlidir.

Kalit so'zlar: lakonizm, bola obrazi, avtobiografik asar, mungli novellalar, , "indamas " bola, xotiralar.

KIRISH

Atomdan kuchli adabiyoti bilan badiiyat olamini nurafshon aylagan Abdulla Qahhorning teran fikri va o'ziga xos lakonizmi mana qancha yillarki o'z qiymatini yo'qotmasdan, balki yuksalib bormoqda. Adibning har bir asari alohida badiiy yutuq, novellalari ibratga kon bo'lsa-da «O'tmishdan ertaklar» qissasi yozuvchi ijodining yakuniy cho'qqisi bo'ldi deya olamiz. Bu qissadan so'ng ham bir nechta hikoyalar, «Muhabbat» qissasi yaratilgan, ularda qahhorona badiiy tafakkur ufurib tursa-da, badiiy pishiqlik jihatidan «O'tmishdan ertaklar» baribir yuqori o'rinni egallab qolaveradi nazarimda. Qissani o'qir ekansiz yaxshilik, yorug'lik kutib, shunga ilhaq bo'lib mutolaa qilasiz, voqealar esa qorong'uligicha qolaveradi, yosh Abdulla esa bu ko'ngilsizliklar ichida "indamas" bolaga aylanib boraveradi. Xo'sh fikr yuritadigan bo'lsak murg'ak Alisher qalbini larzaga solgan "Mantiq ut-tayr" uni xilvatlarga boshlaydigan, odamovi qilib qo'ygani kabi Abdulla Qahhorning bu qissasiga chuqur nazar tashlar ekansiz, uning biografiyasidagi hayot manzaralari qora ranglarga bo'yalib yosh Abdullani indamas qilib qo'yganining guvohi bo'lamiz. Keyinchalik ham Abdulla Qahhor adabiyot maydonida ko'p so'zlamadi, lakonizmni o'ziga qurol qilib oldi. Butun badiiyatning mohiyatini mitti danak ichiga qamab bera oldi. Adabiyotshunoslarimiz aytganidek, "fikrga boy, so'zga xasis" bo'lib qoldi. Uning o'ynab-o'ynab aytgan gaplarini uzoq o'ylab-o'ylab yurdi odamlar. Abdulla Qahhor lakonizmi bolalikdan oqib kelgan ong oqimidagi to'lqinlardan paydo bo'lmadimikin? O'tmishdan qolgan bu ertakning kuyi shuncha maxzun bo'lsa yosh Abdulla o'sha g'amning o'ziga qanday chidadi ekan?

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qissada yozuvchi hikoyanavis vazifasini bajaradi, qissa oxiridagi «Qo'qon xarobalari orasida» bobidan tashqari, qissaning har bir bobi shakllangan hikoyalardir, ularning har biri fojiaviy ruhdagi voqeiy novellalardir. Abdulla Qahhor bu asarida badiiy to'qimalardan xoli ravishda real voqealarni chin yozuvchi ko'zi bilan ko'rdi, talqin etdi va nasr olamida uni gavhar darajasiga yetkazdi, so'z durlari bilan uni tizib chiqdi. Butun umri davomida adibga tinchlik bermagan, butun ijodida "yorilmagan yaradek" (Abdulla Oripov ta'biri) bo'lib turgan inson qadriga aloqador alamli o'y-tuyg'ular, jaholatga qarshi bosh ko'tarish yozuvchining bu asarida nido bo'lib otilib chiqdi. Abdulla Qahhor hayot yo'llaridan qolgan izlar nasrdagi nazm bo'lib yangradi.

Adibning sho'x emas g'amgin, ezgin bolaligi Qo'qon shahri va uning atrofidagi qishloqlarda o'tgan. Otasi Abduqahhor oila tebratish ilinjida Qo'qon shahrini tark etib, bir necha yillar qishloqma-qishloq ko'chib yurgan. Onasi Abdulladan oldin va keyin tug'gan sakkiz farzandini qaro yerga topshirgani uchun endi Abdullajonni juda ardoqlab katta qildi. Bu yolg'iz tirik qolgan farzand ham shod-xurramlikda, boshqa bolalar singari o'ynab-kulib ko'cha changitib katta bo'lmadi.. bunday darbadar hayot tinimsiz ko'cha-ko'chlar, keyingi qishloqqa moslashguncha bo'lgan davr murg'ak qalbni hali g'o'ra davridayoq qotirib qo'yaverdi. «Bir qishloqda bolalarga endi qo'shilib, o'rtoq orttirganimda, boshqa qishloqqa ko'chib, yana «ko'chmanchining bolasi» bo'lib qolar edim. Bu gaplar qattiq haqorat yo'sinida aytilar edi, -deya eslaydi u tarjimayi holida. -Bir kuni kechqurun mahalla bolalari ilonni ko'rgan chumchuqday atrofimda chug'urlashib turganda, kuzatib turgan bir mo'ysafid menga rahm qilgan bo'lib:

«Qo'yinglar, bolalar, tegmanglar, kelgindi bo'lsa o'zi bo'libdimi, xudo qilgan»1, -dedi. Mo'ysafidning bu gapi menga bolalarning ta'nasidan ham qattiqroq tegdi, uzoq yillar dilimda cho'kib yotdi. Bilmadim, ilgari qalay ekanman, lekin nazarimda meni shu gap indamas qilib qo'ydi. Uyda menga «indamas», «ichimdan top» deb dashnom beradigan bo'lishdi... Bunaqa ta'na-dashnomlar meni battar «soqov» qilar edi».

Asarni mutolaa qilar ekansiz Abdulla endi "indamas" degan nomdan qutilish uchun hatto onasidan ham qochadigan bo'lib qoladi. Shunigdek asarda qo'li kaltalik, yo'qchilik tufayli oilada yuz beradigan ko'ngilsizliklar, inson bolasi dosh berishi qiyin bo'lgan turmush sharoitlari, bir-birini xushlamaydigan qo'ni-qo'shnilar, insonlar orasidagi qo'pol, shafqatsiz munosabatlar, yurtdagi avomlik, ilmsizlik va uning kulgili, ham noxush oqibatlari, bir-biridan o'tib tushadigan voqeiy sarguzashtlar - xullas, Abdulla shunday muhitda hayotning katta qozonida qaynadi, pishdi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

"O'tmishdan, ertaklar"da A.Qahhor bolalik yillarini eslar ekan, "kunlar g'urbat bilan boshlanib, g'urbat bilan tugardi"2 degan jumlaning o'zida o'sha davrni nihoyatda ta'sirchan bo'yoqlarda chizib bera olgan. Asarda mungli soz ila chalingan har bir voqelik , ya'ni Abdullaning murg'ak ko'nglidagi tuyg'ular qo'shiqqa aylanib jaranglaydi. Asar davomidagi bu maxzun qo'shiqlarni tinglar ekansiz Abdullaning nuktadon yozuvchi bo'lishida, so'zni tejab-tejab ishlatishida bolaligining alohida o'rni borligiga amin bo'lasiz. Badiiyatdagi bu mung va lakonizm Abdulla Qahhorning barcha asarlarida o'zining tamg'asini qo'ya olgan.

Abdulla Qahhor asarlaridagi, xususan, "O'tmishdan ertaklar"dagi achinarli hayot tara, asardagi qorong'ulik bu qusur yoki nuqsoni emas, asarning o'ziga xos xususiyati va yutug'idir.

Oilni tebratish uchun turli tirikchiliklar bilan shug'ullansa-da omadi yurishmagan, insonlarning hayotiga turli yangiliklar olib kirgan, lekin ijobiy kutib olinmgan, buning o'rniga qishloqlardan quvilavergan darbadar ota, yo'qchilik azoblari u uchun ikkinchi, birinchi yurak oldirib qo'ygan muammosi navbatdagi farzandini qaro yerga berib qo'yishdan juda cho'chiydigan, Abdulladan boshqa yetti farzandini tuproqqa topshirgan, farzandlarini qabrinida ziyorat qila olishga ojiz bo'lgan, shunday dil xiraliklar natijasida "arvak" qadar bo'lib qolgan bechora ona, darbadar turmush va "kelgindi"lik tamg'asidan «indamas». ..soqovga aylangan bola hikoyalari kitobxon dilini ezadi. Asrda nafaqat yosh Abdullaning hayoti, balki boshqa qahramonlar hayoti ham nihoyatda achinarli novellalardir. Hayot sinovlarida ilojsiz qolgan Babarning mudhish o'limi, xazon bo'lgan gul- «hur qiz» -Sarviniso halokati - bularning har biri mislsiz fojia! To'g'ri asarda deyarli hech bir o'rinda qon to'kilishi yoki jinoyat bilan odam o'ldirilishiga duch kelmaymiz, insonlar tushayotgan chigalliklar, qishloqqa velosped yoki tikuv mashinasi olib kelib baloga qolgan temirchi tushayotgan vaziyatlar bir qarashda kulgili fojiadir! Bundan tashqari, Qo'qondan naridagi qishloq ahli nemislar bilan urush boshlanganligi xabarini ikki oydan keyin eshitishi; patefonning qo'shiq aytishi, tarvuzning po'chog'ida ko'rsatilgan oddiy «hiyla», magnitning temir kalitni o'ziga tortishi, odamning tug'ruqxonada tug'ilishi - yuqoridagilarning barchasi oddiy avom xalq uchun mo'jiza bo'lib ko'rinaveradi. Bu oddiy yangiliklar ortidan esa g'ayritabiy ko'ngilsizliklar qalashib kelaveradi. Hech bir xursandchilik xayrli intiho topmaydi.

Bo'lajak adibning ijodiy psixologik evolyutsiyasida ko'cha-ko'chlar, haqoratlar, o'z muhrini qoldirmasdan iloji yo'q edi, albatta. Yana bir tomoni shuki, Abdulla Qahhor bu ezgin bolalik voqealari fonida oddiy xalq hayotini tashaqaridan emas, naq

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ichida bo'lib, o'zi bosh qahramon bo'lib o'rganib chiqdi deya olamiz. Uning dilidagilarga bir quloq tutib ko'ring-a:

"Mening bolalik yillarim Farg'ona vodiysining Yaypan, Nursuq, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg'unzor, Oqqo'rg'on degan qishloqlarida o'tgan. O'ttizinchi yillarning o'rtalarida bolaligimni o'ylaganimda chalakam-chatti tush ko'rganday bo'lar edim; dumli yulduz chiqqan edi; qo'shnimiz juda sershovqin odam edi; otqorovul Babar (Bobir bo'lsa kerak) degan yigitni miltiq bilan otganda yigit o'lmagan edi, shunda otqorovul odamlarga yuzlanib: "Umrim bino bo'lib, bunaqa battol o'g'rini ko'rgan emasman, ustidan oshirib o'q uzsam kiprik qoqmadi-ya!" degan edi".3

Bunday musofirchilik va ko'cha-ko'chlar tufayli yosh Abdulla murg'akligidan "ichimdagini top", "odamovi", "uyatchan" bo'lib kamol topdi. Qissasining ikkinchi hikoyasiyoq "Indamas" deb atalishi ham shundandir balki. Unda voqealar Yaypan qishlog'ining "Qo'shariq" mahallasida kechadi. Yosh Abdulla bolalar bilan "Oq terak, ko'k terak" o'yinini o'ynashganini, uni ham "kerak" deb tanlashlarini, orzu qilar, yugurib borib saflarni yorib o'tishni orzu qilganini, yuragi hapriqganini yozadi. U esa har doimgidek "Kelgindi" degan nomga egalik qilib qolaveradi. Bu yomon haqoratli so'z yosh bolaning yurak-yuragidan o'tib ketardi. Asarda yozuvchi bu haqda shunday lavhalarni berib o'tadi: "Kelgindi, kelgindi it", degan gapni Olim buvodan eshitganimda buning haqoratdan tashqari yana odam hazar qiladigan ma'nosi ham borligini bilmagan edim. Cholning bu gapi boshimdan kirib, tovonimdan chiqib ketdi". Abdulla Qahhor vazminligi, teran fikrlashi, asarlaridagi lakonizm, so'zga xasislik shunday g'amgin bolalik ta'siridan emasmikin degan o'ylar ongimizni egallaydi. Bunday xorlik va xo'rliklar shubhasiz adabiyotimiz adabiyotshunosligimizga ustun bo'ladigan azim daraxtni o'stirib bergani shubhasiz. Adib qissada yana shunday eslaydi: "Hovliga kirdim. Bu gapni ayamga aytmadim. Ichimga soldim. Shundan keyin ko'chadan, bolalardan ham, odamlardan ham ko'nglim qoldi..."

Abdulla Qahhor zamondoshlarining xotiralarini o'qir ekanmiz, adibning vazmin kamgap bo'lganligiga yana bir guvoh bo'lamiz ham uning uyatchan, vazmin, kamgap inson bo'lganligiga guvoh bo'lamiz. Jumladan hassos adabiyotshunos Umarali Normatovning "Adabiy tanqid jonkuyari" maqolasida shunday eslanadi: "Yozuvchi Abdulla Qahhor o'ziga yarashadigan bir sipolik bilan suhbatga qo'shilmay, ammo ichdan yayrab-yozilib, davradagilarning har bir gap, xatti-harakatiga zimdan razm solib, xayolga tolib o'tirardi; davrada askiya, kulgi-qiyqiriq yangragan paytlarda esa xiyol jilmayib qo'yardi."

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

XULOSA

Yuqoridagilardan shuni anglashimiz mumkinki, Abdulla Qahhor tabiatiga xos kamgaplik, vazminlikning tub negizlari olis bolalikda qolgan mushkul voqeliklar bilan bog'liq aslida. Faqat ungagina xos boo'lgan uslubda yozilgan hikoyalardagi lakonizm ham shuning "asorat" lari ekanligi ayon.

Abdulla Qahhor "O'tmishdan ertaklar" kompozitsiyasini yaratishda o'zigacha bo'lgan realizm namoyandalari Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat kabi yirik adiblar va klassik sharq adabiyoti an'analaridan, Chexov kabi rus adabiyoti vakillarining, shuningdek Yevropa adabiyotidagi nasr an'analarini ham davom ettirdi.

Abdulla Qahhor bolaligik xotiralari ta'sirida ko'plab asarlar yaratdi. "Anor", "O'g'ri", "Boshsiz odam", "Bemor", "Tomoshabog'", "Dahshat" shular jumlasidandir. Ularning prototiplari, eskizlarini "O'tmishdan ertaklar" qissasida uchratganday bo'laverasiz. Bundan xulosa qilish mumkinki, mashaqqatli bolalik har bir ijod namunasiga o'z tomchilarini tomizib bo'lgan. Unga o'z zamonasida ham, keyinchalik ham turli katta-kichik toshlar otilgandir. Kimlardir bu voqelikni "juda qorong'u" deb ayblagandir. Abdulla Qahhor esa o'z adabiyot maydoniga o'z aytmoqchi bo'lgan so'zi "atom"ini joylashtirib bo'lgan edi. U shu jihatlari bilan benazir bo'lib qolaveradi.

REFERENCES

1. A. Qahhor. Asarlar. 5 jildlik. III jild. Toshkent: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1988.

2. Мустафаев, У. У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ПОЙДЕВОРИ ШАКЛЛАНАЁТГАН ДАВРДА ФАЛСАФИЙ ФАНЛАРНИ У^ИТИШНИ ИСЛО^ ^ИЛИШ ЯНГИ УЗБЕКИСТОН Э^ТИЁЖИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 3), 99-108.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.