Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING MUAMMOSHUNOS SHOGIRDI VA UNING MILLIY ADABIYOT TARIXIDAGI O‘RNI'

ALISHER NAVOIYNING MUAMMOSHUNOS SHOGIRDI VA UNING MILLIY ADABIYOT TARIXIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1608
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mumtoz adabiyot / muammo janri / muammoshunoslik / “Mufradot” / Yusuf Badiiy / “Risolayi muammo” / qasida / milliy adabiyot. / классическая литература / проблемный жанр / проблемология / «Муфрадот» / Юсуф Бадий / «Рисолайская проблема» / ода / национальная литература.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamidulla Boltaboyev

Maqolada Alisher Navoiy muammoshunos sifatida e‟tirof etgan Yusuf Badiiy ijodiga munosabat, u haqdagi tazkiranavis va adiblarning qarashlari tahlil qilinadi. Navoiy da‟vati bilan Hirotga kelgani asoslanib, Yusuf Badiiyning “Risolai muammo”dan boshqa bir qancha risolalar bitgani ko„rsatiladi. Badiiyning “Devon”i haqidagi qarashlarga aniqlik kiritilib, uning shoir va olim sifatida o„zbek mumtoz adabiyoti tarixida tutgan o„rni belgilanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье анализируется отношение к творчеству Юсуфа Бидии, признанного Алишером Навои проблемологом, и мнения о нем писателей и писателей. На основании того, что он приехал в Герат по приглашению Навои, показано, что другие трактаты Юсуфа Бадия были закончены. Уточняются мнения о «девоне» художника, определяется его место как поэта и ученого в истории узбекской классической литературы.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING MUAMMOSHUNOS SHOGIRDI VA UNING MILLIY ADABIYOT TARIXIDAGI O‘RNI»

ALISHER NAVOIYNING MUAMMOSHUNOS SHOGIRDI VA UNING MILLIY ADABIYOT TARIXIDAGI O'RNI

Hamidulla Boltaboyev

O'zMU, filologiya fanlari doktori, professor, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Maqolada Alisher Navoiy muammoshunos sifatida e'tirof etgan Yusuf Badiiy ijodiga munosabat, u haqdagi tazkiranavis va adiblarning qarashlari tahlil qilinadi. Navoiy da'vati bilan Hirotga kelgani asoslanib, Yusuf Badiiyning "Risolai muammo"dan boshqa bir qancha risolalar bitgani ko'rsatiladi. Badiiyning "Devon"i haqidagi qarashlarga aniqlik kiritilib, uning shoir va olim sifatida o'zbek mumtoz adabiyoti tarixida tutgan o'rni belgilanadi.

Kalit so'zlar: mumtoz adabiyot, muammo janri, muammoshunoslik, "Mufradot", Yusuf Badiiy, "Risolayi muammo", qasida, milliy adabiyot.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется отношение к творчеству Юсуфа Бидии, признанного Алишером Навои проблемологом, и мнения о нем писателей и писателей. На основании того, что он приехал в Герат по приглашению Навои, показано, что другие трактаты Юсуфа Бадия были закончены. Уточняются мнения о «девоне» художника, определяется его место как поэта и ученого в истории узбекской классической литературы.

Ключевые слова: классическая литература, проблемный жанр, проблемология, «Муфрадот», Юсуф Бадий, «Рисолайская проблема», ода, национальная литература.

ABSTRACT

The article analyzes the attitude to Yusuf Bidii's artistic work, recognized as a problemologist by Alisher Navoi, and the views of writers and writers about him. Based on the fact that he came to Herat at the invitation of Navoi, it is shown that Yusuf Badii's other treatises were finished. The opinions about "Devon" of the artist are clarified, and his place as a poet and scientist in the history of Uzbek classic literature is determined.

Keywords: classical literature, problem genre, problemology, "Mufradot", Yusuf Badiiy, "Risolayi problem", ode, national literature.

8-fevral

106

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

^O:10.24412/2181-1385-2023-1-^

Ulug' o'zbek shoiri, qasida va muammo janrlari ustasi, adabiyotshunos va lug'atshunos olim Yusuf Badiiy Andijoniy haqida ma'lumot istaganlar dastlab ensiklopediya va lug'atlarga murojaat qiladilar. Taassufki, millat ko'zgusi bo'lgan "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" shoir haqida hech qanday ma'lumot berilmagan. "Alisher Navoiy "Qomusiy lug'at"i "Badeiy Mavlono Yusuf (Andijon -1485, Saraxs) - fors-tojik shoiri" deb tanishtiradi. [1.88] Tabiiyki, dastlabli ma'lumotning o'zi ta'bingizni xira qiladi. O'zi Andijonda tug'ilgan bo'lsa, bu shahar haqida Boburshoh "Eli turkdur. Shahri va bozorida turkiy bilmas kishi yo'qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur..." deb yozgan [2.34] bo'lsayu, qomusiy lug'at muallifí hech bir asossiz Yusuf Andijoniyni "fors-tojik shoiri"ga chiqarib qo'ygan bo'lsa. Hatto uning taxallusi o'zbekchada, Navoiy asarlarida "Badiiy" tarzida berilsa ham qomusdagi maqola muallifí uni negadir tojikcha talaffuz bilan "Badeiy" deb yozgan, tabiiyki, bunday yozuvni ko'rgan har bir o'quvchi uni "fors-tojik" ga mansub bo'lsa kerak, deb gumon qilishi mumkin. To'g'ri, maqolada shoirning fors tilida yozgan bayti keltirilib, muammoga doir risolasi tilga olinadi. Biroq Alisher Navoiy ham fors tilida she'rlar bitgan, muammo ilmiga doir risolasini fors tilida yaratgan, bu bilan "fors-tojik shoiri" bo'lib qolmaqdi-ku. Agar yozgan asarlari tilini asos qilib olsak, unda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino... - arab, Najmiddin Kubro - arab va fors, Ch.Aytmatov - rus bo'lib qoladi. "Qomusiy lug'at"dan "Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Hirotga kelib, Navoiy boshliq adabiy muhitda tarbiya topgan" degan ma'lumot olamiz.

Yusuf Badiiy Andijoniy haqidagi ilk ma'lumot Navoiyning "Majolisu-n-nafois» tazkirasida berilgani mutaxassislarga ma'lum. Shuningdek, "Xulosatu-l-axbor", "Habibu-s-siyar" (Xondamir), "Boburnoma" va "Aruz risolasi" (Bobur) asarlari ham Badiiy haqida ma'lumot beruvchi tarixiy manbalar sanaladi. Navoiy Samarqandda (1465-69) ekan, u bilan tanishgan, "Faqir tahsil uchun Samarqandg'a borg'anda, ul Andijondin keldi va anda faqir bila bo'lur erdi. Sig'arisin jihatidin she'rida xomlik bo'lsa, faqir isloh qilur erdim. Bot buzurgmanish va mutasavvir yigit bo'ldi va Xurosong'a kelib ko'p salohiyatlar ham kasb qildi. Faqirdin o'zga kishi aning she'rida so'z ayta olmas erdi. Bu matla' aningdurkim:

Gar badg 'in obu havo ko 'yat buvad manzilga ham,

Ne zuloli Xizr boyad ne dami ruhullaham1.

«Mir'ot us-safo» ("Soflik oyinasi" - H.B.) qasidasi tatabbuida bu bayti yaxshi voqe' bo'lubturkim:

1 Tap^HMacH: Arap KynaHr my cyB Ba xaBOCH 6raaH MeHHHr MaroH^HM 6yrca, Ha Xrop cyBH, Ha y^HK Tupn^Tupa o^agnraH [Hco] Ha^acH KepaK Ôy^agn. By Ba KeHHHrH 6aHT Tap^HMacH C.FaHHeBara Teram^H.

8-fevral

107

Duri maqsudjo 'yon majma ulg 'bahrayn shud sufi

2

Ki, bahre dar ast az chashmai har chashmi giryonash .

Muammo risolasi bitib, anda ko„p ish qilibtur. "Mansur" ismig'a bu muammo aningdurkim:

jjj^ (jl j Ijt^ [3.43] ^ jj jJ

Saraxsda favt bo'ldi. Mazori hazrat Shayx Luqmon xonaqohidadur. [4]

Badiiy haqida xabar bergan ikkinchi manba Xondamirning "Habibu-s-siyar f axbori afrodi bashar" asari bo'lib, uning "Saltanat va davlat sharafi Hazrat Sulton Husayn Mirzoga zamondosh bo'lgan sayyid, naqib, mashoyix, ulamo va fuzalo zikrida" bo'limiga yuzlanamiz: "Mavlono Yusuf Badiiy - Andijon viloyatidan. Kichik yoshligida u yerdan Samarqandga borib ilm-fan o'rgangan. Mansur xoqonning adolatli zamonida Movarounnahr o'lkasidan Hirotga tashrif buyurib, Amir Alisherning mehribonligi soyasi ostida orom topdi. Aruz ilmi, sanoye'i (badoye'), muammo fanidan sohibi vuquf edi. Muammo qoidalari bayonida bir foydali risola yozdi. Bu matla' uning o'sha manzumoti jumlasidan" deyilib, "Majolis..."da berilgan ilk bayt takrorlanadi [5.78].

Ushbu manba yuqorida Navoiy bergan ma'lumotlarni to'ldiradi, ya'ni Andijondan Samarqandga kichik yoshligida borib qolgani, u yerda ilm o'rganganini qayd etilib, "Mansur xoqon4ning adolatli zamonida", Hirotga kelgani va Navoiyning "mehribonligi soyasida" ijod qilgani aytiladi. Navoiy tilga olgan aruz, muammo ilmlari qatoriga Xondamir "sanoye'"ni ham qo'shadi. Xondamir hijriy 897-yili vafot etganini aniq ko'rsatgan, bu sana milodiy yil hisobida 1491/92- yilga to'g'ri keladi. ("Qomusiy lug„at"da 1485 (?) deb ko'rsatilgan).

Xondamirning boshqa bir "Xulosatu-l-axbor" asarining "Hidoyatli Amirning ayyomi davlatida doru-s-saltana Hirotda istiqomat qilgan va hozir (hijriy 905 -H.B.)da Tangri taoloning hukmi bilan dunyoning mehnat saroyidan jannatga ko'chgan ulamo va fuzalodin ba'zilarining zikri" bobida yana shunday eslanadi:

Tap^uMacu: Arap KynaHr my cyB Ba xaBocu öunaH MeHHHr MaH3unuM öynca, Ha Xrop cyBH, Ha ynuK Tupunrapa onaguraH [Hco] Ha^acu KepaK öynagu.

3

MeHH Ky3yM myHguH HypnuK öy^gHKHM, gycr TyTKaH MaxöyöuM Ky3yM xoHacuga Kengu. MyaMMOHH rynmaHun goMna enuö KypcaTraH: Hcm Moggacu "jj"" ("MyHaBBap") xaMga "jJ" ("gap") cy3napugyp. ^yHornu "jj"" (MyHaBBap) TaHCHCH aManu öunaH 3oxupgyp. "jJ" ("gap") na$3uHu Mypogu^u ("$h") gyp. Ma3Kyp ("$h")hh ^yMMan xucoöuga (90) Ty^coH agaggyp. yHH pa^aMH ("cog") xap^ugyp. Ma3Kyp "<^" ("cog")

Ma3Kyp xocun öynraH "jj"" ("MyHaBBap") ga gun öynuö KHpraHga "jj^j^" ("MaHcyp") öynyp. By xa^ga ^apaHr: Anumep HaBounHuHr MyaMMO ^aHpugaru TypKuryH xana^u / Hampra TanepnoBnu ^.^ypaeB. T.: ®aH, 2009. B. 43.

4 XycaHH Bon^apo Ky3ga TyTunraH. HaBouH KenrupraH MyaMMo "MaHcyp" ucMura öuTunraHuHu эгтн6opгa oncaK, MyaMMoHuHr enuMugaru ucm CynroH XycaÖH Bon^apora umopa.

8-fevral

108

"Mavlono Yusuf Badiiy ta'bi va zehnining nuqsonsizlig'i bilan ma'lum, doimo olijanob, sulton hazratlarining yaqin do'sti Amir Alisher mulozimatida kun kechirgan, uning in'omu ehsonlaridan bahramand bo'lgan, vafoti 897" [6.65] (milodiy 1492 - H.B.).

Ayni davrda yaratilgan uchinchi manba "Boburnoma"ning 911/1505-06-yillar bayonida Sulton Husayn Mirzo xususida so'z yuritib, "Shuarodin" zikrida "...Yana Yusuf Badiiy edi, Farg'ona viloyatidindur, qasidani yomon aytmas ekandur" deya qisqa xabar bergan [7.139]. Bobur "Aruz risolasi"da Ramal bahrining 59 vazniga misol tariqasida yuqorida Navoiy tilga olgan matla'sini bir oz o'zgarish bilan keltirgan [8.148]. Avvalroq baytning vazni xususida so'z yuritib, "Bu vazn (ramal -H.B.) forsiy va turkiyda ko'p shoyi'dur... Xoja Xisrav Dehlaviyning "Daryoyi abrori" bu vazndadur ulug' shoirlar lahu aksar tatabbu' qilibturlar. Mir Alisher Navoiyning "Tuhfatu-l-afkor"ining matla'icha kam voqi' bo'lubtur", deb yozgan va "Daryoi abror"ga tatabbu' qilgan Navoiydan tashqari, Hasan (Dehlaviy), Hofiz, Kamol (Xo'jandiy), Jomiy, Kotibiy, Salmon Sovajiy, Osafiy, Hiloliy, Shoh La'li Badaxshon, Shoh ibn La'li, Sayfi Yodgorbekdan keyin Yusuf Andijoniy yuqoridagi matla'sini misol qiladi. Boburning vazn haqidagi anglatmalaridan shu narsa ma'lum bo'ladiki, Navoiy keltirgan matla' Yusuf Andijoniy qasidasidan olingan ekan. Biroq Bobur uning boshqa bir asari Amir Xusravning "Mir'otu-s-safo" qasidasiga tatabbu' tarzida yozilganini aytadi va ikkinchi bir matla'ni keltiradi. Demak, bundan ma'lum bo'ladiki, Navoiy shoir Yusufning ikki qasidasini bilgan, xar ikkisi ham Amir Xusravning qasidalariga nazira qilingan. Ulardan biri "Daryoi abror"ga, ikkinchisi "Mir'otu-s-safo"ga tatabbu' tarzida yozilgan. Navoiy ma'lumot tugal bo'lsin uchun shoirning ikki qasidasining matla' (birinchi bayt)larini o'z tazkirasiga kiritgan.

Navoiyning "Majolis..." asaridan keyin uning ta'sirida yozilgan forsiy va turkiy tazkiralarda Navoiy bergan ma'lumot doirasi bilan cheklaniladi. Biroq Hasan Chalabiy Xinolizoda (1546-1604) "Tazkiratu-sh-shuaro" asari (1585-1586)ning 3-asl shoirlar bobida Navoiy g'azallariga tatabbu' bog'lagan Ahmad Posho qatorida Badiiyni keltiradi. Bundan tazkiranavis Badiiy baytini "Tuhfatu-l-afkor"ga tatabbu' qilib yozgan, deb tushungan [9.56-64].

XX asr manbalaridan Ozarboyjonda chiqqan Farhod Og'azoda tomonidan qisqa tarjimai hol "Adabiyot majmuasi"da chop etilgan. [10.27] Navoiy tarjimai holida (1914) "Alisher Navoiy Samarqandda mo'tabar ash'or sohibi Mavlono Yusuf Badiiy Andijoniy bilan tanishdi" deb yozilgan. [11.129-132]Ayni ma'lumot 1914-16-yillar davomida "Dirilik" ("Tiriklik")

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-106-113

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

8-fevral

jurnalining bir necha sonida e'ion qilingan tarjimai ahvoli ham ushbu ma'lumot takror keltirilgan.

Tojik olimlari U.Toirov va S.Saidalining "Qomusi qofiya va aruzi she'ri a^am"ida shunday ma'lumot bor: "Bade'fl Mavlono Yusuf (sanai tavallud noma'lum - vaf. 1485, Saraxs), fors-tojik aruzshunosi va donishmandi... zamonidagi donishmand kishilarining oldingisi bo'lib, aruz va muammo ilmlarida dastbolo bo'lgan. Muammo va aruz qoidalari bayonida risolalar ta'lif qilgan" [12.82]. Bu xabar qaysi manba asosida ekani noma'lum, biroq mualliflar "aruziy risola"si borligi ham aytmoqda. Bundan ma'lum bo'ladiki, "Qomusiy lug'at"dagi fîkrlar, asosan, ushbu adabiyotdan olingan, uning vafot sanasidagi xatolik ham ayni bir xil. Natijada Yusuf Badiiy Andijoniy tojik olimlari yozganidek, "fors-tojik shoiri"ga aylanib qolgan.

Biz ham yuqoridagi manbalar asosida "Adabiyot ensiklopediyasi"da vafot yilini 1492 deb belgilagan holda, uning risolalari "saqlanmagan" degan fikrni takrorlagan edik [13]. Keyingi kuzatishlar davomida aniqlandiki, Yusuf Badiiy Andijoniyning "Muammo risolasi" O'zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanar ekan. Zukko muammoshunos olim, filologiya fanlari doktori Jaloliddin Jo'rayev O'zRFA Sharqshunoslik instituti Qo'lyozmalar xazinasidagi muammoga oid risolalarni sinchiklab o'rganganda, Yusuf Badiiy Andijoniy nomi bilan bog'liq ikki risolani ko'radi. Ular 2893/IV va 9005/VI raqamli qo'lyozmalardir. Katalogda 4-lluj

f^l - (Badiiyning "Muammo risolasi", 40 ismga) tarzida ko'rsatilgan. Asar muammo janriga oid boshqa risolalar bilan birga bir jildda kitobat qilingan. Tadqiqotchining aniqlashicha, "136a varaqda qora qalam bilan noma'lum kishi tomonidan mayda arab yozuvida ^A? (Badiiy muammolari muallif

qalami bilan yozilgan) so'zlari bitilgan. Asar nihoyasidagi:

(Mazmuni: Tugagani uchun Allohga hamd va nabi alayhissalomga salavot bo'lsin, Faqir Badiiy yozdi) ishoralari ham buni tasdiqlaydi.

Asar tarkiban basmala, hamdala, na't va sababi ta'lif hamda asosiy qismdan iborat. Sababi ta'lifda ayilishicha, muallif kishida malollikka sabab bo'ladigan muammo ta'rifi, amallar bayoni kabilardan xoli bo'lgan, faqat muammo yuzasidan tasavvur hosil qila oladigan qirq muammoni keltirishni maqsad qilganligini zikr etgan (136b-137a). Shundan keyin qayd qilingani kabi turli nomlarga yozilgan muammolar berilgan. Hoshiyada keltirilgan misol qaysi qoidaga to'g'ri kelishi qizil rangda qayd qilib borilgan " [15.2].

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-106-113

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

[14.140a].^A? J^ °JJ^ .f^ll 4ilc Ajjj Jc aljl^ll J ^Lj^l Jc ^ A^Jl j

8-fevral

Shuningdek, O'zRFA Sharqshunoslik institutida Yusuf Badiiy nomi bilan bog'liq bir necha lug'atlar uchraydi. Bular 9 nomda: "Tajnisu-l-lug'ot" (11518/VI, 10455/XIV, 11807/II), "Risolai lug'ot" (1380/II), "Se lug'oti Badiiy" (10088/VII), "Qasida dar halli lug'ot" (3223/II), "Salasa se lug'at" (9987/II), "Manzum dar bayoni lug'ot" (8574), "Nazmu-l-salosa fi-l-lug'ata" (3809/II), "Nazmu-l-salasot"(4818/ÏÏI), "Lug'ot" (5250/III) nomlari bilan yetib kelgan. Ular orasida nisbatan tanilgani "Tajnisu-l-lug'at"da 100 fiqraning har birida uchtadan tajnis so'zlar berilib, ularning ma'nolari ochib berilgan. "Qasida dar halli lug'ot" esa nazmda bitilgan. Deyarli hamma lug'atlar Badiiy tomonidan yozilgani aniq ko'rsatilgan. Masalan, so'nggi qo'lyozmada shunday baytlar bor:

^ lj ^ ùPt û*l

¿Lui j fU ^A ^j jl jl^jjj j^ ^jJ 12

Cijii^ ^il j A i uñ jlij^ ^J^lj j^

[16j^ j ^jl Aí <jl jl^

Erondagi vikipediyalarda shoir Yusuf Badiiy haqida ma'lumotlar berilgan bo'lib, ular Samarqandda yashaganini inobatga olib, "Andijoniy-Samarqandiy" nisbasi bilan tilga oladi va vafot sanasini milodiy 1492 deb ko'rsatadi hamda "Kitobxonai madrasai fuqaho"da "Devoni Badiiyi Andijoniy-Samarqandiy" saqlanishi haqida ma'lumot byeriladi [17].

Boshqa bir manbada Xondamir Navoiy xabarlariga tayanib, so'nggi yillarda yozilgan tazkiralarda, jumladan, Vola Dog'istoniyning "Riyozu-sh-shuaro" ("Kitobxonai Milliyi mulk"da 4301 raqami bilan saqlanadi) tazkirasida umrining oxirida Saraxsda yashagani uchun "Badiiy Saraxsiy" nomi bilan zikr etilgan. Ma'lumotnomada shunday fikrlar bor: "Muammo fani ustasi bo'lgan, "Sharhi muammo" va boshqa nujum ilmiga bag'ishlangan asar (!) yozgan. Bu risola 894/1489 yili yozilgan bo'lib, 10 shajaraga bo'linadi. Asarning bir qo'lyozmasi Panjobdagi Husayn kutubxonasida saqlanadi (3j). "Mir'otu-s-safo" qasidasi mashhur. Shoirning "Salasoti manzum" yoki "Nisobi musallas" asarini yozgan" [18](bu asar Toshkentda saqlanadigan qshlyozmalar tarkibida ham uchraydi) deb yozilgan. Shuningdek, Davlatshohning "Tazkiratu-sh-shuaro", Muhammad Muhsin Oqobuzurg Tehroniyning "Az-Zariya ala tasonifi-l-shia" (Bayrut, 1983), "Forsiy dar Eron va dar zaboni forsiy to poyoni qarni dahhumi hijriy" ("Eronda forsiy va hijriy X asrgacha fors tilida asar

8-fevral

111

bitganlar", Tehron, 1363), A.Xayyompurning "Farhangi suxanvoron" (Tabriz, 1340) asarlarida ham ma'lumotlar borligi ko'rsatilgan [19].

Ko'rinadiki, ushbu manbalarni ham qiyosan o'rganishga ehtiyoj bor. Lekin biz o'rgangan manba adabiyotlar shunday xulosa qilishga imkon beradi:

Mavlono Yusuf Badiiy Andijoniy bolalikda Samarqandga kelgan ("Samarqandiy" nisbasi shuning uchun qo'shilgan), Qozizoda Rumiy madrasasida tahsil olgan. Navoiy bilan ko'rishgan, she'rlaridagi ayrim nuqsonlarni faqat Navoiygina isloh qilib bergan. Husayn Boyqaro uni Hirotga chorlagan (Husayn Boyqaroga - "Mansur" muammo bag'ishlagani bunga asos bo'ladi). Navoiy homiyligida yashab ijod etgan, "Devon" tuzgan ("Kitobxonai madrasai fuqaho"). Xusrav Dehlaviy va Navoiyga tatabbu' qilib qasidalar bitgan. "Risolayi muammo" asari mashhur (uning qo'lyozmalari Toshkentda saqlanadi). "Tajnisu-l-lug'ot" (11518/VI, 10455/XIV, 11807/II), "Risolai lug'ot" (1380/II), "Se lug'oti Badiiy" (10088/VII), "Qasida dar halli lug'ot" (3223/II), "Salasa se lug'at" (9987/II), "Manzum dar bayoni lug'ot" (8574), "Nazmu-l-salosa fi-l-lug'ata" (3809/II), "Nazmu-l-salasot" (4818/III), "Lug'ot" (5250/III) nomlari bilan yetib kelgan 9 ta lug'at tuzgan (ularni o'rganish asnosida ayrimlari takror bo'lganini kuzatish mumkin). Badiiy san'atlar (Xondamir), aruz (Navoiy, Bobur) va nujum ilmiga (Tehron vikipediyasi) oid risolalar bitgan. Yusuf Badiiy Andijoniyning "Muammo risolasi" va "Tajnisu-l-lug'at" asarlari o'zbek tiliga f.f.d. J.Jo'rayev tomonidan tarjima qilingan.

REFERENCES

1. Алишер Навоий. комусий лугат / Макола муаллифи Э.Очилов. Т.: "SHARQ" НМАК, 2016.

2. Захириддин Мухаммад Бобур. Бобурнома. Т.: "Шарк" НМАК, 2002.

3. Алишер Навоийнинг муаммо жанридаги туркигуй халафи / Нашрга тайёрловчи Ж.Жураев. Т.: Фан, 2009.

4. Алишер Навоий. Мажолису-н-нафоис, МАТ. 13-жилд / Нашрга тайёрловчи С.Ганиева. Т.: Фан, 1997.

5. Гиёсиддин ибн Хумомиддин Хондамир. Х,абибу-с-сийар фи ахбори афроди башар (Башар ахли сийратларидан хабар берувчи дуст). Форс тилидан Ж.Х,азраткулов, И.Бекжонов таржимаси / Т.: Узбекистан, 2013.

6. Навоий замондошлари хотирасида. Т.: Фан, 1986.

7. Захириддин Мухдммад Бобур. Бобурнома. Т.: "Шарк"

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-106-113

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

НМАК, 2002.

8-fevral

8. Бобир. Мухтасар / Нашрга тайёрловчи Саидбек Хдсан. Т.: Фан, 1971.

9. Eyduran A. Kinalizade Hasan falabi. Tezkitetu§r§uara. IncelemerTenkidli Metin. GUCBE, Doktora Tezi. Ankara, 1999; §air Tezkireleri / Haz. [Haluk Ipekten] Mustafa Isen, Filiz Kilif, I. Hakki Aksoyak, Aysun Eyduran. Ankara, 2002.

10. Agazads F. 9li§ir Nsvai // Dirilik. 1914. № 2. s. 33-34: Кайта нашри: 9li§ir Nsvai Azsrbaycan sdsbiyyat^ünasligmda. Msqabbr toplusu. Baki: Qartal, 2009.

11.

12. Тоир У., Сайдали С. Комуси кофия ва арузи шеъри Ачам. Ч.1. Душанбе: Ирфон, 1994.

13. БолтабоевX Адабиёт энциклопедияси. -Т.: MUMTOZ SO„Z, 2015.

14. Бадиий. Рисолаи муаммо. УзР ФА Шаркшунослик институти асосий фонди. 2893/IV ракамли кулёзма. 140а-варак.

15. ЖураевЖ. Юсуф Бадиий Андижонийнинг "Муаммо рисоласи" хдкида.

16. Кулёзма. УзРФА Алишер Навоий номидаги Давлат адабиёт музейи.

17. Бу хакда каранг: Болтабоев X. Алишер Навоийнинг илк юбилейи // Жахрн адабиёти. 2016. №2. Б.129-137.

18. www.eshia.ir;www.howza.net

19. www.howza.net

20. www.dictionary.abadis.ir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.