Научная статья на тему 'NAQSHBANDIYA TARIQATIDA ALOUDDIN ATTOR SULUKINING AHAMIYATI'

NAQSHBANDIYA TARIQATIDA ALOUDDIN ATTOR SULUKINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
429
133
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf / Temuriylar davri / naqshbandiya ta’limoti / islom / aqida / Attor / xalifa / rashha / Sufism / Timurid period / Naqshbandi doctrine / Islam / Aqeedah / Attar / Caliph / Rashha

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rahmatov Erkin Tog‘aymurodovich

Ushbu makolada naqshbandiya tariqatining yirik ulamolaridan biri bo‘lgan Alouddin Attor va uning ijodi, u kishidan qolgan ma’naviy merosning ijtimoiy-falsafiy ahamiyati masalalari yoritilgan. Bundan tashqari maqolada muallifning bir qator shaxsiy nuqtai nazarlari keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF ALOUDDIN ATTOR SULUKI IN THE NAKSHBANDIYA SECT

This article deals with Alouddin Attor, one of the great scholars of the Naqshbandi sect, and his work, as well as the socio-philosophical significance of the spiritual heritage left by him. The article also cites a number of the author’s personal views.

Текст научной работы на тему «NAQSHBANDIYA TARIQATIDA ALOUDDIN ATTOR SULUKINING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

O

NAQSHBANDIYA TARIQATIDA ALOUDDIN ATTOR SULUKINING

AHAMIYATI

Rahmatov Erkin Tog'aymurodovich-Samarqand davlat universiteti "Falsafa va milliy g'oya" kafedrasi tayanch doktoranti. email: [email protected]

Annotatsiya: Ushbu makolada naqshbandiya tariqatining yirik ulamolaridan biri bo 'lgan Alouddin Attor va uning ijodi, u kishidan qolgan ma 'naviy merosning ijtimoiy-falsafiy ahamiyati masalalari yoritilgan. Bundan tashqari maqolada muallifning bir qator shaxsiy nuqtai nazarlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: tasavvuf, Temuriylar davri, naqshbandiya ta'limoti, islom, aqida, Attor, xalifa, rashha

THE IMPORTANCE OF ALOUDDIN ATTOR SULUKI IN THE NAKSHBANDIYA TARIKAT

Rakhmatov Erkin Togaymurodovich-Samarkand State University Basic doctoral student of the department "Philosophy and National Idea ". email: [email protected]

Abstract: This article deals with Alouddin Attor, one of the great scholars of the Naqshbandi sect, and his work, as well as the socio-philosophical significance of the spiritual heritage left by him. The article also cites a number of the author's personal views.

Keywords: Sufism, Timurid period, Naqshbandi doctrine, Islam, Aqeedah, Attar, Caliph, Rashha

Bugungi kunda mamlakatimizda ma'naviy qadriyatlar yuksalishida o'ziga xos o'rin tutgan tasavvuf ta'limotining shakllanish jarayoni, tarixiy o'rnini ko'rsatib berish,tasavvufiy manbalarni xolisona tadqiq etish hamda uning insonparvarlik g'oyalari bilan uyg'unlashib, jahonshumul badiiy ijod namunalarining paydo bo'lishiga zamin yaratganini keng ko'lamda o'rganishni taqozo etmoqda. Yangi O'zbekistonimizda insonning yangicha ongi va tafakkuri rivojlantirish va Uchinchi Renessans asosini yaratishda Ikkinchi Renessans davri bo'lgan Temuriylar davri madaniyati, ma'naviyati, san'at va adabiyot rivojiga ijobiy rol o'ynagan tariqatchilik

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

maktabi va uning yorqin na'munvsi bo'lgan Naqshbandiya ta'limotini nazariy va metodologik jixatdan o'rganishning ahamyati kattadir.

Naqshbandiya ta'limoti boshqa tasavvufiy tariqatlardan ko'p tomonlama yashovchanligini Muhammad Boqirning "Bahouddin Balogardon" asarida keng yoritilgan. Bundan tashqari zamonasining olim-u fuzalolaridan biri bo'lgan Muhammad Murod O'zbakiyning naqshbandiya tariqati haqida aytgan quyidagi gaplarini rivoyat qiladilar : "U sahobai kiromlarning asl holicha, ziyoda ham, nuqson ham bo'lmay folgan tariqatidir. U botinda ham, zohirda ham barcha harakat va sakanotlarda sunnatga va aziymatga komili iltizom qilgan, bid'at va ruhsatdan batamom chetda bo'lgan holda ibodatda bardavom bo'lishdan iboratdir" Yana bir ulamolardan biri Shayh Abdulloh Dehlaviy naqshbandiya tariqati haqida quyidagilarni yozadi: "Bu tariqat Haq taoloning huzurida doimiy hozirlikdir, Islom aqidasini, Ahli sunna val jamoa aqidasini mustag'kamlashdir va Nabiy sollollohu alayhi vassallamning sunnatlariga ergashishidir" Naqshbandiya ta'limotini o'rganish faqatgina din vakili emas balki yuksak qadriyatga ega har bir vatandoshimizni o'rganishi maqsadga muvaffaq bo'lar edi. Naqshbandiya tariqati mo'tadilligi, osonligi va sunnatga ergashishdan iborat bo'lgani uchun ko'pchilik, hususan din olimlari ichida keng tarqalgandir. Darhaqiqat, tasavvuf - uzoq asrlar davomida xalqimiz ma'naviyatini boyitishga xizmat qilib kelgan diniy va dunyoviy qarashlar uyg'unligidan iborat ta'limotdir. Tariximizda xalqimizni tarkidunyochilikka emas, balki ijtimoiy faol hayot tarziga da'vat etgan g'oyalar va qarashlar tarannum etilgan nodir asarlarni ilmiy tadqiq etish va yuzaga chiqarish sharqshunos-islomshunoslar oldida turgan muhim vazifalardandir.

Naqshbandiya ta'limotini Bahouddin Naqshband nomi bilan mashhur Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy (1318-1389) asoslagan bo'lsalar uning rivojiga bu tariqatning ko'plab yetakchilari qatori Alouddin Attorning xizmati katta bo'lgan. Holbuki bu kishining naqshbandiya ta'limoti nazariy masalalarni kengroq tahlil qilish va bu tariqat ta'limotini yanada taraqqiy ettirishda xizmatlari ulkandir.

Buni quyidagilarda ko'rish mumkin:

Birinchidan, hazrat Bahouddin Naqshband kabi payg'ambar (s.a.v) ismini olgan va xushbo'y ifor taralib turgani uchun "Attor" ya'ni "xush bo'ylar sohibi" nomi bilan ulug'langan asli Xorazmlik Muhammad ibn Muhammad Buxoriy silsilai sharifning o'n yettinchi halqa piri sifatida dunyo Naqshbandlari tan olgan hamda, hozirgi kungacha duo va zikrlarda tilga oladigan tabarruk zotdir. Bu ulug' zotning asl

MATERIAL VA METODLAR

NATIJA VA TAXLIL

Scientific Journal Impact Factor

o

ismlari Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriydir. "Tuhfat az-zoirin"da Hazrat Alouddin Attorning to'liq nasablari keltirilgandir.

Ikkinchidan, u Bahouddin Naqshbandning ikkinchi xalifasi va kuyovi sifatida uning ilmidan eng mukammal bahra ola olgan va kamolga yetgan valiyullohdir. Alouddin Attor otasi qoldirgan merosdan voz kechib, ilm yo'linin tanlab, Buxoro madrasasasidan ilm olish davrida Bahouddin Naqshband suhbatlariga qatnashgan. Bahouddin Naqshband undagi botiniy iqtidorni ko'rib, uni farzandlikka qabul qilgan. Bahouddin Naqshband avlodlari ham u kishi orqali jahonga mashhurdir. "Nafohotul uns" va "Nasoimul muhabbat" kitoblarida Alouddin Attor haqlarida bunday deyilgan: Alouddin Attor haqlarida bunday deyilgan: "Xoja Naqshband ko'plab shogirdlarining ta'lim-tarbiyasini u zotga buyurib, der edilar: "Alouddin bizning yukimizni yengil qilibdir"

Uchinchidan, Bahouddin Naqshband vafotidan keyin Naqshbandiya ta'limotining piru murshidi sifatida jamoani tarbiyalagan va boshqargan. Bahouddin Naqshbandning ikkinchi xalifasi Muhammad Porso u kishining topshiriqlari asosida Bahouddin Naqshbandga doir "Risolai qudsiya" va Naqshbandiya mohiyatini yorituvchi boshqa asarlarni yozgan. Muhammad Porsoning asarlarida Alouddin Attor so'zlari juda ko'p marta keltirilgan. Shuningdek uning "Maqomoti Alouddin Attor" degan asari ham mavjud. Xoja Muhammad Porsoning "Maqomoti Hoja Alouddin Attor" (Xoja Alouddin Attor maqomoti) asarini fors tilidan o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr etish davr talabidir. Undagi Alouddin Attorning ma'naviyatimiz sarchashmasi bo'lgan hikmatli so'zlarini mohiyatini anglab sharhlab, ta'lim-tarbiya jarayoniga foydalanish yaxshi samara beradi. Bu asar O'z FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanmoqda.

To'rtinchidan, Bahouddin Naqshband o'zining to'rtinchi shogirdi Ya'qubi Charxiy tarbiyasini ham Alouddin Attorga topshirgan. Alouddin Attor Bahouddin Naqshband vafotidan keyin uni chaqirib olib, tarbiya bergan va Bahouddin Naqshbandga oid asarlar yozishni topshirgan. Ya'qubi Charxiyning "Risolai unsiya" asari Bahouddin Naqshbandga bag'ishlangan va unda Alouddin Attorning fikrlari keltirilgan. Ya'qubi Charxiyni kamolga yetib, Xoja Axrori Valiy kabi tabarruk zotni tarbiyalashi asosi Alouddin Attordir.

Bundan tashqari, Bahouddin Naqshband hayoti va ma'naviy merosiga oid yozilgan Salohiddin ibn Muborakning "Anis ut-tolibin va uddat us-solikin" manoqibi, Muhammad Boqirining "Maqomoti Hazrat Xoja Naqshband" asari bu tabarruk zot haqidagi ilk manbalardir. Bu asarlar ham Alouddin Attor tavsiyasi asosida va uning ko'magi bilan yozilgan.

Scientific Journal Impact Factor

o

Shuningdek, Faxriddin Ali Safiyning "Rashahot ayn-ul-hayot" asarida Alouddin Attor tomonidan aytilgan 27 rashha-hayotbaxsh hikmatli so'zlar keltirilgan bu so'zlarning har biri juda chuqur mazmun-mohiyatga ega bo'lib, haligacha ilm ahli o'rtasida tahlil etilmagan. Masalan 17- rashhada Hazrat Xoja Bahouddin Naqshbandning quyidagi so'zlari keltiriladi: "Haq Subhanahu Taologa mujovir bo'lmoq ahaq va avlo turur. Haq azza va jallaning xalqiga mujovir bo'lmasin." Bahouddin Naqshband muborak tillariga ko'p aytar edilar deb, quyidagi qimmatbaho fikrlar keltiriladi:

Tu to kay go'ri mardonro parasti, Ba kirdukori mardon gardi rasti. Mazmuni:

Sen qachongacha avliyolar qabriga sig'inasan, Sen ularning qilgan ishlariga amal qilsang maqsadinga yetasan. Alouddin Attorning 27 rashhasidan biri bo'lgan bu rashha insoniyatni tafakkurga chorlaydi. Aziz-avliyolarning ma'naviy merosi va hayot yo'llarini o'rganib, ular mohiyatiga yetib, shularga uyg'un harakat qilishga chorlaydi.

Hulosa qilib aytganda Naqshbandiylik tariqatining ulug' shayhlaridan biri bo'lgan Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy xalq tilida esa Alouddin Attor deb ulug'langan bu shaxs nafaqat ushbu tariqatning ulug' peshvosi, balki, tariqat asoschisining eng yaqin va suyukli kishilardan bo'lgan. Bu kishidan qolgan ma'naviy merosni, ularning faoliyati, asarlarini o'rganish esa Naqshbandiylik ta'limotini nazariyasi va ta'limotga oid qarashlarni keng qamroalti tahlilini olib borishga xizmat qiladi.

1. Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali. Bahouddin Balogardon. T.: "Yozuvchi" 1993

2. Boboxonov Sh. Z., Abdulaziz Mansur. Naqshbandiyya tariqatiga oid qo'lyozmalar fihristi. T.: "Movarounnahr", 1993.

3. Buxoriy Sadriddin Salim. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. T.: "Navro'z", 2015.

4. Faxruddin Ali Safiy. Rashahot (Obi hayot tomchilari). T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti,

5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Tasavvuf haqida tasavvur T. "Hilol-nashr"2016 .

XULOSA

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.