Научная статья на тему 'MAQSUD SHAYXZODANING “TOSHKENTNOMA” DOSTONIGA CHIZGILAR'

MAQSUD SHAYXZODANING “TOSHKENTNOMA” DOSTONIGA CHIZGILAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1606
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Toshkentnoma" dostoni / ko’hna / navqiron / gul makon. / Epoc “Tashkentnomа” / old / modern / flowering place

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saliyeva, Ug’Iloy Kalmurat Qizi, Cho’Lponova, X.T.

Ushbu maqolada Maqsud Shayxzodaning “Toshkentnoma” dostoni haqida so’z borgan. Unda shoirning ko’hna va ayni chog’da navqiron Toshkent shahriga bag’ishlangan, uning tarixi, o’tmishdagi madaniyati va xalqaro aloqalarini tasvirlovchi ma’lumotlar mohirona yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DRAWINGS TO MAKSUD SHEIKZODA'S EPIC "TASHKENTNOMA".

This article tells about the epic “Tashkentnom” by Maksud Sheikhzod. It skillfully highlights information about the ancient and at the same time modern city of the poet Tashkent, describes its history, past culture and international relations.

Текст научной работы на тему «MAQSUD SHAYXZODANING “TOSHKENTNOMA” DOSTONIGA CHIZGILAR»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

MAQSUD SHAYXZODANING "TOSHKENTNOMA" DOSTONIGA

CHIZGILAR

Saliyeva Ug'iloy Kalmurat qizi

Toshkent davlat transport universiteti 2-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Cho'lponova X.T

TDTrU, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Maqsud Shayxzodaning "Toshkentnoma " dostoni haqida so 'z borgan. Unda shoirning ko'hna va ayni chog'da navqiron Toshkent shahriga bag'ishlangan, uning tarixi, o'tmishdagi madaniyati va xalqaro aloqalarini tasvirlovchi ma'lumotlar mohironayoritib berilgan.

Kalitso'zlar: "Toshkentnoma"dostoni, ko'hna, navqiron, gul makon.

ABSTRACT

This article tells about the epic "Tashkentnoma" by Maksud Sheikhzod. It skillfully highlights information about the ancient and at the same time modern city of the poet Tashkent, describes its history, past culture and international relations.

Keywords: Epoc "Tashkentnoma", old, modern, flowering place

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается об эпосе «Ташкентнома» Максуда Шейхзода. В ней умело освещаются сведения о древнем и в то же время современном городе поэта Ташкенте, описывается его история, прошлая культура и международные отношения.

Ключевые слова: Эпос «Ташкентнома», старое, современный, цветущее место

KIRISH

Maqsud Shayxzoda lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy o'tmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, o'z she'rlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, so'zning she'riy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini ko'rgan. Shu bilan birga Maqsud Shayxzoda krfiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, o'zbek she'riyatiga yangi vazn va shakl ko'rinishlarini olib kirgan. SHoir ijodiga xos bu tamoyil uning, ayniqsa, «Toshkentnoma» (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini topgan 1958 yili adibning ko'hna va ayni chog'da navqiron Toshkent shahriga bag'ishlangan, uning tarixi, o'tmishdagi madaniyat va xalqaro aloqalarini tasvirlovchi «Toshkentnoma» lirik dostoni yaratildi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(2), Feb., 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shayxzoda, o'zi e'tirof etganidek, she'riyatda zamonaviy voqelikni, dramaturgiyada esa tarixiy o'tmishni tasvirlashga hamda xalq va mamlakatning dardli masalalarini o'tmishga bag'ishlangan asarlarida ifodalashga intildi. U o'zining dostoni orkali xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang, ozodlik va do'stlik, baxt va alam, yurtning go'zal manzaralari va insonning ma'naviy jamoli mening qalamimga oshno va dilimga mazmun bo'lib keldi». SHayxzodaning she'r va dostonlari shunday rang-barang mavzularga bag'ishlangani bilangina emas, turli vazn va janrlarda yozilgani bilan ham o'zbek she'riyatini boyitgani shubhasizdir. SHoir «Toshkentnoma» lirik dostonida bunday yozgan edi: Umrim bino bo 'ldi Ozarboyjonda, Kechdi bolaligim u gul makonda. Nizomiy vatani, Ganja o 'lkasi O 'lkamga to 'ldirdi she 'r havosin... Lekin shoirlikning nozik tolei Kuldi Sirdaryoning havzalarida. O 'zbek quyoshining chin otaligi Aks etdi mastoba kosalarida. O 'zbek vodiysida otimni surdim, Aziz yo 'ldoshlar-la o 'toldim, yurdim. Yo 'q, men taqdirimdan emasman xafa, SHoirlik unvoni baxtimdan tuhfa!..

Shoir ijodiy biografiyasida "Toshkentnoma" dostoni alohida o'rin tutadi. Bu asarni unga eng og'ir kunlarida boshpana va panoh bo'lgan shahri azimga bo'lgan muhabbati o'laroq yaratilgan desak yanglishmagan bo'lamiz.

Maqsud Shayxzodadan bizga ulkan meros qoldi. Uning she'riyati ko'ngillarni xushnud etishda davom etmoqda, dramalari sahnalarda qo'yilmoqda.

Maqsud Shayxzoda o'zbek va ozarbayjon xalqlarining mustahkam do'stligi ramzi, ikki xalq farzandi sifatida mangulikka daxldordir.

Maqsud Shayxzoda ijodiy balog'atidan dalolat beruvchi asarlardan biri "Toshkentnoma" dostonidir. Adabiy jamoatchilik o'z vaqtida bu dostonni shoirning adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham, "Toshkentnoma" Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bo'lib, unda shoir shaxsiyatining o'ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bo'lgan. Dostondagi o'ziga xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas. Shaharlar boqiydir, umr — o'tkinchi,

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023

Daryolar sobitdir, suvlar — ko'chkinchi. Har kim o'z shahrida qo'ygan esdalik: YO bino qurishda katta ustalik, YO shirin latifa yoki ixtiro, YO daraxt, yo farzand, ko'prik, yo misra, YO qo'shiq, yo dori, maktab, sog'chilik, Xulosa: dunyoda biron yaxshilik... Bir vaqtlar men senga shahrimni maqtab Qilarkan ta'rifin, sen bir oz to'xtab, «Shunchalar bormikan?» deb gumon qilding, «Ko'rganda aytamiz!» deb imo qilding. Va aytding - darvoqe ko'rgandan keyin: «Maqtoving oz ekan, soz ekan uying!» Qomatga munosib bo'lsin deb libos, Shahrimga dildagi muhabbat, ixlos Dostonga quyilsin degandim u choq, Kechikib yozganim kechirgin, o'rtoq! Bu yerda turganlar, yoki ko'rganlar, Yoki ko'rayin deb istab turganlar, Yoki Toshkentimning shaklin so'rganlar, Naqshini dilida olib yurganlar... Sizga bu taronam — kuyim armug'on, Nasr — og'ir qadam, nazm — chopog'on.

Maqsud Shayxzoda ko'pqirrali iste'dod sohibi sifatida asarlarida psixologizm tamoyillarini qo'llay olgan adabiyotshunosdir. Akademik M.B.Xrapchenkoning aniqlashicha, XIX asrning birinchi yarmidan boshlab, inson ichki dunyosini badiiy tadqiq etish muammosini tekshirish kuchayadi va psixologizm (ruhiyat) prinsiplarini ishlab chiqish boshlanadi.

Bir vaqtlar men senga shahrimni maqtab Qilarkan ta'rifin, sen bir oz to'xtab, «Shunchalar bormikan?» deb gumon qilding, «Ko'rganda aytamiz!» deb imo qilding. Va aytding - darvoqe ko'rgandan keyin: «Maqtoving oz ekan, soz ekan uying!»

SHoir bu misralarda avvalo hayot hamda realizm va uning chuqurlashuvi bilan ham bog'liqlikni maqtovini keltirgan. U ning ta'rifi hamkorining Toshkentni ko'rishga bo'lgan ishtiyoqini, undagi his tuyg'ularni kuchayishiga, intellektual

O

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(2), Feb., 2023

o'sishiga, ijodiy kuchlarning ravnaq topishiga, o'z huquqlarini faol himoya qilishi, o'z qadru qimmatini bilishi, jamiyatda markaziy mavqega ko'tarilishi va fikrlarining teranlashuviga olib keldi. Psixologizm (ruhiyatchilik yoki ruhiyatni aks ettirish) orqali shoir asar qahramonlarining ichki dunyosi tahlil qilishga muvaffaq bo'lgan.

Insonning ichki ruhiy olami - dialektik. Maqsud Shayxzoda ham Gegel singari adabiyotni inson holati tasviri ekanligi to'g'risida qimmatli fikrlarni yozib qoldirgan. Qomatga munosib bo'lsin deb libos, Shahrimga dildagi muhabbat, ixlos Dostonga quyilsin degandim u choq, Kechikib yozganim kechirgin, o'rtoq! Bu yerda turganlar, yoki ko'rganlar, Yoki ko'rayin deb istab turganlar, Yoki Toshkentimning shaklin so'rganlar, Naqshini dilida olib yurganlar...

Maqsud Shayxzodaning psixoanalizi negizida insoniylik, axloq, falsafa, inson ongi takomili turadi. SHoir "Toshkentnoma" dostonini tahlil qilishda soxtalik, loqaydlik, riyokorlik, mahalliychilik, og'aynigarchilik, egoizm, amalparastlik, milliy ong qoloqligi, siyosatdan qochishga harakat qilgan va psixologizmning esdalik, o'y, xayol, qayta baholash, ichki monolog, portret, qayta ifoda etish va boshqa usullaridan mohirona foydalana olgan.

REFERENCES

1. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969 y.

2. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972 y. - 179 b.

3. G'afurov I., O'rtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975 y. - 215 b.

4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y.

5. Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) // Toshkent, „Nihol", 2008.

6. Boboyev T. "Adabiyotshunoslik asoslari" Toshkent. 2002. 558 b.

7. Cho'lponova Xadicha Toshbayevna, Saliyeva Ug'iloy Kalmurat qizi Maksud Shayxzodaning ijodini o'rganish-yoshlar manaviyatining omilidir. New scientific researchers EUROPE CONFERENCES AND CONURC . Volume issue 1, 2022/ Page 1-8

8. Cho'lponova Xadicha Toshbayevna, Saliyeva Ug'iloy Kalmurat qizi Maksud Shayxzoda mumtoz adabiyot tadqiqotchisi sifatida. New scientific researchers EUROPE CONFERENCES AND CONURC . Volume issue 1, 2022/ Page 9-14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.