Научная статья на тему 'ULUG‘BEK HAMDAM IJODIDA DAVR RUHIYATI VA TALQIN MAHORATI'

ULUG‘BEK HAMDAM IJODIDA DAVR RUHIYATI VA TALQIN MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

4364
497
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy ong / hayotiy reallik / modernizm / realizm / xarakter / konsepsiya. / social consciousness / life reality / modernism / realism / character / concept.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shohsanam Yolqin Qizi Samatova

Maqolada Ulug‘bek Hamdam romanlarida davr yangilanishidagi o‘zgarishlar, qahramonlar surati va siyratini aks ettirishdagi o‘ziga xos jihatlar, ruhiy tahliliy qarashlar haqida so‘z boradi. Bunda yozuvchining “Muvozanat” asari asosida hayotiy realliklarni badiiy talqin qilish orqali ijodkor mahoratini ochishga harakat qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SPIRIT OF THE TIME AND THE SKILL OF INTERPRETATION IN THE WORKS OF ULUGBEK HAMDAM

The article deals with the changes in the novels of the period in the novels of Ulugbek Hamdam, the peculiarities of the depiction of the heroes and their biographies, psychological analytical views. At the same time, we tried to reveal the creative skills of the author through the artistic interpretation of realities of life on the basis of the work "Balance".

Текст научной работы на тему «ULUG‘BEK HAMDAM IJODIDA DAVR RUHIYATI VA TALQIN MAHORATI»

ULUG'BEK HAMDAM IJODIDA DAVR RUHIYATI VA TALQIN

MAHORATI

Maqolada Ulug'bek Hamdam romanlarida davr yangilanishidagi o'zgarishlar, qahramonlar surati va siyratini aks ettirishdagi o'ziga xos jihatlar, ruhiy tahliliy qarashlar haqida so'z boradi. Bunda yozuvchining "Muvozanat" asari asosida hayotiy realliklarni badiiy talqin qilish orqali ijodkor mahoratini ochishga harakat qildik.

Kalit so'zlar: ijtimoiy ong, hayotiy reallik, modernizm, realizm, xarakter, konsepsiya.

THE SPIRIT OF THE TIME AND THE SKILL OF INTERPRETATION IN THE WORKS OF ULUGBEK HAMDAM

The article deals with the changes in the novels of the period in the novels of Ulugbek Hamdam, the peculiarities of the depiction of the heroes and their biographies, psychological analytical views. At the same time, we tried to reveal the creative skills of the author through the artistic interpretation of realities of life on the basis of the work "Balance".

Keywords: social consciousness, life reality, modernism, realism, character, concept.

Alanga va nur bir-biri bilan qanchalik uyg'unlashgan bo'lsa, hayot bilan faoliyat ham bir-biriga shu qadar mustahkam bog'langan. Nimaiki nur sochsa, shubhasiz, yoritadi, nimaiki yashayotgan ekan, so'zsiz harakatda bo'ladi. Hayot kabi ijodiy jarayon ham shunchalik poyonsiz, betakror va ko'p qirraliki, unda har bir yozuvchining ehtiyojiga, iqtidoriga yarasha o'rin hamma vaqt topiladi. Ijod mahsuli bo'lgan badiiy adabiyot fikr ommasi, qalb

Shohsanam Yolqin qizi Samatova

Qarshi davlat universiteti magistranti shoxsanamsamatova2@gmail.com Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. Boynazar Yo'ldoshev

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

February, 2022

hislari bilan doimo sayqallanadigan, to'xtashni bilmaydigan, borgan sari nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan yog'du.

Zero, badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakli sifatida tarixiy taraqqiyot qonuniyatlariga bo'ysunadi. Jamiyatda yuz bergan o'zgarishlar badiiy adabiyotda ham o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Biror badiiy asarning tasvir nozikligini, obrazlar tizimini to'g'ri tushunmoq, tili, jozibasini his etmoq uchun shu asar yaratilgan davr badiiy tafakkuriga xos xususiyatlarni bilish kerak bo'ladi.

"Davr va adabiyot goyat murakkab muammodir. Chunki zamonning asosiy belgisi uning tinimsiz harakatdaligi, o'zgarib turishi bo'lsa, asl adabiyotning bosh xususiyati uning o'zi yaratilgan zamonga qaraganda ko'proq yashashga intilishi, barqarorroq bo'lishga urinishidir.

Zamonda turib zamonni ko'rish qiyin, uning biror jihatini baholash yanada mushkul. Shuning uchun istiqlol davri adabiyoti, unga xos belgilar haqida gapirish g'oyat mas'uliyatlidir."[1]

Bugungi kunda o'zbek adabiyoti vakillari orasida Ulug'bek Hamdam o'zining chuqur sermazmun roman va hikoyalari bilan xalq ogziga tushgan yozuvchilardan biridir. Uning "Muvozanat", "Isyon va Itoat", "Sabo va Samandar" kabi romanlari, "Uzoqdagi Dilnura" qissa va hikoyalar to'plami XX asr o'zbek adabiyotida oz o'rniga ega. Shuningdek, "Tangriga eltuvchi isyon", "Atirgul" va "Seni kutdim" she'riy to'plamlari, "Badiiy tafakkur tadriji", "Yangilanish ehtiyoji", "Yangi o'zbek she'riyati" nomli monografiyalari ham nashr etilgan. Ulug'bek Hamdam zamonaviy o'zbek adiblari orasida asarlari boshqa tillarga ko'p o'girilayotgan va Ozbekistondan tashqarida e'tirof etilayotgan oz sonli ijodkorlardan biridir. Uning "Isyon va itoat" romani, "Yolg'izlik" qissasi, o'nga yaqin hikoyasi va she'rlari ruschaga tarjima qilindi. Ijodkorning "Tosh" degan hikoyasi va bir qancha she'rlari ingliz tiliga o girildi. "Muvozanat" romani va "Tosh" hikoyasi Amerikada e'tirof etildi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Ulug'bek Hamdam ijodi yangilikka, yangilanishlarga boy. Bu haqda adabiyotshunos olimlar, tanqidchilar ham alohida e'tirof etadilar. Yozuvchining adabiyotga chaqindek kirib kelib, katta-yu kichik kitobxonlarga birdek ma'qul bolgan "Muvozanat" romani e'lon qilindi-yu, bunga har bir tanqidchi, adabiyotshunos olimlar munosabat bildirmay qolmadi. "Muvozanat"ning ro'yobga chiqishida ustoz O.Sharafiddinovning roli katta, buni yozuvchi uchrashuv va suhbatlarida har vaqt minnatdorlik bilan e'tirof

etadi: "Romanni o'qib chiqar ekanman, bugungi kun odamini

February, 2022

tasvirlashda xali realizmning ochilmagan imkoniyatlari kop ekaniga imon keltirdim."[2]

Ulug'bek Hamdam roman yozilgan payti ko'pchilikni qiynayotgan, ko'pchilikning ongu qalbida kechib o'tgan yoki kechib turgan holatni qalamga oldi. Bu holatni Dilmurod Quronov shunday izohlaydi: "Muvozanat" mavzu jihatidan goyat dolzarb va muhimi, bir paytlari oz vaqtida yozilgan roman sifatida dunyoga keldi. Masalaning ikkinchi tomoni dolzarb mavzuning qanday yoritilgani. Roman ko'p jihatdan avtobiografik xarakterga ega. Ulug'bek asarning ko'p o'rinlarini yig'lab yozgan, yurak-bag'rini burda-burda qilib matnga singdirib yuborgan. "Muvozanat"ning bir o'tirishda yozilgandek (M.Qoshjonov) taassurot qoldirishi, hatto, asarni yoki muallifini uncha xushlamaydiganlar ham uning samimiy yozilganini beixtiyor e'tirof etishlari shundan."[3]

Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat"romanida ko'pchilikning ongu-qalbidan kechib o'tgan yoki kechib turgan holat tasvirlangan. "Muvozanat"da yaqin o'tmishimiz, odatlanilgan turmush-tarzidagi o'zgarishlar ruhiyatimizda keskin evrilishlarni keltirib chiqargan davrdagi muvozanatsizlik holati qalamga olingan. Asar mavzu jihatidan g'oyat dolzarb muammoga bag'ishlangan. "Muvozanat" romanida tanlangan mavzu, asar g'oyasi roman nomidan seziladi. Romanda yangi davr ostonasida turgan insonning qalbidagi mezonni ijtimoiy tuzum, davr va makon o'zgarishlari oqibatida ma'lum darajada buzilishi, saqlab turilgan muvozanatni qalqib ketishi keng ko'lamda yoritiladi. Darhaqiqat, romanda avvalo, mavzu yangi. Muallif badiiy ijodda muvozanat tushunchasiga yangicha yondasha bilgan. "Demak, gap bu yerda realizmda yoki modernizmda ham emas. Gap san'atkorda, uning tafakkurida va mahoratida. Adabiy asar esa chinakam asar namunasi bo'lmog'i uchun, realizmga mansub bo'ladimi, romantizm uslubida yozilgan bo'ladimi, yoki qandaydir boshqa modernistik uslubga amal qiladimi, baribir, yana takror aytib o'tmoq joiz, uning markazida inson turmog'i kerak, kitobxon insonning taqdiri, tabiati, hayoti haqida muayyan axborot olish bilan birga bu asardan estetik zavq ham ola bilsin." (2) Bir qarashda oddiydek tuyulgan muvozanat tushunchasi asar davomida nihoyatda katta va keng kolamli mohiyat kasb etadi. U turmushning, hayotning, inson ma'naviyatining har bir jabhasida oz bo'yini ko'rsatadi. Asarda yozuvchi istiqlolga erishganimizdan keyingi davrni, muhitni yoritib berishda ayni tushunchani asosiy mezon sifatida asarning bosh g'oyasi, mavzusi bilan bog'laydi. Asar kompozitsiyasi va syujeti ham ana shu asosda tuziladi.

February, 2022

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Albatta, Muvozanatning markazida inson,Yusufning taqdiri, uning iztirobli izlanishlari turganini hech kim inkor qilmas. "Muvozanat" o'quvchisi asar badiiy voqeligini muallif nigohi orqali ko'radi, unda qahramonlar bilan birga yashab ko'radi, his qiladi; yozuvchi bilan birga ularning taqdiri, o'zaro munosabatlarini muhokama qiladi, fojialari ildizini anglashga intiladi, qo'yilgan muammolar yechimini izlaydi va muayyan xulosalarga keladi. Shularning bari estetik zavqdir. Ya'ni, estetik zavq asarning oz-o'zicha namoyon bo'luvchi obektiv xossasi emas, balki o'quvchi ongiyu qalbida kechuvchi ma'naviy-ruhiy jarayondir. Shu bois ham badiiyat hodisasi o'qish jarayonidagina mavjud, u hamisha yozuvchi, asar, o'quvchi birligida namoyon bo'ladi. Demak, badiiyat hodisasining voqe bo'lishi asarning o'zigagina emas, o'quvchiga, uning ijodiy tasavvur imkoniyatlari, umumma'rifiy va madaniy saviyasi, o'qish malakasi, emotsional holati, niyati kabi qator omillarga ham bog'liqdir. Muallif qahramonlarning hayot yo'llarini tasvirlash asosida o'sha davrni ochib berishga harakat qilgan. Bunga misol qilib romanda keltirilgan Yusuf qarashlarini olish mumkin: "Axir kechagina - rahbar lavozimida ishlab turgan chog^ida Said qanaqa edi, bugun-ishdan ketib, uyda o'z qismati bilan o^zi yolg^iz qolganda qanday? Kecha uning yuzlaridan, gap-so^ziyu butun harakatlaridan kuch yog^ilardi. O^zini juda azim va arzigulik maqsadga bag^ishlagani hamda o^sha yolda dadil qadam bosayotgani sezilib turardi. Erishgan muvaffaqiyatlari shu qadar zo^r ediki, esiga bir paytlardagi qadrdon do^sti Yusuf ham kelmasdi. Bugunchi? Bugun u hammasidan mosuvo etildi va ilgarigi g^ayratidan, ko^zida chaqnab turgan olovdan asar ham qolmadi: choлkdi-ketdi. Demakki, u oлzini tutib turgan maqsad-u manfaatidan, ko^pchilik bilan bir deb his qilish yuksakligidan judo bolib, ijtimoiy-ma 'naviy jihatdan yakkalanib qoldi "[4]

Yusufning ikkinchi do'sti Mirazimning holati shunday tasvirlanadi: "Mirazim-chi? Bolalikning barcha havaslari ro^yobga chiqib, yuragi huvillab qolgan Mirazim! Orzularining birontasiga ham yetolmagan Amir bu yoqda aqldan judo bolsa, u yonda barcha niyatlari amalga oshgan Mirazim o^zini boshi-keti yo^q sahroga chiqib qolgandek his etmadimi? Etdi. Xo^sh, nega? Axir Mirazim hamma orzusiga erishdi-ku! Chunki har ikki holda ham inson yakkalanib qolmadimi?.. "[5]

Yusuf asarning boshidan to oxiriga qadar bir narsa uchun - oliy qadriyat uchun kurashdi. "U hayotda, atrofida nimalar yuz bergan va berishi mumkin

bo'lgan bo'lmasin, baribir, insonni tutib turgan oliy qadriyat

February, 2022

Muvozanatdan,

unga erishish mashaqqatidan yuz o'girmadi. Ammo bu shunchaki muvozanat emas edi. Ushbu muvozanatning bir ildizi insonning o'zidan boshlanib, ikkinchisi muhaqqaq ravishda u yashayotgan jamiyatning bag'ridan suv ichadi. Bas, shunday ekan, istiqlol va yurt obodligi masalasi Yusuf nazarda tutgan va o'zi romanning boshidan oxirigacha intilgan ulug' Muvozanatning ajralmas halqalaridir", deya ta'kidlaydi Marhabo Qochqorova.[6]

Yusuf oliygohda bir maqsad bilan o'qidi, undan so'ng oliygohda ishladi. U faqat halol yo'ldan bordi. Oilasini oylik maoshi bilan boqdi. Lekin shaharda bugina pul bilan kun ko'rish qiyin edi. Turmush qiyinchiligi tobora o'z ta'sirini ko'rsatdi. Ijarama ijara ko'chib yurish, moddiy qiyinchilik uning Oygul bilan munosabatlari keskin tus olishiga sabab bo'ldi. Oila qanchalik oqibatli, ittifoq bo'lmasin moddiy qiyinchilik baribir o'z ta'sirini ko'rsatadi. Orada muvozanat susayadi. U o'g'lidan ayrilayotganida muvozanatni yo'qotadi. Yusuf obrazi -millatparvar, vatanparvar, ko'tarinki ruhiyatga ega inson. Romandagi tarixchi Muhammadjon aka davri o'tgan odam obrazidir. U o'zining yolg'on asosga qurilgan hayotini tushunib yetadi. Shuning uchun ko'zi ochiq ketadi. Qushlarning qafasdan chiqarib yuborilishida inson erkiga ramziy ishoralar beradi. Muhammadjon aka o'zi sevgan qushlarini ozodlikka qo'yib yuborar ekan: "Bu yerda bog'lar ham qolmadi, tog'lar ham. Hammasini yakson qilib, bag'rini tilib, Paxtazorga aylantirishdi bular!.. Bor, qushim, uch, endi, uch!" Davr ruhiyati inson kechinmalariga ta'sir ko'rsatyapti va inson o'zi bilan o'zi kurashib qilgan ishlarini anglab yetmoqda.

Asardagi eng yirik, ta'sirchan obraz - Amir mavjud o'tmish davrining xos kishisidir. Amir ruhi va tani sog' bo'lishiga qaramasdan, jinnixonaga tashlanadi. Amir sog'lom bo'la turib, o'zini jinnilikka solishga majbur bo'ladi. Jinnilar qo'lida pati yulib tashlangan musicha qiyofasida ramziy ma'noda u o'zini ko'radi. Amir o'zi yashayotgan hayotda o'z orzulariga erisha olmagach, qondirilmagan mayllar - o'z orzusidagi hayot, erishilmagan muhabbat - uning keyingi qismatida o'z izini qoldirdi. Amir obrazi bilan bog'liq tasvirlarni kitobxon ruhiy qiynoqlar va tizginsiz savollarsiz befarq o' qiy olmaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ulug'bek Hamdam ijodida milliylikdan umuminsoniylik sari o'sib chiqqan asarlar borki, ular chet el adabiyotida ham munosib baholandi. Yozuvchi adabiy an'analarning munosib vorisi sifatida davom

ettirish barobarida shaklan ham mazmunan yangilanishlar yo'lida

February, 2022

urinishlarni amalga oshirdiki, adabiy tanqidchilikning munosabatiga tayangan holda ularni muvaffaqiyatli chiqdi, deya ayta olamiz. Ulug'bek Hamdam "Muvozanat" romani bilan XX asr o'zbek adabiyotida an'anaviylik bilan ham yangi badiiy-estetik tafakkurni ifodalash mumkinligini to'la isbotladi. Ayniqsa, asardagi Amir obrazi o'zbek adabiyotiga butunlay yangi timsol bo'lib kirib keldi. Uning vositasida insonni kashf etishda adabiyotning ochilmagan qirralari, muammolari borligi ayon bo'ldi. Asardan shunday xulosaga kelish mumkinki, butun olam muvozanat qonuni asosida turgan bo'lsa, jamiyat ham, uning asosini tashkil qilgan insonlar ham ayni muvozanat tufayli barqarordir. Muvozanat buzilgan zahoti hayotda, demak, uning a'zolari orasida har xil kutilmagan o'zgarishlar, hatto izdan chiqishlar boshlanadi. Adibning nafaqat romanlari, balki qissa va hikoyalarini oqiganimizda ham asar qahramonlari va davr ruhiyatini haqqoniy qirralarda tasvirlab, yozuvchilik mahoratini to liq namoyon etganligini koramiz. Ulug'bek Hamdam ijodini chuqur ilmiy tadqiq etish adabiyotshunoslik ilmi uchun yangi ma'lumotlar beradi. Demak, bu boradagi izlanishlarni ko'paytirish foydadan holi emas.

REFERENCES

1. Yo'ldosh Qozoqboy. Yoniq so'z. T.: Yangi asr avlodi, 2006.

2. Sharafiddinov Ozod. Ijodni anglash baxti.T.: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2004.

3. Quronov Dilmurod. Adabiy jarayonda Mom sindromi. www.ziyouz.uz

4. Hamdam Ulug'bek. Muvozanat.T.: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2007.

5. Qochqorova Marhabo. "Muvozanat romanida shartli ramzlar" maqola.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.