Научная статья на тему 'KO‘CHIM TURLARINING TIPOLOGIK ASPEKTI'

KO‘CHIM TURLARINING TIPOLOGIK ASPEKTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3915
388
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
majoziy ma’no / ko‘chim / trop / allegoriya / istiora / ramz / sifatlash / jonlantirish / tashxis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dedaxanova Muazzam Altmishbayevna

Bugungi kunda ko‘chma ma’no turlarining mohiyatiga qiziqish ortib bormoqda. Shunga qaramay, metaforani ramz, majoz kabi yondosh hodisalar bilan qorishtirish holatlari uchrab turadi. Chunki lingvistik nazariyaning rivojlanishida ko‘chim turlari tabiatining bir qator jihatlari o‘rganilmay qolmoqda. Shuni inobatga olib, ushbu maqolada ko‘chim hamda uning turlariga xos integral va differensial belgilarga e’tibor qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KO‘CHIM TURLARINING TIPOLOGIK ASPEKTI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

KO'CHIM TURLARINING TIPOLOGIK ASPEKTI

*

>

Dedaxanova Muazzam Altmishbayevna

Utp

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6772620

' t

1> TiP*

Annotatsiya: Bugungi kunda ko'chma ma'no turlarining mohiyatiga qiziqish ortib bormoqda. Shunga qaramay, metaforani ramz, majoz kabi yondosh hodisalar bilan qorishtirish holatlari uchrab turadi. Chunki lingvistik nazariyaning rivojlanishida ko'chim turlari tabiatining bir qator jihatlari o'rganilmay qolmoqda. Shuni inobatga olib, ushbu maqolada ko'chim hamda uning turlariga xos integral va differensial belgilarga e'tibor qaratildi.

Kalit so'zlar: majoziy ma'no, ko'chim, trop, allegoriya, istiora, ramz, sifatlash, jonlantirish, tashxis.

! > >i :> > > Badiiy ijod talabiga ko'ra ayrim so'zlar ifodalaydigan semani boshqa so'zlarga

ko'chirilishini anglamay turib, yetuk asarlarni tushunish, undan ta'sirlanish va tahlil

qilish mumkin emas. Bu jihatdan alohida e'tibor talab qiluvchi ko'chim eng ko'p ishlatiladigan badiiy vositalardan biridir. Ijodkorlar biror so'zga xos lug'aviy ma'noni boshqasiga ko'chirishar ekan, o'z fantaziyalaridan kelib chiqib, tavakkaliga ish tutavermaydilar. Ammo modernizm talabiga ko'ra ayrim ijodkorlarda bunday holat

uchrab turadi. Shu bois ko'pchilik kitobxonlar mazkur yo'nalishdagi ijod

, ............... , _..... ........

namunalarini tushunishda qiyinchilikka uchrashadi. Tabiiyki, ma'no ko'chirishda

narsa-hodisalar o'rtasida yo ichki, yo tashqi, yoki mazmun o'xshashligi, aloqadorligi bo'lishi shart. Bu jihatdan ko'chimlar o'xshatish(tashbeh)ga juda yaqin turadi. Lekin asosiy farq shundaki, o'xshatishda ham o'xshagan, ham o'xshatilgan narsa yoki shaxs ifodalangan bo'ladi. Ko'chimda esa ba'zan o'xshagan narsa, ba'zan o'xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi qismdagi ma'no birinchisiga ko'chiriladi.

Badiiy tasvir vositalaridan biri bo'lmish ko'chim kitobxonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan tuyg'ularni bevosita his qilishga, asar qahramonlari J-jt holatini tuyishga yordam beradi. "Poetik ko'chimlar umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida "badiiy tasvir vositalari", mumtoz adabiyotimiz tarixida esa "majozlar", xalqaro atamashunoslikda esa "troplar" deb yuritil"adi [3, B. 324]. Adaboyotshunos T.Boboyev esa "o'xshash (komparativ) ko'chimlar" nomi ostida uni shunday izohlaydi: "Ko'chimlarning bu guruhiga o'xshash majozlar (tasvir obyektini tashqi ko'rinish jihatidan o'ziga o'xshash bo'lgan obyektga qiyoslash) mansubdir. O'xshash ko'chimlarning umumiy xususiyati

„u u .„j.:,,:____j____________j____. „i___.________j____^

shundaki, bularda ikki predmet (o'xshatilayotgan predmet va o'xshayotgan predmet) * : j*

^-w-isr88- a I

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

bir-biriga qiyoslanadi yoxud bir predmet (o'xshayotgan predmet)ning xususiyatlari

boshqa predmet (o'xshatilayotgan predmet)ga ko'chiriladi. Shu tariqa, tasvir obyekti obrazli (yorqin va jozibali) ifoda etiladi. O'xshash ko'chimlar istiora (metafora), sifatlash, jonlantirish (tashxis), ramz (simvol), allegoriya kabi ko'rinishlardan tarkib topadi" [3, B. 328]. Maktab darsliklarida esa ko'chimning istiora (metafora), majoz, ramz singari ko'rinishlari mavjudligi ta'kidlanadi [2, B. 309]. Endi ana shu tasniflar asosida ichki turlar o'rtasidagi tavofut masalasiga to'xtalib o'tsak:

Metafora (istiora) ko'chimning ko'p qo'llanadigan ko'rinishlaridan biridir.

r 1 °

Muayyan konseptsiyani belgilash uchun yangicha, ta'sirchan ma'no ifodalash maqsadida tilda ilgari mavjud bo'lgan so'z yoki iboraning ko'chirilishiga metafora deyiladi. U tashqi yoxud ichki o'xshashlikka asoslanadi [Qarang: 1, B. 1251]. Tilshunoslikda metafora, adabiyotda esa istiora deb yuritiladi. Metafora yunoncha so'z bo'lib, "metaphora" — "ko'chirish", istiora esa arabcha "omonatga olish", "qarz olish", "vaqtincha ijaraga berish" ma'nolarini o'zida ifoda etadi. U obrazli tafakkur shakllaridan biri, badiiy adabiyotda keng qo'llanadigan tasvir vositasidir. Metaforada

biror narsa-hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa-hodisaga ko'chirish orqali badiiylik ifodalanadi. Lekin bu ko'chirishda tashqi o'xshashlik asosiy o'rin tutmaydi. Balki, o'xshatilayotgan va o'xshayotgan narsa-hodisalar orasidagi yaqinlikka,

umumiy o'xshashlikka tayaniladi [2, B. 311]. Masalan, "Tashna dunyo yotar hali o'ksinib" [4, B. 87] misrasida ajratib ko'rsatilgan so'zlar orqali anglashilib turganidek, jonli mavjudodlarga xos jihatni dunyo obraziga o'xshashlik asosida ko'chirish orqali metafora usulidan mahorat bilan foydalanilgan. Negaki u tashna

holda o'ksinib yotuvchi odam emas. Misolda dunyoni jonli mavjudodga yashirin

, , ...... .... , ........ . , , ,

o'xshatish bilan yopiq istiora usulidan foydalanilgan. "Agar matnda o'xshatilayotgan

n o rn o I o rn 1 n rv r\ r-w-t m n o Kr» 11 K a vfihnrrnn nornn +nrhinliK n r» m 1 fi I o o \ni mrntr»

narsalarning o'zigina bo'lib, o'xshagan narsa tushirilib qoldirilsa-yu, ayrim alomatlarini o'xshatilayotgan narsaga ko'chirilib o'tkazilgan bo'lsa (shularsiz istiora bulmaydi) — yopiq istiora paydo bo'ladi" [3, B. 330]. Yana bir misol: "Qarigan qayg'ular sudranar g'ijim" [4, B. 85] misrasida qayg'u mavhum ot, u qariydigan, 'M sudraladigan jonli mavjudod va g'ijim buyumga yashirin yo'l bilan o'xshatilmoqda. Ya'ni qayg'uning nimaga qiyoslanayotganini aniqlash kitobxon hukmiga havola qilinganiga guvoh bo'lamiz. Ba'zan "Boshida qora qish, oppoq bahorlar" [4, B. 164] J-jt misrasidagi kabi istioraviy sifatlashlar ham uchrab turadi. Bu haqida quyiroqda sifatlash mavzusi doirasida to'xtalib o'tamiz.

Majoz (allegoriya) adabiy asarda kitobxonga noaniqroq bo'lgan tushunchani ko'pchilikka ma'lum bo'lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir [2, B. 324].

ÎW-

>*

Buni allegoriya deb ham yuritiladi. Masal janri majozning yorqin namunasi hisoblanadi. Asli Frigiya mamlakatidan bo'lib, urushlar natijasida qul qilingan holda

111 juuitti icixu. rvju i 11531 _y ci 11 icii 1 iicirvciinacu i uu nu, lu lui iicii i iciiijcijuaci lu i i i i igcu i iiwiua

Yunonistonga kelib qolgan Ezop (miloddan avvalgi VI asr) birinchi masalchi

1,;__1,1____1: T T„:__ÍCTJ„4.'„__„„±J1 _______1__1,55 CCI"' 1__1, 1~J1___1____1__" ' 1~J1___

hisoblanadi. Uning "Ustiga tuz ortilgan eshak", "Eshak bilan baqalar", "Bo'ri bilan

» ! il i>jt>

"-w-isr88- a |

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

laylak", "Yovvoyi echkilar bilan cho'pon" kabi masallaridagi xulosa o'zbek xalqi

hayoti, kundalik turmushi, so'zlashuv nutqida ham doimiy uchraydigan hodisadir. Chunki janr talabi bilan bu asarlarda ko'tarilgan mavzularning barchasida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlar jonzot, hayvon obrazlariga ko'chirilgan.

Demak, odamzodga qiyoslangan jonli va jonsiz timsollar majoziy, ya'ni allegorik obrazlar hisoblanadi. Metaforada esa bunday holat yo'q. Biroq odamga xos belgini ifodalash uchun emas, balki insonning o'zini qiyoslash uchun qo'llangan jonzotlargina ayrim o'rinlarda metaforani yuzaga keltiradi. Masalan, "Hijratda ona

•> о

allasi" she'ridagi "Shakar qo'zim, tushlaring bo'lsin shirin" [4, B. 159] misrasida shakar, qo'zim va shirin so'zlari METAFORAdir. Negaki ular o'xshatish asosida

1 о

ko'chma ma'no ifodalagan bo'lib, bu yerda fikr shakar yoki qo'zi haqida emas, balki shakardek shirin, qo'zidek jajji va yoqimtoy bolasiga ona shirin, ya'ni yaxshi tush ko'rishni tilamoqda. Shunga ko'ra majoziy ma'no bilan majoziy obrazni qorishtirib yubormaslik lozim.

Ramz (timsol, simvol) ham ko'chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. Kitobxon anglashi murakkabroq bo'lgan mavhum axloqiy, ma'naviy sifatning shu sifatlarga ko'proq ega bo'lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyiladi. U xalqaro atamashunoslikda timsol yoki simvol atamalari bilan ham yuritiladi.

H*'

Bulbul - oshiq ramzi, kabutar - tinchlik, tulki - ayyorlik va munofiqlik, ayiq - go'l, laqmalik, bo'ri - qonxo'rlik, chumchuq - chaqimchilik ramzi, islom dini ramzi esa hilol sifatida qadimdan qo'llanib kelinadi [Qarang: 3, B. 58, 337].

"Badiiy adabiyotda tashbeh, istiora, sifatlash, paralellik, ma'lum darajada simvolik xislatga egadir. Masallardagi jonlantirishlar, ertaklardagi allegorik xislatlar va, umuman, allegoriya - badiiy simvolikaning ko'rinishlari" [3, B. 337] hisoblanadi.

, - --------?-----0---j ---------------------o ------------------ L ? ---J —-------------

A tr\tr>A 111 ntrrn ОТ Г1Л1 1л1Г nnrftn /Л ûK ГЛ nt*non 1 1 r\ r\ 1 T T VO+ЛГГП 1 1л 1лАГП r\ 1

Ammo ularga ayni bir narsa deb qarash jiddiy xatoga olib boradi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, garchi sifatlash va jonlantirish (tashxis) alohida badiiy tasvir vositasi hisoblansa ham, ba'zan ular metafora bilan yonma-yon kelib qolishi mumkin. Har qanday vaziyatda ularni aralashtirib yubormaslik talab etiladi.

m.

Quyida shu xususida to'xtalib o'tamiz:

Sifatlash (epitet) deganda, predmet (buyum, voqea-hodisa) yoki kishilarning belgi-xususiyat, xislatlarini aniqlab keluvchi (sifatlovchi, izohlovchi) so'z yoki J-jt

rk ' r»l n-r /ч r» ' n 1--» -i 1r»m -i--» -i 1 n 1"ч ■ ■ n n m 1 г-ж ГО TD QQOl

so'zlar qo'shilmasini tushunamiz [3, B. 332]. Aniqroq aytganda, u

"SIFATLOVCHI+SIFATLANMISH" kognitiv modelida namoyon bo'ladi.

Sifatlovchilar o'z ma'nosida bo'lsa, oddiy sifatlash, agar ko'chma ma'noda I I > ^^ I

qo'llangan bo'lsa, istioraviy (metaforik) sifatlash deyiladi. Masalan, "Ulug'

Turkistonim, oltin dalalar" [4, B. 248] misrasida ajratib ko'rsatilgan sifatlovchilardan

ulug' o'z ma'nosida - oddiy sifatlash, oltin so'zi esa ko'chma ma'noda - istiorali

(metaforik) sifatlash bo'lib, o'zidan keyingi Turkistonim, dalalar

-ru-tl______-UM__J • • •___J„1„U ■f.il.l. 1„1_____J„

so'z(sifatlanmish)lari belgisini aniqlab, sifatlab kelmoqda.

Ы> 3 ]> <}>

Щ S >

is* » J

• J^W

3>>

эй*-

я*

>>

#ф>

i >}>

у >

-< V

J tvi

I bi

r>a>

Ы у! й:>

*Ф:

>3*

ЭЙ# t^1

sj J>,>

! >5>

Ы >

>Яч i >4>

*ф>

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

*i> Qs*

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

Istioraviy sifatlashlar ichida ba'zan zid ma'noli tushunchalarni yonma-yon keltirib, ta'sirchan ifodalar yaratish usuli - oksimoron ham uchrab turadi, masalan: muzlagan olov [4, B. 162], uyg'ongan uyqu, sanqigan jasad, yerga cho'kkan osmonlar [4, B. 263] kabi.

Jonlantirish odamga xos belgilarni jonsiz hodisa va buyumlarga ko'chirish usuli bo'lib, u ikki xil ko'rinishda yuzaga keladi [Qarang: 3, B. 333]:

1) tashxis - shaxsga xos sifatlarni jonsiz hodisa va buyumlarga ko'chirish: "Кечки куёш турмаклар сочин" [4, B. 28], "Майсалар эгилиб укийдир китоб" [4, B. 65];

2) intoq - hodisa va buyumlarni nutq egasi qilib ko'rsatish: "Майсалар шивирлар, хайкиради тог... "Ахир мен аламман" - чинкирар алам... "Уйгон, уйгон, - дея инграйди наво, - Сенга бу Ватандир, сенга туркий тил" [4, B. 204], Бир лахза ох тортиб куядир офтоб [4, B. 65], Шивирлар, хайкирар бепоён денгиз [4, B. 154].

Jonlantirish san'atining tashxis (shaxslantirish) turi asosida metafora(istiora)larning istiorali sifatlash qolipida kelishi ko'p uchraydi: "Vahshiy dunyo, qonxo'r dunyo quturdi" [4, B. 230]. Ushbu istiorali sifatlash (Vahshiy dunyo, qonxo'r dunyo) negizida dunyo obrazini jonlantirish orqali badiiy estetik zavq berish barobarida emotsional-ekspressiv vazifa bajarilgan.

Yuqoridagi fikrlarimiz umumlashmasini quyidagi jadvalda ko'rishimiz mumkin:

Ko'chim turlarining qiyosiy jadvali

- >j»= #ф>

Ы р \

шш

1 J>

4L,

№ KO'CHIM TURLARI QOIDASI MISOLLAR

1. Metafora (istiora) O'xshashlik asosida nom ko'chishi. Ilhomning pichog'i sanchilar butkul. Lovullab yonmoqda oylar, yulduzlar, Orzumning quyoshi bo'lmakdadir kul.

2. Majoz (allegoriya) Noaniqroq bo'lgan tushunchani ko'pchilikka ma'lum bo'lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash. Masal janri majozning yorqin namunasi hisoblanadi. Ezopning "Eshak bilan baqalar", masalidagi eshak kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho'kib qoladigan, besabr kishilarning majoziy timsolidir.

3. Ramz (timsol, simvol) Anglash murakkabroq bo'lgan mavhum Gul - ma'shuqa, bulbul - oshiq, kabutar - tinchlik ramzi, islom

■ —- ^•

86

jW^ У

q ж** Щ >

Ш

q щъ <щз>

^й >

q >4*

Mjr

»

>

*Ф>

q>j*

и*-qjH*

i

Ш >

S > >

i*4>

q

»ф>

ут*

I

*ф> q >>>

m

* j>

ш> i )Й*= 4H>

ы> >>

* : > й*

3>>

ы )>

зй*с р4 т>

ЗЙ*

Ы *

j

>j* Ы>

i >s#

Ы )> ! Я>

J 1>^<_>: )

J>

>

»

Ш i

kiiT

s

>

Mi

D

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

mm

m j-

axloqiy, ma'naviy sifatning shu sifatlarga ko'proq ega bo'lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishi. dining ramzi esa hilol.

4. Sifatlash (epitet) Belgi-xususiyatni aniqlab keluvchi (sifatlovchi, izohlovchi). a) oddiy sifatlash: Ulug' Turkistonim; b) istioraviy (metaforik) sifatlash: oltin dalalar. Oksimoron shaklidagi istioraviy sifatlash: muzlagan olov, sanqigan jasad.

5. Jonlantirish Jonsiz narsalarni jonlidek tasvirlash. 1) tashxis (shaxslantirish) "Майсалар эгилиб укийдир китоб"; 2) intoq (gapirtirish): "Уйгон, уйгон, - дея инграйди наво.

■ Ш

Ш

j*

i

И

i+i > Wis

^Н >

î> > ;>!

зй*с

Ы 1>

Xulosa qilib aytganda, ko'chim o'xshatish(tashbeh)dan farqlanganidek, o'ziga xos ichki turlari: metafora (istiora), majoz, ramz ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Ayrim tadqiqotlarda ularni aralashtirish holatlari hali-hanuz uchrab tursa-da, metafora tadqiqi yanada rivojlanib, kommunikativ, nominativ va kognitiv maqsadlar uchun zarur bo'lgan tilning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan, XX asr oxirlariga kelib, kognitiv tilshunoslikning shakllanishi bilan metaforaga munosabat butunlay o'zgardi, uning ko'lami kengaydi. An'anaviy qoidaga ko'ra metafora atamasi ostida tashqi o'xshashlikka ko'ra bir so'zni boshqasi bilan almashtirib qo'llash nazarda tutilgan edi. Bugun esa metafora tom ma'noda fundamental bilish faoliyatining namoyon bo'lishi ekanligini aksariyat tadqiqotchilar e'tirof etmoqdalar. Xullas, ko'chim turlarini, jumladan, metaforaning yangi-yangi qirralarini kashf qilar ekanmiz, fikrimizni misollar bilan dalillash borasida, avvalo, uni yondosh hodisalar bilan aralashtirib yubormaslik masalasiga jiddiy e'tibor qaratishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Dedakhanova M.A. Metaphor in the Uzbek Language: Theoretical Interpretations and Approaches// SSN: 2005-4238 IJAST Copyright © 2020 SERSC. "International Journal of Advanced Science and Technology" Vol. 29, No. 8s, (2020) (Scopus) (http://sersc/org/j ournals/index/php/IJAST/article/view/12473).

2. Yo'ldoshev Q., Qosimov B., Qodirov V., Yo'ldoshbekov J. Adabiyot: Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua. Qayta ishlangan

УгЗ*

и*-

в

S ]>>>

^H J>

s ' *

m-

my>

jj

'*3>

Ц >p *ф>

Ы >

q ж*

Щ >

q

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Qj^f^S). .—

87

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №6

4-nashri - T.: "Sharq", 2017. - Б. 368

3. Бобоев Т. Адaбиëтшyнослик aсослaри. Олий укув юртлaрининг филология фaкyльтетлaри тaлaбaлaри (бaкaлaвр боскичи) учун дaрслик. Мaсъyл мyхaррир С.Мaмaжонов. 2-нaшр, Kaara ишлaнгaн Ba тyлдирилгaн. - Т.: "Узбекистон", 2001. - Б. 560. (www.ziyouz.com kutubxonasi).

4. Рayф Пaрфи. Туркистон рухи // CaaraHMa: шеърлaр, тaржимaлaр / нaшргa тaйëрловчи В.Фaйзyллох. - Тошкент, "Шлрк;", 2013. - Б. 320.

иф

эй* >*

-^fV-iír f.--^SfV-^ï f.—

ss

jW^ У

q ж**

ЩУ>

Ш

!>3*:

Ш

m>c

cJ

>

q > > >

Ы:>

и*-

q

Ш >

q

Щ >

q>jv>:

ж#: Ш >

m >

i> * q

Ц >p

q > >

q ж** q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.