ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
UILYAM FOLKNER GUMANIZMINING O'ZIGA XOSLIGI
Sitora Ikrom qizi Akramova
O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti 2-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada XX asr Amerika adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Uilyam Katbert Folkner ijodining o'ziga xosligi, adib asarlarida insonparvarlik g'oyalarining badiiy tadqiqi ko'rsatilgan. Folkner asarlaridagi insonparvarlik g'oyalari uning romanlari tarkibiga kirgan hikoyalari misolida tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Уилям Фолкнер, Фолкнер хдкоялари, инсонпарварлик, гуманизм, А^Ш адабиёти.
The article shows the uniqueness of the work of William Cuthbert Faulkner, one of the great figures of American literature of the 20th century, and the artistic research of humanitarian ideas in his literary works. The ideas of humanity in Faulkner's works are analyzed on the example of the stories included in his novels.
Keywords: William Faulkner, Faulkner stories, humanitarianism, humanism, US literature.
Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori, atoqli amerikalik yozuvchi Uilyam Folkner (Uilyam Folkner, 1897-1962) nomi haqli ravishda XX asr AQSh adabiyoti tarixida birinchi o'rinlardan birini egallaydi. O'tgan asr Amerika nasrida "Yoknapatof' siklida o'xshashi bo'lmagan roman, qissa va hikoyalar muallifi U.Folkner adabiy ongning zamonaviy ingliz tilida shakllanishiga, badiiy kashfiyotlar yaratilishiga jiddiy hissa qo'shdi. Yozuvchi tomonidan yaratilgan asarlar 1950-90-yillarda Amerika adabiyotining rivojlanish xususiyatini sezilarli darajada aniqlab berdi.
Folkner har qanday yo'l bilan ham o'z "dunyosi" chegaralarini chetlab o'tishga, o'zining mittigina, "pochta markasi o'lchamidagi" vatanining bir bo'lagini nafaqat makonda, balki zamonda ham o'rganishga harakat qildi. Folkner Amerika adabiy an'analarining qiyosan qisqaligini, Amerika tarixining o'zining qisqaligini juda yaxshi bilgan va shuning uchun bu nisbatan tor tarixiy
ABSTRACT
KIRISH
doiralar ichida har bir faktni, har bir epizodni tarixiy nuqtai
January, 2023
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
nazardan qo'yishga, o'tmishga va kelajakka aylantirishga juda qat'iylik bilan intiladi.
U.Folkner nasrining muhim sahifasini uning hikoyalari tashkil etadi. Yozuvchi XIX asrda V.Irving, E.A.Po, N.Gotorn, asr boshida M.Tven va S.Kreyn, XX asrda S.Anderson ijodida rivojlangan amerika qissalari an'analarini davom ettirish bilan birga, kichik nasrning ko'pchilik zamondoshlari va izdoshlaridan sezilarli darajada ajratib turadigan takrorlanmas o'ziga xos hikoya qilish uslubini yaratadi.
U.Folkner hikoya va qissalarni nafaqat tirikchilik maqsadida yozgan. U bu janrni juda yaxshi ko'rar edi, ko'plab hikoyalar keyinchalik uning romanlari tarkibiga kirdi. Folknerning "Bu o'n uchta" (1931), "Muso" (1942) to'plamlari, 1950-yilda Milliy kitob mukofotiga sazovor bo'lgan "Hikoyalar to'plami" nashr etilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
U.Folknerning ilk she'rlar kitobi 1924-yilda nashr etilgan. Birinchi romani "Askar mukofoti" 1926-yilda nashr etilgan. "Sartoris", "Shovqin va qahr", "O'lim to'shagida", "Ibodatgoh", "Avgust yog'dusi", "Avessalom, Avessalom!", "Qishloq", "Shahar", "Qo'rg'on", "Muso, kel", "Naql" singari yirik romanlar, hikoyalar hamda qissalar muallifi. Nobel mukofoti sovrindori. Ibrohim G'afurov XX asrning saksoninchi yillarida Folknerning "Emili uchun atirgullar", "To'zonli sentyabr", "Uosh", "Qora musiqa" singari hikoyalarini o'zbek tiliga tarjima qilgan edi.
Uilyam Folkner ijodi ko'plab adabiyotshunoslar tomonidan tadqiq etilgan. O'zbekistonda Muhammadjon Xolbekovning "XX asr modern adabiyoti manzaralari" (Jahon adabiyoti va madaniyati 18.09.2018), "Uilyam Folkner romanlari poetikasi" (Xorijiy filologiya jurnali 2022-yil 1-son), "Folkner olami" ("O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi. 2011-yil 43-son), Nazar Eshonqulning "Uilyam Folkner" (2017-yil, 3-may. Ziyouz.uz), A.X.Saidovning "Uilyam Folkner - insonparvar yozuvchi" ("Uilyam Folkner. Qissa va hikoyalar" kitobiga so'zboshi. Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2013-yil" maqolalari va boshqa tadqiqotlar orqali o'rganilgan.
"U.Folkner Missisipining sarhadsiz madaniy sahrosida yolg'izlikda ishlab,-deb yozgan amerikalik yozuvchi va tanqidchi Jon Oldrij, - o'z ijodi uchun bog' yarata oldi. Yozuvchi bu bog'ni shu qadar mehr bilan parvarish qildiki, u bugungi kunda ham butun insoniyat dunyosidagi mamnun odamlar tasavvurini oziqlantirishda davom ettirmoqda".
Fransiyalik yozuvchi J.P.Sartr esa maktublarning birida Folknerning romanlarini "erishib bo'lmaydigan badiiy jasorat" sifatida baholagan.
Maqolani yoritishda tasniflash, tahlil etish, qiyoslash, xulosalash usullaridan foydalanildi.
January, 2023
TAHLIL VA NATIJALAR
Ma'lumki, U.Folkner ijodida INSON taqdiri uchun qayg'urish, odamlar boshiga tushadigan kulfatlar, ular hayotida duchor bo'ladigan adolatsizlik va shafqatsizlikni ko'rsatish asosiy o'rinni egallaydi. Buni yozuvchiningo'zi ham suhbatlarining birida "Men mansub bo'lgan yagona maktab - bu insonparvarlik maktabidir" degan edi.
O'smirlik paytidan uyidan chiqib ketib turli ishlarni bajargan, qiyinchiliklar ko'rgan Uilyam Katbert Folknerning bolaligi Mark Tven qahramonlari - Tom Soyer va Gek Finn hayotini eslatadi. Uilyamning bolalik hayoti o'z yoshiga xos bo'lmagan taassurotlar bilan to'la bo'lgan. U ikki marta qora tanlilar qatl etiladigan Linch sudini kuzatgan. Bu dahshatli irqiy fojia yosh Uilyamga qattiq ta'sir qilgan. Buni keyinchalik Amerikadagi irqiy muammo sifatida yozuvchining deyarli har bir asarida ko'tariladi.
Uilyam 1924-yilda "Marmar favn" ("The Marble Fawn") nomli ilk she'rlar to'plamini chiqarganda yozuvchi Shervud Anderson unga shunday maslahat bergan: "Siz, Folkner, qishloklik yigitsiz. Siz bilgan hamma narsa - Missisipidagi bir qarich yerdir. Ammo shuning o'zi yetarli. Bu ham Amerika". U.Folkner asarlarida tasvirlangan mana shu "bir qarich yer" - yozuvchi tomonidan o'ylab topilgan Missisipidagi Yoknapatofa okrugi o'sha davrdagi Amerika janubi va butun mamlakat timsoliga aylangan. "Yoknapatofa" Chikeso hindularining tilida "vodiyda tinch oqadigan daryo" ma'nosini anglatadi. U.Folkner Yoknapatofani Shimoliy Missisipining qadimiy xaritalaridan qidirib topgan. Bu joylardan oqib o'tadigan daryo shunday nomlangan. Yoknapatofa nomining ramziy ma'nosi esa "hamma narsani qamrab oladigan, boshlanadigan va oqib tushadigan joyi bo'lmagan daryo -hayotdir". U.Folkner bu hayot daryosi oqimida "oqib" ona yurti tarixini butun Amerika tarixi bilan bog'laydi. Yozuvchi aytganidek, "mo'jazgina pochta markasidek" keladigan o'z qadrdon yurti hayot manzarasi keyinchalik U.Folkner ijodining bitmas-tuganmas manbaiga aylangan.
Folkner o'z xayolida yaratgan ana shu jimitday okrugda yashovchi barcha odamning botiniy tarixini yozib chiqishni niyat qilgandi. Aslida, bu makon yozuvchi xayoliy va botiniy olamining bir ko'rinishi edi. U shu yo'l bilan o'z dunyosini, adabiyotda esa o'z so'zini yaratishga kirishdi. Yozuvchi bu dunyoni ko'z oldidagi yalang'och, ochko'z, nafsga va kibrga berilgan, bir-biriga bo'rilarday qaraydigan, yovvoyi va shafqatsizliklarga to'lib-toshgan dunyoga, Amerikaning yangicha, tobora texnikalashib, sovuqlashib, moddiylashib borayotgan hayotiga qarama-qarshi tarzda yaratgandi. U bolaligida eshitgan va ulug'langan, ko'z oldidagi yangi dunyo oldida kunma-kun
January, 2023
424
yo'qolib borayotgan maгdlik, oгiyat, sha'n, insonpaгvaгlik kabi fazilatlarni ana shu dunyosida saqlab qolmoqchi edi, bunga ma'lum ma'noda erishdi ham.
Hayotni oqayotgan daryoga qiyoslagan Uilyam daryoning sokinligi aldoqchi ekanligi, aslida hayot daryosining muttasil oqimi dahshatli va shafqatsiz ekanligi haqida yozadi. Yozuvchi o'z yurti aholisi sonini bilgan va asañarida ulaгdan 600 kishini nomma-nom atab tasvirlagan. Bunda yozuvchi asarlarida o'zi yashagan, bilgan, ko'rgan hayot haqiqatlarini badiiy ifoda etgan. Yozuvchi bu haqda shunday degandi: "Menda keng ko'lamli taгixiy manzaгalaгni yaгatish niyati bo'lmagan, shunchaki qo'l ostimda bo'lgan maqbul asboblardan foydalandim. O'zim yaxshi bilgan naTsadan, ya'ni tug'ilgan va hayotimning katta qismi o'tgan joydan foydalandim. Bu xuddi duradgor ish tutganidek - u panjara yasaydigan bo'lsa, yonida yotgan bolg'achadan foydalanadi".
Uilyam Folknerni ijodkor sifatida, eng avvalo, insonning jamiyat bilan o'zaro munosabatlaгi qiziqtiгgan. Uni insonning rnhiy holatlaгi, u ega bo'lishi kerak bo'lgan axloqiy qadгiyatlaг qiziqtiгgan. "Ziyoratgoh" ("Sanctuary", 1931) гomanida shafqatsiz va qalbsiz odam - Katta ko'zli gangster tasvirlangan. "Lekin, — degandi U.Folkner bu hakda, - u men uchun yana bir yuqotilgan insoniy mavjudotdir. U hozirgi davr jamiyatida tasodifan yovuzlik ramziga aylangan, lekin men g'oyalaг, гamzlaг to'g'risida emas, balki odamlaг haqida yozaman"
Yozuvchi "hayotdagi salbiy hodisalarni faqat ularga barham berish uchungina tasvirlash kerak", deb ta'kidlaganini yoddan chiqarmaslik lozim.
U.Folkner 1942-yilda jahon adabiyotida eng mashhur bo'lib ketgan «Ayiq» («The Beaг») qissasini yozgan. Har yilning noyabг oyida biг gumh eгkaklaг o'гmon xo'jayini hisoblangan afsonaviy qari ayiq oviga yo'l oladi. Ruy berayotgan voqyealaг o'spiгin nigohi bilan tasviñanadi, o'quvchi ko'z o'ngida uning tabiat bilan til topishga harakat qilishi, o'rmon bilan yakkama-yakka uchrashishga tayyorgarlik ko'гishining betakror lavhalari gavdalanadi. Ushbu asar U.Folknerning uslubi va falsafiy tamoyillarini yaqqol ifoda etgan. Asarda asosiy o'гinni odamlar, yovvoyi hayvonlar emas, balki tabiat - O'rmon egallaydi. U- bosh qahramon, barcha haqiqat va abadiylikning Odam Atosidir. Asardan tabiat bilan bahslashma, uni bo'ysundiгishga uгinma degan xulosa kelib chiqadi. "Ayiq"da insonning tabiat bilan uzaro munosabatlaridagi ruhiy holati ochib berilgan, ona tabiatning zamonaviy mexanizatsiyalashgan sivilizatsiya bosimi ostida qanday halok bo'layotganligi chuquг iztirob bilan tasviгlangan. "Bu asaг ramziydir,- degan edi U.Folkner. - Bu faqat bola to'g'risidagina emas, balki zamin, dunyo bilan bahslashish uchun voyaga yetadigan har bir inson mavjudoti haqidagi voqyeadir. Ayiq vahshiylik timsoli emas, balki qarish jarayonidir... Bola bu
January, 2023
425
ayiqdan ayiqlar to'g'risida emas, balki dunyo, inson, matonat, rahmdillik, mas'uliyat haqidagi narsalarni bilib oladi".
1949-yilda U.Folknerga "Hozirgi davr Amerika romanini rivojlantirishga salmoqli va badiiy jihatdan noyob hissa qo'shganligi uchun" Nobel mukofoti berilgan. Yozuvchi o'ziga bu yuksak mukofot berilishi marosimi uchun yozgan nutqida insoniyat muammolari hamda ijodkorning burchi va mas'uliyati to'g'risida shunday degan: "Men insonning halokatga uchrashi to'g'risidagi fikrni rad etaman... Men inson yo'q bo'lib ketishiga ishonishdan voz kechaman... Men odam faqat hamma uqubatlarga chidabgina qolmasdan, balki g'alaba qozonishiga ishonaman... Bu haqda yozish yozuvchining, shoirning burchidir. Insonning ruhini ko'tarib, uning yodiga matonat, shon-sharaf, g'urur, achinish, rahmdillik - o'tmishda uning qudrati bo'lgan hamma narsalarni yodiga solib, ruhini ko'tarish - yozuvchining faxriy vazifasidir. Shoirning so'zi inson ishlarining shunchaki qorozga tushirilgan yozuvlari bo'lmasligi kerak - u insonga kurashish va g'alaba qozonish uchun yordam beradigan mustahkam tayanch bo'lishi zarur... Inson faqat insoniyat ovozi hyech qachon uchmasligi uchun emas, balki inson o'z xarakteri, qalbi bo'yicha qaygurish, qurbonlikka tayyorligi va matonatligi uchun mangu barhayotdir."
U.Folkner adabiyotda "Amerika orzusi"ni tasvirlar ekan, ruh oqsuyaklarining qator avlodlari hayotini tasvirlaydi. G'urursiz va vijdonsiz, prinsipsiz va e'tiqodsiz, insoniy hissiyotlardan yiroq, ayyor, uddaburon, hayotda puldan boshqa hamma narsani qadrsiz deb bilgan Flem Snoups U.Folknerning boshqa qahramonlaridan farq qiladi.
Adib, aslida, asarlarida o'zi eshitgan afsonalardagi fazilatlarni ko'z-ko'z qilish o'rniga bu fazilatlarning qanday puturdan ketayotganini, o'zining xayolida yaratgan va bobolaridan meros qolayotgan insonparvarlik, g'urur, insoniylik, sha'n tushunchalari tanazzulga yuz tutayotganini ko'rsatib bergan. Folkner bobolari yashagan afsonaviy janubning go'zal o'tmishini va uning axloqini o'zi bilmagan holda asarlari orqali inkor ham eta boshlagandi. Bobosi haqidagi afsonalarda insonlar tabaqalarga bo'linar, zulm va zo'rlik, mustabidlik qahramonlik darajasida sharaflanardi, yozuvchi peshma-pesh o'zi yaratgan afsonalarda inson va uning qalbi ulug'lanar, zulm va mustabidlik qoralanardi.
Yozuvchi Nazar Eshonqul Folkner asarlari qahramonlari haqida shunday fikrlarni bildiradi: "...qahramonlarning yuzida tirikchilik va umr g'uborlari qorishig'ida ko'rinmay yotgan dardchil, muztar qalbni ko'ramiz. Yozuvchi aynan ana shu inson qalbini ko'rsatib berish va ta'riflash uchun asarni yozgandek taassurot uyg'onadi. Aslida ham shunday. Folkner adabiyot inson ko'ngliga hamdard bo'lishi kerakligini ko'p marta
January, 2023
426
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
ta'kidlagan, shuning uchun uning asarlari texnikalashgan, aniq o'lchamlarga qurilgan, ma'lum qoidalarga bo'ysundirilgan, hissiyot va shafqatdan, hamdardlik va hamko'ngillikdan xoli yangi hayotga zidma-zid tarzda yaratildi. Bu qahramonlar o'zlarining kichkina, dard va iztirobga to'la qalblarini zamon alg'ov-dalg'ovlaridan yashirib yurgan odamlarga o'xshaydi. Yuzi va zohiridagi zamon hamda beshafqat qismatdan yashirgan, unut bo'lish darajasiga kelgan, hayot g'uborlari ortida xiralashgan ko'ngil yo'lagini ko'rib qolamiz." Bu asarlarda voqyealar ham izchil rivojlanmaydi. Odatiy syujet chizig'i ham yo'q. Syujet xuddi «Shovqin va g'alayon» romanidagi kabi birdan o'tmishga qarab rivojlanib ketishi, biz bugun deb o'ylayotganimiz, asli, o'tmish bo'lishi yoki o'tmish deb o'ylayotganimiz xuddi "Emil uchun atirgul" hikoyasidagi kabi bugunga aylanishi, miflardagidek o'tmish qiyofasini bugunga almashtirishi mumkin. Mazkur asarlarda dastavval o'zi bilan o'zi konfliktda turgan odam ichki kurashiga duch kelamiz. Boshqa asarlarda bu konflikt hududi kengayadi: o'zi bilan makon va zamon, o'zi bilan o'zini o'rab turgan olam konfliktida turgan odam tahliliga o'tiladi. Har qaysi holatda ham biz qahramon ichki dunyosining, inson qalbining mufassal chizgilariga guvoh bo'lamiz.
Folknerga qaysi adabiy oqimga mansubligini so'rashganda ikkilanmay: «Men shunday o'ylayman va, fahmimcha, bor gap ham shu: men taalluqli va mansub bo'lgan birdan-bir maktab bu - gumanizm maktabidir!» - degandi.
U.Folknerning ijodiy daholigi faqat tasavvurining kuchi, ehtiroslarni bayon etishdagi mahoratidagina emas, balki uning asarlari folknercha insonparvarlik g' o ya s i bilan sug'orilganidir. Bu - ayrim odamlar, umuman butun sivilizatsiya davrida yul qo'yilgan xatolar va gunohlarga qaramasdan, insonlarga muhabbat, insoniyatga ishonchdir. U.Folknerning butun ijodi, eng yaxshi romanlari va hikoyalari kitobxonni hayot haqiqatiga tik qarashga o'rgatadi, eng yuksak insonparvarlik hislarini ular qalbiga joylashga chorlaydi. Adibning o'zi yozuvchining burchini "inson qalbini mustahkamlab, uning yodiga insonning adabiy shuhratini tashkil etadigan mardlik, umid, g'ypyp, rahmdillik, fidoyilikni solib, insoniyligini saqlab qolishga yordam berish"da deb bilgan.
REFERENCES
1. Muhammadjon Xolbekov. XX asr modern adabiyoti manzaralari. Uilyam Folkner. Jahon adabiyoti va madaniyati 18.09.2018
2. Xolbekov Muxammadjon N. Uilyam Folkner romanlari poetikasi.
XULOSA
Xorijiy filologiya jurnali 2022-yil 1-son. http://samxorfil.uz
January, 2023
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
3. Muhammadjon Xolbekov. Folkner olami. «O 'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi. 2011-yil 43-son.
4. Nazar Eshonqul. Uilyam Folkner. 2017-yil, 3-may. Ziyouz.uz
5. A.X.Saidov. Uilyam Folkner - insonparvar yozuvchi./ "Uilyam Folkner. Qissa va hikoyalar" kitobiga so'zboshi. Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2013-yil.
6. Sinkler Lyuis. Amerikaliklarning adabiyotdan qo'rquvi. 1930 yil. https://kh-davron.uz/kutubxona/jahon/
7. Uilyam Folkner. Qissa va hikoyalar. Toshkent, "Yangi asr avlodi", 2013-yil. -180 bet.
8. Uilyam Folkner. Quyosh zavoli. Rus tilidan Olim Otaxonov tarjimasi www.kh-davron.uz
9. Uilyam Folkner, «Qissa va xikoyalar» (tuplovchi va suzboshi muallifi A.X.Saidov). «Yangi asr avlodi», 2013 yil.
10. Uilyam Folkner. Nobel mukofotini topshirish marosimida so'zlangan nutq. 1950-yil Ruschadan Qudrat Do'stmuhammad tarjimasi. Ziyouz.uz
11. W. Faulkner. Essays, Speeches and Public Letters, N. Y., 1965, p. 114.
January, 2023