Научная статья на тему 'ALOUDDIN ATOMALIK JUVAYNIYNING “TARIXI JAHONGUSHOY” ASARI XORAZMSHOHLAR DAVLATI TARIXIGA OID MUHIM MANBA'

ALOUDDIN ATOMALIK JUVAYNIYNING “TARIXI JAHONGUSHOY” ASARI XORAZMSHOHLAR DAVLATI TARIXIGA OID MUHIM MANBA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2614
335
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazmshohlar davlati / Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad alJuvayniy / “Tarixi jahongushoy” / fors / jild / mo‘g‘ul. / state of Khorezmshahs / Alouddin Atomalik ibn Bahauddin Muhammad al-Juvaini / “Tarixi jahongushoy” / Persian / volume / Mongol.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Maxmudova, Aziza Nosirovna

Maqolada Anushteginiylar sulolasi asos solgan buyuk Xorazmshohlar davlatni mo‘g‘ullar tomonidan istilo qilinishi voqealari bayon etilgan tarixiy manba “Tarixi jahongushoy” asari haqida bayon etilgan. Bu asarning muallifi Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad alJuvayniyning hayoti, ilmiy merosi, asarning o‘rganilganlik darajasi tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALOUDDIN ATOMALIK JUVAYNI'S WORK "HISTORY OF JAHONGUSHOY" IS AN IMPORTANT SOURCE ON THE HISTORY OF THE KHOREZMSH STATE

The article tells about the historical source "History of the World", which tells about the conquest of the state by the great Khorezmshahs, founded by the Anushtegin dynasty. The author of this work, Alouddin Atomalik ibn Bahauddin Muhammad al-Juwayni, life, scientific heritage, the degree of study of the work are recorded using historical methods, such as historical, critical, comparative logical analysis, principles of objectivity.

Текст научной работы на тему «ALOUDDIN ATOMALIK JUVAYNIYNING “TARIXI JAHONGUSHOY” ASARI XORAZMSHOHLAR DAVLATI TARIXIGA OID MUHIM MANBA»

Scientific Journal Impact Factor

ALOUDDIN ATOMALIK JUVAYNIYNING "TARIXI JAHONGUSHOY" ASARI XORAZMSHOHLAR DAVLATI TARIXIGA OID MUHIM MANBA

Aziza Maxmudova Nosirovna

"O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi, Farg'ona

Maqolada Anushteginiylar sulolasi asos solgan buyuk Xorazmshohlar davlatni mo'g'ullar tomonidan istilo qilinishi voqealari bayon etilgan tarixiy manba "Tarixi jahongushoy" asari haqida bayon etilgan. Bu asarning muallif Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al- Juvayniyning hayoti, ilmiy merosi, asarning o'rganilganlik darajasi tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda qayd etilgan.

Kalit so'zlar: Xorazmshohlar davlati, Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al- Juvayniy, "Tarixi jahongushoy", fors, jild, mo 'g 'ul.

В статье рассказывается об историческом источнике «История мира», в котором рассказывается о завоевании государства великими хорезмшахами, основанного династией Ануштегин. Автор данной работы, Алоуддин Атомалик ибн Бахауддин Мухаммад аль-Джувайни, жизнь, научное наследие, степень изученности произведения фиксируются с использованием исторических методов, таких как исторический, критический, сравнительно-логический анализ, принципы объективности.

Ключевые слова: государство Хорезмшахов, Алоуддин Атомалик ибн Бахауддин Мухаммад аль-Джувайни, «Тарихи жахонгушой», персидский, том, монгол.

The article tells about the historical source "History of the World", which tells about the conquest of the state by the great Khorezmshahs, founded by the Anushtegin dynasty. The author of this work, Alouddin Atomalik ibn Bahauddin Muhammad al-Juwayni, life, scientific heritage, the degree of study of the work are recorded using historical methods, such as historical, critical, comparative logical analysis, principles of objectivity.

Keywords: state of Khorezmshahs, Alouddin Atomalik ibn Bahauddin Muhammad al-Juvaini, "Tarixi jahongushoy ", Persian, volume, Mongol.

politexnika instituti, Farg'ona, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

IX-XIII asrlar manbalarining deyarli barchasida Xorazm nafaqat Movarounnahr balki butun Musulmon Sharqining eng taraqqiy qilgan, shaharlari ko'p, dehqonchilik chorvachilik, hunarmandchilik gullab-yashnagan, va bu bilan bog'liq ravishda savdo munosabatlari juda rivojlangan hududlardan biri sifatida ko'rsatib o'tiladi. Ammo, bu iqtisodiy va madaniy yuksalish mo'g'ul bosqini munosabati bilan biroz to'xtab qolgan. Bir oz vaqtgacha Xorazm shaharlari vayrona ichida qoldi. Lekin shuni ta'kidlash kerakki, mo'g'ul bosqini ham juda qadimdan shakllanib, rivojlanib kelayotgan Xorazm shahar madaniyati tarqqiyotini butunlay to'xtatib qo'ya olmadi.

Xorazm vohasi mehnatkashlarining yaratuvchanlik mehnati tez orada, iqtisod va madaniyat bilan bir qatorda, Xorazm savdo markazlarining, ayniqsa uning Oltin O'rda davlati tarkibiga kirgan qismi (mo'g'ul bosqinidan so'ng Xorazm Oltin O'rdaga kiruvchi Shimoliy Xorazm va Chig'atoy ulusiga kiruvchi Janubiy Xorazmga bo'lingan edi) shaharlarning o'z qaddini tiklab olishga olib keldi.

Keyingi o'rta asrlar mualliflarining asarlarida Xorazm savdo shaharlari, ayniqsa, Urganch y ana o'z davrining eng yirik savdo markazlari sifatida, Xorazm (ko'proq Shimoliy Xorazm) shu davrning eng boy va iqtisodiy mavqeyi baland hududlardan biri sifatida tilga olinadi. Ammo, mo'g'ul istilosidan keyin to Xiva xoni Abulg'oziygacha yozilgan yozma manbalar juda kamligi va borlarida ham ushbu muammo bir taraflama yoritilganligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Shu bilan birga bu manbalarda ba'zi qarama-qarshi olimlar o'rtasida Xorazmning XV asrgacha bo'lgan davrda savdo shaharlarining mavqeyi, holati to'g'risida muayyan ma'lumotlar olishni qiyinlashtiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xorazmshohlar davlati tarixini chuqur o'rganish tarixni yangi konseptual metodologik asoslarini tashkil etadi. Ayniqsa manbalarga asoslangan holda ilmiy tadqiqotlarni olib borish jahon standartlariga mos hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqolada tarixiylik, tanqidiy, qiyosiy-mantiqiy tahlil, xolislik tamoyillari kabi tarixiy metodlardan foydalangan holda, Xorazmshohlar davlati va mo'g'illarni ushbu davlatga bostirib kirishi vaqealari bayon etilgan asar "Tarixi jahongushoy" hamda uning muallifi haqida so'z yuritiladi.

Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al- Juvayniyning "Tarixi jahongushoy"1 asari bo'yicha o'zbek tarixchi olimlari Z.Bunyodov,2 O.Bo'riev,3

1 Алоуддин Атомалик Жувайний. Тарихи Жахонгушо. / Таржима ва суз боши муаллифи Назарбек Рахим, Мурсал Узтурк. Т.: Мумтоз суз, 2015. -Б. 395, 400. (Alouddin Atomic Juvenil. Jahongusho's story. / Translation and foreword by Nazarbek Rahim, Mursal Ozturk. T.: Classic word, 2015. -P. 395, 400.)

323

N.Toshev,4 I. Jabborov,5 I.Ochilov,6 H. Dadaboyev,7 J. Raximov8, N.Polvonov,9 Q.Masharipov10, M.Akobirov11 va boshqalar Xorazmshohlar davlati tarixining turli masalalari yuzasidan tadqiqotlarni amalga oshirganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Tarixi jahongushoy" asarining muallifi Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al- Juvayniy bo'lib, hijriy 623 (milodiy 1225) yili Xurosonning g'arbiy qismida joylashgan Juvayn nohiyasida zodagon oilasida tug'ilgan. Uning otasi Bahouddin aslzoda kishilar sarasidan bo'lgan. U Xurosonga Muhammad Xorazmshoh farmoni bilan hokim etib tayinlangan. Chingizxon qo'shinlari Xurosonga bostirib kirganda, Bahouddin Sulton Jaloliddin xizmatida bo'lib, mo'g'ullarga qarshi jang qilgan. Jaloliddin o'limidan so'ngn, mo'g'ullar xizmatiga o'tadi va vafot etgunigacha (1253 yil) Xurosonni boshqarib turgan mo'g'ul hukmdorlari xizmatida ma'muriy xizmatchi - sohib devon bo'lib ishlagan.

Juvayniylar xonodonining bir necha vakillari Xorazmshohning arqonlaridan bo'lgan. Jumladan Bahauddin ibn Ali Juvayniy 1192 yilda Sulton Alouddin Takash (hukumronlik davri 1172 - 1200) xizmatiga kiradi. Uning nabirasi Alauddin Atomalik Juvayning bobosi Shamsiddin Muhammad (hukumronlik davri 1200-1220), keyinchalik Jaloliddin Manguberdining bosh vaziri sifatida faoliyat ko'rsatgan. Ammo uning o'g'li Bahouddin taxminan 1232 yilda bir guruh aslzodalar bilan birga mo'g'ullar xizmatiga kirishga majbur buladi va o'g'li Alouddinnning ham xizmatga jalb etadi. "Tarixi Jaxongushoy" 1252-1260 yillar oralig'ida fors tilida ta'lif etilgan, uch jilddan iborat.12

2 Зиё Буниёдов Ануштегин Хоразмшо^лар давлати/ Таржима ва суз боши муаллифи А.А^мад ва М.Махдоуд. Т.: Адабиёт ва санъат, 1998. -Б. 122 (Ziyo Buniyodov State of Anushtegin Khorezmshahs / Translation and foreword by A. Ahmad and M. Mahmud. T.: Literature and Art, 1998. -B. 122)

3 Буриев О., Тошев Н. Жалолиддин Мангуберди (Даври. Саркардалик фаолияти. Манбалар.) - Тошкент: Фан, 1999. 72-б.

4 Тошев Н. Жалолиддин Мангуберди уз даври ёзма манбаларида. // Узбекистан тарихи журнали 1-сон. - Т.: ФАН, 1999.-Б. 54.;

5 Жабборов И. Буюк Хоразмшо^лар давлати. - Тошкент: Шарк, 1999. - Б. 142.

6 Ochilov I. Jalaliddin Manguberdi's description in written sources. // "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (4) IV/2020. - P. 63-67.

7 Дадабоев Х.В. Х,арбий санъат тарихи. // - Т.: 2013.

8 Рахимов Ж. Ватаннинг шерюрак ба^одири.// - Т.: Талкин. 2015.

9 Polvonov N.T. Reader from the history of Uzbekistan. // - T.: Info Capital Group. 2018-B. 223.

10 Машарипов Кудрат. Жалолиддин Мангуберди буюк ватанпарвар саркарда. Т.: Навруз 2019. -Б. 258-259, 266. (Masharipov Kudrat. Jaloliddin Manguberdi is a great patriotic commander. T.: Navruz 2019. -P. 258-259, 266.); Уша муаллиф.The image of Jaloliddin Manguberdi: his place in history as a person and the epoch he lived. // Journal of Critical Reviews. Vol 7, Issue 12, 2020. P. 1000-1002.

11 Akobirov M. Issues of supply and weapons in the army of sultan Jalaliddin Manguberdi. look to the past. 2021, vol. 4, issue 3, (18-22) pp.

12 Ochilov I. Jalaliddin Manguberdi's description in written sources. // "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (4) IV/2020. - P. 63-67.

Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al- Juvayniy Bahouddin Muhammadning ikkinchi, kichik o'g'li bo'lib, ilm olishga ishtiyoqi juda baland bo'lgan.

Alouddin Juvayniy oilasining o'z davri siyosiy muhitida ancha yuqori mavqeni egallab turgani, uning kelajakda yetuk ziyoli va bilimli bo'lishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. U yigitlik chog'idayoq Xurosondagi mo'g'ul hokimi Arg'unog'o xizmatiga qabul qilindi va 1246-1253 yillar oralig'ida mazkur hukmdor bilan birga Mo'g'ulistonga ham bir necha marta borib kelgan. Ma'lum vaqt Huloguxon xizmatida bo'lib, munshiylik vazifasida ishlagan, so'ngra 1259 yili Bag'dod, Iroq va Xuziston viloyatlari hokimi etib tayinlangan . Juvayniy hijriy 681 yil 4 zulhijja (milodiy 1283 yil 6 mart)da Arronda vafot etadi.13

Juvayniy o'z hukmdorligi yillarida mamlakat obodonchiligiga katta e'tibor berdi, xususan, ilm ahliga, adiblarga muntazam homiylik qilib kelgan. Ayni vaqt- da, uning o'zi ham yaxshigina qalam sohibi bo'lgan; hayo- tining oxirgi yillarida boshidan kechirgan qiyinchiliklar, jumladan, 1281 yili Abaqaxon buyrug'i bilaya taftish qilinib, qamoqqa olinganligi voqealarini o'zining «Tasmiyat al-ixvon» (fors tilida) asarida bayon qiladi.14

Bu asar O'rta Osiyoda mo'g'ullar hukmronligi tarixi haqida ma'lumot beruvchi muhim manbadir. «Tarixi jahongushoy» muallif tomonidan fors tilida 1260 yili yozib tugallangan asar bo'lib, unda tarixiy voqealar bayoni Chingizxonning hokimiyatga kelishidan tortib, to Huloguxon hukmronligi tarixining 1256 (Xuroson tarixining esa 1258) yillar davrini o'z ichiga oladi. Asar bosh so'z (debocha), muqaddima va uch jilddan iborat. Birinchn jildda mo'g'ullar tarixi, istilosi, Jo'chi va Chig'atoy avlodlari xukmronliklari haqida so'z boradi. Ikkinchi jildda Xorazmshohlar tarixi va Xuroson o'lkasini boshqargan mo'g'ul hukmdorlari kechinmalari to 1258 yil voqealarigacha yetkazib bayon qilingan. Uchinchi qismda ham ancha muhim tarix, ya'ni mo'g'ullar istilosi voqealarining davomi, islomdagi ismoiliya yo'nalishi, ismoiliylar davlati (1090—1258 yillar) haqida ma'lumotlar aks etgan. Yuqorida qayd etilgan ikkita asardan tashqari, Juvayniy qalamiga mansub bir qancha farmonlar, maktublar (munshaot) ham bizgacha yetib kelgan.15

«Tarixi jahongushoy» asarining forsiy matni 1912, 1916, 1937 yillarda Mirzo Muhammadxon Qazviniy tomonidan nashr etilgan. Bundan tashqari asar ingliz va

13 EypueB O., TomeB H. ^a^o^nggHH Mamyöepgn (^aBpn. CapKapga^HK ^ao^naTH. MaHÖa^ap.) - TomKeHr: ®aH, 1999. - E. 32.

14 Yma ®onga. - E. 33.

15 Yma wofifla.

turk tillariga ham tarjima qilingan. Yirik manbashunos olim N.Toshev bu asar bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Ushbu asarda mo'g'ullarni buyuk Xorazmshohlar davlatiga bostirib kirishi va siyosiy voqealardan tashqari Anushteginiylarning so'nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdi siymosi haqida aniq ma'lumotlar keltirilgan. Bu ma'lumotlarni aniq, ishonchli ekanligiga asosiy sabab, Juvayniy o'z asarini yozishda o'z davrining noyob manbalari, tarixiy asarlariga tayangan holda yozganidadur. Sulton Jaloliddin, uning otasi bilan munosabati, shoh sifatida otasi o'g'lining harbiy yurishlarni tashkillash borasidagi maslahatlarini inobatga olmaganligi, ukalari O'zloqsulton hamda Oqsultonlar bilan birgalikda mo'g'ullarga qarshi amalga oshirgan harbiy xarakatlari to'g'risida ma'lumotlar mavjud.

Asarda Jaloliddin Manguberdining Xindistonda bo'lgan davrida sodir bo'lgan voqealar ham bayon etilgan. Uning Xindistonda jome' masjidi barpo etganligi o'quvchini hayratga soladi. 16 U Eron, Iroq, Kavkaz, Ray singari mamlakatlar hududida ham bo'ladi, janglarda qatnashadi.

Juvayniyning qaydlari sodda va ishonarli uslubda keltirilgan. Sulton Jaloliddinning mard, jasur, elparvar bo'lganligi u vafot etganidan so'ng ham ko'plab insonlari men Jaloliddinman deb kurashga otlanganliklaridan ham ma'lum ekanligini u juda ta'sirli yozadi: " Oradan yillar o'tib, goh-goh xalq orasida, Sulton (Jaloliddin)ni falon joyda ko'rdik, degan ovozalar ham tarqalib yurardi. (Hatto) Iroqda vazir Sharafiddin Ali Tabarshiy ma'lum vaqt ana shu yolg'on ovozalarni aniqlash bilan ham mashg'ul bo'lgan. Shunda ham, odamlar shahar va navohiylarda Sulton (Jaloliddin) falon qal'ada yoki falon joyda, deb yurishardi. Olti yuz o'ttiz uchinchi (1235—1236) yili Ispidorda bir kishi, «men Sulton (Jaloliddin) man»,—deb da'vo qilib chiqdi va uning ovozasi to'rt tomonga yoyilib ketdi. Jantemur davrida Sulton (Jaloliddin)ni ko'rgan va tanigan kishilardan bir nechtasini aniqlash uchun yubordilar. Ular borib ko'rdilar, yolg'on ekan, u kishini tutib o'ldirdilar. Olti yuz ellik ikkinchi (1254) yili bir guruh savdogarlar Jayhun daryosiga yetganlarida, ularning orasidan bir kishi kemachilarga: «Men Sulton Jaloliddinman»,—degan ekan. Tutib olib surishtirganlarida ham o'z so'zida qat'iy turavergan. Uni ham o'ldirmishlar. Devonalik ham bir san'at erur. Xullas, ancha vaqtgacha ul ovoza va mish-mishlar tinmadi."17 Juvayniyning bu asaridagi ko'plab ma'lumotlar maktab darsliklariga ham kiritilganigi uni boshqa manbalardan ajratib turadigan xususiyatidir.

16 A^oyggHH ATOM&IHK ^yBafeHH. Tapnxn ^a^ornymo. - E. 148-149.

17 Yma ®onga. - E. 192.

Yirik manbashunos olimlar O.Bo'riyev hamda N.Toshevlar "Tarixi jahongushoy" ning qo'lyozma nusxalari ko'p ekanligini ta'kidlaganlar. Bu asarning nusxalari bugungi kunda jahonning turli kutubxonalarida, xususan ko'p kismi Eron kitob xazinalarida saqlanmoqda. O'zR FA Sharqshunoslik instituti xazinasida xam mazkur asarning uchta qo'lyozma nusxasi mavjud. Ulardan 610 raqamli qo'lyozma XIV asrda ko'chirilgan qimmatli nusxadir. Ushbu manbaning to'la ilmiy nashri Mirzo Muxammad ibn Abdulvahhob Qazviniy tomonidan (birinchi jild 1912 yil, ikkinchi jild 1916 yil, uchinchi jild 1937 yil; Leyden — London) amalga oshirildi. Asar 1933 yil Tehronda Sayyid Jalolid- din Tehroniy tomonidan qo'shimcha ma'lumotlar ilova qilib to'la nashr etilgani ham ma'lum. "Tarixi jahongushoy» Muhammad Qazviniy nashri asosida J- A. Boili tomonidan ingliz tiliga (Manchester, 1958) va birinchi jildi turk tiliga (Istanbul, 1938) tarjima qilingan. Ushbu risoladagi Sulton Jaloliddin kechinmalari bilan bog'liq lavhalar «Tarixi jahongushoy»ning Muhammad Qazviniy forscha nashridan o'zbek tiliga o'girildi.18

IJabborovning tadqiqotida ham Juvayniyning asaridan keng foydalanilgan: "Xorazm shohi sharmandalik vafotidan keyin dong'i chiqqan bir vaqtlar eng qudratli hisoblangan kata imperiya yemiriladi va u, tarixchi Juvayning ta'rificha, «Boshqa mamlakatlar o'rtasida arqoni qirqilgan kapaga o'xshab qoldi». Bu Aloviddin Muhammad Xorazmshohi vafotidan oldin onasi tayinlagan valiaxd to'g'risidagi farmonni bekor etib, Jaloliddin imperiyaning taxt vorisi deb e'lon qiladi.19 Buyuk Xorazm davlati tarixida so'nggi shoh Jaloliddinning imperiyani saqlab qolish uchun olib borgan mardonavor kurashining o'n yillik jangnomasi bu shiddatli davrning eng fojeali va ulug'vor sahifalaridan biri. O' z vaqtida Turkan-xotun tomonidan tan olinmagan jasur, iste'dodli Jaloliddin otasi o'rniga malikaning irodasi bilan taxtga o'tqazilgan akasi Qutbiddin O'zlog' shoh boshchiligida saroy atrofida to'plagan noshud to'dalarning fitnalariga qaramay, mo'g'ullarning m unosib raqibi bo'lib chiqdi. U o'ziga qarashli G'azna viloyatini istilochilarga qarshilik ko'rsatish markaziga aylantirgan edi. Jaloliddin fitnaning uyasiga aylangan poytaxtni tashlab, bu yerga qochib kelishga majbur bo'lgan. U qarindosh urug'lari tomonidan uyushtirilgan suiqasdga qaramay, hatto dushmanlari tan bergan bu qahramonning shon-shuhrati keng tarqalgan.

Asarning birinchi qismida asosan mo'g'illar tarixiga oid ma'lumotlar berilgan bo'lsada, ikki qismda ham Xorazmshohlar davlatiga oid qimmatli voqealar bayoni mavjud. Chingizxonning sulton Horaxmshoh davlatiga yurish qilishining sabablari,

18 EypueB O., TomeB H. ^a^o^ugguH MaHry6epgu (^aBpn. CapKapgaOTK ^ao^uaTH. MaHÖa^ap.) - E. 33.

19 ®a66opoB H. EyMK Xopa3Mmoxgap gaB^aTH. 124-6.

Scientific Journal Impact Factor

O'trorning fath etilishi, Jand, Fanokand, Xo'jandni bosib olinishi, Temur Malik haqida ma'lumotlar, Moavorounnahrni bosib olinishi voqealarining qisqacha bayoni, Buxoroni taslim bo'lishi, Samarqand voqeasi, Xorazmga Chingizxonning yurish qilishi, Naxshab, Termiz, Balx hududiga mo'g'ullar yurishi, Chingizxon Sulton Jaloliddinga qarshi kurash boshlashi, Turboy taqishning Jaloliddinni izlab ketishi, Jaba va Subutoyni ham Sulton Jaloliddinni iziga tushishi kabi voqealar yoritilganidan keyin yana mo'g'ul xonlari tarixiga to'xtalingan. O'n besh bob mo'g'ul xonlari va ularni taxtga o'tirishi kai voqealar keltirilganidan so'ng Xorazmshohlar davlati tarixi, bu davlatning yuksalib borishi, Alouddin Muhammad Xorazmshohning taxtga o'tirishi xaqida bayon keltirilgan. O'rganilgan tadqiqotdan quyidagilarni takliflarni beramiz:

- Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al- Juvayniyning "Tarixi jahongushoy" asarining yoshlarda vatanparvarlik ruxini shakllantirish hususiyatini hisobga olgan holda, asar asosida badiiy film yoki multfilm yaratish;

- asar asosida Jaloliddin Manguberdini siymosini madh etuvchi tarixiy roman yaratish;

- asarda Jaloliddin Manguberdi bosib o'tgan yerlarni xududiy xaritasini yaratish;

Xulosa qilib aytish mumkinki, Xorazmshohlar davlati tarixini yorituvchi Alouddin Atomalik ibn Bahouddin Muhammad al- Juvayniyning "Tarixi jahongushoy" asaridan tashqari yana bir qancha asarlar mavjud. Misol uchun, Rashididdin Fazlullohning "Jome' ut-tavorix", Abdulloh Fazlulloh az-Sheroziyning "Tarixi Vassof', Abu Bakr al-Mustavfiy Qazviniyning "Tarixi guzida", Muhammad al-Banokatiyning "Ravzatuli-l-albob fi tavorixu-l-akobir va-l-ansob", Abu Bakr ash-Shafonaviyning "Majma'u-l-ansob" kabi asarlarni keltirish mumkin. "Tarixi jahongushoy" asarining ulardan farqi mavjud. Asarda Chingizxon va uning avlodlari fath etgan barcha mamlakatlar tarixiga to'xtalib o'tilgan. Janubiy Xitoy, Mavorounnahr, Turkiston hududlariga keng to'xtalgan. Ayniqsa asarda qayd etilgan voqealarni ba'zilarini muallif o'z ko'zi bilan ko'rganligi asarni ishonchliligini oshiradi.

REFERENCES

1. ^yBaHHHH, A. A. (2015). Tapnxn ^axpHrymo./Tap^HMa Ba cy3 6omn Myamn^H Ha3ap6eK PaxnM, Mypcan Y3TypK. T.: MyMmo3 cy3, 395-400.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

2. Зиё Буниёдов Ануштегин Хоразмшохлар давлати/Таржима ва суз боши муаллифи А.А^мад ва М.Махмуд. Т.: Адабиёт ва санъат, 1998. -Б. 122 (Ziyo Buniyodov State of Anushtegin Khorezmshahs/Translation and foreword by A. Ahmad and M. Mahmud. T.: Literature and Art, 1998. -B. 122)

3. Буриев О., Тошев Н. Жалолиддин Мангуберди (Даври. Саркардалик фаолияти. Манбалар.) - Тошкент: Фан, 1999. 72-б.

4. Тошев Н. Жалолиддин Мангуберди уз даври ёзма манбаларида.//Узбекистон тарихи журнали 1-сон. - Т.: ФАН, 1999.-Б. 54.;

5. Жабборов И. Буюк Хоразмшохлар давлати. - Тошкент: Шарк, 1999. - Б.142.

6. Ochilov I. Jalaliddin Manguberdi's description in written sources.//MOriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (4) IV/2020. - P. 63-67.

7. Дадабоев Х.В. Хдрбий санъат тарихи.//- Т.: 2013.

8. Рахимов Ж. Ватаннинг шерюрак бахддири.// - Т.: Талкин. 2015.

9. Polvonov N.T. Reader from the history of Uzbekistan.//- T.: Info Capital Group. 2018-B. 223.

10. Машарипов Кудрат. Жалолиддин Мангуберди буюк ватанпарвар саркарда. Т.: Навруз 2019. -Б. 258-259, 266. (Masharipov Kudrat. Jaloliddin Manguberdi is a great patriotic commander. T.: Navruz 2019. -P. 258-259, 266.); Уша муаллиф.The image of Jaloliddin Manguberdi: his place in history as a person and the epoch he lived.//Journal of Critical Reviews. Vol 7, Issue 12, 2020. P. 1000-1002.

11. Akobirov M. Issues of supply and weapons in the army of sultan Jalaliddin Manguberdi. look to the past. 2021, vol. 4, issue 3, (18-22) pp.

12. Nosirovna, M. A. (2019). The role of suleymanov rustam khamidovich in the study of urban development of ancient period in uzbekistan. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).

13. Nosirovna, M. A. (2021). Issues of history world civilization in the scientific research of rh suleymanov. Austrian Journal of Humanities and Social Sciences, (12), 20-24.

14. Maxmudova, A. (2020). The history of obirahmat cave exploration. Зб1рник наукових працъ ЛОГО£, 74-75.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.