Научная статья на тему 'NAZAR ESHONQULNING “URUSH ODAMLARI” QISSASIDA NORMAT XARAKTERI DINAMIKASI'

NAZAR ESHONQULNING “URUSH ODAMLARI” QISSASIDA NORMAT XARAKTERI DINAMIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

3218
264
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qissa / xarakter / urush / qalb dinamikasi

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Raxmatilla Norbekov

Ushbu maqolada bugungi kun adabiyotining ilg‟or adiblaridan biri bo‟lmish Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasida bosh qahramon Normatning xarakterini ayrim belgilari haqida so‟z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAZAR ESHONQULNING “URUSH ODAMLARI” QISSASIDA NORMAT XARAKTERI DINAMIKASI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905

NAZAR ESHONQULNING "URUSH ODAMLARI" QISSASIDA NORMAT

XARAKTERI DINAMIKASI

Raxmatilla Norbekov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

[email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kun adabiyotining ilg'or adiblaridan biri bo'lmish Nazar Eshonqulning "Urush odamlari" qissasida bosh qahramon Normatning xarakterini ayrim belgilari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: qissa, xarakter, urush, qalb dinamikasi

KIRISH

Istiqlol davri ostonasida adabiyotimizda bir-biridan ajoyib ijodkorlar va salmoqli asarlar paydo bo'ldi.Shunday ijodkorlardan va shunday asarlardan biri bu,albatta,Nazar Eshonqul va uning "Urush odamlari qissasidir.

Yozuvchi ushbu qissasida urush, uning davr va insonlar hayotiga qanchalik ulkan muammolar olib kelganligini birgina kichkina Tersota qishlog'i va unda yashovchi obrazlar orqali ochib berishga, o'sha davrdagi insonlarining qalbida, ruhiyatida ro'y bergan o'zgarishlarni, urush fojiasini ma xorat bilan chizishga harakat qilgan.

Ushbu maqolamiz qissadagi Normat xarakteri bilan bog'liq chizgilar to'g'risida. "Urush odamlari" qissasidagi Normat xarakteriga to'xtalib o'tishdan avval,olimlarimizning xarakter haqida nima deganlari haqida so'z yuritsak:

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Atoqli adabiyotshunoslarimizdan biri T. Boboev o'zining ilmiy qarashlarida xarakter haqida to'xtalib o'tar ekan, quyidagi fikrlarni keltirib o'tadi: "Xarakter -malum ijtimoiy faoliyat tipi. Xarakter, L. I. Timofeev aytganidek, obrazning yadrosi. Xarakter, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o'z individual xatti-harakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo'ladigan insonning aniq tasviri. Umuman aytganda, qahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui xarakter deb yuritiladi" .

Demak, olimning fikrlarini quyidagicha tushunishimiz mumkin. Ijtimoiy-tarixiy sharoitda o'z davri kishilarining muhim xususiyatlarini o'zida jamlay olgan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905

obrazgina xarakter darajasiga ko'tarila oladi. Asar qahramonining xarakterini ochishda, nafaqat, uning xatti - harakatlari, balki uning ruhiyatlarida yuz berayotgan o'zgarishlar ham muhim rol o'ynaydi. Olim yuqoridagi fikrlarini davom ettirar ekan, o'z fikrlarini mohiyatini tushuntirish uchun turli tomondan yondashadi. "Nazariy adabiyotlarda xarakterning mohiyatini aniqlaydigan ikki asosiy xususiyat ko'rsatiladi: a) shaxs iroda yo'nalishini ko'rsatuvchi narsa xarakterni belgilaydi. N. Pogodinning uqtirishicha, "agar odam burnini qashisa, sekin yoki tez yursa shu bilan xarakter bo'la bermaydi, xarakter - shaxs irodasining yuzaga chiqishi, harakatda ifodalanishi" demak, xarakter eng, avvalo, shaxs irodasi, o'sha irodaning yo'nalishi, uning yuzaga chiqishi va ifodalanishi bilan belgilanadi. (M. Qo'shjonov). Shaxsning iroda yo'nalishi muhitning shaxsga faol munosabati va, aksincha, shaxsning muhitga munosabatidan paydo bo'ladi; b) xulq-atvorni belgilaydigan individual ruhiy belgilar: mardlik, qo'rqoqlik, insoflilik, insofsizlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ishyoqmaslik, dangasalik kabilar. Bunday individual ruhiy xususiyatlarsiz xarakterni tasvirlab bo'lmaydi". Ko'rinadiki, olim nazariy adabiyotlarga tayangan holda xarakter mohiyatini aniqlashda ikki asosiy xususiyatni ko'rsatadi. Ulardan birinchisi, shaxsning iroda yo'nalishi deb olsa, ikkinchisi, xulq-atvorni belgilaydigan individual ruhiy belgilar deb ko'rsatadi. Demak, biz shaxsning iroda xususiyatida, asar personajining xarakterini ochishda uning tashqi harakatini ko'rsak, individual ruhiy belgilari orqali uning ichki dunyosini anglashimiz mumkin bo'ladi.Bu borada asar bosh qahramonlaridan biri Normat xarakteri, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Shaxs dinamikasi Normat obrazida butun bo'y-basti bilan namoyon bo'ladi.Asar boshida Normat kamgap, sipo, birovga ozor bermaydigan odam sifatida tasvirlansa-da, ammo uning nomus-or uchun jonini qurbon qilishga tayyorligini, so'zini birovlarga berib qo'ymaydigan inson ekanligini asar davomidagi voqealardan bilib olish mumkin bo'ladi.

O'z dalasida ishlayotganda rais Mirzaqul bilan tortishib qolib, uni o'roq bilan chopib tashlashiga bir bahya qolishi, xotining xiyonati tufayli qishloqdoshlaridan yashirinib yurishi, Xolmat merganni ushlashda Mirzaqulning haqoratiga javobi, umuman, nomusini birinchi o'ringa qo'yishi Normat xarakteridagi muhim qirralarini yanada yorqinroq ochib beradi. Asarni o'qib borar ekansiz, Normat xarakteridagi o'zgarishlarni ilg'ay boshlaysiz, Ho'sh bularning hammasi qay tariqa ro'y berdi?

Bunga sabab nima edi? Bu o'zgarishlarning hammasi nima bilan bog'liq edi? Normat xarakterini o'zgartiruvchi bosh omil urush edi.U avvallari o'ziga ishongan, mard, or-nomus tuyg'ularini birinchi o'ringa qo'ygan, jiddiy, kamgap insondan butunlay boshqa insonga aylanib qolgandi. Asarda Normat obrazi orqali yozuvchi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905

o'sha davr odamlarining, ya'ni urush odamlarining qiyofasida, so'ngra ruhiyatida ro'y bergan o'zgarishlarni umumiy fonda chizadi: "Normat polvonni ko'rish uchun kelgan qishloqdoshlari o'zlari tasavvur qilgan norg'ul, barvasta, umrida olishib ko'rmagan, lekin suyagi yirik bo'lgani uchun "polvon" deb nom olgan, qishloqning old chavandozlaridan biri, qomatidan kuch yog'ilib turgan, o'ttizdan endi oshgan o'ktam Normat polvonni emas, ozib, mushaklari shalvirab, bo'yin tomirlarida ajinlar paydo bo'lib, yara izlari qolgan, hali dorilarning badbo'y hidi ketmagan, ko'rinishidan ellikni bersa bo'ladigan, sochlari oqara boshlagan, o'zlari eshitgan urushning tirik guvohini ko'rdilar. Qishloqdoshlari uning yuzidagi zahillikka, kuygan quloqlarining orti ola-kula bo 'lib qolgan bo'yinlariga va tez-tez sarak-sarak qilib, silkinib turadigan boshiga hech ko'nika olmadilar".

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ammo bir narsani ta'kidlash joizki, yozuvchi jismoniy jarohatlar tufayli majruh bo'lib qolgan insonni qishloqdoshlari tomonidan ta'riflasa-da, ammo urushdan qaytgan obrazga shu darajada umidbaxshlik,yashash tuyg'usini singdirganki, bundan ajablanmaslik mumkin emas. Asar bosh qahramoni Normat tinch hayotga,mehnatga,butun tabiatga,mehrga tashna edi.Uning ushbu holatini mana bu satrlardan o'qiymiz : "Dunyodagi hamma narsa uning baxti, quvonchi uchun yaratilganini tuydi, endi bu narsalarni hech narsaga, hatto Xudosi kelsa ham almashmayman : bular mening hayotimdan ham aziz, menga hayot baxsh etdi, deb o'yladi. Ko'ngil darchalarini yashnab-yashnab kelayotgan hayotga qarata lang ochib qo'ydi ".

Yozuvchi Normatning urushdan qaytgan davrida yuz bergan o'zgarishlar orqali urushdan qaytgan kishining yangi umidlar, cheksiz hayotbaxshlik tuyg'usi bilan tinch hayotga qadam qo'yishini tasvirini bergan bo'lsa, oradan biroz vaqt o'tib Normatning urush qoldirgan izlardan qutula olmasligini, urush degan azob bilan uning qayta va qayta to'qnashaverishini beradi: Xolmat merganni ushlashga borganda ro'y bergan holatni (Normat polvonni chakka tomirlari bo'rtib chiqqan, ko'zlarining atrofi ko'karib ketgan, og'zining bir chekkasida sarg'ish ko'pik paydo bo'layotgan edi. Normat chinqirgancha, ikki qo'li bilan chakka tomirlarini ushladi-yu, gir aylanib yerga qayta yiqildi) va rafiqasi Anziratning xiyonatidan so'nggi holatini (Normat ko'rinishidan ham, harakatidan ham aqldan ozgandi. Uning ko 'z kosalari kattalashib, yuzi qoraya boshlagan edi. Ko'zlari qonga to'lgandi ) butunlay yuqoridagi holatga zid tarzda chizadi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 \ ISSUE 9 \ 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-9-9G1-9G5

Aslida, begunoh farzandlarning yetim bo'lib qolishlariga, farzandlarini yo'qotgan ota-onalarning oh-u nolalariga, turfa xiyonatlarga -barchasiga mana shu padarqusur urush sababchi edi.Urush hech kimni ayab o'tirmasdi.Normat urushdan qaytgach yangi orzular qilib, urushda to'kkan qonlarini mehnat orqali yuvishni istagan bo'lsa ham, urush bunga aslo yo'l bermadi. Uning o'zi ham bir safar otasining unga aytgan gaplarini eslaydi:"Odam qoni oqqan joyda mehr-oqibat,baraka ko'tariladi.U yerning nonini yegan qonxo'r bo'ladi,deyar edi otam bechora.Payg'ambarcha umr ko'rib,odam o'ldirmay ketdi.Hatto uyini talayotganlarida ham qo'liga miltiq olmadi.Kim qo'liga miltiq tutsa,u urush odamidir,u odamning o 'zini ham urush halok qiladi ",der edi.

Darhaqiqat, Normat miltiq tutib urushga kirgan, ko'p odamlarning qoniga zomin bo'lgan shaxs ham edi.Urushdan sog' qaytgan bo'lsa ham, undan minglab kilometr olislarda yashasa-da, urush o'zining sovuq nafasini bu yerlarga ham yetkaza oldi, uning solgan jarohatlari bitmadi va bir oilaning fojiali qismatiga sabab bo'ldi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, yozuvchi Normat taqdiri misolida urushning insonlar qalbida dog'lar qoldirishini, ulkan fojialar keltirib chiqarishini ochib bera oldi.

Qissa boshidan buyon Normat xarakteri bir necha marta o'zgarib bordi.Asar boshida kamgap,or-nomusli qiyofada namoyon bo'lgan bo'lsa,asar o'rtasida biroz ezma,vaysaqi qiyofada namoyon bo'ldi.

Asar oxirigacha Normat o'zi bilan o'zi kurashdi, bir tomonda nomus tuyg'usi uni qiynadi yana bir tomonda esa farzandlariga bo'lgan mehri ustun keldi,Mallaboyni uchratgandan so'ng ruhiyatida chuqur o'zgarishlar bo'ldi, urushning uning boshiga solgan muammosi Mallaboynikiga qaraganda arzimas bo'lib tuyuldi, rafiqasi Anziratni kechirmoqchi ham bo'ldi, ammo yana bir xiyonatni ko'tara olmadi, Mirzaqulni ham xotinini ham otib tashladi va o'z joniga qasd qildi. Bir oila xazon bo'ldi. Muallif bunday oilalar juda ko'p ekanligini kichkina Tersota qishlog'i va Normat taqdiri misolida ochib berdi.

REFERENCES

1. Nazar Eshonqul, "Urush odamlari", Toshkent Yangi nashr. 2019.

2. B.To'xliyev "Adabiyot o'qitish metodikasi" Toshkent. 2008-y.

3. Q.Yo'ldoshev "Yoniq so'z" Toshkent 2006-y

4. Hozirgi adabiy jarayon. O'quv qo'llanma.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905

5. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. -Jild.1. -T.: Fan, 2001. -416 b

6. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1), 37-39.

7. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity,(8), 69-73.

8. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1), 350-354.

9. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ХУЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (7), 60-63.

10. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 16411646.

11. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нущий компетенцияларни ривожлантиришда нущнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

12. Murodova, F. (2021). ABDULLA QODIRIY ASARLARINI O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 2(5), 120125.

13. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.

14. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI. The 21st Century Skills for Professional Activity, (9), 23-25.

15. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O „QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O „RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.