Научная статья на тему 'TURKISTON IQTISODIY KENGASHINING TASHKIL ETILISHI VA FAOLIYATI'

TURKISTON IQTISODIY KENGASHINING TASHKIL ETILISHI VA FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1921
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolsheviklar / sovet hokimiyati / «harbiy kommunizm» / Turkiston Iqtisodiy Kengashi

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bunyod Ashurali O‘G‘Li Xolisov

Turkistonda bolsheviklar hokimyati dastlabki kundanoq o’tkazgan iqtisodiy islohotlar sotsiolistik jamiyat qurish prinsiplari asosida amalga oshirildi. Turkistonni og’ir iqtisodiy ahvoldan olib chiqishda turli markaziy xo’jalik organlari qatori Turkiston iqtisodiy Kengashi ham rol o’ynadi. Biroq ularni tashkil qilish jarayoni va faoliyati davrida bolshevikcha diktaturaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqadigan xususiyatlari, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini Sovet respublikasi mulkiga og’ishmay aylantirish, mamlakatning xo’jalik faoliyatini yagona reja bo’yicha birlashtirish kabi chora tadbirlari kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqardi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON IQTISODIY KENGASHINING TASHKIL ETILISHI VA FAOLIYATI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

TURKISTON IQTISODIY KENGASHINING TASHKIL ETILISHI VA

FAOLIYATI

Bunyod Ashurali o'g'li Xolisov

O'zR FA Tarix instituti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Turkistonda bolsheviklar hokimyati dastlabki kundanoq o'tkazgan iqtisodiy islohotlar sotsiolistik jamiyat qurish prinsiplari asosida amalga oshirildi. Turkistonni og'ir iqtisodiy ahvoldan olib chiqishda turli markaziy xo'jalik organlari qatori Turkiston iqtisodiy Kengashi ham rol o'ynadi. Biroq ularni tashkil qilish jarayoni va faoliyati davrida bolshevikcha diktaturaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqadigan xususiyatlari, ya'ni ishlab chiqarish vositalarini Sovet respublikasi mulkiga og'ishmay aylantirish, mamlakatning xo'jalik faoliyatini yagona reja bo'yicha birlashtirish kabi chora tadbirlari kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqardi.

Kalit so'zlar: bolsheviklar, sovet hokimiyati, «harbiy kommunizm», Turkiston Iqtisodiy Kengashi,

KIRISH

Turkistonning Bolshevik rahabariyati Markazning ko'rsatmalariga amal qilib, O'rta Osiyo mintaqsining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini Markaz manfaatlariga yo'naltirib turishlari lozim edi1. Ular Markazning ko'rsatmalarini o'ziga xos inqilobiy keskinlik va sabrsizlik bilan amalga urinar edi. Biroq bu ko'rsatmalarni amalga oshrishda mahalliy o'ziga xoslikni hisobga olmay, ularni odatlari va an'analari bilan tanish bo'lmagan holda uni nazar pisand qilmasdan, iqtisodiy qonunlarga nisbatan bepisandlik bilan xo'jalik organlarini boshqarish va harbiy davrning favqulotda tadbirlari bilan kuchaytirilgan ma'muriy choralar qo'lashi mamlakatda kutilmagan g'oyat og'ir ahvolni yuzaga keltirdi.

Turkistonning bolshevik rahbariyati Rossiya sanoat markazlari ehtiyojlariga xizmat qiluvchi soha korxonalarini musodara qilishga shoshildilar va bunda o'lka xalqlari manfaatlarini, bu tadbirning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va tayyorgarlikni hisobga olmadilar. Xomashyo, yonlig'i, mablag'lar ishchi kuchi yetishmasligi tufayli, shu bilan birga urush munosabati bilan tayyor mahsulotni sotish qiyinlashib qolganiga ko'ra korxonalarning juda ko'pchiligi, ayniqsa paxta tazolash zavodlari ishdan to'xtab, ularda band ishchilar ishsiz qoldi. Musodara qilingan,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

«egasiz» bo'lib olgan, aslida davlat tasarrufiga o'tgan korxonalarining mol-mulklari tashib ketildi va yaroqsiz holga keltirilib qo'yildi .

Sovet hokimayatining milliylashtirish jarayoni yirik sanoatdagina emas, balki kosibchilik ustaxonalaigacha qamrab oldi. Yetarlicha tayyorgarlik ko'rilmasdan o'tkazilgan milliylashtirish o'lka iqtisodiyoti yanada izdan chiqardi. Xalq xo'jaligi vayron bo'la boshladi: paxta tozalash zavodlari to'xtab bo'lishi va ekin maydoni va paxta tolasi yetishtirishni keskin qisqarishi o'lkada ishsizlik, ocharchilik va

"5

yetishmovchiliklarni avj olishiga olib keldi .

Sovet hokimyati o'z hayoti saqlab qolish va davom etirish maqsadida «harbiy kommunizm» siyosatiga murojat qilishga majbur bo'lgan edi. Lekin bu siyosat o'zini oqlamadi, chunki uning mazmun mohiyati, aholini ishlab chiqarishni kengaytirishdan manfaatdorlikdan, rag'batdan mahrum etib qo'yardi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Bu siyosat shusiz ham o'ta og'ir iqtisodiy vayronalikni yanada og'irlashtirib yubordi. Qishloq xo'jaligida ekin maydonlari keskin kamaydi-1915-yildagi 3 mln. 300 ming desyatinadan 1920-yilda 1 mln. 200 ming desyatina, ya'ni 2 barobarga qisqardi4. Paxta ekin maydonlari, 1915-yildagi 523.6 desyatinadan, 1920-yilda 109 ming desyatinaga tuhib qoldi5. O'rtacha paxta tolasini yetishtirish esa 1915-yildagidan 1921-yilda 5% ga kamaydi. 1916-yilda har bir desyatina yerdan hosil 95 puddan 1920-yilda 25 pudgacha kamaydi6. Shu bilan birga qishloq xo'jaligining asosiy tarmoaqlaridan bo'lgan chorvachilik, parandachilik, ipakchilik, asalarichilik hamda bog'dorchilik sohalari ham pasayib ketdi. Xususan, chorvachilik sohasida 1917-yilda butun o'lka bo'yicha 19.082.963 bosh chorva mollari ro'yhatga olingan bo'lib, 1920-yilda 8.112.579 boshga tushib ketgan, bu esa 1917-yilga nisbatan 58%

n

ga qisqarib ketganini ko'rsatadi.

Turkiston qishloq xo'jaligidagi kabi uning sanoati ham juda yomon ahvolda edi. Bunday ahvolning yuzaga kelish sababi istiqlolchilik urushi bilan bog'liq vayronagarchilikdan ham ko'proq (garchi urush ko'p ziyon yetkazgan bo'lsada) «harbiy kommunizm» siyosati istiqlolchilik urushining favqulotda vaziyatlari kelgani shubhasiz. Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki, bu siyosat mohiyatiga ko'ra

2 Ражабов К;. Х,айдаров М. Туркистон тарихи (1917-1924 йиллар). - Т., 2002, 83-б.

3 Fойибназаров Ш. Ижтимоий ривожланиш сабоклари. - Т., 1994. 14-бет.

4 Резолюции и постановления сьездов КПТ 1918-1942 гг. - Т., 1958. стр. 52.

5 Жизнь национальностей. №26. / 124. 1921. 19 ноябрь.

6 Туркестанская экономическая жизн. Орган ЦСНХ и ЭСТР, № 3, 1922 г. 13 январь.

УзР МДА, 18-фонд, 2-руйхат, 35-иш, 9-10-вараклар.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

sotsializmga o'tishning asosiy qoidalaridan kelib chiqdiki, inqilobiy hokimayat aynan shunga tayangan edi. Bu qoidalar quyidagilardir:

1) ishlab chiqarish vositalarini Sovet respublikasi mulkiga og'ishmay aylantirish;

2) mamlakatning xo 'jalik faoliyatini yagona reja bo 'yicha birlashtirish;

3) butun aholini birma-bir ro'yhatga olib, ularga mehnat majburiyatini yuklash;

4) jamoat ishlarini muntazam va rejali yo'lga qo'yish;

5) mahsulotni aholi orasida yagona umumdavlat rejasi bo'yicha taqsimlash;

6) xususiy savdo sohasini qisqartirish;

7) eski kapitalistik tipdagi mayda burjua koperativlaridan proletar va yarim proletar rahbarlik qiladigan matbuot kommunalarining keng tarmog'ini rivojlantishga o'tish;

8) pulsiz hisob-kitob qilish bo'yicha bank chek tizimidan pulni tugatishga o'tish bosqichi sifatida foydalanish;

9) sovet muassasalarida butun tizmni markazlashtirish hamda asta-sekin quyidan yuqorigacha bo'ysinishni yo'lga qo'yish;

Ushbu qoidalarni amalda ro'yobga chiqarish bolsheviklar hokimyat tepasiga kelgan dastlabki kundanoq fuqorolar urushi yillarida o'ziga xoslikni hisobga olamay barcha yerda davom ettirildi.

Bolsheviklarning ana shu nomaqbul siyosati hayotga joriy qilinishi oqibatida iqtisodiyotning falokatli inqirozi, ijtimoiy siyosiy keskinlashuvi yuz berdi. Yuzaga kelgan bu jiddiy vaziyat ularning bu iqtisodiy siyosatining mazmun va mohiyatini qaytadan ko'rib chiqishga majbur qildi.

1921-yil bolsheviklar hokimyati va uning rahbari Lenin jamaiyatda yuzga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tanqislikdan tezda chiqish maqsadida, «harbiy kommunizm» dan yangi iqtisodiy siyosat yo'liga o'tishga qaror qildi.

Yangi iqtisodiy siyosatning mohiyati dehqonlarining iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, xussusan ekin maydonlarining kengaytirishga, mehnat unumdorligini oshirishga qiziqtirish va asosda sanoatni qayta tiklashga kirishish, savdo-sotiqni erkinlashtirish va mayda hunarmadchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruhsat etish, bozorni qayta tartibga solish mehanizmlaridan qisman foydalanish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan iborat bo'ldi.

1921-yilning bahorida Turkisstondagi yangi iqtisodiy siyosatga amaliy o'tish tamon dastlabki harakatlar boshlandi. Bu ish dastavval istiqlolchilik urushlari tamom

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

bo'lgan viloyatlarda o'tkazildi. Turkiston Respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Komiteti 1921-yil 20-aprelda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komitetining 21-martdagi qonuniga muvofiq ravishda oziq-ovqat, yem-xashak, va xomashyo

о

taqsimotini natura solig'i bilan almashtirish to'g'risida qaror qabul qildi .

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi 1912-yil 8-avgustdagi qarorida 1921-1922-yillar uchun qishloq xo'jalikgi ishlab chiqarishning barcha asosiy turlari bo'yicha natura solig'i miqdorini belgilab berdi. Turkistondagi yig'ib olinadigan soliq hosil miqdoriga qarab mos emas, balki ekilgan yerning har bir tanobi uchun olinadigan bo'ldi. Bunda faqat olinadigan hosilning miqdorigina emas, shu bilan birga qoramol va mayda mollarning soni ham hisobga olinar edi. Qarorga muvofiq tehnik va maxsus ekinlar asosan markaz manfaatlari uchun zarur bo 'lgan (paxta, qand, lavlagi, tamaki kabilarni) maydonini kengaytirish maqsadida, ekin maydonlarining 1/3 qismini soliq to'lashdan ozod qilindi. G'alla mahsulotlari (bug'doy, arpa, guruch kabilar) ekiladigan sug'orma va lamikor yerlar uchun 3 tanobgacha bo'lgan maydon uchun -2 pud, 6 tanobgacha -4 pud, 12 tanobagcha -10 pud, 48 tanobgacha -80 pud belgilangandi9.

Ob'yektiv jihatdan olganda yangi iqtisodiy siyosat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga imkon yaratdi. Ammo uni Turkistonda amalga oshirishda chuqur ziddiyatlar namayon bo'ldiki, bu murakkab mahalliy o'ziga xos xususiyatlar bilan chuqurlashib bordi. Chunki, bu siyosatning asl maqsadida sotsialistik pozitsiyani mustahkamlash vazifasi turar edi. Lekin kommunistik mafkuraning avvaldan mulkchilik xilma-xilgini, xususiy tadbirkorlikni, iqtisodiy va siyosiy fikr erkinligini inkor etishi sog'lom bozor infratuzilmalarini to'liq namayon bo'lishini cheklar, mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlariga to'siq bo'lardi.

Leninning ko'rsatmasi asosida Respublika, Guberniya Iqtisodiy Kengashlari tuzila boshlandi. Shular qatori Turkistonda ham yangi iqtisodiy siyosatga o'tish davrida Turkiston Iqtisodiy Kengashi (Гурк ЭКОСО) 1921-ylning fevral oyida Toshkentda tashkil etildi10.

Biroq Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo'mitasining 1921-yil 14-martdagi «Markaziy va mahalliy iqtisodiy organlarni

8 «Известия». - Т.: 1921, 23 апрель.

9 Сборник важнейших деректов, постановлений и распоряжений правителства ТААСР за 1917-1922 гг., изд.

Комисси СНК, - Т., 1921. стр. 206. тари

10 Узбекистан ССР тарихи. Т. III. - Т., 1967. 345-бет.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

birlashtirish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq Turkiston Xalq Komissarlari qoshida «Iqtisodiy Kengash» tashkil etildi11.

Viloyat va uyezdlarda esa viloyat, uyezd ijroiya komitetlari bo'limlari huquqlariga ega bo'lgan viloyat va uyezd iqtisodiy kengashlari tuzildi.

Keyinchalik 1921-yilning 23-noyabrida Turkiston Iqtisodiy Kengashi qoshida

1 9

Turkiston Davlat umumiy-reja Komissiyasi tuzildi . Komissiya tarkibi va uning a'zolari Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan belgilangan va Turkiston Iqtisodiy Kengashi raisi tasdig'idan o'tgan. Shu bilan birga komissiya o'z faoliyatiga doir ko'rsatmalarni smeta bo'yicha Turkiston Iqtisodiy Kengashidan olgan. Ayni paytda 1921-yil 23-noyabrda bunday komissiyalardan Turkiston Iqtisodiy Kengashi qarori

I "5

bilan viloyat iqtisodiy kengashlari ham tuzildi .

Turkiston Iqtisodiy Kengashi tuzilgandan olti oy keyin bo'lib o'tgan Turkiston Sovetlarining X s'yezdi (21-25. VIII. 1921-yil) bu tuzilmaning faoliyatida o'zgarish yasadi va uni o'zining asosiy vazifasini bajarishga yo'naltirib to'liq ravishda Moskva farmoyishlariga bo'ysindirdi. S'yezd kun tartibidan agrar masalalardan tashqari Turkistonda sovet hokimyatini ham iqtisodiy ham siyosiy jihatdan mustahkamlash masalasi ham o'rin olgan edi14.

1921-yil 25-mayda qabul qilingan Mehnat va mudoffa Kengashi (MMK) nakazining loyihasida esa barcha iqtisodiy masalalar bilan shug'ullanadigan xalq komissarliklari markaziy organlarining ishini bir-biriga muvofiqlashtirish hamda hamma joyda iqtisodiy kengashlar tuzish va ularning hisobotini to'g'ri yo'lga qo'yish ko'zda ta'kidlab o'tilgan edi15. Bundan ko'zlangam maqsad esa mahalliy apparat ishini nazorat qilish va shu orqali sansolarlik va buyrokratizmni yoqotishga muvaffaq bo'lish deb ko'rsatilgan edi.

1921-yil 6-oktayabrda Turkiston markaziy Iqtisodiy Kengashi va Turkiston Xalq Komissarlari Xalq Komissarlari Soveti uning faoliyatini kuchaytirish maqsadida «Turkiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashi haqida» Nizom qabul qilindi16. Unda quyidagilar nazarda tutilgan edi:

- Xo'jalik qurilishini muntazam amalga oshirishda, yagona xo'jalik rejasini o'tkazuvchi RSFSR vakillari ishi bilan muvofiqlashtirish borasida iqtisodiy

11 УзР МДА, 25-фонд, 1-руйхат, 444-иш, 2-варак.

12 УзР МДА, 25-фонд, 1-руйхат, 444-иш, 5-варак.

13 УзР МДА, 25-фонд, 1-руйхат, 444-иш, 11-варак.

14 Алламуродов Д. Деятельност советов Узбекистана по восстанавленению народного хозяйства. - Т., 1965. стр. 56-57.

15 Ленин В. И. Тула асарлар туплами. Т. 43. - Т., 1979. 307-бет.

' УзР МДА, 17-фонд, 1-руйхат, 59-иш, 270-варак.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

Komissariatlar faoliyatini umumiy boshqarishga yo'naltirish maqsadida, Xalq komissarlari Kengashi huzurida Turkiston Iqtisodiy Kengashi joriy etiladi.

- Turkiston Iqtisodiy Kengashi XKKning doimiy komissiya huquqiga ega bo'lgan holda, TASSR hududidagi boshqaruv idora bo'lib, o'z faoliyatida TXKK (Turkiston xalq komissarlari kengashi) TMIQ (Turkiston Markaziy Ijoriya qo'mitasi) oldida javobgar hisoblandi.

- Turkiston Iqtisodiy Kengashi barcha buyruq va farmoyish va qarorlari, Turkiston Respublikaning barcha komissarliklari va muassasalari uchun so'zsiz majburiy bo'lib, ularni to'xtatish va bekor qilish XKK va TMIQning tashabbusi bilan yoki aloqador bo'lgan komissarliklar tomonidan shikoyat arizasi berish orqali amalga oshriladi.

- Turkiston Iqtisodiy Kengashining barcha farmoyish va qarorlari, unga berilgan huquqqa binoan XKKning buruq va qarorlari kuchiga ega bo'lib, XKK tomonidan to'xtatilmagan taqdirdagina amalga oshirilish lozim.

- Turkiston Iqtisodiy Kengashi TASSR hududida RSFSRni yagona xo'jalik siyosatini amlaga oshirib, RSFSR MMKning barcha buyruq va qarorlarini, Turkiston Respublikasining xo'jalik rejasi, mahalliy majburiyatlari, maishiy va iqtisodiy shart -sharoitlardan kelib chiqqan holda bajaradi.

Eslatma: Mehnat va Mudofaa Kengashining farmoyishlari TASSRning umumiqtisodiy sharoitlariga mos kelmagan taqdirda ularning bajarilishini to'xtatib, bir vaqtning o'zida, tegishli sabablarni ko'rsatgan holda qaror nusxalarini RSFSR MMK, XKK va TMIQni ogoh etadi.

- Turkiston Iqtisodiy Kengashi zimmasiga quyidagilar yuklandi:

a) barcha Iqtisodiy Xalq Komisarliklari faoliyatini boshqarish (MXKQ Iqtisod Komissariyati);

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

b) RSFSR MMKning ko'rsatma va topshiriqlarini TASSR Xalq komissarlari va RSFSR komissarliklari tomonidan bajarilishini kuzatib borish;

c) xo'jalik qurulishi sohasida sovet hokimyati barcha idoralari faoliyatini nazorat qiladi;

d) muvofiqlashtirish, boshqarish shuningdek, kuzatib borishni va nazorat qilishni amalga oshirish;

g) RSFSRning yagona rejasi asosida TASSRning umumiy xo'jalik rejasini ishlab chiqish, Turkiston Iqtisodiy Kengashi va RSFSRni tegishli idoralari tomonidan ishlab chiqilgan dastur va rejalarni muvofiqlashtirish va XKK, TMIQ hamda RSFSR MMK tomonidan tasdiqlangan birlashgan xo'jalik rejasini bir butun yoki alohida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

qismlar bilan taqdim etish;

e) TASSR idoralari hamda RSFSRning Mehnat Xalq komissariyati idoralari va muassasalari tomonidan tasdiqlangan xo'jalik rejasining bajarilishini muntazam kuzatib borish va nazorat qilishni ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarib turish shuningdek, barcha moddiy resurslarni to'gri va maqsadga muvofiq tarzda ishlatilishini kuztib borish.

6-bandga muvofiq Turkiston Iqtisodiy Kengashi quyidagi huquqlarga ega:

a) TASSRning yagona xo'jalik reajasini ishlab chiqish uchun dastlabki topshiriqlarni belgilash, XKK va TMIQni tomonidan to'liq tasdiqlangunga qadar, ularni alohida qismlarga tasdiqlash;

b) sovet hukumatining markaziy va mahalliy idoralariga, ularning rahbarlari shaxsiy javobgarligi ostida, xo'jalik qurilishi bo'yicha majburiyatlarni belgilash;

c) yagona xo'jalik reasi asosida Respublikaning yuqori xo'jalik idoralariga tegishli ko'rsatmalar berish hamda Xalq komissarlari bergan ta'minot va moddiy mablag' ajratish rejalarini tasdiqlash;

d) TASSR xo'jalikgi qurilishi bo'yicha yagona rejaga zarurat tug'ilganda tegishli tarzda o'zgartirishlar kiritish, unga asosan moddiy resurslarni, ishchi kuchi va pul mablag'larini qayta taqsimlashni amalga oshirish;

e) xo'jalik faoliyati sohasida majburiy qarorlar va ko'rsatmalar chiqarish, ularning bajarilishini ta'minlamaganlarni javobgarlikka tortish;

f) o'z ixtiyoriga taftishlar va nazorat ishlarini o'tkazish (bunda Ishchi-dehqon inspeksiyasi va favqulotda holat idoralari jalb qilingan holda);

g) mulkni xatlamoq, musodara qilish, zavod, fabrika, boshqa sanoat va mol ayriboshlash muassasalarini milliylashtirish, konsessiya masalari, shuningdek birinchi toifa muassasalarni ijaraga olish masalalarini ko'rib chiqadi;

h) RSFSR va TASSR mulkiy xo'jalik rejasiga muvofiq konsentratsiya, terstlashtirish, sindikatlashtirishni amalga oshiradi.

- Turkiston Iqtisodiy Kengashi tarkibiga a'zolik huquqi bo'yicha egallab turgan lavozimiga ko'ra Xaql Komissarlari yoki ularning o'rinbosarlari k iradilar:

1. Mehnat Xalq Komissari. 2. Oziq-ovqat Xalq Komissari. 3. Yer Xalq Komissari. 4. Xalq Xo'jaligi Markaziy Kengashi Raisi. 5. Maorif Xalq Komissariligi Kengashi (MXKK) vakili. 6. VSSPS Turkiston Buyrosining bitta vakili. 7. Moliya Xalq Komissari hamda Turkiston Iqtisodiy Kengashi raisi o'rinbosari etib TMIQ tomonidan saylanadigan ikki nafar a'zo kiradi.

Eslatma: Qolgan Xalq komissarlari va muassasalar vakillari ularga tegishli

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

masalalar bo'yicha kelishuv ovoziga ega bo'ladilar.

- Turkiston Iqtisodiy Kengashi raisi TMIQ tomonidan tasdiqlandi va XXK raisining o'rinbosari hisoblandi.

- U yoki bu xo'jalik operatsiyalari, ma'muriy-nazorat vazifalarini bajarishda Turkiston Iqtisodiy Kengashi barcha Iqtisodiy Komissarlar idoralari bilan bir qatorda zarurat yuzasidan TASSRning Markaziy va mahalliy muassasalari idoralaridan foydalanadi. (Shu jumladan Ishchi-dehqon inspeksiyasi va favqulotda holat). Bundan tashqari hisob-reja ishlarini bajarishda Turkiston Iqtisodiy Kengashi o'zining huzurida umumrejali va u orqali o'ziga tobe bo'lgan rejali komissiyalar va alohida Xalq Komissarlari huzurida buyrolar tashkil etadi (yoki RSFSR tegishli Xalq komissarlari vakillari tashkil). Shuningdek, Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yurituvchi Kotibiyatni tuzadi.

- Turkiston Iqtisodiy Kengashining joylardagi bevosita ijrochilari uning oldida bajarilgan ishlar bo'yicha javobgarlik tariqasida, Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yurituvchi Iqtisodiy Kengashlar hisoblandi.

- Shtatlar va tashkiliy reja Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan tasdiqlanib, zarur bo'lgan moddiy mablag' belgilangan tartibda Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan alohida smeta bo'yicha o'tkaziladi.

-Turkiston Iqtisodiy Kengashi o'z muhriga ega.

Turkiston Iqtisodiy Kengashining birinchi raisligiga S. Paskuskiy saylangan bo'lib, ayni paytda u Turkiston Xalq komissarlari Kengashi raisining o'rinbosari edi. Uning o'rinbosari lavozimiga esa A. Asatkin va Sherg'oziyevlar saylangan edi.

Turkiston Iqtisodiy Kengashi o'ziga berilgan vakolatlar va huquqlar doirasida

1 7

o'lka hayotining barcha sohalarini o'z nazoratiga oladi .

Turkiston Iqtisodiy Kenashi Nizomida uning huquqlari va vazifalari quyidagicha ko'rsatilagan:

O'z navbatida Turkiston Iqtisodiy Kengashi faoliyati markazdagi Mehnat va Mudofaa Kengashi tomonidan muntazam kuztib borilgan edi. Masalan, Mehnat va Mudofaa Kengashining mahalliy iqtisodiy kengashlar to'g'risidagi, hisob berish to'g'risidagi hamda Mehnat va Mudofaa Kengashining nakaziga amal qilish to'g'risidagi qarori loyihasida (1921-yil. 19-20-may): barcha iqtisodiy kengashlar o'z faoliyatlari to'g'risida Mehnat va Mudoffa Kengashiga majburiy ravishda ( ta'kid

1 Я

bizniki- I.X) hisob berib turish belgilangan edi .

17 ТИК хукуклари ТИК тугрисидаги Низомнинг 7-бандида курсатиб утилган.

18 Ленин В. И. Тула асарлар туплами. Т.43. - Т., 1979. 298-бет.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

Viloyat iqtisodiy kengashlarining hisobotlari kamida 100 nusxa bosilishi (3 nusxasi Mehnat va Mudofaa kengashiga, bir nusxadan eng yirik umumdavlat kutubxonalariga, Moskavadagi Rumyansev va Petrograddagi Xalq kutubxonasiga, mahalliy iqtisodiy kengash kutubxonalariga yuborilishi kerak) ko'zda tutilgan edi19.

Shuningdek, Xalq komissarlari Kengashi va Mehnat va Mudofaa Kengashi raisi Leninning Xalq Komissalari Kengashi va Mehnat va Mudofaa Kengashi ishlar mudirining yordamchisi B.A. Smolyaninovaga yuklatilgan topshiriqning birinchi bandida viloyat iqtisodiy kengashlari bilan aloqada bo'lgan hamda, ulardan keladigan telegramma, material va bayonnomalarini ko'zdan kechirib natijalaridan hamda Mehnat va Mudofaa kengashi topshiriqlari qanday bajarilayotganligidan Mehnat va Mudofaa Kengashi raisini vaqti-vaqti bilan bilan xabardor qilib turish belgilanga edi20.

Shunday qilib, Turkiston Iqtisodiy Kengashi aslida Turkkomissiya, Turkbuyro singari «qizil imperiya»ning o'lkaning mustamlakaga aylantiruvchi yana bir vosita bo'lib, Turkistonning xalq xo'jaligi qurilishida yagona asosda ish yuritish, komissarliklar tomonidan qabul qilingan ta'minot va moliya masalalarini tasdiqlashi, RSFSR Mehnat va Mudofaa Kengashining qoidalariga mos tushuvchi o'zgarishlarni amalga oshirishi, RSFSR va Turkistonning yagona xo'jalik rejasi asosida boshqarishi lozim edi.

Ammo Turkiston Iqtisodiy Kengashi o'zining dastlabki raisi Paskuskiy iborasi bilan aytganda «XKK vakillari guruhi sifatida paydo bo'lib, aniq xo'jalik rejasiga ega bo'lgan markazga aylana olmasdan, Iqtisodiy Kengashning boshqarmalararo organi bo'lib qoladi. Uning joylarda mustahkam tayanchi bo'lmagani uchun xo'jalik

91

vazifalarini amaliy jihatdan bajara olmaydi» .

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Turkistonda tashkil etilgan Turkiston iqtisodiy kengashi respublikaning xalqa xo'jaligini boshqarishda, sovet hokimiyatining iqtisodiyotini boshqarishining markazlashtirish siyosatida alohida o'rin tutdi. Zeroki, sovet hokimiyatining Turkistonni iqtsosodiy jihatdan Markazga bo'ysindirilishida bu kengashning hissasi kata bo'ldi. Turkistonning ijtimoiy hayoti o'z holiga tashlab qo'yilgan bo'lib, iqtisodiy kengashlar bu borada imkoniyat darajasida, asosan kam e'tibor berdi.

19 Ленин В. И. Тула асарлар туплами. Т.43. - Т., 1979. 298-299 бетлар.

20 Ленин В. И. Тула асарлар туплами. Т.52. - Т., 1980. 223- бет.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-349-358

REFERENCES

1. Агзамходжаев.А., Уразаев З.Ш. Развитие Советской государственности в Узбекистане. - М.: 1960. - С.125.

2. Алимова Д., Головонов А. Узбекистан мустабид совет тузими даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйик окибатлари (1917-1990й). - Т.: Узбекистон. 2000. 75 б.

3. Алламурадов Д. Деятельность Советов Узбекистана по востановлению нородного хозяйства Республики. - Т.: Наука, 1965. - С.156.

4. Аминова. Р. Аграрные преобразования в Узбекистане в годы перехода. Советского государства к НЭПу. - Т.: Наука,1965. - С.347 .

5. Арифханова З., Чеботарева В. Решение национального вопроса в Узбекистане. - Т.: Фан. 1979. - С.199.

6. Алексеенков П. Кокандская автаномия . - Т.: УзГИЗ. 1931. - С.72.

7. Аъзамхужаев С. Туркистон Мухторияти: миллий демократик давлатчилик курилиши тажрибаси. - Т.: Маънавият, 2000. 168-б.

8. Бойжонов Р. Туркистонда Октябрь революцияси историографиясига доир (1917-1967). - Т.: Узбекистон, 1969. 280-б.

9. Ленин В. Урта Осиё ва Козогистон тугрисида. - Т.: Узбекистон, 1984. 800-б.

10. Вахрбов М. ва бошк. Узбекистон колхоз ва совхозлари тарихи (очерклар). -Т.: Узбекистон, 1969. 470-б.

11. Гентшке Л. ва Таджибаев А. Формирование рабочего класса Средней Азии (20-30-е годы). - Т.: Зангиата, 1992. - С.56.

12. Голованов А. Крестьянство Узбекистана: Эволюция социального положения (1917-1934 гг.). - Т.: Фан, 1992. - С. 160.

13. V.13. Гордиенко А. Образование Туркестанской АССР. - М.: Наука, 1968. -С.312.

14. Зиёев X,. Узбекистон мустакиллиги учун курашларнинг тарихи. - Т.: Шарк, 2001. 445-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.