SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
SHOYIM BO'TAYEV HIKOYALARIDA TASVIRIY VOSITALARNING
IFODALANISHI
Maqoladayozuvchi Shoyim Bo'tayev hikoyalarida tasviriy vositalar va ularning ifodalanishi asar tahlillari asosida yoritilgan. Qo 'llanilgan badiiy tasvir vositalari asar ta'sirchanligini ta'minlashgaxizmat qilishi ochib berilgan.
Kalit so'zlar: badiiy tasvir vositalari, poetik vositalar, stilistik figuralar, o'xshatish, qiyoslash, nutq, uslub.
In the article, the writer Shoyim Botayev's stories and their expression are covered based on the analysis of the work. It is revealed that the used artistic image tools serve to ensure the effectiveness of the work.
Key words: artistic image tools, poetic tools, stylistic figures, simile, comparison, speech, style.
Har qanday badiiy asarning ta'sirchanligini unda qo'llanilgan badiiy tasvir vositalari ta'minlaydi. Ularsiz badiiy asar quruq va zerikarli bo'ladi. Chunki kitobxon uchun asarda qalamga olingan voqealargina muhim emas. Balki, voqealar qanday ifodalangani ahamiyatlidir. Yozuvchining mahorati badiiy tasvir vositalarini qay darajada qo'llay olishi bilan aniqlanadi. .Badiiy asar uslubi faqat uning tiliga oid hodisa emas, balki tasvir vositalari, badiiy so'z orqali ifodalangan badiiy asarning mavzu ko'lami, obrazlar tizimi, kompozitsion qurilishi kabi unsurlariga ham taalluqlidir. Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg'u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib "badiiy tasvir va ifoda vositalari" deb ataladi. Badiiy tasvir va ifoda vositalari badiiy tilning belgilovchi xususiyati emas, balki belgilovchi xususiyat bo'lmish obrazlilik (tasviriylik) va emotsionallikni kuchaytiruvchi unsurlardir. Aytish kerakki, bu tushuncha adabiyotshunoslikda "poetik vositalar", "sintaktik figuralar", "stilistik figuralar" kabi nomlar bilan ham yuritiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Badiiy asarlarda o'xshatish tasvir ob'ektini boshqa narsa-hodisaga o'xshatish orqali yorqin va bo'rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo'lib, bunda
Oripova Gulnozaxon
FarDU, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Tolipova Madinaxon, Mustaqil tadqiqotchi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
o'xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi1. Bunday badiiy tasvir vositasi Shoyim Bo'tayev hikoyalarining badiiyatini ta'minlashda muhim xususiyat kasb etgan. Masalan, adibning "Kunu tun" hikoyasidagi "omoch tortib borayotgan otdek zo 'riqib ishlayotgan erkak" jumlasidagi o'xshatish orqali Dehqonboyning tunu kun mehnat qilib ro'shnolik ko'rmasligi, bunga sabab esa savodsizligi va o'zbilarmonligi edi. Uning mashaqqatli mehnati jarayonini o'xshatish vositasi orqali o'quvchiga ko'rsatgan. Yoki shu hikoyada ayolning nutqi orqali ifodalangan o'xshatish vositasi davr muammolarini ham ifodalash uchun xizmat qilgan. " - Suv qurigan, - dedi ayol. - Kelishda ko'rdim, xotin-xalajlar chelaklarini ko'tarib urush vaqtida nonga turganday ochirat turishibdi". Bu nutq orqali qishloq ahlining ichimlik suviga bo'lgan ehtiyojini ham kuzatish mumkin. Yozuvchi aynan "urush vaqtida" deb urg'u berishi, qishloqda suvsizlik muammosining qay darajada ekanligidan ham darak beradi.
"Mo'minning yeri" hikoyasida "Mo'min o'zini xuddi o'g'rilikka ketayotgandek his etardi" jumlasidagi o'xshatish -dek qo'shimchasi vositasida amalga oshgan. Mo'min o'z yerini ko'rgisi keldi. Darsdagi naynov bolaning Mirzakarimboyni ijobiy obraz ekanligini yer voqeasi asosida izohlab bergani, "shu tirrancha bilganini men bilmasam-a", degan o'y ich-etini kemirishi uni o'z yeri tomon boshlab kelardi. Mo'min o'z yerini Xudoyor akaga bergisi yo'q edi, lekin uning saxiy onasi o'ylab o'tirmasdan yerni foydalanish uchun unga berib yuboradi. Kampirning bu holati, ya'ni saxiyligini adib quyidagi o'xshatish vositasida tasvirlaydi: "Ammo kampir saxiy edi. Orqa oldini o'ylab o'tirmasdi. Hech narsasi bo 'Imasayam, hamisha hammaga nimadir in'om etgisi kelib turardi. Shunday fursat tug'ilganidan boshi ko'kka yetguday bo'ldi".
"Hisomiddin al-Yog'iy" hikoyasidagi o'xshatish badiiy tasvir vositasi choparning ostonada paydo bo'lishi bilan bog'liq epizodlarda keltirilgan. "U boshiga mo'g'ulcha qalpoq bostirgan, egnidagi mo'g'ulcha po'stinning junlari joni bor jonivornikiday hurpayib turardi". Yozuvchi mahorati shundaki, sulton Alouddin Tarmashirinning asli mo'g'ullardan bo'lganligini chopar portreti tasvirida bergan va uning ham mo'g'ul ekanligiga ishora qilgan. CHoparning egnidagi po'stinining junlari xuddi joni bor jonivornikiday xurpayib turishi mo'g'ullarning xarakteriga xos bo'lgan jihatlarni ham ifodalagan. Adib sinekdoxa ko'chim turi orqali choparning holatini namoyon etgan. "Chopar yelka osha o'ziga tikilgan yuzlab nigohlardan bir zum talmovsiranib qoldi". Yuzlab nigohlar masjidning liq to'la ekanligini anglatadi. Hattoki, bu holatni yanada yorqinroq ifodalash uchun adib poygakda qolgan marokashlik sayyoh portretini ham keltirib o'tadi. "Eshikka yaqin o'tirgan,
1 Quronov D., Sheraliyeva M., Mamajonov Z. Adabiyotshunoslik lug'ati. - Toshkent, 2013. - B.382
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
ko'rinishidan-da, kiyinishidan-da bu yerlikka o'xshamagan o'ttiz-o'ttiz besh yoshlardagi o'rta bo'y, katta-katta ko'zlaridan mug'ombirlikka qorishiq aql porlab turgan kishi qalingina po'stin kiyganiga qaramay, o'zini sovuqdan chetga olayotgandek beixtiyor siljib qo 'ydi". Sultonning chopari masjiddagi unga tikilgan yuzlab nigohlardan xuddi o'zini o'zga sayyoradan kelib qolgandek his etadi. Tabiiyki, masjidning ruhi unga begona edi. Marokashlik sayyoh portreti tasviridagi "o'zini sovuqdan chetga olayotgandek beixtiyor siljib qo'yishi" yozuvchining o'xshatish vositasi asosida portret yaratish mahoratini ham ko'rsatgan.
Bundan tashqari, Shoyim Bo'tayev Xidir buva portretini yaratishda epitetlardan foydalanganligini kuzatamiz. "Men bo'lsam, og'zimni lang ochganimcha uning moshguruch soqoliga, ingichka qon tomirlari "to'rlagan" yuziga, salqigan qovoqlariyu qo'y ko'zlariga, yelkasiga...aqalli bitta odam ham sig'ishi gumon bo 'lgan yelkasiga hayrat aralash boqib o'tirardim". Yoki "Qora sovuq" hikoyasida peyzaj tasviridagi epitetni keltirish mumkin: "Ufqdan osmonga qop-qora quyuq bulutlarko'tarilib kelayotgandi". Ma'lumki, epitet yunoncha ilova etilgan, izohlovchi ma'nosini anglatuvchi badiiy sifatlashdir. Ya'ni narsa-hodisaning belgisini obrazli ifodalaydigan obrazli aniqlovchi. Demak, muallif asar kompozitsiyasida portret, peyzaj tasvirlarida epitetdan unumli foydalangan. Bu esa asar badiiyatini ta'minlashga xizmat qilgan.
Til nuqtai nazaridan qaralsa, epitet hamisha aniqlovchi vazifasida keladi, lekin undan farqli ravishda badiiy funktsiyani bajaradi. Ko'p hollarda epitet belgini ko'chma ma'no orqali ifodalaydi va bu metafork epitet deb aytiladi. Biz tadqiqqa tortgan hikoyalar orasida ham metaforik epitetlarni uchratish mumkin: "Tolik boshidagi telpakni yulqib yechdi. SHunda uning qora terga botgani ma'lum bo'ldi" Misoldagi "qora ter" epiteti mashaqqatni ifodalaydi. Tolik talabadan olgan qarzini berish uchun uni juda ko'p izlaydi, so'rab-surishtiradi. Va oxiri topadi, uning yuz-ko'zidagi qora terlar shu mashaqqat belgisidir. Ayni shu hikoyadagi "bu sovuq gap tufayli tuyqusdan u to 'nini teskari kiydi" jumlasidagi sovuq gap metaforik epitetni ifodalaydi.
Badiiy asarda eng ko'p qo'llanuvchi ko'chim turlaridan biri metaforadir. Metafora usulidagi ma'no ko'chishida narsa-hodisalar orasidagi o'xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan, metaforani yashirin o'xshatish deb atash mumkin. Yashirin o'xshatish deb atalishiga sabab shuki, metaforada o'xshatilayotgan narsa tushirib qoldirilgani holda o'xshayotgan narsa uning ma'nosini bildiradi. Tabiiyki, bunda o'xshatilayotgan narsalardan aynan o'xshashlik talab qilinmaydi, ikki narsa hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. Masalan, "Kuz nafasi seziladi. Etni junjiktiradigan izg'irin" jumlasida kuz havosining hukm surayotganligi ifodalangan.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
Kuzning tasviri asar qahramoni hayotining kuzak pallasidan darak. Hikoya qahramonining umr bekatlaridan nishona. Aslida Dehqonboyning xotini endigina qiriqlami qoralayotgan ayol. Lekin uning "yuzidagi, peshonasidagi chuqur-chuqur ajinlardan, sochlarining oqidan oltmishga kirgan kampir deb o'ylash hech gapmas" Hayotda ro'shnolik ko'rmagan, o'zbilarmon, savodsiz er orqasidan rohatu farog'atda yasholmagan ayolning portret chizgilaridan ham peyzajning ayol portretiga uyg'un
holatini sezish qiyin emas. Yoki "Tepada tund va xira osmon....." jumlasida ham
tund va xira osmon Dehqonboy ayolining kayfiyati, ruhiyati bilan uyg'unlashgan. U o'zining haq-huquqlari to'g'risida bir og'iz ham aytishga botinolmaydi. Uning hayoti go'yo tund osmonday, qalbi xiralashgan. Dehqonboyning "oyog'i ostida ayoli tumshug'ini tizzasining ko'ziga tiraganicha mo'ltirab turar, nima qilarini bilmayotganday edi". Mazkur parchada ham ayolning "tumshug'ini tizzasining ko'ziga tirashi" va mo'ltirab o'tirishi nochor ahvolda qolgan holatini tasvirlaydi. Kitobxon Dehqonboyning turmush tarzini xona interteri tasviri orqali ham anglaydi: "Uyga yetib kelishlari bilanoq ayol eski-tuski ko'rpalarni to'shab, joy hozirladi" Eski-tuski ko'rpa to'shashi uning yashash sharoitini ko'z o'ngimizda namoyon etadi. Yoki "Pastak shiftli kulbada Dehqonboy aka hamon to'lg'ona-to'lg'ona "oh" urib yotardi" kabi misol ham Dehqonboyning turmush tarzini ko'rsatgan.
Yozuvchi Mo'minning ruhiy holatini "dili xuftonlanib chiqdi" tarzida tasvirlaydi. Mo'min o'z ishidan ko'ngli to'lmaydi. Yerini foydalanib turish uchun Xudoyorga topshirganidan qattiq afsus chekadi. Ko'rinadiki, yozuvchi badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli tasvirlash, his-tuyg'u va kechinmalarni yorqin ifodalash uchun tasviriy vositalaridan unumli foydalangan.
Xulosa shuki, Shoyim Bo'tayev hikoyalarida qo'llanilgan badiiy tasvir vositalari asar ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qilgan.
REFERENCES
1. Quronov D., Sheraliyeva M., Mamajonov Z. Adabiyotshunoslik lug'ati. -Toshkent, 2013. - B.382.
2. Shoyim Bo'tayev. Shamol o'yini. - Toshkent, "Yozuvchi" nashriyoti, 1995. -
3. Shoyim Bo'tayev. Ko'chada qolgan ovoz. - Toshkent, ma'naviyat, 2005. - B.236.
4. Oripova, G. M., & Tolibova, M. T. Q. (2021). Composition Of Modern Uzbek Stories. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03),
XULOSA
B.151.
245-249.