Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023
MAQSUD SHAYXZODANING "JALOLIDDIN MANGUBERDI" DRAMASIDA VATANGA MUHABBAT TUYG'ULARINING
IFODALANISHI
Cho'lponova Xadicha Toshbayevna
TDTrU katta o'qituvchisi
Saliyeva Ug'iloy Kalmurat qizi
Toshkent davlat transport universiteti Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti talabasi [email protected] +998 94 169 14 11
ANNOTATSIYA
Maqolada Maqsud Shayxzodaning bosh qahramoni Manguberdi nomi va jangovor jasorati haqidagi iliq so 'zlar bilan tilga olingan. Shoirning "Jaloliddin Manguberdi" dramasida Manguberdining shijoati, jur'ati, jasorati bilan birga, vatanga muhabbat tuyg 'ularining ifodalanishi haqida so 'z brogan.
Kalit so 'zlar: fidoiy shoir, Vatan ozodligi, buyuk hukmdor, vatanparvarlik.
АННОТАЦИЯ
Встатъе упоминается имя Мангуберди, главного героя Максуда Шейхзаде и теплые слова его боевой доблести. В драме поэта "Джалалуддин Мангуберди" речь шла о воодушевлении, мужестве Мангуберди, а также о выражении чувства любви к Родине.
Ключевые слова: самоотверженный поэт, свобода Родины, великий правитель, патриотизм.
ABSTRACT
The article mentions the name of Manguberdi, the main character Maksud Sheikhzade, and warm words of his fighting prowess. In the drama of the poet "Jalaluddin Manguberdi" it was about the inspiration, courage of Manguberdi, as well as the expression of a feeling of love for the Motherland.
Key words: devoted poet, freedom of the Motherland, great ruler, patriotism.
Uyillar o 'tganlar Sayxunday og 'ir Maqsud Shayxzoda.
KIRISH
Jaloliddin Manguberdi hayoti xavf ostida qolgan paytda hatto daxriy ham Ollohdan madad kutadi. Dushman sovet mamlakatining g'arbiy chegaralarini bosib o'tib, bir necha oy mobaynida Moskva ostonalariga yetib kelganida, taqdiri katta xavf
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
ostida qolgan davlat rahbarlari yozuvchilami o'tmishdagi mashhur sarkardalar haqida asar yozishga da'vat etdilar. Ular fikriga ko'ra, bunday asarlar xalq va armiyani o'tmishdagi jasur sarkardalardan, xalq qahramonlaridan ibrat olishga da'vat etishi, ularni bu mashhur shaxslarning vatanparvarlik fazilatlari ruhida tarbiyalashi mumkin edi. Shunday ijodiy buyurtmani olgan Shayxzoda o'zbek xalqining jasur farzandlaridan biri Jaloliddin haqida sahna asarini yozishga kirishdi. Mo'g'ul istilosi davrida Movaraunnahrda katta jasorat ko'rsatgan Jaloliddin haqida Shayxzodaga qadar birorta badiiy asar yaratilmagan, sovet tarixchilarining ilmiy asarlarida esa uning na nomi, na jangovar jasorati iliq so'zlar bilan tilga olingan edi. Shunga qaramay, Shayxzoda bu ajoyib siymo haqidagi Shahobuddin Muhammad Nasaviyning "Siyrat as-sulton Jaloliddin Mangburni" va Alouddin Atomalik Juvayniyning "Tarixi jahongushoyi Juvayniy" kabi asarlarini o'qib, shu asarlarda tasvirlangan tarixiy davr voqealari asosida o'z asarini yozishga ahd qildi. Shuni alohida qayd etish joizki, Jaloliddin haqidagi noyob manbalardan biri - Nasaviyning nomi yuqorida qayd etilgan asarida mashhur sarkardaning ismi Jaloliddin Mangburni deb atalgan. "Mangburni" laqabini ayrim tarixchilar "burnida xoli bor", "xoldor" deb talqin Naim Karimov. Mahmudxo'ja Behbudiy www.ziyouz.com kutubxonasi 121 qiladilar. Ammo Shayxzoda o'z asarida Jaloliddinni, tarixiy manbalardan farqli o'laroq, "Manguberdi" deb atagan va Nasaviy kitobidagi "Mangburni" so'zini o'zbek tiliga shunday tarjima qilgan. Va mashhur sarkarda o'zbek xalqi o'rtasida hanuzgacha shu nom bilan yashab keladi. Tarixiy manbalarga qaraganda, agar Xorazmshoh Chingizxonning tinchlik va totuvlik haqidagi taklifmi qabul qilib, u yuborgan elchi bilan birga savdo karvonini ham qilichdan o'tkazmaganida, qudratli Xorazm saltanati XIII asrda mo'g'ullar tomonidan qonga botirilmagan bo'lardi. Xorazmshoh Chingizxonning o'sha davrdagi eng qudratli qo'shinni to'plagani bilan hisoblashmay, katta xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, chor atrofga o'lim urug'ini sochib, ya'juj-ma'juj singari bosib kelayotgan mo'g'ullarga qarshi otlangan Jaloliddinga yordam bermay, aksincha, unga har tomonlama qarshilik ko'rsatib, yana-da katta xato qilgan. Jaloliddin vatan va tarix oldidagi burchini chuqur his etgani uchungina kichik bir qo'shin bilan mo'g'ullarga qarshi tengsiz kurashga otlanadi va chinakam jasorat namunalarini ko'rsatadi. Jaloliddin mo'g'ullarning ashaddiy dushmani bo'lganiga qaramay, Chingizxon uning dovyurakligi va sarkardalik mahoratiga tan berishga majbur bo'ladi. Shayxzoda yetuk yozuvchi sifatida yoza boshlagan ilk sahna asariga ana shunday tarixiy shaxsni - mo'g'ul qo'shinlariga g'ulg'ula solgan, g'alaba yuz o'girgan jang maydonlaridan ham omoneson chiqib ketgan Jaloliddinni qahramon qilib oladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Jaloliddin Manguberdi" dramasida Shayxzoda Vatan erki, mustaqilligi uchun fidoyilarcha kurash olib borgan mana shu jasur sarkarda qiyofasini badiiy gavdalantirdi. Jaloliddin Manguberdi Amir Temurga ham ibrat bo'lgan buyuk siymodir. Taniqli adabiyotshunos Naim Karimovning fikriga ko'ra, urush yillarida hokimiyat vakillari yozuvchilarni o'tmishdagi mashhur sarkardalar haqida asar yozishga da'vat etishgan. Ular bunday asarlar xalq va armiyani o'tmishdagi jasur sarkardalardan, xalq qahramonlaridan ibrat olishga da'vat etishi, ularni bu mashhur shaxslarning vatanparvarlik fazilatlari ruhida tarbiyalashi mumkin degan qarashda bo'lishgan. Shunday ijodiy buyurtmani olgan Shayxzoda o'zbek xalqining jasur farzandlaridan biri Jaloliddin Manguberdi haqida sahna asari yozishga kirishgan. Respublikaning o'sha paytlardagi rahbari Usmon Yusupov shoirning asarini tezroq yakunlashi uchun uni yurtimizning xushmanzara maksanlaridan biri Farg'ona viloyatiga yuboradi. "Boshqa ishlar bilan xayolingni bo'lma. Xalq sendan Jaloliddin to'g'risidagi asarni intizorlik bilan kutmoqda. Vodilga borib, uni tezroq tugallab qayt!" deya rahbar shoirni ruhlantiradi. Shunday qilib, Maqsud Shayxzoda rafiqasi Sakinaxonim bilan Farg'onaga borib, olti oy ichida tarixiy dramani yozadi. Buni qarangki, odamlar qalbida vatanparvarlik tuyg'usini jo'sh urdiruvchi, qahramonlik ruhidagi bu asar bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Oradan ko'p yillar o'tsa ham Shayxzoda domla asarlari o'z kuch-qudratini namoyon etib kelmoqda. Yaqinda shoir Botir Ergashevning aynan "Jaloliddin Manguberdi" dramasidagi "Ulug'vor niyatlarga kor qilmas ajal, Kim yurtdan yovni quvsa, mendirman o'shal" misrasidan ilhomlanib yozgan she'ri Ozodbek Nazarbekov tomonidan maromiga yetkazib kuylanishi va bu qo'shiq xalqimiz ko'nglidan chuqur o'rin egallagani bunga yorqin misol.
Asarda sulton Jaloliddinning oxirgi so'zi sifatida quyidagi satrlar keltiriladi:
Bir kun paydo bo'laman shu yurt, shu yerda,
Yurt shaydosi ko'rinmas g'urbatda - go'rda.
Kim yurtdan yovni quvsa, mendurman o'shal!
Ulug'vor niyatlarga kor qilmas ajal
Ma'lumki, sho'ro davrida, o'tmishdagi xon, sulton, hukmdorlarimiz nechog'liq buyuk va vatanparvar bo'lishidan qat'iy nazar, yoppasiga qoralab kelindi. Chunki sho'rolarga buyuklarimizdagi xuddi ana shu vatanparvarlik qudrati ma'qul kelmas, ota-bobolarimizdagi ana shu buyuk xislat yangi avlodlarga o'tishini istamas edilar.
O'zbekiston hukumati xalqning bu jasur farzandi nomini abadiylashtirish maqsadida «Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida» (1998) maxsus qaror qabul qildi, O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan (2000)
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
«Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etildi. Vatanparvarlik hissiyoti jo'sh urib yozilgan Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» dramasi 1945-yilda Hamza nomidagi O'zbek davlat drama teatri tomonidan muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgniga qaramay, ko'p o'tmay, sahnadan olib tashlandi. Muallifga esa o'tmishni, xonlarni, beklarni, feodalizmni oqlash va yoqlash tamg'asi yopishtirildi. Bu «aybnoma» nohaq qamalishiga ta'sir ko'rsatdi. Dramaning ayrim parchalarigina yozilgan kezlari nashr etildi. Muallif hayotlik chog'ida, biror marta to'lig'icha chop etilgani yo'q. To'lig'icha ilk bor o'zbek tilida dramaturg vafotidan yigirma bir yil o'tgach (1988) bosmadan chiqdi.«Jaloliddin Manguberdi» dramasida ona-Vatan uchun, uning ozodligi uchun bosqinchilarga qarshi kurash olib borgan jasur sarkarda, buyuk hukmdor siymosi o'zining, ayniqsa, tabiiy, jonli tasvirlanishi bilan ajralib turadi. Tasvirdagi qahramon tabiiyligini ta'minlovchi muhim hayotiy omillar bor, albatta. Xalqni, lshkarni dushmanga qarshi birlashtirish va yurt himoyasini uyushtirish yo'lidagi Jaloliddin ko'rsatgan jonbozliklarini saroydagi Badriddin singari munofiq kimsalar va ular ta'sirida dastlab otasi Xorazmshoh ham to'g'ri tushunmaydi. Shunda Jaloliddin «Menga koshonadan chodir yaxshiroq» deb chiqadi va yurt himoyasi uchun qo'shin berishlarini talab qiladi. Amir Badriddin valiahdning bu mardona so'zlari ostidagi maqsad vatanparvarlik emas, taxtni egallash deb tushunib, shoh hayot bo'lishiga qaramay, «u taxtga ega bo'lmoqchi» deb ig'vo boshlaydi.
Jaloliddin - qahramon shaxs. U jasur sarkarda, elni, yurtni g'animga qarshi birlashtirayotgan, tashabbusi bilan lashkarni ulug' g'alabalarga ilhomlantirayotgan va bu yo'lda ibrat ko'rsatayotgan valiahd bo'lishiga qaramay, ayni vaqtda, oddiy inson sifatida gavdalanadi. Masalan, Jaloliddin bilan singlisi Sultonbegim o 'rtasidagi oddiy insonlarga xos bo'lgan aka-singillik mehr-oqibatlari shu qadar samimiy va go'zal tasvirlanadiki, kishining havasi keladi.Vatan va xalq taqdirining eng qaltis pallalarida ularni bosqinchilardan himoya qilish uchun otlangan Jaloliddinning bu yo'ldagi shijoatini, jur'atini, jasoratini ko'rsatar ekan, dramaturg o'z qahramonining valiahd va hukmdor sifatidagi xususiyatlaridan ko'ra oddiy inson sifatidagi iztiroblarini, har qanday insonga begona bo'lmagan ayrim mas'uliyatli holatlardagi ikkilanishlarni badiiy tasvirlashga alohida e'tibor beradi. Bu esa qahramon xarakterining ishonarli, jonli va hayotiy chiqishini ta'minlaydi. Dushman qo'liga tushib azoblangandan ko'ra, o'limni afzal bilib, hatto dunyodagi eng aziz zot - onasi va farzandlari daryoga cho'ktirilishini ma'qul ko'rgan Jaloliddin Manguberdi va mard Temur Malikning tarixiy haqiqat ruhi bilan yo'g'rilgan siymolari dramaturg Maqsud Shayxzoda qalami ostida ko'z o'ngimizda tirik insondek gavdalanadilar.Dramaturg Chingizxon obrazini mahorat bilan yaratadi. Shunisi muhimki, u bu obrazni qora bo'yoqlarga chaplab
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
tashlamaydi. Tarixiy haqiqatga rioya qilgan holda, bu shaxsning Jaloliddin va Temur Malik qahramonligi jasoratiga tan berganligini ifodalashni unutmagani holda, uning tabiatidagi bosqinchilik, yovuzlikni, pokiza insoniy tuyg'ularni oyoq osti qilish singari xususiyatlarni to'laqonli badiiy gavdalantiradi:
Adolat yo insof? Nima degan u?
Tupurdim bularga, ming katta
Yuqoridagi qahramonlar, asosan, tarixiy qahramonlardir. Asarda ular bilan yonma-yon dramada muallif badiiy taxayyulining mahsuli bo'lgan Elbors pahlavon, Yaroqbek, Navkar, No'yon, Tabib chol singari to'qima qahramonlar ham ishtirok etadilar. Ko'rinib turibdiki, Jaloliddin Manguberdi dramasining asosini, mevalarini etakchi qahramonlarini tarixiy shaxslar tashkil etadi. Lekin to'qima personajlarning zimmasidagi yuk ham oz emas. Elbors pahlavon va Chol qiyofalarida, asosan, xalq, xalq vakillari qiyofasi, kuchi mujassamdir. Elbors pahlavon, aslida cho 'pon. U qaltis vaziyatlarda Jaloliddinning yonida bo'ladi. Unga ko'makka keladi. Sarkardani zaharlashga intilgan tabib og'usidan saqlab qoladi. Bosqinchilar bilan ayovsiz janglarda qahramonlik namunalarini ko'rsatadi.Maqsud Shayxzoda bu obrazlarga muhim ma'no yuklar ekan, yurtimizdagi XIII asr tarixiy hodisalarini gavdalantirishdan tashqari, Vatan bosqinchilariga oyoq osti bo'lishida, xalq boshiga azob-uqubatlar yog'ilishida, mustaqillikning qo'ldan ketishida mana shunday xiyonatlarning o'rni oz emas, degan achchiq, lekin muhim degan ma'nolarga ham ishora qilmoqchi bo'ladi. Shunday ekan, ushbu drama Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari asosiy qahramonlari bilangina emas, Badriddin, Yaroqbek, Sulton Muhammad Alovuddin singari personajlari bilan ham bizni ogohlikka chaqiradi, Mustaqilligimizni ko'z qorachig'idek e'zozlashga da'vat etadi, xalqni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. «Jaloliddin Manguberdi» dramasi badiiy jihatdan teran asardir. Asa monolog va dialoglari pishiq ishlangani, har bir qahramon xarakterining ham til boyligini, ham ruhiy dunyosidagi o 'ziga xoslikni ifodalay oladigan yo'sinda ekani bilan ajralib turadi. Qahramonlararo konfliktlarda sun'iylik yo'q, ular voqealarning tabiiy oqimi va xarakterlar kurashidagi maqsadning hayotiyligi va haqqoniyligidan kelib chiqadi.Bu asarga qadar dramaturgiyamizda «Abulfayzxon» singari tragediyalar mavjud edi. Shunga qaramay, mazkur asar o'zining tug'ilishi va shakli jihatidan Sofokl davridagi qadimgi Yunon mumtoz tragediyalaridagi fazilatlarni o'zida namoyon etuvchi dastlabki o'zbek dramalaridan biridir, deyish mumkin. Birinchi pardadagi xos vazifasini ijro etuvchi umumiy yallalar, sipohlar yallasi, soqchilar qo'shig'i, sahnaga, shuningdek, alohida ovoz personajlarining olib kirilishi, ikkinchi pardada jarchilar va masxarabozlardan foydalanish, xalq obrazini ifodalovchi personajga murojaat etilishi va boshqalar
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
shunday deyishga asos beradi. Qadimgi mumtoz yunon tragediyalaridagi bu xususiyatlar, mohiyat e'tibori bilan qaraganda, o'zbek dramaturgiyasida ilk bor qo'llanishidir. Bunday xususiyatlar dramaturgiyamiz jahon dramaturgiyasidagi rang-barang, murakkab shakl va tuzilishlarni o'tgan asrning o'rtalaridayoq o'zlashtirish salohiyatiga ega bo'lgan san'atkorlarimiz bo'lganini ko'rsatadi. Dramatik asarni she'riy shaklda yozish muallifdan katta poetik mahoratni talab etadi. Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» she'riy dramasi ana shunday katta san'atkorlik bilan yozilgan poetik asardir.
REFERENCES
1. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969 y.
2. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972 y. - 179 b.
3. G'afurov I., O'rtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975 y. - 215 b.
4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y.
5. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983.
6. S. Mirvaliyev, R. Shokirova "O'zbek adiblari" G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti T., 2016.
7. Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) // Toshkent, "Nihol", 2008.
8. Cho'lponova Xadicha Toshbayevna, Saliyeva Ug'iloy Kalmurat qizi Maksud Shayxzodaning ijodini o'rganish-yoshlar manaviyatining omilidir. New scientific researchers EUROPE CONFERENCES AND CONURC . Volume issue 1, 2022/ Page 1-8
9. Cho'lponova Xadicha Toshbayevna, Saliyeva Ug'iloy Kalmurat qizi Maksud Shayxzoda mumtoz adabiyot tadqiqotchisi sifatida. New scientific researchers EUROPE CONFERENCES AND CONURC . Volume issue 1, 2022/ Page 9-14
10. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(10), 568-577.