Научная статья на тему '"DEVONI FONIY"-NAVOIY IJODINING GULTOJI'

"DEVONI FONIY"-NAVOIY IJODINING GULTOJI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
622
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asar / masal / g`zal / tuzilgan / o`ziga xos. / work / parable / beautiful / structured / original.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. Xudoyorova

"Devoni Foniy" ("Foniy devoni") — Alisher Navoiyning Foniy taxallusi bilan forsiy tilda yozgan sheʼriy asarlari majmuasi. Navoiy bu devonini umrining soʻnggi yillarida, taxminan 1492—98 yillar orasida tuzgan. Ulug shoir "Muhokamat ul-lugʻatayn" asarida oʻzining forsiy tildagi sheʼrlaridan Xoja Hofiz Sheroziy devoniga oʻxshatib ("Xoja Hofiz tavrida") devon tuzganini maʼlum qilarkan, shunday deydi: "Yana forsiy gʻazaliyot Xoja Hofiz tavridakim, jameʼ suxanadolar va nazmpiyrolar nazarida mustahsan va matbuʼdir, tartib beribmenkim, olti mingdan abʼyoti adadi ("baytlar miqdori") koʻprakdurki, koʻprak ul hazratu (Xoja Hofiz) sheʼriga tatabbuʼ voqeʼ boʻlubdur".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"DEVONI FONIY" A MASTERPIECE OF CREATIVITY OF NAVOI

Devoni Foniy (Devoni Fonii) is a collection of poetic works written in Persian by Alisher Navoi under the pseudonym Foniy. Navoi made this divan in the last years of his life, approximately between 1492-98. In the work “Muhokamat ul-lugatayn”, the great poet said that he created a sofa from his Persian poems similar to the sofa of Khoja Hafiz Shirazi (“in the manner of Khoja Hafiz”), he says: “Again Persian poetry in the style of Khoja Hafiz mustashan and matba in the eyes all sukhanados and poets. As I have ordered, there are more than six thousand verses (“number of stanzas”), and many of them are inspired by the poetry of Khoja Hafiz.

Текст научной работы на тему «"DEVONI FONIY"-NAVOIY IJODINING GULTOJI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"DEVONI FONIY"-NAVOIY IJODINING GULTOJI Xudoyorova Nigora Nuriddinovna

Termiz muhandislik -texnologiya instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7140388 Annotatsiya. "Devoni Foniy" ("Foniy devoni") — Alisher Navoiyning Foniy taxallusi bilan forsiy tilda yozgan she'riy asarlari majmuasi. Navoiy bu devonini umrining so'nggi yillarida, taxminan 1492—98 yillar orasida tuzgan. Ulug shoir "Muhokamat ul-lug'atayn" asarida o'zining forsiy tildagi she'rlaridan Xoja Hofiz Sheroziy devoniga o'xshatib ("Xoja Hofiz tavrida") devon tuzganini ma'lum qilarkan, shunday deydi: "Yana forsiy g'azaliyot Xoja Hofiz tavridakim, jame' suxanadolar va nazmpiyrolar nazarida mustahsan va matbu'dir, tartib beribmenkim, olti mingdan ab'yoti adadi ("baytlar miqdori") ko'prakdurki, ko'prak ul hazratu (Xoja Hofiz) she 'riga tatabbu' voqe' bo 'lubdur".

Kalit so^zlar: asar, masal, g 'zal, tuzilgan, o^ziga xos.

"ДЕВОНИ ФОНИЙ" - ШЕДЕВР ТВОРЧЕСТВА НАВОИ Аннотация. «Девони фоний» («Девоны фоний») представляет собой сборник поэтических произведений, написанных на персидском языке Алишером Навои под псевдонимом Фоний. Навои составил этот диван в последние годы своей жизни, примерно между 1492-98 гг. В произведении «Мухокамат ул-лугатайн» великий поэт сообщил, что создал из своих персидских стихов диван, подобный дивану Ходжи Хафиза Ширази («на манер Ходжи Хафиза»), он говорит: «Опять персидский поэзия в стиле Ходжи Хафиза мусташан и матбу в глазах всех сукханадо и поэтов.Как я упорядочил, насчитывается более шести тысяч стихов («количество строф»), и многие из них навеяны поэзия Ходжи Хафиза.

Ключевые слова: произведение, притча, красивая, структурированная, оригинальная.

"DEVONI FONIY" - A MASTERPIECE OF CREATIVITY OF NAVOI Abstract. Devoni Foniy (Devoni Fonii) is a collection of poetic works written in Persian by Alisher Navoi under the pseudonym Foniy. Navoi made this divan in the last years of his life, approximately between 1492-98. In the work "Muhokamat ul-lugatayn", the great poet said that he created a sofa from his Persian poems similar to the sofa of Khoja Hafiz Shirazi ("in the manner of Khoja Hafiz "), he says: "Again Persian poetry in the style of Khoja Hafiz mustashan and matba in the eyes all sukhanados and poets. As I have ordered, there are more than six thousand verses ("number of stanzas"), and many of them are inspired by the poetry of Khoja Hafiz.

Keywords: work, parable, beautiful, structured, original. KIRISH

"Devoni Foniy"dagi she'rlarning katta qismini Navoiy salaflari va zamondoshlarining g'azallariga yozilgan tatabbular tashkil etadi. 554 g'azaldan 237 tasi Hofiz Sheroziy, 52 tasi Abdurahmon Jomip, 33 tasi Xusrav Dehlaviy, 25 tasi Sa'diy Sheroziy, 5 tasi Mavlono Kotibiy, 5 tasi Mavlono Shohiy, 4 tasi Kamol Xo'jandiy va b. shoirlarning g'azallariga bog'langan. Bunda eng ko'p g'azal Hofiz Sheroziy g'azallariga bog'langani va uning she'rlaridan ilxomlanib yozilgani Navoiyning bu buyuk iste'dod egasiga ixlosi yuksak bo'lganidan dalolat beradi. "Devoni Foniy"dan Navoiy (Foniy)ning o'z original gazallari ham o'rin olgan. Shoir ularni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Muxtara", "Ixtiro" deb atab, shu yo'sinda tatabbulardan ajratib ko'rsatgan. Shoirning tatabbu, muxtara she'rlarida ishq-muhabbat mavzui ham dunyoviy, ham tasavvufiy-majoziy uslublarda kuylangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Alisher Navoiy arab,forsiy va turkiy tillarni mukammal bilgan holda ushbu tillarda sermahzum ijod etgan.Xususan,bu jihatlar uning she'riyatida ham yaqqol ko'zga tashlanadi.Alisher Navoiyning turkiy tildagi she'riyati shoirning jahoniy shuhratini ta'min etgan bo'lsa,fors-tojik tilida bitgan she'rlari ham uning forsigo'ylar orasida ulkan mavqega ega ekanligini yana bir karra tasdiqladi.Shunisi borki,ikki tilda yaratilgan she'riyat ham Alisher Navoiy kabi buyuk daho qalamiga mansub ekan,ularni yaxlit holda o'rganish va talqin qilish lozim.Chunki shoirning oliyjanob maqsad va fikrlari,yaratgan timsol(obraz)lari har ikki tilda bitgan she'riyatda ham ifoda etilgan.Farq esa -ana shu tillarning xususiyatlarida kelib chiqqan bayon uslubida kuzatiladi.Xuddi shu masala Alisher Navoiy-Foniyning quyidagi mashhur qit'asida bayn etilgan:

Ma'niyi shirinu ranginam ba turki behad ast ,

Forsi ham la'lu durhoyi samin gar bingari.

Go'iyo dar rastayi bozori suxan bikshudaam,

Yak taraf do'koni qannodiyu yak so' zargari.

("Devoni forsi "Dushanbe ,"Irfon",1993-s,301)

Mazmuni:Turkiy tilda shirin ma'nolar ,badiiy go'zal asarlarim ko'pdir.Forsiy she'rlarim ham qimmatbaho gavharlardir.Bu bilan go'yo so'z bozorining bir tomonida shirinliklar do'koni-yu,ikkinchi tomonida zargarlik do'konini ochgandekman.

TADQIQOT NATIJALARI

Bunda ulug' shoir ikki tilda yozgan asarlarining bir xil qimmat va ahamiyatga ega ekanligini chiroyli badiiy tasvirda ifoda eta olgan.Buni hech kim inkor eta olamaydi,aslida ham xuddi shunday.

Mir Alisher Navoiy asosan va ko'proq turkiy tilda ijod qilsalarda, forsiy she'rlar yozishni ham yoshliklaridan umrlarining oxirigacha davom ettirgan edilar .Natijada bu tilda yaratilgan asarlar anchagina miqdorda to'planib qolib,shoir ularni devon holiga keltirishga shoshilmasdi.Alisher Navoiyning bu tildagi she'rlaridan xabardor bo'lgan Sulton Husayn Boyqaro ularni ham to'plashga buyurgan ekan.Bu holni Alisher Navoiyning Sulton Husayn Boyqaroga yozgan bir maktubidan bilish mumkin:

"Alhamdulillah v-al-minna bu uchurda hukm ,yo'suni bila forsiy parish abyot va parokanda ash'orni yig'ib,devon yo'sunluk jild qilinib erdi,Yusuf Alidin tobudg'a yuborildi.Umid ulki ,qabul davlatig'a muzayyan va pisand saodatig'a musharraf va mustahsan bo' lg' ay"(MAT,14-tom,219-bet).

Bu maktubda devonning tuzilgan yili va nomi eslatilmagan bo'lsa-da ,ammo bularga ishorani "Muhokamat-ul -lug'atayn"da (bu asar 905-hijriy-1499-1500 milodiy yilda yozilgan)berilgan quyidagi malumotda uchratish mumkin:"Yana forsiy g'azaliyot devoni...tartib beribmenkim,olti mingdan abyoti adadi koprakdur "(Asarar,15tomlik 14-tom,125-bet).

Demak,forsiy she'rlar devoni 905-hijriy,1499-1500-milodiy yildan oldin-taxminan 1490-yillarning ikkinchi yarmida tartib berilgan.Undagi she'rlarda Foniy taxallusi qo'llanilganligidan uni "Devoni Foniy"tarzida atash odat bo'lib qolgan."Devoni Foniy"ning muallif qalamiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mansub dastxat (avtograf)nusxasi nomalum bolsa-da,ammo undan ko'chirilgan nusxalardan yettitasi hozirda malum. Ularning ikkitasi Parij,ikkitasi Turkiya ,ikkitasi Hirot va bittasi Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda.Adabiyotshunos va matnshunos Hamid Sulaymonovning etiroflaricha ,bu nusxalardan Parij Milliy kutubxonasidagi ikki nusxa ancha mukammalroqdir".2

Bu tadqiqotda "Devoni Foniy"ning besh nusxasidan (2ta Parij,2ta Turkiya va 1ta Tehron)soz boradi.Bu devonning Hirotdagi ikkita nusxasi esa Eron olimi Ruhiddin Humoyun Farrux tomonidan foydalanilganligini Ali Muhammadiy eslatadi.

MUHOKAMA

Demak,"Devoni Foniy"da jami 1109 ta asar bor bolib ,ular 6197 baytni tashkil etadi.Ammo bu orinda Alisher Navoiyning forsiy tilda bitgan muammolari soni haqida "besh yuzga yaqin muammo" (Asarlar,15tomlik,14-tom,125-bet)degani e'tiborga olinib,bu e'tirof Parij nusxalaridan muammolar soni (373)bilan solishtirsa,unda Parij nusxalari ham "Devoni Foniy"ning mukammal nusxalari bo la olmasligini korsatadi.Bu fikrni Alisher Navoiyning "Muhokamat-ul-lug'atayn"da forsiy she'rlari janrlari qatorida "masnaviy"ni eslatishi va bu janrdagi asarning esa Parij nusxalarida uchramasligi yana bir karra tasdiqlaydi."Devoni Foniy"ning bizgacha malum bo'lgan qismida son jihatdan eng koplari g'azal,muammo,ruboiy va qitadir.Boshqa janrdagi asarlar son jihatidan (eng koplari )ancha kam.Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib,ular haqida bazi mulohazalarni bayon etmoqchimiz:

l.Gazal.Devonda g azal yetakchi o rinni egallaydi.Ularni ko zdan kechirgan Hamid Sulaymon,Shoislom Shomuhammedov,Alisher Shomuhammedov,Yoqubjon

Is hoqov,Abdulg ani Mirzoyev,Rasul Hodizoda kabi allomalarning tadqiqotlari shundan guvohlik beradiki Alisher Navoiyning forsiy tildagi gazallari ozining mazmun va badiiyati nuqtai nazaridan ulug' shoirning kop qirrali mahoratining natijalari bolib,bazi bir xususiyatlari bilan ozbek tilidagi gazallaridan ajralib ham turadi.

XULOSA

Bunday takrorlanmas xususiyatlardan kelib chiqib, forsiy gazallarni ikki guruhga ajratiladi:birinchi-tatabbu'; ikkinchisi-muxtara'

REFERENCES

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. "Muhokamat -ul-lug'atayn".Alisher Navoiy .Asarlar.15tomlik,14-tom,119-bet.

3. Hamid Sulaymon .Tekstologicheskiye issledovaniye liriki Alishera Navoi.

ADD,Tashkent ,1961,str 38-39.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.