Научная статья на тему 'NAJMIDDIN KUBRO – MO‘G‘ULLARGA QARSHI KURASHGAN XALQ QAHRAMONI'

NAJMIDDIN KUBRO – MO‘G‘ULLARGA QARSHI KURASHGAN XALQ QAHRAMONI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1932
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Najmiddin Kubro / Xorazmshohlar davlati / mo‘g‘ullar bosqini / Chingizxon / Vatan / vatanparvarlik. / Najmuddin Kubro / Khorezmshah state / Mongol invasion / Genghis Khan / Homeland / patriotism

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xaitov, Bahodir Tursunovich

Ushbu maqolada mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurash olib borgan xalq qahramoni Najmiddin Kubroning faoliyati qisqacha bayon etilgan. Bugungi globallashuv davri harbiy xizmatchilar oldiga qator talablarni ilgari surmoqda. Bo‘lajak ofitserlar nafaqat jismonan, balki ma’naviy yetuk bo‘lishi zarurligi, shuningdek, mard va jasur farzandlargina Vatanning haqiqiy posboni bo‘la olishlari mumkin. Maqolada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Najmiddin Kubroning qahramonligidan o‘rnak olishlari lozimligi uqtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NAJMIDDIN KUBRO HERO OF THE PEOPLE WHO FIGHTED AGAINST THE MONGOLS

This article briefly describes the work of Najmuddin Kubro, the hero of the nation, who fought valiantly against the Mongol invaders. Today's era of globalization puts a number of demands on military personnel. Future officers need to be mature not only physically, but also spiritually, and only brave and brave children can become real guardians of the Motherland. The article mentions the need to follow the example of the heroism of Najmuddin Kubro in educating young people in the spirit of patriotism.

Текст научной работы на тему «NAJMIDDIN KUBRO – MO‘G‘ULLARGA QARSHI KURASHGAN XALQ QAHRAMONI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

NAJMIDDIN KUBRO - MO'G'ULLARGA QARSHI KURASHGAN XALQ

Ushbu maqolada mo'g'ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurash olib borgan xalq qahramoni Najmiddin Kubroning faoliyati qisqacha bayon etilgan. Bugungi globallashuv davri harbiy xizmatchilar oldiga qator talablarni ilgari surmoqda. Bo'lajak ofitserlar nafaqat jismonan, balki ma'naviy yetuk bo'lishi zarurligi, shuningdek, mard va jasur farzandlargina Vatanning haqiqiy posboni bo 'la olishlari mumkin. Maqolada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Najmiddin Kubroning qahramonligidan o 'rnak olishlari lozimligi uqtirilgan.

Kalit so'zlar: Najmiddin Kubro, Xorazmshohlar davlati, mo'g'ullar bosqini, Chingizxon, Vatan, vatanparvarlik.

This article briefly describes the work of Najmuddin Kubro, the hero of the nation, who fought valiantly against the Mongol invaders. Today's era of globalization puts a number of demands on military personnel. Future officers need to be mature not only physically, but also spiritually, and only brave and brave children can become real guardians of the Motherland. The article mentions the need to follow the example of the heroism of Najmuddin Kubro in educating young people in the spirit of patriotism.

Key words: Najmuddin Kubro, Khorezmshah state, Mongol invasion, Genghis Khan, Homeland, patriotism.

Najmiddin Kubro - kubroviya tariqatining asoschisi, mashhur shoir, buyuk avliyo bo'lish bilan birga ona-Vatanga sadoqati va mehr-muhabbati tufayli dushman bilan jangda ulug' sarkardalarcha kurashib shahid bo'ladiki, uning pok nomi tarixlarga oltin harflar bilan yozildi, hayoti e'tiqod va ma'naviy jasoratning buyuk timsoliga aylandi.

Najmiddin Kubro milliy qahramon nomini olgan buyuk shaxsdir.

Vatan ozodligi, millat ravnaqi, xalq taqdiri va farovonligi yo'lida jonini garovga tikib, mardlik namunalarini ko'rsatgan fidoyi insonlarni milliy qahramon deb ataymiz.

Najmiddin Kubro - tasavvufning mashhur shayxlaridan biri, kubroviya tariqatining asoschisi. Uning hayoti, karomatlari, saxovatu qahramonliklari haqida el

QAHRAMONI

Xaitov Bahodir Tursunovich

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

orasida ko'plab afsona va rivoyatlar mavjud. Xalqimiz o'zining bu aziz va tabarruk farzandini e'zozlab, asrlar davomida nomini xotirasida saqlab kelmoqda.

Tasavvufga oid manbalarda ham Najmiddin Kubroning ishlari, martaba va mo''jizalari haqida so'z boradi. Manbalarning mualliflari, odatdagiday, shayxning tarjimai holini qisqacha ma'lumotlar berish bilan kifoyalangan holda, ko'proq ul zotning ko'rsatgan karomatlarini bayon etish, ustozlari kimligini aytish va tariqatdagi nisbat - silsilasini aniqlashga e'tibor berganlar.

Chunonchi, Doroshukuhning "Safinat ul-avliyo", Rizoqulixon Hidoyatning "Riyozul orifin", Hoji Xalifaning "Tuhfat ul-fuqaro", Abdurahmon Jomiyning "Nafahot ul-uns", Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro", Sulton Husayn bin Sulton Mansur bin Boyqaroning "Majolis ul-ushshoq", Mavlono Minhojiddinning "Tabaqoti Nosiriy" nomli kitoblarida Najmiddin Kubroning hayoti, sufiylik tariqati va faoliyatiga oid ma'lumotlar keltirilgan.

Atoqli sharqshunos olim E.E.Bertels xorazmlik ulug' shayxning tarjimai holini o'rganish sari birinchi qadamni qo'yib, manbalardan Najmiddin Kubro ruboiylarini yig'ib e'lon qilgan va shayx haqidagi qadimgi o'zbekcha qissalardan birini mazmunan qisqacha bayon qilib bergan [4-156].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Najmiddin Kubro 1145-yilda Xiva shahrida dunyoga keladi. Uning asli ismi Ahmad bin Umar Muhammad alXivaqiy al-Xorazmiy bo'lib, "Najmiddin", "Kubro", "Abuljannob", "Valiytarosh" so'zlari bu zoti mukarramning laqab, unvon va kuniyatidir. Qayd etish joizki, bizning ota-bobolarimiz ulug' insonlarni martaba va darajasiga munosib ravishda ulug' nomlar bilan sharaflab tilga olishni odat qilgan edilar. Ahmad bin Umarning o'z ismini qo'yib, laqab va unvonlar bilan el orasida mashhur bo'lishiga sabab shudir. Abdurahmon Jomiyning "Nafahot ul-uns" asarida qayd etilishicha, Ahmad yoshligidan ilm-donishga qiziqqan qobiliyatli kishi bo'lgan ekan. U islom asoslari, shariat ilmlarini juda tez o'zlashtirib olib, Xorazmning manaman degan ulamolaridan o'zib ketadi va "ilm balosi" degan laqabni oladi. Buning yoniga "Najmiddin" - "dinning yulduzi" degan martaba-unvon qo'shilib, Ahmad bin Umar shundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bo'lib ketadi. "Abuljannob" so'zi esa Najmiddin Kubroning kuniyatidir. Mazkur so'zning ma'nosi dunyodan parhez qilgan taqvodorning otasi demakdir. Boshqacha qilib aytganda, shayxning taqvo va tavba posboni ekanligiga ishoradir. Jomiy hazratlari yozadilarki, Najmiddin Kubro Iskandariya shahrida muhaddis ulamolaridan hadis ilmini o'rganib qaytayotganida, yo'lda bir kecha Hazrati Payg'ambarimizni tushida ko'radi va ul zotga murojaat qilib, "menga kuniyat bag'ishlang" deydi. Hazrati Payg'ambar Najmiddinga: "Sening kuniyating Abuljannob - dunyodan ijtinob, parhez etuvchi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

bo'ladi", deb marhamat qiladilar. Aytishlaricha, Najmiddin shu bashoratdan keyin tasavvufga yuz o'girib, o'ziga munosib piri murshid qidirishga kirishadi.

"Valiytarosh" laqabiga kelsak, bu so'zning ma'nosi "valilarni tarbiyalovchi" demakdir. Zero, Najmiddin Kubroning nafaslari, nazarlari shunchalik zo'r bo'lganki, qalblarida ilhom-vajd jo'sh urgan paytda kimga nazarlari tushsa, u valiylik martabasini topar ekan [4-157].

Najmiddin Kubro xorijda tahsil olib, yashagan hududlarida ijtimoiy-siyosiy vaziyat birmuncha barqaror va osoyishtalik mavjud bo'lgan. Jumladan, Misrda Salohiddin Yusuf ibn Ayyub (1138-1193) sulton bo'lib (1171-1193), Ayyubiylar sulolasiga (1171-1250) asos soldi. U qisqa vaqt ichida Arabiston va Suriyani ham o'z davlati tarkibiga qo'shib oldi, natijada yirik siyosiy-ma'muriy birlik tashkil topdi. G'arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjon hududlarida esa, Saljuqiylarning Iroq sultonligi (1118-1194) vujudga keldi va uning poytaxti Hamadon shahri edi.

Xuddi shu davrlarda Xorazmning iqtisodiy jihatdan tez yuksalishi, muvaffaqiyatli urushlar, savdo-sotiqning gurkirab avj olishi tufayli bu yerda "ulug' xorazmshohlar" davri - xalq ommasi farovonligining nisbatan oshishi, ijtimoiy ziddiyatlarning vaqtincha susayishi davri bo'lgan bo'lsa, imperiyaning chekka joylarida bu davrda ro'y bergan voqealar xalq ommasi ahvolining og'irlashuviga olib keldi. Aholining Xorazm qo'shini tomonidan to'g'ridan-to'g'ri talanishidan tashqari, uzoq davom etgan urushlar hamda yangi qo'shib olingan yerlar xorazmshohlarning yaqinlariga va ittifoqchilariga saxiylik bilan in'om etilishi shunga olib keladi. Ustiga ustak, mahalliy zodagonlar tashqi talofatning o'rnini qoplash uchun dehqon va hunarmandlarni ezishni kuchaytirib yubordilar. Natijada mamlakatda sinfiy kurash kuchayib avj oldi. Bu esa, o'z navbatida, xorazmshohlar davlati poydevorini bo'shashtirdi.

Xorazmshohlar davlatida fan, madaniyat, adabiyot va san'at ham rivoj topgan. Xorazmshohlar o'z davlatining shon-shuhratini oshirish, uni ulug'lash maqsadida o'z saroylariga adabiyot, san'at ahllarini to'plaganlar, ularga rahnamolik qilganlar. Xorazmshohlar davlatida madaniyat, adabiyot va san'at ayniqsa Takash va Muhammad hukmronlik qilgan davrlarda rivoj topdi.

Ushbu davrning taniqli olimlari jumlasiga Rashididdin Votvot, Ismoil Isfahoniy, Tohir Faryobiy, Abulfayz Axsikatiy, Sayfuddin Buxoriy, Abulmajd Jandiy, Ali Hijoziy, Ismoil Jurjoniy, Ali Xorazmiy, Abulhasan Xorazmiy, Muhammad Axsikatiy, Abdulloh ar-Roziy, Mahmud Samarqandiy, Mas'ud Xo'jandiy, Mahmud Zamaxshariy, Abdulkarim as-Sam'oniy va boshqalarning nomlarini keltirish mumkin.

1221-yilning qishida 50 ming kishilik mo'g'ul askarlari hujum boshlab, Urganchni qamal qiladi. Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qurollarining ustunligiga qaramay o'z ona shahrini mardlarcha mudofaa qiladilar. Mo'g'ul askarlari ichiga neft to'lg'azilib, piligi yonib turgan ko'zachalarni irg'itib tursa-da, erksevar Urganch aholisi bunday og'ir damlarda ham dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Poytaxt ichida olib borilgan ko'cha janglarida zamonining buyuk allomasi Najmiddin Kubro o'z do'st-u shogirdlari va izdoshlari bilan ishtirok etadi. N.Kubroning iltijo bilan "Yo Vatan, yo sharofatli o'lim" deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko'cha-kuy, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har bir xonadon janggohga aylanadi. Mudofaachilar qadrdon shaharning har bir qarich yerini mardona himoya qilib, mardlik va fidokorlik namunalarini ko'rsatadilar. Uzoq davom etgan ko'cha janglarida minglab mo'g'ul askarlari halok bo'ladi. Mo'g'ullar to shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash yetti oy davom etgan.

Mo'g'ullar Najmiddin Kubroga ahli a'yonlari, barcha yor-u do'stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan. Ammo shayx ularning taklifini rad qilgan. Oqibat son jihatdan teng bo'lmagan dushman bilan olib borilgan shiddatli jangda og'ir yaralangan N.Kubro qahramonlarcha shahid bo'ladi [6-142].

Najmiddin Kubro 1221-yilda Chingizxon to'dalariga qarshi jangda shahid bo'ladi. Dushman Xorazmga yaqinlashganda, Muhammad Xorazmshoh qochib ketgan, lashkar parokanda edi. Shayx muridlarini jamlab, ularga qarab bunday deydi: "Mashriqdan kelgan bu balo Mashriq-u Mag'ribni yakson etadi, yondirib kul qiladi. Sizlar har biringiz o'z yurtingizga boring, o'z joningizni asrash payida bo'ling". As'hob shayxga iltimos qilib dedilar: "Otulovlar tayyor, agar shayx biz bilan hamroh ketishni ixtiyor etsalar, yaxshi bo'lardi" Bunga javoban Shayx Najmiddin Kubro deydi: "Men bu yerda shahid bo'laman, menga Xorazmni tark etishga ruxsat yo'q"

Kuffor, ya'ni mo'g'ul askarlari Gurganjga kirganda, shayx qolgan-qutgan muridlari bilan jangga shaylanadi. U xirqasining ustidan belbog' bog'lab, qo'yinlarini tosh bilan to'ldiradi, qo'liga nayza olib, dushman qarshisiga chiqadi. Kofirlarga qarab tosh ota boshlaydi, bir nechtasini nayza bilan urib yiqitadi. Ammo kofirlar uning ustiga kamon o'qi yog'diradilar. Bir o'q kelib ko'kragiga tegadi. Yetmish besh yashar muysafid - ilohiy ilhomdan ma'rifat topib, qalblarni nurlantirgan shayxi kabir holdan toyib, kuchi ketayotganini sezsa ham, jangni to'xtatmay, dushman bayrog'ini g'azab bilan mahkam tutamlab oladi-da, shu holatda jon beradi. Deydilarkim, vafotidan keyin o'nta odam uning mahkam qisilgan panjalari orasidan bayroqni zo'rg'a ajratib olgan. Ulug' shayx va donishmand insonning bu qahramonligi, jasorati dushmanni ham hayratga solgan. Bu ish avlodlarga ibrat bo'ldi, xalq orasida afsonaga aylanib ketdi [5-161].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

XIV asrda Oltin O'rda xoni O'zbekxon (1312-1341) Xorazm o'lkasi uning ulusi tarkibida bo'lgani uchun, Najmiddin Kubro qabri ustiga ulug'vor maqbara barpo etdi va bu bilan go'yo og'ir gunohi uchun uzr so'raganday bo'ldi. Bu maqbara asrlar osha vatanparvarlik ramzi sifatida qad roslab turibdi.

Najmiddin Kubroning vatanparvarligi va xalqparvarligi yorqin ifodasini topgan bu ma'lumot tarixiy va badiiy adabiyotlarda kitobdan kitobga o'tib keladi. Najmiddin Kubro hukmdorlarning noahilligidan, yurtning buzilishidan, xalqning darbadarligidan aziyat chekkan, qalbi og'rigan xalqparvar Shayx sifatida gavdalanadi. Najmiddin Kubro iymon-e'tiqodli chin musulmon edi. U hukmdorlarga bosh egmadi, ammo, e'tiqodining mustahkamligidan jamiyat qonun-qoidalarini hurmat qilar, "podshohning amri vojib" deb bilguvchi, nazariy va amaliy faoliyatni uyg'un olib boruvchi ulug' vatanparvar edi.

Ko'hna tarix shundan guvohlik beradiki, alloma aytganiday Xorazmshoh mamlakatni birlashtira olmadi, xalqni yig'ib yovga qarshi qo'ya olmadi. Iymonsizlik, g'oyaviy parokandalik, so'z va ish birligining yo'qligi, g'oyaviy-mafkuraviy zaiflik, ichki nizolar va boshboshdoqlik mamlakat mustaqilligini yo'qqa chiqardi.

Uning ruhi eng og'ir damlarda bizga kuch baxsh etgan. Najmiddin Kubro ibrati bizga "elim deb, yurtim deb yonib yashash kerak"ligidan saboq berib turadi.

Nomi afsonaga aylanib ketgan milliy qahramon - Najmiddin Kubroning vatanparvarlik g'oyalarini o'rganish, uni ma'naviy poklanishning asosiga qo'yish va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasiga xizmat qildirish dolzarb vazifalardan biridir.

Shayx Najmiddin Kubro XIII asr javonmardlarining otasidir. Buyuk alloma va xalq qahramonining javonmardlik g'oyalari Jaloliddin Manguberdi, Pahlavon Mahmud, Said Ali Hamadoniy, Husayn Xorazmiy va Abul Vafo Xorazmiy faoliyatida yanada yuksaklikka ko'tariladi. Mardlikning oliy namunasi xalqni, Vatanni himoya qilish ekanligini Najmiddin Kubro bizga ko'rsatib berdi. Tik turganni yiqish-mardlik emas, yiqilganni tiklash, vayron bo'lgan ko'ngilni obod qilish-haqiqiy mardlikdir.

Shayx Najmiddin Kubro xalqning xotirasidagi yorqin yulduzdir. Uning bilan bog'liq rivoyatlar o'zbek davlatchiligi tarixining sevib o'qiladigan, qancha o'qisang shuncha hayratlanadigan yorqin sahifasidir. Najmiddin Kubro milliy g'urur, vatan tuyg'usini himoya qilish uchun, qalbimizni iymon nuri bilan bezatish uchun yana ma'naviyatimiz maydoniga balqib chiqdi. Vatan, millat taraqqiyotinnig tub burilish davrlarida, og'ir damlarda u o'zining tarixiy saboqlari bilan yordamga keladi, ma'naviyatimizning xaloskor kuchiga aylanadi. Axir, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur jasoratiga zamin bo'lgan, Temur Malik yuragiga mardlik urug'in sochgan, Dukchi Eshonni Chor Rossiyasi qo'shinlariga qarshi kurashga da'vat etgan,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Jaloliddin Rumiyni ruhiyat falsafasini yozishga ilhomlantirgan, Maqsud Shayxzodani fashizmga qarshi "Jaloliddin Manguberdi" dramasini yozishga ilhomlantirgan kuch Najmiddin Kubroning ma'naviy jasoratidir.

"Qadimiy tariximizni har tomonlama o'rganib, shunday xulosaga kelish mumkinki, eng qaltis va tahlikali davrlarda millatimizga umid va ishonch bergan, uni yovlarga qarshi kurashga undagan, ajdodlarimizni ilmiy kashfiyotlar, harbiy zafarlarga, ma'rifat mash'alini baland ko'tarib jaholatga qarshi chiqishga chorlagan beqiyos kuch ham aynan ma'naviy jasorat tuyg'usidir",-deb ko'rsatgan edi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov [3-163].

Shu nuqtai nazardan qaraganda, Xorazmni mo'g'ul bosqinchilaridan himoya qilishda bayroq tutib jon bergan Najmiddin Kubroning qahramonligida ma'naviy jasorat tuyg'usi buyuk va ustuvor ahamiyat kasb etgani, alloma shaxsi iymon butunligining beqiyos timsoliga aylanganligi shubhasiz, albatta.

Chindan ham, bugun Shayx Najmiddin Kubroning ruhi yoshlarimizga javonmardlikdan dars berib kelmoqda. Bugun mustaqillikni mustahkamlashda, vatanparvarlik tuyg'usini tarbiyalashda Najmiddin Kubro ibrati beqiyosdir, biz bugun donishmand ajdodlarimizdan tinimsiz o'rganishimiz lozim.

N.Kubroning jasorati haqida qator tarixchilar o'zlarining asarlarida ma'lumot berib o'tganlar. Ularni turli jihatdan o'rgangan Jumaboy Rahimov o'zining "Vatanning sheryurak bahodiri" (Jaloliddin Manguberdi) asarida ancha batafsil sharhlab o'tadi.

Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" asarida Ko'hna Urganchni g'orat qili sh ko'z ko'rib, quloq eshitmagan vahshiylik asosida amalga oshirilganligi o'z ixtiyoridagi noyob tarixiy va daliliy hujjatlarni tilga kiritganligi olimning tarixiy haqiqatga qanchalik tayanganligi, tarixiy adolatga amal qilganligini ko'rsatadi. Najmiddin Kubroning ozodlik va erk uchun kurashib sharafli o'lim yo'lini tanlaganligini Mirzo Ulug'bek kelajak avlod uchun ibratomuz voqea sifatida yoritadi. Vatan, xalq uchun qanday yashash kerakligini Najmiddin Kubro timsolida ko'rsatib, uning o'limoldi qahramonona kurashini, dushmanlar hoqoniyu sardorlariga vatanparvarona raddiya javoblarini alohida sahifaga muhrlaydi. Mirzo Ulug'bek kelajak avlodni Vatanga, xalqiga sodiqlikni Shayxul Valitarosh va Jaloliddin Manguberdi kabi ajdodlardan o'rganishga da'vat etgan edi.

Mirzo Ulug'bekning Najmiddin Kubroning kurashi va hayotining qahramona va jasoratga to'lib-toshgan sahifasini qanday bezaganligiga nazar tashlaymiz: "Sohibqironi a'zam Chingizxoni muazzam Xorazm tomon lashkar jo'natgan vaqtda hazrati shayx Najmiddin Kubro huzuriga mening lashkarim o'sha yoqqa yurish qilmoqda, deb xabar berdi. Shoyad Xorazm ahvoli g'oratu qatl bilan bartaraf

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

bo'lg'usi. Maslahatim shulki, sizlar u yerdan tashqari chiqsangizlar darveshlaringizga ham ziyon yetkazilmagay. Hazrati Shayxul Valitarosh, "Olloh uning arvohini muqaddas tutsin" dedilar: "Mana yetmish yildirki, Xorazm xalqi bilan yashab kelmoqdaman. Bugungi kunda qazoyi ilohiy balo jazosini yubordi. Ularning miyasida muruvvat degan narsa bo'lmaydiki, orasidan qochib o'zimni bir chekkag a olsam. Balki ular bilan begvamona yag'moga duchor bo'lganim tuzukroq bo'lar. Balolarga xalqim bilan birga yor bo'lsam deyman!" [7-278]

Imon-e'tiqod ramzi va uning mustahkam, nurashni bilmaydigan ulug'vor qal'asi Shayxul Valitarosh Najmiddin Kubroning erk va yurt mustaqilligi yo'lidagi jasoratga to'la va shu oliy maqsad uchun jonini tikishi, she'riyat mulkining sultoni, avliyo inson Alisher Navoiy uchun ham ijod manbai bo'ldi. Mavlono Hazrat Alisher Navoiy Jaloliddin Rumiy, Mirzo Ulug'bek va boshqa mashhur mutafakkir allomalar qatorida N.Kubroning el-yurt or-nomusi, ozodligi yo'lidagi mardligini mamnuniyat bilan qalamga olar ekan, Turonu Eron va Xuroson zaminining eng buyuk zotlarining oldingi safidan ekanligini qayd etgan edi. Ulug' shoir o'zining mashhur "Nasoyil ul-muhabbat" asarida Shayxul Valitaroshga alohida sahifa ajratib, avliyolarga xos sifatlarini, Vatan va g'animlarga bosh egmagan mardliklarini qudrat qalami bilan bezaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, ulug' mutafakkir shoir Alisher Navoiy katta ijod va davlat ishlari bilan band bo'lgani bois Xorazmga borib abadiyatga daxldor Ko'hna Urganchadagi Najmiddin Kubro maqbarasini ziyorat qilishni doimo orzu qilgan. Nafaqat ziyorat qilish, balki shu ulug' inson maqbarasi va uning atroflarini jannatning bir qismidek holatga keltirish, qolgan umrini Shayxul Valitaroshning ziyoratiga keluvchilarga xizmat qilish, ul zotning haqlariga duo qilish, hatto shu yerning chinnidek tozaligini shaxsan o'zlarining qo'l kuchlari bilan amalga oshirishni niyat qilgan: "Ana shunda Najmiddin Kubro Abul jannob Shayxul Valitaroshning ruhlarini shod qilgan bo'lar edim"

Shoirning Shayxul Valitaroshga tomon ma'naviy-ruhiy talpinishi yana shundan dalolat beradiki, el-ulus va Vatanga fidoyilik bobida Najmiddin Kubro barchaga o'rnak va ibratomuz hayot kechirdi. Mol-dunyosining barchasini yetim-yesir, miskinlar, musofirlar va qolaversa, tolibi ilm shogirdlariga non, osh, issiq ovqat, kiyim-bosh, boshpana qilib berdi. Vatan, xalq uchun nafaqat boyligi, balki jonidan kechib, borlig'ini baxshida qildi. Shu sifatlarning barchasini o'zlashtirib olgan Alisher Navoiy ham butun boyligini yurt obodligiga sarfladi. Borlig'ini xalq ma'naviyatini yuksaltirishga safarbar etdi [7-282].

Najmiddin Kubroning ibratli hayoti ko'plab olimlar va davlat arboblarining ijodini chetlab o'tmadi. XVII asrda yashab o'tgan davlat arbobi, tarixchi va etnograf olim Abulg'ozi Bahodirxon o'zining mashhur "Shajarai turk" asarida Shayxul

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Valitarosh haqida quyidagilarni yozgan edi: "Manqul tururkim hazrati shayx -Najmiddin Kubroning ovozasi olamga mashhur bo'lib erdi. Ul sababdan shahzodalar (Chingizxonning o'g'illari Jo'ji, Chig'atoy va O'qtoy) hazrati shayxga kishi (elchi) yubordilar. "Shayx oyoq ostida qolmasunlar, o'g'lon va ushoqlari (oilasi, shogirdlari, do'stu birodarlari) bilan qal'adan chiqib ketsunlar", teb. Hazrat shayx yubirdikim, men yakka emasman. Mening qarindosh va muridlarim bor turur. Shahzodalar aytib yubordilarkim o'n kishi bilan kelsunlar. Shayx aytdilarkim, undan ko'p tururmiz. Shahzodalar aytadilarkim, unda yuz kishi bilan kelsunlar. Najmiddin Kubro butun shahar ahli uning eng yaqin odamlari ekanligini aytib mo'g'ul shahzodalariga shunday javob qaytaradi: "Osoyish kunlarda men bu xalqning barchasi birla oshna va yor edim. Emdi yomon kunlarda nechuk bularni tashlab borayin, men bora bilmasman tedi..." Ul mahalda mo'g'ullar shayxning mahallasiga quyilib keladilar. Hazrati shayx bir necha mo'g'ullarni o'z qo'llari bilan darajai jahannamga yubordilar. Taqi shahid bo'ldilar".

Agar Abulg'oziy Bahodirxon bergan ma'lumotlarga nazarimizni diqqat bilan qaratsak, Najmiddin Kubroning ovozasi olamga mashhurligi va mo'g'ul shahzodalari uch marotabaga qadar shaharni tark etib, jonini saqlab qolishga da'vat etganligining guvohi bo'lamiz. Uning: "Bu shahar aholisining barchasi oshno, yoru birodarlarim" deya mo'g'ullarning uch marotabalik takliflarini rad qilib, ularning elchilarini quruq qaytib ketishga majbur etilishini ko'z oldimizga keltirsak, Shayxul Valitaroshdagi xalqiga bo'lgan hadsiz, hisobsiz muhabbat hamda sadoqatini his qilamiz.

Jaloliddin Manguberdi, shahar aholisi va o'zining muridlari yuragiga ilohiy va loduniy ma'naviyat qudrati vositasida mardu maydonlik, bahodirlik ruhiy quvvatlarini singdirgan Shayxul Valitarosh ularni Vatan himoyasiga da'vat etdi. Najmiddin Kubro Vatanni, ona yurtni ma'naviy jabhada Ka'batulloh darajasiga ko'tardi. Shu yo'lda jonni baxshida qiluvchilar Parvardigorning eng aziz insonlari qatoridan joy olib, abadiy jannatga sazovor ekanligini ilohiy ma'rifat yo'riqlari bilan asoslab berdi. Shuning uchun kurashib o'layotgandagi mudofaachi vatanparvarlardagi jismoniy azoblanish o'rnini Vatan uchun bayromana o'lish, o'la olish his tuyg'usi, erk uchun kurashuvchi har bir jangchi qalbi va shuurida Vatan ozodligiga bag'ishlangan umrlaridan minnatdorlik hissi egalladi. Bu ilohiy hodisa o'lim dahshatidan ustun keldi. Mo'g'ullarning ommaviy qatlni amalga oshirishlari jarayonida aholi o'lim vasvosi, qo'rquvidan xalos bo'lgan holda o'limni oddiy hol tarzida qarshiladilar. Najmiddin Kubro xalqini dushmanga bo'yin egmay, mag'rur, qullik kishanini kiymasdan, ozod, erkin inson bo'lib o'la bilish sharafiga erishtira oldi. Bu bilan insonning qalbi va jismida o'limdan ham kuchli ma'naviy-ruhiy quvvatlar mavjudligini Shayxul Valitarosh tasavvufiy ta'limoti g'oyalari bilan isbotlab bera

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

oldi. Uning bu insoniy sifatlaridan dushmanlar ham lol qoldi, hayratdan yoqalarini ushlashga majbur bo'ldilar. Bu dushmanlarning mutlaq buyuk insonga e'tirofi edi. Najmiddin Kubro insonlarga, keyingi avlodlarga Vatanning muqaddasligi, unda yashiringan sir-sinoatlar tushunchalari mohiyati mazmunini yanada teran anglash imkonini berdi [7-284].

Hozirgi vaqtda jahonda va mintaqamizda harbiy-siyosiy vaziyat keskin o'zgarib, milliy va global xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday mas'uliyatli vaziyat va hayotning o'zi erishgan barcha yutuqlarimizni, shu bilan birga, yo'l qo'ygan kamchiliklarimizni chuqur tahlil qilishni barchamizdan talab etmoqda. Shu asosda milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasida puxta o'ylangan va izchil harakatlarni davom ettirishimiz darkor [2-223].

Buyuk mutasavvuf olim, xalq qahramoni Najmiddin Kubroning ibratomuz hayot yo'lidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

birinchidan, vatanparvarlik insonparvarlikning eng oliy darajasidir. N.Kubro vatanparvarligi faqat nazariy jihatdan emas, balki amaliyotda ham o'z ifodasini topgani uchun asrlar davomida o'zining qiymatini also yo'qotgan emas;

ikkinchidan, Najmiddin Kubro - xalq qahramoni va vatanparvar inson sifatida o'z xalqining, Vatanining erki va ozodligi uchun hatto jonidan ham voz kecha olgan buyuk yo'lboshchidir. Uning bu harakatlari bugun biz tarbiya qilayotgan yosh avlod vakillari uchun ibrat namunasiga aylanishi lozim;

uchinchidan, Najmiddin Kubroning vatanparvarligi, Vatanni himoya qilish nafaqat harbiy xizmatchilarning, balki mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligini har dam eslatib turadi. Zero, Konstitutsiyamizning 52-moddasida qayd etilganidek: "O'zbekiston Respublikasini himoya qilish - O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir"[1-18].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: "O'zbekiston", 2019.

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. / Sh.M.Mirziyoyev 1-tom, - T.: "O'zbekiston", 2017.

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. / I.A.Karimov. -T.: "Ma'naviyat", 2016.

4. Komilov N. TASAVVUF (Ikkinchi kitob). -T.: "O'zbekiston". 1999.

5. Komilov N. "Tasavvuf". 1-kitob. -T.: "Yozuvchi", 1996.

6. Rahimov M., Zamonov A. O'zbekiston tarixi. -T.: "Fan", 2019.

7. Jumaboy Rahimov. Vatanning sheryurak bahodiri. -T.: "O'qituvchi". 2015.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.