Scientific Journal Impact Factor
NUTQ MADANIYATI VA RADIOJURNALIST NUTQI
Qobilova Mahbuba Mo'minjonovna TerDu, Lingvistika: o 'zbek tili I bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq madaniyati tushunchasi va uning radiojurnalistikadagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Bugungi kun radiojurnalistik nutqi aniq va lo'nda, qat'iy tartiblangan, barcha uchun tushunarli bo'lishi lozim. Ayniqsa jurnalist fikr va so 'z odobini chuqur egallagan bo 'lishi lozim. So 'zlarni o 'z o'rnida ishlatish so'zning ta'sirchanligini oshiradi, voqea mohiyatini tez ilg'ab olishga xizmat qiladi
Kalit so'zlar: Til, nutq, nutq odobi, notiqlik san'ati, adabiy til Abstract: This article discussed the concept of speech and its importance in radio journalism. Today's radio journalism speech should be clear and concise, strictly organized, understandable to all. In particular, the journalist must have a deep understanding of thought and etiquette. Using words in their place increases the effectiveness of the word, helps to quickly grasp the essence of the event Keywords: language, speech, etiquette, oratory, literary language Аннотация: В этой статье обсуждается концепция речевой культуры и ее значение в радиожурналистики. Cегодняшнее выступление радиожурналистов должно быть четким и лаконичным, строго организованным, понятным для всех. В частности, журналист должен хорошо разбираться в мышлении и этикете. Использование вместо них слов повышает действенность слова, помогает быстро уловить суть события.
Ключевые слова: Язык, речь, речевой этикет, ораторское искусство, литературный язык
Bugungi kunda innovatsion rivojlanish yo'lidan jadal borayotgan mamlakatimizda barkamol avlod tarbiyasi, ma'rifatli va yuksak ma'naviyatli fuqarolarni yetishtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.
Yurtboshimiz tomonidan bеlgilab bеrilgan "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" bugungi kunda o'zining ijobiy natijasini ko'rsatmoqda. Yurtimizda shaxs, inson, jamiyat, davlat yangilanmoqda, barcha ijtimoiy jarayon ta'lim va madaniyat, ma'naviyat o'ziga xos tarzda shakllanib bormoqda.
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: "....oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bizning eng birinchi vazifamiz", deb ta'kidlagan fikrlarining negizida, yurtimizdagi barcha OTMlari oldida O'zbekistonning taraqqiyotini ta'minlay oladigan, uni jahonning ilg'or mamlakatlari darajasiga ko'tarilishiga hissa qo'shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish masalasi yotadi. Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "... Keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari xodimlarining demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi o'rni va nufuzini, mahalliy gazetalar, tele-radiokanallarning moddiy texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng asosiysi, matbuotda fikrlar, qarashlar xilma-xilligini ta'minlash bo'yicha jiddiy ishlar amalga oshirilgani sizlarga ma'lum, albatta. Gazetalarimiz, tele-radiokanallarimizda oshkoralik, tahlil va xolis tanqid ruhi kuchaygani, bevosita xorijiy mamlakatlardan tayyorlanayotgan materiallar soni ortib borayotganini biz har tomonlama qo'llab-quvvatlaymiz", degan fikrlardan ko'rinib turibdiki, jurnalistlarning oldiga katta mas'uliyat yuklaydi. Buning uchun nutq madaniyatini chuqur egallash talab etiladi
Til va nutq bir-biriga bog'liq hodisalardir. Til nutq uchun moddiy material, bu material asosida nutq tashkil topadi. Tildagi hamma narsa til jamoasi uchun umumiy bo'ladi. Tilda ruhiy va moddiy material mavjud bo'lib, so'zning kishilar xotirasidagi obrazli ruhiy material, nutq yaratilish jarayonida qo'llaniladigan so'z shakllari, morfemalar, tovushlar moddiy material hisoblanadi. Tilning ruhiy hodisa ekanligi uning ongda saqlanishi bo'lsa, moddiy hodisaligi undagi til vositalari orqali belgilanadi.
Nutq - bu til deb ataluvchi, o'ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq harakatdagi til bo'lib, nutq a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi va so'z shakllari, so'z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq madaniyati, madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha ma'l um lingvistik me'yorlar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bo'lgan tushuncha hisoblanadi.
Scientific Journal Impact Factor
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirda nutq madaniyati atamasi biklan yuritiladigan hodisa va ilmiy muammo ancha keng mazmunga ega. Nutq madaniyati faqtagina adabiy tilni ongli va maqsadga muvofiq ma'yorlashga qaratilgan harakatlargina emas, balki millatning umumiy madaniyatini ko'tarish, odamlarga ma'lum "til didi" («языковой вкус») ni tarbiyalashga xizmat qiluvchi faoliayt hamdir.
Nutq madaniyati atamasi hozirgi zamon tilshunoslik talqinida uch xil hodisaning nomi sifatida qo'llanmoqda. Bular : 1) madaniy nutqning, ya'ni nutqiy hodisaning nomi; 2) madaniy nutq tushunchasi bilan bog'liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi ilmiy muammoning nomi; 3) nutq madaniyati muammosini o'rganish bilan maxsus shug'ullanuvchi sohaning, tilshunislik fani bo'limining nomi. Keltirilgan uchta hodisaning har birini bir-biri bilan qorishtirib yubormaslik lozim.
Nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta'riflashda tilshunoslikda quyidagi qarashlar ko'zga tashlanadi:
1. Nutq madaniyati - adabiy til rivojining o'ziga xos xususiyatlaridan biri (Praga lingvistik maktabi).
2. Nutq madaniyati (til madaniyati) - bu adabiy til me'yorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo'lgan faoliyat, ya'ni til rivojioga ongli aralashuvdir (Praga lingvistik maktabi
3. Nutq madaniyati tilni ravshan, ifodali tuza olish mahoratidir. (A. Gurevich)
4. Nutq madaniyati kishilarning o'zaro to'liq va teran fikrlashi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashidan iboratdir, (B.N.Golovin)
5. Nutq madaniyati faqat to'g'ri nutqninggina emas, balki nutqiy chechanlik hamdir. (G.O. Vinokur)
6. Nutq madaniyati til vositalaridan o'rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so'zlash va yoza olish san'atidir. (A.N.Efimov).
7. Nutq madaniyati bu avvalo fikrlash madaniyatidir. (D. E. Rozental)
8. Milliy o'ziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq madaniy nutqdir. (M. Afganova).
Ta'riflardan ma'lum bo'ladiki, nutq madaniyati - tilni aloqa-aralashuv qurolini ishlatishga bo'lgan munosabatdir. Radiojurnalistlar bu noyob quroldan foydalanishga bo'lgan munosabat qanchalik yuqori saviyada bo'lsa, nutq madaniyati ham yuqori saviyada bo'ladi.
Scientific Journal Impact Factor
O'zbek va jahon tilshunosligida jurnalistika sohasiga bag'ishlangan ko'plab tadqiqotlar mavjud. Ayniqsa, bu borada Mo'minov.F.A , S.Sodiqov, V.V.Smirnov kabi olimlarning ishlarini alohida ta'kidlash lozim.
Hozirgi ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizda ulkan o'zgarishlar, tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda har bir shaxs buyuk o'tmishimizni yaxshi bilgan holda kelajagimiz ravnaqi uchun eltadigan eng oqilona yo'llardan borish talab qilinadi. Bunday oqilona yo'lda Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov ta'kidlab o'tganidek, "Biz milliy ma'naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o'z oldimizga asosiy vazifa qilib qo'yar ekanmiz, bugungi kunda ma'naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta'sir o'tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o'rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi".
O'zbekiston mustaqilligi ommaviy axborot vositalari oldiga yangidan-yangi vazifalar qo'ydi. Jurnalistika sohasida qalam tebratayotgan ijodkorlarning so'zi millatning ijtimoiy-siyosiy ongini, ma'naviy, axloqiy dunyoqarashini shakllantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlash lozimki, o'zbek tilshunosligi fani o'tgan davr mobaynida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Buni tilning barcha sathlari bilan bog'liq muammolarning o'rtaga tashlanishi va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ham ko'rsatib turibdi. O.A.Vni biz "to'rtinchi hokimiyat" deb ataymiz. Uning jamiyatda tutgan o'rni katta. Jurnalistikani nafaqat mafkura yaratadigan, uni shakallantiradigan dargoh, qurol sifatida, balki turli ijtimoiy-siyosiy qarashlarni jamiyatga yetkazadigan vosita sifatida qarashadi.
Keyingi yillarda jurnalistik nutqning individual xususiyatlarini o'rganish hamda tadqiq qilishga alohida e'tibor berilmoqda.
Jurnalistika sohasida so'z tanlashdagi va qo'llashdagi mahoratining tadqiq etilishi tilshunosligimiz rivojida o'ziga xos ahamiyatga ega. Chunki aynan mana shu jihat orqali jurnalistning individual uslubi yaqqol ko'rinadi. Shuning uchun tilshunosligimizda jurnalist nutqining o'ziga xosligi, uning til vositalaridan foydalanishi kabi jihatlar bosh mavzu darajasiga ko'tarilib bormoqda.
Radiojurnalist nutqini uslubiy jihatdan tahlil qilish, jurnalistning tilning badiiy tasvir vositalaridan, shuningdek, umuman tildan foydalanishdagi mahoratini va bu orqali uning o'zbek tili rivojidagi o'rnini belgilashdan iboratdir.
Radiojurnalist nutqini uslubiyatini o'rganish quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
- Jurnalistik janrlar orasida radiojurnalistikaning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish;
- Jurnalistikaning o'zbek tilshunosligida o'rganilish holatini ilmiy-tanqidiy baholash;
- Radiojurnalistikani fonetik xususiyatlarini tahlil etish;
- Radiojurnalistikaning lingvistik tamoyillarini o'rganish
- Radiojurnalistikaning morfemik xususiyatlarini o'rganib, uni tahlil qilish
- Radiojurnalistikani grammatik-stilistik jihatdan tahlil qilish
Aholini turli voqea-hodisalardan voqif qilish, aholi madaniyatini oshirish, ma'naviyatini boyitish, dunyoqarashini to'g'ri shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining axborot tarqatish, madaniy-ma'naviy, birlashtiruvchi, tashkilotchilik, ma'rifiy, mafkuraviy vazifalarining ahamiyat ko'lami kengayib bormoqda.
Mana shunday bir yuksalish va taraqqiyot bosqichida xalqimizga ona tilini mukammal bilish va muloqot jarayonida umuminsoniy hamda umummilliy nutq madaniyati tamoyillari va qadriyatlariga asoslanish chuqur mazmun va ahamiyat kasb etmoqda. Nutq madaniyati nima? degan savolga yuzlanadigan bo'lsak,tilshunos olimlarning fikrlari quyidagicha:
Ojegov S.I.: "Yuqori nutq madaniyati - bu o'z fikrlarini til vositalari bilan to'g'ri, aniq va ta'sirchan qilib bera olishdir. To'g'ri nutq deb esa hozirgi adabiy til me'yorlariga rioya qilib tuzilgan nutqqa aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati faqatgina me'yorga rioya qilishdan iborat emas. U yana fikrni ifodalashning aniq vositasini topishdangina iborat bo'lib qolmasdan, birmuncha ta'sirchan va maqsadga muvifiq vositalarni topish uquvini ham o'z ichiga oladi"
Skvorsov L. I.: "Nutq madaniyati" tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til me'yorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan tilshunoslik fanining madaniyat quroli bo'lgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida me'yorlashtirish muammolari bilan shug'ullanuvchi sohadir"
Bu fikrlardan ko'rinib turibdiki nutq madaniyati, nutqning grammatik to'g'riligi hisoblanadi. U uslubiy jihatdan ham to'g'ri bo'lishi kerak, ya'ni qisqalik, aniqlik va soddalik uning o'lchovi bo'lishi lozim. Keng ma'noda esa nutq madaniyati nutqiy ta'sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o'tkirlik va obrazlilikni ifoda etadi. Shu o'rinda chinakam jurnalist notiqlik mahoratiga tabiiy qobiliyat, shuningdek, o'z tili, nutqi ustida tinimsiz ishlashi natijasida erishadi. Ba'zi insonlarda notiqlik san'ati shaxsiy qobiliyat va faoliyat tufayli erishiladigan san'at hisoblanadi. Notiqlikda qobiliyat va mahorat chambarchas bog'liqligini ko'rishimiz mumkin.
Scientific Journal Impact Factor
XULOSA
Demak, bugungi kun radiojurnalistik nutqi aniq va lo'nda, qat'iy tartiblangan, barcha uchun tushunarli bo'lishi lozim. Ayniqsa jurnalist fikr va so'z odobini chuqur egallagan bo'lishi lozim. So'zlarni o'z o'rnida ishlatish so'zning ta'sirchanligini oshiradi, voqea mohiyatini tez ilg'ab olishga xizmat qiladi. Rahimboy Jumaniyozov ta'biri bilan aytganda, "jurnalistika jamiyatning davriy barometridir. Taraqqiyotga zamin hozirlovchi biror yangilik yoxud aksincha, unga zid narsa haqidagi ilk ma'lumotni tezlikda qabul qilamizki, buning uchun jurnalist so'zi va o'zi o'tkir, fikri zikri teranlik kasb etishi kerak".
1. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.
2. ffl.M.Mnp3HëeB "Y36eKHCTOH pecnyônuKacu OHHH TatnHM TH3HMHHH 2030 HHnrana puBO^naffrapum концепцнaсн".-Т.: "Y36eKHCTOH PecnyônuKacu npe3HgeHTH OapMOHu". nO-5847. 08.10.2019-H.
3. Sh.M.Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi. "Xalq so'zi" 27.06.2018
4. Karimov.I Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch - T. Ma'naviyat. 2008. - b 29.
5. R. Jumaniyozov. Nutqiy mahorat. Toshkent 2005. - b 15
6. P.PacynoB. Hyr; MagaHHATH Ba hothk^hk caHtara. - TomKeHT: Y36eKHCTOH,
7. Eltazarov J. Tildagi tejamkorlik tamoyili va qisqaruv. - Samarqand, 2004.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
2009.