Научная статья на тему '“QORA KITOB” QISSASIDA MODERNISTIK RUHIYAT'

“QORA KITOB” QISSASIDA MODERNISTIK RUHIYAT Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2150
185
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nazar Eshonqul “Qora kitob” qissasi / o„zbek modern adabiyoti / badiiy talqin / modernistik ruhiyat. / Nazar Eshankul / the story “Qora kitob” / artistic interpretation / modernist psyche / uzbek modern literature.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Surayyo Mahmasharif Qizi Mirzayeva

Ushbu maqolada o„zbek modern adabiyoti vakili Nazar Eshonqulning “Qora kitob” nomli qissasi tahlil qilinadi. Asarning modernistik uslubi haqida fikrlar bildiriladi. Badiiy jihatlari haqida xulosalar qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MODERNIST SPIRIT IN THE STORY OF THE “QORA KITOB”

The article analyzes the story “Qora kitob” by Nazar Eshankul, a representative of modern Uzbek literature. An opinion is expressed the style of interpretation of the work in the modernist spirit. Conclusions are made about the artistic aspects.

Текст научной работы на тему «“QORA KITOB” QISSASIDA MODERNISTIK RUHIYAT»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-767-771

"QORA KITOB" QISSASIDA MODERNISTIK RUHIYAT

Surayyo Mahmasharif qizi Mirzayeva

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi Adabiyotshunoslik kafedrasi 2-bosqich magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek modern adabiyoti vakili Nazar Eshonqulning "Qora kitob" nomli qissasi tahlil qilinadi. Asarning modernistik uslubi haqida fikrlar bildiriladi. Badiiy jihatlari haqida xulosalar qilinadi.

Kalit so'zlar: Nazar Eshonqul "Qora kitob" qissasi, o'zbek modern adabiyoti, badiiy talqin, modernistik ruhiyat.

THE MODERNIST SPIRIT IN THE STORY OF THE "QORA KITOB"

ABSTRACT

The article analyzes the story "Qora kitob" by Nazar Eshankul, a representative of modern Uzbek literature. An opinion is expressed the style of interpretation of the work in the modernist spirit. Conclusions are made about the artistic aspects.

Keywords: Nazar Eshankul, the story "Qora kitob", artistic interpretation, modernist psyche, uzbek modern literature.

KIRISH

Keyingi yillarda yaratilyotgan badiiy asarlarda inson ichki dunyosini yoritishga intilish kuchayi borayotganini sezish mumkin. Kitobxon O'rganib qolgan An'anaviy yozish uslubidan boshqacha asarlarga "modernistik" sifatining berilishi ham buning yorqin isbotidir. Inson dunyoqarashining shakllanishi jamiyat va siyosatning mahsum emas, balki ulardan ham ustun turuvchi o'zgacha bir olam ekanini tan olish an'anaga aylanib bormoqda.

Inson tafakkuri, fikrlari bilan bir qatorda ijtimoiy hayot ham o'zgardi. Hayot va dunyoqarash o'zgardimi, o'z-o'zidan adabiyot mazmuni ham o'zarib boradi. Nazar Eshonqulning "Qora kitob" qissasi fikrimizni ma'lum darajada tasdiqlaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Insoniyat tarixidagi inson erki bilan bog'liq o'zgarishlar dast avval san'at asarlarida namoyon bo'ladi. Istiqlol sharofati bilan boshlangan Yanglanishlar o'zbek

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 767 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-767-771

badiiy adabiyotida hamyuz ocha boshladi. Bu holat ayniqsa an'anaviy uslubda voqelikni yanggicha badiiy talqin etishda, shu bilab birga, shakliy o'zgarishlarda ham ko'zga tashlanadi.

Inson ruhiy olamiga yangicha qarab o'zgacha badiiy talqin etish jarayonlari M. Muhammad Do'st, O. Otaxonov, X. Do'stmuxammad, T. Murod ijodida ancha ilgari boshlandi. Nazar Eshonqul, Shodiqul Hamro, Ulug'bek Hamdam kabi yosh nosirlar ijodida bu tamoyil davom etdi va yetakchi uslubga aylanadi.

N. Eshonqulning "Maymun yetaklagan odam" [4. Nazar Eshonqul. Ijod falsafasi, 243-bet] to'plamiga kirgan hikoya qissalar biz yuqorida eslatib o'tgan yo'nalishning orginal namunalari bo'ldi. Bu asarlar badiiy adabiyotda yangicha tafkkur yuritish inson iztiroblarini tasvirlashi bilan xarakterlanadi.

N. Eshonqulning "Qora kitob" qissada voqea-hodisalar, his-tuyg'ular faysalufona fikr-mulohazalar va ruhiy kechinmalar birinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. "Qora kitob" - insonga abadul-abad hamroh bo'lgan va to qiyomatga qadarv Odamni (Odam Atodan boshlangan) to'g'ri yo'ldan ozdirishga ont ichgan Shaytonning nayranglari haqida. Asarning syujet liniyasi retrospektiv syujetga asoslangan bo'lib, voqealar rivoji davomida qahramon xarakteridagi ichki kurashlar, ruhiy bir isyon jarayonida uning hayotida tub burilish bo'lgan holatni ko'ramiz. Bu tasvir xususiyati ma'lum ma'noda qahramon iroda yo'nalishini belgilab beradi. Adib ko'proq ramziy ma'no kasb etuvchi detal va obrazlar orqali kitobxonni jalb qilishga xarakat qiladi, tasvir voqeligini aniq bir g'oyaviy yo'nalishga bo'ysundiradi. "Qora kitob" shayton kutkusini o'z hayotiga dasturulamal etib olgan va uni o'z farzandlari tarbiyasiga ham singdirgan va alaloqibat o'z xatosini ilg'ab etgan kishining boshidan kechirganlari xaqidagi asardir.

Qissa mohiyat e'tibori bilan yetmish yoshga chiqib o'zligini o'z qilmishi va hayotidagi mavqeni anglab olgan kishining tazarrusini eslatadi. Qahramon turmushning past-balandini achchiq-chuchugini yaxshi-yomon ko'rgan inson sifatida kelgan xulosalari o'ta tushkun ruhda. Uningcha "odamzoddan umid qiladigan narsaning hammasi o'lgan. Hammasi halok bo'lgan". Hamma narsa boy berilgan barbod bo'lgan. "Endi buni hech narsa qutqara olmaydi. Na go'zallik na ishonch, na ezgulik".

Farovon hayotga ishonch ezgulik, yaxshilik, umisvorlik kabi tushunchalardan bir yo'la ko'ngli sovigan qahramon insoniyatning bugungi holi, turish-turmushi atrof-muhitda yorug'likdan nishona yo'qligi noloyiq tarbiya oqibatida xulqi yomon farzandlarning voyaga yrtgani ayniqsa o'zi o'zining qilmishlari va individual "men"i

Academic Research in Educational Sciences VOLUME l \ ISSUE 12 \ 2021

ISSN: l181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-767-771

xususida tinimsiz fikrlaydi. U o'zining 42 yilllik ongli faoliyati xaqida mulohaza yuritib: "Men insonning ulug'ligi ezgu va go'zal fazilatlari ota va farzand burchi oili totuvligi jamiyat va inson munosabai axloq va muhabbat xaqida 42 yil ma'ruza o'qidim endi o'ylasam 42 yil odamlarni aldabman", -deya iqror etadi.

Uning ma'ruzalari dastlab ko'tarinki kayfiyatda bo'lgan juda ko'p talablarni o'ziga rom etgan. Ammo umrining ma'lum bir bekatiga yetgach (30 yildan so'ng) hamma narsa sarobga aylangan. Go'zallik, komillik va ezgulik tushunchalarining o'rnini yozuvchilik va bahshiylikka oid qarashlar egallagan. Qaxramon shunday xulosaga keladi: "Inson - yozuvchilik ijodkori. Inson yozuvchilikni ulug' san'at asari darajasiga ko'taruvchi birdan-bir jonzot... go'zal narsalarning hammasi halokatdir. Har qanday go'zallik ortida vaxshiylik yashiringan bo'ladi, go'zallik vaxshiylikning yuvosh ko'rinishidir".

Bir-biriga munosib bo'lmagan narsalarning jamlanishi va bir-birining mantiqiy davomi sifatida berilishi qahramonning favqulotda teran fikrlari uning ichki dunyosida kechayotgan jarayon ifodasi kitobxonni beixtiyor xushyor torttiradi. Bu g'aroyib insonda o'z kasbini sevgan va maroqli ma'ruzalar o'qigan muallimda o'z qizini o'ldirib, qotilga aynalgan otada bunday bir qarashda purhikmat bo'lib ko'ringan fikrlar qayerdan paydo bo'ldi? Yetmishga kirgan har qanday kishi shunday xulosalarga keladimi? Hamma ham hayoti poyoni yetgach o'zining o'tgan, umriga shu tarzda tupuradimi? Bu barcha insonlarga xos xususiyatmi?

Extimol bu tarzda qo'yilgan savollar o'rinlidir. Ammo qissaga va bugungi adabiyotga bunday yondashuv bunday talab noo'rindir. Chunki bugungi adabiyot insonning nuqson (birgina inson, omma, olamon) va fazilarini o'zida mujassam etgan muayyan tiplardan tashqari, yolg'iz bir inson umriga xos aloxidalikni ham, yolg'iz bir inson ruhiyatiga xos yrmirilishlarni tasvir etishga xaqlidir. Biz badiiy adabiyotning tshqi omillarga urg'u berishga, asar mazmunini qayta so'zlashga o'rganib qolamiz. Agar asarning ichki qatlamlariga ramzlar ortiga yashiringan ma'nolarga jiddiy e'tibor berilsa chegara va qoliplar parchalanadi.

Inson hayotida shunday lahzalar bo'ladiki u muayyan fikrlar majmuasini o'z turmush tarzi uchun dastur uchun dastur qilib oldi, uni eng to'g'ri va o'zgarmas xaqiqat o'rnida qabul etadi. Ilohiy dasturlarni nazariga ilmagan borlig'ida faqat aql hukmronlik qilgan inson tomonidan yozilgan shaytoniy kitobga yoki shayton insho qilgan qora kitobga maftun bo'lgan kishining umr laxzalari, kunlari, boringku, umrning oxiri pushaymonlikder. Pushaymonlik, afsus-nadomat, tavba- tazarru har vaqt nisbatan yuksakroq, oliyroq qadriyat qarshisida tug'uladi; qandaydir xaqiqatni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-767-771

teranroq anglash, umr mazmunini [yoki mazmunsizligini] xis etish oqibatida yuzaga keladi.

"Qora kitob" qissasidagi qaxramon [ya'ni qissago'y] o'z umr daftarini varaqlay turub; " Men ulug' gunohkorman",- deydi.

Yozuvchi bu e'tirof bayoniga kirishar ekan, qaxramonining o'tmishiga nazar soladi. " Yoshlikdagi bir kitob o'qiganman, kiyin umr buyi shu kitobning ta'sirida yashadim. Bu kiitob umrumni boshqardi. U men uchun muqqadas kitob bulib qoldi. Fojialarning boshi ana shu kitobda... Hayotda nimaki yaratgan bo/lsam, shu kitob ta'sirida yaratdim. Shu kitob xukumida xukm qildim. Bolalarimni ham shu kitob bilan tarbiya qildim, ularning ham qalbiga sindirdim bu kitobni, so'zma-so'z, satrma-satr yod oldirdim. Umrimni kitob qo'liga xuddi tovada piyozdek qovurib berdim"

Bu kitob yoshlik ko'chasida unga ro'baro' kelgan cho'qqi soqol Iblisning shaytoniy kitobi edi. Zotan, Chuqqi soqol unga daxo bulib ko'ringan, uning ovozi, so'zlash va yashash tariziga yigit maftun bulgan. Shu kitob uning umr mazmuniga aylangan, sh kitob uni ohir-oqibat rasvo qilgan. Har qanday voqea- hodisaga shu kitob mezon bilan yondashgan.

Qissago'ye bir o'rinda: "Taqsir, men o'qigan va umrimni baxshida qilgan insoniyat tarxi ojiz va kuchlilarga, ho'rlashishiga loyiqlarga, ezuvchi va ezuluvchilarga, qullar va xojalarga qo'y va bo'rilarga bo'linadi", -degan fikrni aytadiki, jamiyat tarixini bu tarzda tasniflash yaqin o'tmishda aynan bizning jamiyatda yuz berganligi beixtiyor xayolga keladi. Muallifning qaysi davr kishisi ekani sezilib turadi.

N. Eshonqul o'z uslubiga ko'ra ma'lum bir joyga atayin urg'u bermaydi. Natijada "Qora kitob"ning sahifalari ortadi. Asar qahramoni uy-xayolidagi har qanday falsafa va hodisa beriladi; aniqrog'i qissago'yning hikoyati muallifning tasavvur quvvatiga muvofiq ravishda tovlanadi.

MUHOKAMA

Shuni ta'kidlash kerakki hech qachon asar qahramoni bilan muallif orasiga tenglik belgisini qo'yish to'g'ri emas. Chunki "Yozuvchi holati bilan ijodi orasida uzviy bog'lik bor. Yozuvchi yashagan muhit siyosiy mafkuraviy iqlim hukmdorlar nomi-qilmishi bora-bora unutiladi. Ammo yozuvchi yaratgan san'at asari yashayveradi. Mana shu asar qatlarida yozuvchi ruhi-holati o'zini hamisha namoyon etib turadi... " [Rasulov A. Ilmi g'aribani qumsab... - T.: Ma'naviyat, 1998, 27-bet.]

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-767-771

Badiiy asar birinchi shaxs tilidan bayon qilinganda qissago'y qahramon va muallif muammosi paydo bo'lishi umkin. Muallifning asl dunyosini, asl maqsad-g'oyasini anglash ham nisbatan mushkullashadi. Tadqiqotchi bunda roviyning har qanday fikrini hukmi yoki xulosasini to'g'ridan-to'g'ri muallif ustiga yuklab kuysa, muallif qarashi tarzida taxlil etsa, adashgan bo'ladi.

Insoniyatni ezgulik sari yetaklamoqchi bo'lgan inson qalbiga ezgulik va yaxshilik urug'ini ekishga intilgan har qanday harakatga shon-shuhrat xudbinlik urug'i bo'lishi mumkin. Xudbinlik doimo birinchi bo'lishiga intilish bu- insoniyat tabiatga xos xususiyat. Qissago'y bu xususiyatni o'zida farzandlarida, Iblisga ko'radi.

NATIJA

Badiiy tafakkur azaldan abadga qadar olam va odam uyg'unligini muhokama qiladi, insonni ilohiy uyg'unlik rishtalari bilan bog'lab turadi. Badiiy tafakkur esa, o'zining maqomiga chiqa olgan asarni o'zining aql o'yiniga - idrok tegirmoniga tashlaydi - aynan ana shu tasavvur va tafakkur o'yiniga erishish bugungi asr adabiyotining orzusidir. [4. Nazar Eshonqul. Ijod falsafasi, 243-bet].

"Qora kitob" qissasida iblisona "dasturlar" vositasida avlodni tarbiyalagan jamiyat xarob bo'ladi. Nazar Eshonqulning "Qora kitob" qissasida bayon qilingan voqeylik tasviri shunday xulosalar chaqrish uchun asos beradi.

XULOSA

Anglashiladiki, qissa tabiatida tasvir xususiyati milliy adabiy an'analar, epik nasr tajribalari, milliy estetik tafakkurga murojaat qilish, jahon adabiyoti uslubiy izlanishlaridan o'rganib badiiy talqinning yangi imkoniyatlarini kashf etish bilan uyg'unlashib ketadi. Ijodkorning ayni paytdagi tuyg'ulari, kayfiyati, o'ziga xos shakl va uslubni taqozo etadi. Badiiy didning turfa xilligi uslubiy rang-baranglik hamda tafovutlanishini ta'min etadi. Shu o'rinda, tasvir predmeti ichki va tashqi omillar ijodkor iqtidori, jamiyat ideali hamda ijtimoiy-tarixiy sharoit birligidan oziqlanishini alohida talab ta'kidlab o'tish joizdir.

REFERENCES

1. Eshonqul N. Maymun yetaklagan odam. - T.: Yangi asr avlodi, 2004.

2. Rasulov A. Ilmi g'aribani qumsab... - T.: Ma'naviyat, 1998, 27-bet.

3. Nazar Eshonqul "Qora kitob". T.: "SHARQ" 2018.

4. Nazar Eshonqul. "Ijod falsafasi" ("Mendan mengacha"). T.: Akademnashr, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.