Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON HUDUDIDA BIRINCHI BESH YILLIK (1928-1933 YILLAR)DA IRRIGATSIYA INSHOOTLARINING QURILISHI VA QISHLOQ XO‘JALIGINING YUKSALISHI'

O’ZBEKISTON HUDUDIDA BIRINCHI BESH YILLIK (1928-1933 YILLAR)DA IRRIGATSIYA INSHOOTLARINING QURILISHI VA QISHLOQ XO‘JALIGINING YUKSALISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
802
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
besh yilllik / irrigatsiya / melioratsiya / kolxoz / paxtachilik / kollektivlashtirish / paxtachilik / mexanizatsiya

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mirzaqosimov Abduvaxob

Ushbu maqolada O’zbekiston SSRda sobiq ittifoq miqyosida amalga oshirilgan “Birinchi besh yillik” (1928-1933 yillar) davrida irrigatsiya va melioratsiya ishlarining rivojlanishi hamda buning natijasida qishloq xo’jaligi sohasining jadal rivoji faktik misollar orqali yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON HUDUDIDA BIRINCHI BESH YILLIK (1928-1933 YILLAR)DA IRRIGATSIYA INSHOOTLARINING QURILISHI VA QISHLOQ XO‘JALIGINING YUKSALISHI»

«Cl

ilmiy-uslubiy JumaH

0'7RFI^T«TniV III П1 П1ПЛ lillíI\Y III lil ilí VTT T Ik 11 0Ч4

Я*

O'ZBEKISTON HUDUDIDA BIRINCHI BESH YILLIK (1928-1933

ÍW

>

YILLAR)DA IRRIGATSIYA INSHOOTLARINING QURILISHI VA QISHLOQ XO'JALIGINING YUKSALISHI

Mirzaqosimov Abduvaxob

Andijon davlat universiteti 2-bosqich magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7240834

î#5a > \ ЖЩ

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston SSRda sobiq ittifoq miqyosida amalga oshiгilgan "Birinchi besh yillik" (1928-1933 yillar) davrida irrigatsiya va melioгatsiya ishlarining rivojlanishi hamda buning natijasida qishloq xo'jaligi sohasining jadal rivoji faktik misollar orqali yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: besh yilllik, irrigatsiya, melioratsiya, kolxoz, paxtachilik, kollektivlashtirish, paxtachilik, mexanizatsiya.

« : ] -

1917-1924 yillarda O'zbekistonda irrigatsiya va dehqonchilikni tiklash ishlari muvaffaqiyatli yakunlangach, Sovet hukumati O'гta Osiyo гespublikalaгi oldiga paxtachilik va irrigatsiya qurilishini keskin yuksaltirish, SSSRning paxta

»

mustaqilligini, va qishloq xo'jaligida kollektiv tizimning g'alabasini ta'minlash kabi muhim vazifalami qo'ydi. Bu yiгik dastumi muvaffaqiyatli amalga oshiгish uchun yiгik paxtakoг sovxoz va kolxozlami tashkil etish, qishloq xo'jaligi ishlarini mexanizatsiyalash hisobiga mehnat unumdorligini oshirish zarur edi.

O'zbekiston SSR kompartiyasi MQning 1929-yil 25-maydagi "O'zbekiston

.................... ., ..... ....

partiya tashkilotining ishi to'g'risida"gi qaгoгida paxtachilik va iгrigatsiyani

rivojlantirish muammolaгiga katta e'tibor berildi. Siyosiy byuroning "Glavxlopkomash ishi to'g'гisida"gi (1929-yil 18-iyul) qarorida ham yaqin yillarda SSSRda paxta mustaqilligiga eгishish ko'zda tutilgan edi. Qararáa гejalashtiгilgan paxtachilik dasturi ijrosini kafolatlovchi asosiy vazifalardan biri irrigatsiyani гivojlantiгish ekanligi alohida ta'kidlandi. Irrigatsiya qurilishi, irrigatsiya inshootlarini ishga tushirish va sug'oriladigan yerlarni rivojlantirishning keng dasturi belgilandi.

Sug'oгiladigan maydonlami kengaytiгish, qishloq xo'jaligi, asosan, paxta hosildoñigini oshiгish bo'yicha qatoг chora-tadb^^ ko'гildi. Paгtiya biгinchi besh yillik yakuniga qadar Sovet Ittifoqida paxta yetishtirishni 33 foizga oshirish vazifasini qo'ydi va tegishli tashkilotlama suv xo'jaligi rejasini qayta ko'гib chiqishni topsM^. Mablag'laг eng istiqbolli ekin maydonlarini o'zlashtiгish va hosildoгlikni oshiгishga yo'naltirish zaгuгligi ta'kidlandi. Buning bilan O'zbekistonda 1930-yilga kelib paxta ekin maydonlari mavjud 585,7 ming gektarga nisbatan 745,5 ming

gektarga, besh yillik yakuniga qadar esa 1121,5 ming gektarga yetkazilishi kerak edi.

Ы> 3 ]> <}>

g

u>,* ^ t<ns

№3 2022

ttmty-usJubtv jurttali l"-,J

miiif-iwuuif juiiian

1928-yilda respublikada 1 million 632 ming gektar sug'orilgan bo'lsa, 1932-

#

>

yilda 2 million 147 ming gektar sug'orish rejalashtirildi. Birinchi besh yillik reja yillarida ham operativ tadbirlar va kichik hajmdagi qurilishlar, ham yirik irrigatsiya inshootlarini qurish hisobiga yangi sug'orish maydonlarining ko'payishi kuzatildi. 1929-1932 yillarda Respublikada, butun Sovet Ittifoqida bo'lgani kabi, qishloq xo'jaligini to'liq kollektivlashtirish amalga oshirildi, boylar sinf sifatida butunlay yo'q qilindi, iqtisodiy va madaniy qoloqlikni bartaraf etish uchun kurash keng miqyosda rivojlantirildi.

J

O'zbekiston suv xo'jaligi organlari yangi tashkil etilgan jamoa xo'jaliklari uchun barcha paxta maydonlarida keng ko'lamli irrigatsiya qurilishini rivojlantirishi, meliorativ sheriklik asosida kichik sug'orish qurilishini amalga oshirishi, kichik sug'orish tarmoqlarini qayta tashkil etishi, sug'orish mumkin bo'lmagan yerlarda mexanik sug'orish qurilmasi bo'yicha ishlarni kengaytirish, sug'orish hamda qurilish ishlariga mexanizatsiyani joriy etishi lozim edi.

Q 1 n Kûfili T ni 111/- mm \ri11 onrin mi <Y' rv n 1 o 1 iYnn alAinlof viirnrnn nov+o a1/"iti1 on

Birinchi besh yillik reja yillarida sug'oriladigan ekinlar, xususan, paxta ekinlari

miqyosi ancha kengaytirildi. Sug'orish ishlari uchun davlat tomonidan katta mablag' ajratildi. O'rta Osiyo, Qozog'iston va Kavkazortida irrigatsiya tadqiqotlari va irrigatsiya qurilishi uchun byudjetdan 470 million rubldan, sug'orish tizimlarini ishga

»

m?

tushirish uchun 200 million rubldan ortiq mablag' taqsimlab berildi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko'ra, aholining o'zi irrigatsiya qurilishiga 150 million rublga yaqin sarmoya kiritgan. Natijada birinchi besh yillikda bu respublikalarda sug'oriladigan maydonlarning o'sishi 600 ming gektardan oshib ketdi.

Xuddi shu davrda irrigatsiya tizimlarining ishlashida, suv taqsimoti va suvdan foydalanishda katta o'zgarishlar yuz berdi. Bir tomondan, yirik sug'orish tizimlarining P j> ustidan davlat boshqaruvi o'rnatildi, tashkil etilgan MTSlar suvdan foydalanish ishlariga jalb qilindi. Boshqa tomondan, foydalanish jarayonida mavjud eski tizimlar takomillashtirildi. Shu bilan birga, suvni yerdan foydalanish hajmiga ko'ra umumiy taqsimlashni emas, balki muayyan ekinlarni sug'orish uchun suvni oldindan belgilangan vaqtlarda ushbu ehtiyojga mos keladigan suv bilan ta'minlashni nazarda tutadigan rejali suvdan foydalanish tizimi joriy etildi. Aholini sug'orish inshootlarini tozalash ishlariga jalb qilish rejasi tuzib chiqilib, kolxozlar, kambag'al va o'rta dehqonlar uchun suv yig'ish uchun haq to'lashda imtiyozlar belgilandi.

Birinchi besh yillikda rejalashtirilgan iqtisodiy qurilishning ulkan dasturini

amalga oshirish natijasida O'zbekiston qisqa vaqt ichida irrigatsiya va melioratsiya

<r 1 > ^^^ ^^ i

sohasidagi qoloqlikdan taraqqiyot sari ulkan sakrashni amalga oshirishi, iqtisodiy

qiyofasini tubdan o'zgartirishi kerak edi.

Paxtachilikning yanada yuksalishi irrigatsiyani jadallik bilan rivojlantirishni, yangi yerlarni o'zlashtirishni taqozo etardi. Shuning uchun irrigatsiya qurilishi

yangi yerlarni o zlashtiris^i^±i taqozo etardi. Shuning uchun irri&atsiya qurilishi

m

v> ¡>

>q ] i )> >

U>,* ^ №

Miiiif-iwuuif juiiian

sohasidagi 1928-1932 yillar uchun belgilangan yangi vazifalar paxtachilikni

#

>

rivojlantirishga to'laligicha bo'ysundirildi.

Birinchi besh yillikda olib borilgan izlanish va loyihalash ishlari natijasida, asosan, yangi irrigatsiya inshootlari uchun texnik loyihalar yaratildi, ikkinchi besh yillikda irrigatsiya loyihalarini joylashtirish uchun ham rejalar tayyorlandi.

Birinchi besh yillik reja yillarida O'zbekistonda irrigatsiya masalasiga oid quyidagi ishlar amalga oshirildi: Narpayda zovurlar to'liq rekonstruksiya qilinishi Sultonobod viloyatida paxta yetishtirishga yaroqli maydonlar kengayib, umumiy

J г■ J О J 1 J О J , J

maydoni 4800 gektarga ko'payishiga olib keldi; Angarni rekonstruksiya qilish va uning yo'lini to'sish paxtachilik sovxoziga mo'ljallangan 5 ming gektar yer maydonini ko'paytirish imkonini berdi; Uchqo'rg'ondagi o'tgan yilgi ishlarni yakunlash va 5200 gektar ekin maydoniga paxta sovxozini tashkil etish bo'yicha qo'shimcha ishlar qilindi. Bundan tashqari, Uchqo'rg'on dashtining yuqori zonasini elektrlashtirish orqali sovxoz uchun 2500 gektar yerda sug'orish ishlari olib borildi;

С ОТ ГОТ T firVTTVrVTI ПЛППЧЛ 1 ГПП-'АПОП ТГП (Т О n Т ni ГГ1 Votn/>ni И VI ППТ1 +1 T7OII О 1Л 11ЛП1ТП

Savay sovxozi uchun yerni sug'orish va o'tgan yilgi kamchiliklarni tuzatish uchun

>

magistral kanalni kengaytirish va uni Yoqbura daryosidan tashqariga cho'zish ishlari amalga oshirildi; Qumqo'rg'onda sovxoz uchun ajratilgan 5 ming gektarda sug'orish ishlari olib borildi; Xonariq - 5000 gektardan iborat paxtachilik sovxozini sug'orish ishlari yakunlandi, 4 ming gektar maydon olish imkonini beradigan kollektor qurilidi, shundan 3200 gektarini paxta yetishtirishga mo'ljallangandi; Mirzacho'l kanali orqali sug'orish ishlari jadallashtirildi;

Farg'ona vodiysi hududi bo'yicha Ko'kumboy dashti sug'orildi; Uyyansoyda kapital tozalash ishlari yakunlandi, magistral kanallarini shlyuzlash va chuqurlashtirish ishlari amalga oshirildi; Shomirza ariq bo'yidagi yerlar sug'orildi; Sariqamish ariq bo'yidagi yerlarni drenajlash va sug'orish ishlari amalga oshirildi; Oltiariqdagi yerlar sug'orildi; Pervomayskiy kanali kengaytirildi va uzunlashtirildi; Dalvarzin botqoqlari drenajlandi; Xonobod botqoqlari quritildi; Qashqardulan va Tunguz ariqlari bo'yidagi yerlar sug'orildi; Isfara tizimining 17 ta shoxobchasini shlyuzlandi va hokazo. Shunday qilib, Farg'ona vodiysidagi jami 32 ta obyektda ishlar amalga oshirildi.

Zarafshon vodiysida Jizzax massivining Eski Tuyatortar kanali bo'ylab yerlar

J-jt

sug'orildi; Bulung'ur hududidagi tashlandiq yerlarni sug'orildi; Zominsoy shlyuzlandi; Rahmatobod botqoqlarini quritish va sug'orish ishlari olib borildi; Yangiqozon arig'i sug'orildi; Romiton kanali bo'ylab sug'orish ishlari olib borildi; Yangikent arig'i bo'ylab sug'orish ishlari yakunlandi va hokazo. Hammasi bo'lib

! И*

Zarafshon vodiysining 21 ta obyektida irrigatsiya ishlari amalga oshirildi.

Qashqadaryo havzasidagi Patran, Telikaran, Fazliy, Konchin, Ko'chbog', Qodjar; ariqlari tizimlashtirildi. G'uzordaryo bo'ylab o'ng qirg'oq shoxobchalar

......__________• i ____-u „

umumlashtirildi; Darxon arig'ida sug'oruvchi inshootlar qurib bitkazildi; Oqsuv va * : j*

: * ^ * n>

№3 2022

ilmlyusluWyjumali

»

Miiiif-iwuuif juiiian

Tanxaz daryolarining quyi oqimidagi suv-botqoq yerlarni quritish va sug'orish ishlari

olib borildi. Qashqadaryo havzasidagi jami 11 ta uchastkada turli xil irrigativ ishlar amalga oshirildi.

Surxondaryo havzasida: Xasanxon arig'i bo'ylab sug'orishni rivojlantirish; Uzun botqoqlarini quritish va sug'orish; ariqlar to'g'onini rekonstruksiya qilish; Xonim ariqida inshootlar qurish; Bo'kata kanali bo'yidagi yerlarni sug'orish va boshqa ishlar yakunlandi va ushbu havzada jami 10 ta uchastkada amaliy ishlar olib borildi.

Xorazm viloyatidagi Ko'ktog', Qora-Tau, Sarito'g'ay, Eshonto'g'ay, Xonto'g'ay, Mashto'g'ay, Qodir-1, Qodir-2, Jurmaz-I va II, Qoraqozi, Sovg'onmaydon, Baramakbo'stam uchastkalarida nasosli sug'orish ishlari yo'lga qo'yildi.

O'rta Osiyo respublikalarida besh yil davomida qidiruv va loyihalash ishlariga 39822 ming rubl sarflandi, bu umumiy qurilish xarajatlari 312140,2 ming rubl

minnrvnrln ifrvriol ог»гтпг> пАтп n+1 m 1 1 О/ n 1 Inn 1 alrl 1 О ' о г! о nKl/i Kûo п

miqdorida ifodalangan holda atigi 11% ni tashkil etdi. O'zbekistonda dastlabki besh

yil davomida tadqiqot va loyihalashtirish uchun naqd xarajatlar 6084,4 ming rublni tashkil etdi (1929—410,2 ming rubl; 1930—874,4 ming rubl; 1931—2623,9 ming rubl; 1932—2175,9 ming rubl). 14

iW

Agar besh yillik rejaning birinchi yilida operatsion faoliyatga 23,8 million rubl sarflangan bo'lsa, 1932 yilda ularga sarflangan xarajatlar 53,5 million rublni tashkil № etdi

1928-1932 yillarda Farg'ona vodiysidagi Uchqo'rg'on, Savay va Ko'kumboy dashtlari, Sirdaryo havzasidagi Dalvarzin va Mirzacho'l dashtlari, Zarafshon vodiysidagi Darg'ombo'yi, Bulung'ur va Jilvon cho'llari, Surxondaryodagi

ГЛ1 1 m n/л 'rrr' ап rl п о п m 1 nmr 1л1 Inn fn'mmlnrU unUiin rti nm iK1 il/orln т ron гт 1 ппп-'лпс1л

Qumqo'rg'on dashtlarimi suv bilan ta'minlash uchun respublikada yangi sug'orish tizimlari paydo bo'ldi.

''Keng miqyosda avj olgan irrigatsiya qurilishi xo'jalik organlarini qayta qurishni taqozo etdi. Murakkab irrigatsiya inshootlarini qurish uchun respublika suv xo'jaligining kuch- qudrati yetarli emas edi. Shuning uchun besh yillik reja boshida irrigatsiya va qurilish trestlari tashkil etila boshladi. Misol uchun 1930 yilda Glavxlopkom qoshidagi O'rta Osiyo irrigatsiya qurilish tresti, 1924-1934 yillar

/1 пт 7 mi 1 n "С-гл/чпгттг/л/чп+т'/лтг" ^fAn+l n-fi Kiiriii/4ir1r>m /л n rr m 1 1 it> 1 r\ rn 1л t re

davomida "Sredazvodstroy" trestlari O'zbekiston hududidagi eng murakkab va yirik

ш

irrigatsion loyihalarni tashkil qildi. Bu tashkilotlardan tashqari 1929 yilda Toshkentda SSSR Qishloq xo'jaligi xalq komissarligi Irrigatsiya va melioratsiya qurilishi bosh

> > Ы > -

й-

Социалистическое переустройство сельского хозяйства в Узбекистане (1917—1926), Сборник

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

документов АН УзССР, Ташкент, 1962, стр. 272.

j >-;> Ъ-4 >

: * ^ * п>

moi

llmly-uslubty jumaU

4 1><M> 1>

boshqarmasining irrigatsiya tizimlari va suv xo'jaligini tadqiq qilish va loyihalash

#

>

bo'yicha O'rta Osiyo idorasi tashkil etildi.

Chirchiq-Angren va Zarafshon vodiylarining mavjud tizimlarida, Qoradaryo, Norin, Isfara, Sanzor, Surxondaryo havzalarida sug'oriladigan maydonlar kengaytirildi. Eng ko'p sug'oriladigan yerlar Dalvarzin cho'lida - 27 ming gektar, Savayda - 12,5 ming gektar, Nijnexansk tizimida - 13 ming gektar, Chirchiqda -12,3 ming gektar, Uchqo'rg'onda - 9,5 ming gektarga to'g'ri keldi. Shu davrda paxta, beda va boshqa ekinlar uchun mo'ljallangan sug'oriladigan yerlarning umumiy hajmi 246,4 ming gektarni tashkil etdi.

1930-yil 28-aprelda O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti F.Xo'jayev imzolagan "Yangi va tiklangan sug'orish uchun yerlarni o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorni qabul qildi, unda yerlarni sug'orish va qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orish ishlarining nihoyatda qoniqarsiz holati qayd etib o'tildi. Bularning barchasi ekish kampaniyasini xavf ostiga qo'ygandi. Shuning uchun paxta ekiladigan lalmi yerlarni o'zlashtirish jarayoni qishloq xo'jaligi soliqlaridan ozod

qilindi. Bu yerlarda yollanma mehnatdan foydalanish mumkin edi, paxtakorlarga qo'shimcha ravishda don berila boshlandi.

1931-1932 yillarda. O'zbekistonda bezgak epidemiyasi sodir bo'ldi. Ushbu

»

kasallikka qarshi kurashish uchun respublikada bezgak bilan kasallangan hududlarni quritish va yaxshilash bo'yicha gidrotexnika ishlari olib borildi. 1932-yil 10-yanvarda O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti botqoqlarni quritish, sholi ekinlarini keskin qisqartirish, suv havzalarini qurishni nazarda tutuvchi qator qarorlarni qabul qildi.15

Bu vazifani amalga oshirish zarurati kichik va eng kichik sug'orish

P j>

tarmoqlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, mayda dehqon xo'jaliklarining ehtiyojlariga moslashtirilgan va yer maydonini tashkil qilish bilan bog'liq edi. Kichik uchastkalardan tashkil topgan sug'oriladigan yerlar uchun sug'orish texnikasini aniqlaydigan yuqori zichlikdagi ariqlar tarmog'ini yaratish zaarur edi. Kichik sug'oriladigan yerlar va zich sug'orish tarmog'i sharoitida mexanizmlardan foydalanish juda qiyin edi. Shuning uchun irrigatsiya inshootlarini kolxozlarning ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib, tubdan qayta qurish,

J-jt

sug'oriladigan yerlarni dehqonchilik sharoiti va shakllariga moslashtirish talab etildi.

Kompartiya MQning 1933 yil yanvardagi Plenumida qishloq xo'jaligi sohasida birinchi besh yillik reja yakunlariga quyidagicha baho berildi: "O'zbekiston mayda

<i 1 > ^^ я 1 >

dehqonlar mamlakatidan yirik qishloq xo'jaligi mamlakatiga aylandi". Plenumda birinchi besh yillikda paxta maydoni 401,3 ming gektarga yoki 78,5 foizga,

kolxozlarning ijtimoiylashtirilgan sug'oriladigan yerlari ulushi 1,6 foizdan 83,5

> > _ ;>

-

15 И. А. Фокин . Ирригация Узбекистана за 50 лет Советской власти, Ташкент, Изд-во «Средазгипроводхлопок», 1968, стр. 4—5.

J^ ' J"

-—г——--ggo

i^Ä^Ä^ «I I ' -

is* » J

№3 2022

ilmlyusluWyjumali

»

ИПИу-IWUUIT jumen

1 ]JML 'м 1 S

foizga ko'paygani aytildi. Paxta yetishtirish esa 1928 yildagi 11,1% dan 81,6% gacha

" " 16 " " '

yetkazilgani qayd etildi.

Birinchi besh yillikda nafaqat ekin maydonlari, balki paxta xomashyosining yalpi hosili ham ortdi. Agar 1928-yilda O'zbekistonda 553,3 ming tonna paxta xomashyosi olingan bo'lsa, 1932-yilda 787,9 ming tonnaga yetdi.

Shunday qilib, 1932 yilda butun O'rta Osiyoda taxminan 800 ming gektar maydonda sug'orish tarmog'i qayta qurildi. Natijada O'zbekiston SSRda sug'orilmaydigan yerlar soni 253 ming gektar dan 63 ming gektarga kamaydi. Agar

О J О J О О ООО j о

O'zbekistonda sug'oriladigan yerlarning o'rtacha hajmi konvertatsiyaga qadar 0,8 gektar bo'lsa, konvertatsiya qilingandan keyin 3,9 gektarga yetkazildi.

1928-1932 yillarda. O'zbekiston irrigatsiyasiga 162,3 million rubl, shu jumladan irrigatsiya qurilishiga 147,2 million rubl, ya'ni butun 1917 yildan oldingi davrga nisbatan qariyb 30 baravar ko'p sarmoya kiritildi. O'zbekistonda shu vaqt ichida sug'oriladigan maydonlarning umumiy o'sishi 246,4 ming gektarni tashkil qildi. Sug'orish xalq xo'jaligining mustaqil 1armog'i Wlrnagam иАш qishloq xtfaligrnrng

faqat tarkibiy qismi edi. Shuning uchun sug'orish ishlarini rejalashtirish qishloq xo'jaligini rivojlantirishning umumiy yo'li bilan belgilandi. O'zbekiston SSR Yer-suv xalq komissarligining o'zlashtirish sektori ma'lumotlariga ko'ra, besh yillikda 234,8

ming gektar maydonni qurish va ekspluatatsiya qilish hisobiga lalmi yerlar

o'zlashtirildi. Shundan 182,8 ming gektar kolxozlar, 52 ming gektar sovxozlar tarkibiga kiritildi. 17

Besh yillik reja uchun barcha turdagi meliorativ va irrigatsiya tadbirlariga

im/potitcuralarnmrr limnrnn/ mmHrtri ОТП Q minrr niV\1 eVninHan Haw1a+ moblcirr'lciri

investitsiyalarning umumiy miqdori 270 730,9 ming rubl, shundan davlat mablag'lari 1 803 413 rubl va aholi mablag'lari 40 389,6 ming rubl. miqdorida belgilandi Bundan tashqari, "Sredazvodxoz" tadqiqot va planlashtirish ishlari uchun 8 million rubldan ortiq mablag' sarf etdi.

Birinchi besh yillik reja yillarida meliorativ va irrigatsiya qurilishi turlari bo'yicha kapital qo'yilmalar quyidagicha taqsimlandi: izlanish va loyihalash ishlariga 14407,2 ming rubl, ya'ni umumiy summaning 62 foizi, yirik qurilishga 94208,1 ming (40,4%), kichik qurilish uchun 46469,6 ming rubl. (20,3%), operatsion faoliyat uchun - 69216,5 ming rubl, ya'ni 30,3%, boshqa xarajatlar uchun - 4752,2 ming rubl. (2,8%)

Ui^Ai 18

sarmoya kiritildi.

ш

O'zbekiston paxtakorlari partiya tashkilotlari rahbarligida, patronaj brigadalari ko'magida agrotexnika fani va mashina texnologiyasi asosida g'o'za maydonlarini kengaytirish, hosildorligini oshirish uchun kurash olib bordi. 1929-1932 yillarda faqat

i J>:*-

-

16 Хозяйственный и культурный рост республик Средней Азии в первое пятилетие нацразмежевания 1930, стр. 11—12.

Ш

17 '

И.Е.Шалашилин. Победа социалистического хлопководства в Узбекистане, Ташкент, 1949, стр. 27.

1 о _ __ ____, _______________

18 Г. Р. Ризаев. Краткий очерк земельно-водной реформы в Узбекистане, Ташкент, Госиздат УзССР, 1947,стр. 43.

№3 2022

llmly-uslublyjumali

»

Miiiif-iwuuif juiiian

Xorazm vohasining o'zida 236 ta nasos uskunalari o'rnatildi. Uning asosiy qismi

yangidan o'zlashtirilayotgan maydonlarga o'rnatilib, bu yangi texnika yordamida 17 ming 707 gektar yerni sug'orish va qariyb 1 million so'm mablag'ni tejash imkonini

berdi. berdi.

Irrigatsiya muammolarni hal qilishda MTSlar ham katta rol o'ynadi. O'zbekistonda besh yillikda 5700 traktorga ega 68 MTS tashkil etish rejalashtirilgan bo'lib, ular 1100 ming gektar maydonga ishlov berishlari kerak edi. Bundan tashqari, 2091 traktor MTSdan tashqaridagi kolxozlarga, 1796 traktor sovxozlarga tegishli

m.

bo'lishi kerak edi. Respublika dalalariga jami 9823 traktor ishlov berildi.

MTS orqali hukumat qishloq xo'jaligini yo'lga qo'yishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, qishloq xo'jaligi mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etilib, ularda ma'ruzalar tinglandi, suhbat va tushuntirish ishlari o'tkazildi, ilg'or mexanizator va paxtakorlarning ilg'or tajribalari ommalashtirildi. 1931-1932 yillarda ushbu kurslarda 24 ming 42 nafar traktorchi, haydovchi va boshqa mutaxassislar tayyorlandi.

1932-yil sentabrda O'zbekiston SSR Davlat plan komitetida respublikada birinchi irrigatsiya konferensiyasi bo'lib o'tdi, unda sug'orishning bir qator dolzarb

miiümmnlüri rrmbnVcimci niliriHi \7t* ictinhr»! Harri гтя1яг Ъ^1гп1яЪ bi^rilrli Ririnrbi bi^cb

muammolari muhokama qilindi va istiqboldagi rejalar belgilab berildi. Birinchi besh

yillik rejaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi sotsialistik qurilishni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Mamlakat xalq xo'jaligini qayta qurishning yakunlash davriga kirdi. Olib borilgan mashaqqatli sa'y-harakatlar oqibarida vaanihoyat, 1932 yilda SSSR paxta mustaqilligiga erishishga muvaffaq bo'ldi. Biroq, bu hali ham paxta muammosini to'liq hal qila olmadi. Paxta yetishtirish asosan ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga o'sganiga qaramay, respublikada

P j>

hosildorlikni oshirish uchun hali ham katta zaxiralar mavjud edi. O'zbekiston 1932 yilgacha paxta yig'im-terimining yillik rejalarini bajarmas edi, o'rtacha hosildorlik gektariga atigi 8 sentnerni tashkil etdi.19

Birinchi besh yillik reja yillarida irrigatsiya inshootlarini qurish uchun sarflangan xarajatlar 7246714 rublni tashkil etdi va sug'oriladigan maydonlarning ko'payishi 13981 gektarni tashkil qildi, shundan 1933 yil 1 yanvar holatiga ko'ra 10719 gektar o'zlashtirildi.

Besh yillik rejada irrigatsiya qurilishiga katta o'rin berildi. Agar Turkiston chorizm mustamlakasi sifatida mavjud bo'lgan davrda bor-yo'g'i 87 ming gektar yangi yer sug'orilgan bo'lsa, birgina O'zbekistonda xalq xo'jaligi tiklangan davrda barcha ekin maydonlarining o'sishi 78,7 ming gektarni tashkil etgan bo'lsa, o'sha

davrda birinchi besh yillik rejada 246,4 ming gektar meliorativ holatga keltirildi.

Qishloq xo'jaligi sohasidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish respublika _

Й-

Ф. Шамсутдинов. 30 лет водного хозяйства в Узбекской ССР (1924—1954 гг.), Ташкент,

Госиздат УзССР, 1955, стр. 14.

"-wisr" а j

»

ilmiy-uslubry jum&H

mehnatkashlarining mashaqqatli ammo sharafli mehnati tufayligina mumkin bo'ldi.

с , с

O'zbekiston mehnatkashlari kollektivlashtirish, qishloq xo'jaligini, paxtachilikni, л ^ л ^ ; y ^ ^ ^

irrigatsiyani rivojlantirish, respublikani sanoatlashtirish va elektrlashtirish uchun

kurashuvchilarning oldingi safida edi. Ular shu yillarda keng tarqalgan sotsialistik

musobaqaga yetakchilik qilishdi.20

O'zbekiston mehnatkash ommasi faqat tiklanish davrini muvaffaqiyatli

yakunlabgina qolmay, xalq xo'jaligini, vayron bo'lgan shahar va qishloqlarni tiklash

ishlarini ham o'z zimmasiga oldi. Butun Sovet Ittifoqidagi ulkan reja - besh yillik

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

О 1 О J J

rejani to'rt yilda amalga oshirdi va ikkinchi besh yillikning yanada ulug'vor rejasini amalga oshirishga kirishdi.

Mahalliy paxtachilikni rivojlantirish irrigatsiya va meliorativ qurilishni keng ko'lamda olib borishni talab qildi. Respublika hukumati tomonidan yerlarni sug'orish va O'zbekistonning mavjud irrigatsiya tizimlarini ishga tushirish uchun katta mablag'lar ajratildi. Natijada birinchi besh yillik yakuniga kelib mamlakat to'liq paxta mustaqilligiga erishdi. Agar 1913 yilda Rossiyaga chet eldan 1969 ming tonna paxta

olib kelingan bo'lsa, 1925 yilda 103,1 ming tonna, 1930 yilda 57, 9 ming tonna, keyin 1932 yilda - atigi 24,3 minggina import qilingan holos .

Birinchi besh yillik reja topshiriqlarining muddatidan oldin bajarilishi nafaqat

mamlakatni chet el paxta importidan ozod qildi, balki SSSR sanoatini yanada rivojlantirish uchun zarur zaxirani yaratdi. Qolaversa, respublikada olib borilgan katta hajmdagi sug'orish ishlari O'zbekiston hududidagi bezgak o'choqlarini yo'q qilishga xizmat qilganini va bu aholining farovonligi uchun katta ahamiyatga ega bo'lganini ta'kidlash lozim.

I >Ъ Ы >

)ц j 1 > j |.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. А. Мамедов. Развитие ирригации в Узбекистане, Ташкент, Изд-во «Фан» УзССР, 1967, стр. 153.

2. Г. Р. Ризаев. Краткий очерк земельно-водной реформы в

т.

узбекистане, Ташкент, Госиздат узсср, 1947, стр. 43.

3. И. А. Фокин . Ирригация Узбекистана за 50 лет Советской власти, Ташкент, Изд-во «Средазгипроводхлопок», 1968, стр. 4—5.

4. И.Е.Шалашилин. Победа социалистического хлопководства в

ш-

Узбекистане, Ташкент, 1949, стр. 27.

5. Л.3. Кунакова. Земельно-водная реформа в Ферганской долине (1925—1926 гг.), Ош, 1962, стр. 142.

)>1у- Ы >

Ы> 5 )>;> _

-

20 А.

Мамедов. Развитие ирригации в Узбекистане, Ташкент, Изд-во «Фан» УзССР, 1967, стр. 153.

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubiy jumali

№3 2022

6. Социалистическое переустройство сельского хозяйства в Узбекистане (1917—1926), Сборник документов АН УзССР, Ташкент, 1962, стр. 272.

7. Ф. Шамсутдинов. 30 лет водного хозяйства в Узбекской ССР (1924—1954 гг.), Ташкент, Госиздат УзССР, 1955, стр. 14.

8. Хозяйственный и культурный рост республик Средней Азии в первое пятилетие нацразмежевания 1930, стр. 11—12.

Internet manbalar:

1. www.wikipedia.ru

2. www.ziyouz.uz

3. www.qomus.info

я*

ы>

Ы)

>>>

Ы )>

] >4>

ы >

зй:

т

ш>

! >1 l3>-

Ы р

] я>

Ы >

3 >4»

>

л w> -

>> *:

2Й»

135

q ж**

!>

j

¡¿8*; * I l>

q > >

u

q

Ш >

Ш >

q

^й >

Ыз> *

>

q

Ц >p

I > >

q ж** q >3*

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.