SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
XX ASR O'ZBEK YOZUVCHILARI IJODIDA ONA OBRAZI
S.Shermamatova
Farg'ona davlat universiteti, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o'qituvchisi, D.Karimova Farg'ona davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o 'zbek xalqiga mansub ona siymosining yozuvchilar tomonidan tasvirlanishi ifodalangan. Tasvirlarning o 'ziga xosligini o 'rganish, yozuvchilar uslubini o'rganish va obrazning ifodalanishi tahlil qilinadi. Ona obrazining o 'ziga xosligini ko 'rsatiladi va tahlil qilinadi.
Kalit soizlar: Obraz, urush, asar, trilogiya, adabiyot, darslik, farzandlik burchi, hayot, ona obrazi, tahlil, tarbiya, xalq.
The description of the image of the mother belonging to the Uzbek people by the writers. To study the uniqueness of the images, to study the style of the writers and to analyze the expression of the image. To show and analyze the uniqueness of the image of the mother. This article reflects on this.
Keywords: Image, war, work, trilogy, literature, textbook, filial duty, life, Mother's image, analysis, education, people.
Ona siymosi dunyodagi barcha xalqlar uchun mo'tabardir. Faqatgina ushbu inson farzandi uchun kechalarni bedor va uyqusiz o'tkazadi. Farzand kamoli uchun yelib yuguradi, farzandi uchun har qanday ishga qo'l uradi. Beminnat mehr berguvchi inson. Ona-bu so'z negizida olam-olam ma'no mujassam. Ona haqida qancha ta'rif bersak shuncha kam. "Odamning qalbida qanday oliyjanob tuyg'ular mavjud bo'lsa, ularning barchasi avvalo onadandir". Darhaqiqat, ta'lim va tarbiyani birinchi bor farzand ona qornidaligidayoq olishni boshlaydi. Ko'plab shoirlar va yozuvchilar madhini kuylab she'rlar, dostonlar va romanlar yozgan va hali ham yozib kelishmoqda. Buning sababi esa hayotimizdagi takrorlanib bo'lmas bo'lgan shaxs -onadir!
O'zbek adabiyotida ona obrazining go'zal va takrorlanmas namunalarini yaratgan yozuvchi va shoirlar talaygina. O'tkir Hoshimov va Said Ahmad ham ular sarasiga kiradi. Har ikkala adibning asarlarida Ona siyosi shu qadar muhim o'rin tutadiki, ularsiz yozuvchilarning ijodlarini tasavvur etib bo'lmaydi. Ona farzandga hayot beradi, voyaga yetkazadi. Har bir inson hech bo'lmaganda ona haqida bir dona
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
she'r bo'lsa ham yod olgan. Barcha yozuvchi va shoirlar esa onalarga bag'ishlab ko'plab she'rlar, hikoyalar yoki katta-katta asarlar yaratganlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbek adabiyotida ona obrazining go'zal siymosini va uning betakrorligini o'z asarlarida yaratgan yozuvchilardan biri O'tkir Hoshimovdir. Yozuvchi asarlarining eng muhim va asosiy obrazlaridan biri ona obrazi. Ushbu obrazsiz yozuvchi asarlarini tasavvur qilib bo'lmaydi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 5- sinf adabiyot darsligida O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi keltirilgan. Bu qissa kichik-kichik hikoyalardan tashkil topgan bo'lib, yozuvchi bu asar bilan o'zbek onasiga haykal qo'yadi. Qissada yozuvchi o'z hayotida sodir bo'lgan qiziqarli voqealarni o'z qalami bilan kitobxonga ifodalab bergan. Qissadagi "Alla", "Haqqush", "Iltijo", "Gilam paypoq", "Xiyonat" va "Qarz" hikoyalarida ona va farzand munosabatlari, ona siymosi asardagi barcha hikoyalarni birlashtirib turadi.
"Onang-chi, onang hech qachon xiyonat qildimi senga! Biron marta, aqalli bir marta xiyonat qildimi? Har kim har kimning ko'ziga cho'p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o'z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir"1.
Ushbu jumla asardagi eng ta'sirli jumlalardan biri. O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissaga quyidagicha ta'rif bergan: "Dunyoning ishlari" asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo'shiqday o'qiladi. Uni o'qib turib, o'z onalarimizni o'ylab ketamiz. Shu mushrif, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo'lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol oldimizda ko'ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi"
O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani asosan urush yillari qiyinchiliklari, front va front orti azoblari, muhabbat va nafrat, ochlik va qahatchilikni turli qatlam vakillari tilidan mahorat bilan yoritib bergan asardir. Yozuvchi asardagi voqealarni kichkina bola nigohidan tortib to qari insonlar dunyoqarashigacha har birining "men" iga kirishib yozadi. Bola tilidan so'zlaganda kichkina Muzaffarning dunyosini ifodalaydi. "Ikki eshik orasi" romani personajlarga boyligi bilan kitobxonni o'ziga jalb etadi. Ularning orasida Orif oqsoqol, Xusan Duma, Komil tabib kabilar ajralib turadi. Asarda Kimsanning ham obrazi muvaffaqiyatli chiqqan. U roman voqealarida kam ishtirok etgan bo'lsa ham uning mard, oriyatli, jasur belida belbog'i bor yigit ekanligini bilishimiz mumkin. U vatani uchun o'z jonini fido etadi.
1 "Dunyoning ishlari"Xiyonat hikoyasi(27-bet)
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Romanda ayollar obraziga ham keng o'rin berilgan. Ular ichida, ayniqsa, Qora amma ajralib turadi. Qora amma2 - mehribon, soda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi o'zbek onalarining siymosi tasvirlangan. U boshiga tushgan barcha ko'rgiliklarni sabr-bardosh bilan yengib o'zida yashashga kuch topadi. Qora amma olti farzandini yerga qo'yib, bittagina Kimsani yer-u ko'kka ishonmasdan katta qildi. Yurtda urush boshlangach yolg'iz farzandi -Kimsanini urushga jo'natadi. Biroq o'g'li urushdan qaytmaydi, lekin mushtipar ona bu xabarga ishonmaydi. Hattoki, yillar o'tsada unga a'za ochmaydi. Faqatgina ona doim farzandiga sodiq qoladi. Barcha Kimsanning vafotiga ishonadi lekin Qora amma esa buni inkor etib, yillar davomida farzandini qaytib kelishini kutadi. Uning obrazida urush davridagi o'zbek onalari tasvirlangan.
Ona... bu zotni ta'riflashga til ojizdir! Hayotni onasiz tasavvur etish naqadar qiyin. Farzand betob bo'lsa ona farzandidan ko'proq dard chekadi.
Yana ona obrazi mahorat bilan tasvirlangan asarga to'xtalsak, u ham O'tkir Hoshimov qalamiga mansub. "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi. Ona obrazida Umri xola, uning ikki farzandi bor- Shoikrom va Shone'mat.
Shoikromni urushga olishmaydi chunki To'qimachilik kombinatiga montyor yetishmasdi, u esa montyor. Uylanganidan so'ng ota hovlisini ikkiga bo'ladi. Buning sababi esa Xadichaning3 injiqliklari edi. Umri xola esa Shone'mat bilan birga yashardi. Shone'mat esa sil edi. Tabibning aytishicha, u har kuni nahorga bir kosa qo'y suti ichishi kerak. Umri xola esa ilojsizlikdan Shoikromning xovlisidagi qulupnaylarni terib, ularni sotib Shone'mat uchun sut sotib olar edi. Lekin Shoikrom o'g'rini tutish maqsadida o'g'riga simdan tuzoq qo'yadi. Umri xola tuzoqqa ilinib jon beradi. Erta tongda Shoikrom buni ko'rib qilgan ishidan afsuslanadi. Umri xolani peshin namoziga chiqarishadi. Qabristondan qaytishayotganda odamlardan urush tamom bo'libdi degan gap eshitishadi. Lekin urushning tom ma'nodagi qurboni Umri xola edi. U ikki o't orasida. Ikki tarafda ham o'z jigarbandlari, farzandlari. Betob o'g'li uchun ilojsizlikdan shu ishlarni qilgandi. Lekin natijasi boshqacha bo'ldi.
Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasi"da "Hijron kunlarida" kitobida berilgan "Qochoq" deb nomlangan parchasi barcha kitobxonlar tomonidan sevib o'qiladi. Balki asarni o'qish emas, uni qalban his qilishadi. Ushbu parcha umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8- sinf adabiyot darsligida ham berilgan. Bundan ko'zlangan maqsad esa yosh avlodni insonparvar, vatanni ulug'lash, uni asrab himoya qilishga undashdir. Asarning asosiy maqsadi esa ota-ona oldidagi farzandlik burchi hisoblanadi. Lekin barcha ham farzandlik burchini sharaf bilan bajara olmaydi. Asarning bosh
2 Qora amma-Xusan Dumaning ayoli,Kimsanning onasi
3 Shoikromning ayoli
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
qahramonlari Ikromjon, Jannat xola va Tursunboy. Ikromjon va Jannat xola yakka-yu yolg'iz farzandlari Tursunboyni ne umidlar bilan voyaga yetkazib, uni vatan himoyasi uchun urushga yuborishadi. Ikromjon urush qahramoni, xalq orasida yetarlicha hurmatga ega. Odamlardan qandaydir qochoq bola haqida eshitib qoladi. Lekin bu qochoq o'zining yagona farzandi ekanligini keyin anglaydi. Buni eshitgach undan baxtsiz odam yo'q edi go'yo. Ikromjon go'yo farzandidan voz kechgan va o'zini shu yo'l bilan ovutardi. Ammo Jannat xola bundan bexabar edi. U o'g'lini vatan himoyasiga jo'natganidan xursand edi. Lekin orzulari bir zumda ko'kka sovurildi. O'g'li qiyinchiliklarga bardosh bera olmay urushdan qochib kelib qishloq chetidagi to'qayzorda berkinib yashardi. Buni Jannat xoladan boshqa hech kim bilmasdi. Bechora, mushtipar ona! Nima qilsa ham farzandidan voz kecha olmay unga hammadan berkitib ovqat topshirdi. Ikromjon bilib qolishidan qo'rqardi. O'zi betob bo'lib yotib qolgan holida ham farzandi och qolmasligi uchun o'g'lidan xabar olishni to'xtatmas edi. Lekin o'g'li o'zidan boshqa hech kimni na otasini na onasini o'ylardi. Kunlardan birida Jannat xola vafot etadi lekin Tursunboy buni to'qayzor orasidan jimgina kuzatib turadi. Onasini so'nggi manzilga ham kuzatib qo'ymaydi. Faqatgina endi unga kim ovqat olib kelishini o'yladi. Onasini oxirgi marta ko'rish uchun ham harakat qilmaydi. Faqat qornini o'ylaydi.
Naqadar shavqatsiz dunyo. Jannat xola farzandi uchun barcha narsaga tayyor lekin farzandichi? Onasi uchun u nima qila oldi hayoti davomida? Tursunboy yuraksiz, vijdonsiz farzand.
Bir so'z bilan aytganda, ona-bu hayot, tiriklik ramzi. Ne-ne buyuk daholarni, podshohlarni, dunyo tan olgan shaxslarni dunyoga keltirgan, tarbiyalagan inson. Ona millatning tayanchi, asosi. U hech qachon aynimaydigan, zanglamaydigan oltin. Ona simfoniyasida hayotning turli-tuman ohanglari, tovushlari, ranglari uyg'unlashgan. Unda kamalak go'zalligi va maftunkorligi mujassam. Ranglar va ohanglarning o'zaro birlashishidan ona va hayot mohiyati, uning buyuk falsafasi yuzaga keladi.
REFERENCES
1. Adabiyot 8-sinf darsligi 2019-yil (G'afur G'ulom nashriyoti)
2. Dunsenbayev O.O'tkir Hoshimov ijodida ona obrazi. Fil.fan.nomz. avtoreferati. Toshkent, 2012. 26b.
3. O'tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. 2015-yil (Yangi asr avlodi nashriyoti)
4. O'tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. 2012-yil( Sharq nashriyoti)
5. Said Ahmad. Ufq trilogiyasi 2015-yil(Yangi asr avlodi nashriyoti)
XULOSA