Научная статья на тему 'ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA FARG‘ONA VODIYSIGA PAXTA SANOATINING KIRIB KELISHI VA UNI VILOYAT HAYOTIGA TASIRI'

ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA FARG‘ONA VODIYSIGA PAXTA SANOATINING KIRIB KELISHI VA UNI VILOYAT HAYOTIGA TASIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Мировая наука
Область наук
Ключевые слова
qishloq xo‘jaligi / paxta sanoati / sug‘orish tizimi / amerika navi / mahalily nav / desyatina / zavod-fabrika.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Adashaliyev A.Z.

Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar xususan, paxta sanoati rivojlanishi va uni viloyat hayotiga ta’siri haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA FARG‘ONA VODIYSIGA PAXTA SANOATINING KIRIB KELISHI VA UNI VILOYAT HAYOTIGA TASIRI»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

Adashaliyev A.Z.

Namangan muhandislik-qurulishi instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi stajyor-o'qituvchisi

ROSSIYA IMPERIYASI DAVRIDA FARG'ONA VODIYSIGA PAXTA SANOATINING KIRIB KELISHI VA UNI VILOYAT HAYOTIGA

TASIRI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin Farg'ona viloyati qishloq xo'jaligidagi o'zgarishlar xususan, paxta sanoati rivojlanishi va uni viloyat hayotiga ta'siri haqida so'zyuritiladi.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, paxta sanoati, sug'orish tizimi, amerika navi, mahalily nav, desyatina, zavod-fabrika.

Adashaliyev A.Z. trainee-teacher Department of Social Sciences Namangan Institute of Engineering and Construction

THE ENTRY OF THE COTTON INDUSTRY IN THE FERGANA VALLEY DURING THE RUSSIAN EMPIRE AND ITS IMPACT ON

THE LIFE OF THE REGION

Abstract. This article talks about the changes in the agriculture of Fergana region after the occupation by the Russian Empire, in particular, the development of the cotton industry and its impact on the life of the region.

Key words: agriculture, cotton industry, irrigation system, American variety, local variety, desyatina, factory.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Vatanimiz va xalqimizning betakror tarixi haqida, "Barchamizga ma'lumki, ha r bir suveren davlat o'zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O'zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og'ir sinovlar bo'lganini barchamiz yaxshi bilamiz"[1.5], - deb ta'kidlagan. Ana shunday murakkab va o'gir davrlardan biri bu tariximizdagi Rossiya imperiya mustamlakachilik davridir.

Turkiston istilo qilingan dastlabki vaqtdan boshlab chor Rossiyasi o'lkani boylik orttirish manbai deb bildi. Turkiston o'lkasi Rossiya imperiyasining sanoatini muntazam xom ashyo bilan ta'minlab turish maqsadida paxtachilik, qishloq xo'jaligining sanoatbop mahsulot beradigan sohalarini rivojlantirish

asosiy masala sifatida ko'rildi. Shuning uchun chor ma'muriyati o'lkada paxtachilik sanoatini rivojlantirish uchun mablag'larini ayamadi. Paxta yakkaxokimligini o'rnatish maqsadida Turkistondan Rossiyaga yuboriladigan paxtadan butunlay boj olinmaydigan bo'ldi. 1879- yildan esa boj yig'imi har bir pud paxtadan 40-50 tiyin miqdorida belgilandi [2.276]. Turkiston o'lkasida asosiy paxta yetkazib beruvchi hududlardan biri bu Farg'ona viloyati edi. Viloyatda paxta sanoatini rivojlantirish uchun imperiya ma'muriyati barcha zaruriy choralarni ishga soldi. 1875-yilda qabul qilingan va faqat Farg'ona viloyatida qo'llanilgan "Ijtimoiy o'lpon va yer masalalari bo'yicha qoidalar to'plami"ga ko'ra, hokimiyat idoralari nafaqat xususiy mulk, balki vaqfga tegishli yerlarga ham egalik qilishi belgilandi [3.14].

Ma'lumki, Turkiston, jumladan Farg'ona qishloq xo'jaligi barcha tarmoqlari rivojlanishi sun'iy sug'orish ishlari bilan chambarchas bog'liqdir. Ayniqsa, paxtaning serhosil bo'lishi, paxta maydonini kengaytirish, qo'riq erlar o'zlashtirish va bu yerlarni yangi paxta maydoniga aylantirish ishlari yangi sug'orish bazalarini vujudga keltirishni talab qiladi[4.22]. Rus injener, geolog-irrigatorlari Sirdaryo, Qoradaryo, Norin daryolari atroflarida yangi kanallar qurish soxasida katta qidiruv ishlarini olib bordilar. Masalan, 1888-yilning may oyida "Ulug'nog'or" kanali Jillin boshchiligidagi geolog irrigatorlar tomonidan to'liq o'rganishga kirishildi va uning sug'orish imkoniyatlari kengaytirildi. Kanal rekonstruksiya qilinishi natijasida xonlik davrida 70 desyatina yerni sugorish mumkin bo'lgan bo'lsa, endi 200-220 desyatina yerni sug'orish imkoniyatiga ega bo'ldi. Farg'ona vodiysidagi eski ariqlar kengaytirildi. Norin, Sirdaryo va Qoradaryo bo'ylariga nasoslar o'rnatildi, artezan suvlaridan foydalanish tavsiya etildi. XIX asrming oxirlarida Farg'ona tarixida birinchi marta motorlar yordamida daryolardan suv chiqarish va shu asosda qo'riq erlarni o'zlashtirish sohasida muxim ishlar qilindi. Turkistonda bunday nasoslar 99 ta bo'lib, 78 tasi Farg'ona viloyatiga joylashtirilgan edi.

1893-yilda Turkistonda savdo-sanoat ishlarini yuritish uchun mavjud sharoitlar bilan tanishgani Toshkentga kelgan O'rta Osiyo temir yo'l ekspeditsiyasi boshlig'i M.Fyodorov, Turkiston general-gubernatori A.B.Korolkov nomiga 1893-yil 16-oktyabrda yuborgan № 6475 sonli xatida, o'lkadagi asosiy iqtisodiy vazifa - paxtachilik sohasini rivojlantirishda irrigatsiya tizimini tutgan o'rni va paxta ekini maydonlarini kengaytirishning imkoniyati masalalariga o'lka ma'muriyati rahbarlarini munosabat i xususida ma'lumottaqdim etishlikni so'ragan. Ushbu xat bo'yicha, Turkiston general -gubernatori kanselyariyasi irrigatsiya qismining alohida topshiriqlar bo'yicha amaldori I.Petrov tomonidan tayyorlangan ma'ruza, 1893-yil 19-noyabrda № 62 raqami bilan qayd etilgan bo'lib, unda barcha sug'oriladigan yerlardan aholi qishloq xo'jaligi ekinlari, asosan paxta etishtirish uchun foydalanishi tufayli joriy yilda hatto, asosiy oziq-ovqat mahsulotibo'lgan bug'doyni yetishmasligi sezilgani ma'lum qilingan[5.132]. Yuqoridagi ma'lumotlardan ham ko'rinib turibdiki, viloyatda paxta maydonlarini kengaytirish uchun imperiya hukumati zaruriy oziq-

ovqat yetishmovchiligi kuzatilganiga ham e'tibor bermagan, paxta maydonlari esa, yildan-yilga kengaytirib borilgan.

Paxtachilikning rivojlanishida chor xukumati o'lka iqlimi va tabiiy sharoitiga mos keladigan paxta navlarini olib kirish masalasiga alohida e'tibor bergan. Farg'ona vodiysida, 1879-yilda birinchi marta yangi navlar Namangan uyezdining Chust qishlog'ida ekib ko'rildi. Biroq birinchi tajriba ijobiy natija bermadi. Chunki ekilgan paxta navlari (seya island) serhosil bo'lsa-da, kechpishar edi. 1880- yilga kelib, Chust uyezdida ko'rgazmali tajriba uchastkasi tashkil etilib, paxtaning 20 dan ortiq amerika navlari (king, upland, triumph, russels, florida) sinab ko'rildi. Bulardan upland va king navlari Farg'onaning obi-havosiga mosligi, mahalliy paxta navlariga nisbatan serhosil ekanligi aniqlandi. Tajriba uchastkasida ekilgan mahalliy paxta navlari o'rtacha har desyatinadan 3540 pud, amerika navlaridan esa 70-75 pud hosil olindi. Yangi paxta navlarini mahalliy paxta navlariga nisbatan afzalligi aholi o'rtasida targ'ibot qilina boshlandi. Lekin dehqonlar bu yangilikka dastlab shubxa bilan qaradilar. Dehqonlarni qoniqtirmagan asosiy sabablardan biri, Amerika paxtasini qo'l chig'irigi bilan tozalashda chigitning toza ajralmasligi edi. Rus mu'muriyati, sanoat egalari, firmalar paxtani chigiti bilan sotib olishga va'da berdilar. Bundan tashqari, 1880-yildan 1884-yilgacha yangi nav paxta urug'larini ommalashgungacha bepul tarqatib turdilar. Amerika navlari ustidan olib borilgan birinchi muvaffaqiyatli tajribalar natijasida vodiyning hamma rayonlarida qisqa vaqt ichida amerika navi ekila boshladi. Masalan, 1885-yilda 1000 desyatina, 1886-yilda 12000 desyatina, 1887-yilga kelganda 13200 desyatina yerga yangi nav paxta ekilib, 1911 yilga kelib bu ko'rsatkich 244705 desyatinaga yetgan yoki viloyat miqiyosida 23 yil ichida Amerika navli paxta ekilayotgan maydonlar miqdori salkam 17,5 barobarga ortgan[6.17]. 90-yillarning oxiriga kelib upland, ko'k chigit, king kabi paxta navlaridan 75-80 puddan hosil olina boshladi. Bu navlar sifatli bo'lishi bilan birga vaqtida pishib yetiladi. Farg'onadagi ba'zi rayonlar, chunonchi, Andijon uyezdining Asaka, Qorasuv, Oyim; Marg'ilon uyezdining Quva, Yakkatut, Olatiariq; Namangan uyezdining Chust, To'raqo'rgon kabi volost dehqonlari yerlarga ishlov berish, texnika va o'gitlarning progressiv metodlaridan foydalanish natijasida o'rtacha bir desyatina yerdan 70-75 pud, alohida uchastkalardan 100-115 pud hosil ola boshladilar. 1880-1890 yillar ichida Farg'ona viloyati bo'yicha umumiy o'rtacha hosil 50-55 pudga yetdi[7.144]. XIX asrning 90-yillari oxirida rus mutaxassislari madaniy o'gitlar-superfosfat, azot, fosfordan foydalanishning progressiv metodlari va ahamiyatini mahalliy aholiga ko'rsatib, bu sohadagi tajribalarni omma orasiga yoya boshlaydilar.

Turkiston o'lkasida Amerikadan keltirilgan paxta navlari mahalliysharoitlarga moslashtirilib, paxta hosildorligi ham ortib bordi. Natijada o'lkada birin-ketin paxta tozalash zavodlari barpo qilindi. Bu davrda sanoatning eng yirik soxasi paxta tozalash sanoati bo'lib, o'lkadagi paxta tozalash zavodlarining ko'pchiligi aynan Farg'ona viloyatida joylashgan edi. Farg'ona

viloyatida paxta tozalash zavodlarini qurilishi va faoliyati tarixi bir qator ilmiy adabiyotlarda atroflicha yoritilgan. Paxta tozalash zavodlarining egalari asosan rus va chet ellik savdogarlar va yirik yer egalari bo'lishgan. 1881-yilda Qo'qon shahrida birinchi paxta tozalash zavodi qurildi. Viloyat boshqarmasiga Qo'qon uyezdi boshlig'i nomidan taqdim etilgan 1881-1882 yillar uchun hisobotda uyezd bo'yicha mavjud fabrika va zavodlarni soni va turlari ko'rsatilgan. 1881 -yilda Qo'qon uyezdida 2 ta paxta tozalash va toylash zavodi bo'lib, paxta tolasini toylash qo'l kuchida amalga oshirilib, 11 nafar ishchi ishlagani holda, zavodlarni ishlab chiqarish quvvati 1300 rublni tashkil etgan. 1882-yilda esa aynan shu zavodlarda 12 ta ishchi mehnat qilib, korxonalarni ishlab chiqarish quvvati 1700 rublni tashkil etgan. Aynan shu hisobotga ko'ra, uyezdda 1882-yildan faoliyat yurita boshlagan yana bitta paxta tozalash zavodida esa paxta tolasi gidravlik usulida toylanib, bu zavodda 32nafar ishchi mehnat qilib, shu yili 37.583 pud paxta tolasi ishlab chiqarilgan[8.12].

Farg'ona viloyatida paxtachilikning rivojlanishi, xususan paxta ekini maydonlarini kengayib borishi, paxta tozalash zavodlari soni ko'payishi masalalari Turkiston o'lkasi Dehqonchilik va Davlat mulklari boshqarmasining 7- fondi arxiv materiallarida ham keng yoritilgan[9.34]. Masalan, 1900-yilda 174000 desyatinaga paxta ekilgan bo'lsa, 1909-yildan esa paxta maydonlari yana kengayib borib, 193063 desyatinaga amerika navli paxta, 10781 desyatinaga esa mahalliy navli paxta ekilgan. 1902-yilda Farg'ona viloyatida jami 115 ta paxta tozalash zavodlari ishlab turgan[9.34].

Paxtachilikning o'sishi dehqonlarning hayotini yaxshilamadi. Rus moliyaviy kapitali fermerlar va mahalliy burjuaziya orqali paxta sotib olish va sotish ishlari ustidan to'la nazorat o'rnatdi. Natijada paxtakor dehqon paxtani bozordagi narx qanday bo'lishidan qat'iy nazar, mahalliy boylar taklif qilgan narxdan ortiqcha sota olmas edilar. Fermerlar va boshqa ekspluatator doiralar o'z navbatida dehqonlarga qarzni kelgusi hosil hisobiga katta foiz bilan berar edilar. Dehqonlarga kelgusi paxta hosili ustidan kredit berish - kapital jamg'arish manbai, ekspluatatsiya vositasigina bo'lib qolmasdan, balki, mahalliy boy-quloqlarning yaxshi yerlarni o'z qo'llarida konsentratsiya qilish quroliga ham aylandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Shavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: "O'zbekiston", 2016. - 56 b.

2. O'zbekiston tarixi. Darslik. - T.: 2005. - 534 b.

3. Рахмановна И.Ф. ФарFOна водийси кишлокларидаги ижтимоий-иктисодий муносабатлар ва маданий хаёт (XIX аср охири - XX аср биринчи чораги). Тарих фанлари буйича фалсафа доктори (phd) диссертацияси автореферати. Андижон - 2021. 54 б.

4. Шарафиддинов А. ФарFOна вилояти тарихидан лавх,алар (XIX аср охири - XX аср бошлари). 1 китоб. ФарFона, 2013. - 76 б.

5. M^3aeB A. Мустaмлaкa дaвридa ФaрFонaдaги сиёсий жaрaёнлaр. //ФaрFOнa водийси тaрихи янги тaдкикотлapдa. Икинчи Республикa илмий -aнжумaн мaтериaллaри. ФaрFонa, 2013. 244 б.

6. Шaрaфиддинов А. ФaрFOнa вилояти тaрихидaн лaвx,aлap. (XIX acp охири

- XX acp бошлaри) I - китоб. - Т:, "Швруз", 2013. - 17 б.

7. Xoshimov S.A, Rasulov B.M, Xakimov A.A. Manbashunoslik (O'quv qo'llanma). - T.: 2014. - 144 b.

8. Aлимовa Н.О. Узбекиcтондa ипaкчиликнинг ax,воли Ba тpaнcфоpмaция жapaёни. (1865-1991 йиллap). Tapих фaнлapи бyйичa фaлcaфa доктори (Phd) диccеpтaцияcи aвтоpефеpaти. Тошкент-2018. - 19 б.

9. Шapaфиддинов А. ФapFOнa вилояти тapихидaн лaвx,aлap (XIX acp охири

- XX acp бошлapи). - ФapFонa, 2013. - 34 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.