Научная статья на тему 'Bobomeros qadriyat – ustoz- shogirdlik an’anasi'

Bobomeros qadriyat – ustoz- shogirdlik an’anasi Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1990
228
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Pir / “Futuvvatnomai sultoniy / “Farhod va Shirin / Xamsa”chilik / “Asrornoma / “Tuhfat ul-afkor / “Makorim ul-axloq / Asrornoma / oq she’r / Pir / Futuvvatnomai sultoniy / Farkhod and Shirin / Hamsachilik / Tuhfat ul-afkor / Makorim ul-axloq / Asrornoma / White poem

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xudoyqulova Gulshan

Ushbu maqolada qadimgi sharq xalqlari adabiyotining vakillari, ularning ustoz-shogirdlik haqidagi fikr va qarashlari bir necha ijodkorlar misolida yoritib berilgan.Shuningdek, ushbu ijodkorlar faoliyatida ustozga ehtirom, munosib shogirdlik an`analarini davom ettirish, ustoz va shogirdlar uchun o’ziga xos odobaxloq, maxsus qonun-qoidalar, milliy an’analar ishab chiqqanliklari haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VALUABLE HERITAGE OF ANCESTORS -THE TRADITION OF TEACHER-APPRENTICESHIP

In this acrticle, authors from ancient eastern nations, opinions and views about teacher-apprenticeship are indicated. Moreover, respect for teachers, continuing suitable apprenticeship, speacial behavior for teachers and apprentices, discipline and national traditions by these authors are given.

Текст научной работы на тему «Bobomeros qadriyat – ustoz- shogirdlik an’anasi»

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

BOBOMEROS QADRIYAT - USTOZ- SHOGIRDLIK AN’ANASI

Xudoyqulova Gulshan 8-umumiy o'rta ta’lim maktabi Navoiy viloyati Navoiy shahar

Annotatsiya: Ushbu maqolada qadimgi sharq xalqlari adabiyotining vakillari, ularning ustoz-shogirdlik haqidagi fikr va qarashlari bir necha ijodkorlar misolida yoritib berilgan.Shuningdek, ushbu ijodkorlar faoliyatida ustozga ehtirom, munosib shogirdlik an'analarini davom ettirish, ustoz va shogirdlar uchun o’ziga xos odob-axloq, maxsus qonun-qoidalar, milliy an’analar ishab chiqqanliklari haqida bayon etilgan.

Kalit so’z: Pir, “Futuvvatnomai sultoniy, “Farhod va Shirin, Xamsa”chilik, “Asrornoma, “Tuhfat ul-afkor, “Makorim ul-axloq, Asrornoma, oq she’r.

VALUABLE HERITAGE OF ANCESTORS -THE TRADITION OF TEACHER-APPRENTICESHIP

Xudoykulova Gulshan School #8 Navoi region Navoi city

Abstract: In this acrticle, authors from ancient eastern nations, opinions and views about teacher-apprenticeship are indicated. Moreover, respect for teachers, continuing suitable apprenticeship, speacial behavior for teachers and apprentices, discipline and national traditions by these authors are given.

Key words: Pir, Futuvvatnomai sultoniy, Farkhod and Shirin, Hamsachilik, Tuhfat ul-afkor, Makorim ul-axloq, Asrornoma, White poem

Qadim Sharq xalqlarida ustoz, pir, mudarris nomlari bilan yuritiluvchi zotlarning izzat va hurmati hamisha yuqori bo’lgan. Ustozlar ma’naviyat bog’ining bog’bonidirlar. Dunyo ularning mehnati evaziga oboddir. Ular taratgan ilm ziyosi tufayli insonlarning ma’naviy dunyosi yorug’ va ravshan. Inson kim bolishidan qatiy nazar, qaysi soha vakili bolmasin, u erishgan yutuqlari zamirida ustozning mashaqqatli mehnati yotadi. Shoh-u gado, yaxshi-yu yomon bari bir, qachonlardir muallim saboqlaridan bahra olgan.

Agar shogird shayxulislom, agar qozidur, agar ustoz rozi-Tangri rozidur, -deganlar Alisher Navoiy hazratlari.

Ota bobolarimiz ustoz va shogirdlar uchun o’ziga xos odob-axloq, maxsus qonun qoidalar, milliy an’analar ishab chiqqan bo’lib, bu qoidalarga qattiy rioya

г<м

97

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

qilganlar. Rizouddin Ibn Fahriddin ustozlarga shunday nasihat qilganlar: “Shogirdingizning har bir harakatlariga qarab turingiz, ularga xushmuomalalikni, gozal-u shafqatli odatlarni tushuntiringiz, sozlarini-yu fe’llarini yaxshilangiz” Xusayin Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” kitobida ustoz qanday bo’lshi, shogirdlik shartlari nimalardan iborat ekani haqida batafsil ma’lumot beriladi. Kitobda shogird odobi haqida shunday deyiladi: “Ustoz qabuliga kirganda yoki ustozni korganda, birinchi bo’lib salom berish; ustozning oldida oz gapirish va boshni oldinga egib turish, kozni har tomonga yuguurtirmaslik; agar masala so'ramoqchi bo’lsa oldin ustozdan ijozat olish; ustoz javob aytganda, e’tiroz bildirmaslik; ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik; otirib-turishda hurmatni to’liq saqlash”.

Ustoz-shogird an’anasi yillar davomida shakllangan qadimiy qadriyatlarimizdan biridir. Agar iqtidorli ustoz oz maktabini yaratmasa, ozidan keyin bilimdon, iste’dodli shogirdlar qoldirmasa, uning hayoti, umri besamar otgan boladi. Oz bilim tajribasini ishonchli shogirdlarda qoldirmasa, uning erishgan yutuqlari suvga tushgan toshday izsiz yoqoladi.So’zimizning isboti sifatida hazrat Navoiyning quyidagi misralarini keltirishimiz mumkin:

Hunarni asrabon netkumdir oxir,

Olib tuproqqamu ketgumdir oxir.

(A.Navoiy “Farhod va Shirin”)

Ustozning umri barhayot. Chunki, ustozning umriga uning qoldirgan shogirdlarining ham umri qo'shilib boraveradi. Hazrat Alisher Navoiy, Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek bobokalonlarimiz qilgan ishlari, erishgan yutuqlari va qoldirgan shogirdlari sababli hali-hamon bizning qalbimizda yashab kelmoqdalar va mangu yashaydilar.

Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy hazratlari o'rtasidagi ustoz-shogirdlik munosabatlarini barchamiz uchun namuna tariqasida keltirishimiz mumkin. Alisher Navoiyning hayoti ham, ijodi ham Abdurahmon Jomiyga ixlosmand shogird ekanligini namoyon etib turadi. “Xamsa”chilikda uning an’anasini davom ettirdi. Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul-uns ” asarini yanada boyitib, “Nasoyim ul-muhabbat ” nomli yangi asarini yozdi. Dostonlari va boshqa ko plab asarlarida ustozi nomini tilga olib, unga bo'lgan izzat hurmatini izhor etadi. “Tuhfat ul-afkor” qasidasi Abdurahmon Jomiyga bag’ishlangan edi. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning Samarqandda istiqomat qilgan Xoja Ahror Valiyga bo’lgan ixlosi g'oyatda ibratlidir. Xoja Ahror Valiyning ustoz-shogirdlik munosabatlari, o’sha davr siyosat maydonida ham, madaniy-ma’rifiy sohalarda ham katta ijobiy muhit yaratilishiga, tinchlik-barqarorlik, fuqaro huquqlari daxlsizligiga xizmat qilgani tarixdan bizga ma’lum.Ustozga bo'lgan ehtirom va sadoqatini hayotda va ijodda ado eta olgan Alisher Navoiy ustozlik faoliyati ham asrlar davomida ibrat namunasi bo’lib

г<м

98

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

kelmoqda. Alisher Navoiyning shogirdi Xondamir qalamiga mansub “Makorim ul-axloq” asari shogirdning ustozga minnatdorchilik ramzi sifatida yozilgan. Navoiy hazratlarining yana bir shogirdi Kamoliddin Behzod bo'lib, bolajak rassomning iste’dod qirralarini ravnaq topishida, buyuk rassom bo'lishida ustozining hissalari beqiyosdir.

Tarixda ustoz-shogird an’ansining rivoj topganiga ko'plab misollarni keltirshimiz mumkin. Qozizoda Rumiy va Mirzo Ulug'ek o'rtasidagi ustoz-shogirdlik munosabati sozimizning yana bir bor isbotidir. Ulugbek oz “Zij”ida Qozizodaga minnatdorchiligini bildirib, “ustozim” deb tilga oladi. Ulug'bekdek buyuk olimni tarbiyalagan Qozizoda Rumiy qoldirib ketgan adabiy-ilmiy meros bugungi avlodning oltin mulki hisolanad.

Qozizoda Rumiy, Al-Koshiyning va Mirzo Ulug’ekning shogirdi Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi matematika va astranomiya rivojida ulkan hissa qo’shgan. Ustozi Ulug’bekka sodiq olim va shogird sifatida uning bebaho asari Zidjiy Ko’ragoniy”ni saqlab qolgan va ko’p nusxalarda ko’paytirgan, turk tiliga tarjima qilgan.Ali Qushchi Al-Koshiyning Samolar zinapoyasi” va Ulug’bekning Zidjiy Ko’ragoniy”ga sharhlar yozdi. Ustoz-shogirdlik ananasining ijobiy natijasi samarasini Ulug’bekning “Zidjiy Ko’ragoniy” asarining tugallanishi va bizgacha yetib kelishida uning shogirdi Ali Qushchining qilgan ishini misol tariqasida keltirib o’tishimiz mumkin.

Abu Nasr Mansur ibn Iroq Xorazimshoh Ma’mun akademiyasi asoschilaridan biri bo’lim, Abu Rayhon Beruniyga ham murabbiylik, ham ustozlik qilgan .Ibn Iroq yosh daho shogirdiga kerakli barcha bilimlarni berib, o’zining bir nechta risolasini hali yosh Abu Rayhon Beruniyga bag’ishlaydi.

O’z davrining muhaddis olimlari ham ustoz-shogird an’anasiga katta e'tibor qaratganlar. Mavlono Jalol id-Din Mahammad Rumiy yoki Movlono nomlari bilan taniqli asosan fors tilida sharq she'riyati asarlarini yaratgan atoqli fors-tojik shoir-so’fisi.U kishi Makkaga safar chog’ida, Nishopurda u shayh Farididdun Muhammad Attor bilan suhbat qurish sharafiga muyassar bo’ladi. Qizuquvchan Farididdun Muhammad Attor unga bog'lanib qoladi va unga o'zining “Asrornoma kitobini bag’ishlaydi.Jaloliddin Rumiy uni doim yonida olib yuradi. Rumiy she’riyat, falsafa va dinshunoslik bobida bu qadar cho’qqilarga erishishiga o’sha davrlarning ma’rifatparvarlari shayh Shams Tabrizziy va Farididdun Attorlarning hissasi beqiyosdir. Shams Tabrizziydan u falsafa, ususan, sofichilik bilan tanishadi.

XX asr shoirlari “oq she’r” deb nomlanuvchi adabiy uslubdan foydalana boshlashdi.Ammo bu uslubni XIII asrda Jaloliddin Rumiy ochib o’z ijodida foydalangan edi.Rumiyning “Bilim mohiyati” asari aynan shu uslubda yozilgan bolib, kitobda so’zlar bulbul og’zidan chiqqani kabi erkin uzuladi. Guvohi

г<м

99

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

'Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

bo’lganingizdek ustozlarimiz yozib qoldirgan asarlar ham bizlar uchun ustozlik qilmoqda.

Abu Iso Muhammad at-Termiziy ilm-fanning turli sohalaridan - ilm al-qiroat, ilm al-bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, ozi yoshligidan qiziqqan hadis ilmidan oz davrining yirik olimlari - mashhur muhaddislardan ta’lim oladi. Uning ustozlaridan Imom al-Buxoriy imom Muslim imom Abu Davud Qutaya in Sa’iyd Is’hoq ibn Muso, Mahmud ibn Gaylon va boshqa muhaddislarni ko'rsatish mumkin. Oz davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy kopdan kop shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud, Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Muhammad an-Nasafyun, al-Haysam ibn Kulay ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy va Abul Abbos Muhammadlarni sanab o'tish mumkin.

Ustoz-shogirdlik tushunchasi yuksak milliy qadriyatlarimizdan hisoblanib, asrlar davomida shakllanib kelgan. Ustoz ulamolar yoshlarga astoydil saboq berib, o'z burchlarini sharaf bilan ado etishadi. Biz bu muhtaram ustozlarimiz oldida hamisha ozimizni burchli deb bilamiz. Mustaqillik davrida koplab milliy qadriyatlarimiz xalqimizga, hayotimizga qaytdi. Shular qatorida biz soz yuritgan bobomeros qadriyat - ustoz-shogirdlik an’analarini yangi sharoitda yangicha mazmunda hayotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzaga keldi.

Xulosa ornida shuni aytish joizki, allomalarimizning ustoz-shogirlik an’anlarini davom ettirishimiz, ularga munosib shogirdlar bolishimiz lozim. Chunki biz ajdodlarimizning uzoq yillik ilm-ma’rifatlari va yuksak tajribalari asosida shakllangan boy merosga egamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-T.:Sharq, 1998

2. O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2009-yil 11-soni

3. Maqsud Shayxzoda .Mirzo Ulug’bek.Drama (Asarlar.3-jild)

4. Maqsud Shayxzoda “Ustodning san’atxonasida” (3 qismli maqola, 19651966.)

5. Pedagogik mahorat” nazariy, ilmiy, metodik jurnal 3-4 son

6. Ziyonet.uz

100

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.