Научная статья на тему 'MAQSUD SHAYXZODA. IKKI XALQ DILBANDI'

MAQSUD SHAYXZODA. IKKI XALQ DILBANDI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

312
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shoir / yozuvchi / dramaturg / olim / Navoiy haqida / adiblar fikri / tarjima kitoblari / filologiya soxasi / hayot kechinmalari

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Moxinur Valijon Qizi Abdujalilova

Mashhur shoir umrini juda mazmunli o`tkazgan. U umrining so`ngi yillarida yani 1965-yil 57 yoshga to`lgan chog`larida umrining o`tkizgan yillarini ― umrim bir hiyobon‖ deya tasvirlagan edi. U boshidan kechirganlarini hiyobonning ikki chetidagi daraxtlar misolida tasvirlaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQSUD SHAYXZODA. IKKI XALQ DILBANDI»

MAQSUD SHAYXZODA. IKKIXALQ DILBANDI

Moxinur Valijon qizi Abdujalilova

TDTU talabasi

Ilmiy rahbar: t.f.f.d. PhD Axmatjanov Ravshanjon Nematjonovich

ANOTATSIYA

Mashhur shoir umrini juda mazmunli o'tkazgan. U umrining so'ngi yillarida yani 1965-yil 57 yoshga to'lgan chog'larida umrining o'tkizgan yillarini " umrim bir hiyobon" deya tasvirlagan edi. U boshidan kechirganlarini hiyobonning ikki chetidagi daraxtlar misolida tasvirlaydi.

Kalit so'zlar: Shoir, yozuvchi, dramaturg, olim, Navoiy haqida, adiblar fikri, tarjima kitoblari, filologiya soxasi, hayot kechinmalari.

Do'stlar, yaxshilarni avaylab saqlang! «Salom» degan so'zning salmog'in oqlang. O'lganda yuz soat yig'lab turgandan, — Uni tirigida bir soat yo'qlang!

O'zbek va ozarbayjon adabiyotining atoqli namoyandalarida bo'lgan mashhur shoir, zabardast dramaturg, tarjimon va adabiyotshunos olim Maqsud Shayxzoda 1908-yil 25-oktyabrda Ozarbayjonning Oqtosh shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Boshlang'ich va o'rta ma'lumotni Oqtoshda oldi va keyinchalik Boku Oliy pedagogika institutida sirtqi ta'lim turida o'qiy boshladi. 1925-yildan boshlab Darband shahrida muallimlik bilan shug'ullanishni boshlagan.

Shayxzoda 1928-yilda Toshkentga kelgan va turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida ishlagan . 1935-1938-yillarda esa Fanlar Qo'mitasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo'lib ishlagan va shu yillarda juda ko'p ijodlar qilgan. 1938-yildan to umrining oxiriga qadar Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutida faoliyat olib borgan.

Maqsud Shayxzodaning adabiy faoliyati asosan 1929-yildan boshlanadi va —O'n she'r" (1932), "Undoshlarim" (1933), "Uchinchi kitob" (1934), "Jumhuriyat" (1935) to'plamlarining nashr etilishi o'zbek adabiyotida uning katta o'rin egallashiga sabab bo'ladi.

Hammamizga ma'lum Maqsud Shayxzodaning aynan bolalik davrlari 1-jahon urushi paytlariga to'g'ri kelgan va urush qiyinchiliklarini ko'rgan shoir hisoblanadi. Uning eng gullagan ijod davri ham ikkinchi jaxon urishi paytlariga to'g'ri kelgan. Shuning uchun ham u urushining

birinchi kunlaridanoq jang qahramonlarini ulug'lovchi, front

October, 2022

orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini ifodalovchi "Kurash nechun" (1941), "Jang va qo'shiq" (1942), "Kapitan Gastello" (1941), "Ko'ngil deydiki..." kabi she'riy to'plamlar yaratadi. Shayxzoda ko'pqirrali iste'dod sohibi edi. U she'rlar va dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo'lgan dramalar ham yaratdi. Shayxzoda umrining so'ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan "Beruniy" dramasini hisobga olmaganda ham, uning "Jaloliddin Manguberdi" va "Mirzo Ulug'bek" dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.

U "Jaloliddin Manguberdi" (1944) nomli tarixiy dramasini yozadi. Shayxzoda Jaloliddin Manguberdi" tragediyasida o'z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo'g'ul istilochilariga qarshi kurashgan so'nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan.

1925- yil Shayxzoda o'qishni tamomlagach Darband shahriga ishga yuborilgan paytlarida shu yillardagi qatog'on davrning shamollari uni ham chetlab o'tmadi. Shayxzoda Birlashgan davlat qoshidagi maxsus kengashning qarori bilan 1927-yil 30-iyul kuni qamoqqa olindi.

Maxsus kengash 1928-yilning 17 fevralida MaxajqaTa vahtasi maxbusi bo'lgan shoir Shayxzodani Qirim va Kavkazda 3 yil muddatga shu hududda yashash huquqidan maxrum etgan holda ozod qildi.

Urushdan keyingi tinch qurilish yillarida esa "O'n besh yilning daftari", "Olqishlarim", "Zamon torlari", "Shu'la", "Chorak asr devoni" kabi she'riy to'plamlari e'lon qilindi.

Maqsud Shayxzoda Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutida ishlab yurgan paytlarida yani 1958-yili o'tmishdagi madaniyat va xalqaro aloqalarini tasvirlovchi "Toshkentnoma" lirik dostonini yaratadi.

Iste'dodli dramaturg 1960-yilda yozgan "Mirzo Ulug'bek" tragediyasida buyuk munajjim va ma'rifatparvar davlat arbobi obrazini yaratdi. Shayxzoda bosh qahramon obrazini Amir Temur va temuriylar davrida o'zbek xalqi hayotida ro'y bergan Uyg'onishning yorqin timsoli sifatida aks ettirgan. Shekspirona uslubda yozilgan bu asarda Shayxzoda Ulug'bek hayotining so'nggi 2 yilini tasvirlash orqali uning jahon fani tarixidan munosib o'rin egallagan mashhur olim, adolatparvar va haqiqatparvar davlat arbobi va ayni paytda saltanatning mutaassib kuchlari oldida ojiz bir inson bo'lganini ham haqqoniy ko'rsatgan. Shekspirona ko'lam va harorat bilan yozilgan „Mirzo Ulug'bek" tragediyasining maydonga kelishi o'zbek dramaturgiyasi va teatri tarixida katta voqea bo'ldi. Shayxzoda ssenariysi asosida rejissor L. Fayziyev tomonidan yaratilgan „Ulug'bek yulduzi" (1964) filmi esa keng xalq ommasiga ulug' o'zbek olimi va uning fojiali taqdiri bilan

yaqindan tanishish imkonini berdi.

October, 2022

Jamiyatning adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol o'ynadi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Maqsud Shayxzoda bir necha chet el ijodkorlarining asarlarini ham tarjima qilgan. Bulardan Rustavelining „Yo'lbars terisini yopingan paxlavon" eposi, A.S. Pushkinning she'rlari, „Mis chavandoz" dostoni, Motsart va Salyeri" tragediyasi, V. Mayakovskiyning "Juda soz" dostonlari va ko'plab she'rlarini, Shekspirning "Hamlet", "Romeo va Julyetta" tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning she'rlarini va ozarbayjon shoirlari asarlarini o'zbek tiliga kata mahorat bilan tarjima qilgan.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shayxzodaning o'zbek adabiyoti tarixi, o'zbek xalq og'zaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir.

Shayxzoda she'riy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratgan , dramaturgiyasida esa, tarixiy o'tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bag'ishlagan.

Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozgan bo'lib adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial shoir" monografiyasini e'lon qilgan Shayxzoda umrining so'nggi kunlariga qadar Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shug'ullanib keldi. U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik qahramoni haqida" (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining ba'zi bir poetik usullari haqida" (1959), „Ustodning san'atxonasida" nomli 3qisimli maqolasida(1965—1966), „G'azal mulkining sultoni" (1966), „Tazkirachilik tarixidan" (1968) singari yirik ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi.

Shayxzoda adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, o'zbek xalq og'zaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish", „Shirin bilan Shakar" kabi asarlari, o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy, T.G. Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bag'ishlangan ko'plab asarlar yozdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir va adabiyotshunos avlodlarning yetishib chiqishiga kata hissa qo'shdi.

Shayxzoda ikkinchi marta 1952-yilda ENKVD xodimlari tomonidan hibsga olinib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 1954-yilda

ozod etilgan.

October, 2022

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 10 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Iste'dodli ijodkor 1967-yil 19-fevralda vafot etdi va Toshkentning Forobiy qabristonida dafn etilgan.

Maqsud Shayxzoda 2001-yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

REFERENCES

1. Zokirov M., Maqsud Shayxzoda. Adabiytanqidiy ocherk, T., 1969;

2. Yusuf Shomansur, Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972; 179 ;

3. G'afurov I., O'rtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975; 215;

4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983; XX asr o'zbek adabiyoti tarixi, T., 1999. 25;

5. Shayxzoda Maksud. Atokli xalg shoiri. „Lenin uchkuni", 1956, 18 may (o'zbekcha)

6. Shayxzoda Maksud. Shoir kalbi duneni tinglar (Tanlangan asarlar) // Toshkent, „Nihol", 2008. 28 b. (o'zbekcha)

7. Раматов, Ж. С. (2021). ФИЛОСОФСКОЕ МИРОВОЗЗРЕНИЕ И ЕГО РОЛЬ В ВОСПИТАНИИ СОВРЕМЕННОЙ МОЛОДЕЖИ. Проблемы педагогики, (1 (52)), 16-17.

8. RaMaTOB, Ж. С., & Баратов, Р. У. (2018). НОВЫЙ ПОДХОД ПОДГОТОВКИ КАДРОВ С ВЫСШИМ ОБРАЗОВАНИЕМ В УЗБЕКИСТАНЕ: ПЕРСПЕКТИВА И ИННОВАЦИИ. Theoretical & Applied Science, (4), 89-91.

October, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

287

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.