Научная статья на тему 'XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON O‘LKASIDA ROSSIYA IMPERIYASINING AGRAR SIYOSATIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR'

XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON O‘LKASIDA ROSSIYA IMPERIYASINING AGRAR SIYOSATIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Usarov U.A.

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng, imperiya hukumati o‘lkani o‘zining sanoat korxonalari uchun arzon xomashyo manbaiga aylantirish va rus sanoati mollari sotiladigan qulay bozor sifatidagi o‘rni yaxshi anglaganligi sababli bu hududda agrar siyosatida alohida e’tibor qaratgan. Bu davrda Rossiya imperiyasi sanoati bir qotor Yevropa davlatlari sanoat korxonalaridan ortda qolganligi bois, asosiy e’tiborini Turkistonga qaratgan. Shuning uchun o‘lkada agrar siyosatni o‘z manfaati yo‘lida jadallik bilan olib borishga harakat qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON O‘LKASIDA ROSSIYA IMPERIYASINING AGRAR SIYOSATIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR»

XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON O'LKASIDA ROSSIYA IMPERIYASINING AGRAR SIYOSATIGA OID BA'ZI MULOHAZALAR

Usarov U.A.

t.f.f.d. (PhD), dotsent v.b., Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11174673

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o'lkasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan so'ng, imperiya hukumati o'lkani o'zining sanoat korxonalari uchun arzon xomashyo manbaiga aylantirish va rus sanoati mollari sotiladigan qulay bozor sifatidagi o'rni yaxshi anglaganligi sababli bu hududda agrar siyosatida alohida e'tibor qaratgan. Bu davrda Rossiya imperiyasi sanoati bir qotor Yevropa davlatlari sanoat korxonalaridan ortda qolganligi bois, asosiy e'tiborini Turkistonga qaratgan. Shuning uchun o'lkada agrar siyosatni o'z manfaati yo'lida jadallik bilan olib borishga harakat qilgan.

XX asrning boshiga kelib, Rossiya imperiyasining Turkiston o'lkasi o'z hokimyatini ancha mustahkamlab oladi. Mustamlakachi imperiya hukumati o'lkadagi siyosatida bir qator o'zgarishlar hamda metropoliya markazi manfaati uchun olib borilgan agrar siyosati asosiy yo'nalishlari haqida Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V.Krivoshein shunday: "Bu markaziy masalada uch ko'rinish mavjud. Agar birinchisi - "paxta" bo'lsa, ikkinchisi -"sug'orish" va nihoyat, uchinchisi uncha ko'zga tashlanib turmagan bo'lsa ham, aslida hammasidan muhimi - "ruslarni ko'chirib keltirib o'rnashtirish turibdi" deb ta'kidlab o'tgan[5, - C. 111.]. Demak, imperatorning vaziri markazning Turkiston o'lkasidagi mustamlaka siyosatining asosiy yo'nalishlarini muxtasar qilib aytganda, "paxta" - "sug'orish" -"ruslarni ko'chirib keltirish" kabi uch so'zda ifodalaydi[15, - 215 b.].

Imperiya hukumatining markazdan turib berilgan ko'rsatmalariga binoan mustamlakachilik boshqaruv idoralari Turkiston o'lkasida amalga oshirgan agrar siyosati birinchi navbatda o'lkani metropoliyaning paxta, pilla, boshqa qishloq xo'jalik xomashyo bazasiga hamda rus aholining yangi yashash makoniga aylantirishga qaratilgan edi[11, - P. 513-515.]. Shundan kelib chiqib, o'lkada paxtachilikni rivojlantirishga bor kuch-qudratini sarflagan. Chunki o'lkadan boradigan paxta imperiya iqtisodiyotining asosiy tarmog'i bo'lgan rus sanoat korxonalari uchun juda katta foyda keltirar edi.

XX asr boshiga qadar imperiya hukumati o'lkada paxta hosildorligini oshirish va yangi navlar yaratish borasidagi harakatlar tinimsiz amalga oshiradi. Buni 1884-yilda Turkiston o'lkasidagi Amerika paxta navi yetishtirishni boshlagan bo'lsa, 1889-yilda o'lkadagi umumiy ekin ekiladigan ekinzorlarning deyarli yarmiga

paxtani amerika navi ekishni tashkil etishga harakat qilgan. Bu harakatlar natijasida yildan-yilga hosildorlik ham oshib borgan[14, -P 24-24]. Jumladan, 1888-1913-yillar oralig'ida o'lkada paxta eng ko'p ekiladigan viloyatlarda paxta amerika navini ekiladigan maydonlar Farg'ona viloyati bo'yicha 34,7 mingdan 274,9 mingga yoki foiz hisobida 700 %ga, Sirdaryo viloyati bo'yicha 25,8 mingdan 76,7 ming yoki foiz hisobida 139 %ga ko'paygan. 1916-yilga kelib, Turkistonda paxta ekiladigan maydonlar juda yuqori darajaga o'sadi va bu ko'rsatkich 680811 desyatinaga yetgan[7, - C. 29.].

Shu bilan birga 1901-yilgi Farg'ona viloyati Statistika qo'mitasining hisobotida Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Farg'ona viloyatida avvalgi yillarga qaraganda paxta ekiladigan yer maydonlari har bir yilda, xususan, 1900-yilda 31 ming desyatinaga, 1901-yilda 26280 desyatinaga kengaygan. Viloyatda 1901-yilga kelib, 194573 desyatina yer maydoniga paxtaning amerika navi ekilgan bo'lsa, 15562 desyatina yerga mahalliy paxta navi ekilgan. Yil yakuniga kelib esa, paxtaning amerika navidan 9808944 pud hosil olingan[2, - C. 8.].

XX asrning boshlariga kelib Farg'ona viloyatida ham paxta ekish rivojlangan bo'lib, ekin maydonlari sun'iy sug'oriladigan mahalliy aholiga qarashli yerlar 839300 desyatinani tashkil etgan. Uyezdlar bo'yicha Marg'ilon uyezdida 214428,6 desyatina, Andijon uyezdida 211156,4 desyatina, Namangan uyezdida 170178,2 desyatina, Qo'qon uyezdida 163372,9 desyatina, O'sh uyezdida 81089 desyatinadan iborat bo'lgan[9, - C. 15.]. Bu yerlarda paxta ekish shu darajada kuchaydiki, 1901-yilga kelib, birgina Namangan uyezdining o'zida paxtaning Amerika navi 34 ming desyatina yerga ekildi[1, - C. 124.]. 1906-yilga kelib Farg'ona viloyati bo'ylab paxta ekiladigan maydonlar avvalgi yillarga nisbatan 5000 desyatinaga ko'paydi[9, - C. 21.].

Shuningdek, o'lkada 1888-yildan to 1915-yilga qadar, salkam 30 yil mobaynida qishloq xo'jaligida paxta ekiladigan yer maydonlari muttasil ko'paytirilgan [7, - C. 29]. Buni quyidagi jadvalda ko'rish mumkin:

Farg'ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida 1888-yildan -1915-yilgacha qishloq xo'jaligida paxta ekiladigan yer maydonlari [7, - C. 29].

Yili Viloyatlar nomi Umumiy

Farg'ona Sirdaryo Samarqand

ming desyatina

1888 34,7 25,8 8 68,5

1893 85,3 31,5 21,5 138,3

1898 106,2 14,7 17,1 138

1903 144 11 9,8 169,8

1908 190.9 28 21,7 240,2

1913 274,9 76,7 31,8 383,4

1915 336,5 74 55,6 466,1

Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi agrar munosabatlar borasida, professor H.Ziyoyevning ta'kidlashicha, XX asr boshlarida kelib o'lkada paxtachilikning mavqei oshib, paxta ekiladigan yer maydonlari yildan yilga ko'payib borgan. Olim buni yillar kesimida quyidagicha berib o'tadi. Unga ko'ra: 1900-yilda 234274 desyatina, 1901-yilda 260013 desyatina va 1916-yilga kelib esa 533671 desyatinaga yetdi [4, - 179-181 b.].

Tadqiqotchi M. Jabborov esa, imperiya hukumatining tashabbusi bilan o'lkada 1900-yilga kelib umumiy paxta maydonlarining 60 foiziga paxtaning amerika navlari ekildi. Natijada, Rossiya imperiyasi paxta ekin maydonlarini kengaytirish va paxta xomashyosini ishlab chiqarish sur'atlari bo'yicha AQSH, Misr va Hindistondan o'tib ketdi [3, - 26 b. ]. Tarixchi olim professor N.U.Musayevning yozishicha, bu davr oralig'ida amerika paxta navini yetishtirish o'lkaning Farg'ona viloyatida 9,5 barobarga; Sirdaryo viloyatida 2,4 barobarga, Samarqand viloyatida esa 7 barobarga ko'paygan [6, - 194-195 b.].

Bundan tashqari Rossiya imperiyasi hukumati o'lka qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ham metropoliya markazi uchun tashib ketishgan. O'lkani bog'dorchilik va g'allachilikka ixtisoslashgan Samarqand viloyatida agrar munosabatlar ham imperiya maffatlariga bo'ysundirilgan. Darhaqiqat, o'lkada bog'dorchilik, ayniqsa, uzumchilik ancha yaxshi rivojlangan bo'lib, o'lkaning 19 282 desyatina yer maydonida uzum yetishtirilgan. Bu yerlardan faqatgina bir yilda taxminan jami 6225000 pud uzum hosili olingan. Uzum yetishtirilishi o'lka viloyatlari taqsimotida quyidagicha: Samarqand viloyatiga 5197000 pud, Sirdaryo viloyatiga 500000 pud, Farg'ona viloyatiga 558000 pud mahsulot to'g'ri kelgan [16, - C. 240].

O'lkaning Samarqand viloyatida uzumning 40 dan ortiq navlari yetishtirilgan. Viloyat uzumchilikda o'lkada yetakchi o'rinni egallagan [10, - 145 b.]. Samarqand uzumi o'zining shirasi, sersuvligi bilan alohida ajralib turib, undan alkogol mahsulotlarni, ayniqsa, kuchli va yaxshi saqlanadigan vino tayyorlash imkonini bergan. Birgina Samarqand uyezdining o'zida ko'rinishi, kimyoviy tarkibi va ta'mi bo'yicha bir-biridan farq qiladigan uzumning 24 turi yetishtirilgan [8, - 145 b.].

Meva-sabzavot yetishtirish har yili serhosilligi bilan ajralib turgan. Ayniqsa, o'rik va shaftoli yetishtirish ancha yuqori bo'lgan. Quritilgan uzum (mayiz), bodom va pista qo'shni davlatlarga ham chiqarilgan. Quritilgan o'rik (turshak) Qo'qon uyezdi Isfara uchastkasi aholisining asosiy daromad manbai bo'lgan. Shunday

bo'lsa-da, bog'dorchilik va uzumchilik viloyatda eng sodda ishlov berish asosida rivojlanganligi sababli qoniqarli darajada bo'lmagan [9, - С. 22.]. 1906-yillarda ham mazkur mevalarni tashqariga chiqarish imkoniyatining yo'qligi to'liq rivojlanishga imkon bermagan. Faqat Orenburg - Toshkent temir yo'lining qurilishi bilan qisman qulaylik yaratilgan [13,- P. 9-14.].

Umuman, Rossiya imperiyasi mustamlakachilik davrida Turkistonda amalga oshirilgan agrar siyosat, garchand avvaldan ishlab chiqilmagan bo'lsa-da, Rossiya imperiyasida rivojlanayotgan kapitalizmning iqtisodiy-ijtimoiy manfaatlarini, ehtiyojlarini qondirishga qaratildi. Imperiya hukumati bir vaqtning o'zida xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy salohiyatini saqlab qolish yo'lida bor kuchi bilan harakat qildi. O'lkada to'liq o'z manfaatidan kelib chiqqan xolda agrar siyosat yuritadi. Bu yo'lda xech bir hududda o'lka mahalliy aholini haq-huquqlarini inobatga olmadi.

Adabiyotlar:

1. Ежегодникь Ферганскoй oбласти. ^мь II, Вып. 1903 г., Издание Ферганскаго oбластнoгo статистическагo кoмитета. - Швый Маргелан: Типoграфiя Ферганскагo oбластнoгo правленiя, 1903. - С. 124.

2. Ежегодникь Фергансгай oбласти. ToMb. I. Вып. 1902 г., Изд. Ферганскаго oбластнoгo статистическагo кoмитета. - Швый Маргелан: Tипoграфiя Ферганскагo oбластнoгo правленiя, 1902. - С. 8.

3. Жаббoрoв М. ФарFOна в^тояти тарихининг "Туркестанский сбoрник"да ёритилиши (XIX аср oхири - XX аср бoшлари): Тарих фанл. нoмз. ... дисс. - ФарFOна, 2000. - 26 б.

4. Зиёев Х,.З. Тарих - утмиш ва келажак кузгуси. - Toшкент: Адабиёт ва саньат, 2000. - 179-181 б.

5. Кривошеин А. В. Записка главноуправляюшего земледелием и землеустройством о поездке в Туркестан. СПб. 1912.-С. 111.

6. Мусаев Н.У. Урта Осиёда дехдончилик маданияти ва аграр мушсабатлар тарихидан (Toш даври oхирларидан - ХХ аср бoшларига кадар). - Toшкент: Фан, 2005. - 194-195 б.

7. Сoциальнo-экoнoмическoе пoлoжение Узбекистана накануне Октябра / Отв. ред. акад. АН УзССР К.Е.Житов. - Ташкент: Фан, 1973. - С. 29.

8. Слуцкий И.М. Краткий oчеркъ Самаркандсгаго вишделия в связей с винoградарствoм / Справoчная книжка Самаркандскoй oбласти. 1897. Изд. Самаркандскаго oбластнoгo Статистическагo кoмитета. Шд ред. секретаря кoмитета М. Вирсгаго. Вып. 5. - Самарканд: Тишграфия К.М. Селoрoва. -Самарканд: Тишгр. Самаркандскагo oбласнoгo правленiя, 1897. - С. 34.

9. Статистический обзор Ферганской области за 1906 год / Изд. Ферганским областным Статистическим комитетом. - Новый Маргеланъ, 1907. - С. 15, 21-22.

10. Тарих шохддлиги ва сабоклари: Чоризм ва совет мустамлакачилиги даврида Узбекистон миллий бойликларининг узлаштирилиши. - Тошкент: Шарк, 2001. - 145 б.

11. Usarov, U. A. (2019). Some considerations on the pecularities of Russian empire's роШ^ in Turkestan. ISJ Theoretical & Applied Science, 12(80), 513-515.

12. Usarov, U. A. (2021). LAND TENURE RELATIONS OF THE COUNTRY OF TURKISTAN IN THE LATE 19TH AND EARLY 20TH CENTURIES (BASED ON THE REPORTS BY FK GIRS AND KK PALEN). In НАУКА И ОБРАЗОВАНИЕ: СОХРАНЯЯ ПРОШЛОЕ, СОЗДАЁМ БУДУЩЕЕ (pp. 111-112).

13. Usarov, U. A., & Alimova, N. O. (2021). Agricultural And Watering System Of Samarkand In The Second Half Of The Xix Century And The Early Xx Century. Current Research Journal Of History, 2(07), 9-14.

14. Abdimavlyanovich, U. U. (2022). ROSSIYA IMPERIYASI RASMIY AMALDORLARI VA TAFTISH KOMISSIYALARINING TURKISTONDAGI YER-SUV MUNOSABATLARIGA DOIR FAOLIYATIGA OID BA'ZI MULOHAZALAR. Farg'ona davlat universiteti, (2), 24-24.

15. Узбекистоннинг энг янги тарихи: Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. Биринчи китоб. -Тошкент: Шарк, 2000. -Б. 215.

16. Шахназаров А.И. Сельское хозяйство в Туркестанском крае. - СПб.: Типогр. В.Е. Киршбауна, 1908. - С. 240.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.