Научная статья на тему 'BIZ NECHUN SEVAMIZ O`ZBEKISTONNI?'

BIZ NECHUN SEVAMIZ O`ZBEKISTONNI? Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
420
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vatan / muhabbat / sevgi / tuyg’u / ona-yurt / maqola. / Motherland / love / affection / motherland / article.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ibrohim Muhiddinovich Mamarailov

Ushubu yozilgan maqola Vatanni sevish, uni avaylash, har bir jabhasi qadrli ekanini anglash, yoshlar yurt ravnaqi uchun hissasini qo’shgan holda jannatmakon yurtimizni sevishi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WHY DO WE LOVE UZBEKISTAN?

This article is about loving the Motherland, protecting it, understanding that every aspect is valuable, and young people loving our heavenly country while contributing to the country's development.

Текст научной работы на тему «BIZ NECHUN SEVAMIZ O`ZBEKISTONNI?»

BIZ NECHUN SEVAMIZ O ZBEKISTONNI?

Ibrohim Muhiddinovich Mamarailov

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi

ANNOTATSIYA

Ushubu yozilgan maqola Vatanni sevish, uni avaylash, har bir jabhasi qadrli ekanini anglash, yoshlar yurt ravnaqi uchun hissasini qo'shgan holda jannatmakon yurtimizni sevishi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Vatan, muhabbat, sevgi, tuyg'u, ona-yurt, maqola.

WHY DO WE LOVE UZBEKISTAN?

Ibrohim Muhiddinovich Mamarailov

International Islamic Academy of Uzbekistan

ABSTRACT

This article is about loving the Motherland, protecting it, understanding that every aspect is valuable, and young people loving our heavenly country while contributing to the country's development.

Keywords: Motherland, love, affection, motherland, article.

Yerning har burchida odamlar goho Menga o'z tilimda so'ylar, gumon yo'q: O'zbek ko'p butun Yer yuzida, ammo Olamda boshqa hech O'zbekiston yo'q!

(Mirzo Kenjabek)

ChoTda o'rmalab yurgan jonivorlar ham tug'ilshidanoq oz makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryolardagi baliqlar ham oz oshyonlarini his qiladilar, hatto bolari va shunga o'xshashlar ham oz uyalarini muhofaza qiladilar,— shuning kabi odamlar ham qayerda tug'ilib parvarish topsalar,— o'sha joyga cheksiz mehr qo'ygan boTadilar.

Ha, biz ham shuning uchun, oz yurtimizni qalbimizning tubi bilan his qilgan holda sevamiz.

Sevgi yoki muhabbat 1— biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, g'oyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan intim va kuchli tuyg'u. Nafratning aksidir. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuyg'usining

1 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sevgi

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1389

ulug'vorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va ma'naviy, shaxsiy va ijtimoiy, institutim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga to'planadi.

Vatanga bo'lgan muhabbatni anglashimiz uchun qisqa bir hikoya keltrisam:

Yigit va qizning muhabbat sinovi. Ular internetda tanishishdi. Uch yillik yozishmalardan so' ng bir-birisiz

turolmasliklarini tushunishdi. Ammo, bir "lekin"i bor edi. Yigit boshqa millat, qiz o'zga ellik edi.

-Men vatanimni, uyimni tashlab ketolmayman, - dedi qiz. - Birga bo'lishimizni istasangiz, o'zingiz keling! Shu yerda, mening diyorimda bir umr baxtli-saodatli yashaymiz.

Yigit ko'p o'ylanmadi: darrov rozi bo'ldi. Ko'p o'tmay qizning qarshisida paydo

bo'ldi.

-Sizga turmushga chiqolmayman, - dedi qiz poyiga chokkan yigitga qarab. -Vatanidan, oilasidan bir zumda kechgan inson mendan qancha vaqtda kechib ketarkin? Ortingizga qayting, sizni oq yuvib, oq taragan tuprog'ingizdan ayrilmang.

Ha, insonning asl muhabbati uning atrofdagilarga bo'lgan muhabbati bilan isbotlanadi. Inson, u qaysi millat bo'lishidan qat'i nazar oz tug'ilib o'sgan ona tuprog'ini, uni barcha damlarida ham tashlab qo'ymagan Vatanini sevmog'i, sevganda ham so'z bilan emas, balki, qalban his qilgan holda unga hizmat qilib sevmog'i darkor. Vatan qadrini bilmagan oz qadrini bilmas, bilolmas.

Vatan - bu bitta, ajralmas, vos kechilmas, hech narsa bilan taqqoslab ko'rilmas, hech narsa uning o'rniga qo'yilmas. Mulkdan, matohdan, puldan, jondan, jonondan barcha narsadan kechilir Vatandan kechilmas. Ozbekiston vatanimizni shuning uchun ham sevamiz. Bizning hayotimiz, yaqinlarimiz, millatimiz, ota-bobolarimiz, tariximiz, o'tmishimiz, kelajagimiz, nomusimiz, sharafimiz, farovonligimiz, baxtimiz, tinchligimiz, orzularimiz, hayotimiz, xalqimiz va millatimiz barchasi shu muborak zamindadir. Vatan sevgisi, sevgi so'zining chegaralarini shunchali zichlashtiradiki, agar biz bu muhabbatni ruh, qat'iyat, ishonch, fidoyilik va harakatlar bilan boqmas ekanmiz, unda bizning muhabbatimiz Vatanga yordam bermaydi, aksariyat muhabbat singari, bu sevgi bizning ehtirosimizni qondirish uchun yetarli bo'lib qolaveradi.

Vatansiz inson — kuysiz bulbuldir. Godakligimizdan bizni parvarish qilgan, sozimizni intiqli bilan kutgan, har qadamimizni biz bilan birga bosgan mo'tabar onalarimizga sevgimiz buyuk. Barcha onalarning onasi esa Vatandir.

Yillar oldin ba'zi sabablarga ko'ra Turkiya safariga yo'lga chiqdim. Bir yil davomida Istanbul shahrining ko'plab joylariga bordim. Kunlarning ko'p qismi sohillarda, manzarali joylarni aylanish bilan o'tdi. Ko'plab yaqin insonlar orttirdim. Bora-bora insonlarni hayot sari bo'lgan maqsadlari turli ekanini ko'rdim. Bu esa menga, o'qishim kerakligini, oliygohda o'qishim zarurligini bildirdi. O'qishga qabul vaqti

2 https://sites.google.com/site/wwwuzbekistonimcom/maqollar

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 1390

boshlanganda Istanbul shahrining «Istanbul universitesi» nomli universitetga hujjat topshirdim. Qisqa muddatda kirish imtihonlari ham boshlandi. O'zga yurt, ilk bora ona yurtimdan uzoqdaman. Atrofimda ko'plab mamlakat fuqorolari, har kimning o'z maqsadi bor. Imtihon yahshi natija bilan yakunlandi va men o'qishga qabul qilindim. Bir yil davomida barcha qatori o'qidim. Lekin, ichimdan bir tuyg'u meni qiynardi. Barcha sharoitlarga ega bolsam ham hotirjam o'qiy olmas edim. Har hafta do'stlar bilan ta'tilga borsak ham tatimas edi. Bu qanday tuyg'u? Bu Vatandan uzoqdagi sog'inch. UmrUmr bo'yi uning xayolini Vatan, unga bo'lgan intilish band etgan Zahriddin Muhammad Bobur bobomning Vatan sog'inchini shu onlarda anglagandek bo'ldim.

Ne yerda bo'lsang, ey gul andadur chun joni Boburning,

G'aribing'a tarahhum aylagilkim, andijoniydir.

Tole' yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi,

Har ishniki ayladim, xatolig' bo'ldi.

O'z yerin qo'yib, Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi.4

Har tong oftobning o'zbek yeriga, tuprog'iga, avliyolar ruhi qorishiq shu zaminga yuqoridagi kabi mehrli nurlar berishini bilmaymiz hatto. Qiziq: nega endi saxovatli quyosh hammaga teng bo'lishib kelayotgan issiq nurini o'zbek diyoriga kelganda qalbda o'zgacha bir entikish bilan bo'lishadi? Tuprog'idan jannat isi ufurgani uchunmi? Bu zamin aslida shu quyosh tufayli shirin-shakar bolga to'ldi, bir-biridan go'zal gullar bilan gulbog'ga aylandi.

Bugun ana shu tilsimotlar o'lkasi tinchlik va osoyishtalik bag'rida yanada ko'proq mo'jizaga, go'zallik va nafosatga to'lib bormoqda. Mustaqillik betakror bu o'lkaga ikki karra joziba baxsh etmoqda. Buni kundan kunga chiroy ochib borayotgan shaharlar qo'ynidagi osmono'par binolarda va yo nuroniylarning shukrona aytib qo'l ochgan duosida-yu jajji, sho'x o'g'il-qizlar qalbidagi shodlik, yuragidagi qiyqiriq-tabassumlarida ko'rishimiz mumkin. Bu - mustaqillik bergan Baxt, mustaqillik baxti bergan lazzatli ne'matdir.

O'ylab qolaman: bir kichkina nihol o'zi tug'ilgan tuproqni biladi, uni sevadi, unga talpinadi, usiz yasholmaydi. Mavjudotlarning eng buyugi Inson-chi? Albatta, inson ham o'z tug'ilgan tuproqni har nedan ulug', muqaddas sanaydi. Mudom unga intilib, zoriqib, sog'inib yashaydi. Inson ham nihol kabi o'sadi. U kabi yurtning yorug' va qorong'u kunlarini, issiq va salqin ob havosini his qilgan holda ulg'ayadi. To'g'ri ba'zilar o'z asari ila hosilini beradi, ba'zilar esa chinor kabi o'z oromini. Muhimi, bu nihollarni o'z yeridan olib dunyoning eng xashamatli mehmonxonasiga joylasangiz bog' bo'lmaydi, bo'lolmaydi. Balki, bu uning o'z ona yurt tuprog'iga bo'lgan sevgisidandir.

3 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bobur

4 http://www.manaviyat.uz/post/view/338

■ „- - 1391 I

Qaysi yurtda non arzon bo'lsa, o'sha yerga ko'chib yuradigan insonda, Vatan tuyg'usi bo'lmaydi.5(O'tkir Hoshimov)

Ha, ozgina qiyinchilik bo'lsa o'z yurtini qiymatsiz rohatga alishadigan insonlarga rahmim keladi. Unday toiflarda sevgi tuyg'usi nafsning hukmi bilan o'lchanadi.

Vatanparvarlik insonni qanchalik yuksakka ko'tarsa, Vatanga xiyonat shuncha xor-u zor etadi. Vatanga xiyonat otaga, onaga xiyonat

Qilish bilan barobar. Dunyo dunyo bo'libdiki, hali o'z eli va yurtiga xiyonat qilgan odamning ishi o'nglanganini hech kim ko'rgan emas.

Vatan bor ekan, vatanparvarlik eng oliy fazilatlardan biri bo'lib qolaveradi va ana shu sharafga munosib farzandlar ham voyaga yetaveradi.

Vatanparvarlik borasida avvalo Vatanning o'zi buyuk murabbiy Hisoblanadi. Uning saxovatli zamini, betakror tabiati, bir-biridan go'zal shahar va qishloqlari, shonli tarixi, boy madaniyati, oriyatli,

Mehnatkash, sodda va oqko'ngil odamlari, ajdodlar xotirasi, avlodlar baxti -barcha-barchasi insonni o'zi tug'ilgan zaminga bog'lab turadi, shu tuproqning fidoyi va jonkuyar farzandi bo'lishga undaydi.

Ona O'zbekistonimiz - ana shunday beqiyos o'lka. Binobarin, biz uchun unga munosib farzand bo'lishdan ortiq baxt-u saodat yo'q.

Ona-yurtni kuylamoq har bir ijodkor uchun ulug' saodat. Har qanday tuzumda ham xalq manfaatini o'ylab, adolatni tarannum etmoq esa chinakam qahramonlikdir. Bunday sharaf hamma ijodkorga ham nasib etavermaydi. Shuningdek, buyuk bobolarimiz, mutafakkir olim-u, shoirlarimiz kabi menga ham bu sharaf nasib qilgan ekan, meni yaratgan Robbimga hamdu sanolar, meni o'z muhabbati ila ulg'aytirgan O'zbekistonimga rahmatlar aytaman.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: O'zbekiston, 1997.

2. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -Toshkent: Ma'naviyat, 2008. V. -83

3. Karimov. I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. "Fidokor" gazetasi muxbiri savollariga javoblar - T.: O'zbekiston, 2000.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati. - М.: Русский язык, 1981. - 2-tom -

5. 717 bet.

6. Ne'matov H. So'z, uning til va nutqdagi o'rni // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1988. -№ 6.

7. Google.com

8. Ziyo.uz

5 https://saviva.uz/iiod/nasr/tabiat-iamivat-inson/

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1392

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.