Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IRFONIY G‘OYALARNING TURKIY TALQINI'

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IRFONIY G‘OYALARNING TURKIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

847
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tariqat / tasavvuf / ma‟rifat / ko'ngil / o'zlik / er / eran / ruh / nafs / секта / мистицизм / просветление / разум / самость / эр / эран / дух / самость.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zulayho Rahmonova

Turkiy tasavvufiy adabiyotning tom ma‟noda shakllanishi Xoja Ahmad Yassaviy nomi bilan bog„liq. Ammo Alisher Navoiy ijodining tasavvufiy maslakning turkiy ifodasi takomilida alohida o„rni bor. Mazkur maqolada irfoniy g„oyalarning turkiy talqinlarida Navoiyning shoirlik mahoratidan bahs yuritilgan. Turkiy so„zlarning istiloh darajasiga ko„tarilishi, turkiy ruhning ustuvorligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Буквальное формирование тюркской мистической литературы связано с именем Ходжи Ахмеда Яссави. Но особое место в совершенствовании турецкого выражения мистического маслака занимает творчество Алишера Навои. В данной статье рассматриваются поэтические способности Навои в турецких интерпретatsiях мистических идей. Подчеркивается подъем турецких слов до уровня терминов, приоритет турецкого духа.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IRFONIY G‘OYALARNING TURKIY TALQINI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-83-89

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

ALISHER NAVOIY ASARLARIDAIRFONIY G'OYALARNING TURKIY

TALQINI

Zulayho Rahmonova

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya

fanlari bo'yicha falsafa doktori

ANNOTATSIYA

Turkiy tasavvufiy adabiyotning tom ma'noda shakllanishi Xoja Ahmad Yassaviy nomi bilan bog'liq. Ammo Alisher Navoiy ijodining tasavvufiy maslakning turkiy ifodasi takomilida alohida o'rni bor. Mazkur maqolada irfoniy g'oyalarning turkiy talqinlarida Navoiyning shoirlik mahoratidan bahs yuritilgan. Turkiy so'zlarning istiloh darajasiga ko'tarilishi, turkiy ruhning ustuvorligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: tariqat, tasavvuf, ma'rifat, ko'ngil, o'zlik, er, eran, ruh, nafs.

АННОТАЦИЯ

Буквальное формирование тюркской мистической литературы связано с именем Ходжи Ахмеда Яссави. Но особое место в совершенствовании турецкого выражения мистического маслака занимает творчество Алишера Навои. В данной статье рассматриваются поэтические способности Навои в турецких интерпретatsiях мистических идей. Подчеркивается подъем турецких слов до уровня терминов, приоритет турецкого духа.

Ключевые слова: секта, мистицизм, просветление, разум, самость, эр, эран, дух, самость.

ABSTRACT

The literal formation of the Turkic mystical literature is associated with the name of Khoja Ahmed Yassavi. But a special place in the improvement of the Turkish expression of the mystical maslak is occupied by the work of Alisher Navoi. This article discusses the poetic abilities of Navoi in Turkish interpretations of mystical ideas. The rise of Turkish words to the level of terms, the priority of the Turkish spirit is emphasized.

Keywords: sect, mysticism, enlightenment, mind, self, er, eran, spirit, self.

Fors va arab so'fiyona she'riyatining paydo bo'lishi va tadrijiy bir shaklda mukammallikka erishuvi Bobo Tohir (vaf.

8-fevral

83

1010), Abu Said Abul Xayr (vaf. 1049), Xoja Abdulloh Ansoriy (vaf. 1088), Hakim Sanoiy (vaf. 1131), Umar Al-Foriz (vaf. 1235) nomlari bilan bog'liq. Ular tasavvufîy tushunchalarning she'riyatdan o'rin egallashida boshlovchilardan bo'ldi. Turkiy adabiyotdagi ilk ma'rifiy dostonlar "Qutadg'u bilig" va "Hibat ul-haqoyiq" zuhdiy g'oyalarni aks ettirsa-da, chinakam turkiy tariqat asoschisi va turkiy so'fiyona she'riyatning boshlovchisi Xoja Ahmad Yassaviydir. Yassaviyshunos Ibrohim Haqqul bu haqiqatni "Ahmad Yassaviy" risolasida: "Ahmad Yassaviy o'z ona tilini birinchi bo'lib tariqat tili maqomiga ko'tardi. Shuning uchun she'rlaridagi har bir so'z va har bir ibora islom haqiqatlari qadar muqaddas, nurli va ilohiydir", - deya ilmiy asoslagandi. Ta'kidlash joizki, Ahmad Yassaviy asarlari asrlar osha xalq tili, xalq ohangiga yaqinligi bilan butun turkiy xalqlar qalbidan chuqur o'rin egalladi. Shubhasiz, turkiy tasavvuf adabiyotining paydo bo'lishi va rivojlanishi Yassaviy nomi bilan bog'liqdir. Mahmud As'ad Jo'shon hazratlari "... Yo'lni hazrat Yassaviy ochgan, Yunus Emro esa shu yo'ldan yurganlardan biri", - degan edi. Darhaqiqat, Yunus Emro hikmatnavislikda ustodi Ahmad Yassaviy kabi so'fiyona she'riyatga, irfoniy tasavvufiy adabiyotga turkiy tilning jozibasini olib kirdi. Tasavvufiy zavq-shavq uning ilohiylarida turkona ruhni aks ettirdi. She'r ritmi, jazbayu hassosiyat, axloq tarbiyasida turkiy evrilish bo'ldi. Natijada, turkiy til orqali tasavvuf hikmatlari xalq yuragiga yanada yaqinlashdi.

Biroq badiiy-irfoniy adabiyotdan so'z ketganda, turkiy olamda Alisher Navoiyning alohida o'rni bor. Mutasavvif shoir tasavvufiy maslak va tushunchalarni bemisl san'atkorlik bilan ifoda etdi. Avvalo, mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy ijodiyoti Alloh taologa muhabbat, Unga chin qullikning ifodasidir. Aslida bu asarlar bani basharning nafsini tanishi hamda ma'rifatulloh va ishqullohga erishishini ko'rsatadi, biroq bu talqinlarda turkiy ruhning mavjudligi muhimdir. Navoiy adabiy tilda forsiy va arabiy so'zlarni keng qo'lladi va ta'kidlash joizki, ularning turkiy tilda ishlatilishini qonunlashtirdi. Biroq unda turkiy tasvir va talqin hamisha ustuvor bo'lgan. Avvalo, Navoiy Yaratuvchi, Birubor Alloh taoloni ba'zan turkiy Tengri lafzi bilan ataydi.

satrlarida shoir Yaratuvchi, Odam, ishq, oshiq, ma'shuq haqida komil bir tasavvur uyg'otgan. Adabiyot hamida axloqqa erishish, xotami nabiy Rasululloh (sav) xulqi bilan xulqlanishdir. Albatta, bu insonning foniy dunyodagi

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-83-89

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

Tengri chun odamni maxluq ayladi, O'zni oshiq, oni ma'shuq ayladi[1: 181],

ma'naviy valodati hisoblanadi. Ushbu ma'naviy safar natijasida hadisi sharifda aytilganidek: "Allohga xuddi Uni ko'rib

8-fevral

turgandek, agar sen Uni ko'rnasang, U seni ko'rib turgandek ibodat qilish"ga, ya'ni Ehson maqomiga erishiladi. Shu ma'noda tariq, tariqat tasavvufda bir istilohdir. Navoiy tariqat mazmun-mohiyatini turkiy "Yo'l" so'ziga yuklaydi. Va uning asarlarida "yo'l" istiloh darajasiga ko'tarilib, hatto "Haq yo'li", "Tengri yo'li" birikmalari ham qo'llaniladi. "Mahbub ul-qulub"da o'qiymiz: "Tavakkul Haq yo'lida vosita asbobin raf qilmoqdur va vasila hijobin daf qilmoq... Tavakkul ahlikim, maqsud vodiysig'a qadam qo'yubduгlaг yo'l zodi Haq xoni ehsonidin bilibdurlar" Nafs tarbiyasidagi ma'naviy yo'l xaritasi "Lison ut-tayr" asarida bosqichma-bosqich ko'гsatilgan. Va bu yo'llami bosib o'tishdagi hollar tasvirlangan. Bir o'rinda shoir shunday deydi:

Bu yo'lning ozig'i dardu balodir. Uni chekkuvchi esa qalbdir. Navoiychalik turkiy Ko'ngil so'zini ta'rif tavsif aylagan boshqa shoirni uchratish mushkul. Tasavvuf ishq va irfon safaridir. "Hayrat ul-abror" dostonida esa bu yo'lchilikning betakror tasvirini ko'гamiz. Ma'lumki, dostonning XVII bobi "Ko'ngil ta'гifida..." deb ataladi va shoir azalda Xoliqning maqsadi Odami xokiy emas, balki ko'ngil ganjinasi ekanligini, shu bois kasbi kamolot aynan ko'ngilga, ruhga xosligini ta'kidlaydi:

Solik ani arshi muallo dedi, So'fi ani olami kubro dedi. Ka 'baki, olamning o 'lub qiblasi, Qadri yo 'q andoqki ko 'ngul ka 'basi. Kim bu xaloyiqqa erur sajdagoh, Ul biri xoliqqa erur jilvagoh[2: 73].

Solik uchun "arshi muallo", so'fiy uchun "olami kubro" sanalgan, xaloyiqqa sajdagoh olam Ka'basidan ko'ra Xoliqqa jilvagoh ko'ngil ka'basi qadrliroq ekanligi ko'ngil safarining badiiy talqini bo'lgan "Lison ut-tayr"da shunday bayon qilinadi:

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-83-89

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Yo 'l g'amidur maqsadu maqsud uchun, Kim yer ul g 'amni ko 'ngul behbud uchun. Ondakim yo 'qtur bu g 'am — er ermas ul, Zod g 'amdin topti qat ' etgan bu yo 'l.

Ko 'nglin oning maxzani irfon qilib,

Ul tilism ichra o 'zin pinhon qilib. ...Aylaganda rozningganjini arz, Ne samo aylab qabul oni, ne arz.

G'ayri insonkim qilib oni qabul... Ham zalum aylab xitobin, ham jahul.

8-fevral

Anglashilmoqdaki, Navoiy butun koinotni yaratishdan maqsad inson, insondan g'araz esa maxzani irfon, Allohning omonatini qabul aylagan KO'NGIL ekanligidan bahs etmoqda. Bu haqda Qur'oni karimda ham shunday deyiladi: "Biz bu omonatni (chin bandalik omonatini) osmonlarga, yerga va tog'larga taklif etdik. Ular uni ko'tarishdan bosh tortdilar va undan qo'rqdilar. Inson esa uni o'z zimmasiga oldi. Darhaqiqat, u o'ziga zulm qiluvchi va nodondir (Ahzob: 33/72)". Arzu samo, buyuk tog'lar qo'rqib qabul etmagan omonatni ahli zohir - Shariat, ahli botin esa - Ishq, deya tafsir etdilar. Atoyi hazratlari ham:

deydi."Ham zalum, ham jahul"ligi sabab omonatni qabul qilgan Inson Allohning yerdagi xalifasi bo'ldi. Tariqat ko'ngilni omonatga xiyonat etmaslik uchun tarbiyat etsa, adabiyot uning holat va kechinmalarini ifoda etadi. Adabiyotda Ko'ngil sayridan jozibaliroq hayrat yo'qdir. Navoiy buni ko'ngil hayratlarida ko'rsatib beradi. Natijada, turkcha ko'ngil so'ziga irfoniy mazmun baxsh etadi. "Avvalg'i hayrat"da hali vujudga kirmagan ko'ngil Adamdan malak olamiga tushib, uni sayr etadi. Birinchi hayrat - Xudoning borligini anglash, Yaratuvchisi kimligini fikr etish mushohada maqomidir. Ko'ngil "Ikkinchi hayrat"ida malak olamidan malakut olamiga tushadi hamda to'qqiz falakni kezadi. To'qqiz falakning bari Allohning zikrida ekanligini ko'radi va bu holdan yanayam hayratga to'ladi. Ikkinchi hayratdagi tasvirlar nafsi poklanib, ruhga sirdosh bo'lgan oshiq qullarning sayridir. Uchinchi daraja - nafsi mulhamadagi zokir nafaqat dunyoviy, balki uhroviy istaklardan ham voz kechadi. Basirati ravshanlashgan sayin olamlararo sayr etadi va butun koinotning zikridan ogoh bo'ladi. "Uchinchi hayrat"da esa Ko'ngil malakut olamidan badan mulkiga sayr etadi. Ko'ngilga doir tashbeh, ramzu majozlarning son-sanog'i yo'q. Biroq "Hayrat ul-abror"da o'ziga xos murojaatga guvoh bo'lamiz. Navoiy hali manzil makonini topmagan ko'ngilga "Xoja" deya murojaat etadi. Zero, insonning insonligi, uning yaratilishidagi maqsadga e'tibor qaratsak, ko'ngilning mohiyatini ushbu ta'rif to'la ochib beradi. Ya'ni insonning sohibi, xo'jayini ko'ngildir. Mabodo u vujudga qaram bo'lsa, ana shunda adashish, jaholat boshlanib, inson zalolatga yuz tutadi. O'zligidan, oliy haqiqatdan uzoqlashadi. Adamdan malak, malakdan malakut, malakutdan vujud olamiga kelgan ko'ngilning sayri qachon tugaydi? Tasavvuf va adabiyot mana shu savolga javob beradi va insonni so'nggi sayrga tayyorlaydi. Abadiyat tushunchasi va unga erishish

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-83-89

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Yer, ko 'k tahammul aylamagan ishq amonatin, Joni hazini xastayi Odamg 'a bog 'ladi,-

imkoniyati bilan inson maxluqotlardan ajraladi. Insonlar abadiyat, hali oldinda boqiy hayot borligini anglashi bilan hayvondan farq

8-fevral

qiladi. Bu yo'lchilikdan asosiy maqsad - abadiyat ozig'ini tayyorlash. Adabiyotning maqsadi insonga nafsini tanitish, zotan "Nafsini tanigan Robbini taniydi". Haqni tanish oson emas, to kishi nafsiga orif bo'lmaguncha, o'zini ham, Robbini ham taniy olmaydi. Ko'ngil Allohni tanimasa, har kimni, har narsani sevadi, chunki u sevgi uchun yaratilgan. Qalb Xoliqqa qullik qilmasa, maxluqqa qul bo'ladi, chunki u abd sifati bilan yaratilgan. Ko'ngilni xojaligini anglash, shoir nazdida, nafsni poklashdir. Navoiyda nafs ham aksariyat turkiy "o 'z", "o 'zlik", "menlik" so'zlari bilan beriladi. Turkiy tilda o'z, o'zlik so'zlariga katta e'tibor berishgan. "Devoni lug'otit turk"da "o'z"ning shakldosh so'z sifatida ma'nolari izohlanadi. Jumladan, uning insonnning yurak va qoringa tegishli a'zolar ekanligi, shuningdek, "o 'z qonuqi "ning - gavda ichida harakat qiladigan narsa, ruh ma'nolari ham beriladi. Qur'oni karimda nafs kalimasi uch xil sifat bilan ta'riflanadi: avvalo, "Hech shubhasiz, nafs - Robbim rahm aylamasa, faqat yomonlikka qistovchi (Yusuf: 12/53)" ammora nafs, ikkinchi "Malomatchi nafsga qasamyod etamanki, (qayta tirilib hisob-kitob qilinursizlar (Qiyomat: /2)!") lavvoma nafs va nihoyat, "Ey xotirjam, sokin jon. Ato etilgan ne'matlardan rozi bo'lgan va Alloh taolo tomonidan rozi bo'lingan holingda Robbingga qaytgin (Fajr: 89/27-28)!" deya ta'riflangan roziya nafsdir. Navoiy asarlarida mana shu nafslar "menlik", o'zlik" so'zlari bilan beriladi. Nafsning tasfiyasi o'zlikni mahv etish bilan belgilanadi. Mana bu misol fikrimizning dalilidir:

O 'zni o 'zluk qaydidin aylab xalos, Topib o 'zdin o 'zgalikka ixtisos. Menu o 'zluk shirkatin mendin itur, Mahz tavhiding sari, yo Rab, yetur. Menda, yo Rab, qo 'yma menlikdin nishon, O'zlugungda mahv qil domonkashon.

Tavhid yo'lida o'zluk og'ir yuk ekanligi, undan xalos bo'lgachgina fano eshiklari ochilishini shoir qayta-qayta ta'kidlaydi. Tavhid maqomi ham turkcha "birlik" kalimasi bilan beriladi:

"Lison ut-tayr"dagi bu go'zal hol izohini anglatuvchi birlik lafzi quyidagi o'rinda ham tavhidga ishora qilib tavhid maqomini anglatadi:

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-83-89

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Kim Rasulillohg'a bo 'Ig'och bu maqom, Kim Buroqin ayladi gardunxirom. Yetti birlik gavharidin toj anga, Bo 'ldi vahdat poyasi me 'roj anga.

Oshiqi mahzunu ma 'shuqi hazin, Bo 'Idilar ishrat uyida hamnishin.

8-fevral

Ma'naviy safarda riyozat chekib, nafsini tarbiya qilgan orif zotlarni ham turkcha er, eran deb ataydi. "Ma'lumki, jahondagi aytarli har bir xalq, el va millatning o'ziga xos fe'l-atvori, asosiy fazilatini ifodalaydigan so'z, istiloh va timsollari bo'ladi. Er kishi, erkak, mard, askar, bahodir, himmatli, ilohiy fayz va xosiyat sohibi, rahnamo kabi o'nlab ma'nolarda qo'llanib kelingan er va eran kalimasi turkiy xalqlar tili va tarixida shunday mavqega egadir. Boshqasini aytmaganda ham turkiy yozma va og'zaki adabiyotdan er, eran, alp eran, g'ayb eranlari obrazlari chetga surilsa, uning nafaqat milliy-tarbiyaviy, balki umuminsoniy mohiyati ham kuchsizlanib, hatto mahdudlashib qoladi. Ular tilga olinganda mumtoz she'riyatdan mardlik, matonat, hikmat, jasorat kabi boqiy haqiqatlar yorishib, yolqinlashib kelganday tuyuladi" [3: 3], - deydi I.Haqqul. "Turklar va mo'g'ullarning qadimgi dini" kitobida er so'zi haqida esa: "... Turkchada er nomining berilishi, albatta, ruhning butunlikka, mukammallikka erishganini belgilash uchundir. Bu ot aslida ruhning o'zidir. Turklar bu so'zga muhim ahamiyat berganlar. O'rxun yozma yodgorliklarida bu ahamiyat quyidagicha ifodalanadi: "Onam xotunning baxtliligi uchun eng kichik avlodim Kultegin ER otini olmishdir", - deyiladi. Sayri suluk - ruh sayri ekan, manzilni qat' etgan, maqsadiga erishgan fano ahli - eranlardir... Mahmud Qoshg'ariy esa "eran - er so'zining ko'pligidir", - deydi. Eran mumtoz adabiyotimizda murshidi komil yoki insoni komilning umumlashma obrazi. Navoiy erlarni shunday ta'riflaydi: "Shariat - jodaedur tuz, anda xoh kecha yuru, xoh kunduz. Sirotedur, bag'oyat mustaqim, anda oziqmoqdin ne vahm va ne biym. Har kimki, ul yo'lg'a ozim bo'lg'ay, ikki jahon saodati anga mulozim bo'lg'ay. Andin chiqqan itti, tuz borg'on maqsadg'a yetti. Har solikkim, maqsadg'a yetibdur, bu yo'ldin chiqmay ketibdur. Qildin inchka, qilichdin itik yo'ldur. Har kim bu yo'lni mardona qat' qilsa, er uldur!" Demak, er so'zi turklarda ruh bilan bog'liq o'z qudrati va muqaddasligiga ega. Er faqat erkak emas, balki ruhiy - ma'naviy kamolotga erishgan, nafsini mag'lub etgan ma'rifat sohibidir.

Shubhasiz, A.Navoiy o'z ona tilining targ'ibotchisi va turkiy til yalovbardoridir. Turkiy tilning, deyarli, ming yillik taraqqiyotida "hech kim oncha ko'b va xo'b aytqon emas". Shoir badiiy janrlarning barchasida turkiy tilda ijod qilib, mazkur tilning badiiy, leksik, grammatik va stilistik imkoniyati kengligi va rang-barangligini ham amaliy, ham nazariy isbotlab berdi. Navoiy an'anaga, ularning til materiallariga tayandi, turkiy urug' va

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-83-89

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Andoq o 'ldi birlik oyini ravo, Kim ikilik o 'rtadin bo'ldi sivo.

qabilalarning shevalaridan keng foydalandi. Navoiy ijodida turkiy

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-83-89

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

sheva va tillar qarama-qarshi qo'yilmaydi, balki buyuk ijodkor tasavvurida juda ko„p shevali turkiy til, xuddi shunday ko„p shevali arabiy va forsiy tillar kabi imkoniyati bemisl ekanlingi dalillanadi. Shuning uchun Navoiy o„zi bilgan va eshitgan shevalar, turkiy dialektlar va tillar materiallarini birday aralash qo'llaydi. Bu bilan qalblarni fath etgan Navoiy asarlari barcha turkiy tillarga mansubligini o„zi ham e'tirof etgan: Agar bir qavm, gar yuz, yo 'qsa mingdur, Muayyan turk ulusi xud meningdur. Olibmen taxti farmonimg'a oson, Cherik chekmay Xitodin to Xuroson. Xuroson demakim, Sherozu Tabrez Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez. Ko 'ngul bermish so 'zumga turk jon ham, Ne yolg Uz turk, balkim turkmon ham. Navoiy ijodiyotidagi ma'no va hol uyg'unligi, tasvir va bayon sehri ham turkiy tilning imkon va imtiyozlarini ko'rsatib berdi. Asarlari bilan tasavvufiy she'riyat obrazlar olamini kengaytirib, lirik qahramonning ruhiy rutbasini yuksaltirdi. "Siroj ul-muslimin", "Nazm ul-javohir", "Munojot" kabi asarlari ham diniy tasavvurni badiiy tafakkur vositasida shakllantirishga xizmat qilganligi ma'lum. Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" hamda "Xamsa" tarkibidagi dostonlari esa epik tafakkur kengligi, turkiy ruhiyatning ustunligi bilan ajralib turuvchi sanoqli asarlardandir. Xulosa qilib aytganda, A.Navoiy ijodida maqolada o Z, o 'zlik, menlik, yo'l, birlik, ko'ngil, er, eran kabi so'zlarning irfoniy istiloh darajasida qo'llanganligidan bahs yuritildi. Biroq bu mavzu ulkan tadqiqotni talab qiladi va turkiy til imkon va imtiyozlarini ochib berishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Navoiy A. Lison ut-tayr. MAT. 12-tom. Toshkent. Fan, 1996.

2. Navoiy A. Hayrat ul-abror. MAT. 7-tom. - Toshkent: Fan, 1991.

3. Haqqul I. Navoiy ijodida er va eran obrazi. O'TA. 2019 yil 1-son. Haqqul I. Tasavvuf va she'riyat. - Toshkent: Adabiyot va san'at, 1991.

4. Jo'shon M.A. Haqiqiy sevgi. Tarjimon: M.Kenjabek. - Toshkent: Movarounnahr, 2000.

5. Rahmonova Z. ishq, irfon va irshod. - Toshkent: "Tafakkur tomchilari", 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.