Научная статья на тему 'MAQSUD SHAYXZODA IJODINING RUHI VA SEHRI'

MAQSUD SHAYXZODA IJODINING RUHI VA SEHRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
318
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shoir / qondosh / badiiyat / she’riyat / ibtido / firqa / oshno / jamol / muhit / surgun / shо‘ro hukumati / tole’ / Jumhuriyat / karvon. / Poet / bloodsucker / art / poetry / beginning / sect / oshno / jamal / environment / exile / shura government / tole' / Republic / caravan

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Valiyev, Lochin Azamatovich, Raxmonova, Nurjaxon Odilovna

Ushbu maqolamizda shoirning bosib о‘tgan yо‘li haqida tо‘xtalib, asosan shu yerlaridagi ijodiy va uyg‘unlik sehriga kо‘proq e’tibor qaratamiz. Bundan tashqari о‘zining hayotida bо‘lib o‘tgan qiyinchiliklarni she’rlarida aks etgani she’rlarini hayotiyligini kо‘rib о‘tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SPIRIT AND MAGIC OF MAKSUD SHEIKZODA'S CREATION

In this article, we will dwell on the poet's path and pay more attention to the magic of creativity and harmony in these places. In addition, we will consider the vitality of his poems as he reflected the difficulties in his life in his poems.

Текст научной работы на тему «MAQSUD SHAYXZODA IJODINING RUHI VA SEHRI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MAQSUD SHAYXZODA IJODINING RUHI VA SEHRI

Valiyev Lochin Azamatovich

Toshkent davlat transport universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi tayanch doktoranti valiyevl3 3 @gmail .com +998946227632 Raxmonova Nurjaxon Odilovna Toshkent davlat transport universiteti talabasi raxmonovanurj axon54gmail .com +998881304114

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolamizda shoirning bosib о 'tgan yo 'li haqida to 'xtalib, asosan shu yerlaridagi ijodiy va uyg 'unlik sehriga ко 'proq e'tibor qaratamiz. Bundan tashqari o'zining hayotida bo'lib o'tgan qiyinchiliklarni she'rlarida aks etgani she'rlarini hayotiyligini ко 'rib о 'tamiz.

Kalit so'zlar; Shoir, qondosh,badiiyat, she'riyat, ibtido, firqa, oshno, jamol, muhit, surgun, sЫ 'ro hukumati, tole', Jumhuriyat, karvon.

АННОТАЦИЯ

В этой статье мы остановимся на пути поэта и уделим больше внимания магии творчества и гармонии в этих местах. Кроме того, мы рассмотрим жизненную силу его стихов, поскольку он отразил в своих стихах трудности своей жизни.

Ключевые слова; Поэт, кровопийца, искусство, поэзия, начало, секта, ошно, джамал, среда, изгнание, шура, толе, республика, караван

ABSTRACT

In this article, we will dwell on the poet's path and pay more attention to the magic of creativity and harmony in these places. In addition, we will consider the vitality of his poems as he reflected the difficulties in his life in his poems.

Keywords; Poet, bloodsucker, art, poetry, beginning, sect, oshno, jamal, environment, exile, shura government, tole', Republic, caravan

KIRISH

Aslida qondosh ozarbayjon naslidan bo'lib, keyinchalik o'zbek xalqining chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida tug'ildi. Otasi Ma'sumbek elu-yurtda katta obro'ga ega shifokor edi.

832

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

U san'at va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqardi, Oqtosh ziyolilari bilan turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk marotaba ana shu gurunglarda eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo'lgan qiziqishini uyg'otadi. [2]

Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921 yili Boku dorilmualliminiga o'qishga kiradi va uni tugatgach Dog'istonning Darband, Bo'ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926 yili Adhem Fayziy tashkilotiga a'zo etilgan «Milliy fiirqa» tashkilotiga a'zo bo'lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928 yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho'ro hukumati Shayxzodani O'zbekistonda ham ta'qiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo'q.

Muhimi shundaki, Shayxzoda «tole' doim erkalamaganiga» qaramay, umrining oxiriga qadar o'zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko'rsatdi va O'zbekiston uning ikkinchi vatani bo'lib qoldi. Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin "Sharq haqiqati", "Qizil O'zbekiston", "Yosh leninchi" gazetalarida ishlaydi. 1929 yili yosh shoirning o'zbek tilidagi dastlabki she'ri "Sharq haqiqati" gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko'p o'tmay, Shayxzodaning birinchi to'plami "O'n she'r", keyinroq "Undoshlarim" (1933), "Uchinchi kitob" (1934), "Jumhuriyat" (1935) kabi to'plamlari nashr etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maqsud Shayxzoda "xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang, ozodlik va do'stlik, baxt va alam, yurtning go'zal manzaralari va insonning ma'naviy jamoli mening qalamimga oshno, dilimga mazmun bo'lib keldi" deb ta'kidlagan edi.''[2.] Shoirning bu fazilatlari, eng avvalo, hayotdagi, voqelikdagi va odamlarimizning ruhiy olamidagi o'zgarishlar, holatlarni ifodalashga qodir yangi, betakror obrazlarida namoyon bo'ldi. Bu Tarix - Yo'l - Safar - Kema -Karvon, Xarita (yer kurrasi va Vatani), Manzil, Raqam, Sur'at va Vaqt obrazlaridir. Bular bir-biri bilan uzviy bog'langan bo'lib, insoniyat tarixi yaxlitdir va doim olg'a qarab harakat qiladi, bu insoniyat karvonini - kemani to'xtatib bo'lmaydi, u insoniyat orzusi - baxt-saodat manzili sari harakat qiladi. Buni Shayxzodaning o'z kitoblariga "O'n besh yillik daftari" yoki "Chorak asr devoni" deb sarlavha qo'yishidan ham bilish mumkin. Shoirning o'zi "Inson umri cheklangan muhlatli daftar", demak bu daftarni foydali, ezgu ishlar - "yozuvlar" bilan to'ldirish lozim deydi. "Raqamlar" she'rida esa shunday satrlar bor:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Men na munajjimman va na hisobdon va lekin ko'raman sonlar mag'zida osmoncha ma'nolar, yurtni obodon". "Qo'llar» she'rida qo'llarda insonning borlig'ini, uning ichki olamining muhrini ko'radi"[1].

Uningcha, "g'oyat shafqatli, hayotbaxsh qo'llar" ham "ayovsiz, yovuz, go'r kabi sovuq, tanbal" qo'llar ham bor, qisqasi, har bir qo'l "yurakning navkarlaridir", yurak neni buyursa, qo'l shuni ijro etadi.

Maqsud Shayxzoda ijodiy balog'atidan dalolat beruvchi asarlardan biri "Toshkentnoma" dostonidir. Adabiy jamoatchilik o'z vaqtida bu dostonni shoirning adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham, "Toshkentnoma" Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bo'lib, unda shoir shaxsiyatining o'ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bo'lgan. Dostondagi o'ziga xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas. Shayxzoda ko'pqirrali iste'dod sohibi edi. U she'rlar va dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo'lgan dramalar ham yaratdi. Shayxzoda umrining so'ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan "Beruniy" dramasini hisobga olmaganda ham, uning "Jaloliddin Manguberdi" va "Mirzo Ulug'bek" dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.

Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan "Jaloliddin Manguberdi" (1944) tragediyasida o'z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo'g'ul istilochilariga qarshi kurashgan so'nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan G'afur G'ulom o'sha vaqtda asarga yuqori baho berishib: "Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki ma'nosini" ochib bergan, "Kompozitsiyasi pishiq, dramatik to'qnashuvlarga boy bir asar. 1946 yilgacha "Jaloliddin Manguberdi" dramasidan ayrim parchalar "Armug'on" to'plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga olinmadi va dunyo yuzini ko'rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin ko'p utmay Shayxzoda qamaldi. Bu asarga o'tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo'yildi. Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qo'lyozmasi ham bor edi. Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar "yo'qoldi" degan bahonalar bilan qo'lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur bo'ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga muvaffaq bo'ldi. Lekin shunda ham asarning matni e'lon qilinmay qolaverdi.

Taqdirning o'yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini ko'rmay olamdan ko'z yumdi. "Jaloliddin Manguberdi"ning to'la matni birinchi marta Bokuda ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi. Faqatgina 1988 yildagina Jaloliddin Manguberdi" birinchi marta o'zbek tilida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yozuvchining "Boqiy dunyo" degan kitobida to'la bosilib chiqarildi. Maqsud Shayxzodaning xalqimiz tarixiga, jumladan, Jaloliddin Manguberdi taqdiri va kurashiga odilona yondoshganligi, haqiqatni himoya qilganligi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov imzosi bilan e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 sentabrdagi "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to'g'risida" qarori ham yana bir bor tasdiqlaydi.

Shayxzodaning yozuvchilik shuuri va ijodkorlik zehnining o'tkirligi yana bir bor isbotlandi. Maqsud Shayxzodaning o'zbek adabiyotiga qo'shgan yana bir ulkan hissasi "Mirzo Ulug'bek" tragediyasidir. Tragediya 1964 yili yozildi, o'sha yili bu asar Hamza teatri sahnasida qo'yildi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratildi. Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi edi. Ayniqsa, u o'zbek mumtoz adabiyotini chuqur bilar edi. 1941 yilda Toshkentda nashr etilgan "General shoir" to'plami adabiyotshunos olim Shayxzodaning Navoiy ijodiga oid ilmiy maqolalaridan tashkil topgan. Navoiy she'riyatining bu chuqur ilmiy tadqiqi navoiyshunoslikda hamisha alohida o'rin egallab qoladi. Shayxzoda Navoiy mahoratini, uning san'atkorligini teran o'rganishni boshlab bergan o'tkir tadqiqotchi edi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Maqsud Shayxzoda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)da, Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent Davlat pedagogika universiteti)da uzoq yillar davomida o'zbek adabiyoti tarixidan o'qigan ma'ruzalari, maxsus kurslari o'zbek adabiyoti tarixi bo'yicha eng qimmatli darslar edi.

Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to'la. Uning she'riy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag'ishlangan bo'lmasin, zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham shu tipdagi ijodkorning bevosita publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo'r badiiy janrga ega bo'lgan publitsistik maqolalari va nutqlari bu iste'dodli adib ijodining mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir. Iste'dodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qildi. Jumladan, Shekspirning "Hamlet" va "Romeo va Juletta" asarlari o'zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda tarjimasida sahnalashtirildi.Pushkin, Lermontov, Bayron she'rlarini o'zbek o'quvchisiga ilk bor taqdim etgan shoirlar avlodi ichida Shayxzoda ham bor. Shoir mahoratining o'sishiga, uning jahon adabiyoti klassiklarining asarlarini g'oyat sevib o'rgangani, ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan o'zlashtirgani ham sabab bo'ldi. U G'arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda o'zining Vatan adabiyotini - Sharq she'riyati merosini ham to'la o'rgangan edi.''[5]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Maqsud Shayxzodani 50 - yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq qamalganlarning ishi qayta ko'rildi. Shu tariqa 1955 yili ko'pgina fidoyi ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida shoirning sog'ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga majbur bo'ldi. Ana shunday og'ir sharoit va xastalikda ham hayotidan sira nolimay umrining oxirigacha ijod qilishdan to'xtamadi.''[5]

Yaxshi bilasiz, ziyo degani nur, yorug'lik, oydinlik demakdir. Haqiqatan ham ziyolilarimiz elga bilim, ma'rifat, madaniyat ulashish, ta'lim-tarbiya berishdek savob ishlarga da'vat etilgan..." Bu so'z bilan go'yo sehrlangan majlis zalida o'tirganlar gulduros qarsaklar chalib yuborishgan edi. U qisqa hayot kechirdi - 60 yoshga ham to'lmay, 1967 yil 19 fevral kuni uzoq vaqt davom etgan xastalikdan so'ng olamdan ko'z yumdi. Shayxzoda ijodi eng gullagan paytda, shiraga to'lgan vaqtda olamdan ketdi.

Boshidan qanchadan-qancha musibatli kunlar o'tgan bo'lmasin, u hech zorlanmagan. Uning iymon-e'tiqodi, dunyoqarashi, yuqoridagi misralarda teran bayon qilingan. U hech qachon alamzadalik bilan yashamadi. Aksincha, unga xiyonat qilgan, uni azob uqubatlarga, jiddiy xastaliklarga duchor qilganlar haqida hech qayerda, hech narsa demagan. Shayxzoda o'zining insoniy fazilatlariga sodiq qolib, doimo xayrixohlik va balandlik xislatlari bilan yuksalib yashadi. Chunki uning chinakam, sodiq do'stlari ham oz emas edi. Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Komil Yashin, Mirtemir, Shukur Burxonlar haqiqiy do'st edi.''[ Yn^aôoeB, Y.

EapxaëTHHK: [8]

Dastlabki she'riy to'plami - „Loyiq soqchi" (1932). Shundan keyin shahrining „O'n she'r" (1932), „Undoshlarim" (1933), „Uchinchi kitob" (1934), „Jumhuriyat" (1935), „O'n ikki", „Yangi devon" (1937), „Saylov qo'shiqlari" (1938), „Kurash nechun?" (1942), „Jang va qo'shiq", „Ko'ngil deydiki..." (1943), „O'n besh yilning daftari" (1947), „Yurt she'rlari" (1948), „Zamon torlari", „Olqishlarim" (1949), „Yillar va yo'llar" (1961), „She'rlar" (1964) va boshqa she'riy to'plamlari nashr etilgan. shaharining dastlabki ijodida va qisman 50y.lardagi ayrim she'rlarida ozarbayjon she'riyatiga xos ohanglar, minbar she'riyat belgilari ustuvorlik qilgan. Ammo Shayxzoda o'zbek mumtoz va zamonaviy she'riyatining tili va uslubini egallagani sayin uning she'rlarida o'zbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol munosabatda bo'lishga intilib, xalq va mamlakat hayotida ro'y bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yaratishga alohida e'tibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qo'l urib, „O'rtoq mulk" (1933), „Chirog'", „O'rtoq", „Meros", „Tuproq va haq" (1936), „Ovchi qissasi", „Iskandar Zulqarnayn" (1940), „O'n birlar", „Jenya", „Oqsoqol" (1943), „Axmadjonning hikmatlari", „Uchinchi o'g'il" (1944), „Nurmat otaning tushi" (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30 - 40 yillardagi she'riyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shoir lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy o'tmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, o'z she'rlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsilotlarni olib kirgan, so'zning she'riy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini ko'rgan. Shu bilan birga Shoir qofiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, o'zbek she'riyatiga yangi vazn va shakl ko'rinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu tamoyil uning, ayniqsa, „Toshkentnoma" (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini topgan.''[7]

Xulosa o'mida shuni aytishimiz mumkinki, shoir Maqsud Shayxzoda sherlarida insonlarning dardi tashvishi, quvonch - shodliklarini aks ettiribgina qolmay, ulardagi falsafiy ijod namunalarini ham ko'rsatib beradi. Uning ijodi naqadar teran ma'no aks etishi natijasi o'laroq ko'pgina davlatlar adabiyotida yorqin yulduz sifatida porlab kelmoqda. Bundan tashqari Maqsud Shayxzoda ijodi ikki xalq o'rtasidagi uzilmas do'stlik rishtalari vazifasini ham o'tab kelmoqda. Shu bois ham biz adabiyot va san'atni do'stlik elchisi deya bekorga ta'riflamaymiz.

REFERENCES

1. Maqsud Shayxzoda.Tanlangan asarlar/V tom/G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va sa'nat nashriyoti,T :1973-y,5-bet.

2. Naim Karimov. Maqsud Shayxzoda/ ma'rifiy-biografik roman.-T.:''Sharq'',2010.-6-bet.

3. Наим Каримов, Максуд Шайхзода: Маърифий-биографик роман. -Т.: "Шарк", 2009.

4. КЙулдошев, В. Кодиров, с. Махсумхонов, С. Холтураев. "Узбек адабиёти". 5 -11-синфлар учун тузилган дастур. ОШ, 2009 йил. 34-б.

5. Ш.М.Мирзиёев. Адабиёт ва санъат, маданиятни ривожлантириш -халкимиз маънавий оламини юксалтиришнинг мустахкам пойдеворидир мавзусидаги нутки. 2020.3.08. shavkat_mirziyoyev

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. M. fflaöx3oga. Mup3O YnyröeK: Bern napganu Tapuxufi ^o^ua/ M. fflaöx3oga. - TomKeffr: Y^HTyBHu, 1994

7. fflaöx3oga M. ^opaK acp geBOHu: TaHnaHraH acapnap. M. fflaöx3oga. -TomKeHT: Y36eKHCTOH gaBnar Saguufi agaöueT HampueTu, 1958.

8. Yn^aöoeB, Y. Bap^aerauK: [Ma^cyg fflaöx3oga TaBannyguHHHr 75 nunnurura] / Y. Yn^aöoeB; M. Xy^aeB // YsSeKucTOH agaöueTu Ba caHtaru. - 1983.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.