Научная статья на тему 'RESPUBLIKADA YER VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA VA SAMARALI FOYDALANISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

RESPUBLIKADA YER VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA VA SAMARALI FOYDALANISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1266
168
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yerdan foydalanish / aqlli texnologiyalar / sug’oriladigan yerlar / raqamli texnologiyalar / irrigatsiya va melioratsiya / boshqarish samaradorligi / mulkchilik / subsidiya. / land use / smart technologies / irrigated lands / digital technologies / irrigation and land reclamation / management efficiency / ownership / subsidies.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ibragimova Madinabonu Mirzoaliyevna, Muxamadov Qamoriddin Muxtor Og’Li

Ushbu maqolada respublikada yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo’jaligi sohasiga aqlli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo’jaligini raqamlashtirish va markazlashtirish, sohaga davlat tomonidan subsidiyalar ajaratish, qishloq xo’jaligi yer maydonlarini har tomonlama muhofaza qilsh masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF RATIONAL AND EFFICIENT USE OF LAND AND WATER RESOURCES IN THE COUNTRY

This article focuses on the rational and efficient use of land and water resources in the country, the introduction of smart technologies in agriculture, digitalization and centralization of agriculture, government subsidies to the sector, comprehensive protection of agricultural land suspended

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKADA YER VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA VA SAMARALI FOYDALANISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

UO'T 631.4.6

RESPUBLIKADA YER VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA VA SAMARALI FOYDALANISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Ibragimova Madinabonu Mirzoaliyevna

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tatqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti o'qituvchisi

Muxamadov Qamoriddin Muxtor o'g'li

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tatqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6603946 Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikada yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo'jaligi sohasiga aqlli texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo'jaligini raqamlashtirish va markazlashtirish, sohaga davlat tomonidan subsidiyalar ajaratish, qishloq xo'jaligi yer maydonlarini har tomonlama muhofaza qilsh masalalariga alohida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: yerdan foydalanish, aqlli texnologiyalar, sug'oriladigan yerlar, raqamli texnologiyalar,irrigatsiya va melioratsiya,boshqarish samaradorligi, mulkchilik, subsidiya.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ РАЦИОНАЛЬНОГО И ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЗЕМЕЛЬНЫХ И ВОДНЫХ РЕСУРСОВ В СТРАНЕ Аннотация. В данной статье речь пойдет о рациональном и эффективном использовании земельных и водных ресурсов в стране, внедрении смарт-технологий в сельском хозяйстве, цифровизации и централизации сельского хозяйства, государственном субсидировании отрасли, приостановлении комплексной охраны сельскохозяйственных угодий.

Ключевые слова: землепользование, умные технологии, орошаемые земли, цифровые технологии, ирригация и мелиорация, эффективность управления, собственность, субсидии.

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF RATIONAL AND EFFICIENT USE OF LAND AND WATER RESOURCES IN THE COUNTRY Abstract. This article focuses on the rational and efficient use of land and water resources in the country, the introduction of smart technologies in agriculture, digitalization and centralization of agriculture, government subsidies to the sector, comprehensive protection of agricultural land suspended.

Keywords: land use, smart technologies, irrigated lands, digital technologies, irrigation and land reclamation, management efficiency, ownership, subsidies.

KIRISH

Aholi sonining o'sishi, yer, suv va energiya resurslariga bo'lgan talabning ortishi, shuningdek, iqlimning keskin o'zgarishi oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga ta'sir etuvchi asosiy omillardir. So'nggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash bo'yicha bir qator choralar amalga oshirilishi natijasida O'zbekiston dunyoda egallagan o'rnini mustahkamlashga erishdi va bosqichma-bosqich global reytinglarda o'z mavqeini yaxshilab oldi. O'zbekiston Respublikasi 2018 yilda Global ochlik indeksi bo'yicha 119 mamlakat orasida 52-

o'rinni egallab, 12,1 ko'rsatkich bilan «mo'tadil» darajaga erishdi. Biroq, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun oziq-ovqat mahsulotlari ta'minoti barqarorligiga erishish, kam daromadli oilalarning xarid qobiliyatini oshirish, mahsulotlar narxi va miqdori keskin o'zgarishining oldini olish hal etilishi zarur bo'lgan muammolardan hisoblanadi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo'lib, umummilliy boylik, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning asosiy vositasi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha jami yerlar 44 892,4 ming gektarni tashkil etib, yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko'ra 8 ta toifaga bo'linadi, jumladan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o'rmon fondi yerlari, suv fondi yerlari; zaxira yerlar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub'ektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo'jaligimahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatga mo'ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to'sqinlik qilmoqda.

Hozirgi kunda qishloq xo'jaligida 20 mln gektardan ortiq, shu jumladan 3,2 mln gektar sug'oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xom ashyo yetishtirilmoqda. Sug'oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta'minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko'lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Natijada 2008-2017 yillar mobaynida 1,7 mln gektardan ortiq sug'oriladigan maydonlarning suv ta'minoti hamda 2,5 mln gektar maydonlarning meliorativ holatining yaxshilanishiga erishildi. Biroq, global iqlim o'zgarishi natijasida so'nggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining asosiy qismi yaroqsiz holatga kelganligi sug'oriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan chiqib ketishiga olib kelgan. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo'lib, umummilliy boylik, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3 988,5 ming gektarni, ko'p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo'z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4 760,4 ming gektarni tashkil qiladi. Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo'llash, yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli

paxta va g'alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo'yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Shu bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori sur'atlar bilan o'sib borishi, qishloq xo'jaligi yerlarining boshqa toifaga o'tkazilishi va global iqlim o'zgarishi ta'sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sug'oriladigan yer maydonlari o'lchami 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), o'rtacha yillik suv ta'minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi. Uzoq yillar davomida qishloq xo'jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish natijasida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar hosildorligi pasayib, yetishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof muhit ifloslanishi ortib bormoqda. Jumladan, sug'oriladigan ekin yerlaridagi tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3 foizida almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori o'rtachadan past darajaga tushib qolgan. Milliy daromadi O'zbekiston bilan deyarli bir xil bo'lgan mamlakatlarda qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun davlat budjetining 4-5 foizi yo'naltiriladi yoki YaIMga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 foizdan ortiqroqni, daromadi yuqori bo'lgan davlatlarda esa 1 foizdan kamroqni tashkil etadi. Qishloq xo'jaligida o'rtacha yillik suv sarfi 45 696 mln metr kub yoki iqtisodiyot tarmoqlarida iste'mol qilingan suv resurslarining 90 foizini tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda. Yer va suv resurslari tobora tanqis bo'lib borayotgan sharoitda qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirishda ekinlarni iqtisodiy samaradorligi va bozor kon'yunkturasi inobatga olinmasdan hamda intensiv qishloq xo'jaligi joriy etilmaganligi sababli qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish hajmi pastligicha qolmoqda. Jumladan, rivojlangan davlatlarda 1 metr kub suv bilan 4-6 AQSh dollarlik mahsulot yetishtirilayotgan bo'lsa, respublikamizda bu ko'rsatkich 0,15 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yirik kapital qo'yilmalar talab etishi, ushbu maqsadlar uchun yo'naltiriladigan budjet mablag'lari hajmining cheklanganligi, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish masalasiga e'tibor qaratilmayotganligi oqibatida qishloq xo'jaligi yerlarining foydalanishdan chiqib ketishi, hududlarning resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan nooqilona foydalanish kabi holatlar yuzaga kelmoqda, bu esa o'z navbatida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va tarmoq eksport salohiyatini oshirishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

MUHOKAMA

Prognozlarga ko'ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug'oriladigan yer maydonlari yana 20-25 foizga qisqarishi mumkin.Yerdan foydalanish huquqining yetarli darajada kafolatlanmaganligi xo'jaliklarni boshqarish samaradorligini oshirishga to'sqinlik qilmoqda va investitsiyalarni jalb qilishni cheklamoqda. Hozirgi vaqtda yer uchastkalarini taqsimlashning hamda yerdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishning aniq va shaffof mexanizmlari to'liq yaratilmagan. Shuningdek, yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish nazarda tutilmaganligi qishloq xo'jaligi yerlarini nisbatan salohiyatli yerdan foydalanuvchilarga o'tishiga to'sqinlik qilmoqda. Mamlakat suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy suv havzalari hisobiga shakllanadi. Mazkur holat Markaziy Osiyoda, xususan O'zbekiston Respublikasida suv resurslarini barqaror boshqarish uchun mintaqaviy hamkorlikning muhimligini belgilaydi. Mamlakatda irrigatsiya tarmoqlarining 70 foizi filtratsiyaga qarshi qoplamaga ega emas, oqibatda suvning bir qismi dalagacha yetkazish jarayonida yo'qotilmoqda.Mavjud irrigatsiya

infratuzilmasi, nasos stansiyalarining katta qismi 30-40 yildan ortiq foydalanilmoqda va rekonstruksiya yoki kapital ta'mirga muhtoj. Hozirgi vaqtda sug'oriladigan yerlarning faqatgina 1,7 foizida tomchilatib sug'orish joriy etilgan. Dehqonchilikning irrigatsiyaga yuqori darajada bog'liqligi sababli an'anaviy sug'orish uslublarini qo'llashning davom etayotganligi hamda iqlim o'zgarishi natijasida qurg'oqchilikning keskin kuchayishi bilan vaziyat yanada murakkablashishi mumkin. Jahon resurslari institutining prognoziga ko'ra, 2040 yilga borib O'zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo'lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Hosildorlikning kamayishi oziq-ovqat xavfsizligi va to'lov balansi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu esa suv resurslarini barqaror boshqarish va qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo'llash zaruratini yuzaga keltiradi.

O'zbekston Respublikasi Prezidenti Mirziyoev Shavkat Miromonovichning tashabbuslariga binoan yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish maqsadida quyidagi ishlar yillar mobaynida amalga oshiriladi. Tuproq unumdorligini oshirish, tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borishni jadallashtiriladi. Qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini, xususiy sektorning ishtirokini rag'batlantirishning samarali mexanizmlarini keng joriy qilinadi. Xorijiy davlatlarning qishloq xo'jaligi ekinlari serhosil navlari va chorva mollarining mahsuldor zotlari hamda turlarini mahalliylashtirish borasidagi ilmiy-amaliy faoliyat hamda hamkorlikni tizimli tashkil etiladi. Soha bo'yicha doktorantura va tayanch doktorantura orqali ilmiy darajali yuksak malakali ilmiy xodimlarni tayyorlashni kengaytiriladi, ularga muammoli va dolzarb mavzular bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratiladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida "Aqlli va raqamli qishloq xo'jaligi" texnologiyasini joriy etishga, uning texnik vositalari va texnologiya uskunalarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirishga erishiladi.

XULOSA

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan lalmi, yaylov va boshqa yerlarni foydalanishga kiritish maqsadida investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanishga kiritgan, yaroqsiz suv quduqlari, sug'orish nasoslari, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta'mirlagan yoki ularni yangidan barpo etgan tadbirkorlik sub'ektlariga davlat tomonidan kafolatlar beriladi. Qishloq xo'jaligi yer uchastkalarini ajratishning shaffof va tezkor tizimini yaratgan holda yanada takomillashtiriladi. Qishloq xo'jaligi yerlarining tuproq unumdorligi, konturi, ularga ekinlarni joylashtirish, hosildorlikni belgilash to'g'risidagi ma'lumotlarni viloyat, tuman hokimliklari va manfaatdor tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish amaliyotini joriy etiladi. Aqlli va raqamli qishloq xo'jaligi» texnologiyasini joriy etishda xalqaro moliya institutlarining mablag'lari va grantlarini jalb etish; "Aqlli va raqamli qishloq xo'jaligi" texnologiyalarini joriy etish vazifalaridan kelib chiqqan holda qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yo'lga qo'yiladi. Ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash va ta'mirlash. Sug'orish zonalarini, mintaqaning suv bilan ta'minlanganligini hisobga olgan holda qishloq xo'jaligi ekinlarining sug'orish texnika va texnologiyalarini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Jahon amaliyotini o'rgangan holda noan'anaviy sug'orish texnologiyalarini ishlab chiqiladi va

tatbiq etiladi. Foydalanishdan chiqib ketgan sug'oriladigan va foydalanishga kiritiladigan hamda o'rmon fondi yerlarining meliorativ holati, unumdorligi va suv ta'minotini yaxshilash texnologiyasini joriy qilganlik uchun qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga imtiyozlar berish tizimini yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5853 son farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5742 son farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-oktabrdagi "Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ 4486-son qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni. 2020-yil 7-sentyabr PF-6061.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi qarori. 2020-yil 7-sentyabr PQ-4819.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar tog'risida".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.