Научная статья на тему 'NAMANGANDA SOVET MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA IRRIGATSIYA TIZIMI VA SUG‘ORISH INSHOOTLARI'

NAMANGANDA SOVET MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA IRRIGATSIYA TIZIMI VA SUG‘ORISH INSHOOTLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
14
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
agrar munosabatlar / yangi yerlarni o‘zlash¬tirish / suv omborlari / suv kanallari / irrigatsiya inshootlarini kengaytirishi / paxta hosildorligi / аграрные отношения / освоение новых земель / расширение водохранилищ / акведуков / ирригационных сооружений / урожайность хлопка

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sharofiddinov Maxmudjon Mashrabjon O‘G‘Li

Ushbu maqolada Sovet mustamlakachiligi davrida Namangan viloyatida irrigatsiya tizimidagi o‘zgarishlar va uning asosiy xususiyatlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИРРИГАЦИОННАЯ СИСТЕМА И ИРРИГАЦИОННЫЕ СООРУЖЕНИЯ В СОВЕТСКОЕ ВРЕМЯ В НАМАНГАНЕ

В данной статье анализируются изменения ирригационной системы Наманганской области в период советской колонизации и ее основные особенности на основе исторических источников.

Текст научной работы на тему «NAMANGANDA SOVET MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA IRRIGATSIYA TIZIMI VA SUG‘ORISH INSHOOTLARI»

NAMANGANDA SOVET MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA IRRIGATSIYA TIZIMI VA SUG'ORISH INSHOOTLARI Sharofiddinov Maxmudjon Mashrabjon o'g'li

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti o'qituvchisi sharofiddinov.mahmudion@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10137755

Annotatsiya: Ushbu maqolada Sovet mustamlakachiligi davrida Namangan viloyatida irrigatsiya tizimidagi o'zgarishlar va uning asosiy xususiyatlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: agrar munosabatlar, yangi yerlarni o'zlashtirish, suv omborlari, suv kanallari, irrigatsiya inshootlarini kengaytirishi, paxta hosildorligi

ИРРИГАЦИОННАЯ СИСТЕМА И ИРРИГАЦИОННЫЕ СООРУЖЕНИЯ В СОВЕТСКОЕ ВРЕМЯ В НАМАНГАНЕ

Аннотация: В данной статье анализируются изменения ирригационной системы Наманганской области в период советской колонизации и ее основные особенности на основе исторических источников.

Ключевые слова: аграрные отношения, освоение новых земель, расширение водохранилищ, акведуков, ирригационных сооружений, урожайность хлопка

IRRIGATION SYSTEM AND IRRIGATION FACILITIES DURING THE SOVIET COLONIAL PERIOD IN NAMANGAN

Abstract: This article analyzes the changes in the irrigation system and its main features in the Namangan region during the Soviet colonial period on the basis of historical sources.

Keywords: Agrarian relations, development of new lands, expansion of reservoirs, water channels, irrigation facilities, cotton yield

KIRISH

Ma'lumki, agrar munosabatlar asosiy to'rt masalaning majmuasidan iborat bo'lib, ularni: birinchi, yer masalasi - odamlarning asosiy hayot manbalaridan biri, ikkinchi, yerni ishlovchi dehqonlar - yer shari aholisining eng ko'p sonli qismi, uchinchi, agromadaniyat masalasi, ya'ni yerni ishlash texnikasi va usullari, to'rtinchi sotsial-ijtimoiy masalalar - qishloq ishlab chiqaruvchilarining shahar ishlab chiqaruvchilari bilan o'zaro munosabati, sanoat bilan qishloq xo'jaligi orasidagi munosabatlar tashkil etadi.

Mustaqil O'zbekistonning tabiiy sharoitida jamiyatning farovonligi va iqtisodiyotning yuksalishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning istiqboli sug'orish va suv xo'jaligi taraqqiyoti bi lan bog'liqdir. Shuning uchun ham O'zbekistondagi suv xo'jaligining hozirgi holatini to'la tasavvur qilish uchun uning sovet hokimiyati yillarida tashkil etilishi va rivojlanishi tarixiga e'tiborni qaratish zarur.

Sovet hokimiyati davrida suv xo'jaligi ma'lum darajada rivojlandi, katta gidroinshootlar qurildi, sug'orma dehqonchilik yangi sotsial-iqtisodiy va texnikaviy asosga kuchirildi. Lekin ko'lami jihatidan bu katta ishlar talonchilik, mustamlakachilik mazmunidagi siyosatga bo'ysundirilgandi. Ya'ni sovet huku- matining agrar siyosati ham Chor ma'muriyati o'tkazib

kelgan siyosatning davomi bo'ldi1.

Shuning uchun ham birinchi navbatda o'lkaning yer osti boyliklari, o'rmon va suvlari musodara qilindi. Mustabid siyosiy tuzum yillarida o'lka xom ashyo bazasiga aylantirildi, paxta yetishtirish miqdor jihatidan yildan-yilga ortib bordi. Imperiya hukumati hukmronligi davrida tamal toshi qo'yilgan paxta yakka hokimligi bu davrga kelib paxta mustaqillig i uchun ko'rash mobaynida to'la shakllandi. Sug'orma dehqonchilik sohasining o'sishi, qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirishni kengaytirish ham huddi ana shu paxta ishlab chiqarishni ko'paytirishga qaratilgan edi. Bu ishlarning hammasi "ittifoq"ning markazi y hukumati tomonidan boshqarildi.

ASOSIY QISM

1917-yil oktyabr oyidagi davlat to'ntarishidan so'ng siyosiy hokimiyat tepasiga kelgan sovet hukumatiga ulardan avvalgi mustamlakachi imperiya hukumatining Farg'ona vodiysidagi 40 yildan ortiq hukmronligi davridan juda ham nochor qishloq xo'jaligi va eng primitiv irrigatsiya sistemalari meros bo'lib qolgan edi. Buning ustiga, Farg'ona vodiysida mustabid sovet rejimiga qarshi qurolli kurash davrida xalq xo'jaligiga, birinchi navbatda qishloq xo'jaligiga va uning sun'iy sug'orish tarmoqlariga juda katta zarar yetkazildi.

Natijada, o'lka iqtisodining eng muhim sohasi bo'lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish urushdan ilgariga nisbatan uchdan ikki qismga qisqarib ketdi2.

1921-yilga kelib, Farg'ona vodiysida ekin maydoni 1914-yilga nisbatan 63 foizga qisqardi, paxta hosildorligi esa gektar boshiga 13,7 sentnerdan, 4,2 sentnerga tushib qoldi.

Qishloq xo'jaligining bunchalik katta zarar ko'rganligiga asosiy sabab irrigatsiya inshootlari va suv taqsimotining buzilishi edi. Chunki bu davrda vodiyda mavjud bo'lgan yirik suv sistemalari—Kampirrovot to'g'oni, Isfayramsoydagi Polomon suv taqsimlagichi, Namangandagi Yangiariq kanalining bosh inshooti, Ulug'nahr sistemasi va boshqa qator kanallar, ariq, to'g'onlar harbiy harakatlar tufayli butunlay yaroqsiz holatga kelib qolgan edi.

Sovet hokimiyati 1918-yil aprel oyida markaziy hukumatni iqtisodiy bohrondan olib chiqishning muhim omillaridan biri, yengil sanoatni Turkiston o'lkasidan keltiriladigan xom ashyo paxta ekanligini anglagan holda, o'lkaning barcha joylarida yer-suv qo'mitalarini qaytadan tashkil etish to'g'risida ko'rsatma berdi. Bu markaziy hukumatning o'lka yer-suv boyliklarini o'z qo'liga kiritish borasidagi ilk o'tkazgan tadbiri bo'ldi.

1918-yil 17-mayda esa imperiya mustamlakasi davrida rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmay qolgan Turkiston o'lka sining sug'orish ishlariga va bu ishlarni tashkil qilishga 50 mln so'm ajratish haqida dekret e'lon qilinib, unga ko'ra, Farg'ona vodiysining Uchqo'rg'on cho'lida 10 ming desyatina yangi yerni o'zlash tirish va viloyatdagi 20 ming desyatina yerni sug'oradigan mahalliy suv inshootlarini tartibga solish kuzda tutilgan edi3.

Dekretni qabul hilishdan sovet hukumatining asosiy maqsadi, bir tomondan Rossiya sanoatini zaruriy xom ashyo bilan ta'minlash bo'lsa, ikkinchi tomondan, Turkiston o'lkasida nochor ahvolga tushib qolgan paxtachilikni tiklash bilan o'lkadagi siyosiy, iqtisodiy vaziyatni o'z manfaati yo'lida ijobiy hal etish edi.

Sovet hokimiyati yillarida Uchqo'rg'on cho'lini o'zlashtirish bo'yicha K.N.Sinyavskiy va G.K.Rizenkampf ma'qullagan loyiha asosida tadbirlar belgilangandi4 Umuman, geografik

1 Edward Allworth. Central Asia. A century of Russian rule. - New York: 1967. - Р. 288.

2 Узбекистан ССР тарихи. III том. -Т.: 1967. - Б. 32

3 Крдиров А. Узбекистан ирригацияси тарихидан лавхалар ( XIX аср урталаридан 1920 йилларгача). -Тошкент: А.Крдирий номидаги халк, мероси нашр., 1998, - Б. 53.

4 O'sha joyda

jihatdan Uchqo'rg'on cho'li hozirgi Qirg'iziston Respublikasi hududida 20 ming gektardan ortiq maydonga ega bo'lgan Qiziljar (bu massiv 1924 yildagi milliy davlat chegaralanishiga qadar Farg'ona viloyati hududiga kirar edi) massivi, O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati, Uychi rayonidagi Qizilrovot shirkat xo'jaligi yerlari hamda Uchqo'rg'on rayoni territoriyasini o'z ichiga olgan bo'lib, bu rayonning umumiy maydoni 307 kv. km ni tashkil etib, markazi Uchqo'rg'on shahridir. Uchqo'rg'on shahri Farg'ona vodiysining eng muhim sug'orish shoxoblari: Katta Farg'ona kanali, Shimoliy Farg'ona, Katta Andijon va Katta Namangan kanallari boshlanadigan joyda joylashgan.

1918-yili dekret e'lon qilinganidan ikki oy utib, Uchqo'rg'on cho'llarini o'zlashtirish bo'yicha "Uchkurganstroy" tashkiloti tuzilib, unga injener P.I.Ragalevich boshliq etib tayinla nadi. ГОТЦ^Управления ирригационных работ в Туркестане^^ xo'jalik bo'limiga esa tezda Uchqo'rg'on uchun kerakli bo'lgan asbob-uskunalar va zarur materiallar yuborilganligi haqida xabar keldi. IRTURning taklifi bilan Toshkent universitetining professori, keyinchalik akademik I.G. Aleksandrov bu ishga jalb etildi va unga IRTURning kollegiya a'zosi sifatida janubi-sharqiy Farg'ona yerlarining sug'orish loyihasi bo'yicha tuzilgan byuroni boshqarish topshirildi. I.G.Aleksandrov mutaxassis-injenerlar K.N.Sinyavskiy, P.N.Ragalevich va boshqalar bilan birgalikda Norin daryosidan suv oluvchi inshootlar qurish yordami bilan Uchqo'rg'on cho'llarini hamda vodiyning janubi-sharqiy qismini sug'orish loyihasini tuzib chihadi. U tuzgan loyiha va hisoblarga ko'ra, Uchqo'rg'on cho'lida 23 300 desyatina, Qiziljar cho'lida esa 6800 desyatina yerni sug'orish mumkin edi. Mutaxassislarning fikricha, bundan tashqari, yana 27795 desyatina yangi yerlardan xo'jalik maqsadlarida foydalanish mumkin edi5. Hukumat ko'rsatmasiga asosan tuzilgan IRTUR nomli boshqarma, a'zolari I.G.Aleksandrov boshlih, T.K.Rizenkampf, A.V.Chapliginlar tomonidan Turkiston o'lkasida, jumladan, Farg'ona vodiysida irrigatsiya muammolarini hal etish rejalari ishlab chiqildi. Boshqarma a'zolaridan 100 kishi mutaxassi s sifatida Turkiston o'lkasiga yuborildi.

Sobiq Ittifoq davrining dastlabki yillarida ham paxtachilikni jadal rivojlantirishdan iborat markaz siyosati-Farg'ona vodiysi viloyatlarida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish bilan bog'liqligi suv xo'jaligini shakllanishidagi belgilovchi omil bo'ldi.

1925-1926-yillarda Namangan viloyatida Podshootasoy irrigatsiya tizimi, Yangiariq, Norin va boshqa sug'orish tizimlarini tubdan qayta tiklash ishlari amalga oshirildi.

Natijada, 1926-yili 2,0 ming gektarga yaqin yerlarni sug'orish imkoniyati yuzaga keldi. 1929-yilda 1920 yilga nisbatan ekin maydonlari 70,0 foizga o'sdi, paxta ekiladigan maydonlar esa 9 marta kengaydi. 1928-1929-yillarda Uchqo'rg'on cho'lini o'zlashtirish maqsadida uzunligi 36,6 km bo'lgan Oktyabr (hozirgi Chap qirg'oq kanal) kanali qurilishi 5,0 ming gektar yerning suv ta'minotini yaxshilandi6.

1933-1934-yillarda Eshonbobo arig'ining kengaytirilishi va uzaytirilishi bilan (hozirgi Mingbuloq tumanidagi Oxunboboev nomli kanal) Markaziy Farg'onada yangi yerlarni o'zlashtirishni salmoqli hajmlarini yuzaga keltirdi.

1938-yil Pop tumanida uzunligi 9 km. bo'lgan Langar arig'ini qazilishi tufayli 600 gektar yangi yerlar o'zlashtirildi. 1939-yil qurilishi boshlangan Katta Farg'ona kanali hamda 45 kunda qurib bitkazilgan (1940-yil 10-fevraldan 15-martga qadar). Shimoliy Farg'ona kanallari qishloq

5 Заорская В.В., Александров И.Г. Преспективы развития орошения в Фергане. -М.: 1922. - С. 52-53.

6 Эгамбердиев Р.С., Абдурахмонова Т.А.. История развития ирригации в Узбекистане (1925-1937). -Т.: Фан, 1975, - Б. 41.

xo'jaligining rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Shimoliy Farg'ona kanali 42,0 ming gektar yerning suv taminotini yaxshilabgina qolmay, qo'shimcha I9,0 ming gektar yangi ekin maydonlarini o'zlashtirish ishlari amalga oshirildi.

1941-1945-yillarda Namangan viloyatida irrigatsiya qurilishlari davom etdi. 1942-yilda qurilgan Kosonsoy va Chust tumanlari hududlaridagi uzunligi 40 km. dan iborat Chust kanali 4,4 ming gektar, 1944-yilda qurilgan 5,5 km. dan iborat Yuqori Uchqo'rg'on kanali esa I,6 ming gektar yangi yerlarni sug'orish imkonini berdi7. O'rta To'qay suv omborida I950-yil 100 mln. kubometr suv to'plandi. SHuningdek, I949-yilda Chust kanali, 1947-1949-yillarda Oxunboboev nomli kanal, 1950-yilda Podshootasoy irrigatsiya tizimidagi Xodikent kanallarining kengaytirilishi natijasida ekin maydonlari 7,0 foizga ko'paydi, lalmikor yerlardagi ekin maydonlari esa 4 marta ko'paydi.

Shunga qaramay, sug'orish tarmoqlarining buzilishi, yerlarning sho'rlanishi va botqoqlanish jarayonlari hamda viloyatning shimoliy qismlarida, ayniqsa, Chust, Pop, Kosonsoy, To'raqo'rg'on, Yangiqo'rg'on tumanlarida suv ta'minotining yaxshi emasligi, suv tanqisligidan dehqonchilikka yaroqli katta maydonlar qishloq xo'jaligi tasarrufidan chiqib ketgan edi. Ularni qayta tiklash va qishloq xo'jaligi hissasiga kiritish uchun birinchi navbatda irrigatsiya qurilishi ishlarini kuchaytirish, ariq-zovurlarni tozalash va ta'mirlash lozim edi.

O'tgan asrning 50-yillarida Kosonsoy suv omborining qurilishini tugallash asosiy davrning vazifalardan biriga aylandi. Qurilish ishlari 1956 yilda nihoyasiga yetkazildi va suv ombori 160-I65 mln. kubometr suv sig'imiga ega bo'ldi. Mazkur suv ombori Qirg'izistonning Olabuqa tumani va O'zbekistonning Namangan viloyatidagi Chust, Kosonsoy, To'raqo'rg'on va Namangan tumanlarida suv ta'minotini yaxshilandi hamda I2,0 ming gektar yangi yerlarni sug'orish imkonini ham berdi.

Viloyat suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan tuzilgan loyiha asosida Chust kanalining ikkinchi navbati qurilishi boshlandi ya'ni, Kanal I948-yilda 16 km. ga uzaytirilib, Sumsaroydan Daricha arig'igacha olib borildi. I947-1949-yillarda Oxunboboev nomli kanal kengaytirildi, natijada 3,5 ming gektar ekin maydonlari sug'orildi8.

1950-yilda sel toshqinlari vaqtida ortiqcha suvlarni tashlab turish uchun Namangan tashlamasi barpo etildi. Podshootasoydan suv oluvchi 19 km. uzunligidagi Xadikent kanali qazildi. Bu kanal 2,5-3,0 ming gektar yangi yerlarni o'zlashtirish imkonini berdi. 1949-yilda Sharqiy Kosonsoy kanali qurildi. Uzunligi 3I km. bo'lgan kanalni qazish uchun 350 ming kubometr yer qazish ishlari olib borildi.9

1950-yilda Namangan viloyatida ekin maydonlari 1913-yil darajasiga yetdi. Mavjud 164,7 ming gektar ekin maydonlari tarkibida paxta asosiy o'rinni egalladi (I00,6 ming gektar), 3I,3 ming gektari donli ekinlardan (donli ekinlar 1913 yilga nisbatan 3 marta qisqardi), 2,9 ming gektar sabzovot-poliz va kartoshka ekinlaridan va 27,1 ming gektar yem-xashak ekinlaridan iborat bo'ldi. 1950 yilda Namangan viloyatida 242,0 ming tonna paxta tayyorlandi va hosildorlik gektaridan o'rtacha 24,0 tsentnerni tashkil qildi. I955-1960 yillarda ekin maydonlari 183,2 ming gektardan I86,I ming gektarga ko'paydi10.

7 Очилов H. Узбекистонда ирригация ва мелиорация ишлари (1946-1964). -Тошкент: Фан, 1991, - Б. 39.

8 Турсунов С. Мустабид тузумнинг аграр сиёсати (1946-1965 йиллар). -Тошкент: Шарк, 2001, - Б. 67.

9 Мамедов А. Равитие ирригация в Узбекистане -Т.: Фан, 1967. - С. 78-86

10 O'sha joyda

Namangan viloyatida 1966-1970 yillarda 16,7 ming gektar yangi yerlar o'zlashtirildi. "Namangansuvqurilish" ("Namanganvodstroy") va "Namangan irrigatsiya qurilishi" ("Namanganirstroy") tashkilotlari 250 ta doimiy va ko'chma nasos stantsiyalarini ishga tushirdilar. 145 ta artezian quduqlari kovlandi. 6,0 ming gektar adir yerlar suv bilan ta'minlandi va 53,0 ming gektar yerning suv ta'minoti yaxshilandi. 300 km. dan ortiq kanallar betonlashtirildi. Yuqoridagi maqsadlarga kapital mablag'lardan qilingan harajatlar 81,0 mln. so'mni tashkil etdi11.

Namangan viloyatida bunyod etilgan yirik inshootlardan biri Norin daryosida qurilgan Uchqo'rg'on gidrouzeli12 bo'ldi. Bu gidrouzelning bosh to'g'oni hamda ikkita chap regulyatori Shimoliy Farg'ona kanali va o'ng regulyatori-Katta Farg'ona kanalida suv o'tkazish quvvatini oshirish uchun xizmat qildi.

Shuningdek, Namangan viloyati ekin maydonlariga zarur miqdorda suv berib turishidan tashqari, Markaziy Farg'onadagi qo'riq yerlarni sug'orish uchun daryodan yana sekundiga 200 kubometr suv olish uchun imkoniyat yaratildi. Natijada 8,4 ming gektar yer o'zlashtirildi va 14,2 ming gektar yerda suv ta'minoti yaxshilandi. Bir qator yirik irrigatsiya inshootlari ham bunyod etildi. Jumladan, Qizsoy, Beshtol, Qoramurt, Irvadonsoy, G'irvonsoy selxonalari, Chust tumanida sel suvlarni yig'ib oluvchi 50 km. uzunlikdagi kanal qurildi. Viloyatda birinchi marta yopiq usulda sug'orish joriy etildi. Chust va Yangiqo'rg'on tumanlarida yer osti suvlaridan foydalanish uchun 140 ta quduq qazildi.

Shimoliy Farg'ona kanali, kollektorlar va boshqa mahalliy manbalardan suv oladigan ko'chma nasoslar ishga solindi. Uchqo'rg'on gidrouzelidan so'ng vodiyda bunyod etilgan yirik irrigatsiya inshootlari Katta Andijon va Katta Namangan kanallaridir. Katta Namangan kanalining 62 km. li birinchi navbati 1975 yili ishga tushirildi. Katta Namangan kanalidan 31 ming gektar maydonlar sug'orildi va 16,0 ming gektar yerda suv ta'minoti yaxshilandi. Yangi kanal tog'lardagi manbalar suvi bilan qo'shimcha ravishda yana 5,0 ming gektar yuqori hududlardagi yerlarni sug'orish imkoniyatini berdi. Kanal terassasida 60 ta suv o'tkazgich, 24 ta dyuker, 16 ta akveduk va 36 ta ko'prik kabi gidrotexnik inshootlar barpo etilgan13.

1976-yillarda viloyatda 25,0 ming gektarga yaqin yerni o'zlashtirish, eskidan sug'orib kelinayotgan 15,0 ming gektar yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlari amalga oshirildi. 1974-1976-yillarning eng muhim irrigatsiya inshootlaridan biri Katta Namangan kanalining ikkinchi navbat qurilishi bo'ldi. 1976-yilga kelib, kanalning uzunligi 82 km. ga yetkazilib, 13,5 ming gektar yerning suv ta'minoti yaxshilandi.

Kosonsoy atrofidagi yerlar ilgari Kosonsoy suv omboridan suv ichardi. Keyingi yillarda suv ombori suvi yetishmay qoldi. Katta Namangan kanali qurilgach, Kosonsoy, To'raqo'rg'on, Chust tumanlari Norin suvidan ichadigan bo'ldi. Kanalning ishga tushishi bilan Shimoliy Farg'onaning suvga tanqis adir va qir zonalarini qishloq xo'jaligi faoliyatiga jalb etildi va bu iqtisodiy samara berdi.14 Uzunligi 180 metrli "Namangan-1" nasos stantsiyasi ham o'ziga xos ko'chma qurilma bo'lib, uni bir joydan ikkinchi joyga olib borib ishlatish ham mumkin. O'ziga xos bu qurilma birinchi bor Katta Namangan kanalida sinab ko'rildi.

11 Абдуллаев О. Наманган вилояти: табиати, ахрлиси, хужалиги.- Наманган , 1995. - Б. 82.

12 Uchqo'rg'on to'sig'i (g'ovi) deb ham yuritiladi.

13 Комилов О. К. Узбекистонда ирригация тизими ривожланиши: ютук,, муаммо ва унинг ок,ибатлар.: Akademnashr, 2016, - Б. 231.

14 Косимов Й. Наманган вохасини суFориш тарихидан. -Т.: Фан, 1983. - Б. 56-60 .

Katta Namangan kanalidan suv oluvchi adir yerlarni o'zlashtirish evaziga o'tgan asrning 70-yillari oxirida O'zbekiston meva-sabzovot xo'jaligi vazirligining 27 ta davlat xo'jaliklari tuzildi. Bularning har birida markaziy qo'rg'on va ko'plab ishlab chiqarish inshootlari qurildi hamda katta maydonlarda bog'-uzumzorlar barpo etildi. Katta Namangan kanalining ikkinchi navbat qurilishi 43,8 ming gektar yerni sug'orish va eskidan ekib kelinayotgan maydonlarda suv ta'minoti yanada yaxshilash imkonini berdi. Adir va tog' oldi mintaqadagi qadimdan

foydalanilgan yerlarning 85,0 foizida suv ta'minoti yaxshilandi, umumiy kanal tarmog''idagi 16,0 ming gektar yerda qishloq xo'jaligi ekinlarini yetarli miqdorda suv bilan ta'minlash, adir yerlardan 10,9 ming gektar maydonni o'zlashtirishga erishildi15.

Viloyatdagi asosiy sug'orish tarmog'i - Shimoliy Farg'ona kanalining suv o'tkazish quvvatini oshirishga ham alohida e'tibor berildi. Shu maqsadda kanalning 120 km. uzunligidagi o'zani kengaytirildi, hamda chuqurlashtirildi. Sug'orish tarmoqlari, temir yo'l va avtomobil yo'llari kesib o'tgan joylardagi gidrotexnik inshootlar qayta qurildi. Natijada, esa 30,0 ming gektar paxta maydonida suv ta'minotini yaxshilandi. Shu bilan birga Shimoliy Farg'ona kanali suvi mashinalar orqali kamsuv hududlarga chiqarib beriladi. Mahalliy suv manbalarini katta bo'lmagan suv omborlariga oqizish tartibga solindi. Yer osti suvlaridan rejali foydalanish yo'lga qo'yildi.

Viloyatning suv kam bo'lgan hududlari, ayniqsa, Kosonsoy, Chust, To'raqo'rg'on, Pop va Yangiqo'rg'on tumanlarida eski sug'orish tarmoqlari qayta qurildi. Ularning 419 km.dan iborat qismi betonlashtirildi. Natijada suvning yerga singib ketishini keskin kamaytirish evaziga foydalanish koeffitsienti 0,80 ga yetkazildi, dalalarga suv ta'minotini 30,0 foizga oshirish imkoniyati tug'ildi. Viloyatda jami quvvati sekundiga 5 kubometr bo'lgan 357 ta artezian qudug'i qazildi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda Namanganda Sovet mustamlakachiligi davrida suv irrigatsiya tizimi va sug'orish inshootlari shakllanishi doir ko'plab ishlar amalga oshirildi.

Sovet mustamlakachiligi davrida tizimda tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Dastlab yer-suv islohotlar amalga oshirildi. Undan keyin birin-ketin Katta Farg'ona, Shimoliy Farg'ona, Katta Namangan, Kosonsoy kabi yirik kanallar va suv omborlari barpo etildi. XX asrning 70-80-yillarida Namangan viloyatda yangi suv omborlari, nasos stansiyalari barpo etildi. Ular vegetatsiya davrida viloyat sug'orish maydonlariga xizmat qila boshlashgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR

1. Edward Allworth. Central Asia. A century of Russian rule. - New York: 1967. - Р. 288.

2. Узбекистан ССР тарихи. III том. -Т.: 1967. - Б. 32

3. ^одиров А. Узбекистон ирригацияси тарихидан лавхдлар ( XIX аср урталаридан 1920 йилларгача). -Тошкент: АДодирий номидаги халк мероси нашр., 1998, - Б. 53.

4. Заорская В.В., Александров И.Г. Преспективы развития орошения в Фергане. -М.: 1922.- С. 52-53.

5. Эгамбердиев Р.С., Абдурах,монова Т.А.. История развития ирригации в Узбекистане (1925-1937). -Т.: Фан, 1975, - Б. 41.

6. Очилов Н. Узбекистонда ирригация ва мелиорация ишлари (1946-1964). -Тошкент: Фан, 1991, - Б. 39.

15 Комилов О. К Узбекистонда ирригация тизими ривожланиши ва унинг окибатлари (1951-1990 йй.): Тарих фан.докт.... дисс. - Андижон, 2017, - Б. 172.

7. Турсунов С. Мустабид тузумнинг аграр сиёсати (1946-1965 йиллар). -Тошкент: Шарк, 2001, - Б. 67.

8. Мамедов А. Равитие ирригация в Узбекистане -Т.: Фан, 1967. - С. 78-86

9. Абдуллаев О. Наманган вилояти: табиати, ах,олиси, хужалиги.- Наманган , 1995. - Б. 82.

10. Комилов О. К. Узбекистонда ирригация тизими ривожланиши: ютук, муаммо ва унинг окибатлар.: Akademnashr, 2016, - Б. 231.

11. ^осимов Й. Наманган вохдсини сугориш тарихидан. -Т.: Фан, 1983. - Б. 56-60 .

12. Комилов О. К Узбекистонда ирригация тизими ривожланиши ва унинг окибатлари (1951-1990 йй.): Тарих фан.докт.... дисс. - Андижон, 2017, - Б. 172.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.