O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-90-95
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
KUBRAVIYLIK TA'LIMOTI VA ALISHER NAVOIY IJODI
Ulbo'sin Komiljonovna Ametova
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Mirzo Ulug'bek nomidagi
O'zbekiston Milliy universiteti [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada Alisher Navoiy asarlaridagi falsafiy fikrlar va axloqiy qarashlar Najmiddin Kubro ijodi va kubraviylik g'oyalari bilan chambarchas bog'liqligi tahlil etilgan. Kubraviylik tariqatidagi nazar masalasi Alisher Navoiy asarlari misolida izohlanadi.
Kalit so'zlar: Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy, kubraviylik, nazar, adabiy an'ana, izdoshlik.
АННОТАЦИЯ
В статье анализируется тесная связ философских мыслей и нравственных воззрений в творчестве Алишера Навои с творчеством Нажмиддина Кубро и идеями кубраизма. На примерах творчества Алишера Навои раскрывается тема видения кубравском тарикате.
Ключевые слова: Нажмиддин Кубро, Алишер Навои, кубравия, назар, литературная традиция, следован.
ABSTRACT
The article analyzes the close connection between the philosophical thoughts and moral views in the works of Alisher Navoi with the work of Najmuddin Kubro and the ideas of Kubraism. The issue of vision in the Kubravian order is explained in the example of the works of Alisher Navoi.
Keywords: Najmuddin Kubro, Alisher Navoi, Kubravia, nazar, literary tradition, following.
Alisher Navoiy temuriylar saltanatining murakkab, ziddiyatli bir davrida yashab ijod etdi. Uning hayot yo'li, serqirra ijodiyoti, shuningdek, ham siyosat, ham adabiyot sohasidagi birday sermahsul faoliyatini belgilashda bularni, albatta, e'tiborga olish lozim. Alisher Navoiy dunyoviy ishlar bilan qanchalar mashg'ul bo'lmasin, ruhoniy hayotdan bir lahza bo'lsin chekinmagan. Navoiy tabiatidagi dunyo hoyu havaslaridan etak silkigan
8-fevral
90
uzlatnishinlik, Yaratganga bo'lgan muroqabayu, doimiy bo'lish kabilar ham taqdiri azalda bitilgan xalq osudaligi, saltanat tinchligi kabi davlat ishlaridan forig' eta olmadi. Bu nafaqat do'sti Husayn Boyqaroning taxtga kelishi, balki zamonasining qutbul aqtobi Xoja Ahror Valiy hamda piri komili Abdurahmon Jomiylarning iltimoslari, ma'naviy ta'sirlari natijasi edi. "Natijada ulug'lik osmonining ushbu quyoshi "Allohga itoat etingiz, Payg'ambarga va o'zlaringizdan bo'lmish boshliqlarga itoat etingiz!" oyatiga muvofiq ish tutib hamda "Bir soat qilingan adolat oltmish yillik ibodatdan afzaldir" hadisini mulohaza qilib, amirlik lavozimi va vazirlik mansabini o'zining qutlug' qadami bilan ziynatlatdi" [1]. Husayn Boyqaro saltanatidagi har qanday ezgulikda Navoiyning hissasi borligi aniqdir. Saltanatdagi adolat, insof, tinchlikni shoir Navoiy shaxsiyatisiz tasavvur etish mushkul. Uning siyosat olamidagi hayot madrasasidan olgan ta'limi bilan ma'naviy yo'lchilikda ruhoniy yo'lboshchidan olgan tarbiyasi mushtaraklik hosil qilib, ruhoniyatida komillik hosil etdi. Tasavvufiy hayot, tariqat ta'lim-tarbiyasi Navoiy yoshligidanoq ongu shuuriga singdirildi.
Navoiy madrasa ta'limini ko'rgan, zohir ilmi - shariat bilan bir qatorda botin ilmi - tariqatdan ham bolaligidan xabardor bo'lgan. Bu esa biror bir piri komilning etagini tutish maslagini Navoiyda qat'iylashtirgan. Ruhoniyatidagi bu ehtiyoj o'laroq, 1476 yilda naqshbandiylik tariqatining piri komillaridan hisoblanmish Abdurahmon Jomiyga murid bo'ldi. Navoiyshunos Yo. Is'hoqov: "Navoiy garchi Jomiy bilan tanishib, unga keyinroq qo'l bergan bo'lsa-da, biroq u yoshlikdanoq o'z davrining buyuk siymosi bo'lmish Jomiy asarlari bilan, shuningdek, naqshbandiylikning asosiy xususiyatlari bilan tanish bo'lgan va tanisha borgan. Jomiyga qo'l berishi esa yosh Alisher e'tiqodidagi uzoq evolyutsiyaning rasmiy natijasidir",- degan edi [2]. Alisher Navoiy naqshbandiylik tariqatining muridi bo'lsa-da, O'rta Osiyodagi mashhur tariqatlar yassaviylik va kubraviylik tariqatlarining ta'lim usullarini puxta o'rgangan. Chunki bu davrda uchta tariqat peshvolari o'z faoliyatini teng olib borganlar. Alisher Navoiy ham har uchala tariqat namoyandalarining badiiy adabiyotini sevib o'qigan va ularning ibratli hayot yo'li, tariqatidagi o'ziga xosliklar asarlarida aks etgan.
Shayxi Valitarosh Najmiddin Kubro va u hazrat asos solgan mashhur kubraviylik tariqatidagi Allohga qurbat hosil etuvchi usullar, solik hol va maqomlarini ifodalovchi ramz va timsollar Navoiy ijodiga sezilarli ta'sir o'tkazgan. Najmiddin Kubroning valiylik shaxsiyati, "at-tariqatuz-zahabiya", ya'ni "Oltin tariqat" nomi bilan mashhur bo'lgan kubraviylik
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-90-95
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
tariqatining ta'siri Navoiyning do'sti, hammaslagi darvesh shoh
8-fevral
Husayn Boyqaroning quyidagi istagidan ham namoyon bo'ladi: "... Hazrat sulton hazrati oliylariga shunday arz qildilar: Bir safar sizning Xudo ko'nglingizga solgan narsalarni so'zlovchi tilingizdan: "Qachonki jahondorlik kabi o'ta mas'uliyatli bu ishdan zeriksam, avliyolarning sarasi bo'lgan shayx Najmiddin Kubroning o'zidan nurlar taratuvchi maqbarasida istiqomat qiluvchi yoki ulug' Tangrining yaqini bo'lgan Xoja Abdulloh Ansoriyning (Alloh bularning qabrlarini tabarruk qilsin) tabarruk maqbarasi ostonasini supuruvchi bo'laman", degan gap chiqqan edi. Biroq endi sizning bu orzungiz ushalmaydigan bo'ldi, menga esa to'la xohish va rag'bat bilan Hijoz safariga borishimga ruxsat bermaydilar. Shunga ko'ra sizning qutlug' shaxsingiz vakolati bilan qolgan umrimni Ansoriyaning tabarruk maqbarasi ostonasini supuruvchilik bilan o'tkazishimga va saroy mulozimligi ishidan butunlay bo'shashimga ruxsat bersangiz..." [1]. Nafaqat Navoiy, balki butun ma'rifat va mamlakat saltanatida Husayn Boyqaro o'z ta'sirini o'tkaza olgan shaxsiyatlardan edi. Uning "avliyolar sarasi Najmiddin Kubro"ga bo'lgan cheksiz hurmati, uning maqbarasida jorubkash bo'lish istagi, albatta, atrofidagilarni befarq qoldirmagan. Shuningdek, yana bir temuriy podshoh Ulug'bek Mirzo o'zining "Tarixi arba' ulus" ("To'rt ulus tarixi", 1425) nomli tarixiy asarida Shayx Najmiddin Kubroni "Jami musulmonlarning a'iosi" deya ta'riflaydiki, bu ma'lumotlar ham shayxning temuriylar hukmronligi davridagi obro'-e'tibori, valiylik shon-shuhratidan ham darak beradi. Va Navoiyning ham ahli dil sifatida Najmiddin Kubro va Abdulloh Ansoriydek buyuk zotlar ostonasida darveshona hayot tarzini yashash orzusi bo'lganligiga shubha yo'q.
Buyuk bir shaxsiyat sifatida ham Najmiddin Kubroga Navoiyning e'timodi baland bo'lgan. Ayniqsa, shayxu avliyolar haqidagi "Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasida ham keng o'rin ajratilgan sanoqli shayxlardan biri Najmiddin Kubrodir. Ma'lumot Kuniyatlari Abuljannob, otlari Ahmad b. Umar Xevaqiy hamda mashhur laqablari haqidagi xabar bilan boshlanib, bu ko'z o'ngimizda shayxni zohir va botin ilmida zamonasining tengsiz bir allomasi sifatida gavdalantiradi: "Va debdurlarki, Kubro andin laqab bo'ldiki, yigitlik avonidakim, zohir ulumi tahsilig'a mashg'ul ermishlar, har kim bilakim, munozara va mubohasa qilsalar ermish - ul kishiga g'olib bo'lurlar emish. Shuning uchun unga "Tommat ul-kubro" laqabini berdilar. ... Keyinroq "Kubro" deb atay boshladilar" [3]. Najmiddin Kubroning yana bir laqablari borki, u ahli tasavvuf orasida ko'p tilga olinadi. Bu shayxi Valitarosh, ya'ni valiylarni voyaga yetkazuvchidir. U kishining suhbatidan, hatto nazaridan ham odamlar fayzu barokat olar edilar. Zamira
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-90-95
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
Is'hoqova shayxning o'tkir nazari hamda nazarkardalikka
8-fevral
erishgan inson, shuningdek, jonzotlar haqidagi fikrlarini "Nasoyim"da keltirilgan manbalar orqali dalillab yozadi: "Shayxning qalbida ilohiy ilhom (vajd) qo'zg'alganda uning nazari kimga tushsa, shu kishi valiylik xislatiga ega bo'lgan. Xonaqohga tomosha uchun kirib kelgan bir savdogar shayxni vajd holida ko'radi. Najmiddin Kubroning muborak nazari savdogarga tushgach, savdogarning holati o'zgarib, qalbida valiylik nurlari paydo bo'ladi va kasbidan voz kechib, sulukka kiradi. Shayxning bashorati bilan tariqatdan nasiba topib, o'z yurtiga borib tariqatdan so'z ochadi..." [4]. Zero, tasavvuf ahli ham ulug' shayxlarning atrofidagilar xayolidan kechgan o'y-fikrlarni, ko'nglidagi kechinmalarni farosat va karomat nuri ila anglashi haqiqatini, nazarning o'tkirligi valiylikning bir darajasi ekanligini Najmiddin Kubro va uning nazari tushib holi o'zgargan it voqeasi bilan isbot etadilar. Navoiy ham ko'ngil yo'lchiligi, sayru sulukka oid barcha asarlarida bundan foydalangan. "Lison ut-tayr", "Nasoyim ul-muhabbat", "Sittai zaruriya" kabi asarlarida batafsil to'xtalsa, lirikasining turli janrlarida ushbu voqeaga talmeh va tamsil san'ati orqali ishorat qiladi. "Nasoyim" tazkirasida bu voqeani shunday qisqa bayon qiladi: "Bir kun ul Hazrat majlisida As'hobi kahf ahvolining taqriri va tahqiqi o'tar erdi. Shayx Sa'diddin Humaviy q. s.ki, Hazrat Shayxning as'hobidindur, xotirig'a o'ttikim, oyo bu ummatda andoq kishi bo'lg'aymukim, suhbati itga asar qilg'ay? Hazrat Shayx karomat nuri bila ma'lum qildilar va qo'pub xonaqoh eshigiga borib turdilar. Nogoh bir it yetishdi va quyrug'in tebratadur erdi. Alarning mubarak nazarlari ul it sori tushdi. Filhol baxshish topib, mutahayyir va bexud bo'lub, shahrdin yuz evurdi va go'ristong'a mutavajjih bo'ldi va boshin yerga surtar erdi" [3]. Bu valiylar uchun ulug' bir rutba bo'lsa, murshidlar uchun zarur bo'lgan maqomdir. Piri komillar muridining qalbidan kechadigan har qanday fikrdan ogoh bo'lmog'i kerak. Shundagina tariqatda ildam odim tashlash mumkin. Shayx bu ma'noda tengsiz bir rahnamo, beqiyos bir peshvo edi. Navoiy ham ma'rifat nazari ila buni e'tiborsiz qoldirmagan. Qalb tasfiyasidagi soliklar uchun daliliy ibrat ma'nosida buni teran tahlil etgan: "Va alarni Shayx Valitarosh ham debdurlar. Oning uchunki, vajdu hol g'alabotida muborak nazarlari har kimga tushsa, valoyat martabasig'a yetar ermish" [3]. Valiylarning quvvai nazari bilan odamlarda hollar o'zgargan. Yomonlik ezgulikka, hasad havasga, manmanlik tavoze'ga aylangan. Shu bois ularning ruhiy himmatidan, suhbatlaridagi fayzi barokotlardan odamlar har doim umidvor bo'lishgan. Chunki valiylarning irfon majlislarida bo'lish orqali ruh tazkiya topgan va solik o'zlikdan qutulib, o'zlikka yetgan, ma'nan qayta dunyoga kelgan. Bu ta'sir nafaqat insonlarda, hattoki hayvonlarda
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-90-95
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
ko'rinishi yana-da ta'sirliroq bo'lgan:
8-fevral
Sukr vaqti soldi chun bir kun nazar, Ul nazardin bo „Idi bir it bahravar.
Oshnolig „din yetishti choshni, Tortib itlik siyratidin boshni.
Yuz qo „yub shayx ollida qildi niyoz, Barcha itlar uzra bo „Idi sarfaroz.
Har qayon shahr ichra qilsa erdi mayl, Itlar erdi girdida andoqki xayl [3].
Shayxning muborak nazari bilan it barcha itlar orasida sarfaroz bo'ldi. Bunday ta'sir kuchiga ega sohibi karomatlar, albatta, barcha zamonlarda ham kam uchragan. "Lison ut-tayr"da kitobxonni jalb etadigan ma'lumotlardan biri Sulaymon nazari bois Hudhud ruhoniyatidagi holga urg'u berish uchun Alisher Navoiy itga nazari tushgan Najmiddin Kubro to'g'risidagi rivoyatni keltirganidir. "Lison ut-tayr" dostoni qushlardan biri mavqelar, maqomlar masalasida "yashirin sirlardan" voqif bo'lgan Hudhuddan so'raydi:
"... Tengdurur chun borimizg'a bolupar, Sen nedinsen boxabar, biz - bexabar?
Bu tafovutni sarosar sharh qil,
Kim nedindur, bizga ravshan aylag'il..."
Shunda Hudhud javobining avvalidayoq qushning savoliga:
O „truda bu bo „Idi Hudhudning so „zi:
"Kim manga tushmish Sulaymonning ko „zi...
Kimga-kim aylar nazar ahli safo, Ul nazar tufrog „ni aylar kimyo " [3],-
deya javob bergani va bu orqali Navoiy tasavvufdagi nazar masalasiga o'z asarlarida ko'p o'rinlarda urg'u berganiga guvoh bo'lamiz.
O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-90-95
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari
g
"Lison ut-tayr"dagi "Shayx Najmiddin Kubroning ko'zi haqida"gi maxsus bobda ana shu voqea bayon qilinadi: ...Etkurur itga natija ul nazar, Zotig'a solur kishilikdin asar,
so'zi va itga tushgan
8-fevrall ©
O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-90-95
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini
Itgakim yetgay validin tarbiyat,
Qushqa ham tongyo „q nabidan tarbiyat... [5]
Bir valiy zot nazari tufayli itda va qushda "maqom" hosil bo'lgan ekan, Sulaymon payg'ambar nazari tushgan Hudhudning boshqa qushlarga peshvo bo'lishi shubhasizdir. Navoiy asarning ushbu bobida Najmiddin Kubroning nazari bilan bog'liq ikkita voqeaga: Shayxning nazari tushgach holi o'zgargan qush va it bilan bog'liq voqealarga aynan ishora qiladi.
Kubroning iti bilan bog'liq hikoya Navoiyning mumtoz adabiyotda an'anaviy voqealar tizimiga olib kirgan yangiligidir.
Najmiddin Kubroning nazarkardaligi tazkira va manoqiblarda, dostonlarda tasavvufdagi bosh masalalardan biri ekanligi bois voqelik tarzda ifoda etilsa, lirikada badiiy san'atning go'zal namunasi bo'lgan talmeh orqali ishoratlar qilinadi. Navoiyning olti qasidasini jamlagan "Sittai zaruriya"dagi "Ayn ul-hayot" ("Hayot bulog'i") qasidasida ham shoir Kubro va nazarkarda it voqeasiga ishorat qilib, o'quvchi diqqatini jalb etadi:
Hast mashhur in, ki Nachmiddinvashoni ummatat, Chazba baxshand az yaqin bar sag nazar to afganand.
Ma 'nosi: shu ma 'lumki, ummatingning Najmiddin (Kubro) sifat avliyolari agar itga nazar qilsalar, shubhasiz, unga jazba bag'ishlaydilar. [6] Mutafakkir Navoiy shayxning nazarkardaligini yodga olib, yana bir bor nafs tarbiyasida yuksak martabaga erishgan valiy zotlarga ishorat qilmoqda.
Mutasavvif Alisher Navoiyning Najmidddin Kubro shaxsiyati va kubraviylik tariqati odob-arkonlariga muhabbati cheksiz bo'lgan. Bu holat uning nafaqat asarlarida Najmiddin Kubro nomi qayta-qayta tilga olinishi yoxud ustozi va xalifalariga oid ma'lumotlarning keltirilishida, balki asarlarida irfoniy g'oya va obrazlar uyg'unligida ham yaqqol namoyon bo'ladi.
REFERENCES
1. G'iyosiddin Xondamir. (2015). Makorim ul-axloq. G'afur G'ulom.
2. Is'hoqov, Yo. (1965). Alisher Navoiyning ilk lirikasi. Fan.
3. Navoiy, A. (2001). MAT. 17-tom. Fan, 2001.
4. Is'hoqova, Z. (2011). Najmiddin Kubro. ABU MATBUOT-KONSALT
5. Navoiy, A. (1991). Lison ut-tayr. G'afur G'ulom.
6. Navoiy, A. (2008). Sittai zaruriya. Fan.
8-fevral
95