Научная статья на тему 'МЕТОДОЛОГИЯ ХОДЖА БАХОУДДИНА НАКШБАНДА И ЕЕ СОЦИАЛЬНОЕ-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ'

МЕТОДОЛОГИЯ ХОДЖА БАХОУДДИНА НАКШБАНДА И ЕЕ СОЦИАЛЬНОЕ-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
55
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
СУФИЗМ / ТАРИКАТ / НАКШБАНДИЙСКАЯ ТАРИКАТ / ВЕРНОСТЬ / НАУКА / ОБРАЗОВАНИЕ / ПРОСВЕЩЕНИЕ / КОМПЕТЕНТНЫЙ ЧЕЛОВЕК / ЛИЧНОСТЬ / ДУХОВНОЕ НАСЛЕДИЕ

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Тошева Д.И., Очилова М.О.

В этой статье расматрывается методология Накшбандия и ее социальное-педагогическая сущность. Анализируются педагогические и психологические возможности изучения суфизма и рол преподавания Накшбандии развитии личности.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «МЕТОДОЛОГИЯ ХОДЖА БАХОУДДИНА НАКШБАНДА И ЕЕ СОЦИАЛЬНОЕ-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2019. № 4-4(91)

УДК 511.1

Д.И. Тошева, М. О. Очилова

МЕТОДОЛОГИЯ ХОДЖА БАХОУДДИНА НАКШБАНДА И ЕЕ СОЦИАЛЬНОЕ-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ

В этой статье расматрывается методология Накшбандия и ее со-циальное-педагогическая сущность. Анализируются педагогические и психологические возможности изучения суфизма и рол преподавания Накшбандии развитии личности.

Ключевые слова: суфизм, тарикат, накшбандийская тарикат, верность, наука, образование, просвещение, компетентный человек, личность, духовное наследие.

Tasavvufda inson kamolotga yetishish uchun o'z - o'zini anglashi vao' z nafsini tiygan holda Haqqa yeta olishi masalasi naqshbandiya tariqatiuchun ham xosdir. Naqshbandiya ta'limotida inson kamoloti uchun zarur hol va maqomlarga emas, balki o'z nafsini kuzatish va nazorat qilishga e'tibor beriladi va inson butun jismoniy, aqliy, nafsoniy, ruhiy quvvatlarini bir nuqtaga to'plash uchun shu usulni ma'qul hisoblaydi. Tasavvuf ilmi islom madaniyatining, qolaversa,jahon tafakkur olamining ta'limotidir.

Tariqat, ma'rifiy haqiqat degan tushunchalar yuzaga kelib tasavvufning ushbu uch qismiga oid qarashlar majmui tuzuldi, tasavvuf alohida ilm sifatida qaror topdi. "Tariqat" so'zining ma'nosi yo'l demak. Ya'ni ilohiy ma'rifatni egallashga bel bog'lagan kishining ruhiy - axloqiy kamolot yo'li.

Hazrat Bahovuddin Naqshband tariqat axloqiy poklik, yuksak insoniy fazilatlar asosida qurilgan bo'lib unda inson halol mehnat qilib, halol rizq topib o'zini o'zi kamol toptirishi, o'z yashash tarzi bilan atrofidagi ishlarga sahovat izzat hurmatda bo'lishi, yashash joyini go'zal maskanga aylantirishi lozim.

BahovuddinNaqshbandtasavvufdayangiyo'nalishgaasossoldi.Uxojagoniyatariqatinirivojlantirib, uninaqshbandiyatariqatigaaylantirdi.Bu ta'limot ikki qatlamdan iborat. Birinchi qatlam ya'ni "tashqi qatlam"ta'limotning tariqatdagi boshqa ta'limotlar birlashtirgan xususiyatlaridir. Ikkinchiya'ni "ichkiqatlam" harbirtariqatningo'zigaxosxususiyatlaridaniborat.

Naqshbandiya ta'limotining asosida "ko *ngil xudoda bo lsin-u, qo 7 ish bilan band bo 4sin" ( "Dilbayor-u, dastbakor") shiori yotadi. Naqshbandiyada pir-u muridlik qoidalari hiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib e'tiqod qilish, iymon mustahkamligi, Haq taologa sidqidildan itoat etish, ixlosva ma'naviy kamolot asosiy o'rin egallaydi. Bu tariqatga faqatgina oddiy xalq emas, balki Buxoro va Samarqand ulamolari, Temuriyzoda mirzolar kira boshladilar.

Olamni bilish, odamni bilish va axloqiy mukammallikka, dunyo gunohlaridan halollikka intilish yosh Muhammadning oliy maqsadi bo'libqoladi, ammo o'ziga ma'qul tushgan rahnamoni topganda, uning qoshidauzoq muddat qolib ketadi. Bahoviddin Naqshbandning ta'limoticha halol luqma hamma uchun majburiydir harom luqmadan keladigan balolarni daf etish imkoniyati ma'lum emas. Taraqqiyotning o'ziga xos axloqiy talablar sirasi bor. Tariqat odobining birinchi sharti - "ul adabdurki, yaxshi vayomonga, ulug' va kichikka bajo keltirurlar. Andoqki, barcha haloyiqqao'zlarini kichik va kamroq tutarlar va barchaga xizmat huzurida bo'lurlar.

Hattoki o'z farzandlariga, xodim va mumluqlariga (qullariga) har necha alardin beqoidlik (odobsizlik) ko'rsalar, xushunat bilan (qo'pollik bilan) alarga so'z demasalar, balki nasihatni yumshoq va chuchuk til bilan qilurlar, hattoki o'g'rigacha". Tariqat qo'ygan odob talablarining ikkinchi sharti, ortiq darajada saxiylikdir. Tariqatning uchinchi sharti- shariatga roiya qilishdir, uning talablarini bajarishdir. Naqshbandiya tariqati uzoq fikriy rivojlanishning natijasi o'laroq maydonga keladi, o'rta asrda ijtimoiy va ruhiy taraqqiyotning cho'qqisi sifatida shakllandi.

Naqshbandiya tariqatida ta'lim - tarbiyani o'ziga xos amalga oshirish usullari rashkalar, zikr, suhbat, avlodlardir. Naqshbandiya tariqatining ijtimoiy mohiyati insonning moddiy dunyoda yashashini osonlashtirib, ma'naviy -axloqiy poklikka erishib, Alloh bilan yaqinlashish. Naqshbandiya tariqatining mafkura sifatida uzil-kesil shakillanishida uchbuyuk shaxs - Yassaviy, Abduxoliq G'ijdivoniy va Bahovuddin Naqshband alohida xizmat ko'rsatadilar. Buyuk mutafakkir Bahovuddin Naqshbandning inson axloqini poklashga xizmat qilgan g'oyalari, ta'limotlari hozirgi davrda milliy pedagogika tarixi taraqqiyotida ham muhum qadriyat sifatida o'ziga xos o'rinni egallaydi.

© Тошева Д.И., Очилова М.О., 2019.

Вестник магистратуры. 2019. № 4-4(91)

ISSN 2223-4047

Hozirgi kunda mustaqil Ozbekistonimizda otmish ma'naviy me'rosimiz, jahon umuminsoniy qadriyatlar chuqur organilayotgan va tiklanayotgan bir sharoitda tasavvuf falsafasini ham organish, u erishgan yutuqlardan,g'oyalardan komil insonni tarbiyalashda foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Tasavvuf ta'limoti otmishda butun musulmon xalqlari ijtimoiy vama'naviy hayotiga chuqur kirib borib, bu aloqalarning ilm - fan, madaniyatva adabiyoti rivojiga juda katta ijobiy ta'sir ko rsatgan. Sharqning deyarlibarcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va ulamo-yu hukamolari tasavvuf falsafasidan ma'naviy oziqlanib uning insonparvarlik, haqsevarlik,adolatlilik g'oyalaridan ruhlanganlar. Biz bugungi kunda tasavvufniorganmay turib ozimizning ozligimizni ya'ni orta asrlar davri tariximiz haqida, xalqimizning ma'naviy va hayoti haqida osha davr falsafiy vabadiiy tafakkuri, ruhiy dunyosi haqida tog'ri tasavvurga ega bolishimizmumkin emas. tasavvufiy ta'limotlarni o rganish va uni egallash hozirgikunda bizning mustaqil Ozbekiston sharoitida ta'lim - tarbiya maskanlarida komil inson muammosini tog'ri hal qilishda ham muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro 'yxati

1. Bo'riZiyomuhammadov. Komillikka eltuvchi kitob, Toshkent- 2006.207-225- bet.

2. GulchehraNavro'zova. BahouddinNaqshband. T.: Abu matbuotkonsal- 2011.

ТОШЕВА ДИЛДОРА ИСКАНДАРОВНА - преподаватель педагогического факультета, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

ОЧИЛОВА МАНЗУРА ОРЗИКУЛОВНА - преподаватель педагогического факультета, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.