XALQ OG'ZAKI IJODIDA NUTQ ODOBI MASALASI
Salomat Orifjonovna Rustamova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti [email protected] Ilmiy rahbar: Q.A.Mo'ydinov - f.f.f.d,dots.v.b
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola nutq madaniyati sohasidagi izlanishlardan biri bo'lib,unda o'zbek va tojik xalq og'zaki ijodidagi nutq madaniyati masalalari o'rganilgan. Mavzu rivoyat,zarbulmasal,maqol va hikoyalar tahlili asosida dalilangan.
Kalit so'zlar: nutq madaniyati,xalq og'zaki ijodi,nutq odobi,maqol,rivoyat,suxandonlik,so'zlashish odobi.
KIRISH
O'zbek va tojik xalqlarinining tarixiy ildizi uzoq asrlar qariga borib taqaladi. Qadim zamonlardan beri o'zbek va tojik xalqlari so'zlashish odobi, yoki nutq madaniyatiga katta e'tibor berib,so'zlashganda nutq madaniyati me'yori bilan so'zlashishni insoniylik odobining belgisi deb bilgan.Zeroki, so'zlovchining nutqi orqali uning odob-axloqini,dunyoqarashini,bilim saviyasini bilish mumkin.Nutq odobi va nutq madaniyati masalalari zamonlar o'tsada o'z ahamiyatini, dolzarbligini yo'qotmaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xususan, nutq odobi haqida R.Rasulov, A.Shofqorov, Q.Mo'ydinovlarning "O'qituvchi nutqi madaniyati va notiqlik san'ati" kitobida "sodda va o'rinli gapirish, qisqa va mazmundor so'zlash, ezmalikni, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to'g'ri, rost va dadil gapirish, yolg'onchilik, tilyog'lamalikni qoralash va boshqa shu kabi mavzularda so'z boradi"deb ta'kidlangan.
Odamlar so'zlovchining nutqiga qarab chiroyli va mulohizali gapriyotgan shaxsga nisbatan "odobli",o'rinsiz,pala-partish so'zlayotganlarga nisbatan "odobsiz" degan xulosalar chiqarishlari ham bejizga emas. "O'zingga qarab kutarlar,so'zingga qarab kuzatarlar"degan naql ham yo'q emas.Kishining fahm-farosati va saviyasi ikki og'iz so'zidayoq namoyon bo'ladi.
Xalq tarix va madaniyatini ,moddiy va ma'naviy boyliklarini yaratuvchi buyuk kuchdir.Har bir xalq asrlar
June, 2022
355
davomida juda katta hayotiy tajriba to'playdi,shu tajribani turli vositalar bilan kelajak avlodlarga meros qilib qoldiradi. Bu ma'lum ma'noda xalq og'zaki ijodi janrlariga ham o'z tasirini o'tkazgan. Jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyat hisoblanadi. Odamlar orasida fikr almashish bo'lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to'xtaydi. Shuning uchun har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uning o'zini to'la-to'kis o'rganib olishga harakat qilmog'i zarur. Shu ma'noda insoniyat so'z odobiga qo'yilgan talablarni xalq og'zaki ijodi janrlari-maqollar, rivoyatlar, ertaklar, hikmatli so'zlar orqali kishi ongiga yetkazishga harakat qilgan. Chunki badiiy so'z san'ati madaniyatining eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo'lgan bir sohasidir. Shunday ekan ,qadim zamonlardan beri o'zbek va tojik xalqlari ijodiyotida nutq madaniyati masalalariga bag'ishlab yozilgan ko'plab maqol, qissa va hikoyalarni uchratish mumkinki,o'zining tarbiyaviy ahamiyatini zamonlar o'tsada yo'qotmagan.Hattoki, bu mavzu yozma nutqdan oldin xalq og'zaki ijodida ko'zatilgan. O'zbek va tojik xalq maqollarining tarkibida ba'zi maqollar borki,ular hind,yunon,arab, rus tillari tarkibidan kirib kelgan bo'lib bugungi kunda ularni qaysi tildan kirib kelganini aniqlash qiyin.Shu jumladan, "Ming bir kecha"("X,a3opy ak ma6" tojik tilida), "To'tinoma"("TyTHHOMa"), "To'rt darvesh"( "^op gapBem"), "Ayyor baliq"("CaMaKH añep") o'zbek va tojik xalqlari sevib o'qiydigan, xalq og'zaki ijodi namunalaridan ko'plab zarbulmasal va maqollarni uchratish mumkin bo'lgan asarlardir.Bu asarlarda qahramonlarning suxandonlik (roviylik) mahoratini va nutq madaniyatini yaxshi bilishlari asarning oxirigacha sezilib turadi.Ana shu xususiyatlari orqali qahramonlar o'z jonlarini saqlab qoladilar.Masalan,"Ming bir kecha" asari qahramoni Shahrnavoz suxandonlik mahoratini va nutq madaniyatini yaxshi bilgani uchun o'z jonini omon saqlash maqsadida, shahzodaga har bir kecha qissa va hikoyalar so'zlab beradi. "To'tinoma"da esa ,to'ti mahorat bilan so'zlay olishi natijasida o'z xojasi safarga ketganida xotinini fahsh va xiyonat yo'lidan saqlab qoladi.Bugungi kunda yuqorida keltirilgan xalq og'zaki ijodi namunalari arab,tojik,turk,hind xalqlar mushtarak adabiyoti sifatida qadrlanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Insoniyat so'zlash qobiliyatiga ega bo'lgan kundan boshlab ma'noli nutq tuzishga harakat qilgan .Kishilar turmush tajribalarini, tabiat va jamiyat haqidagi fikr-tushunchalarini obrazli so'z orqali tasvirlash, bayon etish ko'nikmalarini yarata boshlaganlar. Badiiy so'z tajribasining o'sishi, badiiy did va zavqning takomillashib rivojlanib borishi xilma-xil adabiy janrlarni vujudga keltiradi. Mana shunday janrlardan biri xalq maqollaridir. Maqollar, hikmatli so'zlar biz uchun asrlarning sadosi, uzoq o'tmish bilan
June, 2022
356
Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385
Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
hamnafaslik hissini uyg'otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko'prikdir. Xalqimizda o'z qadrini bilgan so'z qadrini biladi degan gap bor. O'z qadrini bilgan odam so'zni pala-partish ishlatmaydi, uning asl ma'nosini qidiradi, bilib o'rniga qo'yib gapiradi. Chunki, maqol-so'z ko'rki hisoblanadi. Xalq maqollarida ota-bobolarimiz so'zlash odobiga rioya qilish haqidagi o'gitlarini, pand-nasihatlarini bayon etganlar.
Maqol -mantiqiy mushohada namunasi,odob va axloq qoidalarini jamuljam etgan dono gap.4 U qadimdan xalq donishmandligi,aql-idroki,fikr-o'ylarining ifodasi sifatida yashab kelgan;sinalgan,turmush tasdiqidan o'tgan tushunchalarni ifodalab,unga qanot baxsh etganlar.Maqollar ta'lim-tarbiyaviy jihatdan katta ahamiyatga ega.U kishilarni ogohlantiradi("Tez so'zlagan tez pushaymon bo'lar"),maslahat beradi("O'ynab gapirsang ham o'ylab gapir"),tanbeh berib,tanqid qiladi("Gapning qisqasi yaxshi,Qisqasidan -hissasi.") va boshqalar.
Yaxshi so'zlash, shirin gapirish haqida ham bir qancha maqollar yuzaga kelgan:
Anjom - uy ziynati, So'z - inson ziynati.
Shuningdek, xalqimiz do'sting ham til, dushmaning ham til deb o'qtiradi. Ko'pchilik odamlar orasida pichirlab gapirmaslik haqida "Gapning yomoni-pichir" deb aytilsa, yomon so'zning dilni jarohatlashi haqida "Tayoq etdan otar, so'z suyakdan" deb gapiriladi. Jamiyat a'zolari o'zaro munosabatlarda so'zlashish odobiga qat'iy rioya qilishlari zarurligi ta'kidlanadi. Kishi aytadigan har bir gapini o'ylab olishi, so'ng so'zlashi lozim. O'ylamay aytilgan so'z kishini ko'pchilik orasida o'yalib qolishiga , hatto fojiali ahvolga tushishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu haqda shunday maqollar mavjud:
Achchiq savol berib , Shirin javob kutma.
Bir tavakkal buzadi Ming qayg'uning qal'asin. Bir shirin so'z bitkazar Ming ko'ngilning yarasin
Bug'doy noning bo'lmasin, Bug'doy so'zing bo'lsin.5
Dilda pishir, tilda gapir.
June, 2022
Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385
Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
Og'izga kelgan so'z arzon, ovulga kelgan bo'z arzon.
O'ylanmagan joydan tulki chiqar, O'ylanmagan so'zdan kulki chiqar.
XULOSA
Til odobiga bag'ishlangan maqollar xalqimiz tomonidan juda ko'plab yaratilgan. Bu narsa xalqimizning so'zlash odobiga naqadar mas'uliyat bilan yondashganligidan dalolat beradi. Nutq masalasiga bag'ishlangan rivoyatlar, ertaklar yaratilgan. Bir rivoyatda aytilishicha, malika o'z o'g'liga avvalo ona tilini o'rganmoqchi bo'lgan yigitga turmushga chiqmoqchi bo'ladi. Yana bir rivoyatda podsho vaziriga "boshga nima balo keltiradi?"-deb so'raganda, vazir tilni ko'rsatgan ekan. Xullas, xalq og'zaki ijodi namunalari bo'lgan maqollar, rivoyatlar, ertaklarda ham so'zlash odobiga oid bo'lgan hikmatli fikrlar bayon qilingan. Xalqimiz qadim zamonlardan beri so'z odobiga rioya qilish zarurligini o'qtirib kelgan.
REFERENCES
1. R.Rasulov,A.Shofqorov,Q.Mo'ydinov.O'qituvchi nutqi madaniyati va notiqlik san'ati.Toshkent:-Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi,2022. 7-bet.
2. D.Yusupova.Adabiyot.Toshkent:-Akademnashr,2014.10-bet.
3. A.Samadov.Nazariyai adabiyotshinosi.Samarqand:-SamDU,2011.4-bet.
4. O'zbek xalq maqollari.Toshkent:-Sharq,2019.7-bet.
5. O'zbek xalq maqollari.Toshkent-Adabiyot uchqunlari,2014.132-133-betlar.
June, 2022