Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
OMON MATJONNING "NAJMIDDIN KUBRO" TARIXIY FOJIASIDA
VATANPARVARLIK RUHI
G'ulomjon Atadjanov
O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instiuti ikkinchi bosqich tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Maqolada Omon Matjonning "Najmiddin Kubro" tarixiy fojiamasi tahlil etiladi. Yetmish besh yoshni qarshilagan, ko'plab murshidlarning ustozi bo'lan Najmiddin Kubro mo'g'ullarga qarshi kurashar ekan "Yo vatan, yo sharofatli o'lim" deb jon boricha kurashar ekan, yov tug'ini changallaganicha vafot etdilar. Dramada Najmiddin Kubrodan tashqari, Muhammad Xorazmshoh, Jaloliddin Manguberdi, O'zloq shoh, Turkan xotun, O'degey, Jebe kabi tarixiy shaxslar va Abdul Jalil, Abdul Xalil, Oychechak, Hojib, sharobdor, davlatdor, munshiy, darveshlar, maxfiylar kabi to'qima obrazlar ham mavjud.
Kalit so'zlar: Omon Matjon,tarixiy drama,tarixiy shaxs, Gurganch, Xorazmshohlar sulolasi,dushman,vatan va vatanparvarlik.
Mashhur shoir Omon Matjon mazkur asarda XIII asrda O'rta Osiyoga bosqin uyushtirgan mo'g'ullar va ularga qarshi mardona kurashgan qahramonlar hayotini, shuningdek, Ko'hna Gurganch saroyida yuzaga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni tasvirlaydi. Tarixdan ma'lumki, mo'g'ullar O'rta Osiyoga, Xorazmshohlar davlatiga Alouddin Muhammad Xorazmshoh hukmronligi davrida kirib keladi. Aynan shu davrda saroy hokimiyatini idora qilish ikki shaxs tomoni- dan amalga oshirilgan. Birinchisi Muhammad Xorazmshoh bo'lsa, ikkinchisi sultonning onasi Turkan Xotundir. Bu ma'lumotlarning barchasi tarixdan ma'lum va mazkur asarda ham keltirgan. Shavqatsiz mo'g'ullar barchani qilichdan o'tkazar ekanlar, ular orasida " Yo vatan, yo sharofatli o'lim" deb vatan uchun jon fido qilgan avliyo Najmiddin Kubro hazratlari ham bor edi. Mazkur tarixiy dramada mashhur shayx, tasavvuf bilimdoni, kubroviya tariqatining asoschisi bo'lgan va'liy Najmiddin Kubro hayotining so'nggi damlari o'z aksini topgan. Aniq aytadigan bo'lsak, 1220-1221- yillardagi ikki yillik tarixiy voqelikni o'zida mujassam etgan. Tarixni, Najmiddin Kubro hayoti va ijodini, xalq afsonalarini chuqur o'rgangan yozuvchi Omon Matjon Najmiddin Kubro haqida ajoyib tarixiy fojiasini yaratgan. Shuningdek, asarda Muhammad Xorazmshoh, Jaloliddin Manguberdi, O'zloq shoh, Turkan xotun, O'degey, Jebe kabi tarixiy shaxslar obrazi bilan bir qatorda Abdul Jalil, Abdul Xalil, Oychechak, Hojib, sharobdor, davlatdor, munshiy, darveshlar, maxfiylar kabi badiiy to'qima obrazlar ham yaratilgan. "Tarixiy-biografik asarlarda butun dunyoga mashhur bo'lgan tarixiy shaxs tanlab olinishin ing sababi uning murakkab
599
https://cspu.uz/
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliíiíi^^^^^^^Bim
taqdirini ko'rsatish va qilgan ishlarini namoyish qilish bo'lib qolmasligi kerak. Tarixiy shaxsning qalbidan, ruhiyatidan o'tayotgan kechinmalarni; adolat va adolatsizlik, iste'dod va iste'dodsizlik, ma'rifat va jaholat, ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi kurashlarni ochish azal-azaldan insoniyatni qiynab kelgan ijtimoiy g'oyalardir. Biroq har qanday vaziyatda ham ulardagi asosiy umumiylik bosh qahramonning ruhiy g'alabasidir. Aynan mana shu omil tarixiy asarlarning bugungi kun uchun dolzarbligini oshiradi va kishilarning hayotiy murakkabliklarda toblanishiga, kurashlarda irodali bo'lishga undaydi"1. Asarni o'qir ekansiz, bu asarni to'liq ma'noda tragik asar deb ham ayta olmaymiz. Chunki tragik asarlarni aniqroq aytadigan bo'lsak bosh obrazlarda tragik vaziyatni, fojiani yuzaga keltirish uchun ichki to'qnashuv (kolliziya), konflikt, ziddiyat va kurashlar aks ettiriladi. Ushbu asarda esa ziddiyat va konfliktlar Shayx Najmiddin Kubro hazratlari atrofida emas, aksincha asardagi boshqa qahramonlar Jaloliddin Manguberdi va O'zloq Shoh, Turkan Xotun va Jaloliddin Manguberdi, Turkan Xotun va Muhammad Xorazmshohlar o'rtasida kechadi. Shayx Najmiddin Kubro asar yakunida dushman bayrog'ini qulatib, jangallagancha jon berishi bu aslida uning uchun fojia emas, sharaf edi. Dushman yurtga bostirib kirar ekan, Shayx Najmiddin Kubro shunday deydi: " Ha! Birodarlarim! Ha, azizlarim! Chap ko'ksingizni paypaslab ko'ring! Yuragingizning bir chetida Tangri taoloning siri pinhoni joylashgan javharband nuqta bor! Tug'ilganimiz zahoti Yaratgan egam yetmish ming maloik yo'llab, shu nuqtaga umrimiz hikmatini joylaydi! Ba'zi birovlarda qalbning o'zi yo shu sirli hikmat uchun joy yo'q bo'ladi?! Ular oliy tuyg'u, yuksak ehtiroslardan bexabar o'tadilar! Chap ko'ksingizni paypaslang! Umringiz mazmuni bo'lgan vatan tuyg'usini toping! Asrang, e'zozlang, baland tuting! U yerda shunday g'aroyib yozug' bor: "SHU VATANDA TUG'IDIKMI SHU VATANDA O'LURMIZ!"2 Yurtga g'anim bostirib kirar ekan, shogird Abdul Jalil Shayx Najmiddin Kubroga "Gurganchni tark etganingiz afzal, hech bo'lmasa sizni xatarsiz yerga eltib qo'yaylik"- deganida u qa'tiyan "yo'q " javobini oladi. Bunday taklif sendan oldin Chingizxondan ham tushgan uni ham rad etganman, deb aytadi. Najmiddin Kubroda imkoniyatlar ko'p edi. Dramada Xorazmshohlarga nasib qilmagan imkoniyat aynan unga nasib qildi. Lekin, u umrining oxirigacha shu muqaddas shaharda qoladi. Asarning so'nggi qismida butun shahar mo'g'ullar tomonidan talon-taroj bo'lishini oldindan bilib turgan Shayx:"Ollohdan munojot qilib so'raydi. Shunday yordam berginki, mo'g'ullar yurtimni bosib olmasin, hech bo'lmasa bir lahzaga" deb iltijo qiladi. Najmiddin Kubroning va'liyligi sababli bu ijobat bo'ladi. Chindan ham shaharga parda tutilib, shahar g'animlarning ko'ziga ko'rinmaydi. Dushmanlar g'aflatda qoladilar va bir joyda aylanaveradilar. Bu bir lahzalik edi. O'digey nima qilarini bilmasdan munajjim chaqiradi. Munajjim faqat shu shaharlik odam qarasagina shahar
1 Якубов Б. Замонавий узбек драматургияси ва унинг саднавий тал^ини (1991-2016 йй.) дисс.Т. 2019. Б. 76-77.
^Иатжон О . Дийдор азиз . - ^шкет: Noshir. 2011.-Б.73-74
https://cspu.uz/
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
600
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogikiiniviilllill
ko'rinishini aytadi. Natijada asir olingan O'zluq Shohni shu tomonga qaratishi bilan Gurganch darvozasi yana ko'zga ko'rinadi. " Najmiddin Kubroning ruhoniy qudrati ila tilsimlangan shahar, qum-bo'ron ko'tarilib, yantoq va saksovullarning aylanib, dumaloq-lanib, havoda uchishini ko'z oldida ruhoniy sezimlari ila ko'ra oladi. Shundoqqina dushman burni tagida turgan shaharning g'oyib bo'lib qolishi va tilsimning yechilishi shoir Omon Matjonning original uslubni namoyish etib turadi. Shu bilan birga tragediyada qo'llanilgan tilsimlangan shahar motivi - mifologik badiiy shartlilik vositasi bo'lib, u o'zbek dramaturgiyasida hali shu paytgacha ijodiy tajribada sinalmagan edi" deb ta'kidlaydi, adabiyotshunos Marhabo Qo'chqorova. Mo'g'ullar tomonidan shahar talanadi. Dushman tug'ini changallaganicha jon taslim qilmasdan oldin Najmiddin Kubro tilidan: "Alvido ey toptalgan Vatan, Assalom ey ozod Ruh, Erkka tashna haqiqiy Vatan" - deb aytiladi. Mening e'tiqodimda Vatan bilan birlashmoq, Vatan uchun shahid bo'lmoq bu o'ziga xos yo'ldir. Mening e'tiqodimda haqqa yetishining bir yo'lidir. Mana shu so'zlarni aytib jon taslim qiladi. Asarga chuqurroq nazar solsak, xonaqoh va xonaqoh sohibi Najmiddin Kubro, u yaratgan anjuman ishtirokchilari (ya'ni muridlari) timsolida vatan va vatanparvar, chin e'tiqodli shaxslarni ramziy ma'noda ko'rishimiz va ularga ergashishimiz mumkin. Xulosa o'rnida, shuni aytish mumkinki, Omon Matjon bugungi kun kishisi uchun haqiqiy ma'noda vatanpvavar, millatparvar kuchli tarixiy shaxs obrazini yarata olgan. Ushbu fojia mutolaasi har bir yosh avlodni Vatanga muhabbat, buyuk ajdodlarga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir.
REFERENCES
1. Matjon O. (2011) Diydor aziz.-Toshkent : Noshir .
2. Qo'chqorova M. (2013) Mutoala rukniga mulohazalar . Toshkent: Tafakkur / № 2 2013 y.
3. Yakubov B. ( 2019) Zamonaviy o'zbek dramaturgiyasi va uning sahnaviy talqini (1991-2016 yy.) filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori dissertatsiya. Toshkent.
3 KyHRopoBa M, "Myroa^a pyKHHra Mynoxa3anap""Ta$aKKyp " ^ypHa^H 2013 h. № 2, E.76-81.
April 23-24, 2024
https://cspu.uz/ International Scientific and Practical Conference
601