Научная статья на тему 'MADANIY NUTQNING ASOSIY KOMMUNIKATIV SIFATLARI'

MADANIY NUTQNING ASOSIY KOMMUNIKATIV SIFATLARI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
12
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ta’lim fidoyilari
Область наук
Ключевые слова
Kommunikativlik / nutq madaniyati / adabiy til me’yorlari / shevaga xos so’zlar / kuchsiz tiplar / leksik sistema

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Azimova Madina Dilmurod Qizi, To’Xtasinov Dadaxon

Anotatsiya: Nutq madaniyati jamiyat madaniy m’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulotda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e’tirof etilgan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, o’qituvchilarning nutqiy madaniyat mahorati, farzandlarimizning madaniy nutqi ko’nikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarbdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIY NUTQNING ASOSIY KOMMUNIKATIV SIFATLARI»

2022 IYUN

ISSN:2180-2160

MADANIY NUTQNING ASOSIY KOMMUNIKATIV SIFATLARI Azimova Madina Dilmurod qizi

Fardu magistratura bo'limi Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) 1-kurs talabasi Ilmiy rahbar: To'xtasinov Dadaxon

Anotatsiya: Nutq madaniyati jamiyat madaniy - m'rifiy taraqqiyotining, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma'nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulotda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma'naviy - ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb e'tirof etilgan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, o'qituvchilarning nutqiy madaniyat mahorati, farzandlarimizning madaniy nutqi ko'nikmalari va malakalarini oshirish, ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarbdir

Kalit so'zar;_Kommunikativlik ,nutq madaniyati, adabiy til me'yorlari, shevaga

xos so'zlar, kuchsiz tiplar, leksik sistema, unifikatsiya, ma'rifiy saviya ,ijtimoiy izlanishlar, lahja, orfoepiya, ifodalilik

Kirish

Nutqning madaniyligini, demakki, ta'sir quvvatini tahmin etadigan to'g'rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo'yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud (ular o'rtasida keyinroq batafsil to'xtalinadi). Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o'zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Tilshunoslikda "nutq madaniyati" termini, asosan, ikki xil ma'noda qo'lanadi, ya'ni:

1) tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda foydalana olish, nutqda kommunikativ sifatlarning barchasini mujassamlashtira bilishni ta'minlaydigan ko'nikma, malaka va bilimlarning jami;

2) tilshunoslikning tildan maqsadga va nutq vaziyatiga muvofiq tarzda foydalanish, nutqda kommunikativ sifatlarni mujassamlashtirish qoidalarini ilmiy asosda o'rganish va belgilash bilan shug'ullanuvchi bo'limi. Nutqning kommunikativ sifatlari nafaqat aloqani ta'minlash, balki tinglovchi yoki o'quvchiga nutqiy ta'sirni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kommunikativ va estetik ta'sir maqsadida tuzilgan nutq(matn)ni "Nutq madaniyati" kursining predmeti deyish mumkin.

Nutqning to'g'riligi, ya'ni uning adabiy til me'yorlari (talaffuz, suz yasalishi, leksik, morfologik, sintaktik, uslubiy me'yorlar)ga qat'iy mosligi madaniy nutqning asosiy, markaziy sifatidir. Ammo har qanday to'g'ri nutq madaniy bo'lavermaydi, u mazkur kommunikativ sifatlarga ham ega bo'lgandagina chin ma'nodagi madaniy nutq maqomini

2022 IYUN

ISSN:2180-2160

olishi mumkin. Bu o'rinda yirik rus tilshunosi S.I.Ojegovning quyidagi fikri diqqatga sazovor: "Yuksak nutq madaniyati - bu o'z fikrlarini til vositalari orqali to'g'ri, aniq va ta'sirchan qilib ifodalay olishdir. To'g'ri nutq deb hozirgi adabiy til me'yorlariga rioya qilib tuzilgan nutqda aytiladi.

Til me'yorlari - bu ijtimoiy -nutqiy amaliyot (badiiy adabiyot, o'qimishli kishilar nutqi, sahna nutqi, radio va h.k.)da umum tomonidan qabul qilingan talaffuz, grammatika va so'z qo'llash qoidalaridir. Ammo yuksak nutq madaniyati faqatgina til me'yorlariga amal qilishdangina iborat emas. U ayni paytda o'z fikrini ifodalashning nafaqat aniq vositasini, balki eng ommabop (ya'ni eng ta'sirchan) va jo'yali (ya'ni ayni vaziyat uchun eng muvofiq va, demakki, uslub nuqtai nazaridan o'rniga tushgan) vositalarini ham topa olish mahoratini ham o'z ichiga oladi."Nutqning to'g'riligi uning markaziy sifati bo'lsa -da, nutqiy madaniyatni mazkur sifatning bir o'zi bilan ta'minlash aslo mumkin emas. Shubhasizki, har qanday to'g'ri nutq ham aniq yoki jo'yali, sof yoki boy bo'lmaydi, umuman, yetarli ta'sirchanlik quvvatiga munosib bo'la olmaydi. Shuning uchun ham nutq madaniyati muammolarini tadqiq etish bilan shug'ullangan bir qator tilshunoslar nutq madaniyatining ikki bosqichini farqlash maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydilar. Masalan, L.I.Skvortsov umumiy "nutq madaniyati" tushunchasini adabiy tilni egallash va undan foydalanishning ikki bosqichini ifodalovchi "nutqning to'g'riligi" va "nutq madaniyati" tarzida ikki qismga ajratish lozimligini ta'kidlarkan, ularga shunday izozh beradi: "Birinchi, quyi bosqich nutqning to'g'riligidir. To'g'rilik haqida biz adabiy nutq va uning me'yorlarini egallash jarayonida gapiramiz. Variantlarni nutqning to'g'riligi haqidagi baholash: to'g'ri - noto'g'ri, ruscha ifoda - ruscha ifoda emas va h.k... Nutqning to'g'riligi mohiyatan maktab ta'limining predmetidir. O'rta maktab dasturi umumiy tarzda to'g'ri nutq (ko'proq grammatika sohasida) malakasini shakllantirishni ko'zda tutadi.

Nutqning kommunikativ sifatlari

• Nutqning to'g'riligi

• Nutqning aniqligi

• Nutqning tozaligi (sofligi)

• Nutqning mantiqiyligi

• Nutqning ta'sirchanligi

• Nutqning maqsadga muvofiqligi

Adabiy til me'yorlari, nutqning sifatlari, nutq madaniyati masalalari o'zbek, rus va umuman, dunyo tilshunosligida ham amaliy, ham nazariy jihatdan yetmish — sakson yildan beri faol o'rganib kelinadi. O'zbek tilshunosligida S.Ibrozhimov, SH .SH Abdurahmonov, R.Abdurahmonov, R.Kungurov, E.Begmatov, M.Sodiqova, Yo.Tojiev,

2022 IYUN

ISSN:2180-2160

B.Urinboev, M.Asomiddinova, T.Qudratov, S.Karimov, T-Qurbonov, A Boboeva, B.Umarqulov, A.Axmedov, K.Samadov, S.Inomxujaev, L.Xujaeva va boshqa ko'plab olimlar nutq madaniyati masalalarini tadqiq etishga o'z hissalarini qo'shganlar. Ular yaratgan asarlarda o'zbek nutqi madaniyatining nazariy masalalari bilan bir qatorda bevosita amaliyot bilan daxldor, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.

Aytib o'tilganiday, o'qituvchining birlamchi va asosiy quroli nutqdir. Ammo hech kimga sir emaski, ko'pgina o'qituvchilarning, ayniqsa, yosh o'qituvchilarning nutqida madaniylik jihatidan ancha -muncha nuqsonlar ko'zga tashlanadi. Har qanday ta'limning asosiy va yetakchi shakli darsdir, shuning uchun ham pedagogika fani uning samaradorligini oshirishning yo'llarini tinimsiz izlaydi, xilma -xil metodlar, usullar, vositalar ishlab chiqadi. Qoshimcha tarzda ham ta'limga yangidan -yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy texnik vositalar muntazam va jadal joriy etilmoqda. Ammo dars deyiladigan murakkab jarayonning mukammalligi hamda natijadorligini ta'minlashda o'qituvchining pedagogik mahorati va shaxsiy fazilatlari ko'zgusi bo'lmish uning so'zi favqulotda muhim ro'l o'ynaydi. O'qituvchining mahorati faqat o'qitishning xilma -xil m metodlarini o'rinli va to'g'ri qo'llay olishidangina iborat emas, balki o'quvchi bilan muloqotidagi asosiy quroli - tildan ustalik bilan foydalana bilishi bilan ham belgilanadi. Ta'sirchan nutqi bilan o'quvchi diqqatini butun dars davomida tutib tura olmasa, o'qituvchining pedagogik mahorati haqida gap ham bo'lishi mumkin emas.

Adabiy til me'yorlari.

Ш leksik - semantik me'yor Ш talaffuz - (orfoepik) me'yor. yozuv (grafika) me'yori. Ш fonetik me'yor.

Ш aktsentologik (urg'uni to'g'ri qo'llash) me'yor Ш grammatik (morfologik va sintaktik) me'yor. Ш so'z yasalish me'yorlari. Ш imloviy me'yor. Ш uslubiy me'yor Ш punktuatsion me'yor.

Madaniy nutq malakasini puxta egallamoq, muayyan nutqning to'g'rilik sifatini xolis baholay bilmoq uchun adabiy me'yorlarning mazkur tiplari, ularning asosiy qoidalari va

2022 IYUN

ISSN:2180-2160

bu qoidalarning buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nutqiy xatolarni yetarli darajada tasavvur qilmoq maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, adabiy til me'yorlarining kuchsiz tiplari, agar yetarli darajada egallanmagan bo'lsa, nutqda buzilishga moyil bo'ladi.

O'zbek tili dunyodagi qadimiy va rivojlangan tillardan biri sifatida benihoya boy leksik xazinaga ega. Bu xazinadagi so'zlarning ba'zilari eng qadimgi davrlardan beri yashab kelayotgan bo'lsa, ba'zilari nisbatan keyinroq paydo bo'lgan, yana ayrimlarining ma'nosi miqdori ortgan, boshqalarida esa bu miqdor kamaygan. Jamiyatning milliy va ma' naviy hayotida yuz bergan tarixiy o'zgarishlar tilning eng avvalo lug'at boyligida o'z aksini topadi.

Shuning uchun ham leksik me'yorlar boshqa me'yorlarga qaraganda anchayin harakatchan bo'ladi. Buning ustiga leksik me'yorlarni belgilash ham sezilarli darajada murakkab va qiyin jarayon, chunki, masalan, fonetik yoki morfologik birliklar sabab bo'lgani holda, leksik sistemani tashkil etadigan birliklar - so'zlar juda ko'p, bir necha o'n minglar, yuz minglar bilan o'lchanadi. Shunga ko'ra ham leksik sistemani osonlikcha unifikatsiya qilish mumkin emas. Buning ustiga tilda yangi -yangi so'zlar paydo bo'ladi, ayrim so'zlar iste'moldan chiqib ketadi, turli tillardan so'zlar kirib keladi.

So'zning maqbulligi, uning u yoki bu m ma'noda qo'llanishi to'g'riligining baholanishida ko'proq til egalarining dunyoqarashi, mafkurasi, madaniy -ma'rifiy saviyasi, adabiy sahanalardan boxabarligi asosiy ro'l o'ynaydi. Shuning uchun ba'zan muayyan so'zning adabiy tilda qo'llanishining maqbulligi yoki nomaqbulligi ustida uzoq va jiddiy bahslashiladi. Ana shu bahs-munozaralar, ilmiy - ijtimoiy izlanishlar natijasida tegishli to'xtamga kelinadi.

Darsning mazmuni va samaradorligi o'qituvchi nutqining ta'sirchanligi, umuman, madaniy bo'lishi bilan bevosita aloqadordir. Agar o'qituvchi so'zlovchi nutqida noizchillik, tussizlik, qashshoqlik, mantiqsizlik, noaniqlik, uslubiy g'alizlik, grammatik yanglishlik kabi nuqsonlardan loaqal birortasini sezsa, uning diqqati bo'linadi, bayon qilinayotgan materialga bo'lgan qiziqishi susayadi. Qolaversa, material bunday noo'rin nutq bilan bayon qilinganda, tabiiyki, o'quvchi uni qabul qilishda zo'rlanadi, darsdan ko'zlangan samaraga erishish mushkullashadi. Nutq texnikasi bilan bog'liq kamchiliklar (ayrim tovushlarni talaffuz qilolmaslik yoki yanglish talaffuz qilish, ovozning ortiqcha balandligi yoki pastligi, ovoz tembridagi sifatsizlik, "shang'illagan" yoki "qisqartirilgan" bo'lishi, jumladan so'zlararo pauza bera olmaslik, nutq jarayonida chuqur nafas ola bilmaslik va h.k.) ham dars samaradorligiga oldingi ko'rsatilgan nuqsonlardan kam salbiy ta'sir qilmaydi

Xulosa

Nutq harakatdagi tildir.

Nutq til birliklarini o'zaro mantiqiy bog'lab, ularni harakatga keltiradi. Nutq so'z, so'z birikmalari va gaplardan iborat bo'ladi.

Nutq, nutq odobi insonning ma'naviyatini-ma'rifatini belgilovchi asosiy mezondir. Demak, kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko'rinadi. Nutq odobi nima?

2022 IYUN

ISSN:2180-2160

Nutq odobi de ganda, aytilishi zarur bo'lgan xabarlarnï, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko'ngliga mos holda adabiy me'yordagi ifodalar bilan etkazishdir. Xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor etkazish mumkin. Buning uchun so'zlovchi tilni, mukammal bilishi kerak. Muloyim, yoqimli, odobli so'zlash ham o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Unga yoshlikdan ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o'rganish orqali erishiladi. O'quvchi uchun esa eng yaxshi namuna o'qituvchidir. Buni o'qituvchi har doim his qilib turishi kerak.

Nutq odobi salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo'ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: «Bitta salom bilan beshta narsaga - o'zini engil sezish, shon-shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo'lish va nihoyat uzoq umr ko'rishga erishiladi».

Ha, salomda gap ko'p, salomlashish, salom berishning ham o'ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Afsuski, o'zimizning sharqona salomlashish odobimizga etarli darajada e'tibor bermayapmiz.

Avvalo, har bir muslim va muslima salomlashish ham farz, ham qarz ekanligini yaxshi anglab etmog'i lozim. Chunki «So'z boshi -- salom», deganlaridek, suhbatdoshlar muloqoti «assalomu alaykum», «vaalaykum assalom» jumlalari bilan boshlanadi. Bu suhbatdoshlarning tanish yoki notanishligidan qat'i nazar o'zaro hurmat va ehtirom belgisi hisoblanadi. Ammo keyingi paytlarda biror joyga kirib borayotgan, telefonda suhbat boshlayotgan kishilarning salomlashishni unutib borayotganligiga tez-tez guvoh bo'lib qolmoqdamiz.

Xalq tilida salomlashish uchun ham, xayrlashish uchun ham alohida nutqiy vositalar mavjud. O'qituvchi ularni o'z o'rnida ishlatishda hamma uchun va o'z shogirdlari uchun o'rnakdir.

Xulosa shuki, nutq madaniyati tilni - aloqa - aralashuv qurolini ishlatishga bo'lgan munosabatdir. Til vakillarida bu noyob qurolning imkoniyatlariga munosabat, uni ishlatishdagi boshqa omillar: tafakkur, ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga bo'lgan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo'lsa, nutq madaniyati ham shunchalik yuqori saviyada bo'ladi. Aksincha bo'lsa-chi, unda nutq madaniyati ham past saviyada bo'lishi muqarrar. Nutq madaniyati to'g'risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so'zlarning o'rinli va o'rinsiz ishlatilishi to'g'risida ham bahs boradi. Qo'llangan til birligini to'g'ri yoki noto'g'ri deyilganda, albatta, ma'lum bir o'lchov (mezon) ga asoslanishimiz tayin. Mana shu o'lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me'yori deb yuritiladi

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Mirziyoyev Sh. Kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz -T.: O'zbekiston, 2017-yil.

2. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz - T.: O'zbekiston, 2017-yil.

2022 IYUN

ISSN:2180-2160

3. G'oyibnazar Ernazarov. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi -Toshkent.: ILM ZIYO nashriyoti, 2013-yil.

4. A. Nurmonv, A. Sobirov, Sh. Yusupova. Hozirgi o'zbek adabiy tili - T.: Ilm-ziyo nashriyoti, 2010-yil.

5. R. Sayfullayeva, B. mengliyev, G. Boqiyeva, M. Abuzalova. Hozirgi o'zbek adabiy tili, T.: G'afur G'ulom nashriyoti, 2006-yil.

6. A.Ortiqov. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati. T.: 2002.

7. Qosimova K, Matjonov S, G'ulomova X, Yo'ldosheva Sh, Sariyev Sh. "Ona tili o'qitish metodikasi", T.: Nosir nashriyoti, 2009-yil.

8. T. G'afforova, E. Shodmonov, X. G'ulomova. Ona tili. 1-sinf o'quvchilari uchun darslik - T.: Sharq nashriyoti, 2019-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.