Научная статья на тему 'JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT'

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT Текст научной статьи по специальности «История и археология»

8038
4324
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
manaviyat / jaholat / immunitet / urf-odat / mustaqillik / diniy bag‟rikenglik / siyosiy barqarorlik / vatanparvarlik / ezgulik va yovuzlik / insonparvarlik / ijtimoiy hamkorlik / millatlararo totuvlik / adolat / spirituality / ignorance / immunity / tradition / independence / religious tolerance / political stability / patriotism / good and evil / humanity / social cooperation / interethnic harmony / justice

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Malika Nabijon Qizi Narzullayeva

Mazkur maqolada yoshlar qalbidagi ma‟naviy bo„shliqni to„ldirish, ularni turli ma‟naviy tajovuzlardan himoya qilishda Vatanparvarlik g„oyasining о„rni va ahamiyati qay darajada ahamiyat kasb etishiga tarixiy-nazariy misollar asosida ilmiy izoh berilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, buyuk tariximizga, milliy urf-odatlarimizga hurmat singari fazilatlarni shakllantirish orqali jaholatga qarshi kurashish imunitetini kuchaytirish borasida tavsiyalar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENLIGHTENMENT AGAINST IGNORANCE

This article provides a scientific explanation based on historical and theoretical examples of the role and importance of the idea of patriotism in filling the spiritual gap in the hearts of young people, protecting them from various spiritual aggressions. The article also contains recommendations on strengthening the immunity to fight ignorance by instilling in the hearts of our youth such qualities as love for the Motherland, respect for our great history and national traditions

Текст научной работы на тему «JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT»

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

Malika Nabijon qizi Narzullayeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Kino, televideniya va radio san'ati fakulteti uslubchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yoshlar qalbidagi ma'naviy bo'shliqni to'ldirish, ularni turli ma'naviy tajovuzlardan himoya qilishda Vatanparvarlik g'oyasining o'rni va ahamiyati qay darajada ahamiyat kasb etishiga tarixiy-nazariy misollar asosida ilmiy izoh berilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, buyuk tariximizga, milliy urf-odatlarimizga hurmat singari fazilatlarni shakllantirish orqali jaholatga qarshi kurashish imunitetini kuchaytirish borasida tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: manaviyat, jaholat, immunitet, urf-odat, mustaqillik, diniy bag'rikenglik, siyosiy barqarorlik, vatanparvarlik, ezgulik va yovuzlik, insonparvarlik, ijtimoiy hamkorlik,millatlararo totuvlik, adolat.

ENLIGHTENMENT AGAINST IGNORANCE ABSTRACT

This article provides a scientific explanation based on historical and theoretical examples of the role and importance of the idea of patriotism in filling the spiritual gap in the hearts of young people, protecting them from various spiritual aggressions. The article also contains recommendations on strengthening the immunity to fight ignorance by instilling in the hearts of our youth such qualities as love for the Motherland, respect for our great history and national traditions.

Keywords: spirituality, ignorance, immunity, tradition, independence, religious tolerance, political stability, patriotism, good and evil, humanity, social cooperation, interethnic harmony, justice

KIRISH

Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholatga, bidiat va xurofatga qarshi ma'rifat bilan kurashishga intilib keladi. Chunki, unga qarshi kuch ishlatilsa, zo'ravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan battarroq yuchayib ketishi mumkin. Jaholatga qarshi ma'rifat usuli hozirgi davrda, bashariyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asr ibtidosida g'oyat muhim kasb etmoqda . Buning sababi

shundaki , eng kuchli ommaviy qirg'in qurollari ishlab chiqarilgan , Kurrai Zaminni bir necha marta yo'q qilib yuborishga qodir yadroviy bombalar zahirasi mavjud paytda o'zaro zo'ravonlik va jaholatga mutlaqo yo'l qoyib bo'maydi.

METODOLOGIYA

Hozirgi vaqtda ko'z o'ngimizda dunyoning turli joylarida roy berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o'zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hammamizga ma'lumki har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona Vatanimizga bo'lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi o'z dinimizga sadoqat tuyg'ularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga yetkazib, kerak bo'lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma'naviy immunitetni kuchaytirishimiz muhim o'rin tutadi. Toki yoshlar milliy o'zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqurroq anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shundagina johil aqidaparastlarning "Da'vat"i ham ahloq-odob tushunchalarini rad etadigan, bizlar uchun mutlaqo begona g'oyalar ham ularga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi.

Yoshlardagi ma'naviy bo'shliqni to'ldirish uchun ularni turli tajovuzlardan himoya qilish uchun avvalo ularning qalbida Vatanimizga bo'lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni qalblariga singdirish zarurdir. Yana milliy o'zligimizga salbiy ta'sir ko'rsatgan milliy qadriyatlarimizni rivojlanib borishiga to'sqinlik qilgan, o'zligimizdan ayirmoqchi bo'lganlarni, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma'qul odatlar haqida ham ochiq so'z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda hudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug'chilik va mahalliychilik, manfaatparastlik va korrupsiya, o'zgalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay halos etish to'g'risida chuqur oylashimiz kerak.

Binobarin Vatan oiladan boshlanadi. Oiladagi sog'lom tarbiya ham oilaga, oiladagi sog'lom muhit ham insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg'usiga poydevor bo'ladi. Mana shu poydevorni mustahkam bo'lishi uchun yuqoridagi illatlarga qarshi mardonavor kurashish zarur, buning uchun esa yuqoridagi aytilgan ma'naviy bo'shliqni to'ldirish lozim.

Borliqda ongli mavjudot sifatida insonlarga shunday imkoniyat berilganki , bu ham bo'lsa aql, tafakkur, ilmdir. Ilm va tafakkurga qanchalik intilib erishmaylik

shunchalik kam tuyulaveradi va inson bu bilimlarini chuqurlashtirishi, yanada ko'proq bilimlar sari intilishi zarurdir.

Biz yoshlarga mustaqillikdan so'ng davlatimiz tomonidan juda katta e'tibor berilmoqda. Yoshlarimizga bo'lgan e'tiborni turli shahar va qishloqlarimizda barpo etilib ilm nurini sochayotgan akademik litsey, kollej, maktab binolarini , shu bilan birga yoshlarda ona Vatanga muhabbat , o;z xalqiga sadoqat, milliy qadryatlariga hurmat his-tuyg'ularini tarbiyalash hamda ularga estetik tarbiya berish, go'zallikni his qilishga o'rgatish maqsadida chekka-chekka qishloqlarda chiroyli, zamon talablari darajasida qurilgan va foydalanishga topshirilgan musiqa maktablarini hamda sport majmualarini misol qilish mumkin deb oylayman. Shunday ekan biz yoshlar zamon talabalariga labbay deb javob bera oladigan, mustaqilligimizni abadiylashtirishga, obod va ozod Vatan, farovon hayotni qurishga, mamlakatimizning jahondagi nufuzini mustahkamlashga, o'zimizni jahon sivilizatsiyasidagi adolatli va munosib o'rnimizni yanada tiklashga erishishimiz lozim. Binobarin, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Biz fidoiy vatanparvarlarni tarbiyalashimiz, Elim deb, yurtim deb yashovchi, shu yo'lda hatto jonini ham ayamaydigan, o'zidan so'ng ozod va obod Vatan qoldiradigan farzandlarni tarbiyalashimiz zamon va mustaqillik talabi", -degan edilar. Shunday ekan mamlakatimiz taraqqiyoti, yurt farovonligi, biz yoshlarga berilgan ishonchni oqlay olishimiz darkor. Har bir yoshning qalbida ilm urug'larini sochib, turli g'araz niyatli kishilar yoshlar ongini zaharlashidan asrab-avaylashimiz, bizni o'zligimizdan, urf-odatlarimizdan ayirmoqchi bo'lgan, yurtimiz tinchligini ko'ra olmaydigan g'arazgoylarga biz o'z bilimlarimiz, tafakkurimiz bilan javob bera olishimiz darkor. Shu maqsadda mamlakatimizda yoshlarning bo'sh vaqitlarini to'g'ri tashkil etish, mazmunli o'tkazish, ularda Vatanparvarlik, insonparvarlik his-tuyg'ularini tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1992-yildayoq birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Oldin odamlarga moddiy boylik berish, keyin ma'naviyat. Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch -qudratidir"-, "Jamiyatni yangilashdan bosh maqsad yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik kabi muhim masalalardan iborat",-deb aytib o'tgan edilar.

Ma'naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki, ma'naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy - siyosiy barqarorlik vujudga keladi, hamda mamlakat

va millat taraqqiy etadi. Bu o'z navbatida shaxsning barkamolligiga va uning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan zamin bo'lib xizmat qiladi. Buni chuqur his qilgan va o'z qalbidan o'tkazgan birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mamalakatimiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyat qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishni milliy ma'naviy tiklanish bilan uyg'un holatda bo'lishi kerakligini ilmiy asoslab berdi.

I.A.Karimov "O'zbekiston o'z istiqloli va taraqqiyoti" nomli asarida O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy sohadagi strategik vazifalarini belgilab berdi. Umuman bu asar O'zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Ushbu asarda birinchi Prezidentimiz O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy ahloqiy negizlarini belgilab berar ekan "O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi", - deb ko'rsatadi.

1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik

2. Xalqimizning mahnaviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish.

3. Insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi.

4. Vatanparvarlik.

Ma'naviyatimiz shakllanib borayotgan bir paytda ma'naviyatimizga tahdid solib turguvchilar ham yo'q emas. Bora - bora bu hol global muammoga aylanib ulgurmoqda.

Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganini asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni xolisona tan olish kerak. Bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo'shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog'lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunib, anglash qiyin emas. Globallashuv - bu avvalo hayot sur'atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo'lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas.

Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko'rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig'iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, bu voqea bizdan juda olisda roy beribdi, uning bizga aloqasi yo'q, deb beparvo qarab bo'lmaydi.

Eng achinarlisi bu tahdidlar bizlar hozir keng ko'lamda qo'llanadigan internet, ommaviy axborot vositalari, turli aloqa vositalari orqali kirib kelmoqda. Bu esa ayrim yoshlarimiz ongini zaharlab, o'z oilasiga, mahallasiga, kindik qoni to'kilgan ona Vataniga qarshi bosh ko'tarishgacha olib kelmoqda. Bu achinarli holatlarni oldini olish uchun inson o'zidagi ma'naviy bo'shliqni to'ldirish, ong va tafakkurini shakllantirib borishi, turli g'arazgoy tinch yurtimizni ko'ra olmaydigan badnafs kimsalar oldida o'z - o'zligimizni dovrug'ini ko'klarga ko'tarish joizdir. Hozirda global muammoga aylanib borayotgan "Ommaviy madaniyat" yoshlar ongiga chuqur kirib bormasligi, ularning dunyoqarashlarini o'zgartirib yubormasliklari uchun Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga bo'lgan e'tiborlari, g'amho'rliklari, say-harakatlarini isboti sifatida har bir qishloq va shaxar ko'chalarida, mahallalarda qurilayotgan sport majmualarida, turli xil hunarmandchilik va bilim dargohlarida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Yana bir misol sifatida yoshlarni bo'sh ish o'rinlari bilan ta'minlash, kollej va oily bilim yurti bitiruvchilariga imtiyozli kreditlar berilayotganini ham aytishimiz mumkundir. Bularning zamirida esa biz yoshlarni ma'naviy boshlig'imizni milliy qadriyatlarimizni ezozlash, Mustaqil Hur O'zbekistonimizni yanada ko'klarga ko'tarish, o'z milliyligimizni zamon bilan hamnafas holda uyg'unlashtirib borish, bir so'z bilan aytganda Vatanparvarlik hissi bilan to'ldirishdir. Ana o'shandagina biz jaholatga qarshi bilim, yuksak aql-idrok va ma'rifat bilan javob bera olamiz. Ma'naviy barkamol shaxs tushunchasi keng qamrovli, serqirra tushunchadir. Ma'naviy barkamol inson - komil inson tushunchasi bilan hamohangdir, yana sog'lom avlod tushunchasi bilan ham bog'lanib ketadi. Bu tushunchalar mohiyatidan inson ahloqi va odobini, shakllangan barcha ijobiy hislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo'lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqaralarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.

Mustaqillikka erishib, ma'naviyat va ma'rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalar, tarbiya sohasida sog'lom avlod, ma'naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berib, mohiyatini ochib berish lozim bo'ladi.

Insonni to'g'rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qoyinki, yuksak ahloqlilikka yo'llash bu tushunchalarning mohiyatini va mazmunini tashkil etadi. Birinchi Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to'rt jihatga e'tiborni qaratdi, ya'ni har bir fuqaro: -o'z haq-huquqini taniydigan bo'lsin, buning uchun kurashsin; -o'z kuchi, imkoniyatlariga tayanadigan bo'lsin va samarasini ko'rsin;

-atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodislarga mustaqil munosabat bildira olsin; -shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg'un holda ko'rib, faoliyat yuritsin.

Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to'liq ta'rifdir. Ma'naviy-ma'rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g'urur bo'lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo'sh urmaydi. Ma'naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash vazifasi qanchalik murakkab bo'lmasin uni amalga oshirganimizdagina pirovard maqsadga erishish mumkin.

Birinchi Prezidentimizning quyidagi so'zlari bilan so'zimizga xulosa qilamiz: Ishonchimiz komilki, Xalqimiz tarixining murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tayziqlarga qaramasdan, ma'naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko'ra olmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Chunki xalq bamisoli ulug' va sharafli yo'ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvondir. Uni yo'ldan chalg'itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo'lgan, bundan keyin ham bo'lishi mumkin. "Karvon bexatar bo'lmas",- degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytara olmaydi. Chunki, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch-ma'naviyat bor. Yana shunday deganlar: "Barchamizga ayon bo'lishshi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o'zbo'larchilikka tashlab qoyilsa, o'sha yerda ma'naviyat eng ojiz nuqtaga aylanadi va aksincha xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo'lsa, o'sha yerda ma'naviyat qudratli kuchga aylanadi". Agar biz el-yurt manfaati yo'lida birlashsak, loqayd bo'lmasdan, ogoh va xushyor bo'lib, yaxshilikka bir - birimizga yordamchi bo'lsak oldimizga qoyilgan maqsadlarimizga albatta yetishamiz.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, inson o'zligini anglashi dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo'lmasdan , dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o'rganish va bilish doimo izlanishda bo'lsa albatta "Jaholatga qarshi ma'rifat" kurasha oladi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T: 2008-y

2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodiva buyuk kelajakka ishonchdir. T: 2000-y

3. Mirziyayev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T: 2017-y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.