Научная статья на тему 'BADIIY NASRDA NUTQ MADANIYATI'

BADIIY NASRDA NUTQ MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1771
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutq ma’daniyati / nutq agogikasi / nutq elementlari / nutqning grammatik shakli / badiiy nutq. / Speech culture / speech agogics / speech elements / grammatical form of speech / artistic speech.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bozorova, Gulshan Chorshanbi Qizi

Nutq madaniyati tilni aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bo‘lgan munosabatidir. Maqola davomida nutq madaniyati haqida olimlarning fikri ko‘rsatib o‘tiladi va yoritiladi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa ekanligi u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot chambarchas holda taraqqiy etishi haqida fikr va mulohazalar keltiriladi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni borligini ko‘rishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPEECH CULTURE IN LITERARY PROSE

Speech culture is an attitude towards the use of language a communication-intervention tool. During the article, the opinion of scientists about speech culture is presented and explained. The speech culture is a social phenomenon, and the society, science and technology, cultural and literary life develop closely together. We can see that literature, art, radio, television and periodical press have a special place in the formation and development of speech culture.

Текст научной работы на тему «BADIIY NASRDA NUTQ MADANIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

BADIIY NASRDA NUTQ MADANIYATI

Bozorova Gulshan Chorshanbi qizi

Termiz davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Nutq madaniyati tilni - aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bo'lgan munosabatidir. Maqola davomida nutq madaniyati haqida olimlarning fikri ko'rsatib o'tiladi va yoritiladi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa ekanligi u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot chambarchas holda taraqqiy etishi haqida fikr va mulohazalar keltiriladi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san'at, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida o'rni borligini ko'rishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: Nutq ma'daniyati, nutq agogikasi, nutq elementlari, nutqning grammatik shakli, badiiy nutq.

Культура речи - это отношение к использованию языка - средства коммуникации-интервенции. В статье представлено и разъяснено мнение ученых о культуре речи. Культура речи является социальным явлением, и общество, наука и техника, культурная и литературная жизнь развиваются в тесном взаимодействии. Мы видим, что литература, искусство, радио, телевидение и периодическая печать занимают особое место в формировании и развитии культуры речи.

Ключевые слова: культура речи, речевая агогика, элементы речи, грамматическая форма речи, художественная речь.

Speech culture is an attitude towards the use of language - a communication-intervention tool. During the article, the opinion of scientists about speech culture is presented and explained. The speech culture is a social phenomenon, and the society, science and technology, cultural and literary life develop closely together. We can see that literature, art, radio, television and periodical press have a special place in the formation and development of speech culture.

Key words: Speech culture, speech agogics, speech elements, grammatical form of speech, artistic speech.

КУЛЬТУРА РЕЧИ В ХУДОЖЕСТВЕННОЙ ПРОЗЕ

АННОТАЦИЯ

SPEECH CULTURE IN LITERARY PROSE

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

KIRISH

Nutq o'ziga xos xususiyatlarga ega. U ma'lum aloqani ta'minlash jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayon esa suhbatdoshning shaxsi, yoshi, mavqeyi, bilim darajasi va vaziyat bilan bog'liq. Bu haqda tilshunos olimlarning fikrlari e'tiborlidir. Masalan, professor B.O'rinboyev «Nutq va notiqlik san'ati» nomli maqolasida quyidagilarni bildiradi: «Har bir nutq ma'lum maqsad bilan so'zlanib, o'z g'oyaviy yo'nalishiga va estetik kuchga egadir. Bu xususiyatlar nutqning tashqi xarakteriga xosdir. Ba'zan so'zlashuvchining o'ziga qaratilgan, talaffuz etilmaydigan nutq ham bo'ladi. Bunda so'zlovchi o'zi bilan gaplashadi. Bunday nutq intellektual bog'lanishli nutq xarakterida bo'lishi mumkin. Nutqning turli tiplari uning qo'llanish doirasi va sosiolingvistik tegishliligi bilan belgilanadi. Til birliklaridan qanday tarzda va qaysi sistema asosida foydalanishga qarab nutq ogzaki va yozma shaklda bo'ladi. Til vositasida u yoki bu sharoitda aloqa qilish va turli kommunikativ maqsadni amalga oshirish mumkin. Shunga ko'ra, nutq bir necha xil bo'ladi: kundalik nutq, ishchan nutq, tantanavor nutq, dialektal nutq, poetik, odobiy so'zlashuv nutqi, professional nutq, ommaviy nutq, so'zlashuv nutqi, sahnaviy nutq, folklor nutqi, obraz nutqi, muallif nutqi, personaj nutqi kabilar. Nutq qanday ko'rinishda bo'lishidan qatiy nazar o'zining ma'lum xususiyatlariga egadir. Bular quyidagi-lardan iborat:

1. Nutq agogikasi. Bunda o'qiladigan yoki gapiriladi-gan matnning emosional, intellektual mazmuni, ritmik qurilishi yoki tempi hisobga olinadi.

2. Har bir nutqda o'zining harakati bo'lib, bunda nutqning ritmik-sintaktik tomondan shakllanishida paydo bo'luvchi davrning dinamik xususiyati nazarda tutiladi. Nutq harakati uning tempini ham belgilab beradi. Nutqning tempi tez bo'lsa, nutqdagi so'zlarda reduksiya hodisasi yuz beradi. Nutq tempi sekin bo'lsa, so'zlar to'liq shaklda keladi. Nutq ham kichik-kichik bo'laklarga ajraladi.

3. Nutq tildan farqli holda o'z birligiga egadir. Tabiiy qonuniyat asosida nutq oqimida paydo bo'luvchi bo'g'in, so'z, so'z birikmasi va gap nutq birligi sanaladi. Nutq birliklari intonasiya va pauzalardan to'g'ri foydalana bilish orqaligina ajraladi.

4. Nutq elementlari ketma-ket joylashtiriladi. Ketma-ket joylashtirilgan nutq elementlari davr nuqtai nazaridan turli davrlilikni ifodalaydi. Bunga nutq yo'nalishi deb ataladi. Tilning nutqdan farqli tomoni shundaki, til sistemasida bir davrlilik mavjuddir. Turli davrlikni ifodalovchi nutq o'z momentiga egadir. Keyingi fikr mazmuniga ta'sir etishi nuqtai nazaridan paydo bo'ladigan shart-sharoit nutq momenti deyiladi.

5. Nutq momenti ta'sirida nutqiy muomalada amalga oshiriladigan sharoit nutq situasiyasi deyiladi. Ko'pincha, ma'lum nutqiy sferada til uslublarini tipik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

qo'llash uchun harakat qilinadi. Bunga nutq uslubi deyiladi. Nutq uslubi: poetik nutq uslubi, kitobiy so'zlashuv nutq uslubi, oddiy so'zlashuv nutq uslubi, so'zlashuv nutq uslubi kabilarga ajratiladi. To'liq nutq uslubi hyech bir kamchilikka ega bo'lmagan nutq haqida nutq madaniyati bahs etadi.

Aloqa vositasi bo'lgan tilda qonunlashtirilgan orfoepiya, so'z qo'llash va boshqa qoidalarga mos ravishda individual so'zlashuvda eng yaxshi an'analarga amal qilish nutq madaniyati sanaladi. Nutq madaniyatining saviyasi tilning orfoepik, grammatik, leksik, stilistik normalaridan to'g'ri foydalana bilishdadir. Nutqning orfoepik madaniyati til materialini to'g'ri, ifodali talaffuz qilish bilan bog'liqdir. Nutqning ifodaliligiga so'zni aniq va yorqin ifoda qilish, intonasiya va pauzalardan to'g'ri foydalanish orqaligina erishiladi.

Lug'at madaniyati individual lug'atning faol kengayib borishini, so'zlarning to'g'ri va ko'chma ma'nolarining ahamiyati ortib borishini ko'zda tutadi. Sinonimlar, omonimlar va antonimlardan to'g'ri foydalanish, atama (termin) lar va ularni to'g'ri tatbiq eti, chet el so'zlarini bilish va ularni o'z o'rnida to'g'ri ishlatish, so'zlarni to'g'ri tanlash, ularning ma'nolarini e'tiborga olish, so'zlar va ko'chma ma'nodagi iboralardan hamda obrazli ifodalardan foydalana bilish nutqning badiiy-ligini oshiradi. Ko'chma ma'noda ishlatiladigan so'zlar, o'xshatish, epitet, istiora, metonimiya, sinekdoxa va boshqalar shular jumlasidandir. Bunda notiq til madaniyatidan to'g'ri foydalana olishi kerak. Ba'zan o'z nutqini to'g'ri tashkil eta olmaslik, badiiy ifodaning mavjud qoidalarini buzish, nutq so'zlashda ma'lum vaziyatni hisobga olmaslik hollari uchrab turadi. Bunga asosiy sabablardan biri nutqda til madaniyati, psixologiyasi va kommunikasiyasini bir-biridan farqlay olmaslikdir. Bundan tashqari, nutqni mantiqan to'g'ri tuza olmaslik, ishchanlik ruhining yetishmasligi, ishontirolmaslik, hayotni ro'y-rost aks ettira olmaslik faktlari uchrab turadi. Ana shu xususiyatlarni to'g'ri farqlay olgandagina notiq o'z nutqini ma'lum maqsadga yo'naltira oladi.

Nutqning grammatik shakli va sintaktik madaniyati, avvalo, normativ grammatika qoidalariga rioya qilishda, grammatik shakllarni to'g'ri qo'llashda, kelishiklar, so'zlar va birikmalardan to'g'ri foydalanishga bog'liq. So'z birikmalarining soddaligi va aniqligiga qat'iy rioya qilish zarur. Sodda, tushunarli gapirish uchun esa ellipsis, takror, ritorik so'roq, ritorik murojaat, xitob, gradasiya, antiteza, sintaktik parallelizm kabi maxsus stilistik usullardan foydalana olish kerak. Bu xil masalalarni o'rganish umumiy nutq madaniyatini oshirish-da katta amaliy ahamiyatga ega bo'lishi bilan birga, nutq san'atini shakllantirish uchun ham muhim omildir».

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil bo'limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o'zgarishlar ta'siri ostida shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishni talab qildi". Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa bo'lib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat a'zolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va me'yorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san'at, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida o'rni bor. Ayniqsa, adabiy tilni me'yorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, o'quv va boshqa maxsus lug'atlar muhim ahamiyatga ega. Madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan narsani o'z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini tushunish muhimdir. XV asrdayoq o'zbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning o'ziga xos me'yorlari bo'lgan. Alisher Navoiy o'zining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan o'z davri nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qo'shgan bo'lsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham o'sha davr tili va nutq madaniyati ma'lum darajada aks etgan. "Yaxshi so'z — jon ozig'i", "Bug'doy noning bo'lmasa ham, bug'doy so'zing bo'lsin", "O'ynab gapirsang ham o'ylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — nodonning ishi" kabi maqol va hikmatli so'zlarning paydo bo'lishi ham o'zbek xalqida nutq madaniyatiga avvaldan e'tibor kuchli bo'lganidan darak beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Nutq madaniyati, til normasi va adabiy norma tushunchalari umumlingvistik tushunchalardir. L.I.Skvorsov nutq madaniyati nazariyasining asosini til normasi tashkil qilishini qayd etar ekan, ularning til taraqqiyotini bir-biri bilan bog'liq holda belgilashini alohida ta'kidlaydi 1.

Nutq madaniyati ko'p ma'noli tushunchadir. Nutq madaniyati tadqiqotchilaridan K.S.Gorbachevich, G.O.Vinokurning nutq madaniyati tushunchasi "nutqning to'g'riligi, ongli va tabiiyligini ifodalovchi tushuncha" nazariyasidan kelib chiqib, nutq madaniyati birinchidan, nutqning to'g'riligini talab qiluvchi, til normasiga amal qiluvchi; ikkinchidan, fikrning ifodaviyligi va ifodaning ko'proq samaradorligini o'zida qamrab oluvchi soha ekanligini ta'kidlaydi. Ushbu fikrlardan

1 Скворцов Л.И. Теоретические основы культуры речи. - М., 1980. - С. 6.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

kelib chiqib, K.S.Gorbachevich nutq madaniyati nutqning to'g'riligi va ma'lum nutq ko'rinishida til vositalarining ongli qo'llanilishini tekshiruvchi soha ekanligini qayd etadi 2.

Lingvistik lug'atlarda ham nutq madaniyati tushunchasi ko'p ma'noli tushuncha sifatida qayd etilgan. Chunonchi, D.E.Rozental va M.A.Telenkovalar ham nutq madaniyati birinchidan, nutqning adabiy til me'yorlariga mosligini tekshiruvchi; ikkinchidan, tilshunoslikning adabiy til me'yorlari masalalarini o'rganuvchi sohasi ekanligini qayd etadilar3. O.S.Axmanova nutq madaniyatini muayyan til uchun belgilangan orfoepiya va so'z qo'llash normalariga moslik hamda individual nutq qobiliyatiga egalik sifatida talqin qilgan 4.

A.N.Vasilevaning fikricha ham nutq madaniyati bir-biri bilan bog'liq bo'lgan ikki tushunchani o'zida birlashtiradi. Birinchidan, nutqning sifati, ya'ni nutqda til vositalarini maqsadga mos ishlatish, ikkinchidan, tildan foydalanish mahoratini tekshiruvchi fan 5 - bu nutq madaniyatidir. Biz bu o'rinda nutq madaniyati tushunchasini izohlamoqchi emasmiz, biroq fikr yuritmoqchi bo'lgan masalamizning nutq madaniyati bilan uzviy bog'liqligi shu tushunchaning mohiyatini oydinlashtirishni taqozo qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Nutq madaniyati barcha nutq ko'rinishi uchun mezon. U nutqning qurilishi jihatdan, oddiy va soddaligidan tortib, idrok etilishi jihatidan aniq va mazmundorligicha, ifoda jihatidan ta'sirchan, obrazli, serbo'yoqligigacha bo'lgan jarayonni qamrab oladi. Bu jihatdan, nutq madaniyati A.N.Vasileva tasnifiga6 asosan, nutqning sifatidir. Zotan, nutq madaniyati faqat adabiy tilga xos emas, balki nutqning barcha shakllarida ham nutq madaniyatiga amal qilinadi. Badiiy nasrni esa, shubhasizki, yuqori darajadagi nutq madaniyatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Umuman, tilshunoslikda nutq madaniyati so'zga ongli ravishda munosabatda bo'lish, so'zning ma'no nozikliklaridan, emosional-bo'yoqdorligidan fikr ifodalash jarayonida to'g'ri foydalanish natijasida vujudga keladigan nutq sifatidir. L.V.Sherba nutqiy rang-baranglikni vujudga keltiruvchi tildagi quyidagi asosiy faktorlar mavjudligini ta'kidlaydi. Birinchidan, tilning so'z boyligi. Bunda tilning so'z boyligi barcha nutq turi uchun xizmat qilishi nazarda tutiladi. Ikkinchidan, tilning

2 Горбачевич К.С. Нормы современного русского литературного языка. - С. 4.

3 Розенталь Д.Э., Теленкова М.А. Словарь - справочник лингвистических терминов. - М.: Просвещение, 1985. -

4 Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. - М.: Советская энциклопедия, 1966. - С. 385.

5 Васильева А.Н. Основы культуры речи. - М., 1990. - С.5.

6 Васильева А.Н. Шу асар. - С. 5

С. 185.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

sinonimlarga boyligi. Bir tushunchaning turlicha ifodalanishi nazarda tutiladi. Uchinchidan, fikrni rang-barang ifodalash imkoniyati7 Bunda tilda fikrni turlicha, emosional-bo'yoqdor ifodalash imkonining mavjudligi nazarda tutiladi. Darhaqiqat, har qanday xalq tili fikrni butun nozikligi bilan ifodalash imkoniyatiga ega. Bu jarayon tilning barcha nutqiy ko'rinishlarida o'z aksini topadi. Shu ma'noda o'zbek badiiy nasrning ham boy nutqiy imkoniyatlari mavjud. Biroq nasriy nutq va adabiy til o'rtasida til vositalarining qo'llanilishida funksional jihatdan katta farqlanish bo'lsa-da, adabiy til uchun umumiy bo'lgan qonuniyatlar, jumladan, nutq madaniyatiga asoslanish adabiy til uchun qanday bo'lsa, badiiy nasr uchun ham shundaydir. Shu boisdan badiiy nasr ham nutq madaniyatining adabiy til uchun xos bo'lgan mezonlariga tayanadi. Nutq madaniyatining muhim belgisi nutqiy aniqlikdir. Antik davrdan boshlab, jumladan, Aristotel tomonidan nutqning bezagi sifatida e'tirof etilgan nutqning aniqligi8 tushunchasi barcha nutq ko'rinishiuchun umumiy mezondir. Biroq nutqiy aniqlikka nutq turlarining funksional xususiyatidan kelib chiqqan holda turlicha yondashiladi. Ya'ni adabiy tilda dialekt va sheva, kasb-hunarga oid so'zlar, turli toifa kishilari nutqida uchraydigan lug'aviy vositalar nutqning aniqligini buzuvchi til birliklari sifatida qaralsa, badiiy nasrda aksincha, ular nutqqa, fikrga ma'lum aniqlik kirituvchi vositalar hisoblanadi. Zero, badiiy nasr hayotni, odamlarni qanday bo'lsa, shunday aks ettirish vositasi, unda kishilar xarakteri, holati, kechinmalari o'z ifodasini topadi. Badiiy asarning har birida ma'lum davr, hudud va turli kasb egalari mavjud. Ularning qaysi davr, qaysi joy vakili ekanligi, kasbi-kori nutqi orqali namoyon bo'ladi. Bu holat badiiy nasrning dialekt, sheva va oddiy xalq tiliga xos lug'aviy birliklarga boy nutq ekanligini ko'rsatadi.

Tasvirlanayotgan voqeaning qaysi davrga mansubligini o'sha davrga xos til vositalari bilan berilishi, asar personajlarining qaysi hududda yashovchi kishilar ekani, kimligining ham o'z tili orqali berilishi badiiy nasrda nutqiy aniqlikni ta'minlovchi muhim vositadir.

Badiiy nutqning muhim sifatlaridan biri takrorlanmaslikdir, darhaqiqat, badiiy nasrda qo'llaniladigan lingvistik vositalar ham estetik, ham funksional nuqtai nazardan juda rang-barang. Bu jarayon tilshunoslikda ko'p vaqtlardan buyon diqqatni jalb qilib kelayotgan so'zning ichki formasi 9asosida vujudga keladi. So'zning ichki formasiga lingvistik adabiyotlarda asosan til uchun umumiy fakt sifatida talqin qilingan bo'lsa ham, keyingi yillarda badiiy nutqning o'ziga xos materiali sifatida yondashilmoqda10. G.O.Vinokur so'zning ichki ma'nosi terminini obrazli ishlatish

7 Щерба Л.В. Избранные работы по русскому языку. - М., 1957. - С. 121.

8 Античные теории языка и стиля. - М. - Л., 1936.

9 Звегинцов В.А. Семасиология. - М., 1957.

10 Бу хавда кар.: Григорьев В.П. Поэтика слова. - С. 107.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

terminiga mos holda qo'llasa11, V.P.Grigorbev bu terminni ko'pincha o'ziga xos simvol, obraz ifodasi sifatida qayd etadi12.

Darhaqiqat, badiiy nasrda badiiy obrazlilik so'zning ma'nosi orqali vujudga keladi. V.P.Grigorev ko'pgina hollarda, so'zning ichki ma'nosi metaforik yoki simvolik ma'noga asoslanishini ta'kidlaydi. Nutqda so'zlar hamma vaqt metaforik va simvolik ma'nolarda qo'llanavermaydi. Shunday ekan, so'zning ichki ma'nosi doimo shu vositalar asosida emas, balki obrazli ifodalar asosida ham namoyon bo'ladi. Shu jihatdan yondoshilganda, so'zning ichki ma'nosini aniqlashda tushunish jarayoni ham muhimdir. Bu badiiy nasr mohiyatini, undagi til vositalari vazifasini badiiy nutq o'lchovi bilan his etishdir. Zero, so'z ma'nosini, shu jumladan, ichki ma'noni ifodalash matn bilan bog'liq. Bu gapni shunaqa osoyishta ishonch bilan aytdiki, ichimda bir nima uzilib ketgandek bo'ldi.

A.N.Vasileva informatsion tarzdagi ifodadorlik bilan hissiy va ta'sir etuvchi ifodalilikni ajratib, ularning har birini ikki kichik guruhga ifodaning ochiq (eksplisit) va yopiq (implisit) shaklda namoyon bo'lishi kabi turlarga bo'ladi.13Badiiy nasrning muhim belgilaridan biri nasriy matnlarda obrazli ifodalarning keng ko'lamda qo'llanilishidir. Badiiy ifodalar kishining his-tuyg'ulariga ta'sir qilmay qolmaydi. Natijada undan zavq olinadi. Badiiy nasrda nutq madaniyati naqadar muhim ekanligini yozuvchilarimizning asarlari orqali tahlil qilamiz.

Jonli so'zlashuv nutqida kundalik muomala va muloqotda, o'zaro turmush ikir-chikirlari, aloqa-aralashuv uchun xizmat qiladigan til birliliklari ko'p uchraydi: qarg'ishlar, olqishlar, hol-ahvol so'rashish, uy-ro'zg'or, qo'ni-qo'shnichilik, qarindosh-urug'chilik, kundalik suhhatlar va boshqalar. Hali yurt so 'rab yotganlaring shular, degin deydi. Qovog'ini qara, qovog'ini. Voy, o'sha obergan shahringni sholvaringga solib beray... Bu nima o'zi? Milisami? Murtimni ko'tarib turay, o'tib kestin.

Badiiy nasrda ta'sirchanlikni, obrazlilikni, badiiy-bo'yoqdorlikni ta'minlovchi keng imkoniyatlar mavjud. Shunday imkoniyatlardan biri, nasriy matnlarda bir holatning turli lug'aviy vositalar orqali ifodalanishidir. Masalan, tunning kirib kelishi tasviri nasriy matnlarda quyidagicha badiiy ifodalanganligi kuzatiladi. Quyosh sekin dumalab ufqqa yashiringan, tunning qorong'i chodiri qoplaydi har yoqni. (Oybek. "Oltin vodiydan shabadalar"), ...beqasam oqshom etagini yamlab tun kirib keladi. (S.Ahmad. "Ufq"), Tog'lar adirlar, uzoq-yaqindagi daraxtlar qurum bosganday qop-qora tus oldi. (A.Qahhor. "Qo'shchinor chiroqlari"), Kuzda tez bostirib keluvchi qorong'ulik qora quzg'un yanglig' dashtni qora qanotlari ostiga olgan edi.

11 Винокур Г.О. Избранные работы по русского языку. - М., 1958. - С. 248.

12 Григорьев В.П. Курсатилган асар. - Б. 108.

13 Васильева А.Н. Основы культуры речи. - С. 80.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

(O.Yoqubov. "Oqqushlar, oppoq qushlar...") Keltirilgan gaplarda tunni ifodalashda qorong'i chodir, tun, qurum bosganday qop-qora, qora quzg'un, qora qanotlar kabi lug'aviy vositalar qo'llanilgan. Yoki ushbu tushunchaning ziddi bo'lgan tong otish tasviri quyidagicha ifodalangani kuzatildi. Hozirgina tim qora atrof, tekis dalalar, ekinlar, o'tloqlar tiniq ko'k rangga kirib, shabnam qatralari jimirlagan pastliklar oqar daryo singari yiltilladi...(A.Muxtor. "Chinor"), Uzoqdagi tog' ortidan quyosh jimgina ko'tarilib kelar... g'ir-g'ir esayotgan ertalabki shabada ipakday mayin tuyular edi.(P.Qodirov. "Bobur"), Olis tog'lar orqasidan ko'tarilgan quyosh boshoqlarni oltin dengizga aylantirgan edi. (Oybek. "Oltin vodiydan shabadalar"), yoki kuzni tasvirlashda ham bir-biridan butunlay farq qiluvchi ifodalarni uchratish mumkinki, bunday ifodalar badiiylikning muhim mezoni hisoblanib, badiiy nasrning estetik-ta'sirchanligini oshiruvchi vositalardan sanaladi. Darvozadan boshlangan keng xiyobonga xazonlardan qirmizi poyondoz to'shalgan edi. (O.Yoqubov. "Ulug'bek xazinasi"), O'rik, olcha barglari o'z butoqlari bilan vidolashish oldidan shafaqday qizil tus olgan.(P.Qodirov. "Bobur"), Qirmizrang o'rikzorlar orasida nafis tillarang bedazorlar... (O.Yoqubov. "Oqqushlar, oppoq qushlar...") Bu ifodalardagi qirmizi poyondoz, o'z butoqlari bilan vidolashishi (barglar) shafaqday qizil, qirmizrang o'rikzorlar, tillarang bedazor birikmalarining qo'llanilishi kuz tasvirini ifodalash imkonini yaratgan. (A.Qodiriy). Botir firqa kasalxonaga qaray qaray yurdi. Kasalxonaga qaray-qaray mashinaga o'tirdi."Qabriston, qabriston! -dedi Botir firqa. -bu kasalxona emas, tirik insonlar qabristoni. Asl qabristonga o'lik insonlarni ko'madi, bu qabristonga... tirik insonlarni ko'madi''. (T.Murod "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi"). Botir firqaning nutqidan olingan mazkur parchaning ritmik ohangi qahramonning ruhiy holatini tasvirlovchi kinetik vositalar evaziga bo'rtibroq seziladi. Botir firqadagi ongsiz ravishda yuz berayotgan noverbal harakatlar uning kechinmalarini, ruhiy holatini ochib beradi. Bu holat o'z navbatida uning nutqiga ta'sir o'tkazib, ritmik ohangiga g'ayritabiiy emotsionallik yuklaydi. U ziyrak, ilmga chanqoq, qobiliyatli, shu bilan birga o'ta kamtar yigit. (A.Qodiriy "Mehrobdan chayon") Har bir qahramonning o'ziga xos ifodalarini tushunishda ijodkor mohirlik bilan har bir qahramonning nutqini turli ifodalar bilan bezaydi. Asarda muallif nutqi, personaj nutqi, ichki nutq, monolog, dialog, o'zganing nutqi orqali nutqning ifoda vositasi sifatida xizmat qilayotganiga guvoh bo'lamiz. Muallifning personaj nutqi bilan uyg'unlashib ketgan nutqini kuzatsak, bunda qahramon nutqiga oid so'zlar muallif nutqi bilan uyqashib ketganiga guvoh bo'lasiz. Muallif qahramon nutqi orqali o'zining dunyoqarashi, fikri, mulohaza va o'ylarini ifodalaydi. Ko'pincha nutq orqali asar qahramoni xarakteri uncha anglashilmaydi. Botir firqa ko'z oldida yuz berayotgan kutilmagan voqealardan hayratda qolgandi. U go 'yoki nima

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

bo 'layotganini tushunmas, o'ylariga javob izlayotganday goh hovuz ichidagi narsalarga, goh komandirga alanglab qarardi. Uning angrayib qarashining o'zida savol nazari ham bor edi, ammo bu holatni atrofdagilar sezmadi, chamasi, bu harakatlarga munosabat bildirilmadi. Nihoyat, Botir firqa bir xulosaga kelib, ammo o'zining xayoliga kelgan javobdan qo'rqib ketgandek tilga kirdi. Avvaliga, past va titroq ovozda qo'rquv aralash "-Bular... odam..." deya duduqlana oldi xolos. (T.Murod "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi"). Yaltirab oftob chiqdi. Teraklarning yalang'och novdalariga zar surtgandek bo'lib ketdi. (Said Ahmad. "Ufq") Yomg'irdan so'nggi bu tasvirda ham fikrning o'xshatish orqali ifodalanishi badiiy bo'yoqni kuchaytirgan. Ushbu ifodadagi zar surtgandek birikmasini "yaltirab ketdi" kabi ifodalash ham mumkin. Ammo ma'lumki, birinchi ifoda ikkinchisiga ko'ra jozibadir, zotan, unda predmetlar o'rtasidagi mavjud belgi o'xshashligini, taqqoslash orqali fikr ifodalanganki, bunday ifodalar badiiy-obrazlilikni kuchaytirganligi, ifodaning yangiligi asosida ta'sirchanlikka ega bo'ladi. Badiiy-obraz yaratishda badiiy vositalarning muhim o'rni bor. Bu hol barcha badiiy asar tili va uslubi tadqiqotchilari tomonidan e'tirof etilgan. Biz ham tadqiqotda ushbu masalaga alohida to'xtalamiz. Bu o'rinda shuni qayd etish joizki, badiiy asar tilining obrazliligini, ta'sirchanligini ta'minlashda ifoda usuli tasviriy vositalar bajaradigan vazifalardan kam vazifa bajarmaydi. Ammo badiiy asar tili va uslubi mavzusidagi tadqiqotlarda badiiy adabiyot tilining mohiyatini yorituvchi ana shu tomoni ko'pincha nazardan chetda qolib ketayapti. Xarakterlisi shundaki, ko'pincha fikr yorqin, obrazli va ta'sirchan ifodalangan badiiy matnlar adabiy til me'yorlariga mos kelmaydigan ifodalar asosida qurilgan bo'ladi. Qahramonimizning holatini his qilib turgan o'quvchi uning tilidan aytilgan bu so'zlarini o'qimaydi, balki bemalol uning nutqidagi ritmik ton va intonatsiya bilan birga eshita oladi. Shuningdek, ushbu jumlada Botir firqaning bo'g'zidan titrab chiqqan bu ikki so'zning ritmini yanada yaxshiroq his qilishimiz uchun uch nuqtaga e'tibor qaratamiz. Aynan mana shu uch nuqta orqali uning nutqidagi dovdirash, esankirash kabi kuchli hayajonni ifodalaydigan ritmni yanada tiniqlashtirgan. Shu bilan birga, uning nutqidagi ritmik intonatsiadan savol ohangini, o'zi berayotgan savolga ham javob, ham izoh talab qilayotganini ilg'ash qiyin emas. Insonning atrof-muhitda sodir bo'layotgan voqealarga munosabati, avvalo, ichki dunyosida g'alayon ko'tarib, muayyan ritmik ohangga evrilgan holda tilga ko'chadi. Bu ritmiklik og'zaki nutqda yaqqol sezilib turadi, ammo yozma nutqda ko'p hollarda tinish belgilari asosida yuzaga chiqariladi.

- Tinchlikmi?

-Betinchilk, - dedi kulib Ra'no.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

- Ayni muddao ekan bo'lmasa... Xa, aytgandek, - dedi Anvar o'iturgan sufasiga ishorat qilib, - bu kun joy katta soling'an?

- Men qayoqdan bilay, qanday mehmon...fotihaga kishilar kelar emish, deb eshitdim.

- Fotihasi qanaqa?

- Bilmasam qanaqa?

- Sening fotihang bo'lmasin? - Mening qanday fotiham bo'lsin, men hali tirikman.

- Teskariga burma, Ra'no balki seni erga bermakchidirlar? (A.Qodiriy "Mehrobdan Chayon").

Dialogik nutqlardagi voqebandlik asosida biz aynan qahramon xarakterini ochiq-oydin ko'rishimiz mumkin. Anvar va Ra'noning ichki "men" ini bilmoqchi bo'sak, ular muallifligidagi ushbu bahsli nutqqa e'tibor qaratamiz. Ikkita qahramon ham ushbu nutq orqali o'z fikrini uqtirishga, o'zini haq deb ko'rsatishga harakat qilmoqda. Voqealar rivojlangani sari ikkita qahramon bir-biridann o'zishga intilmoqda. Bu ikkita personaj bir-birlari bilan jonli muloqot olib borib, asarni rivojlantirishda, uni yaxlitligini ta'minlashda katta zamin yaratgan.

Nega tirik ekan, tashlab ketmading,

Tashlab ketmading-da, boshlab ketmading?! (Zulfiya "Sensiz")

Ushbu satrlar badiiy tasvir vositalaridan holi, ammo bu misralar badiiy nutqdan holi emas. Unda lirik qahramonning alami, afg'oni, o'kinchi, qiynalganligi va kuchli muhabbati shu ikki satrga sig'dirib yuborilgan. Lirik qahramonning his-tuyg'ulari bir onda o'quvchiga ham ko'chishini sezish qiyin emas. Shu sababdan, birinchi galda badiiylikni ta'minlovchi omil sifatida obrazlilik va emotsionallik beradi.

Ko'ngil, bo'lma shisha singari siniq,

Behuda bir so'z yo nigohdan chil-chil?

Borliqni sig'dirgan buloq bo'l, tiniq,

O'zni o'zing bosma og'iryukshekil. (Zulfiya "Ko'ngil")

Shekil so'zi og'zaki nutqda qo'llanadigan shekilli so'zining varianti hisoblanadi. Shekilli so'zi fikrning gumon, taxmin, tusmol bilan aytilganligini bildirib, "balki", "ehtimol", "... bo'lsa kerak" ma'nolarini ifodalaydi. Ammo bu o'rinda shekil so'zi shekilli so'zining og'zaki nutqdagi variantini ifodalab kelmaganligini sezishimiz mumkin. Bu yerda shekil so'zi ko'proq "kabi" so'zi ma'nosiga to'g'ri keladi. Shuningdek, bu so'z ikkinchi misradagi chil-chil so'ziga ohangdosh juftlik sifatida ham shu tarzda qo'langan.

Enamning odamning umr bo 'yi qiladigan savob ishlarini qayd etib yuradigan o'ng yelkasidagi va gunohlarini yozib yuradigan chap yelkasidagi farishtalar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

haqidagi haqidagi gaplariga esa hayiqmay qolgan edim. (Tog'ay Murod "Do'stimmurod bobo).

Bola emas biroz ulg'aygan, buvising har qanday gapiga ishonib ketadigan bola emas balki bolaning ruhiyati ham shaxsiyati ham shaklanish davrida ekanligini birgina bola tilidan aytilgan monologik nutq orqali sezishimiz mumkin. Yozuvchi hikoyalarida monologik nutq turidan keng foydalangan hikoyalarda asosan bola tilidan so'zlaydi. Dialogik nutq turidan foydalanganida, asosan, bola va keksalar o'rtasidagi suhbatlardan foydalangan. Yozuvchi nutq orqali o'sha davr siyosiy tuzumi, xalq kayfiyati, qahramonlar ichki dunyosi, holat va hissiyotlari ochib berishga uringan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ko'kda, qoq peshonada, xuddi ulkan oq qovunning bir pallasiday oppoq oy olamni allaqanday osuda, mayin, kumushrang yog'duga g'arq qilib yarqirab turibdi. (Odil Yoqubov "Oq qushlar oppoq qushlar"). Undagi original o'xshatish, bir necha sifatlovchilar,tabiiyki, fikrning ifodaliligini, ta'sirchanligini kuchaytiradi. Biroq bu o'rinda o'xshatish, sifatlash vositalari darajasidan ham kuchliroq ifodalilikni vujudga keltirgan boshqa bir holat - badiiy ifoda mavjud. Fikrning badiiy bo'yoqdorligini oshirishda peshonada so'zi va g'arq qilib so'z birikmasining qo'llanilishi muhim ahamiyatga molik. Bu har ikki lug'aviy vositaning qo'llanilishi badiiy idrokning natijasidir. Chunonchi, peshonada so'zi orqali "kuzatuvchi bilan yuzma-yuz balandda turganlik" va "oyning to'lishganligi" ma'nolari ixcham shaklda ifodalangan. Zero, ko'kda so'zi ham oyning balandda ekanligini ko'rsatadi, chunki ko'k so'zi uning neytral sinonimi osmon so'ziga nisbatan "balandlik" tushunchasining yuqori darajasini ifodalaydi. G'arq qilib birikmasi esa "osmonning tiniqligi va "oyning to'lishganligi" ma'nosini ifodalaydi. Peshonada va g'arq qilib vositalari orqali ifodalangan shu ma'nolar ifodaning yopiq (implisit)shaklda namoyon bo'lishidir. Bu matndagi yana bir xarakterli holat shundaki, leksik vositalarning biri ikkinchisini to'lg'azgan. Diqqatimizni jalb etgan har ikkala vosita to'lishgan oy ma'nosini ifodalaganligi fikrimizning dalilidir. Binobarin, oy to'lishganda eng yuqori nuqtaga ko'tariladi, xuddi shu paytda uning nuri yorqinroq bo'ladi.

Ertalabki salqin shabada ko'k betidagi sonsiz yulduzlarni bir-bir puflab o'chirayotganga o'xshardi. (S.Ahmad. "Ufq"). Yuqoridagi matndan farqli ravishda bu gapda salqin, sonsiz kabi sifatlashlar bor, o'xshatish hosil qiluvchi vositalardan biri o'xshardi so'zi mavjud. Ana shu tasviriy vositalar bilan hamohang ravishda bu gapda ham fikrning yorqinligi, obrazliligini, ifodaning jozibaliligini ta'minlashda til vositalarining noadabiy qo'llanilganligining muhim o'rni bor. Tong tasviri aks ettirilgan bu gapda tongda yulduzlarning birin-ketin yo'qolishi shabada so'zi va puflab o'chirmoqso'z birikmasi orqali o'ta nafis ifodalanganki, bunday ifodalar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

kitobxonning estetik zavqini qo'zg'atmay qo'ymaydi. Ushbu badiiy matn namunalari ko'rsatadiki, fikrning badiiy-obrazliligini ta'minlovchi lingvistik, uslubiy vositalar singari badiiy ifodaning ham badiiy matnning shakllanishida muhim o'rni bor.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, nutqning aniq va ravshan bo'lishi, avvalo, so'zdan to'g'ri foydalanishga bog'liq. Badiiy nutq adabiy tilga, o'z navbatida adabiy til badiiy nutqqa to'xtovsiz ta'sir etib boradi. Badiiy nutq jarayonida vujudga kelgan yangi so'zlar yoki ayrim shevalardan olingan so'zlar faollashib adabiy tilgao'tadi, shuningdek, til taraqqiyoti bilan bog'liq ravishda adabiy tilga kirib kelgan lug'aviy vositalar badiiy matnlarda ham qo'llanila boshlaydi. Nutqning turli shakllaridan foydalanish orqali qahramonlar xarakteri, portreti, fe'l-atvori mahorat bilan ochib beriladi. Asarda dialogik nutqlarning eng sara namunalarini yaratish bilan birga ijodkor estetik tuyg'ularini uyg'unlashtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES)

1. Скворцов Л.И. Теоретические основы культуры речи. - M.: 1980. - 350 с.

2. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. - M.: Советская энциклопедия, 1966. - 606 c.

3. Васильева А.Н. Основы культуры речи - M.: Русский язык, 1990- 247 с.

4. Зулфия. Асарлар: 3 жилдлик. 1-жилд: Шалола. F.Fулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. Тошкент. 1985. 13.

5. Бегматов, Э., Бобоева, А., Асомиддинова, M., & Умуркулов, Б. (1998). Узбек нутки маданияти очерклари.

6. Botyrova, M., & Bozorova, G. (2023). THE USE OF METAPHOR IN FICTION. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 3(1 Part 2),

7. Makhliyo B. et al. Linguistic Features of Artistic Similes //Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture. - 2022. - T. 3. - №. 11. - C. 41-46.

8. Botirova, M., & Qayumova, M. (2022). Language Characteristics of Phraseological Units. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences, 7(1), 8083.

9. Qizi, B. M. B., & Sanjarovich, I. S. (2021). BADIIY MATNNING LINGVISTIK MOHIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 46-51.

XULOSA

82-89.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.