Научная статья на тему '“QORA KITOB” QISSASINING NOODATIY TALQINI'

“QORA KITOB” QISSASINING NOODATIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5681
410
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻzbek modern adabiyoti / Nazar Eshonqul / “Qora kitob” qissasi / badiiy xususiyatlari. / modern Uzbek literature / Nazar Eshankul / the story "Black Book" / artistic features.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ulugʻbek Abdunazarov

Mazkur maqolada oʻzbek modern adabiyoti vakili Nazar Eshonqulning “Qora kitob” nomli qissasi tahlil qilinadi. Asarning noodatiy badiiy talqin uslubi haqida fikrlar bildiriladi. Badiiy jihatlari haqida xulosalar qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN UNUSUAL INTERPRETATION OF THE “QORA KITOB” STORY

This article analyzes the story "Black Book" by Nazar Eshankul, a representative of modern Uzbek literature. Opinions are expressed about the unusual artistic interpretation style of the work. Conclusions are made about the artistic aspects.

Текст научной работы на тему «“QORA KITOB” QISSASINING NOODATIY TALQINI»

"QORA KITOB" QISSASINING NOODATIY TALQINI

Ulug'bek Abdunazarov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti kechki

bo'lim, 101-guruh talabasi ulugbekabdunazarov47@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'zbek modern adabiyoti vakili Nazar Eshonqulning "Qora kitob" nomli qissasi tahlil qilinadi. Asarning noodatiy badiiy talqin uslubi haqida fikrlar bildiriladi. Badiiy jihatlari haqida xulosalar qilinadi.

Kalit so'zlar: o'zbek modern adabiyoti, Nazar Eshonqul, "Qora kitob" qissasi, badiiy xususiyatlari.

AN UNUSUAL INTERPRETATION OF THE "QORA KITOB" STORY

Ulugbek Abdunazarov

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi, evening group, student of 101 Group ulugbekabdunazarov47@gmail.com

ABSTRACT

This article analyzes the story "Black Book" by Nazar Eshankul, a representative of modern Uzbek literature. Opinions are expressed about the unusual artistic interpretation style of the work. Conclusions are made about the artistic aspects.

Keywords: modern Uzbek literature, Nazar Eshankul, the story "Black Book", artistic features.

KIRISH

Adabiyotshunos-olim Qozoqboy Yo'ldoshning ta'riflashicha "San'atning ijtimoiy, siyosiy, diniy, mafkuraviy kabi turli nobadiiy bo'g'ovlardan ustun turadigan erkin va ozod hodisa ekaniga ustuvorlik beradigan estetik strategiyaga tayanish modernistic yo'nalishning asosiy belgisi sanaladi" [1. Qozoqboy Yo'ldosh. Badiiy tahlil asoslari. 391-bet]. Ma'lumki, Nazar Eshonqul o'zbek modern adabiyotining ko'zga ko'ringan vakillaridan biri. Muallifning e'tirof etishicha "Qora kitob" bu - o'zini anglash, o'zligini toppish isyoni" [2. Kh-davron.uz. Nazar Eshonqul. Og'riq lazzati].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Modernist yozuvchi Nazar Eshonqulning "Qora kitob" qissasi adabiy jamoatchilikka tanish. [3. Nazar Eshonqul. "Qora kitob" Qissa.] Qissada inson ma'naviyati, uning tarbiyasi, taqdiri kabi masalalar asosiy o'rinni egallaydi. Asar g'oyasi butun insoniyat taqdirining bir inson hayoti misolida aks etgan. Yozuvchi qahramonini ismini bildirmaydi. Bu esa asar voqealarining har bir o'quvchiga tegishliligini bildradi. Asar qahramoni ziyoli, yetmishni qoralagan, o'zligini anglab yetgan inson hisoblanadi. Ya'ni u ham aybdor, ham tergovchi, ham hakam bo'lib hayotini taftish qiladi, xatolari uchun muqarrar hukm e'lon qiladi. U hayotda belgilanadigan jazodan qo'rqmaydi : "Jazo nima u? Shunchaki rasmiy marosim. Hakamlar, tergovchilar kun kechirishi uchun o'ylab topilgan marosim."[3. "Qora kitob, 195-bet]. Aslida u o'zi chiqargan muqarrar jazo "o'lim"dan qo'rqadi. Bu esa uning o'zligini anglab yetganiga misol bo'loladi. Nima uchun u o'ziga muqarrar o'lim jazozini tayinladi? Qizini o'ldirgani uchunmi?! Yo'q. U o'ziga o'ttiz yil oldin jazo tayinlagan va qizining o'limi unga ozodlik bergan. Nazar Eshonqul asar davomida bu savolga oldin javob tayyorlagan: "Momahavo va Odam otaning gunohi nimada bilasizmi? Olma o'g'irlaganlikda? Bilmabsiz, taqsirim, ikkalasining aybi shundaki, ular yer yuzida gunohkorlar, tavqi-la'natga uchraganlar naslini paydo qildi.... Parvardigor odam bilan birga gunohni ham yer yuziga ekib ekib qo'ydi. Biz hammamiz la'natga mahkum etilganlarmiz" ("Qora kitob", 193-bet). Asar qahramoni bir tomondan kufriy gaplarni aytayotganga o'xshaydi. Ammo u masjidga boradi, Muqaddas kitobni ochib, bir oyatni o'qishi unga yetarli bo'ladi. Xo'sh, uning gunohlari qanday? Qahramon so'zi va orzulari bilan dunyoni o'zgartirmoqchi bo'ladi. Ammo uning ma'ruzalari tobora xudbinlikka, zo'rlikka, o'limni sevishga chorlab boradi. Qora kitobni ko'rganidan buyon uning yuragiga iblis o'rnasha boshlaydi: "zo'rlikni, o'limni sevish va unga o'zlikni baxshida qilish uchun odam aqldan ozishdan tashqari yana bir narsaga ega bo'lishi kerak: iblisning yuragiga..."(3. 219-bet) U o'g'illarini ahvolini ko'rib: "Adashayotgan inson yo'l izlayotgan insondir"-deydi (3. 217-bet). Yoshligida u ham adashib "qora kitob"dan yo'l izlaydi va o'g'illariga ham u bo' yicha tarbiya beradi. Natijada dunyoni o'zgartirishga qilgan harakati sarob, yaxshilik deb bilivchi narsalar yomonlik ekanini anglaydi. Anglagan vaqtda esa kech, orzu-umidlari so'ngan, xudbin bir inson bo'lib qoladi. O'g'lining kundalik daftaridagi quyidagi gaplar misol bo'loladi: "... u judayam xudbin odam. O'zini tutishi va tarbiyasida xudbinlik sezilmasa ham o'zining har sohada birinchi bo'lib tilga olinishini istaydi" (3. 233-bet). Hayotni o'zgartirish orzusida yashab o'zligini afsus bilan anglagan qahramonimiz shunday gap havola qiladi: ".butun insoniyat shu paytgacha bo'shliq ichida yashab kelanimizni, shu paytgacha orzu qilib, intilib, etishib kelgan narsalarimizni ham zim-ziyo nomsiz bo'shliqdan iborat ekanligini angladim" (3. 231-bet). Shuncha vaqt davomida qilgan

ishlari, so'zlagan ma'ruzalari yovuzlikka xizmat qilishini tushunganda esa kech bo'ladi, xatosini to'g'irlashga kirishadi. Iblisning avlodi bo'lgan qizini o'ldiradi. Hayoti davomida iiblisga xizmat qilgani shaytonni yaratgani va iblisning avlodlari bo'lmish bolalarini o'ldirib umri nest-u zabunlikda o'tgan inson umrining oxirida katta xulosa beradi: "Asbob buzilsa, uni yaratgan ustaga olib borib tuzatamiz. Odamzodning ham buzilgan qalbini uni yaratgan ustagina tuzata oladi. Kim ustalikka da'vogar bo'lsa, kim uni men tuzataman desa, uni faqat yana ham ko'proq vayron qilishga olib keladi". (3. 249-bet). Asar qahramoni iblis bilan birga yashayotgan insoniyatga murojaat qilib, so'nggi adashgan inson bo'lishini aytib hayqiradi.

MUHOKAMA

Nazar Eshonqulning ijodi bilan tanish insonlar uning asarlarida o'zini anglashga harakat qilayotgan qahramonlarni ko'radilar. Ular bilan bo'lgan suhbatda asarlarining bosh g'oyasi nima ekanligi so'ralganda shunday javob beradilar: Har bir inson asarlarda o'zini topa bilsin va inson haqida, uning kelajagi haqida fikr yuritishni o'rgansin. "Qora kitob" qissasida o'zini anglagan insonning hayotini tasvir etiladi. O'zini anglagan inson ming afsuslar bo'lsinkim, iblisning xizmatkoriga, keyin esa vositasiga aylanib, hayotda go'zal deb bilgan narsalarning yovuzlikka xizmat qilishni tushunib yetadi. Asar syujeti psixologik konfliktga asoslangan, unda tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim mavjud. Asarda tarbiya masalasiga ham e'tibor berilishini anglatadigan o'rinlar mavjud. Qissaning sovet davrida yozilganini hisobga olib qarasak, qahramonimiz o'zini va bolalarini xudbin qilib, ya'ni doim birinchi bo'lishga intilib, intiltirib tarbiya qiladi. Bu bir jihatdan to'g'ri . Ammo sho'ro davridan hozirgacha oilalarimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni maktabda, litseyda, institutlarda birinchi bo'lishi, doim "besh" baho olishini talab qilamiz. Natijada bolalar doim g'alabaga inonib yashaydi. Asardagi qahramon o'g'li singari tanqidga uchrasa tushkunlikka tushishi mumkinligni o'ylab ko'rmaganmiz. Yozuvchi bir jihatdan bu an'ana, ya'ni farzandlarni "5 baho ol, birinchi bo'l!"- deb emas, o'zi qiziqqan yo'nalishga yo'naltirishni o'rgatish lozimligini ham ta'kidlamoqda.

NATIJA

"Badiiy tafakkur azaldan abadga qadar olam va odam uyg'unligini muhokama qiladi, insonni ilohiy uyg'unlik rishtalari bilan bog'lab turadi. Badiiy tafakkur esa o'zining maqomiga chiqa olgan asarni o'zining aql o'yiniga - idrok tegirmoniga tashlaydi - aynan ana shu tasavvur va tafakkur o'yiniga erishish bugungi asl adabiyotning orzusidir. [4. Nazar Eshonqul. Ijod falsafasi, 243-bet].

XULOSA

Umarali Normatov "Modernizm - yoppa taraqqiyot tufayli onglarda sodir bo'lgan ulkan o'zgarish - tafakkur tarzimizdagi yangi bosqich"-deydi [5. Umarali Normatov. Ijod sehri. 277-bet]. Demak, hali bu qissa mutolaasi jarayonida yana yangicha talqinlar paydo bo'lishi tabiiy.

REFERENCES

1. Козокбой Йулдош, Мухдйё Йулдош. "Бадиий та^лил асослари". T.: "Kamalak", 2016. - 464 б.

2. www.Kh-davron.uz. Nazar Eshonqul. Og'riq lazzati

3. Назар Эшонкул. "Кора китоб" Т.: "ШАРК" 2018. - 250 б.

4. Назар Эшонкул. "Ижод фалсафаси"("Мендан менгача"). Т.: Академнашр. 2018. - 416 б.

5. Норматов У. "Ижод сехри" Т.: "ШАРК". 2007. - 352 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.