SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
NAZAR ESHONQUL ASARLARIDA SURAT MOTIVI
Zarnigor Nurullayeva
Qarshi davlat universiteti talabasi
Ilmiy rahbar: Odiljon Rahmatulloyevich Avaznazarov, filologiya fanlari bo'yicha
falsafa doktori
ANNOTATSIYA
Maqolada o'zbek nasrining o'ziga xos uslubga ega bo'lgan, XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida yozgan asarlari orqali adabiyotimizda postmodernizmning shakllanishida beqiyos o'ringa ega vakillaridan biri Nazar Eshonqul ijodida badiiy sayqal topayotgan surat obrazi tadqiq qilinadi. Kalit so'zlar: Nazar Eshonqul, nasr, obraz, surat, postmodernizm.
O'zbek adabiyoti tarixida faol qo'llangan motiv obrazlardan biri - suratdir. Badiiy asarlarda suratning turli shakllari - qog'ozda chizilgan surat, uzukdagi surat, suvdagi surat, tushdagi surat va boshqa ko'plab xillari uchraydi hamda ular suratlar asarda mohiyatan turli funksiyalarni bajaradi [4, 5, 6, 7]. Jumladan, Nazar Eshonqul ijodida surat yetakchi obrazlardan biri.
Nazar Eshonqul o'z asarlarida inson ruhiy holatini jo'n so'zlar bilan emas, badiiyat vositalari orqali tasvir etadi. Tabiatga, jamiyatga bo'lgan isyon, insoniyatni qurshab turgan iztiroblar ranglar, hidlar, suratlar orqali ifoda etiladi. Xususan, "San'at -1", "San'at - 2", "Xaroba shahar surati", "Qora kitob", "Tobut shahar", "Maymun yetaklagan odam" asarlarida yozuvchining bu uslubi yaqqol namoyon bo'ladi. Bunda yozuvchi meditativ holatlarni kitobxonga so'z orqali ifoda etishdan ko'ra surat orqali havola qilishni ma'qul ko'radi. Fikr-mulohazani o'quvchining o'ziga topshiradi. Har bir asarda keltirilgan surat va undagi ranglar orqali yozuvchi kitobxonni qahramonning ruhiy olamiga olib kiradi. Jamiyatdagi ijtimoiy holatlarni ana shu ramziylik orqali badiiy talqin qiladi. Xususan, yozuvchining "Maymun yetaklagan odam" asarida cholning chizgan suratlari kitobxonni o'sha davr olamiga sayohat qildiradi. Bu suratlar mislsiz azoblarda o'rtanayotgan, bor bisotidan, o'zligidan ajralgan, dunyoga qo'l siltagan inson ichki olamini namoyon qiladi. Ular buyuk rassomlar asari singari qabariq va ta'sirchandir. Ushbu suratlarda o'z xotiralarini yengolmagan, taqdir so'qmoqlarida adashgan odam so'zlab turganday ko'rinadi.
"Ayvon uzun bo'lib, suratlar chizilgan yillariga qarab ko'rgazmaga qo'yilgandek terib qo'yilgan, to'g'rirog'i bor-yo'g'i qirqqa yaqin sur'at va eskizlar "1957", "1947", "1937", "1928", "1926" va hakazo tartibda terib qo'yilgan edi. Suratlarni oralab borar ekanman, qandaydir zinalardan cholning umr tilsimoti
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
yashiringan qo'rg'on tomon ko'tarilib borayotgandek his etdim o'zimni..." [1] Asardagi ushbu satrlarni o'qir ekanmiz, suratlarni o'ngdan chapga qarab surat chizilgan yillar, o'tmishdagi voqelikka ishora qilayotganini anglash qiyin emas. Ayniqsa, qahramonning "1921" yilda chizilgan sur'ati e'tiborni tortadi. "Surat ancha uquvsizlarcha chizilgan bo'lsa-da, ranglari yorqin va tiniq edi. Suratda quyuq o'rmondan maymunni yetaklab chiqayotgan barvasta gavdali yigit tasvirlangan edi. Yigitning ko'zlari tiyrak va ishonch bilan porlab turar, maymunning bo'yniga solingan kishan tarang tortilgan edi, qizg'ish va javdari bo'yoq yigitning ko'nglidagi hisni to'la aks ettira olgan edi" [1]
Nazar Eshonqulning asaridagi ushbu tasvirlar, o'sha davrdagi insonlar obrazining tipiklashtirilgan vakili - cholning ruhiy holatini bo'yoqlarda aks ettirish uchun xizmat qiladi. Hayotga katta ishonch bilan kirib kelayotgan, qarashlaridan butun dunyoni o'ziga bo'ysundira oladigan, navqiron yigit qiyofasi gavdalantiriladi. Undan keyingi davrlarda chizilgan suratlarda esa bo'yoqlar o'z o'rnini topgan, tabiat manzaralari tobora go'zallashib, ranglar turfa xilda tasvirlanib boraveradi, biroq keyingi tasvirlarda osmon-u falakni qoplagan kuzgi qarg'alar kabi suratlarga mavhumlik cho'kadi. Boshqa ranglar o'rnini qora ranglar ola boshlaydi. O'ttizinchi yillarda chizilgan suratlarni qora rang butkul egallab oladi. Shu o'rinda bizda fikr paydo bo'ladiki, ilk chizilgan surat umid deb atalmish tuyg'uning chavandoziga aylangan, navqiron yigitning hayotida, e'timodida umidsizliklar paydo bo'lishi, ranglar orqali tasvirga ko'cha boshlaydi.
"Aynan o'sha davrdagi suratlarda huvullab qolgan qishloqlar, ko'chalar egalarini tashlab ketgan uylar o'ziga chorlab turgan qabristonlar, o'lim isi kelib turgan har xil qurollar yig'layotgan ayollar va biyday dalani bosib ketgan o'laksaxo'r quzg'unlar, murdalar ortilgan aravalar panjarali kameralar, yonib yotgan qishloq qandaydir qo'rquvdan xuddi "Pompeyaning so'nggi kuni" kabi dong qotib qolgan olomon, sirli maxluqlar, yirtqich hayvonlar yuzlariga har xil jondorlarning niqoblarni kiyib olgan odamlar (karnaval bo'lsa kerak deb o'ylagandim), bazm-u jamshid qilib o'tirgan shotirlar, aroq navlari, turli xil taomlar, yalang'och ayollar, ma'suma qizlar qovjirab qolgan gullarning sur'atlari aks etgan edi... [1]
Yuqorida keltirilgan suratlar orqali cholning hayotida yuz bergan 30-yillardan keyingi voqeliklarning guvohi bo'lamiz. Bunda surat shu qadar mahorat bilan chizilganki, kitobxonning ko'z oldiga xo'rlanish, tahqirlanish, adolatsiz tuzumning necha minglab insonlarning qurbon bo'lishiga sababchi bo'lgan partiyani qo'llab-quvvatlash; to'g'ri yo'ldaman deya o'z vatandoshlarining umriga zomin bo'lgan alaloqibatda esa ishongan g'oyalari puch ekanligini tushunib odamlar orasidan o'zini chetga tortib nima to'g'ri-yu nima egri ekanligini sarhisob qilib, umrini taftish qilib yashash bilan o'tgan chol obrazi namoyon bo'ladi. Oxirgi surat esa maymun, qarab turgan umidsiz ko'zlariga g'am cho'kkan, munkaygan bir cholni o'rmon sari
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
yetaklab ketardi. Bu tasvir orqali nafaqat yozuvchining ijodiy mahorati, balki asarning kompozitsion qurilishini e'tirof etmaslik mumkin emas. Yozuvchi hayotning kirish va chiqish eshiklari bo'lgani kabi san'atning ham kirish va chiqish eshiklari borligini badiiy tasvirlar misolida suratlarda chizib ko'rsatadi. Asarda, ilk surat orqali qahramonning sirli olamiga bir kalit bilan olib kirilsa, cholning umr yakunidagi surati esa bu sirli olamdan olib chiqib eshiklarni qulflaydi va qahramonning ruhiyatidagi holat ham ana shu sirli olamdan uzilib o'z nihoyasiga yetadi.
Nazar Eshonqulning yana bir asari "Qora kitob"dagi surat ham e'tiborli. Ushbu asarda ham adib qahramonlarning ruhiyatini so'z bilan ifoda etishdan qochadi. Ularning ruhiyatidagi isyonkorlik, iblisga o'zini topshirish, insonlarning ustidan hukmronlik o'rnatish holatlari so'zlar bilan emas, ular chizgan sur'atlar, undagi bo'yoqlar orqali ifoda etiladi. "Suratda keng va biyday dala qandaydir qo'ng'ir rangli tog'ga borib tutashar kun shafaq payti, tog' cho'qqilari ortida so'nayotgan yarim quyoshning atrofiga xira nur sochib turgani tasvirlangandi. Dalada odamlarning suyaklari qalashib yotar, ular qop-qora edilar. Tog'da qalashib yotgan suyaklar va qovjiragan maysalar, minglab sajdaga bosh qo'ygan odamlar boshida ko'zlarini ko'kka nayza qilganicha qop-qora kiyimda ulug'vor va g'olib qiyofada cho'qqi soqol turar va u o'ziga sajda qilayotganlarga kibr va muzaffar nigohini qalab go'yo ko'kni parchalamoqchiday turardi. Suratning tagiga "Isyon" deb yozilgandi..." [1] Bu sur'at omma tomonidan" Dunyoni tozalash va o'zgartirish deya baholanar ekan, qissada voqea-hodisalar, his-tuyg'ularni faylasufona fikr-mulohazalar va ruhiy kechinmalarni birinchi shaxs tilidan bayon qiladi. "Qora kitob" - insonga abadulabad hamroh bo'lgan va qiyomatga qadar Odamni (Odam Atodan boshlangan) to'g'ri yo'ldan ozdirishga ont ichgan shaytonning nayranglari haqida. Ushbu asarda ham butun umrini taftish qilayotgan, yetmish yoshga chiqib o'zligini, o'z qilmishi va hayotidagi mavqeini anglab olgan kishining tazarrusini eslatadi. Xususan, o'g'lining chizgan suratlarini ko'zdan kechirar ekan,qancha vaqtlardan beri farzandining (iblisdan bo'lgan) maqsadini anglayolmay yurgan ota, birgina shu surat orqali o'g'lining va iblisning rejalarini anglab yetadi. Qahramon o'z umr daftarini varaqlay turib: "Men ulug' gunohkorman", - deydi.
Ushbu qissa qahramoni bevosita bir qarashda "Maymun yetaklagan odam"dagi chol tasviriga o'xshab ketsa-da, asarning syujeti, kompozitsiyasi hamda xarakteristikasidan tubdan farqlanib turadi. Shu o'rinda, "Qora kitob" asaridagi qahramon: "- Yoshligimda bir kitob o'qiganman, keyin umr bo'yi shu kitobning ta'sirida yashadim. Bu kitob umrimni boshqardi, u men uchun muqaddas kitob bo'lib qoldi. Fojialarning boshi ana shu kitobda..." - deb ta'kidlaydi. Asarda qora kitob kabi surat ham kelajakka ishora qilib iblisning insoniyat ustidan g'alaba qozonishiga bo'lgan chirkin maqsadlarini namoyish qilishga xizmat qiladi. Ushbu asarda ramziy ma'noda insoniyatning o'z xohish va istaklariga bosh egib, iblisga asir tushib uning yo'lidan
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
yurish, alaloqibat yo'qsillikka yuz tutish nazarda tutiladi, ikkinchi tomondan, iblis timsolida "Dunyoni bo'lib olish va hukmronlik qilish siyosati"ni amalga oshirgan mustamlakachi mamlakatlar ko'zda tutilayotgan bo'lishi ehtimol. Bundan tashqari, turli xil fikrlarning bo'lishi mustasno emas, negaki postmodernizm adabiyotida kitobxon nafaqat o'quvchi, balki yozuvchi ham ekanligini unutmaslik lozim.
Nazar Eshonqulning "San'at - 1", "San'at - 2", "Xaroba shahar surati", "Tobut shahar" nomli asarlarida ham tasvir usulidan foydalanilgan. "San'at - 1", "San'at - 2" asarida yozuvchi voqeiylikni to'g'ridan-to'g'ri hikoya qilar ekan, asar zamiriga chuqur ma'noni singdirib yuboradi. Rassom o'zining suratlari juda g'aroyib, u odam qurbi yetmaydigan ishlarga qodir ekanligini aytganda, shoh undan osoyishtalikning rasmini chizib berishini so'raydi. Rassom "har xil bo'yoqlarda avval shohlikning, so'ng unda yashayotgan fuqarolarning suratini chizdi,lekin suratdagi odamlar favqulodda itoatkor,mo'min va mehnatkash edi. Rassom ularni g'oyat qunt va ustalik bilan chizar, uning qo'li jodugarnikidek harakat qilardi. Surat chizilgan sayin shohlikdagi odamlarning ham tabiati asta-sekin o'zgarib borardi. Shaharda g'alayonlar birin-ketin tinchiy boshlagan edi" [1].
Bu hikoyada insonlardagi ruhiy holat bayon etilar ekan, insonlar rassomdan turli xil narsalarning tasvirini chizib berishini so'raydi, ammo hech kim baxtning suratini chizib berishini so'rashmaydilar. Bu esa o'quvchini mushohada qilishga chorlaydi, turli xil savollar tug'ilishiga zamin yaratadi.
"Xaroba shahar surati" asarida esa yozuvchi mutlaqo boshqa usuldan boradi.Asarda millat taqdiri surat orqali ramziy usulda namoyon qilinadi. Bu surat qahramon tilidan "Tursoriya" deb nomlanib, vayronaga aylangan shahar tasvir etiladi. Bunda yozuvchi badiiy to'qimadan mahorat bilan foydalanadi. Xususan, bir mamlakat, millatning ahvolini to'g'ridan-to'g'ri tarif etmasdan, surat misolida tasvirlab beradi.
"Suratda hali me'yoriga yetmagan xira bo'yoqlar fonida vayronaga aylangan shahar burdalangan jasaddek bo'rttirib tasvirlangandi"; "shaharning ko'chalari rostdan ham shunchalik tahlikali tasvirlangandiki, suratga qarab turib hozir men turgan xonaga ham shaharni vayron etgan bosqinchilar bostirib kelsa-chi, degan xavotirga tushib qolardingiz...", deya tasvir etilar ekan asarda qahramonning Tursoriyaga talpinib yashashi, suratdagi mamlakat qahramonni qanchalik qiziqtirsa, boshqalarni shunchalik ajablantirishi, ular tayinsiz bir rassomning fazlu irodasi bilan vayron etilgan qandaydir Tursoriyani deb tashvish chekib yurishi sababini tushunmasligi bunday mamlakatni butunlay inkor etishi, botinida tan olsa ham, zohirida bu mamlakatdan yuz o'girishini surat timsolida gavdalantiradi. "Tobut asarida yozuvchi noma'lum sabablarga ko'ra o'lim ko'paygan chekka muzofotdagi olis shahar xususida so'z boradi. Bu shaharning odamlaridan achimsiq hid anqiyotgan, ularning ko'zlarida tahlika va vahm to'lib
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
turganini, shaharning fayzsiz, odamlarning yuzida to'nib qolgan umidsizlikni mohirona tasvirlab beradi. Asarda ushbu shahar loyihasini chizgan me'morning
"Hammalaring uning changalidasizlar, shahar ham uniki, u menga aytib turdi, men qurib berdim..." [1] deya loqayd va parishon odamlarga baqirishi, uning "Dunyoga eng ulkan va odamzot hali xayoliga keltirmagan shahar quramiz", deya puch g'oyalarga ishonib oqibatda esa jinnilikka yuz tutishi asarning mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Xususan, bu shahar bir paytlar eng go'zal maskanlardan biri sifatida qurilish arafasida edi, biroq shahar qurilib bo'lish arafasida me'mor tushida keyin o'ngida alahsiraydigan odat chiqaradi. Oqibat u o'z ustaxonasini yoqib yuboradi. U "butun shasharga o't qo'yaman" deb baqirar ekan shaharni yoqib ulgurmay uni telbaxonaga jo'natishadi. U o'zini yaratgan asarni o'zi yoqmoqchi bo'lgan san'atkorlardan birinchisi edi. Asarda butun jumboqqa, butun bir voqeiylikka kalit o'sha surat, chizma edi. Chizmada shshar tobut shaklida chizilgan va shu asosda bunyod etilib, undagi insoniyat o'limga mahkum edi. Yozuvchi o'zining asarlaridagi tasvirlar orqali inson qalbidagi inson qalbidagi isyonni gavdalantirishga, puch g'oyalarga ishonib umrini yelga bergan bashariyatning ruhiyatidagi holatlarni tasvirlashga e'tiborini qaratadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, asar qahramonida gallyunatsiya holatlari yetakchilik qiladi. Bunday qahramonlar tasvirida psixologik va tragik holatlarning sinkretik talqinlari yuqori turadi. Nazar Eshonqul asarlarida shunday tipdagi ma'naviy va ruhiy majruh ruhdagi timsollar uchraydi. "Tobut" hikoyasidagi tobut shaklidagi shahar qurilishining me'mori bo'lgan kishi obrazi shunday gallyusinatsiya xastaligiga giriftor bo'lgan odam. Mazkur hikoyada ham N.Eshonqul o'zining ko'p murojaat qiladigan mavzuyi - sho'ro davri jabrdiydalari taqdirini qalamga olgan. N.Eshonqul o'zining asarlarida, yovuzlik yuziga ezgulik niqobini kiygan, XX asrda inson nomidan, ezgulik nomidan yovuz kimsalar ish ko'radigan, ayniqsa, insoniyatning keyingi tarixida ezgulikni yovuzlikdan ajratib olish qiyin bo'lgan davr qahramonlarini qayta yaratadi. Chunki yovuzlik ham ezgulik foydalangan tildan, so'zdan foydalanadiki, u ham ezgulik haqida javrab turadi. Uning yuziga qarab ajratib olish qiyin edi. N.Eshonqul asarlarida isyon-qalbning, ruhning, musibatli yurakning isyoni sezilib turadi.
"Isyon - inson mohiyatidir" degan ekzistentsialcha falsafa asli Bodlerdan boshlangan. Bodler she'riyati ijod - isyonning yorqin namunasidir. Buni Sharqda junun deb ham atashadi. N.Eshonqul ham o'z asarlarida, yovuzlikka qarshi isyon qiladi, ze'roki isyon so'nsa, iste'dod ham so'nadi, - deydi yozuvchi X.Norboy bilan bo'lgan suhbatida. Xususan, adib Kafka asarlari haqida fikr bildirar ekan, Kafka ijodi eng katta isyon ekanligini "Jarayon" ham "Qo'rg'on" ham isyon ekanligini ta'kidlaydi. Biz ham N.Eshonqul asarlarini o'qir ekanmiz undagi tasvirlar, ranglar, badbo'y va chirkin hidlar, suratlar orqali inson ruhiyatidagi isyon, inson qalbidagi ijtimoiy norozilik ifodasi tasvir etilganiga guvoh bo'lamiz.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Эшонкул Н. Момокушик;: кисса ва хикоялар. - Тошкент: Гафур Гулом, 2019. - 332 б.
2. Eshonqul N. Tobut / "O'z AS", 1992, 17 iyul.
3. Cho'lieva N. Ijodkor mahorati va janr poetikasi (Nazar Eshonqul qissalari misolida). Fil. fan. bo'yicha fals. dokt. diss. avtoreferati. - Qarshi: 2020. 15-b.
4. Авазназаров О.Р. Алишер Навоий достонларидаги йул, йуловчи, сафар ва манзил талкинларида бадиий тушларнинг роли. "Alisher Navoiy" xalqaro jurnali. -2022. - № 3. - Б.44-57.
5. Avaznazarov O.R. The role of the image of Saki in the Navoi's literary and historical mission. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguistics and Interdisciplinary Studies. Volume: 9 / Issue: 3 / - Maсedonia, 2020. - P.10-17.
6. Avaznazarov O.R. Image of wine in lyrics of Navoi. Узбекистонда хорижий тиллар. - 2019. - № 1. - Б. 163-170.
7. Нуриддинов Ш.Б. Авазназаров О.Р. Эпизоды сна в поэме Алишера Навои «Семь планет». Молодой ученый, 2015. - С.942-944.