Научная статья на тему 'TURKISTONDA SANOATNING PAYDO BOʻLISHI VA RIVOJLANISHI'

TURKISTONDA SANOATNING PAYDO BOʻLISHI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
63
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rossiya imperiyasi / sanoatchilik / chet el kapitali / zavod / fabrika / sanoat korxonalari / oziq-ovqat sanoati. / Russian Empire / industrialization / foreign capital / plant / factory / industrial enterprises / food industry.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ahadov, Abdivohid Abdihomid Oʻgʻli

Ushbu maqolada XIX asr 2-yarmi va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasiga rus hamda chet el kapitalining kirib kelishi sanoat ishlab chiqarishining turli sohalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF INDUSTRY IN TURKISTAN

This article talks about the emergence and development of various sectors of industrial production, the entry of Russian and foreign capital into Turkistan in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA SANOATNING PAYDO BOʻLISHI VA RIVOJLANISHI»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

TURKISTONDA SANOATNING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISHI

Ahadov Abdivohid Abdihomid o'g'li,

Nizomiy nomidagi TDPU "Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi" mutaxassisligi

2-kurs magistranti

Ushbu maqolada XIX asr 2-yarmi va XX asr boshlarida Turkiston o 'Ikasiga rus hamda chet el kapitalining kirib kelishi sanoat ishlab chiqarishining turli sohalariningpaydo bo 'lishi va rivojlanishi haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Rossiya imperiyasi, sanoatchilik, chet el kapitali, zavod, fabrika, sanoat korxonalari, oziq-ovqat sanoati.

EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF INDUSTRY IN TURKISTAN

Akhadov Abdivohid Abdihomid ugli,

TSPU named after Nizomiy, 2nd year master's student in the specialty "Methodology of teaching social sciences

and humanities"

This article talks about the emergence and development of various sectors of industrial production, the entry of Russian and foreign capital into Turkistan in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century.

Key words: Russian Empire, industrialization, foreign capital, plant, factory, industrial enterprises, food industry.

ВОЗНИКНОВЕНИЕ И РАЗВИТИЕ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В

ТУРКЕСТАН

Ахадов Абдивохид Абдихомид угли,

ТДПУ им. Низоми,

Студент 2 курса магистратуры по специальности «Методология преподавания

социальных и гуманитарных наук»

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится о возникновении и развитии различных отраслей промышленного производства, приходе российского и иностранного капитала в Туркестан во второй половине XIX - начале XX века.

Ключевые слова: Российская империя, индустриализация, иностранный капитал, завод, фабрика, промышленные предприятия, пищевая промышленность.

KIRISH

Sanoat xalq xo'jaligining muhim sohasi va xalq xo'jaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan yetakchi tarmog'i hisoblanadi. Sanoatning o'zi uchun hamda xalq xo'jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilg'i qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yog'och tayyorlash, sanoatda yoki qishloq xo'jaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui.

Sanoat XVIII asr boshidan manufaktura ko'rinishida rivojlandi, XIX asrning 2-yarmidan mashina industriyasi taraqqiy etdi.

O'zbekiston hududida sanoat taraqqiyoti ildizini uzoq tarixga ega bo'lgan hunarmandchilik tashkil etgan. Samarqand, Buxoro, Urganch, Toshkent, Qo'qon, Marg'ilon, Namangan, Andijon kabi shaharlarda mayda va yirik hunarmandchilik rivoj topdi. O'zbekistonda haqiqiy ma'nodagi sanoatning paydo bo'lishi XIX asrning 2-yarmiga to'g'ri keladi. O'rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida o'lkaga rus sanoatchilari va Rossiya kapitali ham kirib keldi va xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat tarmoqlari (paxta tozalash, vino, aroq, konserva, paxta moyi zavodlari) paydo bo'ldi va O'zbekistonda sanoat Rossiya sanoati va iqtisodiyoti bilan bog'liq holda rivojlandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Rossiya imperiyasi bosqinchilik siyosatining asosiy maqsadi Turkiston o'lkasi boyliklarini talash, uni paxta monopoliyasiga aylantirish va Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun yangi bozor tashkil etishdan iborat edi.

Rossiya hukumati Turkiston o'lkasini bosib olgan yerlarida shu siyosatni zudlik bilan amalga oshira boshladi. Ayniqsa bu sanoat sohasida yaqqol ko'zga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tashlandi. Chor hukumati Turkiston o'lkasiga kirib kelgan rus va chet el sanoatchilarini har tomonlama qo'llab-quvvatladi. Toshkent shahrining "yangi" qismi Turkiston o'lkasining iqtisodiy markaziga aylandi va dastlabki yevropa tipidagi sanoat korxonalari aynan shu yerda tashkil topdi. Turkiston o'lkasida ishlab chiqarilgan ipak tolasi qadimdan mashhur bo'lib kelgan. Unga talab hatto Yevropa bozorlarida ham kuchli bo'lgan. Chor hukumati paxta bilan birgalikda ipakchilikka ham katta e'tibor bergan va undan yaxshigina daromad olgan. Mahalliy aholi bu ish bilan azaldan shug'ullanib kelgani va tutzorlarning ko'pligi ipakchilikni rivojlanishini ta'minlagan.

Bu davrda charm ishlab chiqarish ham ancha takomillashdi, tub aholi esa bu ish bilan azaldan qo'lbola usulda shug'ullanib kelgan.

Dastlabki yevropa tipidagi ko'n zavodi 1868 yilda Salor bo'yida M.A.Xludov tomonidan qurilgan. 1877 yilda Kunaysev tomonidan ham ko'n zavodi qurildi. Keyinchalik yana bir nechta ko'n zavodlariga asos solindi.

Turkiston o'lkasiga rus hamda chet el kapitalining kirib kelishi sanoat ishlab chiqarishining turli sohalarining paydo bo'lishiga olib keldi. Rus sanoatchilarining ishtahasi ochilib ketdi. Ular nafaqat sanoatning bir turi, balki bir necha turi bilan shug'ullana boshladilar, ya'ni bir necha zavod va fabrikalarga egalik qildilar.

Sanoat korxonalari bilan bir qatorda bosmaxonalar ham paydo bo'la boshladi. Birinchi bosmaxona harbiy ma'muriyat tomonidan 1868 yilda qurilgan edi.

XIX asr oxirlarida O.A.Porsev va aka-uka Kamenskiylar I.I.Kostelov, V.Ilin, P.F.Britdenbax va boshqa tipolitografiyalari ishga tushdi. 1895 yilda 2 tipografiya va 3 litografiya faoliyat ko'rsatgan.

Bu vaqtga kelib pishiq g'isht ishlab chiqarish sohasi ham ancha rivojlangandi. 1877 yilda V.V.Makarov va S.K.Yanchevskiyning g'isht zavodi qurilgan bo'lib, u 1882 yilda 2 100 ming dona g'isht ishlab chiqargan. Bu zavodlarda 2 usta va 61 ishchi ishlagan.

O'lkada darmana (santonin) urug'idan darmana yog'i olinadigan zavod ochilishi katta ahamiyat kasb etdi. Bunday birinchi zavod 1884 yilda Chimkentda ochildi. Gijja tushirishda darmana eng yaxshi dori hisoblanadi. Bu o'simlik butalari jahon bo'yicha faqat Chimkent va Avliyootadagina saqlanib qolgan. 1886 yilda N.Nikitin Beshyog'och va Salor ariqlari yoqasidagi Qumbegi degan aholi yo'q joyda shunday zavod ochgan. Bu mahsulot xorijga, jumladan Yaponiya, Italiya, Germaniya, ayrimlari Janubiy Amerikaga jo'natilgan.

Shuningdek, tamaki va papiros ishlab chiqaruvchi fabrika faoliyat ko'rsatgan. Birinchi tamaki fabrikasi 1877 yilda Pervushin tomonidan ochilgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Rossiya Toshkentni bosib olgan dastlabki yillarda shahaming "yangi" qismida oziq-ovqat sanoati korxonalari paydo bo'lgan. Masalan, 1868 yilda I.I. Pervushin, I.I.Kuznetsovga qarashli spirt zavodlari ishlay boshlagan.

Toshkent, Samarqand, Xo'jand spirt zavodlarida xomashyo sifatida uzum, mayiz va bug'doy unidan foydalanganlar.

Turkiston o'lkasining iqlimi va u yerda yetishtirilayotgan mevalarning ko'pligi aroq, vino kabi sanoat korxonalarining paydo bo'lishida katta rol o'ynadi. Ayniqsa bu yerdagi uzum va turli mevalarning serhosilligi va arzonligi bu sanoat korxonalarining rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratdi. Tub aholi vino ishlab chiqarish bilan shug'ullanmagan. Qo'qon xonligi davrida vino ishlab chiqarish bilan asosan yaxudiylar shug'ullanganlar. Ular musulmonlar qonunidan qo'rqib, bu ishni yashirincha bajarganlar. Vino ishlab chiqarish jarayoni oddiy qo'lbola usulida bajarilgan. Vino zavodlarining paydo bo'lishi mahalliy vino ishlab chiqarishni to'xtashiga olib keldi.

Bunday aroq, vino va pivo zavodlarining ishga tushirilishi sanoat ishbilarmonlariga katta daromad keltirgan bo'lsa, mahalliy aholi hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Ma'danli suv ishlab chiqarish ham korchalonlar e'tiboridan chetda qolmagan. Bunday xildagi birinchi korxona 1877 yilda ochilgan. Ishlab chiqarish hajmi 7 040 rublni tashkil etgan.

Bundan tashqari birinchi qandolat fabrikasi 1887 yilda ochilgan. U Glinka Yanchevskiyga qarashli bo'lgan. 1893 yilda uning mahsuloti 10 200 rublga yetgan. 1898 yilda uning 4 ta qandolat fabrikasi ishlab turgan. Konfet tayyorlashga ketadigan un, meva kabi mahsulotlardan tashqari mahsulotlar xomashyo sifatida Riga, Moskva va Varshavadan olib kelingan. Fabrikada karamel, monpasye, marmelad, pryanik, murabbo, qand, quritilgan turshak va boshqa mahsulotlar tayyorlangan.

Keyinchalik T.Z.Genel, D.R.Ustanin, S.Proxovskiy va boshqalarning qandolat korxonalari paydo bo'ldi. Bu davrda non, kulcha ishlab chiqaradigan korxonalarga ham asos solindi. Fabrika-zavod sanoati bilan bir qatorda turli ustaxonalar: etikdo'zlik, chilangarlik, duradgorlik, g'isht teruvchilik va h.k. ham faoliyat ko'rsatgan. 1886 yilgi ma'lumotlar bo'yicha ustaxona va korxonalarning umumiy mahsuloti 186086 rublni tashkil etgan. Ularda 677 ishchi band bo'lgan. Miqdor bo'yicha birinchi o'rinda izvoshchilar turgan (164). Ulardan keyin chilangarlar (141), novvoylar (43), tikuvchilar (36), bulkachilar (20), aravakashlar (20) turgan. Eng ko'p ishlaganlar misgarlar (1680 rubl) bo'lgan, ikkinchi o'rinda chilangarlar (33 744 rubl) turgan, uchichi o'rinni etikdo'zlar (4 000 rubl) egallagan. Sanoatchilar va ustalar quyidagi: paxta ishlovi, jun ishlovi, ipak ishlovi, kanop, kanoptola ishlovi, aralash

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

mahsulot tayyorlash, qog'oz va matbaa mahsulotlari, yog'och, ma'dan ishlovi, hunarmandchilik anjomlari va qurollari ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari, jonivorlar mahsulotlari ishlab chiqarish va h.k. ishlarni bajarganlar.

Tub xalq hunarmandchiligining duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik kabi boshqa turlarida ham jiddiy siljishlar kuzatilgan. N.A.Mayev guvohlik berishicha, "sartlar (o'zbeklar)ning ustachilikni o'rganishga qobiliyatlari hayrotomuz darajada zo'r bo'lgan: 1886 yildagi ko'rgazmada bir sart Toshkent rus etikdo'zlari mahsulotidan sira qolishmaydigan rus etigini namoyish etdi. Boshqa bir sart o'zi yasagan ko'zgusini qo'ydi"

O'zbek hunarmandlari haqida N.A.Mayev "o'zbeklar oliy darajada mehnatkash, miyali va uddaburon xalq" - deb yozgan edi.

Turkiston o'lkasigi sanoat korxonalari, ustaxonalari va boshqa yuzaga kelishi va rivojlanishi asosan rus kapitalistlari nomi bilan bog'liq edi.

Rus kapitalistlari va mutaxassislari faoliyati sanoat inshootlari qurish bilan cheklanib qolmagan. Bir vaqtning o'zida ular o'zlarini xomashyo ta'minlash bilan shug'ullanganlar. Shu maqsadda ular g'o'za, uzum va h.k.larning yangi navlarini tatbiq etish bo'yicha ish olib borganlar.

Shuni ta'kidlash joizki, ushbu davrda sanoatning qator tarmoqlari muntazam ravishda ishlamagan.

Bu davrda ishlab turgan ustaxona va korxonalar bilan bir qatorda yangi-sopol buyumlar ishlab chiqaruvchi, rang ishlab chiqaruvchi, utilizatsiya (har xil chiqitlarni qayta ishlash), ohak ishlab chiqaruvchi korxonalar paydo bo'lgan. Mazkur korxonalarda ishchilar soni ancha ortgan.

Sanoatning yuzaga kelishi va rivojlanishi mahalliy ishchi sinfining shakllanishiga olib keldi. Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, fabrika-zavod sanoati paydo bo'lgan dastlabki yillarda o'zbeklar va tub aholining boshqa vakillari korxonalarida ishlashga jalb etilgan.

XX asr boshida temir yo'l qurilishi va sanoat rivojlanishi munosabati bilan mahalliy ishchilar soni ko'paydi. Mexanika ustaxonalari va g'isht zavodlarida ham ko'plab ishchilar mehnat qilar edilar.

Umuman xulosa qilib aytganda, o'lkada paxtachilik sohasidagi olib borilayotgan ishlar va ilmiy tadqiqotlar, jumladan amerika paxtasini iqlimlashtirish, qishloq xo'jaligida yangi agrotexnika jihozlaridan foydalanish va katta-katta paxta plantatsiyalarini paydo bo'lishi paxta hosildorligini va sifatini oshirishga sabab bo'ldi. Bu o'z navbatida o'lkada paxtachilikni rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Lekin chor hukumatining sanoat sohasidagi mustamlakachilik siyosati o'lka iqtisodini rivojlanishiga to'sqinlik qildi. Paxtachilik orqasidan tushadigan barcha daromad faqatgina metropoliyaning boyishiga xizmat qildi.

XIX asr oxiri - XX asr boshida temir yo'l qurilishi avj olgan. Jumladan, yuqorida qayd etib o'tilganidek, Turkistonda Kaspiyorti temir yo'li qurilib, 1899 yilda Samarqand - Andijon liniyasi Toshkentgacha keltirilgan, bu Toshkentni Kaspiy sohili bilan ulagan. Kavkazorti temir yo'li (Kazalinskdan Toshkentgacha) bosh liniya uzunligi 1748 verst bo'lib, u keyinchalik O'rta Osiyo temir yo'li deb atala boshlagan. 1906 yilda Orenburg - Toshkent temir yo'li liniyasining ochilishi Toshkentdan Rossiyaning markaziy rayonlarigacha bevosita yo'l ochib bergan. Keyin Farg'ona viloyatida ichki temir yo'l liniyalari qurilgan. Natijada Toshkent Rossiyaning boshqa hududlari bilan bog'lanish imkoniga ega bo'ldi.

Rossiya imperiyasi Turkiston o'lkasida faqatgina xom ashyoga birlamchi ishlov beruvchi sanoat korxonalariga asos solib, o'lkaga Rossiyadan tayyor mahsulot keltirdi. Bu mahsulotlar o'z navbatida o'lkadagi hunarmandlarning ishlab chiqargan mahsulotlarini raqobatga bardosh bera olmay sinishiga olib keldi. Buning oqibatida ular ishsiz qolib, zavod va fabrikalarda yollanma ishchi yoki bo'lmasa mardikorchilik qilishga majbur bo'lganlar.

Avvalambor mustabid hukumatning manfaatlariga ko'zlagan holda Turkiston o'lkasida sanoat ishlab chiqarishiga asos solindi va uning daromadi chor hukumati va savdo-sanoat korchalonlarining manfaatlari uchun xizmat qildi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.

2. Н.А. Маева «Туркестанская выставка 1886 года» - Ташкент : Типолитография С. И. Лахтина.

3. Абдуллаев У. Отражение межэтнических связей в материальной культуре народов Ферганской долины в конце XIX - начале XX в. // Узбекистан тарихи. Ташкент, 1999. №4.

4. Традиционная пища как выражение этнического самосознания. М., 2001.

5. Абашин С.Н., Бушков В. И Среднеазиатский хлеб//Хлеб в народной культуре. М., 2004.

6. Ismoilova J. XIX asr II yarmi-XX asr boshlarida Toshkentning yangi shahar qismi tarixi — T., 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.