Научная статья на тему 'KUBRAVIYA TARIQATI AXLOQIY QOIDALARINING YOSHLAR TARBIYASIDAAGI AHAMIYATI'

KUBRAVIYA TARIQATI AXLOQIY QOIDALARINING YOSHLAR TARBIYASIDAAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1422
271
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kubroviylik tariqati / diniy maktab / rahnamolik / tasavvuf / ilohiy maʼrifat / dunyoviy va ilohiy bosqichlar / uzlat / muroqaba / tavajjuh / rizo

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mavzurov Nurali Shuhrat O'G'Li, Nematov Azizbek Asliddin O'G'Li, Samatov Xurshid O‘Lmasjonovich

Ushbu maqolada Kubroviylik tariqati asoschisi Najmiddin Kubroning hayot va ijod yo‘li haqida qisqacha ma`lumot berib o`tildi. Shu bilan birga, kubroviya tariqatining axloqiy qoidalarini hozirgi yoshlar tarbiyasiga ta`siri, asarlarida tariqatning mohiyati, oʻziga xos talab va qoidalari bayon qilib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KUBRAVIYA TARIQATI AXLOQIY QOIDALARINING YOSHLAR TARBIYASIDAAGI AHAMIYATI»

KUBRAVIYA TARIQATIAXLOQIY QOIDALARINING YOSHLAR TARBIYASIDAAGI AHAMIYATI

Mavzurov Nurali Shuhrat o'g'li Nematov Azizbek Asliddin o'g'li

TATU Samarqand filiali Axborot xavfsizligi yo'nalishi

1-kurs talabalari Email: nuralimavzurov@gmail .com Email: azizbekasliddinovic@gmail.com Samatov Xurshid O'lmasjonovich TATU Samarqand filiali dotsenti, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.7438559

Annotatsiya: Ushbu maqolada Kubroviylik tariqati asoschisi Najmiddin Kubroning hayot va ijod yo'li haqida qisqacha malumot berib o tildi. Shu bilan birga, kubroviya tariqatining axloqiy qoidalarini hozirgi yoshlar tarbiyasiga tasiri, asarlarida tariqatning mohiyati, o'ziga xos talab va qoidalari bayon qilib berildi.

Kalit so'zlar: kubroviylik tariqati, diniy maktab, rahnamolik, tasavvuf,ilohiy ma'rifat, dunyoviy va ilohiy bosqichlar, uzlat, muroqaba, tavajjuh, rizo.

Mamlakatimizda ma'naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tiklanishi, yoshlarni har tomonlama yetuk, ma'nan yuksak, komil inson qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Zero, jamiyat ravnaqi «...o'z haq-huquqini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash»ga bog'liq ekan, buning uchun fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Respublikamiz hamda dunyo xalqlari tomonidan keng e'tirof etilgan, shaxsga ma'naviy-axloqiy ta'sir ko'rsatishda, o'tmish allomalarning ta'lim-tarbiyaviy qiymatga ega bo'lgan ma'naviy merosi bilan tanishish imkonini berdi. Mazkur ma'naviy meros orqali shaxsda iymon-e'tiqod, bag'rikenglik, iroda, qalb pokligi, vijdon uyg'oqligi, go'zal axloq, o'z-o'zini anglash kabi sifatlarni qaror toptirish zarurligi allomalarning ma'naviy merosidan ta'lim jarayonida foydalanishni yo'lga qo'yish va rivojlantirish hamda o'qitishning zamonaviy shakl, metod va vositalarini takomillashtirish katta ahamiyat kasb etadi.

Najmiddin Kubro (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy) (1145—Xiva—1221) — ulug' shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi (uning taxallusi «dinning ulug'

yulduzi» ma'nosini beradi). Kubroning karomat ko'rsatish, voqealarni oldindan bilish, o'tkir nazari bilan ta'sir eta olish xislatiga ega inson bo'lganligi haqida rivoyatlar tarqalgan.Kubro yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli bo'lgan. Islom asoslari, shariat, hadis va tafsirni juda tez o'zlashtirib oladi. 16—17 yoshlarida tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Xorazmdan chiqib, Eron, Misr, Shomu Iroq mamlakatlarini kezadi.Tariqatdan xabardor bo'lishga intilib, bir necha shayx, darvishlar suhbatida bo'ladi.

Shayx Najmiddin Kubroning «Fil-adab» («Odob qoidalari») risolasida Kubroviya tariqatining asosiy mohiyati va soliklar (tariqat a'zolari)ning axloqiy qoidalari o'z ifodasini topgan. Soliklarning odoblari, yurish-turishlari va e'tiqodlari to'g'risidagi qoidalar esa tariqat a'zolari qat'iyan bajarishi shart bo'lgan amallardir. Shayxning «Al-usul al-ashara» asarida Kubraviya tariqatining qoidalari ya'ni inson tarbiyasiga xos 10 usul keltirilgan:

1. Tavba. O'z gunohini bilgan holda tavba aytish;

2. Zuhd. Barcha yomonlik va haromliklardan kechib, yaxshilik va halollik yo'lini tutish;

3. Tavakkul. Barcha ishlarda faqatgina Ollohga suyanish. Hayotiy turmush, taqdir va rizqda, amal va harakatlarda faqat Ollohga tayanish;

4. Qanoat. O'z nafsini tiygan holda boriga shukrona, yo'g'iga qanoat qilish;

5. Uzlat. O'z-o'zini, o'z botinini tarbiyalash;

6. Tavajjuh. Kurash. O'z-o'zi bilan kurashi;

7. Sabr. Barcha ishlarda chidamli bo'lmoq. Barcha og'irliklarni sabr bilan yengmoq;

8. Muroqaba. Fikr qilish, kuzatib borish, to'g'ri sirni anglash;

9. Zikr. Solik har yerda, har qachon Ollohni til va dilidan ayrmasligi, Olloh nomini tilida va dilida takrorlab yurishi;

10. Rizo. Hamma ishlar, barcha nasiba, taqdir va qazolar Olloh irodasi bilan bo'lganini anglab yetgan holda Haq ishiga rizo bo'lmoq.

Ko'rinadiki, Najmiddin Kubroning tasavvufiy ta'limotida ranglar ma'nolari keyingi vaqtlarda tasavvuf nazariyotchilari ta'riflagan ranglarning sharhidan tubdan farq qiladi. U yetti rang xislatini, ya'ni ma'nosini yetti tushunchaga moslab sharhlab bergan. Uningcha, oq rang - islomni, sariq rang - iymonni, zangori rang - ehsonni, yashil rang - itminonni (ishonchni), ko'k rang - iqonni (to'liq ishonch), qizil rang -irfonni, qora rang - hayajonni (hayratni) anglatadi.

Ta'kidlash joizki, Najmiddin Kubroning rang haqidagi ta'limotini Yevropaning Kafka, Shopengauer, Freyd kabi faylasuf olimlari XIX asrda isbotlashgan. Ya'ni, rangning kishi ruhiga ta'siri borligi, ranglar shunchaki rang emas, balki inson hissiyoti tufayli paydo bo'lgan va uning tafakkuri orqali ko'rinadigan narsa va ayni paytda, inson tuyg'ulari va tafakkuriga ta'sir qilishi mumkinligini asoslab berdilar.

Najmiddin Kubroning «Faqirlar haqidagi risola»si insonni taгbiyalash bo'yicha ibгat kitobi sanaladi. Shayx yozadi «Dunyoning Ыг qismini kezib chiqdim, ko'p ishlami tajгiba qildim, qiyinchiliklaгga yo'liqdim, kishilar bilan suhbat quгdim, ulug' ishla^a qadam bosdim, tiгikchilikning achchiq-chuchugini todim. ^tobla^a muгojaat qildim, olimlar xizmatida bo'ldim, ummi dunyo izlash bilan zoe o'tkazmadim, ajoyibotlami ko'гdim. Ko'rdimki, umr dunyodan ko'гa tez, shoshib yo'q bo'lib ketadiganгoq, o'lim oxiratdan ko'гa yaqinгoq, oгzudan ko'гa uzoqroq, xotirjamlikdan ko'гa go'zalгoq narsa yo'q ekan....Muvaffaqiyatni sa'yi haгakatda, muvafaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni sukutda ko'rdim... Ko'rdimki, eng noyob ne'mat rostgo'ylik va qahramonlik, eng og'iг og'гiq esa yomon va munofiq do'stlar ekan. Ko'rdimki, Olloh dunyo qulligidan ozod qilgan kishigina haqiqiy huг ekan».

Kubroviya ta'limotining asosini tashkil etadigan komil g'oyasi bugungi kun yosЫarini tarbiyalashda ham muhim o'гin egallaydi. Shayx Najmiddin Kubraning mboiylari taгbiyaning yorqin namunasidiг. Ruboiylaгidagi tasavvufiy g'oya komil insonni tarbiyalash, odamni halokatga boshlovchi nafs, xusumat, gumon, ta'ma, nifoq, riyo, fosihlik kabi illatlaг bilan bog'liq gunohlardan, ya'ni salbiy fe'l-atvoráan xalos bo'lib, faqat yaxshi axloq sohibi bo'lishga, mhiy poklik yo'liga kiгishga choгlashdan iboгatdiг:

Шг sabzaki suv yaqosida yuz ochmish, Biг гuhi faгishtaduг, magaг ko'z ochmish. Bir hoki paгivashki, yomon qo'yma qadam, Bu go'shaki uchun lolavu nargis ochmish...

Shoiming tasavvufiy tushunchasiga ko'ra, butun mavjudotning birinchi manbai Xudo, u jilolanib moddiy olamdagi boriiq naгsalaгning yuzaga kelishiga sababchi bo'ladi. Jumladan, inson ham uning jilosidan yaralgan. Shunday ekan, inson o'zini doimo dildan Haq bilan his etgan chog'dagina uni har qanday gunohlardan, yomon niyatlardan asrab, unga ruhiy poklik yo'lini ochib beradi va arshi a'lo kengliklariga ko'taradi:

Chun haq va talab yo'liga kirmoq joiz, Dunyo etagin tutib, yugrnmoq joiz. Ko'rmoqqa o'zingni sa'y etgil zero, Olam ko'zi birlan uni ko'rmoq joiz.

Kubraviya ta'limotining asosini tashkil etadigan insonning komil g'oyasi bugungi kun yoshlarini tarbiyalashda ham muhim o'rin egallaydi. Demak, barcha tasavvufiy ta'limotlarning asosiy mohiyati: inson tarbiyasi, inson takomili, axloqi, insonni ulug'lash va uni e'zozlashga qaratilgan. Shunga ko'ra, Shayx Najmiddin Kubraning vatanpaivariik haqidagi qimmatbaho fikri ham hozñgacha benihoyat muhim, dolzarb sanaladi. Shayxning «Vatan himoyasi yo'lida shahid bo'lmoq -

Xudo vasliga noil bo'lmoqdur!» - degan so'zlari payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ning «Vatanni sevmoq - iymondandir», - degan hadisi sharifiga hamohangdir.

XIII-asr boshida Xorazmda Najmiddin Kubro o'z tasavvufiy qarashlarini rivojlantirib, kubroviylik — tasavvuf tariqati asos solgan. Uning asarlarida tariqatning mohiyati, o'ziga xos talab va qoidalari bayon qilib berilgan. Kubroning tasavvufiy ta'limotiga ko'ra, inson o'z mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam bo'lgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni o'zida mujassamlashtiradi. Ammo ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o'ziga xos maqomlarda joylashganligidan, haqiqat yo'lini qidiruvchilar bunday kamoga erishish uchun ma'lum riyozatli yo'llarni o'tishlari zarur.Bu yo'lda unga piri komil rahnamolik qilishi kerak. Kubro kamolotga erishish asoslarini quyidagi o'nta talab ("O'nta usul") da ifodalab bergan: tavba — barcha amallarning boshi bo'lib, Alloh oldida tavba qilish, bundan keyingi hayotni ilohiy ezgulik va xayrga bag'ishlashga ahd qilish; zuhd — taqvo, parhez, haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutish, Alloh man etgan ishlarni qilmaslik; tanakkul (tanak-kal) — barcha ishlarni qilishda Allohning mehribonligi va qudratiga tayanish; qanoat — hayot kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, mo"tadillik, tuban mayllardan ozod bo'lish; o'zlat — tanholikda bo'lish, xilvatda ruhni poklash; tanajjuh (yuzlanish) — butun vujud bilan Allohga yuzlanib, undan madad so'rash, u sari qalban intilish; sabr — solikning o'z e'tiqodi, niyatini sivashi. Haq yo'lining azobu iztirobiga chidagan kishilargina maqsadga erishadi; muroqaba (tafakkurga g'arq bo'lish) — qalb poklangani va tuban ehtiroslardan holiligini tuyib, xotirjam bo'linganini eslab xayolga cho'mish, Haq taolo rahm-shafqatini ko'tib turish; zikr — Allohning ismini tildan qo'ymaslik, kalimayu duolarni muntazam takrorlab turish; rizo — Alloh qudratini chu-qur his qilgan holda, o'zini butkul uning irodasiga topshirish va bundan huzurlanish. Bu maqom solikni Haqqa, Haqning unga yaqinlashganligini bildiradi.

Kubro ilohiy ma'rifatni sufiy faqat foniylik holatida, ya'ni butkul o'zligini yo'qotib idrok eta oladi, degan fikrga e'tiroz bildiradi va Juvayd Bag'dodiyning "sahv" (hushyorlik) yo'lini to'tib, tafakkuriy-aqliy bilimga e'tiborni qaratadi. Bunday yo'lni Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband ham ma'qullagan. Kubro inson ruhiy kechinmalari, nozik holatlarini puxta bilgan. Shunga muvofiq "latoif' ("nozik ta'blilik") nazariyasini ishlab chiqqan. Bu nazariyaga ko'ra, inson ruhi ko'zga ko'rinmas latif markazlardan iborat. Bu ong va tuyg'u, ruh va jism orasidagi bir narsa. Uni ilg'ab olish mushkul. Ammo inson hayotida bu markazlarning ahamiyati muhim. Sufiy ayni shu markazlarni ilg'ab olishi lozim.Ana shu "latoif' insonning ilohiy hislatidir. Sufiy riyozatlar, mashqlar davomida bu latoifni turli holatlarning o'zgarishi, ranglar va shakllarning almashinishi tarzida tasavvur qiladi. Kubro nazarida nuqta, dog' va doira murid ruhiy qolatlari o'zgarishida muhim xizmat qiladi. Doira — falak doiralarining aylanishi, dog' — dunyo timsoli, nuqta —

vaxdatdir.Doira doimiy aylanishda, u dog'ni ham o'z ichiga oladi.Ammo bo'lar markaz tomon, ya'ni nuqta sari intiladi. Nuqta mohiyatini anglash orqali Alloh olamini idrok etsa bo'ladi.

Shunday qilib, Kubroviya ta'limotining asosini tashkil etadigan komil g'oyasi bugungi kun yoshlarini tarbiyalashda ham muhim o'rin egallaydi. Shayx Najmiddin Kubroning kubroviyya tariqati yoshlat tarbiyasining yorqin namunasidir. Tariqatdagi tasavvufiy g'oyalar va ibratli fikrlar, mulohazalar komil insonni tarbiyalash, odamni halokatga boshlovchi nafs, xusumat, gumon, ta'ma, nifoq, riyo, fosihlik kabi illatlar bilan bog'liq gunohlardan, ya'ni salbiy fe'l-atvordan xalos bo'lib, faqat yaxshi axloq sohibi bo'lishga, doim ilmga intilishga, sof fikrlashga, ruhiy poklik yo'liga kirishga chorlashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Ma'naviyat yulduzlari" (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999).

2. Komilov N., Tasavvuf (2-kitob), T., 1999.

3. Snesarev G. P., Xorezmiyskiye legendi kak istochnik po istorii religioznix kultov Sredney Azii", 1983.

4. Izbullaeva, Gulchehra, Pedagogika nazariyasi va tarixi (Pedagogika tarixi XIII - XIV asrlar), /G. Izbullaeva. - Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2019.

5. Vohidov SH, A. Qodirov. "Sharqning mashhur sulolalari",- Toshkent: Akademnashr, 2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.