Научная статья на тему 'QISSALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI'

QISSALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1790
164
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qissa / epiklik / konsentrik sujet / povest / detektiv qissa / davr / romantik qahramon. / Short story / epic / concentric subject / narrative / detective story / period / romantic hero.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umurzakov, Rustam, Xasanova, Gulira’no Shavkatjon Qizi

O'zbek nasrida qissa janri o’ziga xos o’ringa ega hisoblanadi. Qissalarda davr va qahramon masalasi, obrazlar talqini asarning asosiy bo'g'inini tashkil etadi. Ushbu maqolada Alisher Ibodinov va Abduqayum Yo’ldoshev qissalari orqali davr va qahramon masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUE OF PERIOD AND HERO IN SHORT STORIES

In Uzbek prose, the short story genre has its own place. In short stories, the question of the period and the hero, the interpretation of the characters is the main link of the work. In this article, the story of Alisher Ibodinov and Abduqayum Yoldoshev is discussed.

Текст научной работы на тему «QISSALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI»

QISSALARDA DAVR VA QAHRAMON MASALASI

UMURZAKOV Rustam

filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Farg'ona davlat universiteti XASANOVA Gulira'no Shavkatjon qizi

Farg'ona davlat universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-382-387

O'zbek nasrida qissa janri o'ziga xos o'ringa ega hisoblanadi. ANNOTATSIYA Qissalarda davr va qahramon masalasi, obrazlar talqini asarning asosiy

bo'g'inini tashkil etadi. Ushbu maqolada Alisher Ibodinov va Abduqayum Yo'ldoshev qissalari orqali davr va qahramon masalasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Qissa, epiklik, konsentrik sujet, povest, detektiv qissa, davr, romantik qahramon.

In Uzbek prose, the short story genre has its own place. In short ABSTRACT stories, the question of the period and the hero, the interpretation of the

characters is the main link of the work. In this article, the story of Alisher Ibodinov and Abduqayum Yoldoshev is discussed.

Keywords: Short story, epic, concentric subject, narrative, detective story, period, romantic

hero.

KIRISH (Introduction)

Qissa odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni o'ziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissaning hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik ko'lamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining ma'lum bir davri xronikali tarzda bayon qilinadi. Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq bo'lishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Qissa - badiiy adabiyotda epik janrlardan biri. G'arbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest termini orqali ifodalanadi. Rus va o'zbek adabiyotlarida qissaning hozirgi va qadimgi ma'nolari o'rtasida farqlar bor. Masalan, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest deb atalgan. O'zbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar qissa deb yuritilgan. Masalan ,"Qissai Sayfulmuluk", "Qisasi Rabg'uziy" va boshqalar hozirgi ma'nodagi "qissa"

382

terminiga to'g'ri keladi va asosan, roman bilan hikoya oralig'idagi o'rtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi. Adabiyotshunos Dilmurod Quronov qissa terminiga shunday ta'rif beradi: "Qissa -xalq og'zaki ijodida keng tarqalgan voqeaband xarakterdagi qahramon hayoti va sarguzashtlarini hikoya qiluvchi rivoyaviy asar. Qissalar og'zaki ijro qilingan folklorning boshqa janrlari kabi variantlilik xususiyatiga ega bo'lgan"[1.146]Roman kabi qissaning ham avtobiografik (Oybek "Bolalik", A.Qahhor "O'tmishdan ertaklar" ), lirik (Mirkarim Osim "Surat", ) tarixiy ( Y.Ilyosov "Sukunat minorasi"), fantastik (Sa'dullo Quronov "Galaktikada bir kun") turlari bor. Hozirda qissa nasrning eng faol janrlaridan bo'lib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.

Ular orasidan qissaning detektiv turiga to'xtalib o'tamiz. Misol tariqasida, zamonaviy o'zbek nasriga o'z hissasini qo'shib kelayotgan Alisher Ibodinovning "Latofat do'konidagi qatl" qissasini keltirish mumkin. Ushbu qissada asosiy qahramon Ahror atrofida yig'ilgan. Qissa detektiv janrda mahorat bilan yozilgan. Kitobxon voqealar tizimiga kirib borgan sari o'zi ham xuddi shu davrda yashayotgandek tuyuladi. Qishloqda o'sgan sodda, halol yigitning shaharga ishga kelishi bilan boshlangan qissa yakuni fojiali tarzda yakun topadi. Uning yana bir qissasi "Derazangni chertganda yomg'iru shamol" qissasi ham detektiv qissaga misol bo'ladi. Undagi bosh qahramon Abdulmo'min qissa markazida turadi va qolgan barcha personajlar: Eson, Komil, Munira, Hadicha kabi obrazlar qahramon bo'la olmaydi. Qissa janri detektiv bo'lib sujet detektiv asarlarga xos ravishda konsentrik usulda yaratilgan. Har ikki qissada ham qishloqda o'sgan oddiy sodda yigitning shaharga kelib dunyoqarashi o'zgarib razillik botqog'iga botishi qalamga olingan. "Latofat do'konidagi qatl" qissasidagi Ahror o'z hayotini barbod etgan bo'lsa, "Derazangni chertganda yomg'iru shamol" qissasidagi Abdulmo'min hayoti esa fojiali tarzda yakun topadi. Bunga sabab o'sha shahar hayotiga ya'ni davrga bog'liq. Akademik L.S.Lixachev qayd etganidek, "Davr insonni chetlab, hech narsa yarata olmaydi. Davr inson va uning maqsadi orqali ta'sir omiliga aylanadi. Bunda har kimga har xil ta'sir etadi. Chunki turli davrda insonlarning jamiyatda tutgan o'rni turlichadirBunda har kimga har xil ta'sir etadi.Chunki turli davrda insonlarning jamiyatda tutgan o'rni turlichadir."[2.145]

MUHOKAMA

Adabiyotshunoslik ilmidan bizga ma'lumki,har qanday asar o'z zamonasi,davr muammolariga munosabati o'sha kunlarning dolzarb savollariga bergan javobi sifatida maydonga keladi. Ijodkor xoh tarixiy,xoh zamonaviy asar yozsin ularda o'z davrining ijtimoiy siyosiy,madaniy ma'naviy belgilari o'z aksini topgan bo'ladi. Masalan yozuvchimiz Abduqayum Yo'ldoshevning "Begona shaharning

383

www.birunijournal .uz

namozshomlari" qissasida ham davr insonni chetlab o'tmaganini ko'rishimiz mumkin. Qissa hikoyachining yorug' his-tuyg'ulari bilan boshlanadi: "O'shanda politexnika institutida o'qirdim. Guruhimizda Alisher degan bola bor edi. Umuman olganda... yaxshi bola edi: saxiy, mehmondo'st... har yili ko'klamda bizni Chimyonga lola sayliga olib chiqardi...[3.1] Tasvir jarayonida esa xudbinligining turli ko'rinishlari ochila boradi. O'zini ko'rsatish uchun bir qizga ishqiy maktub yozadi. Qiz unga ko'pchilik oldida dashnom beradi. U qasdini olish uchun yana-da chiroyli boshqa qiz bilan "yurish"ni o'ylaydi. Shunday qizni topganida esa uni boshqa bir odobli Musurmon degan yigit yaxshi ko'rib yurishi ayon bo'ladi.

"Begona shaharning namozshomlari" qissasida yagona ijobiy obraz deyishga arzirli shaxs - "shu ko'zoynakli yigitcha" deb tasvirlangan Musurmon. Ammo, asarda uning atrofidagilar, Alisher va uning kursdoshlari, xatto "men" deb yozayotgan hikoyachi Murod ham o'z kursdoshiga tarafkash bo'lib, yovuzlikka qo'l uradi, ko'zoynakli yigitchani do'pposlab, boshiga, biqiniga, jigariga ayovsiz tepib, majruh qilib qo'yadilar. U ikki-uch oyda o'lib ketadi.

Muallif bu qahramon orqali yangi ochiladigan firmada yetarli sarmoya bo'lmasa, hech qachon ish yurishmasligini tasvirlashni maqsad qilgandir? Mual lif yangi tadbirkorning ishi yurishmasligi sabablaridan biri sifatida begona shahardagi odamlar bilan tez kirishib, yaxshi muomala qilolmasligini ham badiiy tasvirda berishga harakat qiladi: "Men azaldan odamoviman, - deydi qahramon. - Hech qachon bir yoki ikki ko'rgan odamim bilan elakishib ketavermayman. Arzon mehmonxonalarda onda-sonda uchrab qoladigan hamkasblarim bilan ham bemalol gurunglashib o'tirolmayman".[3.45] Qahramonning bu o'y-kechinmalarida ham mantiqsizlik seziladi. Avvalo, odamovi, o'zini chetga tortuvchi odamdan durust tadbirkor chiqmaydi, bunday odam ishbilarmon bo'lolmaydi. Muallif o'z qahramoni Murodning kambag'alligi sababli yaxshi tadbirkor, mulkdor bo'lolmayotganini tasvirlashga hayot haqiqatidan kelib chiqadi. Ammo, u talabalik chog'larida sofdil va aybsiz yigit Musurmonni "qiz talashib" o'ldirib qo'ygani uchun sobiq kursdoshi Alisherdan qasos olishi Murodni romantik qahramondan chetlashtirganini ham ko'rishimiz mumkin.

XULOSA (Conclusion)

Xulosa qilib aytganda har qanday ijodkorning yaratgan asariga baho berishda, uni g'oyaviy badiiy jihatdan tahlil etishda davr masalasi yetakchilik qiladi. Chunki ijodkor o'zi yashab turgan muhit,davr va siyosat talablaridan kelib chiqqan holda ijod qiladi. Odatda barcha asarlarda qahramon va davr mutanosib bo'ladi.Ya'ni qahramon davrdan o'tib ketadi,qahramon va davr hamohanglikda harakatlanadi yoki aksincha qahramon davrdan ortda qoladi.Yuqorida ko'rib o'tgan qissalarimizda har ikki

384

www.birunijournal .uz

yozuvchi ham davrga mos qahramon yaratadi va uni asarlarida badiiy gavdalantiradi. .Biz yuqorida tahlil etgan asarlarda qahramon va davr birgalikda harakatlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Qayumov A. CREATING OF A NATIONAL CHARACTER THROUGH MEANS OF LITERATURE //Theoretical & Applied Science. - 2018. - №. 1. - С. 235-240.

2. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

3. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

4. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

5. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

6. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции. 6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

7. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

8. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

9. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

10. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

11. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 1(2).

12. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

385

/

13. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

14. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

15. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

16. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

17. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

18. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

19. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

20. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 1(4), 104-105.

21. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

22. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

23. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

24. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3), 111-112.

25. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

26. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

386

27. Kholmatov, O. U. U. (2020). Interpretation of" lost generation" in the creation of Erih Maria remark. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 1654-1659.

28. Umarjon o'g'li, X. O. (2022). QAHRAMONLIK EPOSLARIDA URUSH KISHILARI TASVIRI: OBRAZ VA TALQIN. SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 246-249.

387

-\

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.