Научная статья на тему 'TASAVVUF TA’LIMOTIDA NAFS TARBIYASI BOSQICHLARI'

TASAVVUF TA’LIMOTIDA NAFS TARBIYASI BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8300
486
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shariat / tariqat / ma’rifat / haqiqat / tasavvuf / Ibn al-Arabiy / Aziziddin Nasafiy / Uilyam K.Chittik / nafsi ammora / nafsi lavvoma / nafsi mutmaina / nafsi roziya / nafsi komila. / Sufism / Ibn al-Arabiy / Aziziddin Nasafiy / Uilyam K.Chittik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahmonberdiev, Islombek Ilhom O‘g‘li

Mazkur tadqiqot ishida bugungi kun yosh avlodlarining ma’naviy axloqiy tarbiyasining shakllanishida tasavvuf ilmining ahamiyati to’g’risida va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida “Nafsi ammora” “Nafsi lavvoma” “Nafsi mutmaina” tushunchalarining asl mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Tasavvuf ilmining bugungi kundagi ahamiyati va islom olamidagi tariqatlari asosida shakllanishi nuqtai nazaridan tasavvufiy istilohlar bo‘yicha mulohazalar keltirilgan va muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF SELF-EDUCATION IN SUFISM

In this research work it is expedient to reveal the importance of mysticism in the formation of spiritual and moral education of today's younger generation and a comparative analysis of the concepts of "Sufism" in the process of its application in practice. In terms of the importance of mysticism today and its formation on the basis of the teachings of the Islamic world, the concepts of mysticism and Sufism have been discussed.

Текст научной работы на тему «TASAVVUF TA’LIMOTIDA NAFS TARBIYASI BOSQICHLARI»

TASAVVUF TA'LIMOTIDA NAFS TARBIYASI BOSQICHLARI

Rahmonberdiev Islombek Ilhom o'g'U

TDSHU, islombekrakhmonberdiev@gmail. com Ilmiy rahbar:fal.f.dXolmo'minov J

ANNOTATSIYA

Mazkur tadqiqot ishida bugungi kun yosh avlodlarining ma'naviy axloqiy tarbiyasining shakllanishida tasavvuf ilmining ahamiyati to'g'risida va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida "Nafsi ammora" "Nafsi lavvoma" "Nafsi mutmaina" tushunchalarining asl mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Tasavvuf ilmining bugungi kundagi ahamiyati va islom olamidagi tariqatlari asosida shakllanishi nuqtai nazaridan tasavvufiy istilohlar bo 'yicha mulohazalar keltirilgan va muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat, tasavvuf, Ibn al-Arabiy,Aziziddin Nasafiy, Uilyam K.Chittik,nafsi ammora,nafsi lavvoma,nafsi mutmaina,nafsi roziya,nafsi komila.

ABSTRACT

In this research work it is expedient to reveal the importance of mysticism in the formation of spiritual and moral education of today's younger generation and a comparative analysis of the concepts of "Sufism" in the process of its application in practice. In terms of the importance of mysticism today and its formation on the basis of the teachings of the Islamic world, the concepts of mysticism and Sufism have been discussed.

Keywords:Sufism, Ibn al-Arabiy,Aziziddin Nasafiy, Uilyam K.Chittik,

KIRISH

Nafs-milliy ma'naviyatimiz an'analariga binoan inson ruhiyatiga moddiy olam ne'matlariga moyillikni ifodalovchi timsol-tushuncha bo'lib, tasavvuf tariqatlarida nafs tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratilgan va uning turli darajalari belgilangan.

Nafsi ammora1 -insonni tamomila o'z jiloviga olgan, har qanday og'ir gunohlarga boshlovchi tarbiyaga bo'ysinmagan, o'jar nafs. Qur'oni karimning "Yusuf' surasidagi eslanadi.

Nafsi lavvoma2 -gunoh ishlarga yo'l qo'yganda qiynala boshlagan, o'z xatolaridan afsuslanish hissi paydo bo'lgan inson nafsining holati. Qur'oni Karimning "Qiyomat" surasida eslanadi.

1 "Nafs nimadir" Muhammad Zohid Qutqu."Sharq Nashriyoti matbaa".Toshkent 2020.

2 O'sha kitob 202-bet

Nafsi mutma'inna3 -sokin muvozanatga erishgan, xotirjam, gunohlardan tiyilgan nafs, Qur'oni Karimning "al-fajr" surasida eslanadi.

Nafsi mulhama-ilhomlangan nafs, nafs tarbiyasining bu darajasiga erishgan insonlar o'zgalarga beminnat yordam ko'rsatishga moyil bo'ladilar, savob uchun vaqtini, molini, mehnatini ayamaydilar.

Nafsi marziya-rozi bo'lgan nafs, alloh taqdir etgan yaxshi-yomon ishlarga sabr qiluvchi, turmush og'irliklariga bardoshli, odamlarning noo'rin munosabatlaridan xafa bo'lib, gina qilmaydigan insonlar nafsi.

Nafsi sofiya-dunyo orzu-havaslaridan, obru-e'tiborga intilish tamoyillaridan butkul forig'lik darajasiga erishgan nafs oriflik maqomiga yetishgan piri murshidlar, valiylar nafsi.

Nafsi komila-Payg'ambarlar nafsi, oddiy kishilar nafs tarbiyasi bilan bu darajaga yetishi qiyin, ammo komil nafs egasi bo'lishga intilish ma'naviyat nishonasidir.Nafsni yengishni, soda qilib, insonning barcha yomonliklar, yani illatlardan forig' bo'lishi, faqat va faqat yaxshilik qiladigan kishiga aylanishi, deb tushunish kerak. Chunki tasavvufni o'zining mafkurasi hisoblangan hazrat Alisher Navoiy asarlarida bunday targ'ibotlarga ko'p duch kelamiz.

Masalan, "Lison ut-tayr"da shunday baytlar borki, ular fikrimizni to'liq tasdiqlaydi:

Chun riyozat raf etib ruhoniyat, Salb bo'lg'ach kimsadin nafsoniyat.

Qolmagan ruhoniyatdin o'zga hech, Sen taxallufdin bu ma'ni ichra kech.

Bordur inson oncha sharaf,

Kim yamon axloqin etsa bartaraf,

Bo'lmasa fir'avnligning payravi, Qolmas ondin juz sufoti musaviy.

Nafsni yengishni, umuman, yeb-ichmaslik, yaxshi kiyinmaslik, mutloq tarkidunyochilik mano'sida, yani yalong'och tarizda tushunmaslik kerak. Sufiy ruhini shu darajada rivojlantirishi lozimki, u hech qachon va hech qanday boylikka, umuman, bu dunyoga bog'liq biror narsaga bog'lanib, uning quliga aylanmasin. Aksincha, nafs uning quli bo'lsin. Shunday qilmasa, nafs uni yengib, oyoq qo'lini bog'lab oladi. Dunyoda nafsning quliga aylanib qolganlar kammi?

Nafs-ku insonga azaldan berilgan narsa. Aniqrog'i, alloh bandasini sinash uchun unga nafs berib qo'ygan. Esingizda borki, odam ato bilan moma havo jannatdan aynan ana shu nafslarini yengolmaganlari uchun quvilishdi. Chunki ular jannat qonunini buzdi. Lekin bu yerda boshqa narsalar ham bor. Bu-shayton.

3 O'sha kitob 266-bet

Shayton tezgina nafs bilan oshna kirishib oladi. Nafs bilan shayton birikdimi, xudo urdi, deyavering, endi ruh bu ikkisini yengishi bag'oyat mushkul kechadi.

Yana bir qiziq savol tug'iladiki: xo'sh, shayton kuchlimi yoxud nafsmi? Sufiylar o'rtasidagi suhbatlarda bu savol bot-bot ko'tariladi. Hakim Termiziy jumladan, shunday javob beradilar bu savolga: "Bir shaytonning bir soat ichida halok aylaganini yuz och arslon bir suruv qo'y ichida halok aylay olmas. Nafsning bir soat ichida qilgan ishini ham yuz shayton qila olmas" demak shayton yuzta och arslondan ham daxshatli ekan.

Nafs esa yuzta shaytondan ham havfliroqdir. Bu gaplarning manosini yaxshilab chaqib olish kerak.4

Shayx Abu bakr Abu Barrok mana bunday hikmat aytadilar: "To'rt dushman bordir va ulardan qutilmoqning tort yo'li bordir: shayton, nafs, dunyo sevgisi, xalqqa aralashmoq. Shayton va nafsga muxolifat, (qarshilik) etmoq kerak, dunyodan cheklanmoq, xalqdan ham qochmoq kerak. Kishi bu to'rt yordamchi bilan qutulgaydir, yo'qsa xalok bulur".

Bu yerda bir izox berib o'tish kerakki, xalq, yani aksariyat odamlar o'z nafslarining qo'li bo'lganliklari uchun ham sufiylar o'zlarini xalqdan qochishga chog'lagan. Bu yerda xalqdan qochmoqni aynan nafs bandalaridan yiroq yurish deb tushinish kerak. "Farxod va Shirin"- Navoiyning boshqa dostonlari kabi, xali sirlari bo'lmay oshkor bo'lmay yotgan buyuk asar. Dostonda Farxodning Ahraman devini yengishi voqeasi bor. Bazilar buni shunchaki ertakchilik deb tushunishi xech gap emas. Xolbuki, tasavvufiy adabiyotda dev-nafs ramzi. Sufiylik yo'lini tutgan kishi, avvola, ishni nafsini yengishdan boshlanishi kerak. Farhod ham-sufiy timsoli. U Iskandar tilsimini ochish yo'lida devni mahv etadi. Shu yerda bir nozik masala o'rtaga tushadi.

Nafs devini inson o'z-o'zicha yenga oladimi? Hamma gap shundaki, bu insonning o'z qo'lidan keladigan ish emas. Chunki nafs juda-juda shirin narsa. U jismning ichiga yaxshilab o'rnashib olgan. Uni o'z badaninggizdan quvib chiqarish yakka o'zingizning qo'lingizdan kelmaydi. Tasavvufda pir bo'lishi shart qilib qo'yilishiga asosiy sabab shu.

Nafsni biz tushunganday faqat yeb-ichish, yotib-turish deb anglamaslik uchun asos yetarli bo'ldi. Kibr-havo, nafsoniyat ham-nafs. Uni ham yengmasa, insonni ko'p yomon yo'llarga yetaklayveradi.

Tasavvuf haqida (va umuman, har qanday mavzu xususida) yozganda tarixiylik va matn masalalariga jiddiy e'tibor bermoq lozim. Masalan, X-XI asrlarda

4 Xislatli hikmatlar sharhi 2-kitob.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf."Hilol nashr".Toshkent 2019.

123

ko'chirilgan qo'lyozma bilan XX asr boshlarida nashr etilgan toshbosma kitobning ma'lumotlari mutloqa teng qiymatga ega emas.

Irfoniy g'oyalar rivojini faqat tarixiy tadrijiylikda ko'rib chiqishgina ishonarli xulosalarga asos bo'la oladi. Shu sababdan hozircha faqt bazi eng umumiy jihatlarga etibor qaratish bilan cheklanishga to'g'ri keladi.

Sunna bosqichi-o'git va ibrat asosiga, islom ma'rifatchiligi esa aql va mantiqiy tafakkur qudratiga tayanishini ko'rib o'tdik.

Irfon-chi? Ilm egasi olim bo'lsa, irfon nima-yu, orif kim? O'git va ibrat tashqi hodisa, aql ham mavzuga tashqaridan turib yondashadi. Irfon esa Tavhid mohiyatini anglashga insonning butun ruhiy quvvatini safarbar etadi, buning uchun esa avval ruhiy quvvatni jamlashga o'rganish kerak bo'ladi. Xuddi shu amalni, ya'ni ruhiy quvvatni bir nuqtaga jamlay bilish usullarini ikki nuqtaga jamlay bilish usullarini ikki yo'nalishda ishlab chiqa boshlagan so'fiylardan Zunnun Misriy (796-861) va Xoris Muhosibiy (781- 857)larni eslash mumkin. Ularning birinchisi ma'rifat yo'lining hol va maqomlarini ishlab chiqqan bo'lsa, ikkinchisi o'z nafsini kuzatish va nazorat qilish (muroqaba musohaba) qoidalarini, "Ilm al-qulub va al-xatarot" (qalb va uning ma'rifati yo'lidagi havf-xatarlardan saqlanish ilmi)ni ishlab chiqdi. Muhosibiyning fikricha, asosiy narsa niyatda, ammo insonning foklanishi yo'lida turli xatarlar, masalan, kibr, riyo va boshqalar mavjud. Ularni yengib o'tish uchun inson har bir qadamini Alloh irodasiga muvofiq bosmog'i va faqat Alloh rizoligini sidiq va ixlos bilan tilamog'i kerak.

Muhosibiy fikricha, inson ko'nglida ilohiy muhabbat chirog'ini yoquvchi ham Allohning o'zi, insonning ruhiy kamaloti tasavvufning asosiy maqsadi bo'lib, bu yo'nalishda har bir ulug' Shayx o'z tartib-qoidalarini ishlab chiqdi va shu asosda turli tariqat suluklari shakllandi. Masalan: soliq o'z nafsini yengib o'tish yo'lida qanday maqomlarni bosib o'tadi, degan savolga turli tariqat pirlari turlicha javob beradilar. Abu Nasr Sarroj 7 maqom (tavba, vara, ya'ni parhezkorlik, xuxd, faqr, sabr, rizo, ya'ni Alloh taqdiriga rizolik, tavakkul, ya'ni o'zni haqqa topshirish)ni sanab ko'rsatgan bo'lsa, ba'zi tadqiqodchilar bundan oltitasini, ba'zilari xavf va rajoni qo'shib to'qqizta maqomni tilga oladilar, al-Kalobodiy (vafoti 990-yil) 17 chi maqomni, Abu Said Mayxoniy (967-1049) 40 maqomni, Abdulloh Ansoriy (10061089) esa 100 maqomni eslaydi. Ibn al-Arabiy "Futuhoti Makkiya"da 19 maqom, 360 ta manzil va rabotni ajratib ko'rsatadi. Agar maqomlar so'fiyning o'z harakati, riyozati bilan bog'liq bo'lsa (tadbir), "hol" tushunchasi Alloh barakati va marhamatiga aloqador (taqdir) hisoblangan. Bunday "fayzi ilohiy" soliqning foklik kasb etgan dilini bir lahzada chaqmoqdek yoritib, yana g'oyib bo'lishi mumkin.

Ba'zan holni ham darajalarga ajratadilar. Nazarimizda, gap maqomlar soni va xolning darajalarida emas. Asosiy masala ko'ngilning poklanishida. "Bilgilki ko'ngil sayqallangan ko'zgudir", deb yozadi Ibn al-Arabiy, Hadisda aytiladiki: "Qalb temurdek zang bosishi mumkin"

Ma'naviyat haqida suhbatlarimizning ibtidosida Shayx Najmiddin Kubroning istedodli shogirdi Najmiddin Doya haqida eslab o'tgan edik. U o'zining 1223 yili Kunyada yozib tugallanga risolasida inson va uning mohiyati, oliy haqiqat "haq asrori"ga va borliqqa munosabati haqida shunday mulohaza yuritadi:

Mavjudodlar olami, ya'ni moddiy dunyodan maqsad inson vujudidir. Ikki olam inson vujudi uchundir. Inson vujudidan maqsad esa alloh taolo. Zotu sifatlarini anglab yetishdir. Buni ma'rifat deydilar. Farishta va jinlar Allohga ibodat etishda insonga sherik bo'ldilar. Ammo ma'rifat insondan o'zga hech qanday mahluqotga nasib bo'lmadi. Haq ma'rifati yukini ko'tarmoq faqat inson zotiga vojib bo'ldi. Insonning mumtozligi shu tufaylidir. Ammo Najmiddin Doyaning fikriga ko'ra, inson vujudida xaq ma'rifatini aks ettiruvchi ko'ngil ko'zgusi dastavval faqat imkon darajasida mavjud, halos.Uni voqealikka aylantirish uchun uzoq jiddu jaxd lozim. Ko'ngil ko'zgusi riyozat bilan sayqal topadi, insonning ma'naviy tarbiyasi, o'z intilishi, pir-tarbiyachining irshodi nafs tarbiyasi bilan bo'ladi. Buning uchun inson, birinchi navbatda, ham jismoniy, ham ma'naviy poklanmog'i kerak. Tasavvuf tariqati ushbu poklanish yo'li bo'lib, uni temirchining alovli ko'rasiga qiyos etish mumkin. Unda inson ko'ngli avval mumdek bo'shab, shakl oladi, so'ng chiniqtiriladi va sayqal beriladi. Oxirida ko'ngil po'lat ko'zgu singari shunday sayqal topadiki, o'zida ilohiy nurni akslantirib, oy singari nurlanib, o'zi ham atrofga ziyo tarata boshlaydi. Ana shunday ko'ngil egasi komil insondir.

Tavhid asrorini anglab yetish sunna bilan boshlanib, tasavvuf irfonida yuksak kamolotga erishdi. Ammo bu yo'nalishlar ibrat, mantiqiy tafakkur va ruhiy kamolot sifatida asosan insonning ichki takomiliga qaratilgan edi. Inson o'z-o'zini anglab yetish orqali haq asrorini idrok etishga intildi, ammo insonning yakuniy maqsadi shunda tugaydimi? Inson tahvid asrorini o'zi uchun anglab yetdi, deylik, endi u nima qilishi kerak?

Shu savolga tasavvufning oxirgi tariqati-Naqshbandiya javob berdi: birinchi maqsadga erishildi - "dastba kor" ga o'tishi kerak "dilda yor" holati dilda g'araz, ya'ni hudbinlik yo'qligini ko'rsatadi, endi "dast ba-kor" bo'lsa, ya'ni ishga qo'l urilsa, o'z shaxsiy maqsadlariuchun emas, holis alloh uchun. Haq uchun, haqiqat va adolat tantanasi uchun amaliy harakatga kirishilgan bo'ladi. Shu sababli har nafas "dilda yor" bo'lishi, "Alloh" ismi dilda zikr etilishi, ya'ni "xo'sh dar dam" qoidasiga rioya

etilishi taqoza qilinadi. Chunki alloh nomi bir nafas dilni tark etsa, darhol o'rnini g'araz, xudbin bir niyat egallashi mumkin. "Nazar bar qadam" ham shu manoga yaqin turadi, ya'ni behuda biror qadam qo'ymaslik, har bir amaliy harakatning Haq yo'lida qo'yilayotganini tahlil etib, diqqat bilan kuzatib, nazardan qochirmay borish kerakligi ikkinchi qoidadir. Uchinchi qoida "Safar dar vatan", ya'ni vujud turgan holda ruhning moddiylik balchig'iga bulg'anmaslik, haq irodasi moddiy havaslari g'arazidan holi ravshda ruhingda hukmron bo'lishi lozim. To'rtinchi qoida - "Xilvat dar anjuman" Haq asrorini anglab yetgan orifxalq bilan birga bo'lishi lozimligini, ammo doimo haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bo'lishi lozimligi, ammo doimo haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bo'lishni ta'kid etadi. To'liq "Xilvat"ni tanlash kibrga, to'liq "anjuman"ga kirishib ketish g'arazga yetaklishi mumkin, "Xilvat davr anjuman" esa muazanatni saqlab turish demakdir. Naqshbandiyaning o'n bir qoidasini mukammal sharxlash uchun aloxida jiddiy tadqiqot lozim, biz faqat irfon bosqichini yakunlab, yangi bosqichga o'tish oldida bazi muloxazalarni qayd etdik, xalos.

Shunday qilib, XII-XIII asrlar tasavvuf tariqatlarining shakllanishi va irfon bosqichi, deb ataldi. Aytib o'tganimizdek, tasavvuf g'oyalari va nazariyasi VIII-IX asrlardanoq shakllana boshlagan bo'lsa ham, faqat Imom Abu Hamid G'azzoliy (1058- 1111) ijodida islom ma'rifatchiligi davri yakunlangach, tasavvuf talimoti islom mintaqasida zafarli "yurish" boshladi va borliqni idrok etishning Irfon yo'nalishi uzil- kesil yetakchi o'ringa ko'tarildi.

Buyuk tasavvuf shayxlari yurtdoshlarimiz Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduholiq G'ijduvoniy shu davrda yashadilar. Tasavvuf she'riyatining eng sabardast vakllari Fariddin Attor, Jaloliddin Rumiy, Ibn al-Farid, va irfoniy tafakkurning eng buyuk namayondasi eng buyuk namoyandasi Ibn al-Arabiy ham shu muddatda ijod qildilar1. Irfon yo'nalishi borliqni idrok etishning mutloqo o'ziga hos yo'li bo'lib, sunnadan ham mantiqiy, tafakkurdan ham tamomila farq qiladi. Bu haqda ibratli rivoyat bor. Malumki, alov kuydiradi. Buni bizga muallim tushuntiradi va biz uning gapiga ishonib, "alov kuydiradi" deymiz. Bu sunna bosqichi. Ikkinchi bosqichda biz tajriba o'tkazamiz, qog'ozni sham alovi tepasida tutsak, qog'oz yona boshlaydi va biz "olov kuydiradi", deb xulosa qilamiz. Bu ilm deyiladi. Islom ma'rifatchiligi davri namoyondalari shu yo'nalishda ish olib borganlar.

Irfon bosqichi, tasavvuf yo'lidadir. So'fiylar alovga o'zlari kiradilar va riyozat chekib haqni taniydilar. So'fiy tavhid mohiyatini anglashga butun ruhiy qudratini safarbar etadi. Buning uchun ishni nafsni poklashdan boshlamoq kerak bo'ladi. Tasavvuf tariqatlari ma'naviy poklanish yo'li bo'lib, o'zligidan (Hudbinlikning

barcha ko'rinishlaridan) pok bo'lgan inson ko'ngli haq ziyosini o'zida akslanttira boshlaydi. Komil inson tom manoda ziyolidir. Ziyoli, ya'ni o'zligini anglabyetgan insonda iymon, ilm va amal birligi vujudga keladi. Bunday inson o'zidan atrofga ziyo tarata boshlaydi, o'zga insonlar ruhini ham ma'rifatli etadi, ko'ngillarni nurlantiradi.

Yuqorida aytganimizdek, inson botinida «nafs» degan ma'naviy borliq mavjud bo'lib, u insonning o'z menligidir. Tarbiya ko'rmagan, past saviyadagi nafs yomonlikka moyil va shaxvatga ko'p rag'batlidir: yemoq, ichmoq, uxlamoq, ayshu ishrat qilmoq, kayfu safoga berilmoq, boshqalar tomonidan ma qtalmoq, zo'ravonlik qilmoq va xokazolarni istaydi. Jiddiy ish vazifalardan o'zini olib qochadigan, biron qonun-qoidani tan olmaydigan nafs egasini asir qilib, o'z orzu-istaklari ketidan sudraydi.

Nafs mazkur illatlarga egaligicha qolsa, ko'chaysa, uni islox etish, yo'lga solish qiyin bo'ladi va dushmandan kutilmagan zararlar nafsdan kelaveradi. Insonni turli- tuman moddiy va ma'naviy hatarlarga giriftor qiladi. Masalan, aroqxo'r, qimorboz, bexayo qilib qo'yadi, kezi kelganda o'g'rilik qildiradi, xatto odam uldirishga majbur qiladi, oila-ro'zg'orlarni buzdiradi, boshqalarga zulm qildiradi, qamoqqa tiqadi va oxiri mozorga yetaklab keladi...

Nafsni yoshlikdanok tarbiyalash kerak. Chunonchi, yosh bolaga har istagan narsasini olib bermaslik, uni ayrim maxrumiyatlarga kuniktirish kerak. Bir oz yoshi ulg'aygach, siqilsa, qiynalsa ham oz-oz qiyin ishlarga o'rgatish lozim. Balog'at yoshiga yetgach, asta-sekin namozu ro'zalarga kuniktirmoq zarur. Erta to'rishni, erkalik qilmaslikni o'rgatish darkor. Aks xolda, kungli tusagani muxayayo etilaversa, bolaning nafsini tarbiyalash amrimaxol bo'lib qoladi. Aytganini qilmasangiz, nashavand singari tutqanog'i tutadi, o'zini u yoqdan bu yoqqa o'radi, so'zingizga quloq solmaydi. Nafsning g'alati bir xususiyati bor. Istagi qondirilganda taskin topish o'rniga ishtaxasi yanada ochilib, orzulari kuchayib boraveradi. Yegani sayin ochko'zligi, uxlagani sayin dankasaligi ortib, ish qilmay qo'yadi, pul topsa xirsi ham oshadi, ko'zini tuproq tuldirgunga qadar tuymaydi.

Odobsizlik (faxsh) bobida ham mazkur qonun-qoidalar amal qiladi. Faxsh istagi qondirilganda quturadi, uyqudagi ilon shaklidan yetti boshli ajdaxoga aylanadi. O'smirlarni yo'ldan adashtirib, qizlarni uydan chiqarib foxishaga aylantiradi, oilalarning tinchini bo'zadi, jamiyatlarni tubanlashtiradi, shaharlarni yer bilan yakson qiladi, nasllarni qo'ritadi, qavmlarni Alloxning qaxriga uchratib, haloq qiladi.

Islom dini bu jiddiy taxlikaning oldini olmoq uchun ayollarga o'ranib xijobda yo'ryashni buyo'rgan, ayol-erkakning bir joyda aralash utirishlariga ham ruhsat bermagan, xaromga qarashni, nomaxramlarga tiqilishni ta'qiqlagan, ko'z va qo'l

vositasida ham zino xavfi mumkinligidan tanbex bergan. Biror eshikdan ichqariga qarashni, xatto derazasidan ko'z tashlashni, begona uyga ruhsatsiz kirishni qat'iy man etgan.

Islom ayollarning iffat-nomusini muhofaza etishga, oila masalasiga alohida e'tibor beradi. Oilani muqaddas deb biladi, xatto ro'zgor tebratish uchun qilingan sarf- harajatlarni jixod qilish bilan barobar deb hisoblaydi. Ayolga eriga mexr qo'yish, erkakka ayolning baxtu saodati va muxofazasi uchun, har ikkalasiga ham bola-chaqalarini yaxshi, sog'lom, aqlli, iymonli, ilmli qilib tarbiyalashlari uchun javobgarlik yo'qlaydi. Dinimiz jamiyatda fitna-fasod chiqmasligi uchun yigitlarni barvaqt uylantirishni tashviq va tavsiya etadi. Agar uylanishi kechikkan farzandlar bir gunox qilsa, bu uchun ota-ona ham mas'uldir, deb ta'kidlaydi.

Shunday ekan, aziz birodarlar:

O'zingizni va oilangizning nafs tarbiyasiga katta ahamiyat bering, irodasi bo'sh, havoyi nafs asiri bo'lib qolmang.

Faxsh va axloqimizga zid bo'lgan nashrlarga qarshi tinimsiz kurashing, ularning xonadoningizga kirishiga yo'l qo'ymang, yaqinlaringizni ham bu mavzuda ogohlantiring.

Alloxning buyruqlarini, Rasulullox (s.a.v.) ning hadislarini o'rganing, o'rgating va tadbiq eting. Imkoni boricha bolalaringizni vaqtli uylantiring, turmushga bering.

Alloxning salomi, raxmati va barakatiga sazovor bo'ling!

Nafsni islox etish-poklashning yagona chorasi Islom dini buyurgan amallarga to'la-to'kis amal qilishdir. Jumladan, namoz bir insonni kunda besh vaqt tozalaydigan, ham botiniy, ham zoxiriyda ifloslik qoldirmaydigan, insonga doimo Parvardigorning bandasi ekanini eslatib turadigan ibodatdir.

Ro'za irodani chiniqtiruvchi, nafsoniy shaxvatlarning payini qirquvchi ibodat bo'lib, ayniqsa, yoshlarga payg'ambarimiz tomonidan tavsiya etilgan.

Zakot o'zaro raxmdillik, hamjihatlik, birodarlik tuyg'ularini kuchaytiruvchi, nazariy emas, balki, amaliy ibodat to'ridir.

Xaj jahonshumul musulmon birodarligini saqlovchi ibodat to'ridir. Janobi Xaqning roziligini topish yo'llari ana shunday ibodatlar ko'rinishida musulmonlar uchun chizib ko'rsatilib, mexanizmga solib qo'yilgan.

Nafsni isloh etish yo'llaridan yana biri «qo'rbi navofil», ya'ni banda farz qilingan ibodatlarni bajargani sayin Alloxning muhabbatini qozonadi. Buning ustiga nafl ibodatlar orqali poklanib, yuksak ma'naviyatga erishadi. Allox uni nafl ibodatlari tufayli yuksak martabalarga moyil etadi va u Alloxning dusti-avliyoga aylanadi. Payg'ambarimiz (s.a.v.)ning aytishlaricha, «Allox biror bandasini o'ziga yaqin olsa

sevsa uning ko'radigan ko'zi, eshitadigan qulog'i, ushlaydigan qo'li va yuradigan oyog'i bo'ladi. Banda Alloxdan bir narsa so'rasa, albatta beradi, panox tilasa, shak-shubxasiz uni o'z himoyasiga oladi».

Bandalarga xabar berish, ularni ogohlantirish, mujda-xo'shxabar berish va qo'rqitish Qor'oni Karimning usulidir. Qor'on bandani jannat bilan muljalaydi, jaxannam bilan qo'rqitadi va xavf, rajo-qo'rquv, umid orasida ushlab turadi...

Mutasavviflarning aytishlaricha, «Banda qo'rquv va umid orasida guyo bog'langan ikki arslon o'rtasidagi tulkidek bo'lishi kerak». Xavf va rajo Qor'oni Karim nafs tarbiyasi uchun dasto'r qilgan usuldir. O'zlikni tanish va yangilash yo'lidir. «Kim nafsini tanisa, bilsa, Parvardigorini ham taniydi, biladi». Bu hadisni izohlash uchun jild- jild kitob yozish kerak. O'z fitratidagi kamolotni ko'rgan kishi albatta yaratuvchisini topadi. O'zining ojizligini tan olgan banda qodiri mutlakni ham mushoxada etadi...

Inson o'zini ham botinan, ham zoxiran nazorat qilishi va tuzatishi dinimiz amridir.

«Osmonlar va yerning yaralishi hamda kecha va kundo'zning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib to'ruvchi zot mavjud ekanligiga) oyat- alomatlar borligi shubxasizdir» (Oli Imron-190).5

Orif bir zotni o'ziga rahbar qilib olish va unga taslim bo'lish, o'z aybi nuqsonini uning ko'rsatmalariga binoan tuzatish eng maqbul va keng tarqalgan yo'l bo'lib, hazrati payg'ambarimiz (s.a.v.) ning yo'lidir. Payg'ambarimiz saxobalarni suhbat usuli bilan tarbiyalaganlar, chunki bu usul eng yaxshi, eng qo'lay va eng ta'sirli usuldir. Shunga bog'liq xolda bay'at qo'l berish, taqvayu dargoxlar, tariqatlar paydo bo'lgan. Bu tariqatlarning har biri o'ziga xos uslub bilan faoliyat ko'rsatganlar. Oralaridagi jo'z'iy farqlar tufayligina tariqat nomlari to'rlicha bo'lgan, xolos. Usullari esa ayri-ayri bo'lgan. Tasavvufiy asarlarda aytilishicha, «Alloxga eltuvchi yo'llar, banda va maxluqlarning xatto nafaslarining adadi qadar ko'pdir». Ammo bu yo'llarning qisqa va eng to'g'risi qaysi biri degan masala ham bor.

Aziz Maxmud Xudoiy xazratlari Bo'rsa shahari qozisi bo'la turib, Uftoda xazratlarining amriga binoan Bo'rsa kuchalarida jigar sotishi bizlarga o'rnakdir. Chunki, xokimlik, qozilik tufayli paydo bo'lgan nafsoniy g'o'ro'r, kibrni faqatgina ana shu qattiq uslub orqali yengish mumkin edi. Baxouddin Naqshbandiy xazratlari yillar davomida faqat insonlar emas, kasalu yarador xayvonlarga, jonivorlaru qo'shlarga ham xizmat qilganlar. Chunki maxluqlarga mehru shafqati bo'lmagan kishi Alloxning raxmatiga loyiq bo'lmaydi.

6 Qur'oni Karim. Manbalar tarjimasi. Tarj. Alouddin Mansur.-T.:2004.

129

REFERENCES

1. Alisher Navoiy Maxbub ul-qulib. -T.: 1939. - B.107.

2. Abay. Tanlangan asarlar. -T.: 1961. 34-57. B.

3. Abulqosim Firdavsiy. Shoxnoma. Birinchi kitob.-T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1975. -B.56.

4. Abulqosim Firdavsiy. Shoxnoma uchinchi kitob.-T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1976. -B.125.

5. Abu Ali Ibin Sino. Hikmatlar. -T.: "0'zbekiston"1980. -B.43-168.

6. Aliqulov. X. Omonova G. Jomiy va Dovoniy ta'lim-tarbiya haqida.-T.: "o'qituvchi" nashriyoti, 1981. -207.B.

7. Abu Rayxon Beruniy "'Ruhiyat va tarbiya haqida". -T: 1992. -345.B

8. Behbudiy.M Tanlangan asarlar.- T.:"Fan" nashriyoti, 1958. - B.124.

9. Fozilov J.va boshqalar «O^ quvchi ma'naviyatini shakilantirish» -T.: 2000. 246.-B

10. Mahmud Qashg'ariy. Devoni lug'ati turk.-T.: "Fan" nashriyoti, 1982. -

11. Qur'oni Karim. Manbalar tarjimasi. Tarj. Alouddin Mansur.-T.:2004.-145.B

12. Hadis va hayot -T.: Sharq. 2000-2005.-B.24-176.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.