Научная статья на тему 'VALIYLAR OBRAZINI YORITISHDA “MANTIQ UTTAYR” VA “LISON UTTAYR”DOSTONLARINING TADQIQI TADRIJI'

VALIYLAR OBRAZINI YORITISHDA “MANTIQ UTTAYR” VA “LISON UTTAYR”DOSTONLARINING TADQIQI TADRIJI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
725
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Valiy / valoyat / avliyo / “Mantiq uttayr” / “Lison uttayr” / Waliy / Face / Saint / “Mantiq uttayr” / “Lison uttayr”

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mavluda Nurmahammadovna Ortiqova

Ma`lumki, o`zbek adabiyoti tarixida ko`plab ijodkorlarning asarlarida valiylar obrazi mavjud. Bunday asarlarning avvalida esa A.Navoiyning dostonlari turadi. Shu boisdan A.Navoiyning “Lison ut-tayr” va uning ma`naviy ustozi bo`lgan F.Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini qiyosiy tadqiqlari tadrijiga e`tibor qaratdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WRIGHT OF THE "CUSTOMS OBSERVED" AND "LISON UTTHA TAY" IN THE COVERAGE OF THE IMAGE OF THE GOVERNOR

It is known that in the history of Uzbek literature, many creators have the image of a guardian. In the past, such works are the epics of A. Navoi. We have paid attention to the comparative studies of A. Navoi, Hation Tayr and its spiritual teacher, following the comparative study of the epic.

Текст научной работы на тему «VALIYLAR OBRAZINI YORITISHDA “MANTIQ UTTAYR” VA “LISON UTTAYR”DOSTONLARINING TADQIQI TADRIJI»

VALIYLAR OBRAZINI YORITISHDA "MANTIQ UT- TAYR" VA "LISON UT-TAYR"DOSTONLARINING TADQIQI TADRIJI

Mavluda Nurmahammadovna Ortiqova

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 157-maktabning ona tili va adabiyot

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

MaTumki, o'zbek adabiyoti tarixida ko'plab ijodkorlarning asarlarida valiylar obrazi mavjud. Bunday asarlarning avvalida esa A.Navoiyning dostonlari turadi. Shu boisdan A.Navoiyning "Lison ut-tayr" va uning manaviy ustozi bo'lgan F.Attorning "Mantiq ut-tayr" dostonini qiyosiy tadqiqlari tadrijiga e'tibor qaratdik.

Kalit so'zlar: Valiy, valoyat, avliyo, "Mantiq ut- tayr", "Lison ut- tayr"

WRIGHT OF THE "CUSTOMS OBSERVED" AND "LISON UT- THA TAY" IN THE COVERAGE OF THE IMAGE OF THE GOVERNOR

ABSTRACT

It is known that in the history of Uzbek literature, many creators have the image of a guardian. In the past, such works are the epics of A. Navoi. We have paid attention to the comparative studies of A. Navoi, Hation Tayr and its spiritual teacher, following the comparative study of the epic.

Keywords: Waliy, Face, Saint, "Mantiq ut- tayr", "Lison ut- tayr"

Dunyo va o'zbek adabiyotshunosligida ilohiy-ma'rifiy manbalar jumladan, "Mantiq ut-tayr" hamda "Lison ut-tayr" dostonlari u yoki bu darajada o'rganib kelinmoqda. Ushbu asarlar ustida ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilgan va tajriba to'plangan bo'lib, bu mazkur dostonlarning adabiyotshunosligimizda tutgan o'rni nihoyatda yuksak ekanini ko'rsatadi. Lekin har bir davr tadqiqotchilar oldiga o'ziga xos ilmiy muammolarni qo'yadi. Ularga to'g'ri ilmiy-nazariy yechim topish uchun masalaning ildiziga-birlamchi manbalar tahliliga, o'rganilayotgan adabiy materialning genezisi hamda matn yuzaga kelishining barcha jarayonlari tadqiqiga e'tibor qaratish alohida ahamiyatga ega. Falsafiy-tasavvufiy tipdagi asarlarni bugungi kun nuqtai nazaridan yondashib tadqiq etish, o'rganish adabiyotshunoslik sohasi oldida turgan muhim vazifalardandir.

F.Attor va A.Navoiy ijodini qiyosan o'rgangan dastlabki olimlardan biri mashhur sharqshunos Y.E.Bertels (1890-1957) o'zining "Attor va Navoiy" nomli tadqiqotida "Mantiq ut-tayr" va "Lison ut-tayr" dostonlarini adabiy an'ana, o'zaro ta'sir, o'ziga xoslik jihatidan qiyosan o'rganib bu asar o'rtasidagi mushtarak va farqli

jihatlarini teran tahlillar asosida ochib beradi. Sh.Sharipovning "A.Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonining genezisi va g'oyaviy- badiiy xususiyatlari" nomli ilmiy tadqiqoti ham asar mohiyatini yoritishdagi katta manba bo'lib xizmat qiladi.

F.Attor va A.Navoiyning hayoti va ijodi bilan bog'liq olib borilgan tadqiqotlardan dastlabkilari sifatida mashhur sharqshunos olim Yevgeniy Eduardovich Bertels (18901957) eronshunos va markaziy osiyo xalqlari tillari va adabiyotlari bo'yicha yirik mutaxassis olim hisoblanadi. U o'z ilmiy faoliyati davomida 295 dan ortiq ilmiy tadqiqot yaratib, jahon sharqshunoslari orasida o'zidan o'chmas iz qoldirgan. Usbu mashhur olimning fors va o'zbek tili adabiyoti va madaniyatidagi buyuk xizmatlaridan biri A.Navoiy va F.Attor Nishopuriy (1145-1221) to'g'risidagi salmoqli tadqiqotidir. Olim fors va o'zbek tillarini Islom dini va tasavvufini yaxshi bilgani, chuqur o'rgangani va tadqiq qilgani uchun A.Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonini F.Attorning "Mantiq ut-tayr" dostoni bilan adabiy an-ana, o'zaro ta'sir jihatidan qiyosan o'rganib, bu ikki asar o'rtasidagi mushtarak va farqli jihatlarini teran tahlil etib beradi. 1928-yili "Attor va Navoiy" nomi bilan rus tilida hozirgi Sanktpeterburgda ulug' o'zbek shoiriga bag'ishlangan maqolalar to'plamida (24-82-betlar) nashr etilgan bu ilmiy tadqiqot 1965-yilda Y.E.Bertelsning "Tanlangan ilmiy tadqiqotlari" ning "Tasavvuf va tasavvuf adabiyoti" deb nomlangan 3-jildida qayta chop qilinadi. Mazkur risola kitobning 519-589-sahifalaridan o'rin olgan. IsteModli tadqiqotchi Ibrohim Xudoyorning "Y.E.Bertelsning "Attor va Navoiy" tadqiqoti haqida" maqolasida Bertels tadqiqotiga sharh berib shunday deydi: "Eron va O'zbekistonning madaniy, ilmiy va adabiy aloqalari orqali ikki xalqning qadim ul-ayyomdan davom etib kelayotgan o'zaro munosabatlari tizimida muhim o'rin egallashi shubhasiz. Jumladan, adabiy aloqalar haqida so'z borganda Alisher Navoiyning qator forsiy salaflari, F.Attor ijodidan ta'sirlangani va ilhomlangani omilini chetlab o'tib bo'lmaydi. Temuriylar davridagi madaniy yuksalish bu aloqalarga go'yo hayot bag'ishlaydi. Adabiyot tarixi va qiyosiy adabiyotshunoslik yo'nalishidagi ko'plab tadqiqotlarda esa fors-o'zbek adabiy aloqalari, badiiy tarjima va o'zaro ta'sir masalalari ancha va keng chuqur o'rganilgan. Mashhur sharqshunos Y.E.Bertels "Attor va Navoiy" nomli tadqiqotida "Mantiq ut-tayr" va "Lison ut-tayr" dostonlarini qiyosiy o'rganish barobarida G'arb tadqiqotchilarining noilmiy baholariga o'zining munosabatini ham bildiradi. Bertels "Attor va Navoiy" tadqiqotida sho'ro davri adabiy muhitida ma'lum adabiy tanqidga oid asarlar, jumladan, rus formalistlari Boris Eyxenbaum (1886-1959) ning, RomanYakobsan (1896-1986) va boshqa tadqiqotchilarning tadqiqotlaridan foydalangan.

Sultonmurod Olimning "Lison ut-tayr" ni tushunish mas'uliyati " (O'zbek tili va adabiyoti 2020. 3-son) nomli maqolasida ham mavzuga doir dostonning yaratilishi, "Mantiq ut-tayr" dostoniga aloqadorligi, Navoiy Mantiq ut-tayr" dostonini necha yoshda yod olgani va "Lison ut- tayr" dostonini nima uchun "Foniy" taxallusi bilan yozganligi va asardagi hikoyatlari ko'lami va shu kabi ma'lumotlar berilgan.

Muallifning yana bir maqolasi: "Lison ut-tayr": haqiqat va majoz sintezi" deb nomlanadi. Ushbu maqolada quyidagicha adabiy va tanqidiy fikrlar bayon etiladi: "Ma'lumki, "Lison ut-tayr", "Mantiq ut-tayr" dan ko'proq shakl jihatidan farq qiladi. Mohiyat e'tibori bilan esa bu ikki doston bir-biriga juda yaqin asarlar hisoblanadi. Xolbuki, sho'ro adabiyotshunosligida bu ikki mushtarak dostonni bir-biriga qarshi qo'yish, xatto ularning, "falsafiy konsepsiyasi bir-biriga ziddir" tarzida xulosa chiqarish holatlari ko'p bo'ldi. Lekin adolat nuqtai nazaridan aytib o'tish kerakki, N.Mallayev tomonidan "O'zbek adabiyoti tarixi" darsligining "Lison ut-tayr" va "Mantiq ut-tayr" faslida ikki asar o'rtasidagi bir nozik tafovut to'g'ri qayd etilgan: "Attor dostonida qushlar to'g'ridan-to'g'ri Simurg'ni izlash yo'liga tushsalar, Navoiy dostonida qushlar o'rin talashib, janjallashganidan so'ng Simurg'ni izlash yo'liga tushadilar" Akademik V.Zohidov "Navoiyning falsafiy qarashlari" (1948) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Uning "Navoiyning "Lison ut-tayr" asari" nomli maqolasida mazkur doston g'oyaviy-falsafiy nuqtai nazarlari asoslab berilgan. Navoiyshunos olim A. Hayitmetov tadqiqotlarida esa mazkur dostonning ayrim metod va uslubiga doir nazariy qarashlar ifoda etilgan.

"Mantiq ut-tayr" asarini esa forschadan Najmiddin Komilov va Mahkam Mahmudovlar mahorat bilan tarjima qilib, nasriy bayonini nashr ettirdilar. Ushbu asar ustida qator tadqiqotlar yaratildi. Jumladan, A.Pirimqulovning "Attorga ta'zim" nomli maqolasida ham A.Navoiy va F.Attor dostonlari haqida, Navoiyning Attorga ehtiromi haqida so'z boradi. S.Olim o'zining "Lison ut- tayr" ni anglash mas'uliyati va "Lison ut-tayr": haqiqat va majoz sintezi" nomli maqolalarida ham o'zining adabiy tanqidiy qarashlarini berib o'tadi. B.Nurmuhammedovning "A.Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonida avliyolik ta'rifi" tadqiqotida "valiy", "avliyo", "valoyat" kabi so'zlarning lug'aviy va istilohiy ma'nolari, ularning F.Attor va A.Navoiy ijodida qo'llanilishi kabi masalalar u yoki bu darajada yoritilgan.

Shunga ko'ra O'zbek olimlaridan V.Zohidov, I.Sulton, B.Valixojyev, A.Qayumov, N.Mallayev, A.Xayitmetov, A.Abdug'afurov, E.Rustamov, Sh.Eshonxo'jayev, M.Oripov, M.Imomnazarov, I.Haqqul, S.Ganiyeva, Sh.Sharipov, S.Olim, Z.Hamidov, Z.Mamadaliyeva va boshqa tadqiqotchi olimlar "Lison ut-tayr" va "Mantiq ut- tayr" ga doir tadqiqotlar: maqola va risolalar yaratishgan.

Ushbu tadqiqot bo'yicha yana bir muhim bir manba borki, bu Izzat Sultonning "Navoiyning qalb daftari" tadqiqotlar to'plamidir.

Mazkur kitobda A.Navoiyning ko'plab asarlari bilan birga "Lison ut-tayr" dostoni xususida kerakli ma'lumotlar beriladi. Asarda "Lison ut-tayr" kitobida Navoiy hikoya qiladi: "Maktabda bo'lgan bir voqea esimga tushadi. Maktabda biz bolalar har birimiz har asardan saboq olishga harakat qilib, qichqirib o'qiymiz. Ustoz bizga savodimiz ravon bo'lsin deb she'r o'qitar erdi. Nasrdan esa birimiz "Guliston" ni, va birimiz

"Bo'ston" ni o'qir edik. O'sha vaqtda mening havasim "Mantiq ut-tayr" ga edi va men shu narsadan boshqasiga ko'ngil bermay qo'ydim: "Yodima mundog' kelur bu mojoro, Kim, tufuliyat chog'i maktab aroKim, chekar atfoli marhumi zabun, Har tarafdin bir sabaq zabtig'a un. Emgonurlar chun sabaq ozoridin, Yo kalomullohning takroridin. Istabon tashxizixotir, ustod-Nazm -u turkum ravon o'lsun savod. Nasrdin ba'zi o'qur ham doston, Bu "Guliston" yanglig'-u yoki "Bo'ston". Manga ul holatda tab'bul havas "Mantiq ut-tayr" aylab erdim ul tamas. Topdi sokin-sokin ul takroridin, Sodda ko'nglum bahra ul giriftoridin. Tab' ul so'zlarg'a bo'lg'och oshno, Qilmadi mayl o'zga so'zlarg'a yano" (237)

Alisher shayx Sa'diy SHeroziyning "Guliston" va "Bo'ston" asarlari bilan o'qigan bir vaqtda uni maftun etgan "Mantiq ut-tayr" fors adabiyotining klassiklaridan biri F.Attorning pantiestik falsafiy dostonidir. Navoiy boshqa asarlarida ham F.Attorga yuksak baho beradi. O'tmishning ajoyib kishilari tarjimai holidan iborat "Nasoyim ul -muhabbat" da ham Navoiy F.Attorning boshqa sharq klassigi J.Rumiyning piri, ustodi bo'lganini uning asarlari 15- asrda Xurosonda mashhur bo'lganini aytadi. Navoiy o'zi ham A.Jomiy orqali F.Attordan dars oladi: "Shayx F.Attor Nishopuriy -Mavlono Jaloliddin Rumiy Balxdan Makkaga borurda Nishopurda ular suhbatiga yetibdurlar, ul kishilar ustozning shayxi kabidir" " "Asrornoma" kitoblarin o'zidan ayirmay, haqoyiq va maorif adosi iqtidosi alar mavlono doim ul kitobg'adur...Va xazrati buzrukvorining nazm va nasrdan musanofoti ko'ptur"

"Mantiq ut-tayr" dostoni o'rta asrning eng chuqur falsafiy asarlaridan biri bo'lishiga qaramay, Navoiyning zehnini o'ziga tortdi. Alisher faqat shu asarga berilib hamma narsani unutib, tengqurlaridan o'zini tortib, yolg'izlik axtaradigan bo'lib qoldi: Shoirning ota-onasi bundan tashvishga tushgani, undan kitobni tortib oladilar. Bola aqldan ozmasin deb, qo'rqib, o'qishni man etadilar. Ammo bu choralar befoyda edi. Alisher dostonni yodlab olgan va yashirincha takrorlab yurar edi: Onglag'och aftol aylab sho'r-u shayn, Istemo etti bu so'zni volidayn. Vahmig' olib o'ldi andoqkim avom-Kim, erur so'z otashin-u, tabixom.

Bo'lmag'aykim, dast bergay telbalik, Chekkulik bo'lg'ay salohidinilik. Yoshurib daftarni ma'dum ettilar, Sho'g'lidin ko'nglumni maxrum ettilar. Mani kulli qildi ul holidin, "Mantiq ut-tayr" uzra qil-u qolidin.

Alisherning Attordek buyuk shoirni ancha tushunib, uning ruhiga kirib, uning dostoniga jondan berilib ketishi Navoiyda dahoning ilk uyg'onishi edi deb aytishga imkon beradi.

A.Navoiy o'z asarini ustozi F.Attor asariga javoban yozib, umri davomida ma'naviy-axloqiy nuqtayi nazardan falsafiy-tasavvufiy ruhdagi dunyoqarashlarini batafsil bayon qilgan. Navoiy bu bilan butun turkiy adabiyot ahliga ulkan tuhfa ato etgan deya olamiz. Yuqoridagi ilmiy ish tadqiqotchilari ham bu ulkan me'rosni o'rganishda ancha xizmat qilganlar va bu bilan adabiyotimizda o'z yechimini kutayotgan masalalarga oydinlik kiritgan.

Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, valiylar obrazini tadqiq qilishda ushbu ikkala asarni birlamchi o'rganilgan manbalarida tadqiq etilmagan jihatlarini, yani "Mantiq ut-tayr" va "Lison ut-tayr" dostonlarida keltirilgan valiylarni qisqacha ro'yxatini keltirib otamiz:

1 Paygambarimiz, Muhammad Mustafo (S.A.V)

2 Chahori yorlar: Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon, Umar Foruq, Ali Murtazo.

3 F.Attor

4 Shoh Iskandar

5 Shayx Sanon (Ibn saqqo 11-12 asr)

6 Boyazid Bistomiy

7 Shayx Najmiddin Kubro

8 Abu Said Abulxayr ( Mehnalik, 1403-y. v. e)

9 Odam Safiy alayhissalom

10 Sulaymon alayhissalom

11 Abu Turob Naxshabiy

12 Abulxasan Xiraqoniy (1033-y. v. e. Xurosonda)

13 Arastu

14 Ibrohim Adham

15 Pili Ahmadi Jom (fors shoiri vaf. 1141)

16 Xoja Muhammad Porso.( Naqshbandiyning shogirdi 1419- yili vafoti)

17 Xoja Abu Nasr (vafoti 1460 -y)

18 Shayx Abu Nishopuriy (Abdulloh Ibn Muhammad 853-935)

19 Shayx Shibliy (O'ratepalik BagModda )

20 Nuriy ( Shayx Ahmad Ibn Mahmud )

21 Xoja Abdulloh Ansoriy (Xirotlik 1005 1088)

22 Abu Said (Ahmad binni Iso, 899- y. v. e)

23 Asmaiy (Arab tilshunos olimi 825-v. e)

24 Nushiravon (Eron shohi Xusrav Ibn Qubod 531-589)

25 Mansur Xalloj

26 Shayx Abul Abbos Qassob Omiliy ( Shayx Ahmad Ibn Muhammad bin Abdukarim )

27 Shayx Sufyon Suriy (Abu Abdullo binni Said,783-y. v. e)

28 Abu Najm (1057-y. v. e)

29 Abulg'oziy Sulton Husayn

30 Junayd BagModiy.

REFERENCES

1. Navoiy .A. "Lison ut-tayr" nasriy bayoni G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1992- y.

2. G'aniyeva S. Alisher Navoiy. - Toshkent: O'zfan akad nashr, 1968.

3. Olim S. "Ishq, oshiq va ma'shuq".Toshkent: Fan, 1992-yil

4. Imomnazarov M. Navoiyning "Lison ut-tayr" asari // Guliston. Toshkent, 1985. No7. B.19-29

5.Valixo'jayev B.Navoiyning "Lison ut-tayr" asarida she'riy miniatyuralarni qayta ishlashdagi mahorati // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1976.-№6.-B.35-41;

6. Mamadaliyeva Z. Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonidagi ramziy obrazlar tizimi: Filol. fan. nomz. ... diss. avtoref. -Toshkent, 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.