Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY IJODINING ISLOMIY-MA’RIFIY ASOSLARI'

ALISHER NAVOIY IJODINING ISLOMIY-MA’RIFIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1401
117
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy ijod / islom / she‟r / adabiyot / Qur‟on / hadis / badiiy-estetik omil / tasavvuf adabiyoti / badiiy talqin / художественное творчество / ислам / поэзия / литература / Коран / хадис / художественно-эстетический фактор / литература суфизма / художественная интерпретация.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nurboy Jabborov

Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy kamolotining ijtimoiy-ma‟rifiy va badiiy-estetik omillari, birinchidan, Qur‟on va Sunnatni mukammal o„rganib, butun hayoti davomida islom shariatining bu ikki mo„tabar manbasiga og„ishmay amal qilgani, ikkinchidan, buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini mutolaa qilgani hamda ulardagi g„oyalarni muttasil rivojlantirib, asarlarida yuksak badiiy talqin etgani, uchinchidan, o„zi mansub turkiy xalq tarixini mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo„liga safarbar eta olganida namoyon bo„lishi tadqiq qilingan. Alisher Navoiyning e‟tiqod, shariat arkonlariga qanday amal qilgani, buyuk mutafakkir o„qib o„rgangan tafsir va hadis kitoblari, tasavvuf allomalarining asarlari haqida so„z yuritiladi. Diniy-ma‟rifiy va falsafiy-irfoniy g„oyalarni yuksak darajada badiiy talqin etgani asarlarining tahlili orqali dalillanadi. “Xamsa” asarining hamd, munojot va na‟t qismlari mohiyati tadqiq qilinadi. Buyuk shoirning ijod konsepsiyasi islom ma‟rifatiga tayanishi asarlarining milliy ruhni fodalashiga monelik qilmasligi aksincha, islomiylik va milliylik bir-birini to„ldirishiga doir tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlillar natijasida nazariy umumlashmalar chiqariladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье исследуются социально-просветительские и художественноэстетические факторы творческого совершенства великого поэта и мыслителя Алишера Навои, во-первых, то, что он досканально изучив Коран и Сунну, без отклонений следовал этим двум могущественным источникам, во-вторых, что он читал труды великих исламских мыслителей, знатоков суфизма и непрерывно развивая их идеи, давал высокохудожественные интерпретации в своих произведениях, в третьих, то, что он в совершенстве знал историю тюркского народа, которому он принадлежал, и что смог мобилизовать весь свой творческий и научный потенциал для защиты и возвышения чести и славы нации. Обсуждаются то, как Алишер Навои следовал принципам веры и шариата, тафсиры и хадисы, прочитанные великим мыслителем, труды ученых суфизма. Его художественная интерпретация религиозно-просветительских и философско-мистических идей на высоком уровне подтверждается анализом его творчества. Исследуется сущность частей «Хамсы», как «хамд» (хвала Аллаха), «мунаджат» (просьба Аллаху) и «наът» (восхваление пророка). Выдвигаются аналитические взгляды на взаимодополняемость исламизма и национализма, опора концепции творчества великого поэта на исламское просвещение, не помешавшее его произведениям выразить национальный дух. В результате анализа делаются теоретические обобщения.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY IJODINING ISLOMIY-MA’RIFIY ASOSLARI»

О^Ье^^п НеэрнЬПкаэ! fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti БОТ: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

Уо1ише 4 | СопГегепее Proceedings 1 | 2023

АШНвг Мауо1у айаЫ1у уа Пт1у тего$Ш

ЛЬ^ИЕИ КЛУОГУ IJODINING ISLOMIY-MA'RIFIY ASOSLARI

Nurboy Jabboroy

filologiya fanlari doktori, professor, Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti j [email protected]

ЛNNOTЛTSIYЛ

Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy kamolotining ijtimoiy-ma'rifiy va badiiy-estetik отШап, birinchidan, Qur'on va Sunnatni тикатта1 o'rganib, butun hayoti davomida islom shariatining Ьи ikki mo'tabar manbasiga og'ishmay amal qilgani, ikkinchidan, buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini mutolaa qilgani hamda ulardagi g'oyalarni muttasil rivojlantirib, asarlarida yuksak badiiy talqin etgani, uchinchidan, o'zi mansub turkiy xalq tarixini mukammal butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru

nomusi, shonu sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo'liga safarbar eta olganida namoyon bo'lishi tadqiq qilingan.

Alisher Navoiyning e'tiqod, shariat arkonlariga qanday amal qilgani, buyuk mutafakkir о^Л o'rgangan tafsir va hadis kitoblari, tasavvuf allomalarining asarlari haqida so'z yuritiladi. Dmiy-ma'rifiy va falsafiy-irfoniy g'oyalarni yuksak darajada badiiy talqin etgani asarlarining tahlili orqali dalillanadi. "Xamsa" asarining hamd, munojot va тЧ qismlari mohiyati tadqiq qilinadi. Buyuk shoirning ijod konsepsiyasi islom ma'rifatiga tayanishi asarlarining milliy ruhni fodalashiga monelik qilmasligi aksincha, islomiylik va milliylik bir-birini to'ldirishiga doir tahliliy qarashlar ilgari suriladi. Tahlillar natijasida nazariy umumlashшalar chiqariladi.

Kalit 8о'г1аг: badiiy ijod, islom, she'r, adabiyot, Qur'on, hadis, badiiy-estetik ошЙ, tasavvuf adabiyoti, badiiy talqin.

АННОТАЦИЯ

В статье исследуются социально-просветительские и художественно-эстетические факторы творческого совершенства великого поэта и мыслителя Алишера Навои, во-первых, то, что он досканально изучив Коран и Сунну, без отклонений следовал этим двум могущественным источникам, во-вторых, что он читал труды великих исламских мыслителей, знатоков суфизма и непрерывно развивая их идеи, давал высокохудожественные интерпретации в своих

8-Геуга1

https://tai.uz/

Ха1даго копГегмшуа

19

произведениях, в третьих, то, что он в совершенстве знал историю тюркского народа, которому он принадлежал, и что смог мобилизовать весь свой творческий и научный потенциал для защиты и возвышения чести и славы нации.

Обсуждаются то, как Алишер Навои следовал принципам веры и шариата, тафсиры и хадисы, прочитанные великим мыслителем, труды ученых суфизма. Его художественная интерпретация религиозно-просветительских и философско-мистических идей на высоком уровне подтверждается анализом его творчества. Исследуется сущность частей «Хамсы», как «хамд» (хвала Аллаха), «мунаджат» (просьба Аллаху) и «наът» (восхваление пророка). Выдвигаются аналитические взгляды на взаимодополняемость исламизма и национализма, опора концепции творчества великого поэта на исламское просвещение, не помешавшее его произведениям выразить национальный дух. В результате анализа делаются теоретические обобщения.

Ключевые слова: художественное творчество, ислам, поэзия, литература, Коран, хадис, художественно-эстетический фактор, литература суфизма, художественная интерпретация.

The article examines the socio-educational and artistic-aesthetic factors of the creative perfection of the great poet and thinker Alisher Navoi, firstly, the fact that he thoroughly studied the Koran and the Sunnah, followed these two powerful sources without deviations, and secondly, that he read the works great Islamic thinkers, experts in Sufism and continuously developing their ideas, gave highly artistic interpretations in his works, thirdly, that he perfectly knew the history of the Turkish people to whom he belonged, and that he was able to mobilize all his creative and scientific potential to protect and elevation of the honor and glory of the nation.

It discusses how Alisher Navoi followed the principles of faith and Sharia, tafsirs and hadiths read by the great thinker, the works of Sufism scholars. His artistic interpretation of religious-enlightenment and philosophical-mystical ideas at a high level is confirmed by the analysis of his work. The essence of the parts of "Hamsa" is being investigated, such as "hamd" (praise of Allah), "munajat" (request to Allah) and "nat" (praise of the prophet). Analytical views are put forward on the complementarity of Islamism and nationalism, the support of the concept of the great poet's work on Islamic enlightenment, which

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

ABSTRACT

8-fevral

^o'rganishmaSmSiSm■

did not prevent his works from expressing the national spirit. As a result of the analysis, theoretical generalizations are made.

Keywords: artistic creativity, Islam, poetry, literature, Koran, hadith, artistic and aesthetic factor, Sufism literature, artistic interpretation.eralizations are made.

Sharq-islom adabiyoti shaklni ham, vaznni ham, ijodiy konsepsiyani ham Qur'oni karim va Hadisi shariflardan olgan. Shayx Ahmad Taroziyning "Fununu-l-balog'a" asarida she'rning poetik shakliga taalluqli bo'lgan badiiy san'atlarga misollar avval Qur'oni karim va Hadisi sharifdan, keyin turli shoirlar nazmiy asarlaridan keltirilgani ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Masalan, baytning har ikki misrasidagi so'zlarning ohangdosh, vazndosh va qofiyadosh bo'lishi talab etiladigan tarsi' san'atiga misol sifatida Qur'oni majiddan quyidagi ikki oyat keltiriladi: Innal-abrora lafiy na 'im, Va innal-fujjaro lafiyjahim. (Infitor, 13-14).

Yana:

Inna ilayna iyobahum,

Summa inna a 'layna hisobahum. (G'oshiya, 25-26).

Shundan so'ng mazkur badiiy san'atga Rasuli akram (s.a.v.)ning "Kimki g'azabiga itoat qilibdi, adabini zoye qilibdi" mazmunidagi hadisi misol qilingan: Man a 'to 'a g „azabahu, azo 'a adabahu [11.85].

Tarsi' san'atiga hazrat Navoiyning "Hayratu-l-abror" dostoni munojot qismidan olingan quyidagi bayt misol bo'la oladi:

Kimki boshi sajdada - masjudisen, Kimki yuzi qiblada - ma 'budisen [8.16].

Tashbeh badiiy adabiyotning xususiyatini to'liq mujassam etadigan san'at ekani ayon. "Fununu-l-balog„a"da ushbu badiiy san'atga "Yosin" surasidan misol keltiradi: Val-qamara qaddarnahu manozila hatta „ada ka-l-urjuni-l-qadim [11.94]. Ma'nosi: Biz oyni ham toki u eski xurmo butog'i kabi bo'lib qolguncha manzillarini belgilab, tayinlab qo'ygandirmiz. Ushbu oyati karimada "eski xurmo butog„i kabi" deyilar ekan, Alloh taolo bu orqali insonlarga tashbeh vositasida fikr yuritishni ta'lim beryapti. Shu asosda muborak Hadislarda ham tashbeh asosida fikrning balog'at va fasohat bilan bayon etilishi kuzatiladi. Mas.: An-nasu savaun kaasnanil-mishti [11.95]. Ma'nosi: Odamlar xuddi taroqning tishlari kabi barobardirlar.

Alisher Navoiy "Xamsa"sining birinchi dostoni - "Hayratu-l-abror"da ustozi Abdurahmon Jomiy ta'rifida quyidagi tashbehlar qo'llanilgani kuzatiladi: Ko„ksi - haqoyiq duri ganjinasi, Ko„ngli

8-fevral

21

- maoniy yuzi oyinasi [8.42]. Bu kabi misollar badiiy adabiyot poetik shaklni Qur'oni karim va Hadisi sharifdan olgani isbotidir. Sharq-islom adabiyoti nafaqat shaklni, balki mazmunni va vaznni ham e'tiqodimizning mazkur mo'tabar manbalaridan olgani ma'lum. Alisher Navoiy "Mezonu-l-avzon"da: "Haq subhonahu va taoloning kalomi majidida ko'p yerda nazm voqe' bo'lubdurki, aruz qavoidi bila rostdur" [3.540], deya ta'kidlaydi. Biroq bu o'rinda alohida e'tibor qaratish kerak bo'lgan muhim jihat shundaki, ulug' bobokalonimiz "nazm" deganda bugungi "she'r" istilohini nazarda tutmagan. "Nazm" atamasida so'zning "nizomga solinishi, aniq tartibga bo'ysundirilishi" ma'nosi mujassam. Sharq-islom adabiyoti Qur'oni karim va Hadisi shariflardan ayni shu xususiyatni oldi. Buyuk mutafakkir "Mezonu-l-avzon"da, jumladan, «Lan tanolu-l-birra hatto tunfiqun» (Oli Imron, 92) oyati ramali musaddasi mahzuf vaznida, «Va-l-mursaloti urfan, fa-l-osifati asfan» (Al-Mursalot, 1-2) oyatlari muzorei musammani axrab vaznida ekani, "Kalomullohda ko'p yerda bu nav' voqe'" bo'lgani xususida to'xtalib o'tadi. Hazrat Alisher Navoiyning yozishicha: "Rasul sallallohu alayhi vassallam ahodisida dag'i ham bu tariq tushubdur" [3.540]. Ulug' alloma fikricha: "Man akrama oliman faqad akramaniy» hadisi «mafulu mafoilun mafoiylu faul» afoili bilan ruboiy vaznida hazaji axrabi maqbuzi makfufi majbubda voqe' bo'lgani [3.540] buning isbotidir.

Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyili ijodiy uslubni belgilaydi. Biroq shu paytgacha ijodiy uslub masalasiga G'arb adabiyotshunosligi mezonlari asosida yondashilib kelindi. Ijodiy uslub masalasiga o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sharqona adabiy-estetik tafakkur mezonlari asosida yangicha yondashilishi zamon taqozosidir. Adabiyotning badiiylik mezoni uning ham mazmun, ham badiiyat jihatidan mukammal bo'lishini taqozo qiladi. Badiiylik mezoni badiiy shakl va mazmunning har jihatdan uyg'un bo'lishi, g'oyaning milliy axloqqa mutanosibligi, badiiy shaklni yuzaga keltiruvchi komponentlarning mukammalligi asosida yuzaga keladi.

O'zbek mumtoz adabiyotining islomiy asoslarga tayanishi uning milliyligini inkor etmaydi. Ulug' shoiru adiblarimiz asarlarini milliy tilda yozgani, ularda turkiy millatga xos e'tiqod, ruhiyat, dunyoqarash aks etgani buning isbotidir. Adabiyot ijtimoiy voqelikni badiiy aks ettirsa-da, uning asosiy tasvir ob'ekti insondir. Inson ruhiyati, e'tiqodi, hayot tarzi, ma'naviy olami, ibratli umr yo'lini butun murakkabligi, ziddiyati bilan obrazli tasvirlash orqali shaxs kamoloti va jamiyat ravnaqiga xizmat qilish adabiyotning asl mohiyatini tashkil etadi.

Hazrat Alisher Navoiy asarlari sharq islom adabiyotining yuksak namunalaridir. Buyuk mutafakkirning badiiy ijodda

8-fevral

22

kamolot darajasiga ko'tarilishida quyidagi ijtimoiy-ma'rifiy va badiiy-estetik omillar asos-zamin bo'lgan:

1. Qur'on va Sunnatni mukammal o'rganib, butun hayoti davomida islom shariatining bu ikki mo'tabar manbasiga og'ishmay amal qilgani.

2. Buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalari asarlarini o'rgangani hamda ulardagi g'oyalarni muttasil rivojlantirib va boyitib, asarlarida yuksak darajada badiiy talqin eta bilgani.

3. O'zi mansub turkiy xalqning, o'zbekning tarixini mukammal bilgani, butun ijodiy-ilmiy salohiyatini millatning oru nomusi, shonu sharafini himoya qilish, yuksaltirish yo'liga safarbar eta olgani.

Xondamirning yozishicha, Alisher Navoiy shariat arkonlariga qat'iy rioya etgan. G'azallaridan birida ulug' shoir e'tiqod (tavhid) bilan amal (shariat) uyg'un bo'lishi shartligini quyidagicha talqin etadi:

Eyki debsenkim, bilay tavhid sirridin xabar, Shar'din nekim tajovuz ayladi - ilhodbil [7.385].

Ya'ni tavhidni - Alloh taoloning yagonaligi sirini anglamoqchi bo'lgan kishi bilsinki, shariat chegarasidan chiqsa, yo'ldan adashadi.

Alisher Navoiy - so'zi va amali bir mutafakkir. U bir umr islom shariati ruknlariga qat'iyat bilan amal qildi. Buni ulug' bobokalonimizning o'zi "Vaqfiya" asarida quyidagicha izhor etadi: "...chun kishiga abadiy davlat va saromadi saodat va hayot chashmasining navidi va najot manzilining umidi islomning besh sutunlik zotu-l-imodig'a kirmaguncha mumkin ermas va bu xamsu-l-muborak panjasig'a ilik urmag'uncha hech ish natija bermas. Avval ul kalimai tavhiddur. Shukrkim, oni alifdek jonim orasida naqsh etibmen. Ikkinchi - saloti xamsadur. Bihamdillahkim, oni naydek zehn aro sabt qilibmen. Uchunchi - Ramazonning o'ttuz kunining ro'zasidur. Shukrulillahkim, oni lomdek qalbimda yoshurubmen. To'rtinchi -zakotdur. Jonim naqdi ul Tengrig'a zakotim..." [1.650].

Xondamirning yozishicha, hazrat Alisher Navoiy: "...besh mahal jamoat bilan o'qiladigan namozlarning barchasida qatnashardilar" [12.127]. Juma va jamoat namozlari o'qishni tashkillashtirishda ham alohida g'ayrat ko'rsatgan. Hirot shahridagi Marg'aniy bog'i ichida benihoya chiroyli bezaklar bilan ziynatlangan jome masjidi qurib, o'z zamonasi qorilarining sarasi bo'lgan Xoja Hofiz Muhammad Sultonshohni ushbu masjid imomligiga tayinlagan hamda o'zi bu yerda besh mahal jamoat bilan o'qiladigan namozlarda muntazam ishtirok etgan. Hazrat Navoiyning xazinasida biror yili ham zakot to'lashga vojib bo'ladigan darajada oltin yig'ilmagan. Xazinaga kelib tushgan har

8-fevral

23

qanday daromad tez orada turli tabaqalar vakillariga in'om sifatida sarflangan yoki masjid, madrasa, xonaqoh va shu kabi inshootlar qurilishiga - xalq manfaatiga yo'naltirilgan. Shunga qaramay, amir Navoiy zakot berishga g'ayrat ko'rsatgan. Ramazón ro'zasini tutish barobarida bu muborak oyda sadaqa va xayr-ehsonni oshirgan. Fozillar, shoirlar, qashshoqlar, nogironlar va yetimlarni pul va kiyim-kechaklar sovg'a qilib siylagan. Turli tabaqadagi kishilarni xayr-ehson dasturxonidan bahramand etgan.

Hazrat Navoiy islomning beshinchi rukni haj ibodatini ado etish niyatida bir necha marta yo'lga chiqqan. Birinchi marta Mashhadga yaqinlashganda, Mavlono Abdulhay ismli chopar Sulton Husayn Boyqarodan maktub olib keladi. Sulton Iroq va Bog'doddagi vaziyat notinch va beqaror ekani, Misr va Shom chegaralarida turli boshboshdoqliklar yuz berayotganiga doir xabarlar bois, yo'lning xavfsizligi hajning shartlaridan biri ekanini dalil qilib, ulug' amirni haj safaridan qaytaradi. Ikkinchi marta davlatning bardavomligi hamda uning qudrati va ulug'ligi abadiy bo'lishini duo qilish sharti bilan haj safariga ruxsat so'raganda, Sulton 1500-yil 2-iyunda bajarilishi barcha uchun majburiyligi ta'kidlangan maxsus farmon chiqaradi. Unga ko'ra, hazrat Navoiy haj yo'lida joylashgan mamlakatlardan qay biriga borsa, u yerdagi hokimlar, a'yonlar, aholi va yo'l xavfsizligi qo'riqchilari hurmat-ehtirom ko'rsatishi, xizmat qilishi, xavf-xatarli joylardan o'tishida qo'riqchilar bilan ta'minlashi shart, deb belgilangan. Ammo farmon chiqarilgan javzo (21-may - 21-iyun) oyida havo harorati ko'tarilgani bois katta qiyinchilik tug'dirishi mumkinligi uchun haj safariga sunbula (22-avgust - 21-sentabr) oyida borishga qaror qilinadi. Uchinchi marta 1500-yilning 26-avgustida haj safariga otlanadi. Lekin yo'lda sog'ligi yomonlashgani bois o'sha yil sentabrida yo'lga chiqishni niyat qilib, uyga qaytadi. Biroq Xurosonning ulug' mashoyixlari va olimlari shahzoda Muhammad Husayn Mirzo isyon ko'targani munosabati bilan saltanat osoyishtaligini saqlashda buyuk amirning roli katta ekanini aytib, haj safarini qoldirishni so'raydi. Xullas, bu qutlug' niyat amalga oshmay qoladi.

Alisher Navoiy buyuk islom mutafakkirlari, tasavvuf allomalarining quyidagi kitoblarini qunt bilan o'rgangan va o'z asarlarida tilga olgan [14.3-35]: Tafsir kitoblari: Najmiddin Kubroning Qur'oni karim tafsiriga doir "Aynu-l-hayot", G'azzoliyning "Javohiru-l-Qur'on", Ro'zbehon Baqliyning "Aroyisu-l-bayon fi-l-haqoyiqi-l-Qur'on", Abu Tolib Makkiyning "Qutu-l-qulub", Najmuddin Roziyning "Bahru-l-haqoyiq", Husayn Voiz Koshifiyning "Javohiru-t-tafsir", Mahmud Zamaxshariyning "Al-kashshof fi tafsiri-l-Qur'on",

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Sadruddin Qo'naviyning "Tafsiri fotiha" asarlari. Ushbu mo'tabar

8-fevral

tafsirlar butun islom olamida e'tirof etilganiyoq buyuk mutafakkiming Qur'on ilmiga e'tibori nechog'liq kuchli ekani isbotidir. Husayn Voizning "Javohiru-t-tafsir" asari bevosita hazrat Navoiy tavsiyasi va homiyligida yozilgan. Tafsir xotimasida muallif ulug' amirning islom dini rivojiga doir faoliyatiga yuksak baho bergan.

Hazrat Navoiy hadis ilmiga doir nodir manbalarni o'rganishga ham alohida e'tibor bergan. Bu ilm rivojida beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan Imom Buxoriyning "Al-jomi' as-sahih", Imom Muslimning "Sahihu-l-Muslim", Imom Termiziyning "Sunani Termiziy", Majduddin Muhammadning "Jome'u-l-usul" asarlari, hadis ilmining badiiy adabiyotga ta'siriga doir Imom an-Navaviyning "Arba'inu-n-Navaviy", Abdurahmon Jomiyning "Sharhi hadis" va "Arba'in" asarlari buyuk shoir tafakkuri miqyoslarining yuksalishida alohida o'rin tutgan.

Tasavvuf ilmi hazrat Alisher Navoiy hayoti va ijodida nechog'liq muhim o'rin tutgani isbot talab qilmaydi. Shu bois bolalik kezlaridan tasavvufiy adabiyotning mumtoz namunasi bo'lgan Shayx Fariduddin Attorning "Mantiqu-t-tayr" asarini sevib mutolaa qilgan, hatto yodlab olgan edi. Tasavvuf ilmining ulkan nazariy-falsafiy va adabiy-ma'rifiy ahamiyatga molik manbalari hisoblangan al-Arabiyning "Fususu-l-hikam", Abu Homid G'azzoliyning "Ihyou ulumi-d-din", Ka'b binni Zuhayrning "Qasidai burda", Abdulloh Ansoriyning "Manozilu-s-soyirin", Shahobuddin Suhravardiyning "A'lomu-t-tuqo", Hakim Sanoiyning "Hadiqatu-l-haqoyiq", Shayx Sayyiduddin Farg'oniyning "Manohiju-l-ibod ala-l-mi'od", Xoja Muhammad Porsoning "Faslu-l-xitob", Amir Qosim Anvorning "Anisu-l-oshiqin", Jaloluddin Rumiyning "Masnaviyi ma'naviy", Abu Ali Jullobiy Hujviriyning "Kashfu-l-mahjub", Shayx Alouddin Simnoniyning "Iqboliya", Abulhusayn Jahzam Hamadoniyning "Bahjatu-l-asror", Shayx Najmuddin Kubroning "Favotihu-l-jamol", Xusrav Dehlaviyning "Mir'otu-s-safo", Horis Muhosibiyning "Kitobu-l-munqiz va-l-vasoyo", Shayx Fariduddin Attorning "Mantiqu-t-tayr", "Tazkiratu-l-avliyo", Abdulloh al-Yamaniyning "Ravzu-r-rayohin", Shayx Mahmud Shabustariyning "Haqqu-l-yaqin", Abulqosim Qushayriyning "Risola fi -t-tasavvuf", Abudurrahmon an-Nishoburiyning "Tabaqoti sufiya", Hakim at -Termiziyning "Xatmu-l-valoya", Jomiyning "Ashia'tu-l-lama'ot" hamda al-Arabiyning "Naqshu-l-fusus" asariga yozgan "Naqdu-n-nusus", "Fususu-l-hikam" asariga yozgan "Naqdu-l-fusus" nomli sharhlari va boshqa asarlar buyuk shoirning mutasavvif sifatidagi kamolotiga xizmat qilgan, ijodiy yuksalishida manba vazifasini o'tagan.

Hazrat Alisher Navoiyning 1483-1485-yillarda ijod qilingan «Xamsa» asari besh dostondan tarkib topgan bo'lsa-da, yagona

8-fevral

25

ijodiy konsepsiyaga bo'ysunadi, yaxlit poetik tizim asosida yaratilgan. "Xamsa" tarkibiga kirgan har bir doston Alloh taologa hamd, munojot va Rasululloh (s.a.v)ga na't bilan boshlanadi. Aqoid ilmiga oid haqiqatlar ana shu muqaddima qismlarining asosini tashkil etadi. Ulug' shoir har bir bayt, har bir misra zamiriga Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflar mazmunini mahorat bilan singdiradi, ulardan iqtiboslar keltiradi. Jumladan, ""Hayratu-l-abror"ning avvalgi munojotida insonga mana bunday ta'rif beradi: "Karramno" keldi manoqib ango, "Ahsani taqvim"munosib ango [8.15]. Baytdagi "Karramno" so'zi "Isro" surasining "Batahqiq Biz bani Odamni azizu mukarram qilib qo'ydik" [13.289] mazmunidagi 70-oyatidan iqtibos. "Ahsani taqvim" jumlasi "Tiyn" surasining "Batahqiq, Biz insonni yaxshi suratda yaratdik" [13.597] mazmunidagi 4-oyatidan olingan. Buyuk shoir Alloh taolo insonni mukarram qilgani va yaxshi suratda yaratgani bilan bog'liq Qur'oni karimdagi ikki ilohiy xabarni bir baytga jamlash orqali Odam farzandlarining maqomi yuksak ekani, shunga munosib hayot kechirmog'i zarurligi masalasiga urg'u bergan.

Na't boblarning birinchisida Muhammad alayhissalomning nuri butun olamlardan avval yaratilgani va Odam safiyullohdan Rasulullohning otasi Abdullohga yetishgani, ikkinchisida ul zotning tavalludidan qirq yoshga to'lgunga qadar hayoti va payg'ambarlikning dastlabki davri, uchinchi na'tda nur va soya ramzlari vositasida olamlar sarvariga berilgan ladunniy ilm hamda islom shariatining Arab va Ajamga yoyilib, kufr zulmatini yoritgani, to'rtinchi na'tda Rasuli akram s.a.v.ning shariat rivoji yo'lidagi xizmatlari va as'hobi kirom vasfi, beshinchi na'tda meroj kechasi ta'rif etilgan.

Doston har yigirma maqolatida ma'lum bir muhim mavzu yoritilgach, shunga doir hikoyat berilgan. Bunday usul doston mazmunining ta'sir kuchini oshirgan, badiiyatini yuksaltirgan. Birinchi maqolatda iymon odamiylikning sharti, inson kamolotining asosiy manbai sifatida vasf etiladi:

Maqolatda iymonning olti sharti - Haq taologa, farishtalarga, Tangri taolo so'zi bo'lgan samoviy kitoblarga, payg'ambarlarga, qiyomat kuniga hamda qazoi qadarga iymon keltirish zarurati ta'sirli badiiy ifodalangan. Hazrat Navoiy kimki iymonning ana shu olti rukniga e'tiqod qilsa, har qancha nomasiyoh, g'arqai daryoi gunah bo'lsa ham, afv etilib, abadiy rahmatga erishmog'i mumkinligini ta'kidlaydi. Asarda ta'riflanishicha, iymon - barcha insoniy fazilatlar asosi. Islom, adolat, karam, adab, qanoat, vafo, ishq, rostlig', ilm, bulutdek

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga iymon erur [8.85].

jamiyatga foyda keltiruvchi bo'lmoq singari xislatlar iymon

8-fevral

poydevori ustiga quriladi. Dostonda ushbu fazilatlarning har biri alohida bob doirasida badiiy talqin etiladi. "Hayratu-l-abror"ning ikkinchi maqolati «alif»lari amniyat bog'ining sarvlari, «sin»i saodat qasrining kungirasi, «lom»i latofat gulchehrasining sunbuli zulfi va «mim»i muhabbat mash'alining nuri" deya ta'riflangan "islom" vasfiga bag'ishlangan. Hazrat Navoiy talqinicha, Tangri taolo olam ahlini ikki toifa: ahli najot va ahli halok etib yaratgan, birinchisi islom yo'lidagilar, ikkinchisi esa "obidi asnom" - sanamlarga topinguvchilar. Keyin esa islomning besh sharti - "xamsi muborak"ni shahhlaydi: Anglag'il arkonini beishtiboh, Avvali "IUaUoh" ila "lo iloh", Yona Muhammadni ango bil Rasul, Ber munga tonig'lig'u qilg'il qabul [8.95-96]. Ya'ni birinchi shart - Alloh taoloning yagonaligi va Muhammad alayhissalom uning rasuli ekaniga guvohlik berish hamda chin ko'ngildan qabul qilish. Buyuk shoir ta'rificha, ikki olam nizomi ana shu ikki kalom bilandir. Islomning ikkinchi sharti - adoi salot, ya'ni namoz, uchinchisi -zakot, to'rtinchisi - ro'za, beshinchisi - haj, ya'ni Baytulharamni ziyorat etmoq bilan bog'liq talqinlar ham fikrning ta'sir kuchi va betakror badiiyati bilan alohida ajralib turadi.

"Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" hamda "Sab'ai sayyor" dostonlari asosiy qahramonlari tarixiy ildizlariga ega. Jumladan, buyuk mutafakkir "Tarixi muluki Ajam"da Xusrav Parviz binni Hurmuz tarixini alohida zikr etadi. Asarda Farhod, Shirin, Buzurg Ummid nomlari ham tarixiy shaxslar sifatida tilga olingan. Xusravning olamda husnu latofat va jamolu malohatda tengsiz Shirin ismli mahbubasi, Farhoddek raqibi, shuningdek, Buzurg Ummiddek asrining a'lami darajasidagi vaziri bo'lgani, Farhodni begunoh qatl ettirgani haqidagi ma'lumotlar [6.638] mazkur obrazlarning tarixiy shaxslar ekanidan dalolat beradi. Asarda tarixiy haqiqat yuksak badiiy haqiqatga aylantirilgan. "Tarixi muluki Ajam"da yozilishicha, Xusrav Parvez hukmronligi Muhammad alayhissalomning payg'ambar etib yuborilishi davriga to'g'ri kelgan. Payg'ambarimiz uni islom diniga da'vat etib noma yuborgan. Lekin u g'ururga ketib, muborak nomani yirtib otgan. Buyuk shoir ta'rificha, bu orqali u o'z mulki va davlatig'a qasd qilgan. Rasuli akram s.a.v. mo'jizasidan mulki zavolga uchrab, o'g'li Sheruya podshoh bo'lgan [6.638]. Bundan hazrat Navoiy tarixiy voqealar hamda Sharq xalqlari ijodiyotidagi ularga asoslangan sayyor syujetlarni "Xamsa" konsepsiyasi asosida qayta ijod etib, mukammal badiiy asar darajasiga ko'targani ayon bo'ladi.

"Xamsa"dagi besh doston muqaddimasi hamd, munojot va na't boblaridan tarkib topgan va ular muallif ijodiy niyatidan kelib

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

chiqib doston xususiyatiga mos talqinlar bilan boyitilgan.

8-fevral

Jumladan, "Layli va Majnun" dostonining hamd bobida Haq taolo qudratini anglashda aqlning nechog'liq ojiz ekani ifodalanadi: Ey sendin ulus xujasta farjom, Og 'ozingga aql topmay anjom. Ey aqlg 'a foizi maoniy, Boqiysenu borcha xalq foniy [2.6]. Bu orqali buyuk shoir faqat aqlgagina tayanish e'tiqod asoslariga muvofiq emasligini, aql va ishq munosabati bilan bog'liq doston konsepsiyasini o'quvchi shuuriga singdira boradi. Alloh taoloning husnni dilpazir (yoqimli), el ko'nglini unga asir qilganini ta'kidlar ekan, kitobxon ruhiyatini Qaysning Majnunga aylanishiga tayyorlaydi. Hazrat Navoiy talqiniga ko'ra, Haq taolo husni tajalli qilgani bois Layli Uning ishqiga mazhar bo'ldi. Laylining sifoti esa Majnun qilmoqdir: Ey Majnunung xiraddin ozod, Ohi beribon xiradni barbod, Ey aql seningyo'lungda g'ofil - Kim, telba sening yo'lungda oqil [2.7]. Hazrat Navoiy ana shu tarzda asarning hamd bobini asosiy syujet bilan mustahkam bog'laydi. Asardagi har bir so'z va obraz, har bir bayt va bob muallif ijodiy niyati ifodasiga xizmat ettiriladi.

"Sab'ai sayyor" dostonida muallif konsepsiyasi negizida nafs yo'rig'iga yurish, unga qul bo'lishning oqibati xorlik ekaniga doir Qur'oni karim ta'limotining badiiy talqini turadi. Dostondagi har bir detal, obraz va talqin ana shu konsepsiyani mantiq va badiiyat qonuniyatlari asosida dalillashga qaratiladi. Ovga mukkasidan ketgan, saltanat ishlariga loqayd, ko'nglida dard moyasi yo'q, ishq otashidan mahrum Bahrom obrazi orqali nafsga mutelik qoralanadi. Dunyoga hirs qo'yish shaxsni yemirishi, saltanatni inqirozga olib kelishi bilan bog'liq barcha zamonlar uchun ahamiyatli xulosa obrazli va ta'sirli ifodalanadi.

"Xamsa"ning so'nggi beshinchi dostoni "Saddi Iskandariy"ni yozishga kirishishdan avval hazrat Navoiy buyuk jahongir tarixini qunt bilan o'rgangan. Bundan buyuk mutafakkirning "Tarixi anbiyo va hukamo"ni "Xamsa"dan keyin yozgan bo'lsa ham, bu tarixiy asar uchun zarur bo'lgan materiallarni ancha avval to'play boshlagani ayon bo'ladi. Ushbu asarda "Iskandar Zulqarnayn Yofasning to'rtinchi o'g'lidur" [5.544], degan xabar beriladi. Iskandar o'zigacha va undan keyingi barcha hukmdorlardan afzal ekani, hakim va valiy bo'lgani, ba'zilar uni payg'ambar deb hisoblagani aytiladi. To'rt yuz hakim uning xizmatida bo'lgani, Arastu unga vazirlik qilgani, ya'juj-ma'jujlarga qarshi sadd - devor qurgani, Marv, Hirot, Samarqand va Isfahonni bunyod etgani ta'kidlanadi. Buyuk shoir bu materiallardan unumli foydalangan bo'lsa ham, Iskandar obrazini Qur'oni karimning "Kahf ' surasidagi Zulqarnayn qissasi asosiga quradi. Barcha tarixiy-ilmiy va badiiy asarlarda Iskandarning insoniyat uchun eng ahamiyatli xizmati ya'juj-ma'jujlarga qarshi devor qurdirgani ekani ta'kidlanadi.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Saddi Iskandariy"ning nomlanishidan asar syujeti va

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8-fevral

kompozitsiyasigacha ana shu tarixiy voqea asos qilib olingan. Alisher Navoiy dostoni bu jihatdan buyuk salaflari Nizomiy va Dehlaviy asarlaridan farq qiladi.

Dostonning beshinchi bobida "Xamsa" besh vaqt namozga qiyoslanadi [4.31]. Uni to'liq ado etmoqni burchi deb biladi. Ma'lum bo'ladiki, "Xamsa" turkiy xalqlar badiiy-estetik tafakkurining yuksak namunasi bo'lishi barobarida islom ma'rifati aks etgan benazir axloqiy-ta'limiy manba hamdir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, ulug' mutafakkir Alisher Navoiy ijodining irfoniy-falsafiy va adabiy-estetik asoslari Qur'oni karim va hadisi sharifga tayanadi. Buyuk shoir poetik mazmun va shaklda ham, poetik obraz va uslubda ham, badiiy san'atlarni qo'llash va vazn tanlashda ham ana shu ikki mo'tabar manbaga asoslangan. Eng ahamiyatli jihati, hazrat Alisher Navoiy islom ma'rifati asoslarini adabiy-estetik mezon bilib, asarlarida yuksak badiiy talqin etish barobarida, muqaddas dinimiz arkonlariga bir umr mukammal darajada amal qilib yashagan. Buyuk shoir hayoti va ijodi, ana shu fazilatlariga ko'ra ham, abadiyatga daxldor va barcha zamonlar uchun ibrat bo'la oladi.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. Vaqfiya. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. To'qqizinchi jild. -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

2. Alisher Navoiy. Layli va Majnun. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. Yettinchi jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

3. Alisher Navoiy. Mezon ul-avzon. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. O'ninchi jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

4. Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. Sakkizinchi jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

5. Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. Sakkizinchi jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

6. Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. Sakkizinchi jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

7. Alisher Navoiy. G'aroyib us-sig'ar. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. Sakkizinchi jild. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

8. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. /To'la asarlar to'plami. O'n jildlik. Oltinchi jild. -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2013.

9. ^aööopoB H. MaoHHH ax^HHHHr coxuökupohh. - TomKeHT: AgaöneT, 2021.

10. CaMng Ca^^ognö. OapxaHra HCTHHOXOTH Ba TatönpoTH HP^OHHH. TexpoH, 1992.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-19-30

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

8-fevral

11. Тарозий, Шайх Ахмад идн Худойдод. Фунуну-л-балога. - Тошкент: Хазина, 1996.

12. Хондамир, Гиёсиддин. Макорим ул-ахлок. - Тошкент: Академнашр, 2018.

13. Куръони карим ва узбек тилидаги маънолар таржимаси (Таржимон: Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф). - Тошкент: Х,илол-Нашр, 2020.

14. Ганиева С. Навоий ёдга олган асарлар. -Тошкент, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.