Научная статья на тему 'TOMAS HARRIS IJODIDA KASB BIOGRAFIYASI'

TOMAS HARRIS IJODIDA KASB BIOGRAFIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

16
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yozuvchi psixobiografiyasi / obrazlar tizimi / badiiy psixologizm / prototip / tarixiy va badiiy haqiqat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sojida Furqat Qizi Samandarova

Mazkur maqolada amerikalik psixologik triller yozuvchi Tomas Harrisning tarjimayi holi, jinoyatlarni yoritib boruvchi jurnalist sifatida orttirgan tajribasi uning ijodiy faoliyatida nechog’lik darajada o’rin tutganligi va Gannibal Lekter haqidagi romanlari yaralishidagi ta’siri borasida biografik tamoyillar asosida amalga oshirilgan tadqiqotning natijalari xususida so’z yuritiladi. Yozuvchining obrazlarni badiiypsixologik talqin orqali tasvirlash mahorati qahramonlar ichki kechinmalarining ortiqcha boʻyoqlarsiz tasvirlash uslubida koʻzga tashlanadi. U yaratgan qahramonlarning psixologik portretlari ularning ichki va tashqi nutqida, kasb etikasida, oʻtmish xotiralari negizida bevosita va bilvosita zohir boʻladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOMAS HARRIS IJODIDA KASB BIOGRAFIYASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

TOMAS HARRIS IJODIDA KASB BIOGRAFIYASI

Sojida Furqat qizi Samandarova

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

2-kurs tayanch doktoranti Email: soj ida.samandar0791 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada amerikalik psixologik triller yozuvchi Tomas Harrisning tarjimayi holi, jinoyatlarni yoritib boruvchi jurnalist sifatida orttirgan tajribasi uning ijodiy faoliyatida nechog'lik darajada o'rin tutganligi va Gannibal Lekter haqidagi romanlari yaralishidagi ta'siri borasida biografik tamoyillar asosida amalga oshirilgan tadqiqotning natijalari xususida so'z yuritiladi. Yozuvchining obrazlarni badiiy-psixologik talqin orqali tasvirlash mahorati qahramonlar ichki kechinmalarining ortiqcha bo'yoqlarsiz tasvirlash uslubida ko'zga tashlanadi. U yaratgan qahramonlarning psixologik portretlari ularning ichki va tashqi nutqida, kasb etikasida, o'tmish xotiralari negizida bevosita va bilvosita zohir bo'ladi.

Kalit so'zlar: yozuvchi psixobiografiyasi, obrazlar tizimi, badiiy psixologizm, prototip, tarixiy va badiiy haqiqat

ABSTRACT

This article examines the biography of American psychological thriller writer Thomas Harris and the extent to which his experience as a journalist covering crime played a role in his later works. Besides, the results of a biographical study of the influence of his biography on the creation of novels about Hannibal Lecter have been discussed. The writer's ability to describe characters through artistic and psychological interpretation has been manifested in the style of describing the internal feelings of the characters without extra words. Psychological portraits of the heroes he created are directly and indirectly manifested in their internal and external speech, professional ethics, and memories of the past.

Keywords: writer's psychobiography, character system, artistic psychologism, prototype, historical and artistic reality.

Badiiy asarni yozishga tayyorgarlik ko'rayotganida yoki yozish jarayonida yozuvchi bilvosita va bevosita o'z hayot va ijod yo'lida orttirgan tajribalari, ko'rgan-kechirganlari va eshitgan axborotlaridan ilhomlanadi yoki aynan o'sha xotira va tajribalarini badiiyat orqali o'z asarida aks ettiradi [3;38]. Amerikalik yozuvchi

April 23-24, 2024

887

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

Tomas Harris roman yaratishni yozuvchi o'zi ayni paytda ko'rib turgan narsani yozishdan boshlashini, so'ngra undan oldin va keyin nimalar bo'lganini qo'shib bayon etishini ta'kidlaydi [1; 8]. Bunda asar yaratilgan davrga xos ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy muammolar yozuvchining ruhiyati va qarashlariga yo'g'rilgan holda tasvirlanadi va ko'p hollarda yechim taklif qilinadi. Har qanday ijodkor yozayotgan asarida, eng avvalo o'z qalbini, o'z ma'naviy dunyosini aks ettiradi. Demakki, u yaratgan asarning g'oyaviy-badiiy holatidan yozuvchining dunyoqarashini, e'tiqodi va turmush tarzini anglash mumkin. Tomas Harris jurnalist sifatida ish boshlagan kezda (1960-yillarda) turli nashrlarda politsiya faoliyati va jinoyatchilikka oid yangiliklarni yorituvchi muxbir bo'lish asnosida keyinchalik to'rtta romaniga asos bo'luvchi ma'lumotlarni qo'lga kiritadi, jinoyatlarning mayda tafsilotlari bilan yaqindan tanishib, ularni o'z maqola va kichik asarlarida alohida urg'u bilan ta'kidlab o'tadi.

"Yozuvchi psixobiografiyasi qaysidir ma'noda uning badiiy asarlaridagi voqea-hodisalar bayoni, yaratgan obrazlari tizimida o'z ifodasini topadi. Bunday individuallik san'at asarining originalligini, o'ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi. Yozuvchi hayotidagi o'zgarishlar, besaranjomlik, bezovtalik, ruhiy-hissiy kechinmalar, to'lqinlanish va og'riqli dardlar, muallaq yoki sobit dunyoqarash fonida uning badiiy asarini talqin etish o'zining ijobiy samaralarini berishi tabiiy" [2;168-169]. Omma oldida nutq so'zlash, qatorasiga intervyular berishni xushlamaydigan Tomas Harrisning hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar juda kam. U 1940-yilda AQSHning Tennesi shtatidagi Jekson shaharchasida fermer oilasida tavallud topgan va bolaligini janubda - Missisipi, Rich, Klivlend va Klarksdeyl shaharlarida o'tkazgan. Kolduoter daryosi bo'yidagi paxta, soya va bug'doy dalalari Harrislar oilasiga tegishli bo'lgan. "Kichkina paytlarimda o'rtoqlarimning aksari kurkalar edi", deydi u intervyularidan birida. Tomas Harris onasi biologiya fanidan dars bergan Klarkdeyl oliy maktabida o'qigan, bo'sh vaqtini kitob mutolaasi va kichik-kichik ijod namunalarini yozish bilan o'tkazgan. Ernest Xeminguey uning eng sevimli yozuvchisi bo'lgan. Kollejni tugatgach, Texas shtatidagi Beylor universitetiga ingliz tili mutaxassisligi bo'yicha o'qishga kirgan, 1964-yilda o'qishni bitirgunicha mahalliy "Herald Tribune" nomli gazetada kechki smenada muxbir bo'lib ishlagan. O'qish paytida Garriet ismli qiz bilan tanishib, unga uylangan va juftlikning Anna ismli qiz farzandi dunyoga kelgan. Oradan o'n yil o'tar-o'tmas, ular ajrashishgan.

Harris qalamiga mansub "Qizil ajdarho" romanining ko'pgina voqealari, xususan, Jeykobilar oilasining bir kechada o'ldirib ketilishi hodisasi (Birmingem) aynan yozuvchi tug'ilib-o'sgan joylarda sodir bo'lishi ham bejizga emas. Qolaversa, bosh qahramon Gannibal Lekterning ona yurti Litvadan keyin yashagan va o'z

April 23-24, 2024

888

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrcMq^avlat^edagogika^niVBBiitiii

ruhshunoslik faoliyatini yo'lga qo'ygan hududlari (Baltimor, Merilend), Uill Grexemning iste'foga chiqqanidan keyin ko'chib ketgan va Molli bilan oila qurgan joyi (Florida) ham mamlakat janubida joylashgan. Baylor universitetidan ingliz tili mutaxassisligini olgan Harris talabalik chog'idanoq "The Waco Tribune" mahalliy gazetasida muxbir sifatida ish boshlagan va politsiya bilan hamkorlik o'rnatib, jinoyatlarga oid tafsilotlarni yoritib borish bilan shug'ullangan. 1968-yilda "Associated Press"ning Nyu-Yorkdagi idorasiga ishga kirishi esa bo'lajak yozuvchi uchun jinoyat olami sir-sinoatlarini yanada teranroq anglab yetishiga va ommaga bayon etishiga imkoniyat yaratgan. Ushbu nashriyotda 1974-yilgacha muxbirlik va muharrirlik qilgan davrida bir qancha yirik qotilliklarni qamrab oluvchi jinoiy xarakterdagi maqolalar va hikoyalar yozishda davom etgan, yozganlarini "True" va "Argosy" nomli jurnallarga ham sotgan. O'sha kezlarda Harrisning mayda tafsilotlarga nihoyatda diqqat bilan yondashishi muharrirlarning e'tiboriga tushgan va yozuvchi sifatidagi eng kuchli jihatlaridan biriga aylanib borgan. Harrisning jinoyat mavzusini chuqur bilishi va katta jurnalistik tajribasi keyinchalik ilk romani bo'lmish "Qora yakshanba"ning yaralishida asqotgan. 1975-yilda nashr etilgan "Qora yakshanba" romani Harrisni to'laqonli yozuvchi sifatida adabiyot sahnasiga olib chiqqan. Ushbu romanni yozish g'oyasini u "Associated Press" gazetasining ikki nafar xodimi: Sem Mol va Dik Rayli bilan birga o'ylab topgan, ammo keyinchalik loyiha to'liqligicha Harrisning zimmasiga o'tgan. Ushbu romanda 1970-yillar o'rtalarida Yaqin Sharqda urchigan terroristik ruhdagi uyushmalar va ular tomonidan tinchlikka bo'layotgan tahdidlar yoritiladi. Harris romanda haqiqatdan ham o'shanda mavjud bo'lgan falastinlik terrorchilar tashkiloti "Qora sentyabr"dan foydalangan. Asar muvaffaqiyat qozongach, Tomas Harris jurnalistlik faoliyatini butkul tugatib, roman yozishga o'zini bag'ishlagan. XX asrning 70-yillari Yaqin Sharqda avj olgan terrorchilik harakatlari, bombardimonlar, samolyotlarni zabt etish, insonlarni garovga olish va boshqa dahshatli hodisalar orasida ikkita voqea alohida ajralib turadi. Birinchisi 1972-yil 5-sentyabrda Germaniyaning Myunxen shahrida Olimpiya qishlog'ida sodir bo'ladi. "Qora sentyabr" terrorchi tashkilotning sakkiz nafar a'zosi o'n bir nafar isroillik sportchilarni garovga olib, ularning va murabbiylarning umriga zomin bo'lishadi. 1976-yilning 27-iyunida, ya'ni Harrisning romani nashr etilganidan roppa-rosa bir yil o'tgach, Parijdan Tel-Avivga uchayotgan samolyot falastinlik ekstremist tomonidan yo'lovchilari bilan birga Ugandaga olib qochiladi. "Qora yakshanba" romanining ilk nashriga yozgan so'zboshisida Harris ushbu asarni yozish g'oyasi unda Nyu-Yorkdagi "Associated Press" gazetasi uchun jinoyatlarni taftish etuvchi muxbir sifatida ishlayotgan kezlarida paydo bo'lganini qayd etib ketadi. Roman markazida Dahliya Iyad ismli livanlik ayol terrorchi obrazi turadi. Harris

April 23-24, 2024

889

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrcMq^avlat^edagogika^niVBBiitiii

ushbu obrazni "Qora sentyabr" terrorchi tashkilotining asoschisi deya sanaluvchi shaxs prototipidan kelib chiqib yaratgan. Asarda Dahliya Iyad go'zal ayol bo'lish bilan birga o'z maqsadi yo'lida hech narsadan, hattoki qon to'kishdan ham qochmaydigan diydasi qattiq va o'ta xavfli terrorchi ko'rinishida gavdalanadi. Harris "Qizil ajdarho" avvalida Dahliya Iyad obrazining o'ziga juda xush kelishini, unga o'xshab kuchli va irodali bo'lgan ayol qahramon ishtirokida roman yozishni istaganini va Kleris Starling obrazi maydonga kelganini qistirib o'tadi. Vyetnam urushida asir tushib, olti yildan so'ng alamzada holda vataniga qaytgan amerikalik uchuvchi Maykl Lander obrazi Harrisning psixik nosog'lom vahshiy qahramonlari bo'lmish doktor Gannibal Lekter va Frensis Dolarhaydga nisbatan yaqinroqdir. Harris Landerning og'ir o'tgan bolalik, o'smirlik va yigitlik davrlari, shuningdek, Vyetnamda duch kelgan qiyinchiliklariga asar mobaynida bot-bot qaytib, batafsil bayonlar taqdim etadi. Lander ham Dolarhayddek achchiq o'tmishi, armiyadagi tahqirlashlar va rafiqasi bilan ajrashishi oqibatidagi ruhiy beqarorliklar ta'siri o'laroq o'zgalardan qasos olish ilinjida yonadi. Lekin doktor Gannibaldan farqli ravishda u zo'ravonliklarga bundan zavq yoki kuch-qudrat hissini tuygani uchun qo'l urmaydi; Dolarhayd bilan o'rtasidagi tafovut esa uning xayolparast emasligida, jinoyatlari orqali buyuk jismga aylanishga urinmasligida namoyon bo'ladi. Lander uni asirlikda tashlab ketgan va loqayd qaragan mamlakatdan nafratlanadi, kechirgan azob-uqubatlari uchun tovon to'lashlarini istaydi va Dahliya Iyadning hamkorlik haqidagi taklifiga rozi bo'ladi.

Yevropada qisqa muddat yashagan Tomas Harris AQSH hamda Meksikadagi jinoyatlarga oid yangiliklarni yoritib boruvchi jurnalistga aylangan, bitta jurnal ma'muriyatining buyrug'iga binoa n Shimoliy Mexikodagi qamoqxonaga borgan va keyinchalik Gannibal Lekter obrazining yaralishiga ilhom bergan mahbus shifokor bilan ko'rishgan. Otasi betob bo'lib qolgach, unga g'amxo'rlik qilish uchun Missisipiga qaytgan Harris "Qizil ajdarho" romani ustida ish boshlagan. Bu haqda romanning muqaddima qismida alohida izoh berib o'tgan yozuvchi tunlari uychasidagi chiroqni yoqiq qoldirib, dalalar bo'ylab kezishini, u yerlarda emin-erkin izg'ib yuruvchi yovvoyi itlar bilan do'stlashganini, qahramon qish payti itlarga rahmi kelib, ovqat berganini qistirib o'tadi [1;8-9]. Harrisning boshpanasiz itlarga rahmi kelib, ovqat berishi xislati asarga ham ko'chganligi Uill Grexem va uning rafiqasi Mollining uylari oldidagi sohilga dam olishga keluvchi odamlar tashlab ketgan kichkina kuchukchalarni boqishida o'z aksini topadi. Jek Krouford bilan so'nggi qotilliklarni tergov qilish borasida gaplashayotganida Uill "Ba'zi bir kuchuklarni tanishlarimga hadya qilib yuboraman, qolganlari sandiroqlab yurib, ulkan yovvoyi itlarga aylanib ketishadi. Molli hammasini boqadi. U boshpanasiz itlarga befarq qaray

April 23-24, 2024

890

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

olmaydi", deydi. Shu o'rinda qo'shimcha qilish joizki, tabiatni nihoyatda sevuvchi yozuvchi Tomas Harris "Independent" nashriga bergan uzoq kutilgan intervyusida "Pelikan-Xarbor" hayvonlarni qutqarish markazining muntazam mehmoni ekanligi, oilasini yo'qotib qo'ygan olmaxonlar va yaralangan ibis qushini olib kelganini, yovvoyi hayvonlar reabilitatsiyasi bo'yicha seminarda ishtirok etganini ta'kidlab o'tgan [5;1]. Eng so'ngi chop etilgan romani "Kari Mora" (2021) bosh qahramoni ham Mayami sohillaridagi "Pelikan-Xarbor" hayvonlarni qutqarish markazidagi jarohatlangan qushlarga g'amxo'rlik qiluvchi ko'ngilli ayol bo'ladi. Mazkur misollar yozuvchining shaxsiy qiziqish va odatlari u yaratgan asarlarning qahramonlari siymosiga jo bo'lganligini va ular orqali ijodkorning ruhiyati hamda tarjimai holi ochib berilayotganligining yaqqol isbotidir.

Romanlardagi makonlarning, muhitning puxta va batafsil tasviri yozuvchi Tomas Harrisning o'ziga xos uslubiga aylangan va bu romannavislikda ham jurnalistlik faoliyatidagi realistik yondashuv ta'siri o'laroq maydonga kelgan. Qahramonlar ruhiyatini, ayniqsa, jumboqli va murakkab shaxsiyatga ega Gannibal Lekter siymosini, xulq-atvorini to'laqonli ochib berishda muhitning atroflicha tasviri muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Harris T. Qizil ajdarho. - Toshkent: Zukko kitobxon, 2021. -495 b.

2. Karim B. Ruhiyat alifbosi. -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. -354 b.

3. Umurov H. Badiiy ijod asoslari.-Toshkent, O'zbekiston, 2001. -120 b.

4. A Glossary of Literary Terms/ Seventh edition. US: M. H. Abrams. Heinle & Heinle -Thomson Learning. 1999. - 366 p.

5. https://www.independent.co.uk/arts-entertainment/books/features/thomas-harris-interview-hannibal-lecter-new-book-cari-mora-silence-of-the-lambs-a8922126.html

891

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.